Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY INSTITUTLAR RIVOJLANISHINING MILLIY XUSUSIYATLARI'

O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY INSTITUTLAR RIVOJLANISHINING MILLIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2545
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy davlat / fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish institutlari / davlat hokimiyati / oila / mahalliy boshqaruv / qonuniylik / inson huquqlari / qonuniy manfaatlar ustuvorligi / demokratiya / ijtimoiy adolat / mahalliy muammolar / rule of law / institutions of citizens' self-government / state power / family / local self-government / legitimacy / human rights / priority of legitimate interests / democracy / social justice / local issues.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Turmanov, Sag‘indiq Turg‘anbayevich

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi mustaqillik maqomini qo‘lga kiritishi munosabati bilan butun O‘zbekiston miqyosida jamiyatda butunlay yangi siyosiy institutlarini yaratish doirasida o‘z hududida shu singari milliy hususiyatga ega mahaliy institutlarni yaratishga kirishganligi yoritilib berilgan. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish instituti huquqiy davlat alomatlaridan biri bo‘lib, fuqarolarning davlat va mahalliy hamjamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlaridagi huquqlarini ta’minlashning muhim kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur institut fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL FEATURES OF DEVELOPMENT OF LOCAL INSTITUTIONS IN UZBEKISTAN

The article says that in connection with the acquisition of independence by the Republic of Uzbekistan, he began to create local institutions of a similar national character on its territory as part of the creation of completely new political institutions in society. The institution of local self-government is one of the signs of the rule of law and serves as an important guarantee of the rights of citizens to participate in the management of state and local community affairs. This institution plays an important role in the formation of civil society.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA MAHALLIY INSTITUTLAR RIVOJLANISHINING MILLIY XUSUSIYATLARI»

O'ZBEKISTONDA MAHALLIY INSTITUTLAR RIVOJLANISHINING

MILLIY XUSUSIYATLARI

Turmanov Sag'indiq Turg'anbayevich

Qoraqalpoq Davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi.

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston Respublikasi mustaqillik maqomini qo'lga kiritishi munosabati bilan butun O'zbekiston miqyosida jamiyatda butunlay yangi siyosiy institutlarini yaratish doirasida o'z hududida shu singari milliy hususiyatga ega mahaliy institutlarni yaratishga kirishganligi yoritilib berilgan. Mahalliy o'zini o'zi boshqarish instituti huquqiy davlat alomatlaridan biri bo 'lib, fuqarolarning davlat va mahalliy hamjamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlaridagi huquqlarini ta 'minlashning muhim kafolati bo 'lib xizmat qiladi. Mazkur institut fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonida muhim rol o 'ynaydi.

Kallit so'zlar: huquqiy davlat, fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish institutlari, davlat hokimiyati, oila, mahalliy boshqaruv, qonuniylik, inson huquqlari, qonuniy manfaatlar ustuvorligi, demokratiya, ijtimoiy adolat, mahalliy muammolar.

АННОТАЦИЯ

В статье говорится, что в связи с обретением Республикой Узбекистан независимости приступил к созданию на своей территории местных институтов схожего национального характера в рамках создания совершенно новых политических институтов в обществе. Институт местного самоуправления является одним из признаков верховенства закона и служит важной гарантией прав граждан на участие в управлении делами государства и местного сообщества. Этот институт играет важную роль в формировании гражданского общества.

Ключевые слова: верховенство закона, институты самоуправления граждан, государственная власть, семья, местное самоуправление, легитимность, права человека, приоритет законных интересов, демократия, социальная справедливость, вопросы местного значения.

ABSTRACT

The article says that in connection with the acquisition of independence by the

Republic of Uzbekistan, he began to create local institutions of a similar national

character on its territory as part of the creation of completely new political

97

Scientific Journal Impact Factor

institutions in society. The institution of local self-government is one of the signs of the rule of law and serves as an important guarantee of the rights of citizens to participate in the management of state and local community affairs. This institution plays an important role in the formation of civil society.

