Научная статья на тему 'JAHONDA TUG`ILGANDA KUTILAYOTGAN UMR DAVOMIYLIGI MASALALARINING HUDUDIY TAFAVUTLARI'

JAHONDA TUG`ILGANDA KUTILAYOTGAN UMR DAVOMIYLIGI MASALALARINING HUDUDIY TAFAVUTLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
93
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
UMR DAVOMIYLIGI / GEOGRAFIK OMILLAR / IJTIMOIY OMILLAR / IQTISODIY OMILLAR / AHOLI

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Muxammedova N.J., Norquvvatova U.I., Umarova O.A.

Maqolada jahon mamlakatlarida kutilayotgan umr davomiyligi holati statistik tahlil qilingan. Unga ko`ra eng yuqori va eng past umr davomiyligi kuzatilgan hududlar o`rganilgan. Shu bilan birga umr davomiyligi yuqori va past ko`rsatkichlari geografik omillarning ta`siri aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERRITORIAL DIFFERENCES IN LIFE EXPECTATIONS AT THE BIRTH OF THE WORLD

The article provides a statistical analysis of life expectancy in the world. According to him, the regions with the highest and lowest life expectancy were studied. At the same time, the influence of geographical factors on high and low life expectancy was identified.

Текст научной работы на тему «JAHONDA TUG`ILGANDA KUTILAYOTGAN UMR DAVOMIYLIGI MASALALARINING HUDUDIY TAFAVUTLARI»

Muxammedova N.J. Navoiy davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi katta o^qituvchisi, PhD Norquvvatova U.I. Navoiy davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o^qituvchisi Umarova O.A.

Navoiy davlat pedagogika instituti magistri

JAHONDA TUGILGANDA KUTILAYOTGAN UMR DAVOMIYLIGI MASALALARINING HUDUDIY TAFAVUTLARI

Annotatsiya: Maqolada jahon mamlakatlarida kutilayotgan umr davomiyligi holati statistik tahlil qilingan. Unga ko^ra eng yuqori va eng past umr davomiyligi kuzatilgan hududlar o^rganilgan. Shu bilan birga umr davomiyligi yuqori va past ko^rsatkichlari geografik omillarning ta^siri aniqlangan.

Kalit so^zlar: umr davomiyligi, geografik omillar, ijtimoiy omillar, iqtisodiy omillar, aholi.

Muxammedova N.J., PhD senior lecturer

department fundamentals of geography and economics

Navoi State Pedagogical Institute Norquvvatova U.I. senior lecturer

department fundamentals of geography and economics

Navoi State Pedagogical Institute

Umarova O.A. master

Navoi State Pedagogical Institute

TERRITORIAL DIFFERENCES IN LIFE EXPECTATIONS AT THE

BIRTH OF THE WORLD

Abstract: The article provides a statistical analysis of life expectancy in the world. According to him, the regions with the highest and lowest life expectancy were studied. At the same time, the influence of geographical factors on high and low life expectancy was identified.

Keywords: life expectancy, geographical factors, social factors, economic factors, population.

Jamiyat taraqqiy etib borar ekan, insonlarning hayot tarzi ham doimiy ravishda o'zgarib boradi. Yer yuzida insonlar tug'iladi, umr ko'radi va hayotdan ko'z yumadi. Bularning barchasi demografik jarayon bo'lib, hammasi ma'lum bir davrni o'z ichiga qamrab oladi. Bu jarayonlarning negizida esa aholi kategoriya sifatida xizmat qiladi.

