Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI'

QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1236
179
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sug‘urta hodisasi / xatarlar / fermer va dehqon xo‘jaliklari / innovatsiya / sug‘urta mexanizmi / xosil sug‘urtasi. / insured event / risks / farms and dekhkan farms / innovation / insurance mechanism / crop insurance.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Soliyeva, Navruza Axmadillo Qizi

Maqolada qishloq xo‘jaligida sug‘urta tizimini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari bayon etilgan. Shuningdek, hozirda yuzaga kelgan mavjud o‘zgarishlar va muammolar kelib chiqib sug‘urtalash tizimini kelgusida rivojlantirish bo‘yicha bir qator ilmiy va amaliy ahamiyatga molik chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INSURANCE SYSTEM IN AGRICULTURE THEORETICAL AND PRACTICAL ASPECTS OF DEVELOPMENT

The article describes the theoretical and practical aspects of the development of the insurance system in agriculture. Also, scientifically based and practically significant proposals have been developed for the development of the insurance system based on the current changes and problems in agriculture.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGIDA SUG‘URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QISHLOQ XO'JALIGIDA SUG'URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI

Soliyeva Navruza Axmadillo qizi

Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro

markazi, tayanch doktoranti e-mail:[email protected] Mobil: 974910804

Maqolada qishloq xojaligida sug'urta tizimini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari bayon etilgan. Shuningdek, hozirda yuzaga kelgan mavjud o'zgarishlar va muammolar kelib chiqib sug'urtalash tizimini kelgusida rivojlantirish bo 'yicha bir qator ilmiy va amaliy ahamiyatga molik chora-tadbirlar bo 'yicha takliflar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: sug'urta hodisasi, xatarlar, fermer va dehqon xo'jaliklari, innovatsiya, sug'urta mexanizmi, xosil sug'urtasi.

В статье изложены теоретические и практические аспекты развития системы страхования в сельском хозяйстве. Также, разработаны научно-обоснованные и практически значимые предложения по развитию системы страхования исходя из сложившихся перемен и проблем в сельском хозяйстве.

Ключевые слова: страховой случай, риски, фермерские и дехканские хозяйства, инновация, механизм страхования, страхование урожая.

The article describes the theoretical and practical aspects of the development of the insurance system in agriculture. Also, scientifically based and practically significant proposals have been developed for the development of the insurance system based on the current changes and problems in agriculture.

Keywords: insured event, risks, farms and dekhkan farms, innovation, insurance mechanism, crop insurance.

Ma'lumki, muhim bozor infratuzilmasi bo'lmish sug'urtani rivojlantirmasdan turib iqtisodiyotni baroqarorligini ta'minlash mumkin emas, shuning uchun qishloq xo'jaligi korxonalarining barqarorligi ko'p jihatdan sug'urta tizimini nechog'lik rivojlanganligi bilan chambarchas bog'liq, ya'ni ularga bozor sharoitida ehtiyojlariga

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qarab barcha zarur xizmatlarini ko'rsata oladigan zamonaviy sug'urta xizmatlarini keng rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Chunki, qishloq xo'jaligidagi fermer va dexqon xo'jaliklari faoliyati samaradorligiga ob-havoning keskin o'zgarishi bilan har-xil tabiiy ofatlar natijasida yetkazilgan zarar bevosita ta'sir etadi. Oxirga yillarda qishloq xo'jaligida sug'urta munosabatlarini keng rivojlantirish bo'yicha bir qator izlanishlar olib borilish bilan birga uning amaliy jihaatlariga ham keng e'tibor berildi. Ayniqsa, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Xarakatlar strategiyasida sug'urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish masalasi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan [2]. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi "Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo'lg'usi hosilini sug'urtalash tizimini takomillashtirish to'g'risida" 505-sonli qarori [3] hamda 2019 yil 30 sentyabrdagi "Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda parvarishlanayotgan chorva hayvonlarini sug'urta qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 830-sonli qarorlari [4] qishloq xo'jaligida sug'urta tizimini keng rivojlantirishga qaratilgan muhim xuquqiy-me'yoriy xujjatlar hisoblanadi.

