Научная статья на тему 'YER RESURSLARI, QISHLOQ VA SUV XO’JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR'

YER RESURSLARI, QISHLOQ VA SUV XO’JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
465
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer resurslari / suv tarmoqlari / raqamli texnologiya / agroturizm / texnika-texnologiya / land resources / water networks / digital technology / agrotourism / technology

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shaxnoza Hakimova, Gavxarshodbegim Saidova, Shoxsanam Bobomurodova

Ushbu maqolada yer resurlaridan unumli foydalanish, qishloq xo'jaligida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIGITAL TECHNOLOGIES IN LAND RESOURCES, AGRICULTURE AND WATER RESOURCES

This article deals with the efficient use of land resources, the use of new innovative techniques and technologies in agriculture.

Текст научной работы на тему «YER RESURSLARI, QISHLOQ VA SUV XO’JALIGIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR»

YER RESURSLARI, QISHLOQ VA SUV XO'JALIGIDA RAQAMLI

TEXNOLOGIYALAR

Shaxnoza Hakimova

Gavxarshodbegim Saidova

QarDU talabasi

Shoxsanam Bobomurodova

QarDU talabasi

QarDU talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada yer resurlaridan unumli foydalanish, qishloq xo'jaligida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan foydalanish nazarda tutiladi.

Kalit so'zlar: yer resurslari, suv tarmoqlari, raqamli texnologiya, agroturizm, texnika-texnologiya

DIGITAL TECHNOLOGIES IN LAND RESOURCES, AGRICULTURE AND

WATER RESOURCES.

ABSTRACT

This article deals with the efficient use of land resources, the use of new innovative techniques and technologies in agriculture.

Keywords: land resources, water networks, digital technology, agrotourism, technology

Bugungi kunda mustaqil O'zbekistonimiz har sohada dadil qadam bosib bormoqda . Har sohada yuksak cho'qqilarga erishib kelmoqdamiz. Iqtisodiyot , ta'lim, texnika, tibbiyot, turizm, qishloq xo'jaligi va boshqa ko'plab sohalarning rivojlanishi bu sohalarda yanada yuksak yutuqlarga erishish maqsadida qo'shimcha chora-tadbirlar qaror va farmonlar qabul qilinmoqdaki bularning barchasi mamlakatimizning jahon hamjamiyatida yuksak marralarga erishishida yana bir katta qadam bo'lib kelmoqda.

Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raxbarligida olib borilayotgan ishlar bunga misol bo'ladi . Xususan 2020-yil Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilinganligi ham ta'lim tizimining qanchalik dolzarb masala ekanligi hamda zamon talabi asosida texnika va texnologiyalarni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, yosh kadrlar salohiyatini texnika asri asosida yanada oshirish, hamda kelajakda yangi yutuqlarga erishish yo'lida qulay imkoniyatlar yaratib berish zamon talabi bo'lib kelmoqda.

Mamlakat yoshlar qo'lida shu asosda ularga to'g'ri ko'nikma bergan xolda rivojlangan mamlakatlar tajribasini, ularning bilim salohiyatini o'rganib, yangi g'oyalar ishlab chiqish hamda hayotga tatbiq etish zamonaviy dunyoda birlamchi masalalardan biri hisoblanadi.

Rivojlanayotgan sohalardan biri bu yer resurslari,qishloq va suv xo'jaligida raqamli texnologiyalarning joriy qilinishi .Bu soha bo'yicha juda ham ko'plab qaror va loyihalar ko'rib chiqilmoqda.

Prezidentimizning "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni bilan agrosanoatni rivojlantirishga qaratilgan bir necha o'nlab loyihalarni amalga oshirish belgilangan. Shu asosda raqamlashtirish bo'yicha qo'yilgan vazifa va topshiriqlarni jadal suratlarda olib borishda yetakchi xorijiy tajribani o'rganish, jumladan, Yevropa Ittifoqi va Jahon Bankining maslahat va moliyaviy qo'llab-quvvatlashidan, eng yaxshi texnik yechimlardan foydalanilmoqda. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida fermerlar va agronomlarga raqamli texnologiyalar yordamga kelmoqda. Katta ma'lumotlar (Big data) va ularni tahlil qilish hosilni terib olish uchun qulay vaqtni belgilash, o'g'itlash sxemasini hisoblab chiqish, monitoring qilish, hosilni prognozlashtirishga yordam bermoqda.