Aholi - yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qit'a, mamlakat, tuman, shaharda istiqomat qiluvchi odamlar majmui hisoblanadi17. Aholini tadqiq etish bilan asosan demografiya fani shug'ullanadi. Aholi orasida sodir bo'layotgan jarayonlarning barchasi biologik, ijtimoiy-iqtisodiy, geografik omillar natijasidir. Ammo aholi rivojlanishiga ta'sir etuvchi asosiy omil bu- iqtisodiy-ijtimoiy omildir. Ushbu iqtisodiy va ijtimoiy omillar tibbiy xizmat sifati, turmush tarzi, iqlim sharoiti, davlatning ekologik jihatdan qulaylik ko'rsatkichlarida yaqqol namoyon bo'lib, aholi umr davomiyligiga hamda uzoq umr ko'rishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Tug'ilganda kitilayotgan umr davomiyligi muhim demografik ko'rsatkich hisoblanib, ma'lum bir hudud aholisining o'lim darajasini tavsiflaydi. Boshqacha qilib aytganda, insonning tug'ilishdan to o'limigacha bo'lgan o'rtacha umr ko'rishini anglatadi. Umr davomiyligi ehtimollik nazariyasi qonunlariga muvofiq aniqlanadi. Umr davomiyligi - bu organizm yashash davrining davomiyligi bo'lib, u ko'p jihatdan ijtimoiy muhit bilan bog'liq bo'ladi. Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti aholining o'rtacha umr davomiyligini hisoblashda «hayot jadvali»18 natijalaridan foydalanib, ularning natijalarini aniqlaydi. Ushbu jadvalni ilk bor ingliz statisti 1621-yil Jon Graunt tadqiqotlarida hisoblab chiqqan. Bunga ko'ra ma'lum bir davr tanlanib, o'sha davrda tug'ilganlar hamda yoshga ko'ra o'lganlar soni orqali bir nechta demostatistik formulalar asosida ishlab chiqiladi. Mazkur jadval natijasi esa hisoblangan davrdagi umr davomiyligi ko'rsatkichini bildiradi. O'racha umr ko'rish yoshi mamlakatlarda har xil bo'lib ularga sog'liqni saqlash darajasi, atrof-muhit holati, iqtisodiy va ijtimoiy muhit hamda siyosiy vaziyat kabi omillar o'z ta'sirini o'tkazadi.

17 Boriyeva M.R., Tojiyeva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. T.:2011.

18 Hayot jadvali-rus olimlari ushbu statistikani o'lim jadvali (cMepraocr Ta6n^a), ingliz olimlari esa (life tab) ya'ni hayot jadvali deb nomlashgan.

1-jadval

Mintaqalar 2010 yil 2015 yil 2020 yil

jami ayol erkak jami ayol erkak jami ayol erkak

Dunyo 69 71 67 71 73 69 73 75 70

Afrika 55 57 54 60 61 58 64 65 62

Amerika 75 78 72 76 79 74 77 80 74

Osiyo 70 72 68 72 74 70 73 75 71

Yevropa 76 80 72 78 81 74 79 82 75

Avstraliya va Okeaniya 76 78 74 77 80 75 79 81 77

Jadval demoscope.ru. ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Muayyan mintaqada o'rtacha umr ko'rish darajasining o'zgarishiga harbiy to'qnashuvlar, davlat to'ntarishlari va urushlar ta'sir etadi. Yuqoridagi holatlar faqatgina umr davomiyligiga emas, umumiy aholi qisqarishiga hamda iqtisodiy va ijtimoiy muhitning ta'sirida boshqa demografik jarayonlarning o'zgarishiga sabab bo'ladi.

Jadval ma'lumotlariga ko'ra dunyo mintaqalarida umr ko'rish yoshi turlichaligi kuzatiladi. Bu holatni aholining turmush tarzi, iqtisodiy ahvoli hamda salomatlik tarzi bilan baholash o'rinlidir. Ma'lumotlarga ko'ra dunyoning Yevropa hamda Avstraliya va Okeaniya mintaqalarida umr davomiyligi qisman yuqori. Bu holatni hududning iqtisodiy darajasi hamda tabiiy muhitning saqlanib qolganligi bilan baholash o'rinli. Ma'lumki, Afrika mintaqasida aholi umr davomiyligining pastligiga asosan tibbiy xizmatning yaxshi emasligi hamda turmush darajasining pastligi sabab bo'ladi.