Lekin shunga qaramasdan, qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini rivojlantirishning mohiyati va zaruriyati ilmiy asoslash, qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari va unga ta'sir etuvchi omillar tasniflash, qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini rivojlantirishning hozirgi darajasi taxlil qilish asosida qishloq xo'jaligida sug'urtalash mexanizmlarini takomillashtirish yo'llari bo'yicha tavsiyalar tayyorlash dolzarb ahamiyatga ega.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI

Qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimi rivojlantirish bo'yicha xorijiy olimlardan A. Brandt, JI. Gras, F. Keppena, V. Targonskiy. B.C. Goxman, A.B. Chayanov, N.I. Gladkov va boshqalar tomonidan bir qator ilmiy ishlar olib borilgan.

Oxirgi yillarda bu yo'nalish bo'yicha bevosita tadqiqot mavzusiga oid 2005 yilda i.f.n., dotsent A.Yadgarov tomonidan "Bozor iqtisodiyoti sharoitida qishloq xo'jaligida sug'urta mexanizmini takomillashtirish" [6] hamda 2007 yilda A.S.Nurillaev tomonidan "O'zbekistonda fermer va dehqon xo'jaliklarini sug'urtalash masalalari" mavzularida [7] ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Shu boisdan mamlakatimizning innovasion iqtisodiyotga o'tishi sharoitida qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini yaxlit soha sifatida hozirgi o'zgarishlar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

nuqta'i-nazardan har tomonlama chuqur ilmiy hamda amaliy jihatdan o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotning nazariy asosi bo'lib, ilmiy bilishning dialektik uslubi hamda iqtisodchi olimlarning qishloq xo'jaligida sug'urta munosabatlarini joriy etish bo'yicha ilmiy g'oyalari, nazariy-amaliy qarashlari xizmat qildi. Bundan tashqari tadqiqot jarayonida mantiqiy va abstrakt fikrlash, monografik o'rganish va boshqa usullardan keng foydalanilgan.

Bundan tashqari olimlarining qishloq xo'jaligini sug'urtalash borasidagi ilmiy-nazariy qarashlari, mavjud metodologik yondoshuvlarga tayangan xolda, respublikamizda faoliyat yurituvchi sug'urta kompaniyalarini o'rganish asosida olib borgan taxlil va xulosalardan keng foydalanganmiz.

TAHLIL VA NATIJALAR

Innovasion iqtisodiyotga o'tish jarayonida respublikamiz qishloq xo'jaligini o'z oldiga qo'ygan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishda iqtisodiy faoliyatning barcha sohalari shu jumladan, bank va sug'urta sohalarini rivojlantirish va takomillashtirishga ustuvorlik berish eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror, ishonchli taraqqiyotini ta'minlashda sug'urta faoliyati ham alohida ahamiyat kasb etmoqda Shu sababli, qishloq xo'jalik mahsuloti ishlab chiqaruvchilar uchun barqaror sug'urta bozorining kelgusidagi rivojlanishi dolzarb vazifa bo'lib qoladi. Mamlakatimiz qishloq xo'jaligi sohasida shu jumladan, qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilarni sug'urtaviy himoyasini samaradorligini oshirish uning qator yangi vazifa va muammolarini hal etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligida sug'urta munosabatlarni yanada rivojlantirishning ob'ektiv zarurligi quyidagilardan iborat, ya'ni:

- global iqlim o'zgarishi oqibatida tabiat xodisalarining qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga, ayniqsa o'simlikchilik tarmog'iga ta'sirining keskin ortishi, qishloq xo'jaligi korxonalarining har yili sel kelishi, do'l yog'ishi,bo'ron, haroratning anomal tarzda ko'tarilishi, keskin sovuq oqibatida muzlashlar, zararkunanda va kasalliklar ko'payishi, suvsizlik hamda boshqa tabiat hodisalari tufayli katta iqtisodiy zarar ko'rishlari sug'urta tizimini tubdan isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda;

- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga investisiya mablag'larini jalb qilishni yanada rag'batlantirishda sug'urta mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyati. Ma'lumki, oxirgi yillarda xukumatimiz tomonidan qishloq xo'jaligini har tomonlama

