УДК: 911.3:314
Hamroyev A.I. talaba Juraxujayev D.D.
"Tabiiy fanlar" kefdrasi o'qituvchi O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti
SURXONDARYO VILOYATIDA DEMOGRAFIK JARAYONLAR RIVOJLANISHINING O'ZIGA XOS JIHATLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada viloyat aholisining mutloq va nisbiy ko'payishi, tug'ulish va o'lim ko'rsatkichlari tumanlar miqyosida o'rganilgan.
Kalit so'zlar: demografik jarayon, doimiy aholi, tug'ulish, o'lim, migratsiya, iqtisodiy rivojlanish, tabiiy o'sish, promille.
Hamroyev A.I. student Jurakhuzhayev D.D.
teacher
"Natural Sciences" department Uzbekistan-Finland Pedagogical Institute
SPECIFIC ASPECTS OF THE DEVELOPMENT OF DEMOGRAPHIC PROCESSES IN SURKHANDARYA REGION
Annotation: in this article, the population of the region, absolute and relative the incidence, birth rate, and mortality rates have been studied on a district scale.
Keywords: demographic process, permanent population, birth, death, migration, economic development, natural growth, promille.
O'zbekistonda demografik jarayonlar ijtimoiy-iqtisodiy omillar natijasida dinamik xarakterga ega. Respublika va uning viloyatlarida demografik jarayonlar tahlil qilinganda hududlarning tabiiy sharoiti, xo'jalik ixtisoslashuvi xizmat ko'rsatish sohalarining rivojlanish darajasidagi farqlari bevosita aholi sonining o'sishiga, tabiiy va mexanik xarakterdagi o'zgarishlarga ta'sir ko'rsatadi [1]. Janubiy O'zbekistonning ko'plab hududlari o'zlashtirilib, vohalarga aylantirilishi oqibatida demografik vaziyat aholi yosh tarkibidagi holatga mos ravishda rivojlanib kelmoqda. Shuningdek, sanoat korxonalarining ko'payishi va buning oqibatida mahsulot xilma-xilligining ortishi, ko'plab yangi foydali qazilma konlarining ochilishi va reproduktiv salomatlikni saqlash borasida qilingan ishlar demografik vaziyatga o'z ta'sirini ko'rsatadi [3]. Bundan tashqari, demografik vaziyatning shakllanishida aholining sotsial, yosh, jinsiy va oilaviy tarkibi,
muhim omil hisoblanadi. Bu o'z o'rnida mazkur hududlarda yosh oilalar sonining ko'payishiga va demografik jarayonlarning izchil rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, respublikamiz aholisi 2023 yil 1-yanvar holatiga ko'ra 36 024,9 ming kishini tashkil etmoqda [4]. Mazkur aholi viloyatlar miqyosida turlicha taqsimlangan. Jumladan, Surxondaryo viloyatida mamlakatimiz aholisining 7,8 foizi yoki 2 809,9 ming kishi istiqomat qilmoqda. Shundan shahar aholisi 1020,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,3 %), qishloq aholisi soni 1789,8 ming kishi (63,7 %)ni tashkil etdi.
Viloyat aholisi hududlar kesimida tahlil qilinganda ma'lum darajada tafovutlar borligini ko'rishimiz mumkin. Unga ko'ra eng ko'p aholi Denov (409,5 ming kishi), Qumqo'rg'on (249,2 ming kishi) hamda Jarqo'rg'on (232,2 ming kishi), tumanlariga, aksincha eng kam aholi esa Bandixon tumaniga (80,8 ming kishi) to'g'ri kelganligini ko'rishimiz mumkin (1-rasm).