Key words: rule of law, institutions of citizens' self-government, state power, family, local self-government, legitimacy, human rights, priority of legitimate interests, democracy, social justice, local issues.

Siyosiy tizimni shakllantirishda davlatning markaziy apparati, siyosiy partiyalar, nohukumat tashkilotlaridan tashqari, davlat hokimiyatining mahalliy organlari va fuqarolar o'zini - o'zi boshqarish institutlari singari boshqa omillar ham ishtirok etmoqda. Tajribaning ko'rsatishicha, davlat va uning institutlari faoliyatining samaradorligi ko'p jihatdan aynan davlat hokimiyati mahalliy organlari va fuqarolar o'zini-o'zi boshqarish institutlarining siyosiy jarayonlardagi ishtiroki bilan belgilanadi. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko'ra, hokimlar rahbarlik qiladigan viloyat, tuman va shahar hokimiyatlariga bo'linadi. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlariga shaharlar, qishloqlar va ovullar mahallalarida tuziladigan fuqarolar yig'ini kiradi. Bu holatdan davlat hokimiyati mahalliy organlari va fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari, vazifalari hamda tuzilishining o'ziga xos jihatlariga ko'ra, turli siyosiy institutlar ekanligi kelib chiqadi. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari davlat hokimiyati vazifalarini bevosita amalga oshirmaydi, biroq ular siyosiy tizimga kiradi. Umuman olganda, bunday bo'linish va tushunish ko'pgina demokratik davlatlarda uchraydi. Etatik va deetatik bo'lgan ikki tamoyilning birlashuvi ularda jamiyat ishlari va mahalliy institutlarni demokratik boshqaruv shakli sifatida idrok etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Deetatik tamoyil fuqarolik jamiyatining davlat ustidan uning nazoratini faollashtirish, unga siyosiy partiyalar, manfaatdor guruhlar va vakillik organlarining ta'sirini kengaytirish, davlatning qator funksiyalarini markaz tasarrufidan chiqarish, uning ayrim organlari faoliyatida o'zini o'zi boshqarish ishlarini kuchaytirishdan iborat. Etatik tamoyil davlatning, shu jumladan mahalliy hokimiyatning jamiyatni boshqarish va birlashtirish vositasi sifatidagi rolini oshirishda, kuchli ijtimoiy huquqiy davlatni barpo etishda namoyon bo'ladi. Shunday qilib, bir tomondan fuqarolik institutlarining faoliyati faollashadi, aholining yanada ko'proq o'zini o'zi boshqarish uyushmalari shakllanadi, boshqa tomondan, davlat, uning institutlari

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

(hokimlar)ning boshqaruvchi va muvofiqlashtiruvchi roli kuchayadi. Uzbekiston milliy davlatining bu xususiyatlari xalqimizning tarixiy-siyosiy tajribasi va ularning kuchli hokimiyatga intilishidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, shuni ham unutmaslik lozimki, hozirgi vaqtda siyosiy olamda nafaqat demokratik institutlar va demokratik qadriyatlarning kengayishi, balki jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi sifatida milliy davlatni mustahkamlash, kuchli davlatni barpo etishga intilish kuzatilmoqda. Davlat hokimiyatining viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi (tumanga bo'ysunadigan shaharlar, shuningdek shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) vakillik organlari Xalq deputatlari kengashidir. Davlat hokimiyatining viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi ijroiya hokimiyati bular xokimliklar va davlat boshqaruvining boshqa organlaridir. Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli hududda vakillik va ijroiya hokimiyatiga rahbarlik qiladi. Joylardagi davlat hokimiyati vakillik va ijroiya organlari faoliyatining asosiy tamoyillari demokratiya, ijtimoiy adolat, qonuniylik, oshkoralik, inson huquqlarini ta'minlash, davlat va mahalliy manfaatlarni hisobga olish tamoyillaridir.

