Научная статья на тему 'SUISID VA UNGA TA’SIR ETUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR'

SUISID VA UNGA TA’SIR ETUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
649
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SUISID / AHOLI O'LIMI / MEHNAT YOSHIDAGI ERKAKLAR O'LIMI / SABABLARGA KO'RA O'LIM KO'RSATKICHI / TRANSPORT TUGUNI / XAVFLI O'SMA KASALLIKLARI / SANOAT SHAHARLAR

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Komilova N.Q., Muxammedova N.J., Xoliqova M.O., Ibragimova Z.S.

Suisid - o`z joniga qasd qilish hodisasi bo`lib, o`lim holatida hisobga olinadigan statistik ko`rsatkich hisoblanadi. Aholi o`limining kichik qismini o`z ichiga olsa-da, unga tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar o`z ta`sirini o`tkazadi. Bu esa geografik xususiyatlarni hamda tafovutlarni hosil qiladi. Maqolada suisid, ya’ni o’z-o’zini o’ldirish hodisasining geografik jihatlari atroflicha tahlil etilib, unga ta’sir etuvchi omillar keng yoritilgan. Shuningdek, suisidning mavsumiy xususiyatlari sotsial-demografik tahlil qilingan. Ushbu jarayonning o`rganilish tarixi, mutaxassislar fikrlari bayon etilgan. Shu bilan birga suisidning nazariy masalalari va uning hududiy xususiyatlari ochib berilgan. Suisidning jahondagi holati geografik tahlil qilingan. Jahon mamlakatlarida o`z joniga qasd qilish holati statistik ma`lumotlar asosida yoritilgan. Shu bilan birga respublikamizda o`z joniga qasd qilish sababli o`lim holati unga ta`sir etuvchi geografik omillar natijasida o`rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SUICIDE AND ITS GEOGRAPHICAL FACTORS

The article examines geographical aspects of suicides, the factors influencing it, as well as the seasonal and socio-demographic characteristics of suicide. At the same time, the theoretical tables of suicide and its regional features are described.

Текст научной работы на тему «SUISID VA UNGA TA’SIR ETUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR»

Komilova N.Q., PhD.

O'zMU Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi professor, g.f.d.

Muxammedova N.J. NavDPI Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o'qituvchisi

Xoliqova M. O. NavDPI Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o'qituvchisi

Ibragimova Z.S. NavDPI Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o'qituvchisi

SUISID VA UNGA TA'SIR ETUVCHI GEOGRAFIK OMILLAR

Annotatsiya: Suisid - o^z joniga qasd qilish hodisasi bolib, olim holatida hisobga olinadigan statistik ko^rsatkich hisoblanadi. Aholi olimining kichik qismini o^z ichiga olsa-da, unga tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy omillar o^z ta^sirini o^tkazadi. Bu esa geografik xususiyatlarni hamda tafovutlarni hosil qiladi. Maqolada suisid, ya'ni o'z-o'zini o'ldirish hodisasining geografik jihatlari atroflicha tahlil etilib, unga ta'sir etuvchi omillar keng yoritilgan. Shuningdek, suisidning mavsumiy xususiyatlari sotsial-demografik tahlil qilingan. Ushbu jarayonning o^rganilish tarixi, mutaxassislar fikrlari bayon etilgan. Shu bilan birga suisidning nazariy masalalari va uning hududiy xususiyatlari ochib berilgan. Suisidning jahondagi holati geografik tahlil qilingan. Jahon mamlakatlarida o^z joniga qasd qilish holati statistik malumotlar asosida yoritilgan. Shu bilan birga respublikamizda o^z joniga qasd qilish sababli olim holati unga ta^sir etuvchi geografik omillar natijasida o^rganilgan.

Tayanch so'zlar: suisid, aholi o'limi, mehnat yoshidagi erkaklar o'limi, sabablarga ko'ra o'lim ko'rsatkichi, transport tuguni, xavfli o'sma kasalliklari, sanoat shaharlar.

Komilova N.Q., g.f.d. faculty of geography and natural resources economic and social geography chair professor National University of Uzbekistan Muhammedova N.J., PhD.

senior lecturer

department of geography and fundamentals of economics

Navoi State Pedagogical Institute

Kholikova M.O. senior lecturer

department of geography and fundamentals of economics

Navoi State Pedagogical Institute Ibragimova Z.S. lecturer

department of geography and fundamentals of economics

Navoi State Pedagogical Institute

SUICIDE AND ITS GEOGRAPHICAL FACTORS

Annotation: The article examines geographical aspects of suicides, the factors influencing it, as well as the seasonal and socio-demographic characteristics of suicide. At the same time, the theoretical tables of suicide and its regional features are described.

