Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA LOGISTIKA VA TRANSPORT INFRATUZILMALARINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI'

O'ZBEKISTONDA LOGISTIKA VA TRANSPORT INFRATUZILMALARINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

3870
570
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
logistika / transport infratuzilmalari / harakatlar strategiyasi / iqtisodiyot / yo‘l-transport / modernizasiya / raqamli rivojlanish / innovasion logistika / logistics / transport infrastructure / action strategy / economy / road transport / modernization / digital development / innovative logistics

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bibijon Karimovna Karrieva

Ushbu maqolada mamlakatimizda logistika va transport infratuzilmalarini rivojlantirish yo’nalishlarini yangicha ma’lumotlar bilan tanishtirib chiqilgan. Logistikani, transport infrotuzilmalarini rivojlantirish va xalqaro aloqalarini mustaxkamlash uchun bir qator ko’rsatmalar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIRECTIONS OF LOGISTICS AND TRANSPORT INFRASTRUCTURE DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

This article presents new information on the development of logistics and transport infrastructure in our country. A number of guidelines have been issued for the development of logistics, transport infrastructure and the strengthening of international relations

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA LOGISTIKA VA TRANSPORT INFRATUZILMALARINI RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI»

O'ZBEKISTONDA LOGISTIKA VA TRANSPORT INFRATUZILMALARINI

RIVOJLANTIRISH YO'NALISHLARI

Bibijon Karimovna Karrieva

Toshkent davlat texnika universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda logistika va transport infratuzilmalarini rivojlantirish yo'nalishlarini yangicha ma'lumotlar bilan tanishtirib chiqilgan. Logistikani, transport infrotuzilmalarini rivojlantirish va xalqaro aloqalarini mustaxkamlash uchun bir qator ko'rsatmalar berilgan.

Kalit so'zlar: logistika, transport infratuzilmalari, harakatlar strategiyasi, iqtisodiyot, yo'l-transport, modernizasiya, raqamli rivojlanish, innovasion logistika

DIRECTIONS OF LOGISTICS AND TRANSPORT INFRASTRUCTURE DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

ABSTRACT

This article presents new information on the development of logistics and transport infrastructure in our country. A number of guidelines have been issued for the development of logistics, transport infrastructure and the strengthening of international relations.

Keywords: logistics, transport infrastructure, action strategy, economy, road transport, modernization, digital development, innovative logistics

KIRISH

Jarayonlami tashkil etishning logistik konsepsiyasini faqatgina logistika sohasida mutaxassislar tomonidangina amalga oshirib bo'lmaydi. Jarayonlami tizimli tashkil etish falsafasi biznesning tayanch falsafasi bo'lishi lozim. Tijoratchilar, iqtisodchilar, turli larmoq menejerlari logistika konsepsiyasini tushunishlari va qabul qilishlari, jarayonlami logistik tashkil etishning asosiy usullarini bilishlari hamda erishiladigan samarani ko'zda tutadigan bo'lishlari kerak. Shuning uchun ham bugungi kunda logistika sohasidagi kcng qamrovdagi oliy ta'lim vazifasi nihoyatda muhim hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar Strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishariga bag'ishlangan bandida "Tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish,

milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va difersifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, klasterlar faoliyatini tashkil etish, xizmatlar ko'rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko'rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o'zgartirish, logistika va yo'l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga raqamlashtirish usullarini joriy etish,qishloq xo'jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko'rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish"kabi vazifalar keltirilgan. Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, yangi O'zbekistonni yaratish, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo'yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yo'l-transport va kommunikasiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur'atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog'liqdir. O'zbekistonda oxirgi yillarda logistikani,klasterlarni,innovasion faoliyatni, raqamlashtirishni shiddat bilan rivojlantirish masalalari davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoldi. Bu esa o'z o'rnida raqamlashtirish mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini rivojlantirish, inson taraqqiyoti darajasini oshirish, yoshlarni ish bilan bandligini taminlash,mehnat unumdorligini o'stirishdagi hissasi to'g'risida xulosa chiqarish uchun O'zbekistonning raqamli rivojlanishi bo'yicha to'la miqyosli uzoq muddatga ega bo'lgan strategiyali davlat innovasion siyosatini rivojlantirishni va iqtisodiyotimizni raqamlashtirishni taqozo etmoqda.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu o'rinda ta'kidlash joizki transport va logistika klasterlar tizimida yuklarni tashishda raqamlashtirishdan, ya'ni axborot kommunikasion texnologiyadardan, innovasion logistikadan foydalanish katta ahamiyatga egadir.