Davlat hokimiyati mahalliy organlari faoliyatining huquqiy asoslari joylardagi davlat hokimiyati vakillik va ijroiya organlari to'g'risidagi qonunchilik bilan yaratilgan.

O'zbekistonda Xalq deputatlari kengashi va hokim, davlat organlari, viloyatlar, tumanlar, shaharlar bilan turli tarmoqlar va boshqaruv sohalarida umumiy manfaatlarni namoyon etuvchi tadbirlarni amalga oshirish uchun shartnoma va boshqa munosabatlarga kirish huquqiga ega.

Xalq deputatlari kengashi va hokim:

1) fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlash, jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda ularning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy,

madaniy va boshqa manfaatlarini qondirish uchun nodavlat tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

2) nodavlat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta'minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratadi;

3) nodavlat tashkilotlarning ayrim ijtimoiy foydali dasturlarini qo'llab-quvvatlaydi.

Mahalliy o'zini - o'zi boshqarish instituti huquqiy davlat alomatlaridan biri bo'lib, fuqarolarning davlat va mahalliy hamjamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishlaridagi huquqlarini ta'minlashning muhim kafolati bo'lib xizmat qiladi. Mazkur institut fuqarolik jamiyatining shakllanish jarayonida muhim rol o'ynaydi.

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilinishi bilan mahalliy boshqaruvning milliy zamonaviy tizimi asta-sekin shakllana boshlandi. Mahalliy boshqaruv organlarini yaratish va faoliyat ko'rsatishi uchun tashkiliy, siyosiy-huquqiy sharoitlarni ta'minlash maqsadida ko'p ishlar amalga oshirildi. Jahondagi har qanday davlatning butun demokratik institutlaridan eng qadimiysi va eng boy hamda shonli tarixga ega bo'lgan kishilar hayoti ibtidoiy bosqichidagi o'zini - o'zi boshqarish - bu mahalliy o'zini o'zi boshqarishdir. Mahalliy o'zini o'zi boshqarishning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahamiyati, uning yuksak demokratik qiymatga ega ekani hamma yerda ijtimoiy ong va ijtimoiy amaliyotda o'z tasdig'ini topdi. Mahall iy hamjamiyat inson tabiatiga to'la javob bera oladigan yagona uyushmadir, chunki barcha kishilar to'plangan yerda mahalliy hamjamiyatlar, jamoalar o'z-o'zidan vujudga keladi1. Aynan mahalla xalqimizning mentalitetini, uning yaxshi sifatlarini belgilaydi. Ko'p asrlar mobaynida unda o'zbek xalqining ma'naviy-axloqiy qarashlari, uning madaniyati, an'analari, urf-odatlari shakllandi va saqlab qolindiki, ular vositasida bugungi yosh avlod tarbiya topmokda. O'zbekiston mustaqil taraqqiyotning ilk kunlaridanoq davlat tomonidan mahallaga katta yordam ko'rsatilgani bejiz emas.

Mahallaning hayotimizdagi roli va ahamiyati to'g'risida O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov takror va takror so'z yuritganlar: «Jamiyatimizning muhim o'ziga xos jihati shundaki, u jamoaviylik, jamoa manfaatlarining birligi, jamoatchilik fikrining ustuvorligiga asoslangan. Shuning uchun jamiyatni demokratlashtirish tizimida uning asosiy tamoyillari, eng avvalo, ijtimoiy adolatni hayotga tatbiq etishda mahalla katta rol o'yn aydi. Bugungi kunda oilalarning haqiqiy moddiy ahvolini, ularning moddiy va madaniy manfaatlari doirasini yaxshiroq biladigan boshqa tuzilma mavjud emas. Mahalla eng adolatli, xalq ishonchini qozongan yo'l va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash mexanizmidir. U jamiyatimizdagi islohotlarni amalga oshirishda ishonchli asos va samarali vositaga aylanishi lozim»2.