Key words: suicide, mortality, causes of mortality, transport node, malignant tumor diseases, industrial cities.

KIRISH. Suisidial o'lim ya'ni aholi o'limi turlari orasida o'z-o'zini o'ldirish hodisasi tibbiyot geografiyasining kam o'rganilgan jabhalaridan biri bo'lib, uning 80 taga yaqin turi mavjud. Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, har yili dunyoda 1 mln.dan ortiq kishi o'z joniga qasd qiladi. Bunday holatlarni keltirib chiqaruvchi vaziyat inson jismining biologik, ruhiy-emotsional jihatlari, qolaversa hududlarning geografik o'rni, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari milliy, sotsial, demografik va ekologik vaziyatlaridan kelib chiqadi. Ushbu boradagi dissertatsion va monografik tadqiqotlarni ko'p deb bo'lmaydi.

O'z joniga qasd qilish rasmiy tilda suitsid (lotincha. sui caedere — o'zini o'ldirmoq) deb ataladi. Mazkur muammo jahon sog'liqni saqlash tarmog'i uchun asosiy global fojia ekani ta'kidlanadi. Har yili 10 sentyabrni Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti o'z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish Xalqaro assotsiatsiyasi (International Association for Suicide Prevention) bilan hamkorlikda "Jahonda o'z joniga qasd qilishlarning oldini olish" kuni (World Suicide Prevention Day) sifatida nishonlaydi. Bu sana 2003 yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Shu kuni jahonda o'z joniga qasd qilishlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar sarhisob qilinadi. Tahlilchilarning so'zlariga qaraganda, hozir zamon shu qadar tez rivojlanib borayaptiki, u yoki bu hollarda kishilar o'z hayotlariga qarshi jinoyat qilishga, ya'ni jonlariga qasd qilishga majbur bo'lmoqda. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, jahonda zo'ravonlik asosida yuz bergan o'limlarning teng yarmini o'z joniga qasd qilish holati tashkil etadi.

Asosiy qism. Tibbiy-geografik tadqiqotlarda o'z joniga qasd qilish holatlari qayerda va qachon, nima uchun aynan shu joyda sodir bo'lganligini

o'rganish bosh masalalaridan hisoblanadi. Aytish joizki, hodisaning ayrim hududiy jihatlari, jumladan, jahon mamlakatlari va mintaqalari alohida olingan davlat va uning viloyatlari hamda shahar va qishloq joylari bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar tibbiyot sohasi vakillari bilan birgalikda geograflar tomonidan ham bajarilgan. Shular bilan birga suisid hodisasini muayyan ma'muriy-hududiy birlik miqyosida, turlicha tabiiy, demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-geografik omillarning ta'siri asosida o'rganilgan kompleks geografik tadqiqotlarni yetarli deb bo'lmaydi.

Suisid hodisasiga ancha mukammal ta'rif fransuz sotsiolog olimi E.Dyurkgeym tomonidan berilgan. Binobarin, uning fikricha, muayyan shaxs tomonidan o'zini kutayotgan vaziyat haqida bila turib, sodir qilingan salbiy hatti-harakatning bevosita yoki bilvosita natijasi bo'lmish har bir o'lim holati o'z joniga qasd qilish hisoblanadi2[1]. Shuningdek, oz joniga qasd qilishlar tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy muhit hamda aholining turmush tarziga ham bog' liq boladi.

Suisid odamlar orasidagi ijtimoiy munosabatlarda inson o'zi yecha olmagan muammolar borligidan, shaxsiy musibat, umidsizlik va tushkunlik bilan bog'liq tashvish mavjudligidan darak beradi. O'z joniga qasd qilishga ko'pincha uzoq davom etadigan kasallik, nogironlik ham sabab bo'lishi mumkin. Sotsial geografik tadqiqotlar suisid bilan bog'liq aholi o'limining hududiy xususiyatlarini o'rganish bilan birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir bo'lishini, o'lgan shaxslarning sotsial-demografik tarkibi, hamda o'limning sabablarini ham tadqiq etadi. Suisid bilan bog'liq vaziyatning vujudga kelishida hududlar aholisining milliy tarkibi katta rol o'ynaydi[2].

