Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA BOSHQARUV XODIMLARINING TUTGAN O'RNI'

YANGI O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA BOSHQARUV XODIMLARINING TUTGAN O'RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
3361
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O'zbekiston / qishloq xo'jaligi / rivojlanish / boshqaruv xodimlari / iqtisodiyot / agrar soha. / New Uzbekistan / agriculture / development / management / economy / agrarian sector.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Daminova, Ogiloy Mirzaqul Qizi

Bugun "Yangi O‘zbekiston", "O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi" degan nomlar orqali xalqaro maydonda munosabatlarimiz silsilasida g‘oyat muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yangi O‘zbekistonni bu jamiyatimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni butunlay o‘zgartirgan, yangi, demokratik qiyofaga mamlakat sifatida ko'rish uchun ham barcha soha tarmoq qatori qishloq xo'jaligini ham jahon talablariga moslash ya'ni rivojlantirish kerak. Bu vaqtda har bir soha va tarmoqlar qatorida qishloq xo'jaligi sohasiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu sohaning rivojlanishi uchun mamlakatimizda yetarlicha ekologik va agrar imkoniyatlarga ega. Ushbu maqolada, Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirishda boshqaruv xodimlarining tutgan o'rni haqida batafsil fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ADMINISTRATORS IN AGRICULTURAL DEVELOPMENT IN NEW UZBEKISTAN

Today, under the names "New Uzbekistan", "New stage of development of Uzbekistan", it plays an important role in the chain of our relations in the international arena. In order to see the new Uzbekistan as a country with a new, democratic image, which has completely changed the political, social and economic relations in the life of our society, it is necessary to adapt agriculture to the world. At the same time, along with each sector, special attention is paid to agriculture. Our country has sufficient ecological and agricultural potential for the development of this industry. This article discusses in detail the role of management in the development of agriculture in New Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA BOSHQARUV XODIMLARINING TUTGAN O'RNI»

YANGI O'ZBEKISTONDA QISHLOQ XO'JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA BOSHQARUV XODIMLARINING TUTGAN O'RNI

Daminova O'g'iloy Mirzaqul qizi

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filiali

Iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi va audit kafedrasi assistenti

ANNOTATSIYA

Bugun "Yangi O'zbekiston", "O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi" degan nomlar orqali xalqaro maydonda munosabatlarimiz silsilasida g'oyat muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Yangi O 'zbekistonni bu jamiyatimiz hayotidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlarni butunlay o 'zgartirgan, yangi, demokratik qiyofaga mamlakat sifatida ko'rish uchun ham barcha soha tarmoq qatori qishloq xojaligini ham jahon talablariga moslash ya'ni rivojlantirish kerak. Bu vaqtda har bir soha va tarmoqlar qatorida qishloq xojaligi sohasiga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu sohaning rivojlanishi uchun mamlakatimizda yetarlicha ekologik va agrar imkoniyatlarga ega. Ushbu maqolada, Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirishda boshqaruv xodimlarining tutgan o'rni haqida batafsilfikryuritiladi.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, qishloq xojaligi, rivojlanish, boshqaruv xodimlari, iqtisodiyot, agrar soha.

АННОТАЦИЯ

Сегодня под названиями «Новый Узбекистан», «Новый этап развития Узбекистана» он играет важную роль в цепи наших отношений на международной арене. Чтобы увидеть новый Узбекистан как страну с новым, демократическим имиджем, полностью изменившим политические, социальные и экономические отношения в жизни нашего общества, необходимо адаптировать сельское хозяйство к миру. При этом, наряду с каждым сектором, особое внимание уделяется сельскому хозяйству. Наша страна обладает достаточным экологическим и сельскохозяйственным потенциалом для развития этой отрасли. В данной статье подробно рассматривается роль менеджмента в развитии сельского хозяйства Нового Узбекистана.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, сельское хозяйство, развитие, менеджмент, экономика, аграрный сектор.

ABSTRACT

Today, under the names "New Uzbekistan", "New stage of development of Uzbekistan", it plays an important role in the chain of our relations in the

international arena. In order to see the new Uzbekistan as a country with a new, democratic image, which has completely changed the political, social and economic relations in the life of our society, it is necessary to adapt agriculture to the world. At the same time, along with each sector, special attention is paid to agriculture. Our country has sufficient ecological and agricultural potential for the development of this industry. This article discusses in detail the role of management in the development of agriculture in New Uzbekistan.

