Научная статья на тему 'SURONDARYO VILOYATI YER RESURSLARIDAN QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA FOYDALANISH MASALALARI'

SURONDARYO VILOYATI YER RESURSLARIDAN QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA FOYDALANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
259
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
YER / RESURS / O'ZBEKISTON / AGROTEXNOLOGIYA / TUMANLAR / SURXONDARYO / OZIQ-OVQAT / DEHQONCHILIK

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Khudoyberdiev D.N., Olimkulov Ya.M., Narziev F.F.

Mazkur maqolada O’zbekiston respublikasi yer resurslari, hususan Surxondaryo viloyatining yer resurslari haqida so’z boradi. Yer resurslarida foydalanishning bugungi kundagi hholati, yerlarga agrotexnik ishlov berishda e’tibor qaratilishi lozim bo’lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek qishloq xo’jaligi maqsadlarida foydalaniluvchi yerlar tumanlar kesimida sarhisob qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF THE USE OF LAND RESOURCES IN AGRICULTURE IN THE SURANDARYA REGION

This article discusses the land resources of the Republic of Uzbekistan, in particular the Surkhandarya region. The current state of land use, aspects of agrotechnical tillage should be taken into account. Agricultural land is also summarized by district.

Текст научной работы на тему «SURONDARYO VILOYATI YER RESURSLARIDAN QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA FOYDALANISH MASALALARI»

Khudoyberdiev D.N.

teacher

department of geography Termez State University Uzbekistan, Termez Olimkulov Ya.M. 2nd year student of geography Termez State University Uzbekistan, Termez Narziev F.F. 1st year student of geography Termez State University Uzbekistan, Termez

SURONDARYO VILOYATI YER RESURSLARIDAN QISHLOQ XO'JALIGI SOHASIDA FOYDALANISH MASALALARI

Annotatsiya: Mazkur maqolada O 'zbekiston respublikasi yer resurslari, hususan Surxondaryo viloyatining yer resurslari haqida so'z boradi. Yer resurslarida foydalanishning bugungi kundagi hholati, yerlarga agrotexnik ishlov berishda e'tibor qaratilishi lozim bo 'lgan jihatlar yoritilgan. Shuningdek qishloq xo'jaligi maqsadlarida foydalaniluvchi yerlar tumanlar kesimida sarhisob qilingan.

Kalit so'zlar: yer, resurs, O'zbekiston, agrotexnologiya, tumanlar, Surxondaryo, oziq-ovqat, dehqonchilik.

Khudoyberdiev D.N.

teacher

department of geography Termez State University Termez, Uzbekistan Olimkulov Ya.M. 2nd year student of geography Termez State University Termez, Uzbekistan Narziev F.F. 1st year student of geography Termez State University Termez, Uzbekistan

ISSUES OF THE USE OF LAND RESOURCES IN AGRICULTURE IN

THE SURANDARYA REGION

Annotation: This article discusses the land resources of the Republic of Uzbekistan, in particular the Surkhandarya region. The current state of land use, aspects of agrotechnical tillage should be taken into account. Agricultural land is also summarized by district.

Key words: land, resource, Uzbekistan, agricultural technology, regions, Surkhandarya region, food, agriculture.

Yer insoniyatning omon qolishi va farovonligi uchun ham, barcha quruqlikdagi ekotizimlarni saqlash uchun ham muhim tabiiy resursdir. Ming yillar davomida odamlar yer resurslaridan o'z maqsadlari yo'lida tartibsiz foydalanib keldilar va yer resurslari bo'yicha yetarlicha tajribaga ega bo'ldilar. Ushbu resurslarning chegaralari cheklangan lekin insonlarning ushbu resursga bo'lgan talablari ortib bormoqda.

Yer resurslariga bo'lgan talabning oshib borishi, oziq-ovqat ekinlarni va yer resurslarining sifat va miqdorining pasayishiga olib kelmoqda.

Xalqaro oziq-ovqat tashkiloti(FAO) ma'lumotiga ko'ra hozirgi kunda yer resurslari biz uchun quydagi vazifalarni bajarmoqda;

S jamiyat uchun boylik do'koni

S inson foydalanishi uchun oziq-ovqat, tola, yoqilg'i yoki boshqa ishlab chiqarish manbai

S o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarni biologik yashash joylari bilan ta'minlash

S global energiya balansi

S yer usti suvlari va yer osti suvlarini saqlash va oqimini tartibga solish

S inson foydalanishi uchun minerallar va xom ashyo ombori

S kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar uchun bufer, filtr yoki modifikator

S aholi punktlari, sanoat va dam olish uchun tabiiy makon bilan ta'minlash

S tarixiy yoki tarixiy yozuvlardan dalillarni saqlash va himoya qilish (toshqotganliklar, o'tmishdagi iqlim dalillari, arxeologik qoldiqlar va boshqalar.)