S.Melindaning "Tibbiyot geografiyasi" asarida ko'plab aholi kasalliklari va o'limi mavsumiy o'rganilganda qish uchun pnevmaniya, bronxit, gripp va qon aylanish kasalliklari xos bo'lsa, yoz mavsumida zaharlanish, zo'ravonlik va baxtsiz hodisalar o'limga sabab bo'lishi yoritilgan[3]. Mazkur asarda aholi o'lim holatiga mavsumlar ham o'z ta'sirini o'tkazishi ta'kidlangan. Shu o'rinda ta'kidlash zarurki, aholi o'limi mavsumiy xarakterga ega ekanligi bilan bir qatorda, bu hol barcha kasalliklar uchun ham birdek xos emas. Ayniqa, mavsumiy iqlimiy o'zgarishlar yurak, qon-tomir (gipertoniya, yurak ishemik kasalliklari, bosh miyada qon aylanishi buzilishlari tufayli kelib chiquvchi kasalliklar jumladan, bosh miya sklerozi, insult, miya infarkti va b), nafas olish tizimi kasalliklari (bronxial astma, bronxit, yuqori nafas yo'llari xastaliklari va b.), ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari (ichak infeksiyalari, gastrit, kolit, pankreatit, gepatit singari kasalliklar bilan kasallanish ko'rsatkichlari ham mavsumiy holatda o'zgaradi), shuningdek ruhiy buzilishlar bilan bog'liq kasalliklar va ular bilan bog'liq o'lim holatlari ham nozoqilimiy omillarga

2 Emil Dyurkgeym tomonidan 1897 yilda nashr etilgan "Suiqasd" nomli asar suitsidga oid ilmiy adabiyotlarning klassik namunasi sanaladi. Ushbu asarda olim mavjud statistik ma'lumotlarga tayanib suiqasd nafaqat psixologik muammo, balki ijtimoiy ildizga ega holat ekanligini ta'kidlab o'tgan.

bog'liq ravishda o'z salmog'i bilan turli mavsumlarda turlicha ko'rinish kasb etadi. Ayniqsa, shizofreneya, tutqanoq, epilepsiya singari kasalliklar shular jumlasidandir. Bunday kasalliklar orasida respublikamizda yil sayin ortib borayotgan kasalliklardan biri o'z joniga qasd qilish (suisid) bilan bog'liq o'lim holatlari bo'lib, bu hol nafaqat shifokorlar va ruxshunoslar, qolaversa keng jamoatchilik, sotsiologlar va tibbiyot geografiyasi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar orasida ham eng muhim muammolardan biri sanaladi. O'z joniga qasd qilish ayni tabiat gullab yashnagan davrda ya'ni bahorda ko'proq qayd etiladi. Psixologlar qalbdagi tushkun kayfiyat va tabiatning turfa ranglari o'rtasidagi tafovut, keskin farq bunga sabab bo'lishi mumkin deb ko'rsatadilar. Amerikalik olim Tomas Elliot eng shafqatsiz oy deb aprelni ko'rsatadi. Suisidning eng ko'p miqdori aynan aprel oyiga to'g'ri kelishi qayd etilgan.

Suisid holatini o'rganishda hulq-atvor geografiyasi borasidagi tadqiqotlar ham muhim ma'lumotlar beradi. Bunda makon bilan bog'liq ramziy jihatlarga alohida e'tibor qaratiladi: joyning (muhit) muhim ramziy belgilari sifatida: qorli, yomg'irli, shamolli, tumanli, shovqinli va boshqa jihatlari muhim o'rin egallaydi; joy tavsifi mohiyatiga ko'ra (kvintessensiyasi): muqaddas joylar, modalar markazlari, musiqa madaniyati markazlari, qimorbozlik markazlari va h.k.