2-jadval

O'rtacha umr ko'rish darajasi eng yuqori bo'lgan mamlakatlar monitoring

№ Mamlakat nomi Aholi soni TugMlish Olim Umr davomiyligi,

(mln kishi darajasi darajasi yosh

1 San- Marino 0,03 7 7 85

2 Gonkong 7,5 7 6 85

3 Avstraliya 25,8 13 6 85

4 Makao 0,7 9 3 84

5 Yaponiya 126 7 11 84

6 Lixtenshteyn 0,04 10 7 84

7 Shveysariya 8,6 10 8 84

8 Singapur 5,8 9 5 83

9 Koreya Respublikasi 51,8 6 6 83

10 Normandiya orollari 0,2 9 8 83

11 Islandiya 0,4 12 6 83

12 Norvegiya 5,4 10 8 83

13 Shvetsiya 10,4 11 9 83

14 Fransiya 64,9 11 9 83

15 Italiya 60,3 7 11 83

16 Malta 0,5 9 8 83

17 Ispaniya 47,6 8 9 83

18 Isroil 9,2 20 5 83

19 Quvayt 4,7 14 2 82

20 Finlandiya 5,5 8 10 82

Jadval demoscope.ru. ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

Dunyo aholisi turlichaligi uning demografik jarayonlarining ham har xil bo'lishiga sabab bo'ladi. Aholi joylashuvi tabiiy sharoit, iqtisodiy va ijtimoiy muhit bilan bog'liq bo'lib, ularning tarqalishi demografik hodisa sanaladi. 2021-yil ma'lumotiga ko'ra Xitoy Xalq Respublikasiga dunyo aholisi (7,8 mlrd)ning 18 foizi to'g'ri keladi. Umr davomiyligi esa ushbu hududda 77 yoshni tashkil etadi.

Ushbu jadval ma'lumotiga ko'ra Yevropa hududida joylashgan San -Marino davlati mitti mamlakat bo'lishiga qaramay, aholisi eng uzoq umr ko'ruvchi hudud hisoblanadi.

2016-yilda BMTning Taraqqiyot Dasturi ma'lumotlariga ko'ra, Gonkong umr ko'rish davomiyligi eng yuqori bo'lgan mintaqalardan biriga aylandi. Bu yerda odamlar o'rtacha 85 yil yashaydi. Rasmiy ravishda Gonkong Xitoyning mintaqalaridan biri bo'lishiga qaramay, o'z qonun va an'analariga ega, Xitoydan farq qiladi. Bu yerda sanoat ishlab chiqishning kamligi Xitoyning boshqa provinsiyalariga qaraganda umr davomiyligining yuqori bo'lishiga olib keladi. Gonkongda atrof-muhit kam ifloslangan va aholi iste'moli asosan dengiz mahsulotlaridan iborat. Bu esa tana holatiga ijobiy ta'sir etadi va tozalaydi.

Avstraliya materigi sanoati sust rivojlangan, ayniqsa qishloq xo'jaligiga ixtisoslashgan hudud hisoblanadi. Hududda qariyalarni e'zozlash siyosiy dasturi amal qilishi sababli so'nggi yillarda umr davomiyligi ortib bormoqda.

Makao Xitoy tarkibidagi hudud hisoblanib, tabiiy sharoiti to liq saqlab qolingan joydir. Aholisi asosan yer va dengiz mahsulotlaridan iste'mol qilishi umr davomiyligi uzunligini saqlab qolishiga sabab bo'ladi.

Yaponiyada aholi umr davomiyligi dunyo bo'yicha oldingi o'rinda turadi. Bu holat so'nggi XX asrning 80-yillaridan keyin boshlandi. 1800-yillarda yaponlarning o'rtacha umr davomiyligi 37 yosh bo'lgan. Umr davomiyligi yuqori hisoblangan Yaponiyada turmush tarzini to'g'ri tashkil etish uzoq umr ko'rishga bo'lgan holatni yuqori pog'onaga chiqardi. Bunga to'g'ri ovqatlanish, sog'lom turmush tarzi, yurish va yugurish, itoatkorlik- shifokorning aytganlariga amal qilish, gigiyena qoidalariga rioya qilish, keksalikka hurmat bilan qarash, davlatning iqtisodiy darajasi va tibbiyotga e'tibori kabi omillar ta'sir etadi.

Singapurda qariyalarni qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor beriladi. Chunki ularda ''Har kim o'z mehnatiga yarasha'' degan tamoyilga amal qilinadi. Singapur sayyoramizdagi eng samarali taraqqiyot va ijtimoiy o'sish formulasini ishlab chiqqan mamlakatdir. Shuning uchun bu davlatda o'rtacha

umr davomiyligi 83 yosh bo'lib, bu ko'rsatkich erkaklarda 81 yosh, ayollarda esa 85 yoshni tashkil etadi.