Keywords: New Uzbekistan, agriculture, development, management, economy, agrarian sector.

KIRISH

Qishloq xo'jaligi barcha davrda eng muhim tarmoqlardan biri bo'lgan. Boisi, inson yashar ekan, oziq ovqat mahsulotlariga hamisha talab kuchli bo'ladi. Dunyo olimlarining fikriga ko'ra, 2050 yilga qadar yer yuzi aholisi 8 milliarddan ortadi. Bu esa oziq ovqatga bo'lgan talabning bir necha barobar ortishiga sabab bo'ladi. Bu esa ko'pchilik ekspertlarni xavptirga solmoqda. Ayni bu vaqtda Yaponiya va Janubiy Koreya texnologiyasi barcha mamlakatlar uchun andoza, shuningdek, tajriba bo'lmoqda bemalol ayta olamiz. Intensiv tarzda mahsulotlar yetishtirish, yiliga 4-5 balkim undan ko'proq marta hosil olish imkonini o'rganish mumkin. Yerdan unumli foydalanish, intensiv usuldagi issiqxonalarni ko'paytirish aslida davr talabi hamdir. O'zbekiston bugun 34 millionlik aholiga ega bo'lgan, o'tgan davrda ko'plab muammolar to'planib qolgan mamlakatning taqdiri va kelajagini belgilash borasida to'g'ri yo'l tanlash - kuchli bilim, tajriba va azmu shijoatni talab etadi. Ya'ni O'zbekiston aholisining ko'payishi, qishloq xo'jaligini rivojlantirish borasida alohida tashabbusga muhtoj ekanligi kundek ravshan edi.

Yangi O'zbekiston aynan yuqoridagi sabablarni inobatga olgan holatda qishloq xo'jaligiga alohida e'tibor qaratilishi davr talabi ham edi. Bu borada esa qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun belgilangan yangi tartiblar va g'oyalarni amalga oshirishda, albatta, boshqaruvchilar xodimlar muhim rolga ega. Ya'ni ular ishning boshida turib, belgilangan vazifalarni aniq va vaqtida, eng muhimi esa ishning sifatli bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishlari kerak. Ya'ni rahbar xodimlar o'z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o'z ishchilaridan talab qila olishi kerak. Boshqaruvchi xodimlarda liderlik, boshqaruvchilik, o'ziga ishonch, mas'uliyat va yangilikka intilish ya'ni sohaga yangi tashabbus hamda g'oyalar bera olishi kerak.

Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlanishida boshqaruv xodimlarining asosiy vazifalaridan biri xalqaro standartlarga mos mahsulot bilan jahon bozoriga

chiqishdir. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarimizning eksportda oqsayotgani shu jihat

789

Scientific Journal Impact Factor

bilan ham bog'liq. Shu bois endilikda Yevropa Ittifoqi, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya va arab mamlakatlari standartlari asosida mahsulotlarni sertifikatlash tizimini joriy etish choralari ko'riladi. Eksport salohiyatini oshirishda tomorqa xo'jaliklari boy manba hisoblanadi. Boisi qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 70 foizi tomorqalarda yetishtiriladi. Hozir O'zbekistonda 4,5 million aholining tomorqa yer maydonlari mavjud.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yangi O'zbekistonning iqtisodiyotini rivojlantirishda qishloq xo'jaligi hmam salmoqli o'rin egallaydi. Bu borada qishloq xo'jaligi boshqaruv xodimlariga qo'shimcha imtiyozlar va yo'nalishlar belgilab berilmoqda. "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5853-son Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilindi." 1 Shuningdek, Qishloq xo'jaligi qo'shimcha imkoniyatlarga boy soha. Shu sababli, keyingi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumaladan, davlat xarid narxlarining qariyb 3 barobar oshirilishi paxtachilik va g'allachilikni daromad keltiradigan tarmoqqa aylantirdi. Qolaversa, paxtachilikda mutlaqo yangicha ish tutumiga, ya'ni klaster tizimiga o'tilgani mehnatga munosabatni tubdan o'zgartirdi. Ishni samarali tashkil etish va boshqarish imkoniyati yuzaga keldi. Shuningdek, paxta maydonlarida sug'orishning tejamkor usullari tatbiq etildi. Shu yilning o'zida 25 ming gektar paxta maydonida suv tejovchi yangi sug'orish tizimi joriy qilinishi natijasida o'tgan yildagiga nisbatan uch barobar ko'p hosil olish kutilayotgani, foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yer maydoni qayta foydalanishga qaytariladi.

