Научная статья на тему 'JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARIDA AHOLI SALOMATLIGINI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK JIXATLARI'

JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARIDA AHOLI SALOMATLIGINI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK JIXATLARI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
175
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AHOLI SALOMATLIGI / ZOMIN SANATORIYASI / DAVOLASH VA SOG‘LOMLASHTIRISH MASKANLARI / KASALXONALAR / KASAL O‘RINLARI / PAVLOVNIYA

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Komilova N.Q., Karshibayeva L.K.

Bugungi kunda, Respublikamizda xususan Jizzax va Sirdaryo viloyatlari aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy sanitarik holat, kasalliklarni yuzaga keltiruvchi tibbiy geografik, nozoekologik omillarni tahlil qilish va ular keltirib chiqaruvchi kasalliklarni kamaytirish chora tadbirlari kengaymoqda. Mazkur qonunlar doirasidan kelib chiqqan holda maqolada aholi salomatligiga ta’sir etuvchi tibbiy geografik va nozoekologik holatni tadqiq etish, aholi orasida turli kasallik turlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar haqida so‘z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOGRAPHIC ASPECTS OF POPULATION HEALTH IMPROVEMENT IN JIZZAKH AND SYRDARYA TEGIONS

Today, in our Republic, especially in Jizzakh and Syrdarya regions, measures to improve the health of the population, medical sanitary condition, analysis of medical geographical, non-ecological factors causing diseases and reducing the dieases caused by them are expanding. Within the framework of these laws, research of the medical geographical and non-ecological conditions affecting the health of the population, and internal and external factors that serve to reduce the incidence of various diseases among the population were discussed.

Текст научной работы на тему «JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARIDA AHOLI SALOMATLIGINI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK JIXATLARI»

UDK:911.3

Komilova N. Q.

O'zbekiston Milliy Universitetiprofessori

Karshibayeva L.K.

Guliston davlat universiteti dotsenti

JIZZAX VA SIRDARYO VILOYATLARIDA AHOLI SALOMATLIGINI YAXSHILASHNING GEOGRAFIK JIXATLARI

Annotatsiya: Bugungi kunda, Respublikamizda xususan Jizzax va Sirdaryo viloyatlari aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy sanitarik holat, kasalliklarni yuzaga keltiruvchi tibbiy geografik, nozoekologik omillarni tahlil qilish va ular keltirib chiqaruvchi kasalliklarni kamaytirish chora tadbirlari kengaymoqda. Mazkur qonunlar doirasidan kelib chiqqan holda maqolada aholi salomatligiga ta'sir etuvchi tibbiy geografik va nozoekologik holatni tadqiq etish, aholi orasida turli kasallik turlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi omillar haqida so'z borgan.

Kalit so'zlar: Aholi salomatligi, Zomin sanatoriyasi, davolash va sog'lomlashtirish maskanlari, kasalxonalar, kasal o'rinlari, Pavlovniya.

Komilova N. Q. professor

National University of Uzbekistan Karshibayeva L.K. associate professor Gulistan State University

GEOGRAPHIC ASPECTS OF POPULATION HEALTH

IMPROVEMENT IN JIZZAKH AND SYRDARYA TEGIONS

Abstract: Today, in our Republic, especially in Jizzakh and Syrdarya regions, measures to improve the health of the population, medical sanitary condition, analysis of medical geographical, non-ecological factors causing diseases and reducing the dieases caused by them are expanding. Within the framework of these laws, research of the medical geographical and non-ecological conditions affecting the health of the population, and internal and external factors that serve to reduce the incidence of various diseases among the population were discussed.

Key words: Public health, Zomin sanatorium, treatment and rehabilitation centers, hospitals, sick places, Pavlovnia.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ta'rifiga ko'ra, aholi salomatligi - bu tibbiy demografik jismoniy, psixologik va ijtimoiy kategoriya bo'lib,

odamlarning ijtimoiy farovonligi asosida o'z hayotini amalga oshiradigan muayyan ijtimoiy jamoalar doirasidagi faoliyat hisoblanadi [1]. Insoniyat evolyutsiyasi shakllangan davrdan boshlab, to hozirgi davrgacha aholining sog'lomlik darajasi va unga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish muhim bo'lib kelmoqda.

