Xudoyorov L.X.
Qarshi davlat universiteti pedagogika instituti Gumanitar fanlar kafedrasi o 'qituvchisi
O'zbekiston, Qarshi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILALARINING DEMOGRAFIK
RIVOJLANISHI
Annatatsiya: Jahonning ba'zi mamlakatlarida aholi soni kamayib borayotgani kabi bizning respublikamizda ham so'nggi yillarda kamayish tendensiyasiga o'tdi. Bunda aholining oliy ma'lumotlilik, hayotiy yashash ko 'rsatkichlarining yaxshilanib borayotganligi, ish sharoitlarining yaxshilayotganligi oilalarning ko'p bolalikdan kam bolalikka o'tishi bilan kechmoqda.
Kalit so 'zlar: Oila, farzand, koeffetsient, biologik, demografik, epidemiya, kasallik, aholining takror barpo bo 'lishi.
Khudoyorov L.Kh.
lecturer
department of humanities Pedagogical Institute Karshi State University Uzbekistan, Karshi
DEMOGRAPHIC DEVELOPMENT OF FAMILIES OF THE REPUBLIC
OF UZBEKISTAN
Abstract: In some countries of the world, the population is declining, and in our country in recent years has begun to decline. At the same time, the higher education of the population, the improvement of living standards, the improvement of working conditions are accompanied by the transition of families from large to small children.
Keywords: Family, children, coefficient, biological, demographic, epidemic, disease, population regeneration.
Oilalar jamiyat davomiyligini ta'minlovchi asosiy yacheyka hisoblanadi. Bu yerda, inson dunyoga kelib yashaydi, balog'ot yoshiga yetib, farzand ko'radi, nasl qoldiradi. Bu uzviy jarayon tufayli jamiyatda avlodlar almashadi, yangidan yangi oilalar barpo bo'ladi. Oilalar jamiyatning davomiyligini, aholi sonini o'sib borishini ta'minlovchi jarayondir. Lekin, u bevosita ijtimoiy-iqtisodiy muhit bilan bog'liq holda o'zgarib turadi. Ammo shu yerda bir narsani ham unutmaslik kerakki ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning cho'qqisiga yetgan Yevropa, Amerika,
Osiyodagi ayrim davlatlarda oilаlаr inqirozning boshi berk ko'chasiga kirib qolganiga guvoh bo'lmoqdamiz.
Hozirgi davrga kelib aholi oilalarning me'yorda ko'payishi uchun har bir oiladagi farzandlarning o'rtacha soni 2,5 tadan kamdir. Ilmiy manbalarda har bir oila o'rtacha 2 tadan farzand ko'rsa o'z ota onalari o'rnini to'ldiradilar. Agar oilada 3 tadan farzand bo'lsa, uchinchi bola turli sabablar (baxtsiz hodisalar, kasalliklar) bilan hayotdan ko'z yumgan bolalar va farzandsiz oilalarni "qoplaydi", ya'ni o'rnini bosadi. Shuning uchun ham aholi sonini bir me'yorda saqlanishi uchun oiladagi farzandlar soni o'rtacha 2,5 bolani (demak oilalarning yarmi 2 bolali yarmi esa 3 bolali) tashkil etishi lozimdir. Agar oilada farzandlar soni 2,5 kamayib borsa, aholi soni kamayadi va demografik inqiroz sodir bo'ladi.
Aholining tabiiy harakati qator omillar ta'sirida sodir bo'ladi. Ushbu omillar shartli uch guruhga ajratiladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy omillar: ishlab chiqarish munosabatlarining xususiyatlari, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, aholining turmush darajasi, ma'lumotlilik va madaniyat darajasi, ayolllarning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni, bandligi, dini, urf odat va qadriyatlar.
Tabiiy-biologik omillar: tabiiy sharoit, tabiiy ofatlar, erkak va ayol organizmining tashqi muhitga moslashish darajasi, iqlim va uning jinsiy yutuklikka, farzand ko'rish davriga, turli epidemiya va kasalliklarga ta'siri.
Demografik omillar: aholining yosh jinsiy tarkibi, nikoh va ajralish jarayonlari. Agar aholi tarkibida yoshlar salmog'i yuqori va jinsiy mutanosiblik bo'lsa, nikohga kirish, ya'ni oilalar paydo bo'lishi uchun demografik imkoniyat mavjuddir. Bu hol o'z navbatida tug'ilishga ijobiy ta'sir etadi. Aksincha, aholi tarkibida qariyalar salmog'i yuqori bo'lsa, tug'ilish kamayib, o'lim hollari ko'payadi. Demak har bir davlat mana shu mutanosiblikni saqlab turushga intiladi. Yevropa davlatlarida ham aholi o'rtasida yoshlar salmog'ini saqlab qolishga oid bir qancha harakatlar bo'lgan. Ammo ular tomonidan reproduktiv yoshdagilarni moddiy, iqtisodiy, moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan say -harakatlar o'zining ijobiy natijalarini bermagani uchun ularda qariyalar umumiy aholi ichida katta ko'rsatkichga ega bo'lib qolmoqda.
