DOI 10.5281/zenodo.8150876
Турдимамбетов И.Р.
География фанлар доктори, профессор Цорацалпоц давлат универститети Уразимбетова Ю.Х.
Таянч докторант Цорацалпоц давлат универститети
Уразбаева С. магистрант Цорацалпоц давлат универститети
QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI DEMOGRAFIK HOLATINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
Annotaciya. Qoraqalpog'iston Respublikasida demografik processlar, ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va tabiiy-ekologik faktorlar natijasida o'zgarib, aholining tabiiy o 'sish darajasining kamayib borishi hamda tashqi migraciya saldosining aksi tomonga o 'zgarishi haqida aytib o 'tiladi.
Kalit so'zlar: Demografiya, process, migraciya, demografik o'tish, factor, ma'muriy-hududiy, emmigraciya, ekologiya.
Turdimambetov I.R., doctor of science in geography
professor Karakalpak State University Urazimbetova Yu.Kh. basic doctoral student Karakalpak State University Urazbaeva S. magister student Karakalpak State University
CHANGES IN THE DEMOGRAPHIC DISTRIBUTION OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN
Abstract. In the Republic of Karakalpakstan, as a result of changes in demographic processes, socio-economic, demographic and natural-ecological factors, it is mentioned that the level of natural growth of the population is decreasing and the balance of external migration is changing in the opposite direction.
Keywords: Demography, process, migration, demographic transition, factor, administrative-territorial, immigration, ecology.
Keyingi yillarda Qoraqalpog'istonda damografik jarayonlar ijtimoiy -iqtisodiy, damografik va tabiiy-ekologik omillar sababdan biroz o'zgarib, u aholining tabiiy o'sish darajisiniing kamayib borishi hamda tashqi migraciya soldosining qarama-qarshi tomonga o'zgarishi sababli aholi soni o'sish sur'atining yil sayin kamayib borayotgan «demografik o'tish» jarayonini boshdan kechirmoqda. Hozirgi kunda bu jarayon yurtimizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o'tishi bilan bir sharoitda yuz berib, ular bir-biri bilan zich aloqaga ega. Binobarin bu muammolarni kompleks tadqiq qilishni taqazo qiladi.
Statistika ma'lumotlarga qaraganda Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi 2021-yil 1-yanvar sharoitiga 1923, 8 ming kishini tashkil qilgan. Bu ko'rsatkich 1991-yili 1273, 8 ming kishiga teng bo'lib, o'tgan davr davomida uning soni 650 ming kishiga, yoki 151 % ga, uning o'rtacha yillik o'sish koefficienti esa 1, 5 % ni tashkil qilgan. Bu ko'rsatkich 1991-yili 2, 9 % dan 2021-yili 1, 5 % ga kamaygan.
1-jadval
Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisining o'sish dinamikasi
Yillar Barchasi Shundan:
Shahar a îolisi Qishloq aholisi
Ming kishi %hisob. Ming kishi %hisob. Ming kishi %hisob.
1991 1273,8 102,9 614,4 103,3 659,4 102,5
1992 1310,7 102,4 634,7 103,1 676,0 101,8
1993 1342,8 102,1 654,4 102,0 688,4 102,3
1994 1371,6 101,8 667,7 101,5 703,9 102,1
1995 1396,7 101,5 677,9 101,2 718,8 101,8
1996 1418,2 101,5 686,3 101,4 731,9 101,6
1997 1439,1 101,4 695,7 100,9 743,4 101,9
1998 1459,1 101,4 701,8 101,7 757,3 101,0
1999 1478,8 101,6 713,9 101,4 764,9 101,8
2000 1503,0 101,6 724,2 102,0 778,8 101,3
2001 1527,0 100,9 738,4 102,1 788,6 99,7
2002 1540,1 100,7 753,7 100,8 786,4 100,6
2003 1551,6 100,6 760,1 100,1 791,5 101,0
2004 1560,3 100,6 760,6 100,6 799,7 100,7
2005 1569,9 100,1 764,9 99,9 805,0 100,4
2006 1571,9 100,7 763,9 100,5 808,0 100,9
2007 1582,7 100,8 767,5 100,9 815,2 100,7
2008 1595,4 101,3 774,5 105,2 820,9 97,6
2009 1615,7 101,0 814,6 100,7 801,1 101,3
2010 1632,0 108,0 820,3 105,0 811,7 111,0
2015 1763.2 104,5 861,9 105,1 901,3 103,9
2017 1842,4 101,5 905,6 101,3 936,8 101,6
2018 1869,7 - 917,5 - 952,2 -
2021 1923,8 101,3 942,1 - 981,7 -
Jadval Qoraqalpog'istan Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzildi.