Insonlarning hayot tarzini, uning yashash muhitini, irsiyati va sog'liqni saqlash tizimining holatidan kelib chiqqan holda, bugungi kunda aholi salomatligiga bir qator omillar ta'sir ko'rsatmoqda. Aholi salomatligiga ta'sir etuvchi omillar quyidagicha klasifikatsiya qilingan:

* Tabiiy-ekologik va iqlimiy omillari (havo, suv, tuproq holati, quyosh nurlari darajasi va boshqalar);

* ijtimoiy-iqtisodiy omillar (turmush tarzi, mehnat sharoitlari,

uy-joy sharoitlari, moddiy farovonlik va boshqalar);

* ijtimoiy-fiziologik omillar (yosh, jins, irsiy va hokazo);

* tibbiy-tashkiliy omillar (sifat, samaradorlik, tibbiy yordamning mavjudligi va boshqalar).

Yu.P.Lisininning fikriga ko'ra, inson salomatligi 50% va undan ko'proq hayotiy turmush tarziga, 20 %, atrof-muhit (ifloslanish) holatiga, 20 % genetik omillarning va 10% davlatning tibbiy texnik holatiga bog'liq holda ta'sir doirasiga ega [2].

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ekspertlarining fikricha, inson salomatligining 50% moddiy va turmush sharoiti, oilaviy munosabatlar, to'g'ri ovqatlanish, chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni iste'mol qilish, dori iste'mol qilish kabi omillar guruhiga bog'liq. Shuni ta'kidlash kerakki, nafaqat ijtimoiy muhit insonning biologik xususiyatlariga ta'sir qiladi, balki o'z navbatida, turli kasalliklar oqibatida o'lim holatlarini yuzaga kelishiga sabab bo'ladi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, yurak ishemik kasalligi natijasida o'limning 60% hollarda noqulay ijtimoiy sharoitlar, 18% d a genetik sabablar va 12% da atrof-muhit ifloslanishi bilan bog'liq.

Shuningdek, O'zbekistonda ham 2022 yilning 1 oktyabr holatiga ko'ra qayd etilgan o'lim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to'g'ri kelgan. Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022 yilning 9 oyida qayd etilgan o'lim holatlarining kasalliklar bo'yicha sonida qon aylanish tizimi kasalliklari birinchi o'rinda- 74 109 ta holat aniqlangan. Shu bilan birga, nafas olish a'zolari kasalliklari - 12 805 ta, o'simtalardan - 10 535 ta, ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari - 5 264 ta, yuqumli va parazit kasalliklari - 1 976 tani tashkil etgan. Bu kasalliklarni paydo bo'lishida tabiiy-ekologik, iqlimiy omillari, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va ijtimoiy-fiziologik omillarning ta'siri katta.

Shu bois, aholi salomatligini yaxshilashda mamlakatning ijtimoiy demografik siyosati ya'ni aholining yashash tarzi sifatiga, samaradorlik va tibbiy yordamning mavjudligi e'tibor qaratilishi, ekologik vaziyatni barqarorlashuviga erishish, shuningdek, aholining madaniyati, tibbiy bilimini oshirish, to'g'ri

ovqatlanish rejimiga qat'iy rioya qilish, malakali shifokorlar bilan ta'minlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham aholi salomatligini yaxshilashda tabiiy, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ekologik va gigiyenik omillarning odamlar ehtiyojlariga muvofiqligi darajasi qarab shakllantirish ishlari olib borilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi 370

93

Jizzax viloyati 621

112

Sirdaryo viloyati 485

68

0 200 400600 800

Bitta shifokorga ® Bitta O'rta tibbiyot xodimiga

1-HH3Ma. 2020-yilda hududlar bo'yicha bitta tibbiyot xodimiga to'g'ri keladigan aholi soni

Aholini salomatligini yaxshilashda hududning tibbiyot xodimlari bilan ta'minlanganlik darajasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha bitta shifokorga 370 kishi, bitta o'rta tibbiyot xodimiga 93 kishi to'g'ri kelsa (2020 yil ma'lumoti bo'yicha), Jizzax viloyatida (621, 112 kishi), Sirdaryo viloyatida esa (485, 68 kishi) dan to'g'ri kelmoqda. Chizmadan ko'rinib turibdiki, Jizzax viloyatida tibbiyot xodimlariga aholi to'g'ri kelishi respublika ko'rsatkichidan birmuncha yuqori, shuning uchun viloyatda tibbiyot xodimlar sonini ko'paytirish zaruriyati vujudga keladi.

