Научная статья на тему 'IQLIM O‘ZGARISHLARI SHAROITIDA AHOLI O‘LIMINING HUDUDIY TAHLILI (SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA)'

IQLIM O‘ZGARISHLARI SHAROITIDA AHOLI O‘LIMINING HUDUDIY TAHLILI (SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
44
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DEMOGRAFIK JARAYON / TANATOGEOGRAFIYA / TANATOLOGIYA / O‘LIM / ONALAR O‘LIMI / O‘LIM KOEFFITSIYENTI / GO‘DAKLAR O‘LIMI / SOG‘LOM TURMUSH TARSI / TIBBIY XIZMAT

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Komilova N.K., Egamqulov H.E.

Maqolada demografik jarayonlar va ularning hududiy xususiyatlari aniqlangan. Asosiy etibor tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlariga qaratilgan bo‘lib atroflicha yoritilgan. Sirdaryo viloyatida o‘lim ko‘rsatkichi turli hududlarda farqlar mavjud. Shu bilan birgalikda turli xil sabablarga ko‘ra ham o‘lim ko‘rsatkichi farqlari aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGIONAL ANALYSIS OF POPULATION DEATH UNDER CLIMATE CHANGE (EXAMPLE OF SIRDARYA REGION)

Demographic processes and their territorial characteristics are defined in the article. The main focus is on birth and death rates. There are differences in the death rate in different regions of Syrdarya region. At the same time, differences in the death rate for various reasons have been identified.

Текст научной работы на тему «IQLIM O‘ZGARISHLARI SHAROITIDA AHOLI O‘LIMINING HUDUDIY TAHLILI (SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA)»

DOI

UDK: 612.013:502(575.1)

Komilova N.K.

O'zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi professori, g.f.d.

Egamqulov H.E.

Guliston davlat universiteti Ekologiya va geografiya kafedrasi tayanch doktoranti

IQLIM O'ZGARISHLARI SHAROITIDA AHOLI O'LIMINING HUDUDIY TAHLILI (SIRDARYO VILOYATI MISOLIDA)

Annotatsiya. Maqolada demografik jarayonlar va ularning hududiy xususiyatlari aniqlangan. Asosiy etibor tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlariga qaratilgan bo'lib atroflicha yoritilgan. Sirdaryo viloyatida o'lim ko'rsatkichi turli hududlardafarqlar mavjud. Shu bilan birgalikda turli xil sabablarga ko'ra ham o'lim ko'rsatkichifarqlari aniqlangan.

Kalit so'zlar: Demografikjarayon, tanatogeografiya, tanatologiya, o'lim, onalar o'limi, o'lim koeffitsiyenti, go'daklar o'limi, sog'lom turmush tarsi, tibbiy xizmat.

Komilova N.K., Ph.D.

professor

Department of Economic and Social Geography National University of Uzbekistan Egamkulov H.E. doctoral student department of ecology and geography Gulistan State University

REGIONAL ANALYSIS OF POPULATION DEATH UNDER CLIMATE CHANGE (EXAMPLE OF SIRDARYA REGION)

Annotation. Demographic processes and their territorial characteristics are defined in the article. The main focus is on birth and death rates. There are differences in the death rate in different regions of Syrdarya region. At the same time, differences in the death rate for various reasons have been identified.

Key words: Demographic process, tanatogeography, tanatology, death, maternal mortality, mortality rate, infant mortality, healthy lifestyle, medical service.

Kirish. Ma'lumki, iqlim o'zgarishlari nafaqat hududlar xo'jaligiga, mazkur mintaqalar aholisi salomatligiga va kasalliklar tarkibiga qolaversa, insonlarning

o'lim holatlariga ham ta'sir ko'rsatishi manbalarda qayd etilgan. Ayniqsa, o'lim sabablari orasida eng katta salmoqni egallovchi yurak, qon tomir, nafas olish tizimi kasalliklari bilan bog'liq o'lim ko'rsatkichlari tobora ortib borayotganligi sir emas. Aytish o'rinliki, jamiyatning taraqqiy etishi va aholi takror barpo bo'lishida o'lim jarayoni alohida o'rin egallaydi. Inson dunyoga kelar ekan, ma'lum bir vaqt davomida ichki va tashqi ta'sirlar mobaynida aholining yangilanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. O'lim holatlari bu - biologik va demografik jarayon bo'lib, organizmning ma'lum vaqt davomida qarishi hamda a holininig tabiiy harakatida bevosita ishtirok etishi bilan izohlanadi [1].