O'zbekiston sovet hokimiyati yillarida murakkab davrni bosib o'tdi. Chunki 1924-1990 yillarda Sobiq Ittifoq tarkibidagi davlat sifatida hech bir mustaqil suverenitetga va demokratik erkinlikka ega emas edi. Davlat erkin bo'lmagan davrda fuqarolarning ham erkin bo'lmagini kunday ravshan. Shunday ekan sovet hokimiyati davrida O'zbekistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti qaramlik sharoitida kechdi. Har qanday tashkiliy-huquqiy mexanizmlar SSSRning xohishi

1Организация местного самоуправления. - М.: Инфра-пресс, 1988. - С. 38.

2И.А. Каримов. Узбекистон иктисодий исло^отларни чукурлаштириш йулида. Тошкент. «Узбекистан», 1996.-

175-6.

bilan shakllantirildi. Bu davrda davlatchiligimizni asriy an'analari qaytadan baholandi. Jumladan, davlat qurilishida barcha bo'g'inlar sotsialistik mafkura asosida yo'lga qo'yildi. Imkon darajada hududni uzoq vaqt ushlab turish, mustamlakachilik qoidalarini bosqichma-bosqich kuchaytirish yo'lidan borildi. Vaholanki, uzoq yuz yilliklar davomida davlatchilikning muhim yutuqlari mavjud edi. Lekin hech bir islohot milliy an'analarga asoslantirilmadi. Buni ming yillik tarixga ega bo'lgan mahallaga nisbatan e'tiborning Mahalla komissiyalari shahar sovetlariga bo'ysungan. Shu davrda mahalla komissiyalari bir qator vazifalarni bajarishga mas'ul bo'lgan. Ular shaharlarning iqtisodiy, xo'jalik va madaniy ahvoli, aholining yashash tarzi, maishiy holatini yaxshilash vazifasini bajargan. Chunki mahalla komissiyalari aholiga eng yaqin tuzilma sifatida muhim rol bajarar edi.

Boshqa jamoatchilik ishlarida ham uning imkoniyatlarini chetlab o'tib bo'lmas edi. Shuningdek, siyosiy jarayonlarda, ya'ni saylovlarda shahar sovetlarini qo'llab-quvvatlagan, bolsheviklar tomonidan chiqarilgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlarni ijro etilishida qatnashgan. Soliq va yig'imlarni yig'ishda, obodonlashtirish tadbirlarida, onalik va bolalikni muxofaza qilish, aholi salomatligini saqlash ishida ishtirok etgan. Amalga oshirilgan ta'lim islohotlarida yangi ko'rinishdagi maktablarning o'z hududida tashkil etilishiga tashabbuskor bo'lgan. Aholining savodsizligini tugatish bilan bog'liq tadbirlarda ham faol bo'lgan3. Oila insoniyat tarixidagi eng muhim qadriyatlardan hisoblanadi. U faqat nasl qoldirish emas, balki insonlarni bir-biriga suyanib yashash, o'zaro fikrlashish, bugun va kelajak haqida qayg'urish, ta'lim-tarbiya berish uchun ham noyob ijtimoiy tuzilmadir. Oila insonni menligini anglatadi, yashashdan maqsadini kamol topishiga xizmat qiladi. Oila -nikoh munosabatlarini, urug' ichi munosabatlari va urug'lararo munosabatlarni tartibga solish zaruriyati bilan yuzaga keladi. Oila jamiyatning tayanchi, uning birinchi va birlamchi yadrosi, zarrasidir. O'sib kelayotgan yosh avlodning mustaqil hayotga tayyorlaydigan betakror maktab hisoblanadi. O'zligimizga qaytish, milliy urf-odatlarimizni e'zozlash, kattalarga hurmat va kichiklarga g'amxo'rlik, odamiylik, halollik, olijanoblik, mehr-oqibat singari asl insoniy fazilatlar aynan oila muhitida shakllanadi.