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

modernizatsiya qilishga alohida e'tibor berilmoqda. Bu nafakat qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini texnik va texnologik jihatdan yangilash balki xo'jalik yuritish va boshqarishning yangicha shakllarini joriy qilish bilan ham tavsiflanmoqda. Bunda qishloq xo'jaligidagi xatarlarni sug'urtalashda nafaqat qishloq xo'jaligini korxonalarini moliyaviy barqarorligini ta'minlash balki sug'urtaning agrar sohaga katta miqdorda investisiyalarni jalb qilishni rag'batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqishni va amaliyotga joriy qilishni ob'ektiv zaruriyatga aylantirdi;

- agrar sektorda turli yo'nalishlardagi agroklasterlar, kooperatsiyalarni tashkil etilishi, sohaga xususiy sektorni yanada kengroq jalb qilinishi, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi korxonalarning ko'payishi ular tomonidan ma'lum xatarlarga eng ta'sirchan bo'lgan qishloq xo'jaligiga katta mablag'larning sarflanishi ularni qaytmaslik xavfini sug'urtalashning yangi usullarini topishni taqozo qilmoqda;

- innovasion iqtisodiyotga o'tish, ilm-fan yangiliklarini qishloq xo'jaligiga ishlab chiqarishiga keng joriy qilish sharotida innovasion texnologiyalarni joriy etish jarayonidagi xavflarni sug'urtalashning yangi mexanizmlarini amaliyotiga joriy qilishni zaruriyat qilib qo'ymoqda, jumladan, innovasion jarayonga jalb etilgan mablag'lar qaytmaslik xavfini sug'urtalash, innovasion texnologiyani joriy etishdan ko'zlangan foydani ola olmaslik havfini sug'urtalash, yagona na'munada yaratilgan innovasion uskunaning zararlanishi yoki yo'qotilishni sug'urtalash va boshqalar.

Qishloq xo'jaligi tovarlarini ishlab chiqarish o'zining yuqori darajali xatarlar bilan bog'liqligi bilan ajralib turadi. Qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish jarayonida juda ko'p xatarlar bilan to'qnash keladi. Va albatta mavjud xatarlar qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilarga qo'shimcha noqulayliklar keltiradi va qo'shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Bunday xatarlar qatoriga tovar va xizmatlar narxlarining o'zgarishi, hosildorlik, davlat siyosatining o'zgarishi natijasida resurslarning qisman yoki to'la yo'qotilishi, turli hil tabiiy ofatlar, favqulodda vaziyatlarni kiritish mumkin. O'z navbatida bunday xatarlar qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar oladigan daromadlariga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar o'z ishlab chiqarishi jarayonida quyidagi xatarlar bilan to'qnashadi:

- ishlab chiqarish xatarlari;

- bozor yoki narx-navo xatarlari;

- moliyaviy xatarlar;

- shaxs bilan bog'liq xatarlar;

- institusional xatarlar;

- shartnomalari shartlarini bajarilmasligi xatari;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

- mulkiy xatarlar;

Ishlab chiqarish xatarlari ishlab chiqarish bilan bevosita bog'liq bo'lib ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir o'tkazuvchi texnologik o'zgarishlarning ta'siri tufayli ko'riladigan zarar, ob-havo va tabiiy ofatlar hisoblanadi. Ob-havoning keskin sovib ketishi yoki o'ta isib ketishi, surunkali yomg'irlar, kasalliklar, o'simlik zararkunandalari keltiradigan zararlar, boshqa turli hil tabiiy ofatlar ishlab chiqarish jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatib, ko'zlangan hosilni olishga halaqit beradi va qo'shimcha harajatlarni keltirib chiqaradi.

Bozor yoki narx-navo bilan bog'liq xatarlar resurslar bozoridagi tovarlar va xizmatlar narxlarining oshib ketishi, eksport va import narxlarining o'zgarishi, valyuta almashtirish kurslarining o'zgarishi bilan bog'liq xatarlar bo'lib bunda qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilarga narx navoni oshishi bilan qo'shimcha ko'zda tutilmagan harajatlar qilishga to'g'ri keladi.

Moliyaviy xatarlar qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan banklardan olingan kredit mablag'larini qaytarilishi, investisiya faoliyati va boshqa moliyaviy faoliyati bilan bog'liq xatarlarni o'z ichiga oladi.

Institusional xatarlar mamlakat iqtisodiyotining o'zgarishi hamda qishloq xo'jaligini tartibga solib turuvchi qonunchilikka o'zgartirish kiritilishi natijasida yuzaga keladigan xatarlar.