Insonning o'rtacha umr ko'rish davrini uzaytirish, bevaqt o'limning oldini olish uchun O'zbekiston Respublikasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Nafaqat mamlakatimiz qolaversa butun dunyo miqyosida bu ishlarni amalga oshirish uchun maxsus dasturlar qabul qilingan. Jumladan: BMT Bosh Assambleyasining 70-sessiyasida qabul qilingan rezolyusiyasida "Jismoniy va aqliy salomatlikni mustahkamlash, farovonlik va o'rtacha umr ko'rishni oshirish uchun aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta'minlash va undan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni ta'minlashimiz, 2030-yilga qadar go'daklar, bolalar va onalar o'limi darajasini kamaytirishga erishishimiz zarur"7 alohida takidlab o'tildi.

Mavzuga oid adabiyot tahlili. Mamlakatimizda aholi o'limi bilan bog'liq masalalarni geografik jihatdan o'rganishda S.A.Kovalev, I.R.Mullajonov, M.Qoraxonov, O.B. Ata-Mirzayev A.A.Qayumov, M.R.Bo'riyeva, N.Q.Komilova, Z.N.Tojiyeva, I.Turdimambetov, O.L.Muhamedov, N.J.Embergenov, N.J.Muxammedova singari olimlarning xizmatlari katta. Ayniqsa, O'zbekistonda aholi o'limini mustaqillikkacha bo'lgan davrda yosh guruhlari bo'yicha va sabablarga ko'ra o'lim ko'rsatkichlarini dinamikasi hamda tarkibini matematik-statistik o'rganish A.G'aniyevning tadqiqotida atroflicha yoritilgan [1]. Shuni alohida takidlash lozimki, N.Komilovaning tadqiqot ishlarida sabablarga ko'ra o'lim holatiga alohida ahamiyat bergan. U asosan xavfli o'sma kasalliklarining avj olishi oqibat va sabablari, uning hududlardagi farqi, bunga asosan o'sha hududda joylashgan infratuzilmaning ham ta'sirini atroflicha yoritgan. Bundan tashqari yurak, qon-tomir kasalliklari va endokrin tizim kasalliklarining ham avj olishi o'limga olib kelishini tahlil qilib bergan. Shu bilan birga "Insonlarning o'rtacha umr ko'rishi ularning salomatliklariga, yashash va mehnat sharoitlariga bog'liq: kishilarning yashash joyi qanchalik tinch, tabiat bilan hamnafas bo'lsa, ularning salomatliklari uchun ham foydalidir"[2]

Tadqiqot metodologiyasi. Maqolada keltirilgan malumotlar O'zbekiston Respublikasi davlat statistika agentligi ma'lumotlari, Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari hamda mualliflar tomonidan hisoblab chiqilgan ma'lumotlar asosida bajarilganligi bilan ajralib turadi.

7 Повестка дня в области устойчивого www.uz.undp.org/content/uzbekistan/ru

развития на период до 2030 года.

Tahlil va natijalar. O'lim jarayonlarini o'rganish va tahlil qilishni tanatologiya fani o'rganadi, ushbu so'z yunon tilidan olingan bo'lib, "tanatos" o'lim, logiya esa fan degan ma'noni anglatadi [1]. Sirdaryo viloyati, respublikamizda maydoni nisbatan kichik bo'lsada lekin demografik jarayoni o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Aholi zichligi respublikamiz zichligidan ikki barobar yuqoriligi bilan ajralib turadi. Demografik jarayonlar ichida tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari asosiy ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

O'lim- organizm hayot faoliyatining butunlay to'xtashi, ortga qaytmas jarayon. Inson o'limi dastavval nafas olish va qon aylanishining to'xtashiga bog'liq. O'lim organizmning qarishi natijasida tabiiy ravishda yoki kasallik tufayli to'satdan, barvaqt yuz beradi. Klinik va biologik o'lim farqlanadi. Klinik o'limda organizm hayot faoliyatini ba'zi hollarda tiklash va uni jonlantirish mumkin; u o'rtacha 2-6 minut davom etadi, shundan keyin biologik o'lim yuz beradi. O'lim sabablari va mexanizmini tanatologiya o'rganadi.

Umumiy o'lim koeffitsienti viloyatda 2011-yilda 4.7 promilleni tashkil qilgan bo'lsa, 2021-yilda bu ko'rsatkich 1000 kishiga nisbatan 4.8 promilleni tashkil qildi. O'zgarish indeksi 1.02 ga teng bo'ldi (1-rasm). 2011-yilda o'lim koeffitsienti 4.7 promillega teng bo'lsada 2016-yilda 5 promillega ko'tarilgan.

1-rasm. O'lim koeffitsienti (1000 aholiga nisbatan, promille) Manba: Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari

Umumiy o'limning eng yuqori ko'rsatkichlari Guliston shahriga to'g'ri keladi va bu ko'rsatkich viloyatnikidan katta bo'lib 6.2 promilleni tashkil qilmoqda. Nisbatan yuqori ko'rsatkich Shirin, Yangiyer shaharlari va Sirdaryo tumaniga to'g'ri keladi. Guliston tumanida viloyatning o'rtacha ko'rsatkichiga teng bo'lib, qolgan tumanlarda o'rtacha ko'rsatkichdan past hisoblanadi (2 -rasm).