1991 -2021 -yillarda aholi soni shaharlarda 614, 4 mingdan 942, 1 ming kishiga (160, 2%) o'sgan. Uning o'rtacha yillik o'sishi 1, 8 % ni tashkil qilgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 1991-yili 3, 3 % dan 2018-yili 1, 3 % ga tushdi. Aholi soni qishloq joylarda 659, 4 mingdan 952, 2 mingta kishiga o'sgan (144, 4%). Uning o'rtacha yillik o'sishi 1, 2 % ni, u 1991-yili 2, 5 %, 2018-yili esa 1, 6 % ga teng bo'ldi (1-jadval).
Qishloq joylarida aholining o'sish sur'ati shaharlarga qaraganda anchagina yuqori bo'ladi. Biroq, unga "O'zbekiston Respublikasida ma'muriy-hududiy dala-dasht, toponimik obyektlarga nom berish va nomlarini o'zgartirish masalalarini yechish tartibi to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga aloqador va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma'muriy-hududiy tuzilishini va shu asnoda takomillashtirish chora tadbirlari haqida" gi 2005-yil 14-iyuldagi PQ 120 -son qarorini bajarish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining qarori bilan mamlakatimizda 966 yirik qishloqlarga shaharcha nomi berilishi sabab bo'ldi.
Shu borada 2009-yili Qoraqalpog'istonda 11 yirik qishloqlarga shaharcha statusi berildi va shahar aholisi 814, 6 ming kishini (50, 4%), qishloq aholisi esa 801, 1 ming kishini (49, 6%) tashkil qiladi.
2-jadval
Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi sonining o'sish dinamikasi (ming
kishi)
Tuman va mintaqalar Aholi sonining o'sis i dinamikasi
1991 1995 2000 2005 2010 2015 2021
Qoraqalpog'iston 1273,8 1396,7 1503,0 1569,9 1632,0 1763,2 1923,8
Shahar aholisi 614,4 677,9 724,2 764,9 820,3 861,9 942,1
Qishloq aholisi 659,4 718,8 778,8 805,0 811,7 901,3 981,7
Shaharlar:
Nukus 213,1 230,3 248,9 260,8 271,5 295,5 324,0
Tumanlar:
Amudaryo 113,1 126,1 139,1 151,3 163,5 179,1 201,3
Beruniy 115,7 129,5 141,5 150,6 159,1 170,3 194,5
Bozatau72 17,1 18,7 19,7 - - - 21,7
Qorao'zek 37,0 40,8 43,3 44,3 45,1 49,6 53,3
Kegeyli 50,8 55,6 58,2 76,4 79,5 84,8 73,2
Qanliko'l 31,1 34,8 38,6 41,3 43,8 46,9 51,7
Qong'irot 93,6 101,6 108,5 112,7 115,5 120,1 131,6
Mo'ynoq 26,1 27,8 28,7 28,7 28,3 29,4 32,3
Nukus 44,4 44,1 42,7 44,1 47,0 44,4 51,1
Taxtako'pir 39,6 42,1 44,0 42,2 39,3 38,7 40,4
To'rtkul 122,0 138,4 152,1 163,0 175,4 192,6 217,7
Xojeli 122,6 132,9 143,8 145,5 143,6 183,5 124,3
Taqiyatosh73 45,3 49,3 51,5 49,8 47,8 - 74,7
72 Bozatau tumani 2004-yili tarqatilib, 2019-yili qayta tashkillashtirildi.
73 Taqiyatash tumani 2014-yilgacha respublika miqyosidagi shahar maqomiga ega bo'lgan, keyin Xojeli tumanining tarkibiga otkazilgan, 2016-yildan boshlabb tumanga aylandi.
Chimboy 76,4 84,4 89,8 97,4 101,9 108,3 113,4
Sho'manay 37,8 40,5 41,3 41,3 40,7 53,1 56,6
Ellikqala 88,1 99,8 111,3 120,5 130,0 140,5 161,9
Jadval Qoraqalpog'istan Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlari
asosida tuzildi.
Tadqiqot olib borilayotgan davrda, ya'ni 1991-2021-yillarda aholi sonining o'sish dinamikasida doim o'zgarishlar bo'lib turgan. Masalan, 2-jadval tahlilidan bizga belgili, aholi sonining oshishi 1991-yillardan e'tiboran kamayib borgan. Bu jarayon o'tgan asrning 80-90 -yillarida juda yuqori bo'lgan.
Bu jadval ma'lumotlaridan belgili, tumanlar aholi sonining o'sishi bo'yicha bir-biridan farq qiladi. Binobarin bunday nisbatlarni aniqlash maqsadida ularning o'sish sur'ati aniqlangan. 2-jadval ma'lumotlariga asoslanib shuni talqin etsak bo'ladi, Qoraqalpog'istonda 1991-1995-yillari aholining o'rtacha o'sish sur'ati biroz yuqori bo'lgan. Keyingi yillarda bu ko'rsatkich pasayib borgan. Faqatgina, 2005-2010 -yillarga kelib bu jarayon biroz o'sganini ko'rishimiz mumkin. Buning asosiy sababi, 1980-90 -yillardagi tug'ilish yuqori bo'lishi va o'sha davrda tug'ilganlarning nikohga kirishi bilan aloqador. Umumiy aytganda, 1991-2021-yillari Qoraqalpog'iston shahar va tumanlari aholi sonining o'sishi bo'yicha bir-biridan farq qiladigan 4 guruhga ajratishga bo'ladi:
•Birinchi guruhga aholi soni oshishi 140% dan yuqori bo'lgan Amudaryo, Xojeli, Qanliko'l, To'rtkul va Ellikqala tumanlari;
•Ikkinchi guruhga aholi soni oshishi 130 -140% ga qadar bo'lgan Beruniy, Kegeyli va Chimboy tumanlari;
•Uchinchi guruhga aholi soni oshishi 120 -130% ga qadar bo'lgan Qarao'zek va Qo'ng'irot tumanlari;
•To'rtinchi guruhga aholi sonining oshishi 120% dan quyi bo'lgan Mo'ynoq, Nukus, Taxtako'pir, Sho'manoy va Bo'zatau tumanlari kiradi.
Nukus shahrida aholining o'sishi 127, 0 % ni. Kegeyli tumanining birinchi guruhdan o'rin olguniga qadar Bo'zatau tumanining 2004-yili Kegeyli va Chimboy tumanlariga biriktirilishi sabab bo'lgan. Shu jumladan, Xojeli tumani tarkibiga 2014-yili Taxiyatosh shahrining biriktirilishi, bu tuman aholisi sonining oshishiga sabab bo'ldi.
To'rtinchi guruhdagi Mo'ynoq va Nukus tumanlarida aholi soni deyarli o'zgarmagan bo'lsa, u Taxtako'pir tumanida kamaygan. Binobarin, Taxtako'pir tumani aholisini va uning demografik sharoitini o'rganish dolzarb masalalardan biri demakdir.