O'zbekistonda 1990-yillarda onalarga, bolalarga va ko'p farzandli oilalarga katta moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatilib vaziyat biroz yaxshi bo'la boshlagan. Davlat tomonidan oilalar ta'minotini yaxshilashga ko'maklashadigan choralar ko'rila boshlandi. Xususan, 1989-1990 yillarda O'zbekiston bo'yicha 2,5 million oilaga

3fflagMaHOBa C., AxMegoB T. MaxaOTaKOMHCCHanapH$aoïïHaTHgaTpaHC$opMa^oH®apaëHflap // ^eMOKpaTnamTHpHmBaHHCOHxyKyK^apH. -№3. -2014. -E. 62.

101

jami 700 ming gektar sug'oriladigan yer qo'shimcha tomorqa sifatida berildi. Shaxsiy tomorqa yerlarini ajratilishi juda ko'plab aholi qatlamlari uchun birlamchi oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash va qo'shimcha daromadga ega bo'lish imkoniyatini berdi. Ushbu davrlar oson bo'lgani yo'q. Ayniqsa, bozorlarda tilanchilik qilib yurgan, aravachalarda birovning yuklarini tashiyotgan, boshqalarning cho'ntaklariga ko'z olaytirayotgan minglab balog'atga yetmagan bolalar uchrab turar edi. Bularning aksariyati ota-onalari giyohvandlikka, ichkilikbozlikka berilib ketib, farzandlarini qarovsiz qoldirgan oilalar vakillaridir. Ota-onasi haydab yuborgan, o'z tirikchiligini o'zi qilayotgan bolalar ham mavjud edi. O'zbekistonda bunday bolalar bilan ishlovchi, ularni ota-onalari oldiga qaytaruvchi, mehr-muruvvat joylariga joylashtiruvchi tashkilotlar bor edi. Masalan, ichki ishlar bo'limlari4.

O'zbekiston mustaqillikka erishgan vaqtda demokrafik vaziyat ham birmuncha murakkab bo'lgan. Buni aholi tarkibida bolalar va o'smirlarning ko'pligi bilan izohlash mumkin. Bunday qatlam doimiy ravishda davlat ko'magi va g'amxo'rligiga ehtiyoj sezgan. 1993 yilgi statistika bo'yicha Rossiya va Belarusda 15 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlar 24 foizdan sal ko'proqni, Qozog'istonda 33,2 foizni tashkil etgan bo'lsa, O'zbekistonda esa 43,1 foizni tashkil qilgan. Respublikada jami aholining yarmidan ko'prog'i - bolalar, o'quvchi yoshlar, pensiyadagilar va nafaqaxo'rlar, ya'ni ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj qatlamlar hisoblangan. Aholida oila a'zolari sonining ko'pligi Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa mamlakatlar kabi O'zbekistonga ham xos xususiyatdir. O'sha vaqtlarda respublikada oilaning o'rtacha soni 5,5 kishidan iborat, bir qancha viloyatlarda esa 6 kishidan oshgan. Xuddi shu vaqtda bu ko'rsatkich MDHning Yevropa qismidagi mamlakatlarda 3,2 kishini tashkil etgan5.

Aholining mazkur toifalari uchun kundalik zarur mollarni sotib olishda, kommunal va transport xizmatiga haq to'lashda qo'shimcha imtiyozlar joriy etildi. Pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdori ancha oshirildi. Ikki yoshgacha bo'lgan go'daklar hamda kamqonlik kasaliga uchragan homilador ayollarning bepul ovqatlanishi tashkil etildi. Umumiy ta'lim maktablarida boshlang'ich sinflarning o'quvchilariga bepul nonushta berildi. Maktab o'quvchilari va talabalar tushlik ovqati qiymatining 50 foizi chegirib tashlandi. 1991 yildan boshlab ish haqini oshirish to'g'risida yettita hujjat qabul qilindi. Shu maqsadlarga yarim trillion so'mdan ko'proq mablag' sarflanib, oilalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun farzand tug'ilgandan so'ng bir necha ko'rinishdagi nafaqa va imtiyozlar belgilandi.

