Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR O'RTASIDA SUITSID HOLATLARNING OLDINI OLISH'

VOYAGA YETMAGANLAR O'RTASIDA SUITSID HOLATLARNING OLDINI OLISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2252
222
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suitsid / globallashuv / deviant / parasuitsidal / tarbiya / jamoat uyushmalari / ma‟naviyat / shaxs / xulqi og„ishgan / jamiyat / alkogolizm / norkomaniya / ijtimoiy muhit. / suicide / globalization / deviant / parasuicidal / education / social associations / spirituality / personality / deviant behavior / society / alcoholism / drug addiction / social environment

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dilafruz Muhiddinovna Ismoilova, Sunnatillo Shavkatovich Karimov

Maqolada xozirgi kunda dolzarb bo„layotgan yoshlar o„rtasidagi suitsid, ya‟ni inson o„z joniga qasd qilish muammosi ko„tarilgan. Mualliflar maqolada ko„tarilgan muammoni turli metodlar yordamida yechimini keltirib o„tgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PREVENTION OF SUICIDE AMONG MINORS

The article raises the problem of suicide among young people, which is relevant today. The authors cited the solution to the problem posed in the article using various methods

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR O'RTASIDA SUITSID HOLATLARNING OLDINI OLISH»

VOYAGA YETMAGANLAR O'RTASIDA SUITSID HOLATLARNING

OLDINI OLISH

Dilafruz Muhiddinovna Ismoilova

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Sunnatillo Shavkatovich Karimov

Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada xozirgi kunda dolzarb bo'layotgan yoshlar o'rtasidagi suitsid, ya'ni inson o'z joniga qasd qilish muammosi ko'tarilgan. Mualliflar maqolada ko'tarilgan muammoni turli metodlar yordamida yechimini keltirib o'tgan.

Kalit so'zlar: suitsid, globallashuv, deviant, parasuitsidal, tarbiya, jamoat uyushmalari, ma'naviyat, shaxs, xulqi og'ishgan, jamiyat, alkogolizm, norkomaniya, ijtimoiy muhit.

PREVENTION OF SUICIDE AMONG MINORS

ABSTRACT

The article raises the problem of suicide among young people, which is relevant today. The authors cited the solution to the problem posed in the article using various methods.

Keywords: suicide, globalization, deviant, parasuicidal, education, social associations, spirituality, personality, deviant behavior, society, alcoholism, drug addiction, social environment.

KIRISH

Bugungi murakkab globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolarni hal etish, xalqimiz ma'naviyatini asrash, yuksaltirish, ayniqsa, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g'oya hamda mafkuralar ta'siridan saqlash, shuningdek, uni himoya qilish masalalari alohida e'tiborga molikdir. Yoshlarimizning ma'naviy olamida bo'shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi hamda ongida sog'lom turmush tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg'usini bolalik davridanoq shakllantirish muhim vazifa.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shaxsni ma'naviy-axloqiy shakllantirish bolaning tug'ilishi bilan boshlanadi va u oiladagi ma'naviy muhit, ota-onalarning namunasi, umummadaniy saviyasi, ta'lim-tarbiya jarayoni, atrof-muhit hamda jamiyat hayotini qanday tashkil etishdan iborat. Shu bois bu ota-onalar, maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar, o'rta-maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari, barcha jamoat uyushmalari, davlat tashkilotlari, butun jamiyatning ulkan va sermashaqqat ishidir.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning huquqiy ongi, ma'naviy tafakkuri hamda siyosiy madaniyati darajasiga bog'liqdir. Bunda har bir shaxsning siyosiy faolligi, uning jamiyat hayotidagi o'zgarishlarga nisbatan chinakam fuqaroviy munosa-batlari, demokratik islohotlarga intiluvchanligi, ko'zlangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.

U insonning yoshligidan boshlab ongiga singib, mustahkamlanib borishi kerak. Shaxsning ma'naviy shakllanishiga ta'sir etuvchi muhim omillar orasida oila, maktab, mahalla, jamiyat va undagi ijtimoiy, madaniy-ma'rifiy, iqtisodiy sohalarning umumiy holati ayniqsa muhimdir.

Maxsus adabiyotlarda deviant axloq (deviatio - lotincha "og'ishmoq") atamasi bilan nomlanadigan tushuncha mavjud. Ushbu tushuncha shaxsning og'ishgan xulqiga nisbatan qo'llaniladi.

Shaxsning og'ishgan xulqi - bu umumiy qabul qilingan yoki rasman o'rnatilgan ijtimoy me'yorlarga mos tushmaydigan axloq shakli. Deviant axloq turli ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Ushbu muammo psixologiya, kriminologiya, meditsina, sotsiologiya fanlari doirasida o'rganiladi.

Deviant axloqning eng ommaviy tus olgan ko'rinishlari quyidagilardir:

- jinoyat sodir etish;

- alkogolizm;

- narkomaniya;

- suitsid.