S hayvonlar, o'simliklar va odamlarning bir hudud bilan boshqasi o'rtasida harakatlanishiga imkon berish yoki to'sqinlik qilish

Yer yuzida inson paydo bo libdiki yer resursidan, u bizga inom etgan tabiiy homashyodan tinimsiz ravishda foydalanib kelmoqda. Lekin bu foydalanish meyordan ortib ketmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo'yicha haydaladigan yerlarning 16% keskin tanazzulga uchragan va ushbu holatning asosiy sababi aholi soning ortishi hamda yer resurslariga bo'lgan ta'labning ortib borishidir (FAO).

Surxondaryo viloyati mamlakatimizning janubiy qismida joylashgan bo'lib maydoni 20.1 ming km2 ni(2009911 gektar), aholisi 2681 ming kishini tashkil etadi. Viloyat mamlakatimizda iqtisodiyotida qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash sanoat tarmoqlarida yuqori o'rinlarni egallaydi.

Viloyatning jami yeг maydoni 2 GG9 911 gektami tashkil etadi. Qishloq xo'jalik ekin yer maydonlari 278 124 gektarni bo'lib, shundan sug'oriladigan yeгlaг 238632 gektaг, lalmi yeгlaг 39 492 gektaг, holati yomon yeгlaг 19744 gektami tashkil etadi (1-jadval) [1].

(1-jadval)

Surxondaryo viloyati tumanlari bo'yicha qishloq xo'jaligi yerlarining

taqsimlanishi

(G1.G1.2G21 y)

T/г Tuman nomi Umumiy maydon Ekin yeгlaг

Jami Shu jumladan Holati yomon yeгlaг

suvli lalmi

1 Angoг 38731 15535 15535 18G6

2 Bandixon 68424 13373 13318 55 1653

3 Boysun 3253G7 2G648 1982 18666 262

4 Denov 81933 24324 21738 2856 983

5 Jarço^gon 116198 197GG 197GG 3268

6 Qiziriq 38788 24G78 24G78 1G38

7 Qumqo^g' on 213752 18826 18784 42 1G99

8 Muzrabot 73923 33321 33321 1197

9 Oltinsoy 56832 12593 9825 2768 655

1G Sariosiyo 384638 12721 8935 3786 35

11 Temiz tumani 83444 1193G 1193G 252G

12 Uzun 163165 15G94 1G8G8 4286 874

13 Sheгabot 272785 4G375 33464 6911 3769

14 Sho'rchi 862G2 15331 152G9 122 585

15 Temiz shahгi 4274 365 365

16 Denov shahгi 1515

Jami 2 GG9 911 278124 238632 39492 19744

(Surxondaryo viloyat yer geokadastr borqarmasi 2021-yil 1-yanvar

holati)

Quyidagi гaqamlaгdan bilish mumkinki bizning viloyatimiz oziq-ovqat mahsulotini yetkazib berish uchun juda katta imkoniyatlar mavjud. Lekin shunga qaгamasdan qishloq xojlik mahsulotlaгi uchun ajгatilgan yeгlaг yaгoqsiz holatga kelib, sho'rianish jadal suгatlaг bilan yaгoqsiz holatga kelib qolmoqda.

Viloyatimizning Surcon-Sherabot vodiysidan bo'lak qismi asosan, tog'laráan iboгat. Tog^ shimoldan keladigan sovuq oqimni to'sib toganligi sababli O'zbekistonning suptгopik o'lkasi hisoblanadi. Hududning yana Ыг o'ziga xosligi janubdan issiq va quruq "afg'on shamoli" esib, ekinlarga jiddiy zaгaг yetkazishidiï. Ziгoatchilikni tashkil etishda, albatta bu omil e'tibo^a olinadi. Tog'laráagi mevali daгaxtlaг oziq-ovqat sanoati uchun qimmatli

xomashyo yetkazib beradi, bog' tokzorlar barpo qilingan. Tog' zonasi va adirlarda, asosan, lalmi yerlarda boshoqli o'simliklar ko'p ekiladi [2].