Raqamli texnologiyalar o'simlikshunoslikning to'liq siklini boshqarishga imkon yaratadi. Aqlli qurilmalar tuproq, o'simliklar parametrlari, mikroiqlimni o'lchaydi va ma'lumotlarni uzatadi. Datchiklar, koinotdan olingan suratlar, dronlar, meteorologik stansiyalar va boshqa uskunalardan olingan ma'lumotlar Big datani shakllantiradi, maxsus ilovalar bilan tahlil qilinadi va geoportalga joylashtiriladi. So'nggi 15 yil ichida O'zbekiston aholisi 27 milliondan 35 millionga yetdi, har bir kishi uchun ajratilgan yer maydoni esa 23 sotixdan 16 sotixga kamaydi. Shu sababli yerlarning meleriotiv holatini yaxshilash ularga ishlov berish asosiy masala bo'lib qolmoqda.

Butun dunyoda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, shuningdek, qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2020-yil dekabrda «Aqlli qishloq xo'jaligi» texnologiyasini rivojlantirish strategiyasi» hamda «Aqlli qishloq xo'jaligi» texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha 2021-2023-yillarga mo'ljallangan chora-tadbirlar» tasdiqlangan bo'lib, bunda to'rtta asosiy yo'nalishlar nazarda tutilgan: qishloq xo'jaligini raqamlashtirish; boshqaruv jarayonlari, monitoringni avtomatlashtirish; agrar sohada biznes-startap loyihalarni qo'llab-quvvatlash; suv resurslarini hisobga olish.

Shu bilan birga Qishloq xo'jaligi vazirligining markaziy apparati tarkibida Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va «Agrosanoat majmuini raqamlashtirish markazi» davlat muassasasi tashkil etilgan bo'lib, ular sohada raqamlashtirishni rivojlantirish bo'yicha jadal dastur, qishloq xo'jaligi sohasida oziq-ovqat xavfsizligini nazorat qilish va qo'llab-quvvatlash, suvni boshqarish, davlat

tomonidan qo'llab-quvvatlash va subsidiyalar taqdim etish, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni imtiyozli moliyalashtirishga yordam beradigan raqamli yechimlarni joriy etish uchun mas'uldir.

O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi oldida agrosanoat majmuida texnologik rivojlanishni jadallashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, suv resurslarini samarali boshqarish va qishloq xo'jaligi korxonalarida unumdorlik o'sishiga ko'maklashish orqali mamlakat qishloq xo'jaligi sohasini keng miqyosda raqamli transformatsiya qilish masalasi turibdi.

1. «E-IJARA« axborot tizimi

Yer qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanadigan har bir kishi uchun asosiy aktiv hisoblanadi. Prezidentning 08.06.2021-yildagi PF-6243-son «Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga ko'ra, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni ijaraga berishning yangi mexanizmi joriy etildi.

2. Qishloq xo'jaligi vazirligining geoaxborot tizimi.

Qishloq xo'jaligi vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi o'z geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va idoralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq xo'jaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

3."Agrosanoat majmuida yagona agroplatforma" tizimi Tizim agrar siyosatni amalga oshirishning asosiy axborot vositasi bo'lib, fermerlar hamda agroklasterlar, yetkazib beruvchilar va xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar, davlat organlari, shuningdek, yerni tayyorlash va ishlov berishdan tortib, hosilni yetishitirish, yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonlarining yagona zanjirida samarali raqamli o'zaro ta'sirini tashkil etish uchun mo'ljallangan.

Agroplatforma - bu zamonaviy raqamli platforma bo'lib, unda 75 000 dan ziyod fermer va 600 dan ortiq agroklasterlar ishlaydi. Shuningdek, 20 dan ortiq tijorat banklari, 150 dan ziyod davlat organlari tizim foydalanuvchilari bo'lishadi. 4. «Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini subsidiyalash» yagona axborot tizimi.

Ushbu loyiha qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar uchun subsidiyalar ajratish bo'yicha yagona axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Tizim modullarini bosqichma-bosqich ishga tushirish jarayonida fermerlar uchun bir necha yo'nalishdagi 35 tur sudsidiyalardan 19 turdagisini olish, shuningdek, ulardan maqsadli foydalanishni monitoring qilish imkoniyati yaratiladi. Subsidiyalar qishloq xo'jaligi texnikasini sotib olish, suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish, uzum plantatsiyalari yaratish va intensiv bog'larni yaratish, naslchilikni yaxshilash bo'yicha chorvachilikni rivojlantirish

kabilar uchun davlat tomonidan ajratiladi. «Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini subsidiyalash» yagona axborot tizimi fermerlarga subsidiyalar olish uchun masofadan arizalarni yuborish va subsidiyalar berilishi hamda muvofiqlashtirilishini kuzatish imkonini beradi.