Qoraqalpog'istonda aholi soni oshishining hududiy xossalari ularda aholi soni hissasining o'zgarishiga olib kelgan. Masalan, 1991 -2021 -yillari aholi hissasida shahar aholisi 48,2 % dan 48,7 % ga, qishloq aholisi esa 51,8 % dan 51,3 % ga o'zgargan. Bu davrda aholi soni o'sishi yuqori bo'lishiga aloqador Amudaryo, Beruniy, Kegeyli, Qanliko'l, To'rtkul, Chimboy va Ellikqala tumanlarida aholining hissasi yuqoridir.
U yoki bu hududda aholi sonining oshishi yoki kamayishiga uning tabiiy o'sishi va migraciya jarayonlari, Shuningdek, ma'muriy-hududiy tarkibidagi o'zgarishlar ta'sir qiladi. Biroq, ko'pincha aholi sonining oshishida tabiiy o'sish asosiy o'rinda turadi. U o'tgan davrlarda Qoraqalpog'iston aholisining oshishida asosiy manba bo'lib kelgan. Biroq keyingi yillarda hududda yuz berayotgan ekologik, ijtimoiy - iqtisodiy va demografik omillarga aloqador aholining tabiiy o'sish sur'ati keskin tushgan bo'lsa ham, u migraciya soldosining qarama-qarshi qoldig'i o'rnini qoplab kelyapti. Nafaqat, keyingi 4-5 yilda aholining tabiiy o'sishi biroz yuqoriligi sezilgan.
Quyidagi jadval ma'lumotlari tahlilidan aniqlanganidek, Qoraqalpog'istonda aholining tabiiy o'sishida bo'layotgan o'zgarishlarga bevosita tug'ilishning keskin kamayib ketishi ta'sir qilgan. Aholining tabiiy o'sishi o'tgan asrning 90 yillariga qadar yuksalib kelgan. O'sha davrdan e'tiboran aholining tabiiy o'sishi esa kamayib boshlagan. Tug'ilish 1991-yili har ming kishiga (promille) 36, 9 dan 2005-yili 14, 8 kishiga qadar kamayib ketdi (40,1%). Bu ko'rsatkich 2021-yilga kelib 20, 6 kishiga yetdi. Bu jarayonning biroz oshishi asosiy sabab, 1980-90-yillardagi tug'ilishning yuqori bo'lishi va o'sha yoshdagilarning hozirgi kunga kelib nikohga kirishi bilan aloqador bo'lib keladi.
Bu davrda tug'ilish bilan aholining o'lishi da ham bir qator o'zgarishlar bo'lib o'tdi. 1991-2021-yillarda bu jarayon 6,8 promilleden 4,6 promillege (67,6%) kamaydi. Bu tug'ilishga qaraganda juda oz, shunday bo'lsa ham, aholining o'limi bunday ijobiy o'zgarishlar mamlakatning ijtimoiy hayoti bilan bevosita aloqador.
Aholining tug'ilish va o'lishidagi bunday o'zgarishlar o'z navbatida, uning tabiiy o'sishiga ta'sir qiladi. Shunday qilib, bu davrda aholining tabiiy o'sishi 30, 1 dan 17, 0 promillege (56, 5%) kamayib ketdi.
Damografik jarayonlar bo'yicha shahar va qishloq joylari bir-biridan keskin farq etadi. Tadqiq qilinayotgan yillarda shaharlarda tavallud 34, 6 dan 21, 3 promillega, o'lim 6, 3 dan 5, 4 promillega va tabiiy o'sish 28, 3 dan 15, 9 promillega, qishloq joylarda esa uyg'un turda 39, 1 dan 23, 2 promillega, 7, 3 dan 5, 4 promillega va 31, 8 dan 17, 8 promillega kamaygan.