Sirdaryo viloyatida esa o'rta tibbiyot xodimlari bilan yetarlicha ta'minlangan, lekin Sirdaryo viloyatida ham shifokorlarga to'g'ri keluvchilar soni Respublika ko'rsatkichidan yuqori, demak Sirdaryo viloyatida ham shifokorlarga bo'lgan ehtiyoj katta. Shu ehtiyoj e'tiborga olinib, 2021-2022 o'quv yilida Guliston davlat universiteti qoshida davolovchi shifokorlar tayyorlovchi Tibbiyot fakulteti ochildi.

Aholi salomatligini yaxshilashda tibbiyot xodimlar bilan ta'minlanganlik bilan birga kasalxona muassasalari, kasal o'rinlar soni sig'imi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jizzax viloyatida 52 ta kasalxona muassasalari mavjud bo'lib, tumanlar kesimida kasal o'rinlar soni, tibbiyot xodimlari bilan ta'minlanganlik darajasi turlichadir. Kasallanish ortgan sari kasalxona va kasal o'rinlariga ehtiyoj ortib boraveradi. Biroq qishloq joylarda aholi ko'proq kasalxonadan foydalanish o'rniga ko'proq ambulatoriya (qatnab davolanish) va

statsionar (yotib davolanish)dan foydalanishmoqda. 1-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2021 yilda Jizzax viloyatida har 10 ming kishigao'rtacha 44,6 kasal o'rinlari to'g'ri kelgan bo'lsa, bu borada Jizzax shahri, Zomin, Mirzacho'l, Yangiobod tumanlari kasal o'rinlari bilan yaxshi ta'minlangan.

1-jadval.

Jizzax viloyati bo'yicha aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning ayrim

ko'rsatkichlari (2021 y.)

Hududlar Kasalxona muassasalari soni Har 10 ming aholiga

Kasal o'rinlari soni Shifokorlar soni O'rta tibbiyot xodimlari

Jizzax viloyati 52 44,6 18,5 100,8

Jizzax shahri 25 142,8 74,6 257,9

Tumanlar

Arnasoy 1 18,0 7,7 89,8

Baxmal 2 20,3 7,8 58,2

G'allaorol 2 21,3 12,6 97,8

Sharof Rashidov 4 26,8 9,9 39,1

Do'stlik 1 22,5 13,8 91,5

Zomin 5 59,8 10,3 100,1

Zarbdor 1 14,7 7,8 67,1

Zafarobod 2 18,8 8,1 83,1

Mirzacho'l 2 53,1 11,2 82,6

Paxtakor 4 46,0 12,1 104,6

Forish 1 22,5 11,9 68,4

Yangiobod 2 46,5 10,4 176,2

Jadval Jizzax viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

2021 yilda Jizzax viloyatida har 10 ming kishiga o'rtacha 18,5 nafar shifokorlar to'g'ri kelgan (1-jadval). Xususan bu borada Jizzax shahridagina (74,6) viloyat darajasidan yuqori. O'rta tibbiyot xodimlar soni ham Jizzax shahrida (257,9), Paxtakor tumanida (104,6), Zomin tumanida (100,1) va Yangiobod tumanida (176,2) birmuncha yuqoriroq. Lekin Jizzax viloyati shifokorlar soni va o'rta tibbiyot xodimlar soni bo'yicha Respulikada keyingi o'rinlarda turadi.

2-jadval.