Statistik ma'lumotlar yilma-yil tahlil qilinganda, aholi sonining stabil holatda o'sganligini ko'rishimiz mumkin. Xususan, 2010 yil viloyat aholisi soni bir yilda 4,8 foizga (100,1 ming kishiga) o'sgan. Bu ko'rsatgich tumanlar miqyosida turlicha bo'lib, xususan, Qumqo'rg'on (8,2 %), Jarqo'rg'on (6,8 %), Sherobod (6,3%) Oltinsoy (6,9%) tumanlarida aholi ko'payishi viloyat ko'payishidan yuqori.
1-rasm
Tumanlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi [4]
(2023-yil 1-yanvar holatiga ko lra)
409.5
Aholining bu tumanlarda ko'p bo'lishining asosiy sabablaridan biri sifatida mazkur hududlardagi iqtisodiy rivojlanishni yuksaltirish uchun amalga oshirilgan loyihalar keltirish mumkin. Chunki kasb-hunar, qurilish, transport va boshqa
sohalarda ish o'rinlarning yaratilishi va yangi sohalarning yo'lga qo'yilishi, aholining o'sish ko'rsatkichlariga o'z ta'sirini ko'rsatgan.
Bandixon, Boysun, Muzrabot va Termiz tumanlarida aholi o'sishi biroz pastroq. Chunki mazkur tumanlar bir necha yillardan buyon o'zgartirilgan iqtisodiy holatlarga duch kelmoqda. Bu esa o'z navbatida aholining yashash sharoitlarini ham o'zgartirishi mumkin. Mazkur tumanlarda ish o'rinlarning cheklanganligi aholining boshqa hududlarga ko'chib ketishiga sabab bo'lgan [2].
So'nggi yillarda ham aholi muttasil o'sib bordi. Jumladan, 2022-2023 yillar oralig'ida ya'ni o'tgan bir yilga nisbatan viloyat aholisi soni 63,5 ming kishiga yoki 2,2 foizga o'sgan. Bu ko'rsatkich hududlar darajasida ko'rilganda quyidagi holatni ko'rish mumkin: Denov 9,5 ming kishi (2,3%), Qumqo'rg'on 5,5 ming kishi (2,2%), Jarqo'rg'on 6,3 ming kishi (2,7 %), Sho'rchi 5,1 ming kishi (2,3%) tumanlari viloyat o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori. Boysun 2,2 ming kishi (1,8%), Sherobod 4,1 ming kishi (2%), Angor 3 ming kishi ( 2,1%) tumanlarida aholi o'sishi nisbatan sekin kechmoqda.
Viloyat aholisining mutloq ko'payishi tumanlar darajasida tahlil qilinganda, 2011-yildan keyin raqamlar o'sganligini ko'ramiz. Ya'ni ushbu yilda viloyat aholisi 44,5 ming kishiga o'sgan, 2022 yilga kelib esa mazkur ko'rsatkich 63,3 ming kishini tashkil etmoqda yoki viloyat aholisi 11 yil ichida 18,7 ming kishiga ko'paygan.
Surxondaryo viloyati va uning tumanlarida aholining tug'ulish darajasi tahlil qilinganda, ma'lum darajadagi tebranishni ko'rishimiz mumkin. Xususan viloyatda 2014 yil tug'ulish ko'rsatkichi 26 promillega yetgan bo'lsa, 2021 yilga kelib bu ko'rsatkich 29.9 promilleni tashkil etdi.
O'rganilayotgan davr mobaynida 2015 yil tug'ulish darajasining eng past ko'rsatkichi qayt etilgan (25,7 %0). Unga ko'ra mazkur yilda Boysun (28,1 %0), Denov (26,4 %)), Qiziriq (28,7 %)), Sariosiyo (27,5 %)), Uzun (27,9 %)), Sho'rchi (27,2 %0), tumanlarida tug'ulish darajasi viloyat ko'rsatkichidan yuqori (26,0 %,). Aksincha eng past ko'rsatkich esa Bandixon (0,00 V00), Termiz shahri (23,3 %,) hamda Sherobod (23,5 V00) tumanlariga to'g'ri kelgan. Mazkur holat 2021 yil holatiga (29,9 V00), ko'ra tahlil qilinganda esa, Oltinsoy (30,3 V00), Bandixon (30,3 %)), Denov (31,4 %)), Jarqo'rg'on (30,9 %)), Qiziriq (30,8 %)), Sho'rchi (31,3 %,), tumanlari viloyat o'rtacha ko'rsatkichidan yuqori, eng past ko'rsatkich esa Boysun (27,8 %)), Muzrabot (28,0 %)), Angor (28,6 %)), tumanlariga to'g'ri kelganligini ko'rishimiz mumkin.
