Tashkent state transport university
QISHLOQ XO'JALIGIDA YER VA SUV RESURSLARIDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISHNING IQTISODIY-EKOLOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH (SURXONDARYO VILOYATI MISOLIDA)
Mirzayev Abdulla Qurbonovich, Abdurashidov Bobur Abdurashid o'g'li, Nuraliyev
Orifjon To'raxonovich
Termiz davlat universiteti (Jizzax, O'zbekiston)
Annotatsiya: Ushbu maqolada, Surxondaryo viloyati misolida qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan foydalanishni tartibga solishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish asoslari tahlil kilingan. Shuningdek maqolada viloyat qishloq xo'jaligi bo'yicha jamlama ma'lumot sifatida qishloq xo'jaligi yerlarining umumiy maydoni va umumiy ekin maydoni hamda viloyatdagi agroklasterlar va fermer xo'jaliglari feoliyat olib borayotgan yer maydonlari keltirilgan Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, yer va suv resurslari, qishloq xo'jaligi yerlari, Surxondaryo viloyati, qishloq xo'jaligi strategiyasi.
IMPROVEMENT OF ECONOMIC AND ECOLOGICAL MECHANISMS OF REGULATING THE USE OF LAND AND WATER RESOURCES IN AGRICULTURE (SURKHANDARYA REGION)
Mirzayev Abdulla Qurbonovich, Abdurashidov Bobur Abdurashid ogli, Nuraliyev Orifjon Toraxonovich
Termiz state university (Jizzakh, Uzbekistan)
Abstract: This article analyzes the basics of improving the economic and environmental mechanisms for regulating the use of land and water resources in agriculture on the example of Surkhandarya region. The article also provides general information on the total area of agricultural land and total arable land in the region, as well as the area of land where agro-clusters and farms operate in the region. Keywords: agriculture, land and water resources, agricultural lands, Surkhandarya region, agricultural strategy
Yer tabiat mahsuli bo'lib, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida muhim ahamiyatga ega. Chunki u mazkur tarmoqning eng asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanadi. Yerga urug'. ko'chat ekib, ishlov berish natijasida turli xildagi mahsulotlar yetishtiriladi. Demak, tarmoqda yetishtiriladigan barcha turdagi mahsulotlar yerdan, suvdan foydalangan holda olinadi.
Keyingi yillarda mamlakatimiz qishloq xo'jaligini isloh qilish, xususan sohada davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi, qayta ishlovchi va sotuvchi subyektlar o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda qishloq ho'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni zamonaviy texnikalar bilan ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, qishloq xo'jaligini rivojlantirish bo'yicha uzoq muddatga mo'ljallangan strategiyaning mavjud emasligi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, sohaga investitsiyalarni keng jalb etishga, ishlab chiqaruvchilarning
Tashkent state transport university
yuqori daromad olishiga va mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirishga to'sqinlik qilmoqda.
Ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida 2019 yili xalqaro tashkilotlar va ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasi tasdiqlandi.
Surxondaryo viloyati qishloq xo'jaligi bo'yicha jamlama ma'lumotga nazar solsak viloyatda qishloq xo'jaligi yerlarining umumiy maydoni 276399 gektarni tashkil etadi. Umumiy ekin maydoni - 237471 gektar.
Surxondaryo viloyatida jami 29 ta agroklaster faoliyat ko'rsatmoqda. Ulardan 8 tasi paxta-to'qimachilik (ishlab chiqarish hajmi 24677 tonna), 8 tasi g'allachilik (ishlab chiqarish hajmi - 171500 tonna) va 13 tasi meva-sabzavotchilik (ishlab chiqarish hajmi - 92688 tonna). Ularga 169217 gektar yer biriktirilgan, shundan 11340 gektari klasterga biriktirilgan bo'lsa, klasterga kiradigan 4961 ta fermer xo'jaligi 157877 gektar maydonga egalik qiladi. 3 ta agrologistika markazlari faoliyat yuritadi.
Viloyatda 5698 ta fermer xo'jaligi faoliyat ko'rsatmoqda, ulardan 1859 tasi paxta-g'allachilik, 136 tasi g'allachilik, 964 tasi bog'dorchilik, 780tasi bog'dorchilik-uzumchilik, 465 tasi uzumchilik, 98 tasi bog'dorchilik va polizchilik, 86 tasi bog'dorchilik-g'allachilik, 983 tasi chorvachilik, 31 tasi ipakchilik, 35 tasi parrandachilik, 189 tasi baliqchilik, 21 tasi asalarichilik, 51 tasi boshqa yo'nalishlarga ixtisoslashgan.