Sirdaryo viloyati bo'yicha aholiga tibbiy xizmat ko'rsatishning ayrim __ko'rsatkichlari (2021 y.)_

Hududlar Kasalxona muassasalari soni Har 10 ming aholiga

Kasal o'rinlari soni Shifokorlar soni O'rta tibbiyot xodimlari

Sirdaryo viloyati 42 52,2 22,5 168,4

Shaharlar

Guliston 20 203,2 77,5 392,4

Shirin 2 58,2 23,8 195,2

Yangier 5 137,3 33,2 198,6

Tumanlar

Oqoltin 1 24,5 10,2 139,5

Boyovut 1 12,1 7,8 93,0

Guliston 1 21,5 12,0 143,4

Mirzaobod 3 33,7 11,9 102,6

Sayxunobod 1 19,3 9,8 126,7

Sardoba 2 20,8 8,5 114,9

Sirdaryo 4 51,4 38,2 236,2

Xovos 2 26,5 7,6 107,4

Jadval Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzilgan

2-jadval bo'yicha Sirdaryo viloyatini tahlil qilsak, hozirgi kunda viloyatda 42 ta kasalxona muassasalari mavjud bo'lib, tumanlar kesimida kasal o'rinlar soni, tibbiyot xodimlari bilan ta'minlanganlik darajasi turlichadir. Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2021 yilda Sirdaryo viloyatida har 10 ming kishiga o'rtacha 52,2 kasal o'rinlari to'g'ri kelgan bo'lsa, bu borada Guliston, Shirin, Yangier shaharlari kasal o'rinlar soni bilan yaxshi ta'minlangan, tumanlar esa viloyat ko'rsatkichidan past.

Viloyatda har 10 ming aholiga 22,5 dan shifokorlar to'g'ri kelsa, bu borada ham Guliston, Shirin, Yangier shaharlari viloyat ko'rsatkichidan yuqori. Tumanlar kesimida esa faqat Sirdaryo tumani har 10 ming kishiga 38,2 shifokorlar to'g'ri keladi. Sirdaryo viloyatida har 10 ming kishiga 168,4 o'rta tibbiyot xodimlari to'g'ri keladi. Bu ko'rsatkich Respublika o'rtacha ko'rsatkichidan ham yuqori. O'rta tibbiyot xodimlari ko'rsatkichlari ham Guliston, Shirin, Yangier shaharlarida yuqori, Sirdaryo tumanida esa har 10 ming kishiga 236,2 o'rta tibbiyot xodimlari to'g'ri keladi.

Aholi salomatligini yaxshilashda davolash-sog'lomlashtirish va dam olish maskanlarining ham ahamiyati katta. Bu borada Respublikamiz bo'yicha Jizzax viloyati hududining rang-barang tabiiy manzaralari bilan ajralib turadi. Noyob va ekzotik relfi, o'ziga xos mo''tadil iqlimga ega. Zomin, Baxmal, Forish va Yangiobod tog'lari va tog' yon bag'irlarida archazorlar, bodomzorlar, yong'oqzorlar, kamyob shifobaxsh o'simliklar mavjud. Jizzax viloyati bo'yicha 10 ta sanatoriya-kurort muassasalari faoliyat olib bormoqda (3-4 jadvallar).

3-jadval.

Hududlar bo'yicha sanatoriya-kurort muassasalari faoliyati

Sanatoriya-kurort muassasalari obyektlari soni, birlik

2017 2018 2019 2020

O'zbekiston

Respublikasi 193 211 211 217

Qoraqalpog'iston

Respublikasi 1 10 7 8

Andijon 10 12 12 11

Buxoro 3 3 4 4

Jizzax 10 14 11 10

Qashqadaryo 12 13 17 21

Navoiy 7 7 7 7

Namangan 17 17 18 20

Samarqand 22 23 29 25

Surxandaryo 12 12 12 8

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Sirdaryo 1 0 2 2

Toshkent 30 31 36 40

Farg'ona 41 44 36 39

Xorazm 4 7 5 6

Toshkent vil 14 18 15 15

Jadval O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi ma' asosida tuzilgan

umotlari

4-jadval

№ Davolash-sog' lomlashtirish niaskanlarining nomlari Davolash-sog' lomlashtirish maskanlarining joylashgan manzili

1 "Marjon suvi" sanatoriysi G'allaorol tumani, Marjonbuloq QFY

2 "Baxmal" sanatoriysi Baxmal tumani, Baxmal QFY

3 "Havotog"' sanatoriysi YAngiobod tumani, Balandchaqir shaharchasi

4 "Azim Zomin shifo" sog'lomlashtirish va dam olish maskani Zomin tumani qo'riq massivi

5 "Zomin ona va bola" sanatoriysi Zomin tumani qo'riq massivi

6 "Plato" sog'lomlashtirish va dam olish maskani Zomin tumani Duoba QFY

7 "Zomin-O'riklisoy" sog'lomlashtirish va dam olish maskani Zomin tumani Duoba QFY