Yevropa hududida joylashgan mitti davlat hisoblangan Lixtenshteynda aholi turmush darajasining yuqoriligi, tibbiyotning rivojlanganligi umr davomiyligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Shvetsiya dunyodagi pensiya tizimi eng ijtimoiy kafolatlangan davlat hisoblanadi. 1992-yilda "Keksalarga yordam ko'rsatish" milliy dasturi qabul qilindi va hozirgi kunda davlatda umr davomiyligi 83 yoshga yetdi. Mamlakatning qariyalarga ijtimoiy komak tizimi, tibbiyoti juda ham oldinda turadi. Keksalarga ovqat tayyorlash, uy-joyni yig ishtirish, kiyim yuvish uchun va boshqa ishlar uchun yordamchilar ajratiladi.

Fransiya dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo'lib, tibbiyot tizimi juda ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Yoshi ulug' va ehtiyojmand qariyalarga komak ko'rsatish uchun "Uy yordamchilari" xizmati joriy etilgan. Bu davlatda pensionerlar qo'mitasi tomonidan 5 ta tamoyil ilgari suriladi: -shaxs qadr-qimmati; -tanlov erkinligi;

-yordamning muvofiqlashtirilishi; -yordamni eng muhtojlarga ko'rsatish; -keksalarning sog'lig'i birinchi bosqichda ekanligi. Italiya ko'pchilikni hayratda qoldiradigan mamlakat bo'lib, bu yer aholisi boshqa yevropaliklarga qaraganda uzoqroq umr ko'radi. Ortacha umr 83 yoshdan oshib, bu odamlar uchun hayot tarziga aylanib ulgurgan. Aholi turmush tarzi birinchi darajali sog'liqni saqlash tizimi bilan birgalikda, barcha odamlarning turmush sharoitini yaxshilashga yordam beradi.

Malta tabiatining go'zalligi, yashash uchun qulay iqlim hamda narx-navoning arzonligi bilan qariganda bir umrga ko'chib keluvchilarni o'ziga jalb etadi. Shuning uchun ham mamlakatda o'rtacha umr davomiyligi 83 yosh bo'lib, 1988-yilda ta'sis etilgan BMTning Keksalik xalqaro instituti ham aynan Maltada joylashgan.

Isroilda alohida pensiya tizimi yo'q, ammo bu davlatda ham keksalarni ijtimoiy himoya qilishga alohida e'tibor beriladi. Mamlakatda umr davomiyligi 83 yosh bo'lib, har bir fuqaroga nafaqaga chiqishidan oldin bir martalik mukofot to'lanadi. 2030-yilga borib, 60 yoshdagilar ulushi 20 foizga yetishi bashorat qilinmoqda. Shuning uchun davlatda ularga maksimal sharoitlar yaratishga harakat qilinyapti. Bu borada Pensionerlar jamiyati, Qarilikka xizmat-qonun uyushmasi va qariyalar uyi faoliyat yuritmoqda.

Finlyandiyada qariyalar salomatligiga alohida e'tibor beriladi. Chunki pensiya yoshidagi fuqarolar oz farzandlari bilan yashashmaydi. Ularga davlat tomonidan maxsus turar-joylar va qariyalar uylari qurilgan. Har bir qariyaga ijtimoiy xodim ajratiladi. Barcha sog'lomlashtirish markazlarida 50 foizlik chegirmalar mavjud. Shuning uchun ham bu yerda umr davomiyligi 82 yoshni ko'rsatmoqda.

Bundan ko'rinib turibdiki, jahon aholisi notekis joylashuviga qaramay aholi turmush darajasi va tabiiy muhitni saqlab qolgan hududlarda umr davomiyligining yuqoriligi kuzatildi. Bularga dunyoning rivojlangan davlatlari hamda dengizbo'yi hududlarni keltirish mumkin. Aholi salomatligi umr davomiyligiga oz ta'sirini o'tkazib, tibbiyotning ham rivojlanishiga sabab bo'lmoqda.