Inson hulq-atvori, urf-odatlari, yurish-turishi va ruhiy kechinmalari ham hududiy tafovutlarga ega. Chunki, hududlar o'z iqlimi, relefi, suv va tuprog'i, iqtisodiy-ijtimoiy jihatlari bilan o'zaro farqlanadi. Ularning barchasi kishilar hulq-atvorining hududiy tomonlarini va uning geografik xususiyatlarini izohlab beradi1.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, "Dunyoda har yili 800 mingdan ortiq kishi o'z joniga qasd qiladi. Ya'ni har 40 daqiqada bir kishi o'z joniga qasd qiladi. Har yili 100 mingdan o'rtacha 11 kishi o'z joniga qasd qilishga qaror qiladi. O'z joniga qasd qilish, dunyoda 15 dan 29 yoshgacha bo'lgan o'limning ikkinchi sababidir. Bunday holatlarning 78% o'rta va past daromadli mamlakatlarda kuzatiladi".

Shu sababli ham o'z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish Xalqaro assotsiatsiyasi Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda Jahon o'z joniga qasd qilishlarning oldini olish kunini o'tkazar ekan, dunyo hukumatlari va jamoatchilikka murojaat qilib, insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida mas'uliyatni his qilishga chaqirmoqda.

Yana shuni eslatish joizki, dunyo mamlakatlari qonunlarida bugungi kunda bir qator mamlakatlarda o'z joniga qasd qilishga uringan shaxslar jazoga tortiladi. Masalan, Hindistonda o'zini o'ldirishga uringan shaxs bir yil

1 "Aqliy kasallik"lar bilan bog'liq tadqiqotlarlar Chikago va Rod-Aylend shaharlari misolida Faris va Dunxem singari olimlar ishlarida o'z aksini topgan. Aholi orasida yuqori qavatli binolarda yashovchilarda "stress" holatlarining yuqoriligini amerikalik arxitektor Nyuman 1972 yilda asoslab berdi. Aholi orasida yuqori qavatli binolarda yashovchilarda "jinoyatchilik" darajasining yuqoriligini amerikalik Bottoms va Bolduin 1976 yilda asoslab berdi. Shahar muhiti va iste'molchilar hulq-atvori*dagi o'ziga xosliklar borasida 1958 yilda amerikalik olim Nelson tadqiqotlar olib borgan.

ozodlikdan mahrum qilinadi yoki jarimaga tortiladi. Singapurda ham o'zini o'ldirishga uringan shaxslar bir yil qamoqda o'tirishga majbur.

O'zbekistonda erkaklar orasida odatda ayollarga nisbatan o'z joniga qasd qilish holatlari ko'p uchraydi. Jumladan, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qasd qilish holatlarining 69 foizi erkaklar hissasiga to'g'ri keladi. Shuningdek, Buxoro, Qashqadaryo, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayollarning o'z joniga qasd qilish holatlari birmuncha ko'proq.

Tahlilchilarning so'zlariga qaraganda, asosan 15 yoshdan 29 yoshgacha bo'lgan shaxslar o'z joniga qasd qilar ekan. Shuningdek, 70 dan oshgan qariyalar ham bu dunyodan o'z jonlariga qasd qilgan holda ketishga moyil bo'lishar ekan. Erkaklar ayollarga nisbatan uch barobar ko'p o'z joniga qasd qilishadi. Har to'rtdan bitta o'z joniga qasd qilish holati qashshoq va rivojlanish yo'liga o'tgan mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi. So'nggi 45 yilda o'z joniga qasd qiluvchilar soni jahonda 60%ga oshgani aytiladi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bir yilda suitsidlar soni bir millionga yaqinlashib qolayotganidan xavotirga tushmoqda. Agar vaziyat shu tariqa davom etadigan bo'lsa, 2020 yilga borib o'z joniga qasd qiluvchilar soni bir yarim barobar oshar ekan. Shu sababli ham o'z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish Xalqaro assotsiatsiyasi Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti bilan hamkorlikda Jahon o'z joniga qasd qilishlarning oldini olish kunini o'tkazar ekan, dunyo hukumatlari va jamoatchilikka murojaat qilib, insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida mas'uliyatni his qilishga chaqirmoqda. Jahon Sog' liqni saqlash tashkiloti nafaqat o'z joniga qasd qilish holatlarini to'xtatishga, balki hayotdan to'yib ketgan kishilarni davolashga e'tibor qaratish lozimligini aytib keladi. Tahlilchilar Yevropa va Shimoliy Amerikadagi vaziyatni o'rganib chiqqanlaridan so ng, mazkur mintaqa mamlakatlarida ruhan tushkunlikka tushgan va spirtli ichimliklar ichish natijasida odamlar o'z jonlariga qasd qilishlarini aniqladilar. Mutaxassislar jahon mamlakatlarida o'z joniga qasd qilish holatlarini bartaraf etish maqsadida yetarlicha targ' ibot - tashviqot ishlari olib borilmayotgani aytib, nolishadi. O'smirlar asosan qashshoqlik, oila a'zolari yoki tengdoshlarining salbiy munosabati, rad etilgan sevgi, o'qishdagi o'zlashtirishning pasayishi, bedavo kasallik, bolalikdagi zo'ravonliklar asorati, giyohvand va alkogol mahsulotlar iste'moli oqibatida o'z jonlariga qasd qiladi. AQShda o'z joniga qasd qiluvchilar o'q otar qurollardan (52,1 foiz), o'zlarini osish va bo'g'ish (22,2 foiz), zaharlanish (17,6 foiz) va boshqa metodlar (8,1foiz)dan foydalanishadi3.