5. Import qilinayotgan qishloq xo'jaligi texnikasi hisobi tizimi

Import qilingan qishloq xo'jaligi texnologiyasini hisobga olish uchun maxsus axborot tizimi ishlab chiqilmoqda, u import qiluvchilar va xo'jalik texnikalari ishlab chiqaruvchilarga import qilinayotgan yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sinovini o'tkazish yoki sertifikatlash uchun onlayn tarzda ariza yuborish imkonini beradi. Arizalarni ko'rib chiqish jarayonida inson omili minimallashtiriladi va maksimal darajadagi shaffoflik ta'minlanadi.

Tizim ishga tushirilganidan so'ng arizalarni ko'rib chiqish va shartnoma tuzish muddati 50% ga qisqaradi, qog'ozli hujjat almashinuvi elektron hujjatlar almashinuvi bilan almashtiriladi.

6. «Marketplace» elektron agrosanoat savdo portali.

2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali - "Marketplace" ishga tushiriladi. Fermerlar, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar, agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo portali foydalanuvchilariga aylanishadi. "Marketplace", ayniqsa, moliyaviy xizmatlar kam bo'lgan aholi punktlarida yashovchilar hamda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kam mobil toifalari uchun dolzarb bo'ladi. Kelgusida ushbu platforma orqali eksport shartnomalarini tuzish va qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish mumkin bo'ladi.

7. "Rubicon" suv resurslarini boshqarish tizimi.

Avstraliyalik hamkorlar bilan birgalikda 2022-yil boshida, Qashqadaryo viloyatidagi Mirishkor Qamashi kanali misolida suv resurslarini avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi. Loyiha doirasida simsiz texnologiyalardan foydalangan holda masofadan boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan 26 ta shlyuz o'rnatiladi.

8. ASM yagona integratsiya platformasi

Markazning navbatdagi asosiy loyihasi - bu ASM (agrosanoatni raqamlashtirish platformasi) yagona integratsiya platformasidir, unda 40 dan ziyod vazirlik va idoralar biznes jarayonlari birlashtiriladi. ASM agar sohada «yagona darcha» tamoyili bo'yicha xizmat ko'rsatadi, ya'ni fermerlar o'z faoliyati uchun kerakli bo'lgan xizmat yoki ma'lumotlarni onlayn olish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ayni paytda «ASM yagona integratsiya platformasi»ni ishlab chiqish ishlari davom etmoqda, sinov tariqasida ish boshlashi esa 2023-yil oxiriga rejalashtirilgan.

9. TDAUda «Smart Campus»

«Smart Campus» loyihasi zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ta'limning yangi zamonaviy uslublari yordamida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan.

Ushbu loyiha foydali ma'lumotlarni yaratishga, talabaning reytingi va portfoliosi asosida talabalarning bilimlari ma'lumotlar bazalarini tuzishga yordam beradi, tizim, shuningdek, universitetning o'quv jarayoniga bir qator o'zgarishlarni kiritadi. "Smart Campus" loyihasi ma'lumotlardan (bilimlardan) tezkor foydalanish imkoniyatini beradi, qishloq xo'jaligini rivojlantirishga olib keladi.

"Smart Campus" loyihasining maqsadlari quyidagilardan iborat: interaktiv muhitda o'qishning osonligi universitetning har bir talabasi uchun individual yondashuv va sharoitlaruniversitet resurslari, boshqa xorijiy universitetlarning resurslaridan oson foydalanish va boshqalar. 10. QXV rasmiy veb-saytining yangi tasnifi

Ushbu veb-sayt O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.06.2021-yildagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatning rivojlanish holatini reyting baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori talablariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Ushbu web-sayt agro-maslahatlar uchun tezkor va yengil chat-botni o'z ichiga oladi. Shuningdek, fermerlar uchun Agromaslahatlar, Agroklinika, Qonunchilik bazasi hamda imtiyozlar va subsidiyalar bo'yicha ma'lumotlar mavjud.