Boshqacha aytganda, bunday xulq mavjud qonunlar, qoidalar, an'analarga mos tushmaydi. Deviant xulq shaxsning ma'naviy qashshoqligi ojizligi ta'sirida kelib chiqadi hamda ijtimoiy muhit va shaxs o'rtasidagi murakkab vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Ma'naviy barkamol bo'lgan shaxs ijtimoiy muhit voqea-hodisalariga nisbatan ijobiy munosabatini namoyon qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Voyaga yetmagan o'smirlarning shaxs sifatida shakllanish jarayoni muammoli vaziyatlarda ularning maqbul qarorlar qa-bul qilishlariga to'sqinlik qiladi. Shuning

uchun ular tez-tez jinoyatchilik mazmuniga ega bo'lgan harakatlarning ta'siriga tushib qoladi. O'smiráa asta-sekin ijtimoiy muhit talab va me'yoriariga nisbatan deformatsiyalashuvning kelib chiqishi yuz beradi. Oqibatda salbiy xulq-atvor o'smiming butun faoliyatini, ongini qamrab oladi. Natijada bunday vaziyatlarda o'smiï o'zining yosh davri xususiyati va hayotiy tajribasizligi tufayli g'ayriqonuniy harakatlarga qo'l urishi mumkin.

Bu ayanchli tendensiya nimadan boshlanayapti? Bir paytlar sirli va tushunarsiz hisoblangan suitsid muammosi omma tomo-nidan deyarli qabul qilinmagan va mutaxassislar tomonidan tadqiq etilmagan.

Endilikda esa ushbu muammo jiddiy tus oldi, u haqida ko'p gapirilayapti va yozilayapti. O'tgan yillar ichida tadqiqotchilar aql-ni shoshiradigan bu muammo haqida ko'p narsani bilib oli-shdi.

Jahon Sog'liqni saqlash tashkiloti-ning statistik ma'-lumotlariga ko'ra, har yili dunyoda millionga yaqin kishi o'z joniga qasd qiladi.

Har bir suitsid o'lim bilan tugamasligi hisobga olinsa, aniq vaziyat bundan 2-3 marta ko'pligini taxmin qilish mumkin. Suitsidning 800 ga yaqin ko'rinishlari mavjud. Ulardan,

- 41% - noaniq etiologiyaga ega;

- 19% - jazodan qo^qish;

- 18% - ruhiy kasalliklar;

- 18% - oilaviy muammolar;

- 6% - hissiyotlar;

- 3% - moliyaviy yo'qotishla^

- 1,4% - hayotdan to'yish;

- 1,2% - turli kasalliklar.

Suitsidni davolash olimlar oldiga bir qator murakkab masalalarni qo'ymoqda. Hali o'z joniga qasd qilishga moyilli-gi bo'lgan o^mu^ uchun muvaffaqiyatli terapiya usullarini ishlab chiqish dolzarbligicha qolmoqda. Suitsidning oldini olish bo'yicha bir qator psixologik, terapevtik dasturlar ishlab chiqilgan, ammo bunday dasturlar real voqelikda umumiy xavf omillari va o^mu^ orasida o'z joniga qasd qilish darajasini qanday qilib kamaytirishi mumkinligi noaniqligicha qolmoqda. Suitsidning oldini olish bo'yicha uslubiy tavsiyalar

Bolalarda suitsidal xulq-atvor alomatlarini ko^ganda qanday choralar ko'rishi mumkin?

Suitsidga moyil yoshlar odatda to'g'ridan-to'g'ri yordam izlashmaydi: shunga qaramay, ularning ota-onalari, muassasa ma'muriyati yoki tengdoshlari ogohlantiruvchi alomatlarni aniqlashi va o'smirni saqlab qolish uchun qandaydir choralarni ko'rishi mumkin.

XULOSA

Insonga quloq tutish orqali uning hayotini saqlab qolish mumkin! Agar siz o'z joniga qasd qilmoqchi bo'lgan birorta odamni bilsangiz yoki "unda suitsidga moyillik bor" degan gumonda bo'lsangiz, u holda, hayotini saqlab qolishda unga yordam berishingiz mumkin, buning uchun shunchaki uning aytganlariga quloq tuting! O'zini o'ldirishga chog'langan odamlar ko'pincha "mening hech kimga keragim yo'q", "mening boshqa ilojim yo'q" va "men haqimda hech kim qayg'urmaydi" deb o'ylaydilar.

Odamlarni tinglash orqali ular bilan sodir bo'layotgan hodisalarga va sodir bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarga befarq emasligimizni namoyon etamiz.

Ota-onalar muassasa ma'muriyati yoki ijtimoiy markazlarga iloji boricha tezroq yordam so'rab, murojaat qilishlari kerak.

Shuningdek, ta'lim muassasasi ma'muriyati va psixologi bunday o'quvchilarni doimiy ravishda kuzatib borishi hamda parasuitsidal holatdan to'la chiqib ketguncha ular bilan birga bo'lishi lozim.