4 Юсупов Э., Юсупов У. Оила - маънавият булоги. -Т., 2003. -Б. 28-29.

5Каримов И. Узбекистан: миллий истщлол, щтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. -Т.: Узбекистан, 1996. -Б. 292.

102

Scientific Journal Impact Factor

Birinchidan, bola boquvchi onalarga nafaqa miqdori oshirildi, avval mazkur nafaqa to'lashning bir yarim yil bo'lsa, bu muddat ikki yilgacha uzaytirildi. Bunday nafaqa ishlovchi onalarga ham, ishlamaydigan onalarga ham tatbiq qilindi. Ikkinchidan, o'n olti yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga yagona nafaqa joriy etilib, bolalarga ilgari berib kelingan hamma nafaqa va imtiyozlar bekor qilindi. Bolalarga beriladigan to'lovlar tizimi takomillashtirildi. Bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o'rniga 1994 yilning sentyabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi, uning miqdori nafaqa oluvchi oilaning tarkibi bilan bevosita bog'liq qilib qo'yildi. 16 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalar uchun nafaqalar ota-onasining va umuman oilaning daromadlari miqdoridan qat'i nazar, barcha oilalarga to'lana boshladi. Uchinchidan, 1994 yilning oktyabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi. Ayni mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi.

Oilaning ajralmas qismi bo'lgan ayollarning yashash va ishlash sharoitlari masalasida chuqur o'ylab ko'rish, hal etish kerak bo'lgan muammolar bor edi. 1995 yilgi ma'lumotlarga qaraganda mamlakatimizda ayollar sanoat ishlab chiqarishda ishchi va xizmatchilarning 44,3 foizini, qishloq xo'jaligi bilan band bo'lganlarning 49,0 foizini tashkil etgan. Sanoat sohasida band bo'lgan ayolllarning 18 foizi tungi smenada ishlagan. Uy-ro'zg'or ishlarining asosiy qismi ham ish bilan band bo'lgan ayollarning zimmasida edi. Tug'ish yoshidagi ayollarning 60-70 foizi kamqonlik kasaliga uchragan. Ayrim shahar va qishloqlarda 15-16 yoshli qizlarni erga berish hollari ham ko'paygan. Oilani rejalashtirish, ayollar va yosh go'daklarning salomatligini mustahkamlash haqidagi fikrlar ham qishloq aholisi orasida yetarli targ'ib etilmadi. Yaqin qarindoshlar o'rtasida nikohning salbiy oqibatlari ham sezilarli bo'lgan.

O'zbekistonda oila farovonligini ta'minlash, aholining barcha vakillari manfaatlarini ro'yobga chiqarish borasida davlat tomonidan bir qator islohotlar amalga oshirildi. 1998 yil - "Oila yili" deb e'lon qilinishi oila farovonligini ta'minlash bo'yicha yaxlit davlat dasturini tatbiq etilishini ta'minladi. Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri islohotlarning mohiyatini buzib ko'rsatadigan va xalqimizning axloqiy negizlariga, uning ko'p asrlik an'analariga putur yetkazadigan salbiy ko'rinishlarga qarshi kurashdir. Aynan mahalla to'ylar, dafn marosimlarini o'tkazishdagi isrofgarchilik, dabdababozliklarning payini qirqish borasida qattiq ish olib borishi lozim, bularga O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining shu davrdagi 1998 yil 28

oktyabridagi Farmonida adolatli baho berilgan6 . Albatta, mahallalarga katta boshqaruv vakolatlari berilayotganda ularning fuqarolar siyosiy faolligini rivojlantirishdagi roli ortishi ko'zda tutiladi. Chunki fuqarolar yig'inining huquqlari yetarli bo'lmasa, ular o'zini o'zi boshqarish borasidagi funksiyalarini ijro eta olmaydilar. Ya'ni, mahalla xalq va davlat oldidagi mas'uliyatini his etishdan avval, ular oldin tegishli huquqlarga ega bo'lishi lozim.