XX asrning 50-yillarida bu ko'rsatkich sezilarli tarzda o'zgardi. Ayniqsa, aholi orasidagi o'lim jarayonining 8-9 marotaba kamayganligi fikrimiz dalilidir. Buning bosh sababi - aholi turmush tarzidagi ijobiy o'zgarishlar, tibbiy xizmat sifati va salmog'ining tubdan yaxshilanganligidir. Ilgarilari tibbiy xizmatning yomonligi, yashash va mehnat qilish sharoitining og'irligi tufayli aholi orasida vabo, bezgak, rishta va boshqa kasalliklar keng tarqalgan edi. Olkadagi og'ir turmush sharoiti aholi orasidagi o'limning ko'payishiga, o'rtacha umr ko'rish davrining pasayishiga olib keldi. Otmishda Ozbekiston aholisining o'rtacha umr ko'rish davri 32-33 yosh bo'lgan.19 Ushbu raqam esa Ozbekistonda 2020-yilga kelib 73,4 yoshga, erkaklarda 71,2 yosh ayollarda esa 75,5 yoshga yetdi.Aynan biz tadqiq etayotgan mintaqada esa 73,4; 74,0;73,7 yosh (Samarqand, Buxoro, Navoiy viloyatlari)ni tashkil etgan. Bu o'zgarishlar onalar va chaqaloqlar o'limining pasayishi, spirtli ichimliklar iste'molining kamayishi va tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishi bilan bog'liq bo'ladi. Vaholanki, insonlarning qanday yashashi turli hududlarda turli xilligi bilan ajralib turadi. Shunga qaramay har bir davlat uchun o'rtacha umr ko'rsatkichlari BMT statistik ma'lumotlariga tayangan holatda ishlab chiqiladi. Dunyoning ba'zi hududlarida 100 yoshdan oshish jamiyat tomonidan odatiy hol sifatida qabul qilingan bo'lsa, boshqa mamlakatlarda aholi 45 yosh o'rtacha umrni tashkil etadi. Bunga asosiy sabab ocharchilik, yuqumli kasalliklar,harbiy to'qnashuvlar va urushlardan vafot etadi.

Dunyoning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi aholining umr davomiyligiga oz ta'sirini o'tkazib, qoloq davlatlar esa bunga aks holatda shakllangan. Masalan, Afrika qit'asining ko'plab mamlakatlari iqtisodiy qoloq davlatlar bo'lib, demografik holati ham shunga mos tarzda vujudga kelgan.

19 Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari.T.: 2016. B-86.

3-jadval

O'rtacha umr ko'rish darajasi eng past bo'lgan mamlakatlar monitoringi

№ Mamlakat nomi Aholisi mln kishi TugMlish darajasi Olim darajasi Umr davomiyligi, yosh

1 Markaziy Afrika Respublikasi 4,8 35 12 53

2 Lesoto 2,1 23 14 54

3 Nigeriya 206,1 37 12 55

4 Serra-Leone 8,0 33 12 55

5 Mozambik 31,2 39 11 55

6 Somali 15,9 42 11 57

7 Kot-d'Ivuar 26,2 35 10 58

8 Janubiy Sudan 11,2 35 10 58

9 Chad 16,9 42 11 58

10 Svazilend 1,1 25 10 58

Jadval demoscope.ru. chiqilgan.

ma'lumotlari asosida mual

if tomonidan ishlab

Afrika mamlakatlarida keksalik jarayonlari va pensiya tizimiga doir ma'lumotlar to'plash amaliyoti cheklanganiga qaramay, bu yerda ham bir nechta davlatlar misolida ahvol yil sayin yaxshilanib boryapti. Misol uchun, Afrika Ittifoqi Komissiyasining ijtimoiy masalalar bo'yicha departamenti hozirgi vaqtda maslahat kengashini yaratish bo'yicha qizg'in ish olib bormoqda. Kengash mintaqada qarilik muammolari siyosati, amaliyoti va tadqiqotlari bilan shug'ullanyapti. Hozirgi kunda Inson va xalqlar huquqlari bo'yicha Afrika komissiyasi keksalar huquqlarini himoya qilish bo'yicha ish olib bormoqda. Afrika mintaqasida aholining turmush darajasining pastligi, tibbiy xizmatning talab darajasida emasligi, yuqumli va epidemik kasalliklar o''chog'i ekanligi umr davomiyligiga oz ta'sirini otkazadi. Umumiy umr davomiyligi 64 yosh, ayollar 65 yosh,erkaklar esa 62 yoshni tashkil etadi. Bundan ko'rinib turibdiki, aholi orasida tarqalgan kasalliklar umr davomiyligini pasayishiga olib kelmoqda.