REFERENCES

1. Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Tarbiya - yuksak ma'naviyat beshigi ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020

2. Umarov B.M. O'zbekistonda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik muammolari. Monografiya. - Toshkent, "Fan" nashriyoti - 2008, 314 bet.

3. G'oziev E.G'. Umumiy psixologiya.-Toshkent: "O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati", 2010. - 544b

4. N. Tayloqov, M. Xoliqova, Sh. Tayloqova Voyaga yetmaganlar o'rtasida suitsid holatlarning oldini olish - Toshkent : «Kamalak» nashriyoti Ta'lim muassasalari pedagog va psixologlari uchun metodik qo'llanma, 2017.

5. Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Tarbiya - yuksak ma'naviyat beshigi. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 1 | ISSUE 4 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804

6. Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Tarbiya- shaxs kamolotida eng katta kuch. Ta'lim tizimida ijtimoiy-gumanitar fanlar 5-son ISSN 2181-7286 2020 yil dekabr.

7. Maxkamov U.I, Ismoilova D.M Allomalar merosi - milliy tarbiya asosi "Xalq ta'limi" O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali ISSN 2181-7839 1-son, 2021 yil yanvar-fevral.

8. Ismoilova D.M Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim maktablari ta'lim mazmunini prognostika qilish "Xalq ta'limi" O'zbekiston Respublikasi

xalq ta'limi vazirligining ilmiy-metodik jurnali ISSN 2181-7839 2020 3-maxsus son (mau-iyun).

9. Jabborova Onakhon Mannapovna. (2019). Psycholocial and pedagogical foundations of the formation of the artistic perception of students in secondary schools. European journal of research and reflection in educational sciences, 7(10), 9-14.

10. Jabborova Onakhon Mannapovna, Ismoilova Dilafruz Mukhiddinovna. (2020, may). Optimation of primary education. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 10(5), 1229-1232.

11. Mardonov Sh.K., Jabbarova O.M.. Objectives of the lessons of visual arts in primary school. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 862-870.

12. Mardonov Shukurullo Kuldashevich, Khujamkulov Umid Negmatovich, Botirova Shakhlo Isomiddinovna, Shermatova Umida Safaevna.The end to educate young people with the spirit of patriotism in the context of globalization. Journal of Critical Reviews, Malaysia, 2020, Vol.7, Issue 12, pp 166-169.

13. Mardonov Shukurullo Kuldashevich, Quttibekova Guljan Tulepbaevna. Structure and Mechanisms of Action of The Educational Cluster. International journal of Psychosocial Rehabilitation, United Kingdom, 2020, Issue 07, pp. 8104-8111.

14. Jabborova Onakhon Mannapovna, Jumanova Fotima Uralovna, Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International journal of pssycological and rehabilitation, 24(4), 4087-4095.

15. Mamadaliyev K.R., Jabborova O.M., Umarova Z.A., Abdullaeva B.P. Creation of a New Generation of Teaching Literature - A Requirement of Modernity // SCOPUS International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Special Issue 1, 2020.

16. Gulyamova X. Boshlang'ich sinflarda o'qish darsidan umumlashtiruvchi darslarni tashkil etish. Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 1, 2021, pp 1052-1060

17. YMapoBa 3.A. Bom^aHFHq TaMHM gHgaKTHKacu. Academic research in educational sciences, Issue 2, 2021, pp 556-562.

18. Ochilov Fariddun Izatulloyevich, Methods of teaching natural sciences to primary school pupils on the basis of a competent. Palarch's Journal Of Archaeology Of Egypt / Egyptology 17(6) (2020), ISSN 1567-214x. 14520-14539 6eraap.

19. Fariddun Izatulloyevich Ochilov, "Atrofimizdagi olam" va "Tabiatshunoslik" darslarini kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish jarayonini modellashtirish. The Journal of Academic Research in Educational Sciences, 1(4), (2020). ISSN 21811385. VOLUME 1, ISSUE 4. December 2020. Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804. Academic Research, Uzbekistan 2020. 624-629 6eraap.

20. Исмоилова, Дилафруз Мухдддиновна. "Таълим сохдсида прогноз килиш илмий-педагогик муаммо сифатида." Academic research in educational sciences 3 (2020).

21. Maxkamov, U. I., & Ismoilova, D. M. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarbiyaviy ishlarning shakllari va usullari. Academic research in educational sciences, 2(4), 380-386.

22. Ulfat, M., & Dilafruz, I. (2020). Тарбия-юксак маънавият бешиги. Academic research in educational sciences, (4).

23. Muxiddinovna, I. D. (2020). Educational forecasting as a scientific and pedagogical problem. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(6).

24. Muhiddinovna, I. D. (2020). Цели современного образования, формирующие требования к преподавателю. Журнал научных и прикладных исследований,(11), 12-14.

25. Avlaev, O. U., Burkhanov, A. A., Ismoilova, D. M., & Norkuzieva, M. A. (2020). Factors Affecting the Intellectual Dynamics of the Individual. Test Engineering & Management, 83, 693-702.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.