Har qanday ishlab chiqarish munosabatlarini shartnomalar tartibga solgani kabi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ham shartnomalar muhim ahamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish jarayoniga xom-ashyo va resurslarni vaqtida yetkazib berilmasligi, xizmatlarni o'z vaqtida ko'rsatilmasligi natijasida ya'ni shartnoma shartlarini o'z vaqtida bajarilmasligi natijasida salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu o'z navbatida yetishtirilgan tovarlar narxiga va sifatiga o'z ta'sirini o'tkazadi.

Shaxs bilan bog'liq xatarlar asosan dehqon va fermer xo'jaliklari uchun ahamiyatli hisoblanadi. Bunda turli hil kasalliklar va baxtsiz hodisalar tufayli x o'jalik rahbarining mehnatga layoqatini yo'qotilishi nazarda tutiladi. Bunday holatlar ham xo'jalik faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Xatarlarning bir qismini qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchilar o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib boshqarishi va oldini olishlari mumkin.

Buning uchun turli hil tadbirlar belgilab amalga oshirishi mumkin va shu bilan xatarlarni imkon qadar qisqartirishga yoki oldini olishga erishadi. Bunday tadbirlar qatoriga qishloq xo'jalik tovarlarini ishlab chiqaruvchi qishloq xo'jalik korxonalari va fermerlar tomonidan boshqariladigan progressiv ishlab chiqarish texnologiyasini samarali qo'llash orqali bajariladigan ishlarni aniq rejalashtirilgan holda oqibatlarini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hisobga olib amalga oshirish, ob-havo sharoitlarini o'rganib, kerakli bilimlar va ma'lumotlardan foydalanib ishni tashkil qilish, suv resurslaridan samarali foydalanish, suv resurslarini tejash orqali harajatlarni kamaytirish va boshqa resurslardan tejab-tergab samarali foydalanish orqali xatarlarni kamaytirish mumkin.

Joylarda qishloq xo'jaligini sug'urtalash tizimi nechog'lik joriy etilayotganligini o'rganish maqsadida, Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi fermer xo'jaliklari o'rtasida so'rovnoma o'tkazildi. So'rovnomada jami bo'lib, 150 nafarga yaqin respondent ishtirok etgan bo'lib, ularni o'rtacha yoshi 43 yoshni tashkil etgan. So'rovnoma ishtirokchilarining 90,6 foizi erkak va 9,4 foizi ayollarni tashkil etgan

Ishtirokchilarga mazkur so'rovnoma orqali qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimi bilan bog'liq bir qator savollar bilan murojaat qilindi. Xususan, "Umuman olganda fermer xo'jaligingiz faoliyatida sug'urta himoyasi kerakmi?" - degan savolga ishtirokchilarning aksariyati, ya'ni 71,7 foizi"Ha" deb javob bergan bo'lsa,26,8 foizi sug'urta himoyasi kerak emasligini qayd etishgan, 1,4 foizi esa "Bilmayman" degan javob variantini tanlashgan.

"Siz qaysi turdagi sug'urta turlarini bilasiz?" - degan savolga esa ishtirokchilarning 29foizi negadir avtosug'urta sug'urta turini qayd etishgan bo'lsa, 22 foizi ekinlar xosili sug'urtasini, 10 foizi mol-mulksug'urta turlarini yozishgan. Mazkur savolga 12,2 foizi barcha sug'urta turlari haqida ma'lumotga egaligini ta'kidlagan bo'lsa, 14,5 foizi sug'urta turlari haqida umuman ma'lumotga ega emasliklarini ma'lum qilishgan. "Siz sug'urta to'g'risidagi ma'lumotlarni asosan kaerdan olasiz?" - degan savolga ishtirokchilarning eng ko'pi, ya'ni 33,2 foizi bunday turdagi ma'lumotlarni asosan ommaviy axborot vositalaridan (xususan, televizor, gazeta, jurnal va radio) olishlarini qayd etishgan.

Undan keyingi o'rinda ya'ni so'ralganlarning 20,7 foizi UZINSURANCEning ("O'zagrosug'urta"AJ) tuman bo'limlaridan, 17,8 foizi internet va ijtimoiy tarmoqlardan, undan keyin esa, ya'ni 13,5 foizi tuman qishloq xo'jaligi bo'limlaridan ma'lumot olishganini aytishgan. Eng kam sonli fermerlar esa tuman fermerlar kengashi, fermer xo'jaliklari rahbarlaridan va banklardan habar topganliklarini ma'lum qilishgan.