2008-yilda Mavrikiy qarilik sohasida yangi milliy siyosat tayyorladi. Unga muvofiq qariyalarda o'zlariga ishonchni uyg'otuvchi o'quv dasturlari ishlab chiqish yo'lga qo'yildi. Marokash esa 2008-2010-yillarda keksalar uchun daromad, pensiya, sog'liqni saqlash, turar-joy va boshqa xizmatlarni qamrab oluvchi strategiyani ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi.

Afrika davlatlari oz konstitutsiyalarida qariyalarga tobora ko'proq e'tibor qaratgan holda o'zgartirishlar kiritmoqdalar. 2010-yilda Keniyada yangi qonun qabul qilindi. Unga ko'ra qariyalarga yordam ko'rsatish uchun hamma rahbar va mansabdor shaxslar jalb etildi. Mozambikda 35 yillik ish stajiga ega bo'lgan deputatlar pensiyaga chiqadi. Qariyalar uchun davlat byutjetidan alohida mablag' ajratiladi.

Nigeriyada qariyalarga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Avvallari faqat. 2004-yilga qadar davlat tashkilotida ishlaydiganlargina nafaqa olgan bo'lsa, keyinchalik o'tkazilgan pensiya islohotiga ko'ra esa norasmiy tashkilotlar ham o'z ishchilariga nafaqa bera boshladi. Lekin hamon moliyaviy yetishmovchilik bois, aholiga toliq nafaqa berilmayapti.

Svazilend Afrikaning eng mitti davlatlaridan biri bo'lib, bu yerda aholi o'rtacha 58 yil yashaydi. Bu ko'rsatkich ko'proq odamlarning to'liq antisanitariya sharoitida yashashga majbur bo'lganligi bilan izohlanadi. Ijtimoiy xavfsizlik amalda yo'q, tibbiyot kam rivojlangan, ishsizlik 40 foizdan oshadi, shuning uchun odamlar o'zlarini va oilalarini boqishga qodir emaslar. Bu yerda bolalar o'limi eng yuqori ko'rsatkichlar qatoriga kiradi. Ko'pincha oilalarda 5-8 nafar bola tug'iladi, ammo ularning hammasi ham voyaga yetmaydi.

Lesotada aholi o'rtacha 54 yil yashaydi. Bu Janubiy Afrika Respublikasi hududi bilan to'liq o'ralgan yana bir kichik davlat. Bu yerda ham eng katta muammo tibbiyotning rivojlanmagani va iqtisodiy jihatdan qoloqlik hisoblanadi. Bundan tashqari mamlakatning ikki million aholisi orasida har to'rtinchisi OITS bilan kasallangan, bu ko'rsatkich yildan yilga ortib bormoqda.

Aholi soni bo'yicha jahonda ikkinchi o'rinda turuvchi Hindistonda 1950-yili o'rtacha umr ko'rish yoshi ayollarda 31,7 yosh, erkaklarda esa 32,4 yoshni tashkil etgan. 1960-yil ayollarning umr ko'rishi salkam 9 yilga uzaydi va 40,5 yoshni, 2009-yilda esa bu ko'rsatkich 65 yosh kuzatildi. 1950-1960-yillarda erkaklarning umr ko'rishi esa 9,5 yoshga uzaydi va 41,9 yoshni, 2009-yilda esa 63 yoshni tashkil etdi. Bu ko'rsatkich 2020-yilga kelib 69 yoshga yetdi. Bunday holni Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyodagi qator davlatlarda ham kuzatish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, aholining umr davomiyligi aholining turmush sharoiti, davlatning iqtisodiy holatiga bog'liq. Shunday ekan mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishigina aholini yaxshi yashash hamda umrning uzayishiga olib keladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Bo'riyeva M.R., Tojiyeva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. T.:2011.

2. Komilova N.Q. Tibbiyot geografiyasining nazariy va amaliy masalalari.T.: 2016. B-86.

3. demoscope.ru. ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.