Ijtimoiy - iqtisodiy, demografik va ekologik omillar sababli aholining tabiiy o'sishida hududiy xossalar yuzaga kelib, bunday holat qishloq tumanlar bo'yicha bir-biridan keskin farq qiladi. 1991 yili Qoraqalpog'iston bo'yicha aholining tavallud 36, 9 promillega teng bo'lib, bu ko'rsatkich eng oz Nukus shahrida (31, 9%o) va eng yuqori Qanliko'l tumaninda (45, 0%o) bo'lgan. Tahlillardan belgili Qoraqalpog'istonda tavallud koefficiyenti yil sayin kamayib, 2018 yili Qoraqalpog'istonda 21, 6 promille va bu holat barcha tumanlarda o'rtacha 20, 023, 0 promille atrofida bo'ldi.
Shuni aytib o'tish lozim ki, tadqiq qilinayotgan davrda aholining tug'ilish sur'ati ham o'zgarib turgan. Binobarin, shahar va qishloq joylarida aholining tug'ilishdagi nisbatlarni aniqlashda uning o'rtacha ko'rsatkichlaridan foydalanish va shu asosida ularni quyidagicha guruhlarga ajratish mumkin:
- birinchi guruhga tug'ilish sur'ati yuqori Amudaryo, Beruniy, Qanliko'l, Xojeli, Sho'manoy va Ellikqala tumanlari;
- ikkinchi guruhga, yuqoridagi holat o'rtacha bo'lgan Kegeyli, Qo'ng'irot, Mo'ynoq, Nukus, To'rtkul, Chimboy va Bo'zatau tumanlari;
- uchunchi guruhga aholi tug'ilish past hisoblangan Qorao'zek, Taxtako'pir tumanlari, Nukus va Taxiyatosh shaharlari kiradi.
Tadqiq qilinayotgan yillarda tug'ilish kabi aholining o'lish darajasida ham o'zgarishlar bo'lib, u 6,8 dan 4,6 promillega kamaygan. Albatta, bu ko'rsatkich tug'ilish jarayonida yuz berayotgan o'zgarishlarga qaraganda kam, biroq aholining o'lishining kamayishi hududning ijtimoiy hayotida farqli o'rin tutadi.
Sababi, aholi o'lishshiligi uning turmush sharoiti, ayniqsa ekologik sharoiti bilan uzviy bog'liq. 1991-2018 yillarda Qoraqalpog'istonda aholining o'lim sur'ati o'rtacha 6,0 promillega teng bo'lgan. Ekologik holatning o'ziga xos xossalariga aloqador u respublika o'rtacha ko'rsatkichidan Kegeyli va Mo'ynoq tumanlarida yuqori, Qorao'zek, Qanliko'l, Qo'ng'irot, Taxtako'pir, Xojeli, Chimboy, Sho'manoy, Taxiyatosh tumanlarida o'rtacha, Amudaryo, Beruniy, To'rtrkul, Ellikqala tumanlari va Nukus shahrida past darajada ekanligi belgili. Bu davrda aholining o'lim sur'ati Amudaryo, Bo'zatau, Kegeyli, Mo'ynoq, Chimboy va Sho'manoy tumanlarida anchagina qisqargan. Bundan qat'iy nazar Qoraqalpog'iston umumiy va norasidalar o'limi yuqori ekanligi bilan O'zbekstanning boshqa hududlaridan ajralib turadi.
3-jadval
Qoraqalpog'iston qishloq va shahar aholisining ortacha tabiiy o'sishi
bo'yicha gruhlashtirilgan (1991-2022 yy.)
№ Aholi tabiiy o'sishi bo'yicha gruhlar Qishloq va Shaharlar Aholi soni (ming kishi) Urbanizaciya darajasi, 2018j. (%)
1991j. 2022j.