Janubiy qismi keng qumliklar bilan qoplangan. Tekislik qismining iqlimi quruq subtropik. Yozi jazirama issiq va uzoq, qishi iliq va qisqa. Yillik o'rtacha temperatura 16°—18°. Iyulning o'rtacha temperaturasi 28°.—32°, yanvarniki 2,8°—3,6°. Yil davomida bulutsiz kunlarning ko'p bo'lishi va quyosh nurining tik tushishi effektiv tralar yig'indisi yuqori bo'lishiga olib keladi. Kunlik o'rtacha harorat 10° dan yuqori kunlar tekislik qismida 290— 320 kun davom etadi. Bu esa viloyatda eng issiqsevar mevalar (shakarqamish, limon, mandarin, xurmo) va ekinlar yetishtirish uchun qulay sharoit mavjudligidan dalolat beradi

[3].

Xususan prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar iqtisodiyotimizning muhim tarkibiy qismi bo'lgan qishloq xo'jaligini jadal rivojlantirish, mahsulot yetishtirish va uni qayta ishlash hajmini muttasil oshirish imkonini bermoqda. Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko'rsatmoqda. Ularning 8 tasi paxta-toqimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24677 tonna), 8 tasi g'allachilik (ishlab chiqarish hajmi 171 500 tonna) va 13 tasi meva-savzovatchilik (ishlab chiqarish hajmi 92688tonna). Ularga 169 217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11 340 gektari (6,7 %) klasterga hududlari uchun ajratib berilagan bo'lsa, shundan klasterga tarkibiga kiradigan 4961 ta fermer xojligi 157 877 gektar (92% ) maydonga egalik qiladi [4]. Mintaqada 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda viloyarda 5698 ta fermer xojligi faoliyat ko'rsatmoqda, ulardan 1859 tasi paxtachilik, 136 g'allachilik, 964 tasi bogMorchilik, 780 tasi bogMorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bogMorchilik va polizchilik va boshqa yo'nalishlarga ixtisoslashgan. Viloyatda 404.1 gektar (0.2%) maydon 122 ta fermer xo'jaliklar tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bolib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika usulidagi, 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir.

(2-jadval)

Qishloq xo'jaligi va ekologiya statistikasi bo'limi __(13.01.2022)__

T/r Mahsulot turi Viloyat bo'yicha (tonna) Yetakchi tumanlar Mahsulot hajmi (tonna)

Don va dukkakli don ekinlari Muzrabot 113894,8

1 703748 Sherobod 108361,6

Qumqo'rg'on 77600,7

Shu , umladan:

Boshoqli don ekinlari Sherobod 100869,9

a 624047 Muzrabot 89467,1

Denov 69257,4

Sherobod 100024

bug'doy 614101 Muzrabot 88954,9

Denov 69257,4

Jarqo'rg'on 7211,1

makkajo'xori don 30332 Muzrabot 6177

Sho'rchi 2405,4

Muzrabot 3810,3

Sholi 5985 Angor 574

Sho'rchi 460,9

Dukkakli don ekinlari Qumqo'rg'on 7778,2

b 28655 Sherobod 5291,8

Muzrabot 2857,6

Denov 81623,6

2 Kartoshka 346419 Sho'rchi 51866,8

Qumqo'rg'on 41059,1

Denov 167241,8

3 Sabzavotlar 1065983 Sherobod 155225,4

Termiz 96744,1

Sherobod 61981

4 Poliz 320308 Denov 45250,1

Qumqo'rg'on 38188,5

Mevalar va rezavorlar Sherobod 27982,6

4 172541 Sariosiyo 27137

Denov 23602,3

Oltinsoy 32452,6

5 Uzum 102626 Denov 20231

Qumqo'rg'on 10701,5

Yuqoridagi jadvaldan ko'rinib turibdiki viloyatimiz xo'jaligi asosan qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan agrar xarakterga ega. Bu esa mintaqa qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va fantalab tarmoqlarga ko'proq e'tibor qaratishni taqoza etadi [5].

Xulosa qiladigan bo'lsak jahon bo'yicha 2050 yilga borib dunyo aholisi deyarli 10 milliardga yetishi kutilmoqda, bu esa qishloq xo'jaligiga bo'lgan talabni yilga nisbatan qariyb 50 foizga oshiradi. Hozirgi kundagi kabi yerga bo'lgan munosabat va qishloq xo'jaligiga investitsiya mablag'lari davom etsa 2030 yilgacha yuzlab million odamlarni to'yib ovqatlanmaslikka olib keladi(FAO).