Tahlilchilar Sharqiy Yevropa mamlakatlari suitsid bo'yicha birinchi o'rinda ekanini aytishadi. Yaponiyada har yili 30 ming kishi o'z joniga qasd qiladi. O'z joniga qasd qiluvchilar Lotin Amerikasi va musulmon davlatlarida juda ham ozchilikni tashkil qiladi. So'nggi vaqtlarda Rossiyada o'z joniga qasd qiluvchilar soni yoshlar orasida ko'plab uchramoqda.

3https ://ourworldindata. org/suicide

1-Jadval

Jahon aholisining 2019 yilda o^z joniga qasd qilish sababli olim holati

Olim Suisid sababli

№ Jahon mintaqalari Aholi soni koeffisiyenti o'lganlar soni

(mln.kishi) (1000 kishiga (100000 aholiga

nisbatan) nisbatan)

1 Dunyo 7691,0 7,0 9,9

2 Afrika 1305,0 8,0 6,7

3 Amerika 1011,0 7,0 9,4

4 Osiyo 4587,0 7,0 9,9

5 Yevropa 745,0 11,0 17,0

6 Avstraliya va Okeaniya 42,0 7,0 6,9

7 Ozbekiston 33,5 5,0 0,05

Jadval http://demoscope.ru va https://ourworldindata.org/suicide ma' lumotlari asosida tuzilgan.

Ushbu jadval malumotlariga kora dunyoda suisid boyicha olim holati dunyoda 9,9 ni tashkil etib, Yevropa 17,0 ni Osiyo 9,9 ni hamda Amerikada 9,4 ni yani eng yuqori korsatkichlarni kuzatiladi. Afrika hamda Avstraliyada 6,7 va 6,9 ko rsatkichga ega. Yuqorida ta kidlanganidek, ushbu holatga ko plab tasir etuvchi omillar mavjud bolib, ular asosan tabiiy (iqlim holatlari, quyoshli kunlarning kamligi) va ijtimoiy (giyohvandlik, alkogolizmga ruju, zoravonlik va hokazo) muhitda shakllanib avj oladi. Shuning uchun ham eng yuqori korsatkich yevropada kuzatiladi.

Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda oz joniga qasd qilishga uringan shaxslar jazoga tortiladi. Masalan, Hindistonda ozini o'ldirishga uringan shaxs bir yil ozodlikdan mahrum qilinadi yoki jarimaga tortiladi. Singapurda ham ozini oldirishga uringan shaxslar bir yil qamoqda otirishga majbur.

Qonunchiligimizda 2018 yil 16 mart kuni Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev «Psixiatriya yordami ko rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarorni imzoladi. Unga ko'ra, 2018 yil 1 maydan boshlab xususiy tibbiyot tashkilotlariga ruhiy holat buzilishini va xulq-atvor buzilishini tashxis qilish va davolash boyicha aholiga ayrim xizmatlar ko rsatishga ruxsat etiladi. 2018 yil 1 oktyabrdan boshlab dispanser kuzatuvi ostidagi shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar, ularning psixiatriya muassasalarida qancha muddat bolganliklari, berilgan dori vositalari, ko rsatilgan ijtimoiy xizmatlar va taqdim qilingan imtiyozlardan iborat bo'lgan, shuningdek, bu sohadagi ishlarning holati to'g'risida tezkor axborot olish imkonini beruvchi ushbu shaxslarning yagona elektron reestri yuritilishi amaliyotga joriy etildi.