Aholining takror barpo bo'lishi, ya'ni avlodlar almashinish jarayoni jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida, davlatlarda, millatlarda o'ziga xos xususiyatga egadir. Ana shu xususiyatlarni aniq bilish uchun aholining takror barpo bo'lishini ifodalovchi maxsus ko'rsatkichlar, ya'ni koeffisentlardan foydalaniladi.
Demografik o'sishning asosiy manbai an'anaviy ravishda aholining tabiiy harakati hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, mamlakatda ham, o'rganilayotgan mintaqada ham tug'ilishning asosiy ko'rsatkichlarida shuni bilish mumkinki tabiiy o'sishning pasayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Biroq, ushbu tendensiya mamlakatning boshqa mintaqalariga qaraganda kamroq seziladi. Tug'ilish va tabiiy o'sish sur'atlarini pasayish jarayoni Toshkent
shahrida allaqachon boshlandi, asta-sekin va qo'shni mintaqalaгda davom etmoqda va janubda - Surxondaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida eng past ko'гsatkichlaгga eгishilmoqda. Boshqacha aytganda, ushbu jarayon butun mamlakat aholisining o'sishiga hissa qo'shayotgan ushbu sohalaráa yakunlanadi.
O'zbekiston aholisi asosan tabiiy ko'payish hisobiga o'sib kelgan. So'nggi yillaráa tabiiy ko'payish suг'atining yil sayin kamayib boгishiga qaгamasdan, u nafaqat aholi sonining o'sishini, balki oilalaming ko'payishini ham ta'minlamoqda. Tadqiq qilinayotgan davr mobaynida O'zbekistonda tashqi migratsiya oqibatlaгi salbiy bo'lib, buning natijasida aholi sonining o'sishi uning tabiiy ko'payishi ko'reatkichidan kam bo'lishini ta'minlagan O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2020 yil 1 yanvar holatiga 33905,8 ming kishini tashkil etib, 2019 yilda 650,3 ming kishiga yoki 2,0 %ga o'sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 17,1 mln kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16,7 mln kishini (49,5 %) tashkil etdi. Respublika hududlari kesimida taЫillar shuni ko'гsatmoqdaki, 2020 yil 1 yanvar holatiga eng ko'p aholi soni Sama^and viloyatida 3719,6 ming kishini (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 % ni) tashkil etib, keyingi o^inlaMa Fa^'ona viloyatida 3620,1 ming kishini (11,1 %), Qashqadaryo viloyatida 3148,1 ming kishini (9,7 %), Andijon viloyatida 3011,6 ming kishini (9,2 %) tashkil etdi.
Qashqadaryo viloyati juda yuqori demografik imkoniyatlarga ega. Bundan tashqari, aholi soni respublikada eng yuqori sm^'atla^a o'smoqda. Mustaqillik yillarida (1991-2020) viloyat aholisi soni 1694,0 mingdan 3225,7 ming kishiga yoki 174,7% ga ko'payganligini ta'kidlash kifoya, O'zbekistonda esa bu ko^satkich o'rtacha 150,5 ni tashkil etdi (o'rtacha yillik o'sish sufatlari mos ravishda 2,70 % va 1,95 %). Ushbu dinamik o'sishning natijasi o'laгoq, O'zbekiston Respublikasi 13 sub'ekti oгasida hudud 6-o'rindan 3-o'гinga ko'taгildi.
1-jadval
O'zbekiston Respublikasi aholisi (ming kishi)__
Hududlar 1991 1995 2000 2005 2010 2015
Qoraqalpog'iston Respublikasi 1270,6 1393,5 1503,0 1569,9 1632,0 1763,1
Viloyatlar:
Andijon 1789,0 1987,0 2186,2 2342,7 2549,1 2857,3
Buxoro 1195,1 1310,7 1419,3 1507,6 1612,5 1785,4
Jizzax 797,2 885,5 974,8 1043,3 1116,8 1250,1
Qashqadaryo 1694,4 1914,6 2166,8 2378,5 2616,1 2958,9
Navoiy 682,0 731,6 783,3 810,2 851,6 913,2
Namangan 1551,8 1735,2 1924,3 2073,2 2258,5 2554,3
Samarqand 2200,9 2423,0 2670,3 2862,1 3119,0 3514,8
Surxondaryo 1332,0 1531,9 1736,7 1894,8 2075,0 2358,3
Sirdaryo 559,1 602,9 642,2 672,2 714,4 777,1
Toshkent 2129,8 2219,8 2350,2 2452,3 2585,9 2758,3
Farg'ona 2214,6 2432,6 2664,4 2840,9 3074,6 3444,9
Xorazm 1066,0 1195,9 1323,9 1432,8 1561,6 1715,6
Toshkent sh. 2130,2 2097,4 2142,3 2135,7 2234,3 2371,3
Jami 20602,7 22461,6 24487,7 26021,3 28001,4 31022,5
Manba: O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlari.