FAO tomonidan Qishloq xo'jaligini rivojlantirish xalqaro jamg'armasi (IFAD) va Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) bilan birgalikda tayyorlangan tadqiqot shuni ko'rsatdiki, joriy investitsion modellar va ijtimoiy himoyaga sarflangan mablag'lar bo'yicha daromadlar o'sishi va undan foydalanish imkoniyatlari yaxshilanmasligi pragnoz qilinmoqda. Bu esa 2030 yilga borib ochlikni yo'qotish uchun yetarli oziq-ovqat bo'lmasligi va shunga asosan 2030 yilda 650 milliondan ortiq odam yoki dunyo aholisining 8 foizi to'yib ovqatlanmay qoladi (FAO, IFAD va WFP, 2015).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Hisob-kitoblarga ko'ra jahon bo'yicha qishloq xo'jaligi savdosining umumiy tez o'sishiga qaramasdan, ko'plab mamlakatlarda iste'mol qilinadigan

oziq-ovqatning asosiy qismi mamlakatning o'zida istemol qilinmoqada. Ishlab chiqarilgan qishloq xo'jalik mahsulortning atigi 20 foizigacha oralig'ida eksport qilmoqda. Bu esa asosan har bir hududa qishloq xo'jaligi yerlaridan samarali foydalanish talablarining ortib borayotganligidan dalolat beradi [6].

Takliflar

1) Qishloq Xo'jaligi milliy sektori dasturini qabul qilish va amalda tadbiq

etish.

2) Mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirishni ta'minlash,

2) Qishloq xo'jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish hisobiga yer-suv resurslaridan samarali foydalanish,

3) Fermer xo'jaliklarining iqtisodiy va moliyaviy barqarorligini taminlash, kasbiy ta'lim malakalarini oshirish,

4) Qishloq dehqonlarining daromadlari ko'tarish, unumsiz va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta tiklash hamda ularni keyingi eroziyadan himoya qilish bo'yicha maslahat berish tizimini shakillantirish,

5) Qishloq xo'jaligi jamoalarini yangi inavatsion texnikalar bilan taminlanish darajasini ko'tarish va texnikalar harid qilish uchun past stavkali kriditlar taklif etish,

6) Oziq-ovqat bazasini sifatli mahsulotlar bilan boyitish va raqobatbardoshligini oshirish.

7) Qishloq xo'jaligi mahsulotini qayta ishlash va marketing bo'yicha fîrmalarning yangi bozorlarga chiqish uchun o'zlarining operatsion jarayonlarini takomillashtirish va sifatli takliflar ishlab chiqishni rag'batlantirish.

8) Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini kengaytirish

Maqsadlar

1) Vazirliklar, muassasalar va hokimiyatlarning qishloq sektori hamkorlari bilan qishloq xo'jaligi uchun yanada yaxshi siyosiy va institutsional shart-sharoitlarni ishlab chiqish uchun siyosiy muloqot olib boradi.

2) Ushbu maqsadlarga erishish uchun dastur oziq-ovqat sohasi tadbirkorlarini qo'llab-quvvatlaydi.

3) Shu maqsadda ishlab chiqarish zanjirining turli bosqichlaridagi to'siqlar tahlil qilinadi va barcha ishtirokchilar bilan birgalikda bartaraf etiladi. Misol uchun, fermerlar yaxshi urug'likdan foydalanish va yaxshi qishloq xo'jaligi amaliyoti tamoyillarini qo'llashga o'rgatiladi.

4) Qayta ishlash va marketing bo'yicha firmalarga yangi bozorlarga chiqish uchun o'zlarining operatsion jarayonlarini takomillashtirish va sifat standartlarini joriy etish bo'yicha tavsiyalar beriladi.

5) Shu bilan birga, eroziya natijasida hosildor qishloq xo'jaligi tuproqlarining uzluksiz yo'qotilishiga chek qo'yiladi.

6) Ushbu yondashuv aholiga iqlim o'zgarishi oqibatlariga yaxshiroq javob berishga imkon beradi.

7) Malakasini oshirish tashkil etish vazirlik va mutasaddilarga o'z oldig a qo'yilgan vazifalarni yanada samarali bajarish imkonini beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ro'ziev A. Surxondaryo viloyati. - T., 1996.

2. Ro'ziev A., Abirqulov Q. O'zbekiston iqtisodiy geografiyasi. - T.: Sharq, 2001.

3. Ro'ziev O. A. Agrosanoat majmuasi rivojlanishining hududiy xususiyatlari (Surxondaryo viloyati misolida). Iqtisod f.n. diss. avtoref. - T., 2002.

4. Surxondaryo viloyati statistika bosh boshqarmasi ma'lumotlari (1991 - 2015 yy.) - Termiz.

5. Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqarilgan "Qishloq taraqqiyoti va faravonligi yili" dasturi - Termiz, 2009.

6. Tursunov S.N. Surxondaryo viloyati toponimlari. T.: O'zbekiston Milliy kutubxonasi, 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.