8 "NKMK" sog'lomlashtirish va dam olish maskani Zomin tumani Duoba QFY

9 "Archazor" sog'lomlashtirish va dam olish maskani Zomin tumani Duoba QFY

10 "Zomin" sanatoriysi Zomin tumani Duoba QFY

Jizzax viloyatida aholi salomatligini yaxshilashda Nurota-Turkiston tog' va tog' oldi kichik tibbiy geografik rayoni hududida 5 ta sanatoriylar, 5 ta sog'lomlashtirish va dam olish maskanlari hamda 15 ta bolalar oromgohi faoliyat olib boradi. Hudud rang-barang tabiiy manzaralari, noyob va ekzotik relfi, o'ziga xos mo'tadil iqlimga ega. Zomin, Baxmal, Forish va Yangiobod tog'lari va tog' yon bag'irlarida archazorlar, bodomzorlar, yong'oqzorlar, kamyob shifobaxsh o'simliklar mavjud. Rayonda aholi salomatligini tiklash uchun barcha shart sharoitlar mavjud. Ayniqsa, turli xil kasalllik turlarini davolovchi tabiiiy resurslardan-g'orli tuzlar, shifobaxsh balchiqlar, issiq qumlar va archa moylaridan keng foydalanilmoqda.

Zomin tumani Duoba qishloq fuqarolar yig'inida joylashgan»Zomin" sanatoriyasi o'zining davolovchi tabiiy resurslari bilan mashhur.»Zomin" sanatoriyasi tuman markazidan 50 km. uzoqlikda, Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog'-tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qo'riqxona hududida archazorlar orasida joylashgan. SHu tufayli havoda atmosfera bosimi nisbatan past, kislorod va quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurga boyligi aynan yuqori nafas yo'llari va asab tizimi kasalliklariga bog'liq bo'lgan bemorlar uchun juda foydali bo'lganligi sababli yuqoridagi qayd qilingan bemorlarni davolashga moslashgan. Sihatgoh tog' yonbag'rida joylashgan 7 qavatli zamonaviy binodan iborat. Binoning 1,2 -qavatlarida davolash bo'limi, oshxona, qabulxona, ma'muriyat joylashgan.Davolash bo'limi zamonaviy diagnostika davolash apparatlari bilan jihozlangan va ularda 40 nafar malakali hamshiralar 15 nafar oliy toifali shifokorlar faoliyat ko'rsatadi. Laborator-tashhis xonasi UZI, EKG, stomatologiya, ginekologiya kabinetlari ishlab turibdi.

Aholi salomatligini yaxshilashda eko-o'rmonchilikni rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini»Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida»Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, shahar va tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash,»Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish" maqsadi belgilangan.

Ko'kalamzorlashtirilgan hududlarni, ayniqsa, shahar va avtomobil yo'llari chetida yashil hududlarni kengaytirish zararli moddalar miqdorini kamaytiradi. Borliqning yashillikka burkanishi aholi salomatligini saqlashning muhim omilidir. Yana bir masala yashil hududlarning kengayishi issiqxona gazlarini qisqartirishga ham xizmat qiladi. Shu bois Respublikamizning barcha viloyatlarida turli xil daraxt ko'chatlari ekilmoqda va tez o'suvchi, manzarali, ekologik toza taraxt navlari ham ko'patirilmoqda.

Shulardan biri dunyoda eng tez o'suvchi «Pavlovniya» daraxti haqida eshitgan inson borki, o'simlikning noyob xususiyatlari, qanday sharoitda bo'y cho'zishiga qiziqishi ortmay qolmaydi. Bugungi kunda ko'pchilik uchun yangilik bo'lgan «Pavlovniya»dan yurtimizda dekorativ daraxt sifatida

ko'chalar, dam olish maskanlari, xiyobonlar landshaft dizaynida avvaldan foydalaniladi.