Demografik vaziyatning shakllanishida o'lim ham asosiy jarayonlardandir. Surxondaryo viloyati va uning tumanlarida aholi 2014-2021 yillarda o'lim ko'rsatkichlarini tahlil qilib quyidagilarni ko'rishimiz mumkin. Jumladan 2014 yil viloyatda o'lim ko'rsatkichi 4,2 promillega yetgan bo'lsa, bu ko'rsatgich 2021 yilda 4,7 promillega yetdi. O'rganilayotgan yillar orasidagi tafovut 0,5 promillega oshgan. 2014 yilda Termiz shahri (4,7 %0), Angor (4,4 %0), Boysun(4,8 %0), Sho'rchi(4,5 %,), kabi tumanlarida o'lim ko'rsatkichi viloyatning ko'rsatkichidan yuqori. Eng past ko'rsatkich Bandixonga (0,00 V00), Uzun (3,8 V00), Sherobod
(3,8 %o), tumanlariga mos kelgan. Jarayonni davom ettirib, 2021 yil holatiga ko'ra(4,4 0/oo) tahlil qilsak, Termiz (5,8 0/oo), Angor (5,2 0/oo), Jarqo'rg'on (5,4 0/oo), Sho'rchi (5,0 o/oo) kabi tumanlarida o'lim ko'rsatkichi viloyatning ko'rsatkichidan yuqori. Aksincha, past ko'rsatkichlar, Bandixon (3,6 o/oo), Sariosiyo (4,1 o/oo) tumanlariga to'g'ri keldi.
Aholi o'limiga sabab bo'lgan kasalliklar 2020-yil holatiga ko'ra tahlil qilinganda, quyidagilar ma'lum bo'ldi. Xususan, viloyatda mazkur yilda 11,9 ming nafar o'lim qayd etilgan bo'lib, vafot etganlarning 62,3 % i qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 5,9 % i o'simtalardan, 4,0 % i baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 4,5 % i ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 7,4 % i nafas olish a'zolari kasalliklaridan 1,5 % i yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 14,4 % i boshqa kasalliklardan vafot etgan. Mazkur holat sabablari sifatida oilalardagi o'zaro notinch holatlar, tibbiyot xizmatlarining kamligi, noqulay ekologik holat va boshqa shu kabi omillarni keltirish mumkin.
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, viloyatda aholi sonining o'sishi yuqori ko'rsatkichga ega. Migratsiya jarayonining nisbatan barqarorlashgani (ya'ni migratsiya saldosidagi farqlarning kamayib borayotganligi) va tug'ulish darajasining biroz ko'payishi xarakterli xususiyatga ega. Demak, hozirgi vaqtda viloyatda aholi tabiiy ko'payishini asosan tug'ulish jarayoni belgilaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Mukhamedov, O. L., Jurakhujaev, D. D. U., Shamuratova, O. B., & Yusupov, B. K. (2020). Territorial Aspects Of The Development Of Geodemographic Processes In Jizzakh Region. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 2(11), 12-16.
2. Soliyev A. S., Bo'rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari - Toshkent:Tafakkur, 2011-y. 160 b.
3. Soliyev A.S., Komilova N.K., Yanchuk S.L., Jumaxanov Sh.Z., Rajabov F.T. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya. Darslik. - T.: "Universitet", 2019. -360 b.
4. Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.