Aholi tug'ilish ko'rsatkichi mamlakatning barcha viloyatlarida qisqarib borayotganligi kuzatilsada, mazkur jarayon bo'yicha ular bir biridan keskin farq qiladi. Bu jarayon 1991 yilda Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida 40 promilledan yuqori, Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikasida 35-40 promille, Buxoro, Navoiy, Farg'ona viloyatlarida 30-35 promillega teng bo'lgan. Bu ko'rsatkich Toshkent viloyati va Toshkent shahrida pastroq bo'lgan. Aholi tug'ilish darajasi yil sayin kamayib, 2019 yili barcha viloyatlarda 21-25 promilleni tashkil etdi va ular o'rtasidagi farqlar qisqargan.
Respublikamizda o'tgan asrning 70-yillarida oilalarda tug'ilishining pasayishi kuzatilib, u obyektiv va subyektiv sabablarga bog'liq holda amalga oshgan. Tahlillar ushbu jarayonlarni davr siyosati ya'ni markaz tomonidan O'rta Osiyoda amalga oshirilgan demografik siyosat aniqrog'i oilalarning kattaligini, bolalar sonini majburiy chegaralash natijasi ekanligidan dalolat bermoqda. Ushbu siyosatning ta'siri Qashqadaryo viloyatida o'tgan asrning oxiri choragidan namoyon bo'la boshlasada, aholi orasida demografik rivojlanishida darhol sezila boshlanmadi. Respublikamizda oilalar demografik rivojlanishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining mintaqaviy xususiyatlari aholi soni o'sishida hududiy tafovutlarni vujudga keltirdi.
O'zbekistonda 1989-2019 yillar mobaynida oilalarning o'sish sur'ati juda yuqori bo'lgan. Bu esa mazkur davrda oilalar tabiiy ko'payishining yuqori bo'lishi va tashqi migratsiyaning ijobiy natijasi bilan ifodalanadi. Ushbu davrda Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida oilalar demografik taraqqiyotida jadal o'sish ro'y berdi.
Oxirgi yillarda, respublikada oilalar sonining o'sishi oldingi davrga nisbatan kamayib, u tug'ilishning kamayishi va tashqi migrasiyaning salbiylashuvida namoyon bo'luvchi demografik o'tish jarayonining boshlanganligi bilan tavsiflanadi. Mazkur davrda ham Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Namangan viloyatlarida oilalarning o'sishi biroz yuqori bo'lgan. Bu jihatdan Qoraqalpog'iston va boshqa mintaqalar o'rtacha ko'rsatkichga ega bo'ldi. Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida oilalar soni sekinlik bilan o'sgan bo'lsa, Toshkent shahrida uning soni deyarli o'zgarmagan.
Respublikamizda Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida oilalarning o'sishi nisbatan yuqoriroq bo'lgan. Demak, davrlar bo'yicha mintaqalarda oilalar sonining o'sishi sur'ati bo'yicha uchta guruhga ajratilgan.
Birinchi guruh oilalar demografik taraqqiyoti jadal o'sayotgan viloyatlar bo'lib, respublikamiz hududining 11,9 foizini tashkil qiladi va ushbu hududlarning mamlakatimiz aholisidagi ulushi 13,1 dan 16,7 foizga oshgan.
Ushbu holat ikkinchi guruh viloyatlarida 12,3 foiz hududni, aholi sonining ulushi 34,9 dan 37,8 foizga o'zgargan bo'lsa, uchinchi guruh 76,8 foiz hududni egallab, uning aholisi ulushi esa 52,0 dan 45,5 foizga kamaygan. Demak xulosa qilish kerakki, tadqiq qilinayotgan davrda oilalar demografik holatidagi asosiy o'zgarish, ya'ni demografik salohiyatining janub (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari) yo'nalishida va urbanizasiyalashgan hududning sharqqa "siljishi"da kuzatilmoqda. Oilalar demografik rivojlanishining o'ziga xos mintaqaviy xususiyatlariga hududlardagi milliy va etnik tarkib, qadriyat va urf odatlar katta ta'sir ko'rsatmoqda.
Umuman olganda bu davrlarda ro'y bergan o'lim jarayonlari asosan demografik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan bog'liq bo'lib, u dastavval vohada sog'liqni saqlash tizimining nisbatan yaxshilanishi o'lim ko'rsatkichlarini jiddiy pasayishiga olib kelishi bilan izohlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Бyриевa М.Р. Poждaeмoсть в Узбекистане. - Т.: Фaн, 1991.
2. Бyриевa М.Р. Ахрли, oилa Ba иктисод //Жaмият Ba бош^рув. -Т.: 1998. -№ 1.
3. Вишневский А. Г. Демoгрaфическaя революция. М.: 1976. 240 с.
4. Добров Г.М. nporao3^aBaH^ муке и техники. - М.: 1969. 173 с.
5. Дaрский Л.Е. Фoрмирoвaние семьи. М.: 1972. 63 с.