2018 yil dastlabki tort oyi mobaynida Ozbekistonda osmirlar orasida 153 ta holat qayd etilgan. "Oila" ilmiy tadqiqotlar markazi ma'lumotlariga kora 1990-2016 yillarda o'smirlar orasida o'z joniga qasd qilishlar soni ikki barobarga oshdi va 400 kishiga etdi.

O'z joniga qasd qilganlar orasida ayollarga qaraganda erkaklar ko'pchilikni tashkil etadi. Jahonning ba'zi mintaqalarida, jumladan, janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida o'z joniga qasd qilish 15-19 yoshda bo'lganlar orasidagi o'limga sabab bo'luvchi asosiy omilga aylangan. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti bir yilda suitsidlar soni bir millionga yaqinlashib qolayotganidan xavotirga tushmoqda. Agar vaziyat shu tariqa davom etadigan bo'lsa, 2020 yilga borib o'z joniga qasd qiluvchilar soni bir yarim barobar oshishi prognozlarda qayd etilgan.

Statistik ma'lumotlarga ko'ra O'zbekistonda o'z joniga qasd qilish sabab o'lim holati dinamikasida o'tgan yillarga nisbatan barcha hududlarda kamayish kuzatilgan. Jumladan, 1998 yilda ushbu kasallik ko'rsatkichlari bo'yicha Namangan (9,90), Qashqadaryo (9,10) viloyatlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi (8,36) va Toshkent shahri (8,28) eng yuqori holatlar bilan ajralib turgan bo'lsa, bu holat 2010 va 2020 yillarda yanada pasayib borgan. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, 2016 yilda Samarqand (2,32), va Toshkent (2,76) viloyatlari hamda Toshkent shahri (2,59) da birmuncha yuqori ko'rsatkichlar kuzatiladi. Ushbu yillar davomidagi o'zgarishlar indeksi o'rganilganda shu holat ko'zga tashlandiki, respublikaning deyarli barcha viloyat va shaharlarida yuqoridagi sabab bilan bog'liq o'lim ko'rsatkilari pasayib borgan. Umuman olganda, o'z joniga qasd qilish bilan bog'liq o'lim ko'rsatkichlari so'nggi yigirma yil mobaynida kamayib borgan. Biroq, aholi orasida ushbu kasallik turlarining avj olishi aynan, bahor va kuz mavsumlariga to'g'ri kelishi tadqiqotlar davomida aniqlandi. O'z joniga qasd qilish holati nafaqat hud udiy xususiyat bilan balki, iqlim omillari bilan ham aloqadorlikda vujudga keladi. Aynan efirga boy daraxtlarning gullashi yoki bargini to'kishi davrida ruhiy holatlarga xos kasalliklarning avj olishi natijasida o'z joniga qasd qilish holatlari ortadi. Sabablarga ko'ra o'lim holatlari orasida baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar bilan bog'liq o'lim ko'rsatkichlari ham muhim o'rin egallaydi. O'zbekistonda bunday o'lim jami o'lim holatining qariyb 6,6 foizini tashkil qiladi.

2-Jadval

O'zbekistonda o'z joniga qasd qilish sababiga ko'ra o'lim holatlarining _tadrijiy ozgarishlari_

Hududlar 100 000 aholiga nisbatan O'zgarish-lar indeksi

1998 yil 2010 yil 2018 yil

Ozbekiston Respublikasi 5,84 1,76 1,58 0,27

Qoraqalpogiston Respublikasi 8,36 1,53 1,79 0,21

Andijon 1,37 1,49 0,65 0,47

Buxoro 3,48 1,98 1,82 0,53

Jizzax 7,10 0,36 0,94 0,13

Qashqadaryo 9,10 0,31 0,56 0,06

Navoiy 1,43 1,29 1,72 1,20

Namangan 9,90 1,24 1,50 0,15

Samarqand 6,07 1,15 2,32 0,38

Surxondaryo 5,52 1,06 1,08 0,19

Sirdaryo 6,69 4,90 0,51 0,08

Toshkent 6,38 2,75 2,76 0,43

Farg' ona 2,75 2,21 1,71 0,63

Xorazm 4,15 2,50 1,09 0,27

Toshkent shahri 8,28 3,36 2,59 0,31

Jadval O^zbekiston Respublikasi Statistika qo^mitasi ma^lumotlari asosida tuzilgan.