Viloyatda 404,1 gektar maydon 122 ta fermer xo'jaliklari tomonidan issiqxonalar uchun ajratilgan bo'lib, ularning 45 gektarlik 5 tasi gidroponika usulidagi, 359,1 gektarlik 117 tasi esa plyonka usulidagi issiqxonalardir.
Yer va suv resurslaridan to'liq va samarali foydalanish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
• yer-suv islohotlarini doimiy takomillashtirib borish;
• meliorativ holati yomonlashgan yerlarda irrigatsiya va melioratsiya tadbirlarini o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish;
• zamonaviy, samarali texnilcalami, ilg'or texnologiyalami qishloq xo'jalik ishlab chiqarishiga joriy etish;
• ilmiy va amaliy jihatdan asoslangan almashlab ekishni yo'lga qo'yish;
• ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatmagan holda mahalliy va mineral o'g'itlardan oqilona foydalanish;
• agrotexnik tadbirlami sifatli amalga oshirish;
• ishchi va xizmatchilami moddiy va ma'naviy rag'batlantirish bilan bog'liq bo'lgan masalalami hal etish;
• yer va suv munosabatlarini takomillashtirish va erkinlashtirish.
Tashkent state transport university
Qishloq xo'jaligi yerlaridan oqilona foydalanish tadbirlarini quyidagi to'rtta gumhga ajratish mumkin:
1) tashkiliy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
• ilmiy asoslangan yer tuzish;
• hududlar bo'yicha ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish;
• yagona yer monitoringi tizimini olib borish;
• davlat yer kadastrini to'liq amalga oshirish;
• davlat va jamoat ekspertizasini yo'lga qo'yish;
• yerdan foydalanish nazoratini kuchaytirish va hokazo.
2) huquqiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
• tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
• tabiiy resurslar qonunchiligi normalarini takomillashtirish;
• yerdan foydalanish normalarini takomillashtirish;
• ekologik huquqiy mexanizmni takomillashtirish;
• yer huquqbuzarligiga nisbatan jazoning muqarrarligini ta'minlash va
3) iqtisodiy tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
• holati yomon yerlami imtiyozli soliqqa tortish;
• tuproq muhofazasi tadbirlarini kreditlash;
• qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning yer va suvdan samarali foydalanish bo'yicha manfaatdorligini oshirish;
• yerlarni rekultivatsiya qilish va meliorativ holatini yaxshilashga davlat tomonidan beriladigan ko'makni takomillashtirish va hokazo.
4) texnologik tadbirlar, bunga quyidagilar kiradi:
• yerlami tubdan rekultivatsiyalash va meliorativ holatini yaxshilash texnologiyalarini ishlab chiqish;
• almashlab ekish tizimini joriy etish va unga qat'iy amal qilish;
• noqishloq xo'jalik va sanoat o'zlashtirishning yagona texnologiyasini yaratish;
• suvlami muhofaza qilish texnologiyasini joriy etish;
• yerlami qayta tiklash texnologiyalarini joriy etish;
• talab etiladigan joylarda ixotazorlar tashkil etish;
• erroziyaga qarshi kurash tadbirlari va sellaming salbiy oqibatlari oldini olish inshootlarini barpo etishni yanada rivojlantirish va
Yer qishloq xo'jaligining asosiy ishlab chiqarish vositasidir. Chunki qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish bevosida yerda amalga oshadi. Mamlakatimizning iqlim sharoitida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida suv resursining ham ahamiyati
Yer va suvga nisbatan davlat mulkchiligi saqlagan holda ulardan yil davomida to'liq va samarali foydalanish huquqi jismoniy hamda yuridik shaxslarga uzoq muddatga yoki umrbod berilmoqda. Ulardan to'liq va samarali
hokazo.
hokazo.
katta.
Tashkent state transport university
foydalanganlik darajasini ma'lum bir ko'rsatkichlar tizimi yordamida tahlil etish lozim.
Kelajakda yer va suv resurslaridan foydalanish darajasini hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun tuproq unumdorligini, sug'orish tizimini yaxshilashga qaratilgan barcha tadbirlar o'z vaqtida, sifatli bajarilishini ta'minlasb zarur.
Mamlakat miqyosida yer monitoringi va kadastri talab darajasida amalga oshirilishini ta'minlash kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 01.11.2016 yildagi 378-son. Surxondaryo viloyatida qishloq xo'jaligi ekin maydonlari tarkibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 23.10.2019 yildagi PF-5853-son. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida.
3. Nurmatov N.J., Ro'ziyev O.A., Gulmatov J.Q., Berdiyev S.R. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti - (O'quv qo'llanma), Toshkent, 2011, 304 bet.