So'rovnomada ishtirok etgan respondentlarning 79,7 foizi o'z faoliyatlarida sug'urta xizmatidan foydalanganligini qayd etishgan. Ularning qaysi turdagi sug'urtalardan foydalanganliklari bo'yicha taxlil qilganimizda ishtirokchilar aksariyati, ya'ni 73,9 foizi paxta va g'alla xosilini sug'urtalash kabi sug'urta turlaridan, 10,1 foizi holatda asosiy vositalar sug'urtasidan foydalanganliklarini

[8].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ta'kidlashgan. Qolgan 16 foizi fermerlar esa bog'lar hosili va sabzavot xosili hamda chorva xayvonlari sug'urtasidan foydalanganliklarini ma'lum qilishgan.

"Hozirgi vaqtda qishloq xo'jaligida amalga oshirilayotgan sug'urta xizmatlari sizni koniqtiradimi?" - degan savolga, afsuski 71 foizi ishtirokchilar "yo'q" - deb javob berishgan va 20,3 foizi "ha" - degan javob variantini tanlagan bo'lsa, qolgan 8,7 foizi "Bilmayman" deb ta'kidlashgan.

Ishtirokchilarning 60 foizi amalga oshirilayotgan sug'urta xizmatlari koniqtirmasligining sabablari sifatida shartnoma shartlarini o'z vaqtida bajarilmasligi va sug'urta tashkilotlari tomonidan ko'p holatlarda tabiiy ofat natijasida keltirilgan zararni to'lab berilmasligi kabi holatlarni keltirishgan.

Fermer xo'jaliklari qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimi rivojlanishidagi eng asosiy muammolar quyidagilar deb hisoblaydilar, jumladan:

- sug'urta kompaniyasi bilan tuzilayotgan shartnomalarda ko'proq sug'urta tashkiloti manfaati hisobga olingan, fermer xo'jaliklari e'tirozlari deyarli hisobga olinmaydi va shartnomalarni tezroq tuzish maqsadida maxalliy xokimiyat organlarining aralashuvi holatlari uchraydi;

- sug'urta hodisasi sodir bo'lganda turli joylardan xujjatlar talab etilishi kabi qog'ozbozliklar va qiyinchiliklar bor;

- sug'urta tashkilotlarida ishlovchi xodimlarni malakasi talabga javob bermasligi sababli turli berilgan savollarga qoniqarli javob olib bo'lmaydi;

- qishloq xo'jaligida sug'urtaning mohiyati, uning turlari, afzalliklari va boshqa shu kabi ma'lumotlar, sohada bo'layotgan yangiliklar bo'yicha zarur axborotlar bilan ta'minlash tizimi mavjud emas, sug'urta tashkilotlarida esa targ'ibot va tashviqot ishlari juda past darajada tashkil etilgan;

- sug'urta tashkiloti tomonidan sug'urtalangan qishloq xo'jaligi ekinlarining o'sishi va chorva mollari xolati bo'yicha monitoring muntazam olib borilmaydi;

- sug'urta qilmasdan turib banklardan kredit olish imkoni yo'qdigi;

- sug'urta xodisasi ro'y berganda ko'p holatlarda sug'urta qoplamasi to'lab berilmasligi va boshqa sabablar tufayli fermerlarning sug'urta kompaniyalariga bo'lgan ishonchi juda past darajada va boshqalar.

Biz yuqorida qishloq xo'jaligida sug'urta tizimining nazariy va amaliy jihatlariga to'xtaldik. Umuman olganda, qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini yaxlit soha sifatida hozirgi o'zgarishlar nuqtai-nazardan har tomonlama chuqur ilmiy xamda amaliy jihatlarini yanada kengroq o'rganish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini kelgusida rivojlantirish bo'yicha bir qator nazariy va amaliy ahamiyatga molik chora -tadbirlar ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi, ya'ni:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- qishloq xo'jaligida sug'urta tizimining hozirgi darajasini har tomonlama taxlil qilish asosida uni yanada rivojlantirish bo'yicha aniq yo'nalishlarni belgilab berish;

- qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini fermer xo'jaliklarining moliyaviy holatiga ta'siri o'rganish va sug'urtaning rag'batlantiruvchi mexanizmlarini takomillashtirish hamda amaliyotga joriy etish;

- qishloq xo'jaligida sug'urtalash tizimini rivojlantirish bo'yicha xorijiy tajribalardan foydalanishning asosiy yo'nalishlari bo'yicha ilmiy assolangan tavsiyalar ishlab chiqish;

- qishloq xo'jaligi korxonalari bilan sug'urta tashkilotlari o'rtasidagi tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy munosabatlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar tayyorlash;

- qishloq xo'jaligini sug'urtalash tizimida raqobat muhiti mavjud emasligi, fakatgina 1-2 ta sug'urta tashkilotlari o'z xizmatlarini taklif qilayotganligi va ular ham monopol mavkega egaligi boisdan, aynan qishloq xo'jaligi sug'urtasi bilan shug'ullanuvchi turli mulkchilik shakllaridagi sug'urta tashkilotlarini rivojlantirishga e'tibor berilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi;

- sug'urta tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilangan majburiyatlar o'z vaqtida va sifatli bajarilishi ta'minlanishi kerak. Bunda "Vaqtida shartnoma vaqtida to'lov" - tamoyili bo'yicha ish tashkil qilinishi zarur;

- sug'urta xodisasi sodir bo'lganda talab etiladigan hujjatlarni qisqartirilishi va tartib qoidalar soddalashtirilishi lozim;

- sug'urta bo'yicha fermer xo'jaliklarini muntazam bohabar qilib turuvchi tizim yaratilishi, axborot-kommunikatsiya rivojlangan sharoitda barcha sug'urta munosabatlari masalan shartnoma tuzish, axborot bilan ta'minlash va boshqa jarayonlar bajarilishi oson va tez bo'lishi uchun onlayn platforma yaratilishi maqsadga muvofiq bo'ladi;

- fermer xo'jaliklarini sug'urta bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish uchun sug'urta tashkilotlari tuman qishloq xo'jaligi bo'limi va fermerlar kengashi bilan birgalikda qishloq xo'jaligida dala ishlari mavsumi boshlanishidan oldin seminar-treninglar tashkil etilishi va uni muntazam faoliyati yo'lga qo'yilishi yaxshi natijalarga olib keladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagilarni inobatga olgan holda chora-tadbirlar belgilanib amaliyotga joriy etilishi kelgusida agrar sektorda ham sug'urta bozorini keng rivoj topishida hamda sug'urta xizmatlari turlari ko'payishi va sifatini oshib borishida muxim omil bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. "Sug'urta faoliyati to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 2021 yil 23 noyabrda yangi taxrirda qabul qilingan qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risidagi"gi PF-4947-sonli Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 iyundagi "Paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining bo'lg'usi hosilini sug'urtalash tizimini takomillashtirish to'g'risida" 505-sonli qarori.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi "Aholi xonadonlarida va chorvachilik yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan xo'jal ik yurituvchi sub'ektlarda parvarishlanayotgan chorva hayvonlarini sug'urta qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 830-sonli qarori.

5. Узбекистан Республикаси Президентининг 2019 йил 2 августдаги "Узбекистан Республикасининг сугурта бозорини ислох килиш ва унинг жадал ривожланишини таъминлаш чора-тадбирлари тугрисида"ги П^-4412-сонли карори.

6. Ялгаров А.А. Бозор иктисодиёти шароитида кишлок хужалигида сугурта механизмини такомиллаштириш. 08.00.04-^ишлок хужалиги иктисодиёти ихтисослиги буйича иктисод фанлари илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Тошкент - 2006 йил.

7. Нуриллаев А.С. Узбекистонда фермер ва дехкон хужаликларини сугурталаш масалалари" 08.00.07-Молия, пул муомаласи ва кредит ихтисослиги буйича иктисод фанлари илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Тошкент - 2007 йил.

8. Андижон вилояти туманларида 2021 йилнинг июнь - июль ойларида тадкикотчи Н.А.Солиева томонидан фермер хужалиги рахбарлари уртасида "^ишлок хужалигида сугурталаш тизимини ривожлантириш йуллари" мавзусидаги тадкикот буйича утказилган суровнома натижалари.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.