Bu borada quyidagi vazifalar belgilangan va ularning ijorisini boshqaruv xodimlari nazorat qilishlari kerak. Ular:

•qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish; •suvdan foydalanish samaradorligini oshirish;

•qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish;

1 O'zbekiston Respublikasi prezidentining pq- 4575 sonli qarori, 28.01.2020y. "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"https://lex.uz/docs/-4714632

790

Scientific Journal Impact Factor

•qishloq xo'jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko'paytirish;

•qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish;

•qishloq xo'jaligida axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda qishloq xo'jaligi statistikasini to'liq raqamlashtirish orqali ma'lumotlar haqqoniyligini ta'minlash;

•kadrlar masalasini hal etish, ilm-fanni rivojlantirish kerak bo'ladi.

"Davlat rolini davlat buyurtmasini berish, ekinlarni joylashtirish va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni nazorat qilish tizimidan fermer va dehqon xo'jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta'minlash va sifatini oshirish, atrof muhitni muhofaza qilish va xususiy sektor tomonidan ko'rsatilmaydigan boshqa maqsadlar uchun zarur bo'lgan davlat xizmatlarini ko'rsatishga yo'naltirish" 2 aynan qishloq xo'jaligi sohasining erkinlashuviga va xususiylashib yanada rivojlanishiga muhim sabablardan bo'ldi.

Boshqaruv xodimlarining qishloq xo'jaligini rivojlantirishda asosiy maqsad qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta'minlashdir. Ya'ni qishloq xo'jaligida shu vaqtgacha amal qilib kelgan eskicha uslubni o'zgartirib, xom ashyo yetishtirish manbaiga aylanib qolgan sohani tubdan isloh qilish lozimdir. Shu boisdan ham yangicha ishlash vaqti keldi. Joriy yil 6-sentyabr kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda 2020-2030-yillar davomida qishloq xo'jaligi yerlaridan foydalanishni takomillashtirish, suvdan foydalanish samaradorligini yuksaltirish, qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash hamda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish, qishloq xo'jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko'paytirish, qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatish sohasida raqobat muhitini shakllantirish, qishloq xo'jaligida axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda tarmoq statistikasini to'liq raqamlashtirish orqali ma'lumotlar haqqoniyligini ta'minlash, kadrlar masalasini hal etish, ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiluvchi yettita ustuvor yo'nalish belgilab berildi.

Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligini rivojlantirish orqali eksport salohiyatini yuksaltirish ya'ni iqtisodiyotda qishloq xo'jaligi ulushini orttirish aslida rahbar hodimlar zimmasidadir. Bu borada statistik tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, sohada hali boshqaruv xodimlarida ko'p mehnat talab etiladi. "Bugungi kunda qishloq xo'jaligi yalpi ichki mahsulotning 30 foizini tashkil etsa-da, lekin qilayotgan

2 O'sha manba.

ishlarimiz yetarli emasligi, oldimizda katta potensial borligi namoyon bo'lmoqda. Kelgusi o'n yillikda qishloq xo'jaligini iqtisodiyotning haqiqiy "drayveri"ga aylantirish uchun tubdan ko'p islohotlarni amalga oshirishimiz kerak. Chunki 30 yilda qishloq xo'jaligiga deyarli teginilmagan, desak, xato bo'lmaydi. Mahsulotlarimiz, umuman, qishloq xo'jaligidagi innovatsiyalarimiz boshqa davlatlar bilan haqiqiy raqobatdosh bo'lishi uchun islohotlarni bugundan amalga oshirishimiz kerak,"3 - deb aytdi O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayev.