Logistikani boshqarishning mohiyati va vazifalari. Tovarlar harakatini boshqarish tizimi eng kam xarajatlar bilan ko'ngildagidek ko'rsatish darajasiga erishishga xizmat qiladi. Bunda boshqaruv mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalam ing aniq maqsadli ko'rsatmalarini amalga oshiradi. Masalan, eng kam varajatlar bilan kerakli muddatda mahsulotni yetkazib berishni la 'ininlash, xizmat ko'rsatishni tegishli darajada ushlab turish kabi ko rsatmalar bo'lishi mumkin. Bunday holda boshqaruv mahsulot islilab

chiqarish va sotish faoliyati bilan shug'ullanayotgan barcha ho limlarni ma'Ium darajada muvofiqlashtirishga yo'naltiriiadi. Tovarlar harakatini tashkil etishda marketing va ta'minot ma'lumotlari, ishlab chiqarish bo'limlari, transport, ombor xo'jaligi, olish xizmati ishtirok etadi. Mazkur bo'limlar ishida kelishmovchiliklar va ziddiyatlar yuzaga keladi. Boshqaruv tizimining ziddiyatlaming bartaraf etilishini va tovarlar harakatiga shai'oit yaratilishini ta'minlovchi qarorlami qabul qilishdadir. Logistikani boshqarish boshqaruv vazifalari tizimi orqali amalga oshiriladi. Logistik boshqaruvning vazifalari. Logistik boshqaruv vazifalarini guruhga: logistik jaravon ishtirokchUari faoliyatini leialashtirish va muvofiqlashtirish, olingan buyurtmalami bajarish vazifasidan olib borilayotgan ishlarni tartibga solish va materiallar Transport koridorlarini rivojlantirish O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo'nalishidir. O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining jadal sur'atlarda rivojlanishi, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari duch keladigan tashqi savdo yuklarini tashishni rivojlantirishda mavjud muammolarning hal etilishiga bog'liqdir. Akademik V. Bartold ta'kidlaganidek, «Turkistonning kelajagi jahon savdosida unga qanday o'rin tegishli bo'lishi bilan belgilanadi. Uning savdo ahamiyati temir yo'llari, quruqlik va dengizda savdo olib borilishining rivojlanishiga tamoman bog'langandir». Sobiq Sovet lttifoqi parchalanganidan so'ng dengizga chiqish yo'llariga ega bo'lmagan mamlakatlarning soni 29 taga yetdi va 0 'zbekiston dunyo okeanidan kamida ikki mamlakat hududi bilan ajratilgan davlatlardan boigani bois, bu ro'yxatdan alohida o'rinni egalladi. Mustaqillikka erishgunga qadar 0 'zbekiston o'zining tashqi savdo aloqalarini uch yo'nalish — Ilyichevsk shahridagi (Qora dengizga chiquvchi), Sankt-Peterburgdagi (Boltiq dengiziga chiquvchi), Vladivostokdagi (Uzoq Sharqqa chiquvchi) dengiz portlari orqali amalga oshirar edi. Respublikadan mazkur portlargacha boigan masofa 3000, 4300 va 8000 km.ni tashkil etgan va bu holat yuklarni tashishni nihoyatda qimmatlashtirgan. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining faol chora-tadbirlari hamda tegishli vazirlik va tashkilotlaming tashqi savdo yuklarini tashishga moljallangan muqobil transport koridorlarini izlash va samarali foydalanishga doir muvofiqlashtirilgan ishi natijasida xalqaro transport koridorlarining keng tarm og'i yaratildi va takomillashib borayapti.

Mamlakatimizda o'tkazilayotgan radikal iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, ko'p jihatdan, muomala sohasining samarali faoliyati, ishlab chiqarish vositalari bilan ulgurji savdoning keng rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikasiga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar o'rtasidagi to'g'ri aloqalar, hududlarning xalq xo'jalik tarmoqlari, aksiyadorlar birlashmalari, turli mulk