Web-sayt o'simlikshunoslik, urug'chilik, bog'dorchilik, issiqxona xo'jaligi, chorvachilik singari qishloq xo'jaligining barcha sohalari bo'yicha keng ma'lumotlarni taqdim etadi. Saytda har kim o'ziga foydali ma'lumotlarni topishi mumkin. O'z biznesini rivojlantirishdan manfaatdor bo'lgan fermerlar kreditlar, xalqaro grantlar haqida, shuningdek, ASM sohasiga investitsiya kiritmoqchi bo'lgan shaxslar, investitsiya loyihalari hamda investorlar uchun imtiyozlar to'g'risida ma'lumot olishlari mumkin.

REFERENCES

[1] Makhmudova, A. (2018). Ensuring the competitiveness of the scientific approaches of eco-tourism a case of Uzbekistan. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 8(11), 33-41.

[2] Makhmudova, A. (2020). Organizational and economic reasons preventing the development of ecological tourism in Uzbekistan. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(6), 1217-1220.

[3] Махмудова, А. П. (2017). ФАКТОРЫ ПОВЫШЕНИЯ КОНКУРЕНТОСПОСОБНОСТИ АГРОПРОМЫШЛЕННОЙ ПРОДУКЦИИ.

In Инновационное развитие современной науки: проблемы, закономерности, перспективы (pp. 123-125).

[4] Набиев, Г. А., & Бакирова, О. (2022). ФОРМИРОВАНИЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ У ШКОЛЬНИКОВ. Scientific progress, 3(2), 952-958.

[5] Набиев, Г. А., & Бакирова, О. (2022). РАЗВИТИЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКИХ КОМПЕТЕНЦИЙ У ОБУЧАЮЩИХСЯ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНОЙ ОРГАНИЗАЦИИ. Scientific progress, 3(2), 944-951.

[6] Nabiyev, G. A., & Isroilova, D. D. (2022). PROBLEMS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP. Scientific progress, 3(3), 46-51.

[7] Эркаева, Г. П. (2013). Научно-методические подходы к разработке стратегии комплексного развития южного региона Узбекистана. GISAP. Economics, jurisprudence and management, (2), 46-49.

[8] G'Ulomxasanov, E., Abdullayev, N., & Jurayev, S. (2021). TURIZMNI TRANSPORT VOSITALARI ORQALI RIVOJLANTIRISH. Scientific progress, 2(5), 479-482.

[9] G'Ulomxasanov, E., Ruziyev, B., Lazizova, M., & Ochildiyev, B. (2022). TURIZM—MAMLAKAT IQTISODIYOTINING STRATEGIK TARMOG 'I. Scientific progress, 3(1), 458-464.

[10] Irgashevich, S. T. (2021). MAHMUD KASHGARI AND HIS WORK †œDÀaWÀ€ N LUGHÀ€ T AL-TURK†IN THE INTERPRETATION OF WORLD KASHGARI SCIENTISTS. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR), 7(4), 1-4.

[11] СУЛТОНОВ, Т. (2019). TAKHMIS BY NEMATULLOH KISHVARI TO THE GHAZEL WITH THE REDIF OF" BOLDUM SANGA" BY ALISHER NAVОI. Иностранные языки в Узбекистане, (2), 158-167.

[12] Файзуллаев, Т., & Хужамбердиева, Ш. (2020). ЭРКИН ВОХИДОВ ИЖОДИНИ УМУМИЙ УРТА ТАЪЛИМ МАКТАБЛАРИДА УРГАНИШДА ЁШЛАРНИ ВАТАПАРВАРЛИК РУАНДА ТАРБИЯЛАШНИНГ АХДМИЯТИ. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(4), 543-546.

[13] Khujamberdieva, S. K. (2020). EFFECTIVE TEACHING OF ERKIN VOKHIDOVS WORK IN HIGHER EDUCATION PERSONALITY OF CREATION OF INFORMATION SOFTWARE. Theoretical & Applied Science, (12), 221-226

[14] Khuzhamberdieva, S. K. (2019). МОДЕЛИРОВАНИЕ СОВРЕМЕННОЙ МОДЕЛИ УРОКА ЛИТЕРАТУРЫ В КОЛЛЕДЖЕ НА ПРИМЕРЕ ТВОРЧЕСТВА ЭРКИН ВОХИДОВА. Theoretical & Applied Science, (4), 272-276.

[15] Хужамбердиева, Ш. К. (2016). Кавказ в творчестве Эркина Вахидова. Молодой ученый, (10), 1509-1510.