O'zbekistonda besh yoshdan oshgan bolalarning o'limiga asosan baxtsiz hodisalar sabab bo'ladi, ularning uchdan ikki qismini yo'l transportlardagi falokatlar tashkil qiladi. Ushbu halokatlarning ham aksariyat qismi ko'pincha yilning iqlimiy noqulaylik davrlariga to'g'ri keladi. O'smirlik yoshi bolalikdan katta yoshdagi holatga o'tishning qiyin va xavfli davri hisoblanadi. Bu davrda har ikkala jins vakillari orasida ham (ayniqsa, o'g'il bolalarda baxtsiz hodisalar va o'z joniga qasd qilish natijasidagi) o'lim hollari ko'p uchraydi. Xuddi shunday ayollarga nisbatan erkaklarda4 ham mazkur ko'rsatkichlarning yuqoriligi kuzatiladi. Psixologik nuqtai nazardan o'z joniga qasd qilish erkaklar orasida (6-24 yosh) ko'proq uchraydi. Bir marta o'zini o'ldirishga uringan kishi yana qaytadan bu borada urinishlar qilishi bilan xavfli. Shuning uchun ruhiy depressiya va streslar vaqtida ularga asosiy e'tibor qaratish maqsadga muvofiq. Statistik ma'lumotlarga ko'ra bunday o'lim ko'rsatkichlari ham ko'pincha kech

4 Nafaqat O'zbekistonda balki, jahonning rivojlangan mamlakatlariga ham aynan shunga o'xshash ma'lumotlarni guvohi bo'lish mumkin. Jumladan, Kanadada o'z joniga qasd qilish erkaklar o'limi sabablari orasida 7-o'rinni egallaydi va bunday o'lim hatto, yo'l transporti hodisalari bilan bog'liq o'limdan ham yuqoriroq ko'rsatkichlarga ega. AQSHda aholi o'limining eng asosiy sabablaridan biri diabet bilan bog'liq o'limdir. Biroq mazkur mamlakatda ham o'z joniga qasd bilan bog'liq o'lim holatlari hatto ushbu kasallik guruhidan ham yuqori salmoqqa ega( Michael Emch, Elisabeth Dowling Root, Margaret Carrel. Health and Medical Geography. NY., P-517.)

kuz va erta bahor mavsumida ko'proq kuzatilishi ma'lumotlarda keltirib o'tilgan.

So'ngi o'n yil ichida yoshlar o'rtasida qasd qilish uch barobar ko'paygan. Yiliga 15-19 yoshgacha bo'lgan har o'n ikkinchi o'spirin o'z joniga qasd qilishga urinmoqda. Bolalar va o'spirinlarda o'z joniga qasd qilish holatlari kattalarnikidan farq qiladi. O'spirinlar o'rtasidagi o'lim sabablarining 90 foizi, bu yordamga muhtojlik "hayqirig'i" bo'lsa, faqat 10 foizi ixtiyoriy joniga qasd qilish holatidir.

Joniga qasd qilish - o lish maqsadida atayin o'ziga ziyon etkazishdir. Hozirgi kungacha 15-44 yoshlilar orasida "suitsid" o'z joniga qasd qilishning uch xil sabablari aniqlangan. Bunday ishga qo'l urayotganlar odatda ruhan kuchli azoblanayotgan va stress holatida bo'lib, o'z muammolarini mustaqil yecha olmaydilar. O'z joniga qasd qilish, ko'plab ruhshunoslarning ta'kidlashicha, atrofdagilarning tushunmasligi, yolg'izlik, mehr-muhabbatning yetishmasligi kabi sabablarga borib taqaladi.

So'nggi so'z o'rnida ta'kidlash kerakki, jahon dinlarining barchasida o'z joniga qasd qiluvchilar qattiq qoralanadi va gunoh sifatida ko'riladi. Ayrim xalqlarda o'z joniga qasd qiluvchilar qabristondan tashqariga ko'miladi. Islom dinida esa o'z joniga qasd qilganlarga janoza o'qilmaydi.

Adabiyotlar:

1. Дюркгейм Э. Самоубийство: Социологичeский этюд / nep. с фр.; под peд. В.А. Базарова. М.: Мысль, 1994. 300 с.

2. Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari. Monografiya. - Toshkent, "SHARQ", 2016. 277 b.

3. Melinda S. Meade and Michael Emch. Medical Geography, New York. Third Edition, 2010

4. www.carjis.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.