Shu bilan birga «Pavlovniya»ning ekologik xususiyatlari quyidagilardan iborat:«Pavlovniya» daraxtzorlari yaxshi soya beradi. «Pavlovniya» daraxtining soyasida harorat 150S.dan 300S.gacha pasayishi kuzatilgan. Bu esa yilning issiq kunlarida aholi salomatligiga ijobiy ta'siri seziladi. «Pavlovniya»ning yana bir nomi»Kislorod" daraxti deb ham ataladi. Sababi, 1 dona «Pavlovniya» daraxti bir kunda 22 kub metr karbonat angidrid gazini yutib, 6 kub metr kislorod ishlab chiqara oladi. Ya'ni oddiy daraxtlarga nisbatan 4-6 barobar ko'p kislorod chiqara oladi. Bundan tashqari karbonat angidrid, chang va shovqinni 4 barobar ko'proq ushlaydi.

«Pavlovniya» daraxti tuproqni mustahkamlaydi. Ayniqsa qiya, bo'shoq jinslardan tashkil topgan tuproqli erlarga ekilsa, tomiri chuqurga va yon tomonga o'sib tuproqni mustahkamlaydi. Shuningdek, «Pavlovniya» bepusht tuproqlarda ham o'saveradi.

Tanasi chinor, bo'yi terakka qiyoslanadigan bu daraxtning har bir qismi biror sohada foyda keltiradi. U gullaganda asalarilar oilasi uchun yaxshigina asal manbai bo'lib, xushbo'y hidi bilan 1,5 oy dillarni xushnud etadi. Gulidan kosmetika sanoatida keng foydalanilib, iforidan atir olinadi. Aprel-may oylariga to'g'ri keladigan gullash mavsumida 1 ta asalari oilasi 10-15 kilogramm asal yig'adi. Gullash mavsumida o'zidan po'panak chiqarib, atrofni bulg'amaydi. Pavlovniya tez va chiroyli o'sishi bilan birgalikda ko'p va uzoq muddat gullab turadi va natijada ko'p miqdorda nektar beradi. Ob-havo sharoitiga qarab, Pavlovniya plantatsiyalarining 1 gektaridan 500 kilogrammdan - 1000 kilogrammgacha asal olish mumkin. Pavlovniya daraxtiga hashorat tushmaydi va kimyoviy dorilar ishlatilmaydi. Shu sabab uning asali ekologik toza asal hisoblanadi. Pavlovniya daraxtidan olingan asal engil, shaffof, yorqin rangda va xushbo'y hidli bo'ladi. Bu asalni rangi va sifati bo'yicha akatsiyadan olingan asalga taqqoslash mumkin.

Pavlovniyadan olingan asal shifobaxsh bo'lib, bronxit, o'pka va nafas yo'llari kasalliklariga davo hisoblanadi. Shuningdek, o't-pufak va jigar ish foaliyatini, ovqat hazm qilishni yaxshilash xususiyatiga ega. Yana bir jihati, «Pavlovniya» gullari boshqa daraxtlarniki singari allergiya qo'zg'a tish xususiyatiga ega emas.

«Pavlovniya» daraxti Osiyoda dori sifatida ishlatiladi. Ming yillar davomida an'anaviy Xitoy tabobatida va Yapon tibbiyotida turli xil kasalliklarni davolash uchun ishlatilgan. Barglarida terining tabiiy tiklanishi uchun juda foydali bo'lgan ursolik kislota mavjud. «Pavlovniya» yog'ochida pavlovnin va D-sesemin, qobig'ida siringin katalpinozid mavjud. Gullari tarkibida yog'lar, alkaloidlar, flavononlar, shuningdek, antioksidant xususiyatlarga ega flavonoidlar mavjud. Gullaridan teri kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Barglarning damlamasi saraton kasalligini davolash uchun ishlatiladi va shu bilan birga soch o'sishiga yordam beradi. Barglaridan odamning ko'kargan

joylarini davolashda muvaffaqiyatli ishlatilishi mumkin. Bargi va guli choyi qon bosimini pasaytiradi, isitmani tushirishda, jinsiy kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

5-jadval.

2022 yilda Sirdaryo viloyatida ekilgan «Pavlovniya» ko'chatlari maydoni

Tuman va shahar Mahalla soni Maydoni (ga.)