[16] Shahobiddinov, V. E., Khodjayev, O. S., & Oripov, S. G. (2021). TEMIR YO 'L TRANSPORTIDA SODIR BO 'LGAN TABIIY VA TEXNOGEN TUSDAGI FAVQULODDA VAZIYATLAR OQIBATLARINI BARTARAF ETISHDA

AVARIYA QUTQARUV ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 987-994.

[17] Salimov, O. A., Khusanova, S. A., Salimov, M., & Rahimjonov, A. R. (2022). Study of Factors Affecting the Quality of Raw Cotton During Storage and Processing. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF THEORETICAL & APPLIED SCIENCES, 3(3), 40-46.

[18] Nosirovna, M. M., & Musulmanovich, N. J. (2021). Dialect Words in the Works of Maksim Gorky. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(3), 1-2.

[19] Nosirovna, M. M., & Musulmanovich, N. J. (2021). Orphoepic Mistakes in Student Speech. Ижтимоий Фанларда Инновация онлайн илмий журналы, 1(1), 115-118.

[20] Nosirovna, M. M., & Musulmanovich, N. J. (2021, July). Dialectical Words and Neologisms in the Works of AS Pushkin. In Archive of Conferences (pp. 116-118).

[21] Musurmankulova, M. N., Boymirzayev, D. B., & Norbadalov, D. M. (2021). HISTORY OF COMPARATIVE DIALECT STUDIES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(06), 55-60.

[22] Musurmankulova, M. N., Amirkulov, S. S., & Choriev, B. A. (2021). DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL CONDITIONS AND IMPROVEMENT OF COMPARATIVE-DIALECTOLOGICAL COMPETENCE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(01), 94-100.

[23] Хабибова, Н. Н., Олимова, Д. В., & Норова, М. Б. (2020). ЛЕЧЕНИЕ НАЧАЛЬНЫХ ФОРМ КАРИЕСА МЕТОДОМ ИНФИЛЬТРАЦИИ. Новый день в медицине, (4), 339-341.

[24] Олимова, Д. В. (2022). СИНДРОМ ЖЖЕНИЯ ВО РТУ: ОБЗОР ЕГО ДИАГНОСТИЧЕСКОГО И ТЕРАПЕВТИЧЕСКОГО ПОДХОДА. Лучший ин

[25] Nasullaevna, H. N., & Vohidovna, O. D. (2021). THE EFFICIENCY OF GLOSSALGIA AND STOMATALGIA COMPLEX TREATMENT. Биология и интегративная медицина, (6 (53)), 374-379.

[26] Норова, М. Б., & Олимова, Д. В. (2020). МОРФОМЕТРИЧЕСКИЕ ПАРАМЕТРЫ ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВОЙ ОБЛАСТИ ЗДОРОВЫХ ДЕТЕЙ, СООТВЕТСТВИЕ ИХ ЗАКОНУ ЗОЛОТОЙ ПРОПОРЦИИ И ОПРЕДЕЛЕНИЕ СИММЕТРИЧНОСТИ. Новый день в медицине, (2), 477-479.

[27] Ziyoda, N. (2021). THE USE OF AUTHENTIC MATERIALS IN INCREASING THE MOTIVATION TO THE STUDENTS'OF ENGLISH LANGUAGE. Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT, 6, 41-45.

[28] Ziyoda, N. Z. N. (2021). THE IMPACT OF INTEGRATED COURSE ON STUDENT ACHIEVEMENT. Журнал иностранных языков и лингвистики, 2(5).

[29] Nazarova, Z. K. (2021). THE IMPACT OF CULTURAL BASED ACTIVITIES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING AT INTERMEDIATE (B1) LEVEL. Academic research in educational sciences, 2(10), 1057-1062.

[30] Nazarova, Z. K. (2020). TEACHING METHODS OF LISTENING COMPREHENSION. Theoretical & Applied Science, (5), 935-937.

[31] Nazarova, Z. K. (2017). WRITING IS THE LANGUAGE ART. Гуманитарный трактат, (20), 33-34.

[32] Narkabilova, G. (2021). Extracurricular activities are a key element in the organization of the educational process. Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(4), 1029-1033.

[33] Kupaysinovna, K. S. (2021). Advanced Experiences In The Use Of Digital Technologies In Teaching Fine Arts (On The Example Of Finland And South Korea). Turkish Journal of Computer and Mathematics Education (TURCOMAT), 12(7), 939-946.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.