Hozirgi vaqtda jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish maqsadlarida mahallalar va fuqarolar yig'inlariga o'zini o'zi boshqarish borasida yetarli vaklolatlar berilgan. Mahallalar o'z hududlarida yashayotgan fuqarolarning turli ijtimoiy muammolarini hal qilishda bevosita ishtirok etmoqdalar. Ular keksa va yolg'iz qolgan fuqarolar, yetimlar, kam ta'minlangan va ko'p bolali oilalar manfaatlarini himoya qilmoqdalar, ushbu ishlarni amalga oshirishda mahalla faollariga rahbarlik qilmoqdalar. Shu bilan birga, mahallalar shaxsning ma'naviy kamol topishi va kishilar amaliy tashabbus ko'rsatishlari uchun ularni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlagan holda zaruriy shart-sharoitlar yaratmoqdalar. Fuqarolarning mahalla yig'inlari ijtimoiy ta'minot organlari va boshqa muassasalar bilan birgalikda kam ta'minlangan oilalar va yolg'iz qolgan nafaqaxo'rlarga beg'araz moddiy yordam ko'rsatishni tashkil qilmoqdalar. Bundan tashqari, mahallalar o'z hududlarida eko logik muammolar va kishilar hayotining moddiy sharoitlarini yaxshilash muammolarini hal qilmoqdalar, hashar yo'li bilan aholini hududni ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlariga jalb qilmoqdalar, mahalliy aholi o'rtasida atrof-muhitni muhofaza qilish va h.k.lar borasida tarbiyaviy va tushuntirish ishlariga rahbarlik qilmoqdalar. Mazkur barcha ishlar fuqarolar faolligini oshirish orqali amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishishi bilanoq yurtimizda yangi demokratik isloxotlarni boshlab berdi. Uning tashabbusi bilan: 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni ushbu tizimni rivojlantirishning yangi bosqichini boshlab berdi, mahalla instituti talablarga muvofiq ravishda takomillashmoqda.

Farmonga muvofiq, mahalla institutini yanada takomillashtirishning beshta ustuvor yo'nalishi belgilandi7:

6Maxa^a: $yKapo^ap y3HHHH y3H öomKapnmHHHr xyKyKHH acoc^apn (Maxa^a^ap ^ao^HaraHH Tapraöra co^yBHH KOHyH xy^^araapn Tyn^aMH). - T.: «Maxa^a» xanpna ^aMrapMacn, 2003. - 109-110-66.

7 https://lex.uz/docs/3106223.

1. fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining jamiyatdagi o'rni va rolini kuchaytirish, ularni odamlarga real yordam va yordam ko'rsatadigan mahalliy tuzilishga aylantirish;

2. o'zaro hurmat, mehr va muruvvat, ijtimoiy hamjihatlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirish muhitini shakllantirishda mahallalarning ahamiyati va vakolatlarini yanada oshirish;

3. yoshlarni ma'naviy rivojlangan va jismonan sog'lom shaxs sifatida tarbiyalashda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarining davlat va nodavlat tashkilotlar bilan o'zaro aloqalarini kuchaytirish;

4. mahallalarning jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlashda, huquqbuzarliklar to'g'risida erta ogohlantirishda, fuqarolarning qonunga hurmat hissini kuchaytirishda bevosita ishtirokini kengaytirish;

5. huquqlar va qonuniy manfaatlarni himoya qilishning samarali mexanizmlarini joriy etish, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, mahalla tizimida yagona huquqni qo'llash amaliyotini ta'min lash.