shakllaridagi ishlab chiqarish va tijorat sub'yektlariga xizmat ko'rsatuvchi transportning sifati bilan ko'proq bog'liq bo'ladi. Bu maqsadlarga erishish uchun rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o'rganish bilan birga vatanimizda logistika sohasida bozor iqtisodiyotida turli mulkchilik shakllarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish munosabatlari sohasida mahsulot harakatlarini optimallashtirishning ilg'or yo'nalishlaridan foydalanish ham ma'lum bir ahamiyatga ega bo'ladi. Logistika bo'yicha mutaxassislar moddiy - texnika ta'minoti, transport va tovar harakati haqidagi axborotlarni yagona tizimga integratsiyalashuvini ta'minlashga intilishmoqda, bu esa ushbu sohalarning har birini ish faoliyatining samarasi va tarmoqlararo samaraning ortishiga olib kelishi kerak. Chet ellarda nazariya sifatida logistika mustaqil fan bo'lib ajralib, oliy o'quv yurtlarida, izlanishlar sohasi hamda ilmiy ishlab chiqarishda o'rganilmoqda. Ko'pgina oliy o'quv yurtlarida boshqaruv xodimlarini tayyorlash uchun informatika va marketing bilan birga «logistika» mutaxassisligi mavjud va bitiruvchilarga mos mutaxassislik berilmoqda. Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar kengaygan ishlab chiqarish va muomala sohalari uchun mutaxassis tayyorlashdagi o'quv jarayonlarini tashkil qilishga ta'sir o'tkazdi. «Tijorat logistikasi» - tijorat faoliyati sohasidagi logistik faoliyat. Ammo «tijorat» bizning ongimizga keng tarqalgan, bu katta darajadagi savdo, savdo muammolari majmuasidir. Savdo sohasi - tijorat keng xaridorlar ommasi bilan bevosita munosabat o'rnatish, faqat bizda emas, balki g'arbda ham ishlab chiqarishdan mohirona ajratilgan bo'lib, buning sababi va oqibatlari turlicha. Bu holda logistikadagi «tijorat» sifat mazmuni bo'yicha ko'proq mos kelishi mumkin. Masalan, Savdo institutining iqtisodiyot fakultetiga, qaysiki faqat savdo - tijorat sohalari uchun iqtisodchi tijoratchilar o'rtasidagi dallollik muomalalarini amalga oshirish uchun tayyorlanadi. Shunga qaramay ishlab chiqarish - texnik maqsadlarga atalgan mahsulotni realizatsiya qilish va sotish, ishlab chiqarish va qurilish sohasida moddiy texnikaning iste'mol oqimi hajmini 90 %ini tashkil etib kelish bilan, g'arbda va zamonaviy sharoitlarda bizda ham ishlab chiqaruvchilarning o'z vazifalari va tijorat faoliyatlarining asosi bo'lib qolmoqda. Bunday hollarda ishlab chiqarish, ta'minot hamda sotish bo'yicha tijorat faoliyatini ishlab chiqarish - tijorat faoliyati bu sohadagi LOGISTIKAni «ishlab chiqarish - tijorat logistikasi», deb nomlash mantiqlidir. Unda bu soha mutaxassislarini tayyorlash shubhasiz iqtisodiyot va moliya universitetining vazifasiga kiradi. Bunday o'qilayotgan kurs «tijorat logistikasi»ga xuddi shunday mazmunni beradi. Mazkur kursning maqsadi, tijorat (ishbilarmonlik) logistikasi asoslarini bizda ham, chet ellarda ham bu yo'nalishni tashkil qilish va iqtisodiy faoliyatning nazariy va amaliy aspektlari rivojlanishi hamda rivojlangan mamlakatlarning oliy ta'lim o'quv yurtlarida maxsus

fan sifatida o'qitish amaliyotini o'sha davrning haqiqiy axborotlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'rganishdan iborat. Bizning mamlakatda 1991 yilgacha aniq logistikani ilmiy ifodalashda hamda logistika faoliyatini tashkil etishni o'qitish amaliyotining yo'qligi, shu bilan mavjud chet el axborotlarini o'rganish jarayonida izlanishlarni amalga oshirib, chet ellarning logistika va vatanimizning xa lq xo'jaligi faoliyatini tashkil qilish - iqtisodiy sohalari dinamikasi tezda o'zgaruvchan bozorning ishlab chiqarishtijorat sharoitlariga hamda barcha muammolarni tamoman yangicha konseptual holda qo'yilishi va o'rganilishi lozim.

XULOSA

Logistikani fan sifatida, bilimlar tizimi, tamoyillari va usullari sifatida bilmaslik xodimning kasbiy kamchiliklarini tavsiflaydi, bu esa sub'yektning ishida (biznesda) ma'lum bir harajatlarning qo'shimcha sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotining markaziy ishtirokchisi - tijoratchini tayyorlashda logistikani o'qitish ahamiyatli o'rin egallaydi. Logistikani bilish iqtisodchilar uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borishga asos sifatida zarurdir.

REFERENCES

1. Q.Dadaboyev. Logistika. "Iqtisod-Moliya" 2007.

2. D.M. Umarov. M.A. Bo'ronov. "Logistika". Cho'lpon-2016.

3. M.N.Juraev, A.E.Yusupov. Transport logistikasi. Qarshi.2016.

4. https://uz.opentran.net/ingliz-ozbek-tarjima/logistics.html

5. http://uzavtosanoat.uz/uz/Ozbekiston-avtomobilsozlik-sanoati—Vatanimiz-mustaqilligining-muhim-yutuqlaridan-biridir.html?format=pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.