Научная статья на тему 'OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDA URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH MASALALARI'

OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDA URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
769
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaharlar / urbanizatsiya / guruhlashtirish / shahar funkiiyalari / monofunksional shahar / polifunksional shahar / shaharlar tipologiyasi / cities / urbanization / grouping / city functions / monofunctional city / polyfunctional city / typology of cities

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X. Yusupov

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi urbanizatsiya jarayoni va ularning takomillashtirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Respublikaning hozirgi urbanizatsiya jarayonlari tavsif etilgan va ular hududlar kesimida guruhlashtirib chiqilgan, hududlarning urbanizatsiya jarayonining hozirgi kundagi imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF GROUPING URBANIZATION AREAS IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

This article describes the process of urbanization in the Republic of Uzbekistan and issues of their improvement and development. The current urbanization processes of the republic are described and they are grouped by regions, recommendations are given on the use of the current opportunities of the urbanization process of the regions.

Текст научной работы на тему «OʼZBEKISTON RESPUBLIKASIDA URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH MASALALARI»

 2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI

GURUHLASHTIRISH MASALALARI Yusupov Xasanboy Baxodir o'g'li

Toshkent shahar Olmazor tumani 165-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi O'quv ishlari bo'yicha

direktor o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.6944386

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiya jarayoni va ularning takomillashtirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Respublikaning hozirgi urbanizatsiya jarayonlari tavsif etilgan va ular hududlar kesimida guruhlashtirib chiqilgan, hududlarning urbanizatsiya jarayonining hozirgi kundagi imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: shaharlar, urbanizatsiya, guruhlashtirish, shahar funkiiyalari, monofunksional shahar, polifunksional shahar, shaharlar tipologiyasi

ПРОБЛЕМЫ ГРУППИРОВКИ УРБАНИЗИРОВАННЫХ ТЕРРИТОРИЙ В

РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье описаны процессы урбанизации Республики Узбекистан и вопросы их совершенствования и развития. Описаны современные процессы урбанизации республики и сгруппированы по регионам, даны рекомендации по использованию современных возможностей процесса урбанизации регионов.

Ключевые слова: города, урбанизация, группировка, городские функции, монофункциональный город, полифункциональный город, типология городов.

ISSUES OF GROUPING URBANIZATION AREAS IN THE REPUBLIC OF

UZBEKISTAN

Abstract. This article describes the process of urbanization in the Republic of Uzbekistan and issues of their improvement and development. The current urbanization processes of the republic are described and they are grouped by regions, recommendations are given on the use of the current opportunities of the urbanization process of the regions.

Keywords: cities, urbanization, grouping, city functions, monofunctional city, polyfunctional city, typology of cities

KIRISH

Urbanizatsiya, mamalakat va mintaqalarda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida shaharlashuv jarayoning kuchayib borishi, turli yiriklikdagi shaharlar va xususan, yirik shahar, shaharchalarning rivojlanishi aholining turmish tarzini o'zgarishida aks ettiruvchi jarayon. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF 5623-sonli "Urbanizatsiya jarayonini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va ushbu farmon ilovasiga keltirilgan O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyasini tartibga solish bo'yicha "Yo'l xaritasi"da belgilab berilgan dasturlar asosida ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu farmonning maqsadi esa O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyasini oshirish. Bugungi kunda O'zbekiston urbanizatsiyalashish jarayoni hududlarda bir biridan far q qiladi [214 b].

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi uarbanizatsiyalashish darajasi bo'yicha Jahonda 203 davlatning ichida 155-o'rinda turadi. Bu ko'rsatkich esa o'z navbatida aholining shaharlarda yashash

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

ko'rsatkichi bilan bir ma'noni bildiradi. O'zbekiston Respublikasining urbanizatsiyashish ko'rastkichi esa jahondagi davlatlar orasida ancha orta qolib ketganini bildiradi.

Urbanizatsiya murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo'lib, u barcha jabhalarni qamrab oladi va shu bilan birga, turli mamlakatlarda turlicha nomoyon bo'ladi. Uning hududiy hususiyatlari joyning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati, iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibi va ixisoslashuvi, taransporti, geoekologik holati va boshqa omillar ta'sirida shakillanadi [2-45 b].

Shaharlarning rivojlantirmasdan jamiyat, mamalakat va mintaqalar taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi aholisining 50,8% shahar, 49,2% qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu esa o'z navbatida mamlakatning urbanizatsiyalashish darajasini belgilab beradi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyalashish ko'rsatkichi 50,8%ni tashkil qiladi. Respublika hududlarining urbanizatsiya jarayoni bir biridan farq qiladi. Aholining shaharlarda yashash ko'rsatkichi Namangan viloyati respublika ko'psatkichidan yuqori darajada bo'lsa Xorazm viloyati esa respublika ko'rsatkichidan ancha past ekanligi bilan farqlanadi(l-rasmda). 1-rasmda O'zbekiston Respublikasi va barcha hududlarining shaharlashish o'z aksini topgan [2-36 b].

O'zbekiston urbanizatsiyalashgan hududlarini quydagi rasm orqali ko'rish mumkin.

O'zbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvar holatiga 120 ta shahar va 1067 ta shaharcha mavjud bo'lgan. Ularda 17144,1 ming kishi istiqomat qilgan, qishloq aholi manzilgohlarida esa 16761,1 kishini tashkil etgan(1-rasm).