Sardoba Dustlik SIU xududidagi "Yangiobod Eksport" MChJ dala maydoni 8500 7,5

Qolgansir o'rmon ov xo'jaligi 3800 3,5

Sirdaryo Kamolot MFY 12000 11

Boyovut Iftixor MFY 2000 0,7

Guliston Do'stlik SIU 10000 20

Boyovut SIU 3500 5

Xosilobod SIU 7000 8

A.Navoiy MFY 3000 1,5

Sayxunobod Ittifoq MFY 20 0,05

Paxtaobod MFY 18 0,05

Guliston MFY 20 0,05

Nurobod MFY 22 0,05

Gulbuloq MFY 23 0,05

Guliston shahar Yangi hayot MFY 4100 4

Do'stlik MFY 2400 3,1

Shirin shahar M.Ulug'bek MFY 1450 1,5

Jadval Sirdaryo viloyati O'rmon xo'jaligi boshqarmasic an olingan

ma'lumot asosida tuzilgan

Sirdaryo viloyati o'rmon xo'jaligi boshqarmasidan 2022 yil olingan ma'lumotiga ko'ra «Pavlovniya» daraxt ko'chatlari Sirdaryo viloyatining Sirdaryo, Sayxunobod, Sardoba va Guliston tumanlarida hamda Guliston va Shirin shaharlarida ekilgan. Bu borada Guliston tumanida «Pavlovniya» daraxtzorlari 34,5 gektarni tashkil etmoqda (5-jadval).»Pavlovniya" daraxtlari Sirdaryo viloyati yer maydonini atiga 0,07 % ni tashkil etadi. Bu albatta kam, kelajakda o'rmon xo'jaliklarini tashkil etish dolzarbligicha qolmoqda. Qolaversa, Sirdaryo viloyati Respublikamizda o'rmonlar yer maydonlari eng oxirigi o'rinda, atiga 2000 gektarni tashkil etadi.

Bu borada Jizzax viloyatida ham ijobiy ishlar olib borilmoqda. Jizzax viloyati Respublikamizda archazor o'rmonlari, bodomzorlar, yong'oqzorlar, kamyob shifobaxsh o'simliklari bilan alohida ajralib turadi. SHunga qaramasdan 2022 yilda Jizzax viloyatida ekologik toza»kislorod" daraxtini 127 gektar yer maydoniga ekildi. Bunda ayniqsa, Zarbdor, Paxtakor, YAngiobod tumanlarida 30 gektardan oshiq yer maydonlariga»Pavlovniya" ko'chatlari ekilgan. Vaholanki, bu tumanlarning tabiiy sharoiti birmuncha noqulay, tuproqlarining sho'rligi birmuncha yuqori, yer osti suvlari er betiga yaqin va zaxkash yer maydonlari bilan ajralib turadi.»Pavlovniya" daraxtlari Jizzax viloyati yer maydonini atiga 0,59 % ni tashkil etadi.

Xulosa o'rnida Jizzax va Sirdaryo viloyatidagi kasalliklarni paydo bo'lishiga ta'sir etuvchi tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar tahlil qilish orqali, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida aholi salomatligini yaxshilash, tibbiy sanitarik holat, kasalliklarni yuzaga keltiruvchi tibbiy geografik, nozoekologik omillarni tahlil qilish va ular keltirib chiqaruvchi kasalliklarni kamaytirish chora tadbirlarini kengaytirish zaruriyati tug'iladi.

Adabiyotlar:

[1] Н.Н.Пилипцевич, И.Н.Мороз, Л.П.Плахотя. Общественное здоровье и методы его изучения. Минск Бгму 2008

[2] Н.М. Римашевская, Л.А. Мигранова, Е.В. Молчанова факторы влияюшие на состояние здоровья населения россия. НАРОДОНАСЕЛЕНИЕ №1 - 2011

[3] Komilova N.K Tbiiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. Monografiya-T»Sharq" 2016.

[4] Жиззах вилояти статистика бошкармаси маълумотлари. Жиззах-2021йил.

[5] Сирдарё вилояти статистика бошкармаси маълумотлари. Сирдарё-2021йил.

[6] Узбекистан Республикаси давлат статистика кумитаси. Тошкент-2021йил.

[7] Nilufar K Komilova, Nilufar N Ermatova, Tura Rakhimova, Lolakhon K Karshibaeva, Mukhtor O Hamroyev. Urboekological Situation and Regional Analysis of Population Health In Uzbekistan. International Journal of Agricultural Extension. 2021/8/18

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.