I Yuqori (20,1%o va undan yuqori) Amudaryo, Beruniy, Ellikqala, Qanliko'l, Shomanay tumanlari 385,8 644,7 25,4
II O'rtacha (18,1-20,0%) Qo'ng'irot, Mo'ynoq, To'trkul, Xojeli, Chimboy tumanlari 440,7 606,3 51,0
III To'men (18,0% ham onnan az) Qorao'zek, Kegeyli, Nukus, Taxtako'pir, Taxiyatosh tumanlari, Nukus shahri 430,2 618,7 71,1
Jami: 16 1256,7 1869,7 49,1
Jadval Qoraqalpog'istan Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida hisoblangan.
Qoraqalpog'istonning tumanlari va shaharlarini 1991-2022 yillar davomida aholining o'rtacha tabiiy o'sishi bo'yicha ajratilgan guruhlar quyidagi 3-jadvalda o'z aksini topgan. Bu davrda aholi tabiiy o'sishining yuqori ekanligiga aloqador birinchi guruh tumanlarida aholi soni 137, 8 foizga oshib, uning hissasi 30, 7 dan 32, 7 foizga ko'tarilgan. Aholi soni mos turda ikkinchi guruhda 127, 5 foizga va uchinchi guruhda 123, 7 foizga oshgan. Bu guruhlarda tug'ilish sur'ati o'rtacha va past bo'lishiga aloqador aholining hissasi ikkinchi guruhda 35, 1 dan 34, 6 foizga, uchinchi guruhda bo'lsa 34, 2 dan 32, 7 foizga kamaydi.
Shuni aytib o'tish zurur, odatda qishloq joylarda aholi tug'ilish sur'ati yuqori bo'ldi. Yuqorida keltirilgan guruhlar urbanizaciya sur'ati bo'yicha ham bir -biridan keskin farq qilishi yoritib berilgan. Bu jarayon, o'z navbatida, aholi tabiiy o'sishiga bevosita ta'sir qiladi. Masalan, aholi tabiiy o'sishi yuqori bo'lgan birinchi guruhda urbanizaciya sur'ati 25, 4 foiz, bu holat o'rtacha ko'rsatkichga ega ikkinchi guruhda 51, 0 foiz va tabiiy o'sish past, uchunchi guruhda esa 71, 1 foizga teng.
Aholi tug'lish va tabiiy o'sish darajasining yuqori ekanligi, o'lim darajasining esa past sur'ati bo'yicha Qoraqalpog'istonning janub tumanlari farqli ravishda ajralib turadi. Shuningdek, Qanliko'l va Sho'manoy tumanlarida ham aholi tug'ilish va tabiiy o'sishi yuqori, ammo bu tumanlarda o'lim ko'rsatkichlari o'rtacha darajada bo'lgan.
Aholi tabiiy o'sishiga ijtimoiy - iqtisodiy omillardan boshqa, demografik va ekologik holat ham belgili darajada ta'sir qildi. Sababi, hudud tabiiy o'sish jarayonida bo'layotgan o'zgarishlar nikoh ko'rsatkichlariga ham aholining yosh -jins tarkibiga aloqador bo'lib, 2000-2022 yillarda aholining nikohga kirishi har ming kishiga 7,5 dan 9,8 kishiga ko'tarilgan. Buning asosiy sababi, hududda aholining tabiiy o'sishi eng yuqori bo'lgan davrda (1979-1989 yillarda aholining tabiiy o'sishi o'rtacha 30 -35 promille) tug'ilgan aholi hozirgi kunga kelib, bu jarayonda bevosita qatnashib kelmoqda. Ekologik holat bo'lsa bevosita aholining kasallanishiga, shu tariqa umumiy va bolalar o'limining yuqori bo'lishiga ta'sir qiladi. Bu jarayonlar Orol dengizidan uzoqlashgan sayin, ya'ni shimoldan janubga farqlanib boradi. 2000-2018 yillarda aholining umumiy o'limi shimoliy tumanlarda o'rtacha 7,0 promille, markaziy tumanlarda 6,5 va janub tumanlarda 5,5 promilleni tashkil qilsa, bolalar o'limi hududlarga xos turda 26-28 promille, 23-25 va 20 -22 promillega teng bo'lgan.