Yuqoridagi Farmonga muvofiq, amaldagi Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashiga yuridik shaxs maqomi berildi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, tumanlar va shaharlar uning tarkibiy bo'linmalari shakllandi. Ushbu asosiy vazifalar va yangi normalarni amalga oshirish uchun ushbu Farmon kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlarini qo'llab-quvvatlash bo'yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturlari tasdiqlandi va amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmoni hamda «O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida» 2020 yil 18 fevraldagi PQ-4602-son qarori qabul qilindi. Ushbu qaror asosida 1. O'zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi (keyingi o'rinlarda — Vazirlik) huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari «Obod va xavfsiz mahalla» jamg'armasi (keyingi o'rinlarda — Jamg'arma) tashkil etildi8. Davlatimiz rahbarining 2018 yildagi farmonlari bilan "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari qabul qilindi va ushbu dasturlar doirasida 5 millionga

8https://lex.uz/docs/4789015

Scientific Journal Impact Factor

yaqin yurtdoshimiz yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqdagi sharoitlar yaxshilandi. Ushbu farmonlar asosidagi islohotlar bugingi kunda O'zbekistonda maxaliy institutlarining takomillashishida katta axamiyatga ega. O'zbekistonning zamonaviy tajribasi, rivojlanishning tarixiy xususiyatlari, shuningdek milliy va ma'naviy qadriyatlar, mahalliy urf-odatlar va an'analardan kelib chiqib, mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan muammolarni hal qilishda fuqarolarning o'ziga xos mustaqil faoliyat instituti samaradorligini tasdiqlaydi. Qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, demokratiya, ijtimoiy adolat, mahalliy muammolarni hal qilishda mustaqillik, jamoatchilikning o'zaro yordami, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odat va an'analarni hisobga olish - mana shu tamoyillar mahalla institutlarida milliy mentalitetimizdan kelib chiqib keng miqyosli demokratik o'zgarishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

O'zbekistondagi mahalla tufayli asrlar davomida aholining ijtimoiy va iqtisodiy xatti-harakatlarini rag'batlantirish, ijtimoiy qadriyatlarni hurmat qilish, jamiyat oldidagi majburiyatlar va javobgarlikning so'zsiz bajarilishini kafolatlovchi munosabatlar axloq qoidalarining maxsus tamoyillari shakllanib kelmoqda va saqlanib kelinmoqda. Bularning barchasi, mahallalarda kuzatilayotgan fuqarolar o'rtasidagi yuqori darajadagi ishonch bilan birga, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur shartdir.

Bugungi kunda demokratik davlat qurish va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishning noyob instituti sifatida mahallaning tajribasidan demokratik yo'l bilan o'tayotgan boshqa mamlakatlarda samarali foydalanish mumkin.

1. Мирзиёев, Шавкат Миромонович. Ми все вместе построим свободное, демократическое и процветающее государство Узбекистан. Виступление на торжественной церемонии вступления в должность Президента Республики Узбекистан на совместном заседании палат Олий Мажлиса / Ш.М. Мирзиёев. -Ташкент : Узбекистон, 2016. - 56 с.

2. Организация местного самоуправления. - М.: Инфра-пресс, 1988. - С. 38.

3. Каримов И.А. Узбекистон иктисодий ислохртларни чукурлаштириш йулида. Тошкент. «Узбекистон», 1996.- 175-6.

XULOSA

REFERENCES

Scientific Journal Impact Factor

4. Шадманова С., Ахмедов Т. Махалла комиссиялари фаолиятида трансформацио нжараёнлар // Демократлаштиришваинсонхукуклари. -№3. -2014. -Б. 62.

5. Юсупов Э., Юсупов У. Оила - маънавият булоги. -Т., 2003. -Б. 28-29.

6. Каримов И. Узбекистан: миллий истиклол, иктисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. -Т.: Узбекистон, 1996. -Б. 292.

7. Махалла: фукаролар узинни узи бошкаришнинг хукукий асослари (махаллалар фаолиятини тартибга солувчи конун хужжатлари туплами). - Т.: «Махалла» хайрия жамгармаси, 2003. - 109-110-66.

8. хттпс://лех.уз/досс/3106223.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.