Yerdan foydalanuvchi uni haqiqiy o'ziniki, deb hisoblaydimi yoki yo'q? Strategiyada shu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish belgilangan. Vaholonki, tahlillarda bitta fermer yerdan bir, bir yarim yil foydalangan holatlari ham kuzatilgan. Bu nimadan dalolat? Agar yerdan foydalanuvchi uni o'ziniki, deb bilmasa, qandaydir "qo'rquv" bo'lsa, munosabat ham xuddi shunday bo'ladi. Yerga nafaqat qarash, balki mablag'larni ham sarflash kerak. Bugun O'zbekistonda mavjud yer maydonlaridan, suvdan samarali foydalanish masalasi Prezidentimiz tomonidan soha xodimlari, olimlari oldiga qo'yilayotgan eng dolzarb vazifa etib belgilandi. Sababi yer cheklangan. Ana shu cheklangan yerdan faqatgina mehnat unumdorligini, hosildorlikni oshirish orqali ko'proq daromad olish lozim. Agar rivojlangan mamlakatlar bilan solishtiradigan bo'lsak, yerdan, suv resurslaridan foydalanish darajasi bo'yicha qator tizimli muammolar borligi ko'rinadi. Shuning uchun strategiyada qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligini yuksaltirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, innovatsion texnologiyalarni keng qo'llashga alohida urg'u berilgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston qishloq xo'jaligi faol qo'llab-quvvatlanadigan davlatlar sirasiga kiradi. Bugungi kunda Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligi rivojlanishi uchun boshqaruv xodimlariga hma keng imkoniyatlar berilmoqda. O'z navbatida rahbat xodimlar zimmasida mas'uliyat va vazifalar ham mavjud. Agrar sohasiga davlat tomonidan rivojlangan mamlakatlarga nisbatan 2-3 barobar ko'p mablag' ajratilmoqda. Shuning uchun ham 2025-yilga borib, davlat tomonidan qishloq xo'jaligi faqat bozor mexanizmlari asosida tartibga solinadi. Tan olish kerak, mamlakatimiz qishloq xo'jaligining eksport salohiyatini oshirish va qo'shilgan qiymatga ega mahsulotlar hajmini ko'paytirish borasida hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko'p. Birinchidan, bozorni o'rganish va bozor topish borasida muammolar bor. Qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga

3 "Xalq so'zi" gazetasi, 2019-yil. https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-qishloq-khozhaligini-rivozhlantirish-strategiyasi-iqtisodiyotimiz-drajveri-khalqimiz-turmush-farovonligini-taminlovchi-yangi-bosqichdir

792

Scientific Journal Impact Factor

mo'ljallangan strategiyasida eng katta e'tibor bozor mexanizmlariga qaratilgan. Buning zamirida dehqon, fermer ishlagandan keyin yerdan daromad topsin, degan maqsad yotibdi. Shu bilan birga, unda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash ham nazarda tutilgan. Chunki aholi har yili ko'payib bormoqda. Bu bozorda ehtiyoj ham ortib boryapti, degani. Shunday ekan, paydo bo'layotgan ehtiyojni qondirishning eng asosiy yo'llari bu unumdorlik va hosildorlikni oshirishdir. Shunday ekan, Yangi O'zbekistonda qishloq xo'jaligi boshqaruv xodimlaridan o'z ishiga kuchli mas'uliyat va tashabbuskorlik talab etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi prezidentining pq- 4575 sonli qarori, 28.01.2020y. "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"https://lex.uz/docs/-4714632

2. https://isrs.uz/oz/ozbekiston-yangiliklari/yangi-ozbekistonning-taraqqiyot-solnomasi

3. "Xalq so'zi" gazetasi, 2019-yil. https://xs.uz/uz/post/ozbekistonda-qishloq-khozhaligini-rivozhlantirish-strategiyasi-iqtisodiyotimiz-drajveri-khalqimiz-turmush-farovonligini-taminlovchi-yangi-bosqichdir

4. https://cityeconomy.uz/uz/news/matbuot_uchun/tadbirlar/ozbekiston-qozogiston-sanoat-va-qishloq-xojaligi-mahsulotlari-korgazmasi-davom-etmoqda

5. President.uz "Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda." https://president.uz/oz/lists/view/4547

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.