Aholi soni oshishidagi o'ziga xos hossalar keyingi yillarda Qoraqalpog'iston aholisi yosh va milliy tarkibining o'zgarishiga olib keldi. Bunday o'zgarishlar quyidagi 4-jadvaldagi respublika aholisining jins tuzilmasida o'z aksini topgan. Masalan, 1989 yili aholining oshishi yuqori bo'lishiga aloqador uning ko'rsatkichida progressiv shaklga ega bo'lgan. Keyingi yillardagi yuz berayotgan demografik o'zgarishlar sababli 2018 yili aholining jins tarkibida 5-9 va 10-14 yosh guruhidagi aholi soni kamaygan. 0-4 yosh guruhidagi aholi soni
bo'lsa, 15-19 va 20 -24 yosh guruhidagi aholining ko'payganligiga qarab ko'tarilgan.
4-jadval
Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlari bo'yicha aholi soni va jinsiy _ tarkibi ^ (2019-yil 1-yanvar holatiga)_
Ko'rsatkichlar Jami aholi soni shundan: % esabinda
Erkaklar Ayollar Jami aholi soni Erkaklar Ayollar
Qoraqalpog' iston Respublikasi 1869,7 938,4 931,3 100,0 100,0 100,0
Nukus 315,1 155,3 159,8 16,9 16,5 17,2
Tumanlar:
Amudaryo 195,2 99,2 96,0 10,4 10,6 10,3
Beruniy 187,6 94,1 93,5 10,0 10,0 10,0
Qorao'zek 52,4 26,9 25,5 2,8 2,9 2,7
Kegeyli 89,4 45,3 44,1 4,8 4,8 4,7
Qo'ng'irot 128,3 65,8 62,5 6,9 7,0 6,7
Qanliko'l 50,3 25,4 24,9 2,7 2,7 2,7
Mo'ynaq 31,3 15,9 15,4 1,7 1,7 1,7
Nukus 49,1 24,9 24,2 2,6 2,7 2,6
Taxiyatosh 72,8 36,1 36,7 3,9 3,8 3,9
Taxtako'pir 39,9 20,3 19,6 2,1 2,2 2,1
To'rtkul 210,3 104,5 105,8 11,2 11,1 11,4
Xojeli 121,2 60,6 60,6 6,5 6,5 6,5
Chimbay 115,2 58,9 56,3 6,2 6,3 6,0
Shumanoy 55,6 27,8 27,8 3,0 3,0 3,0
Ellikqala 156,0 77,4 78,6 8,3 8,2 8,4
Jadval Qoraqalpog'istan Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tuzildi.
Umuman olganda, 1989-2018 yillar davomida aholining yosh tarkibidagi o'zgarishlar 0-14 yoshdagilar 44,8 foizdan 31,0 foizga, 15-64 yoshdagilar 51,8 foizdan 65,3 foizga va 65 va undan katta yoshdagi aholi 3,4 foizdan 3,7 foizga o'zgargan. Bu esa, Tadqiq qilinayotgan hudud aholisining yosh tarkibida yoshlar hissasining kamayib borayotganligi, o'z navbatida katta yoshdagi aholi hissasining ko'tarilib borayotganligini ifoda etadi.
Bundan tashqari, aholi milliy tarkibida ham katta o'zgarishlar yuz berdi. Masalan, 1979-2018 yillar davomida hududda o'zbeklar 31,5 ten 37,4 foizga, qoraqalpoqlar 31,1 dan 35, 8 foizga ko'tarilgan bo'lsa, turkmanler 5, 4 dan 5,0
foizga, qozoqlar 27, 0 foizdan 18, 7 foizga, ruslar 2, 4 foizdan 0, 3 foizga va boshqa millat vakillari 2,6 foizdan 1,7 foizga kamaygan.