2-rasm. Umumiy o'lim va uning ko'rsatkichlari.

Sirdaryo viloyatida o'lim ko'rsatkichi turli hududlarda farqlar mavjud. Shu bilan birgalikda turli xil sabablarga ko'ra ham o'lim ko'rsatkichi farq qilmoqda. Qanchalik og'ir bo'lmasin Onalar o'limi viloyatimizda kuzatilmoqda. Viloyatimizda onalar o'limi eng yuqori ko'rsatkichi 100 000 tirik tug'ishga nisbatan Xovos Sayxunobod tumanlari hamda Guliston shahrida 40 kishidan yuqoriligi bilan eng oldingi o'rinlarni egallamoqda. Nisbatan o'rtacha ko'rsatkich 20-40 kishigacha ko'rsatkichlar bilan Sirdaryo, Mirzaobod, Boyovut tumanlarida kuzatilmoqda [3.4]. Eng past ko'rsatkichlar esa Yangiyer va Shirin shaharlari hamda Sardoba, Oqoltin, Guliston tumanlari 20 kishigacha o'lim ko'rsatkichlari qayd etilmoqda (3-rasm).

3-rasmda keltirilgan ma'lumotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, 2021-yil viloyatda onalar o'limi ko'rsatkichi eng yuqori ulushi Sayxunobod tumanida kuzatilgan bo'lib, umumiy ko'rsatkichning 22 foizi to'g'ri kelgan. Nisbatan yuqori ko'rsatkich bilan ajralib turadigan tumanlar Xovos 19 foiz, Boyovut 14 foiz, Sirdaryo 12 foizga teng bo'lmoqda. Shaharlar ichida Guliston shahri 18 foizni tashkil qilgan. Bu ko'rsatkichlar 2020-yilga nisbatan 2021-yilda bazi tumanlarda biroz bo'lsada oshganligini ko'rishimiz mumkin. Masalan Boyovut tumanida [5] 2020-yilda 7 foizni tashkil qilgan bo'lsa bu ko'rsatkich 2021-yilda 14 foizga ko'tarilganligini ko'rishimiz mumkin. Xovos tumanida 2020-yilda 9 foiz bo'lsa, 2021-yilda 19 foizga yetgan. Guliston shahrida 2020-yilda 9 foizdan 2021-yilda 18 foizga ko'tarilgan. Bu shahar va tumanlarda 2021-yilda biroz bo'lsada o'sish kuzatilganligi bu yerda ahvolning nisbatan yomonligi emas. Balki boshqa hududlarda onalar o'limi ko'rsatkichlari qayd etilmaganligidan, mavjud qayd etilganlarida yuqoriligi saqlanmoqda.

Sirdaryo viloyatida onalar o'limi ko'rsatkichi 1991 -yilga nisbatan 2021-yilda 4 barobar qisqarganligi bu albatta ijobiy hol hisoblanadi. Lekin 1 ta bo'lsa ham onalar o'limi biz uchun kelajak avlodni tarbiyasi uchun fojiya sanaladi. Viloyatda o'lgan ayollar soni ham yildan yilga ortib bormoqdaki 2000-yilda 600 ga yaqin bo'lgan bo'lsa 2005-yilda 700 kishiga yaqinlashadi.

3-rasm. Sirdaryo viloyati onalar o'limi

Inson o'z kundalik hayoti va turmush tarzini to'g'ri tashkil qilmas ekan turli darajadagi kasalliklar unga xavf solaveradi.

Umr davomiylik davrini qisqartiradi, turli xastaliklar bilan umr kechirayveradi. Respublikamizda o'rtacha umr ko'rish davri o'sayotganligi bu albatta quvanarli holat, lekin bazi kasalliklar insonni erta hayotdan ko'z yumishga olib kelmoqda (4-rasm).

4 3.5 3 2.5 2 1.5 1 0.5

0

1 1 1 1 1 ■ i . 1

ir ir II IÍIIIMMI1I1I1I 111

„чО ль ло ví> г,Ь j>

лА° Ö»

л*

Yuqumli va parazitar kasalliklar I O'simtalar

I Qon aylanish tizimi kasallik lari I Nafas olish a'zolari kasal liklari

Ovqat hazm qilish a'zolari kasallik lari

Baxtsiz hodisa, jarohatlanish va zaxarlanish

Boshqa kasal liklar

4-rasm. Asosiy o'lim sabablari soni, 2021-yil (1GGG aholiga) Manba: Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari.

Yurak qon-tomir tizimi kasalliklari - yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari. Ular juda ko'p va xilma-xil. Bu kasalliklarning ba'zilari (revmatizm, miokardit va boshqalar) yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi). O'limga eng ko'p sababchi bo'luvchi Qon aylanish tizimi kasalliklariga to'g'ri keladi. Asosiy o'lim sabablariga ko'ra 4-rasm tahlili shuni ko'rsatdiki Sirdaryo viloyatida o'limga asosiy sabab bo'lib, kasalliklarni ichida eng xavflisi Qon aylanish tizimi kasalliklariga to'g'ri kelmoqda. Bu kasallik sababli o'lim ko'rsatkichining 50 foizdan ortig'i to'g'ri kelmoqda [5,6]. Qon aylanish tizimi kasalliklari sababli o'lim ko'rsatkichi eng yuqorisi Yangiyer shahriga to'g'ri kelib 1000 kishiga nisbatan 3.6 promille to'g'ri kelmoqda. Viloyatning o'rtacha ko'rsatkichi esa 2.8 promillega to'g'ri keladi. O'rtacha ko'rsatkichdan yuqoriligi bilan ajralib turadigan Guliston va Sirdaryo tumanlari, hamda Guliston, Shirin shaharlarida ko'rishimiz mumkin. O'rtacha ko'rsatkichdan biroz kamroq ko'rsatkich Oqoltin, Sardoba, Mirzaobod va Xovos tumanlari qayd etilmoqda. O'lim ko'rsatkichiga nisbatan kam ta'sir ko'rsatadigan sabablarga Yuqumli va parazitar kasalliklar (0.04) va Baxtsiz hodisa, jarohatlanish va zaxarlanish (0.04)ga to'g'ri kelmoqda.

Xulosa va takliflar. Xulosa sifatida shuni aytish lozimki, Sirdaryo viloyati maydon kichkina bo'lsada tanatogeografik vaziyati bir biridan ancha farqlar borligini ko'rishimiz mumkin. Bu farqlarga: joyning geografik o'rni, ijtimoiy-iqtisodiy holat ham ta'sir qilishini ko'rishimiz mumkin. Viloyatning tanatogeografik holati tahlil qilishda, nafaqat aholi soni balki joylashgan o'rni, sanoat va qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan rayonda joylashganligini ham hisobga olish maqsadga muofiq deb bilaman.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. N.Q. Komilova Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. T.: 2016, B-89.

2. Komilova N.Q., Muxammedova N.J. Tanatogeografiyaning nazariy va amaliy masalalari (aholi o'limining hududiy xususiyatlari). Monografiya. Navoiy-2023.

3. Комилова Н.К., Зайнутдинова Д.К., & Эгамкулов Х,.Э. (2022). НЕКОТОРЫЕ АСПЕКТЫ ЭКОЛОГИЧЕСКОГО СОСТОЯНИЯ ГОРОДОВ И ЗДОРОВЬЯ ЧЕЛОВЕКА (НА ПРИМЕРЕ ГОРОДА САМАРКАНДА И ГУЛИСТАНА). Экономика и социум, (12-2 (103)), 398-409.

4. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). The process of urbanization and its relation to the environment. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

5. Egamkulov H.E. (2022). NOSOECOLOGICAL SITUATION AND GEOGRAPHICAL DIFFERENCES IN THE INCIDENCE OF THE POPULATION (ON THE EXAMPLE OF BAYAUT DISTRICT). Экономика и социум, (12-2 (103)), 26-34.

6. Komilova, N. Q., Muxammedova, N. J., Xoliqova, M. O., & Ibragimova, Z. S. (2022). SUISID VA UNGA TA'SIR ETUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR. Экономика и социум, (1-1 (92)), 91-99.

7. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

8. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 58365840, 13.

9. Latipov, N. F. (2021). Factors influencing the territorial distribution of the population. Экономика и социум, (9 (88)), 105-108.

10. Latipov, N. (2022). Urboecology-Interdisciplinary Synthesis of Geography and Ecology. Middle European Scientific Bulletin, 24, 16-20.

11. Komilova, N. K., & Latipov, N. F. (2022). Classification of settlements on the basis of the ecological situation in the Navoi region and the factors affecting the health of the population. Visnyk of VN Karazin Kharkiv National University, series" Geology. Geography. Ecology",(56), 209213.

12. Latipov, N. (2022). Shaharlar va ularning ekologik muhit bilan bog'liqligi. Scienceweb academic papers collection.

13. Latipov N.F., & Komilova N.K. (2022). INDICATORS OF URBAN ENVIRONMENT ASSESSMENT AND CRITERIA FOR THEIR SELECTION. Экономика и социум, (11-1 (102)), 129-134.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.