Xulosa qilib aytganda Qoraqalpog'istonda yuz berayotgan demografik jarayonlar hududiy xossalarni paydo qilib, u aholi sonining o'sishi, joylashishi, migraciyasi, tabiiy o'sish: tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari o'z aksini topadi.
Qoraqalpog'iston hududida aholi joylashishi uzoq tarixga ega. Hududda aholi joylashishi tarixiy, so'ngra milliy va etnik, tabiiy muhit, ijtimoiy - iqtisodiy va demografik omillar ta'sirida paydo bo'lib, aholi qadimdan cho'llar va yaylovlarda chorvachilik, daryo bo'ylarida Amudaryoning delta qismida ziroatlik bilan shug'ullanib kelgan. Binobarin, aholi asosan suv manbalariga yaqin yerlarda, ya'ni sug'orilib ziroatlik qiladigan hududlarda zichroq, chorvachilik rivojlangan cho'l va yarim cho'l hududlarda siyrak joylashgan.
Qoraqalpog'istonda aholi bitta tekis joylashmagan, uning asosiy maydoni Amudaryo deltasida, ziroatlik maqsadida foydalaniladigan yerlarda joylashgan. Respublikanin bosim ko'pchiligi maydonini egallab yotgan Ustyurt platosi, Qizilqum cho'llari va Orol dengizining qurigan maydoni - Orolqum cho'llarida bo'lsa deyarli barqaror aholi punktlari yo'qdir. Bu hududda aholi nafaqat magistral temir yo'l va qazilma konlariga yaqin shaharchalarda, shuningdek, zaminini cho'llarlarda mavsumiy chorvadorlar yashaydi.
Shuni aytib o'tish zurur, hududlarda aholi zichligidagi farqlar qishloq tuman yer maydonlarining katta-kichikligiga, aholisining siyrak joylashuvi bo'lsa xonadon tomonidan o'zlashtirilishi bilan aloqador uzoq tarixiy jarayon xotimasi demakdir. Deltada aholi qadimdan sug'orma ziroatlik bilan shug'ullanib, aholining joylashishi ko'pincha suv bilan aloqador bo'lib, hozirgi kunda Amudaryo va unga tutash kanallar bo'ylab zich joylashganligi shundan dalolatdir.
2021-yili Qoraqalpog'istonda ma'muriy jihatdan 16 tuman, 12 shahar va 26 ta shaharchalar bor bo'lib, ular katta-kichikligiga va aholi soniga qarab bir-biridan keskin farqlanadi.
Umuman aytganda, mustaqillik yillarida Qoraqalpog'istonda aholi sonining oshishida hududiy xossalar yuksalib bordi. Unga aholining tabiiy o'sishi (tug'ilish va o'lim) va migraciya (immigraciya va davosigraciya) ta'sir etib, uning rivojida hududning ijtimoiy - iqtisodiy, ekologik va demografik omillari katta ahamiyatga ega bo'lib qoldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бурьян А.П., Меркушева Л.А., Чепкасов П.Н. География социальной инфраструктуры Урала. Учеб. пособие. Пермь, 1984.
2. Bo'rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. 2011.
3. Гаррет Н., Крис С. География и диаграммах. Оксфордское учебние пособия. М., « Изд. Астрель», 2004.
4. Назаров М.И, Тожиева З.Н, Ижтимоий география. Укув кулланма Т.,« Университет», 2003.
5. Абрамов М.А, География сервиса (Сфера обслуживания) - М. Мысль, 1985.
6. Меркушева Л.А. География сфери обслужвания (Теория и методология). Краснаярск, 1989.
7. Алексеев А.И., Ковалев С.А., Ткаченко А.А. География сфери обслужвания. Учеб. пособие. Калинин, 1988.
8. Qoraqalpog'istan Respublikasi statistika boshqarmasi ma'lumotlari.