Agar o'tgan bosqichda urbanizatsiya darajasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilgan bo'lsa, so'ngi davrda aholi soni ko'p va zich yashagan Farg'ona vodiysiga almashdi. Buning asosiy sababi, Farg'ona vodiysi ko'plab aholi soni yirik qishloqlarda istqomat qilishidir. Hududlarda urbanizatsiya salohiyatini oshirishda tuman markazlari yetakchilik qiladi.

Hududlarda urbanizatsiyalashish jarayoni esa viloyatlarda turlicha ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Shu asosida Respublika hududlarini urbanizatsiyalash darajasiga qarab 4 guruhga ajratib tahlil qilish mumkin(1-jadval) [3-5 b].

1-jadval

Hududlar bo'yicha urbanizatsiya jarayonini guruhlanishi

№ Guruhlashtirish Hudular nomi

1 Eng urbanizatsiyalashgan hudud Namangan viloyati

2 Urbanizatsiyalashgan hudud Farg'ona viloyati

Andijon viloyati

Toshkent viloyati

Qoraqalpog'iston Respublikasi

3 Past urbanizatsiyalashgan hudud Navoiy viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Samarqand viloyati

4 Eng past urbanizatsiyalashgan hudud Buxoro viloyati

Surxondaryo viloyati

Xorazm viloyati

Manba: Jadval muallif tomonidan tuzuldi TADQIQOT NATIJALARI

Ushbu 1-jadvalda O'zbekiston Respublikasi aholisining shaharlarda yashash ko'rsatkichi ya'ni urbanizatsiya darajasiga qarab to'rtta guruhga ajratilgan. Ushbu guruhlarga ajratishda O'zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi olingan bo'lib, guruhlash mezoni mamlakat urbaniztsiyalashish ko'rsatkich asos qilib olingan. O'zbekistonning urbanizatsiya darajasini yuqorida ta'kidlanganidek 50,8%ni tashkil etadi. Hududlarni guruhlashtirishda aynan respublika ko'rsatkichi asosida to'rtt guruh shaki 11 anti rildi.

• Birinchi Eng urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib urbanizatsiya darajasi 60% dan yuqori hududlar;

• Ikkinchi urbanizatsiyalashgan hududlar. Urbanizatsiya darajasi 50-59% ega hududlar;

• Uchinchi past urbanizatsiyalashgan hudud. Urbanizatsiya darajasi 40-49% ega hududlar;

• To'rtinchi eng past urbanizatsiyalashgan hudud. Urbanizatsiya darajasi 39% dan past bo'lgan barcha hududlar.

1-rasm

O'zbekistonning urbanizatsiyalashgan hududlari xaritasi

Manba: Xarita muallif tomonidan statistik ma'lumotlar asosida tuzildi.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Birinchi guruhga eng urbaniztsiyalashgan hudud bo'lib ushbu guruhga Namangan viloyatini kiritildi. Namangan viloyati urbanizatsiyalashish darajasiga ko'ra 64.8% bilan respublikada eng yuqori o'rinda turadi. Ikkinchi urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib, ushbu guruhga Farg'ona viloyati va Andijon viloyatlari kiritilib ularning urbanizatsiya darajasi mos ravishda 56.3% va 52.3% tashkil etadi. Uchunchi guruh past urbanizatsiyalashgan hududlar bo'lib ushbu guruhlar respublikaning asosiy hududlari, ya'ni, Toshkent viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy viloyati, Jizzax viloyati, Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyatlari kiradi. Tortinchi guruhga esa eng past urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib Samarqand viloyati, Buxoro viloyati, Surxandaryo viloyati va Xorazm viloyatlari kiradi [4-32 b].

2009-yilda mamlakati aksariyat aholisining qishloqda yashashini hisobga olgan holda, ularda shahar hayot tarzini, madaniyatini olib kirish, infuratuzilmani yaxshilash maqsadida 2009-yil Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, 965 ta qishloqga shaharcha maqomi berildi.

Qishloqlarning shaharchalarga aylanishi respublika urbanizatsiyasida o'ziga hos yangi bosqich bo'ldi(1 jadval). Shahar aholisi soni 2008-yilda 9,6 mln. bo'lgan bo'lsa, 2009-yilda 14,3 mln. kishini tashkil etmoqda, urbanizatsiya darajasi 50,8% ga ko'tarildi. Bunda eng yuqori ko'rsatkich Namangan viloyatida kuzatilib, 64,4%, ikkinchi o'rinda Farg'ona viloyati - 58,7% va uchinchi viloyat Andijonda-53,1% shahar aholisi qayd etildi. Agar nazariy jihatdan tahlil qilinsa, aholi soni va ular oila a'zolarining aksariyatini qishloq xo'jaligida band emasligini hisobga olsak, shaharcha maqomi berish talablariga javob beradi. Biroq, shahar infiratuzulmasi, arxitekturasi, shahar madaniyati, aholining yashash tarzi jihatidan, bu "soxta urbanizatsiya"ning bir ko'rinishidur. Aksaryat hollarda shaharlar soning ko'pligi, yirik shahar va shaharchalar va shahar aglomeratsiyalarning mavjudligi hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqoriligini ko'rsatadi. 2020-yil ma'lumotlariga binoan, respublikada 0,38 ming kv.km gacha o'rtacha bitta shahar aholi manzilgohi mos kelgan. Bu ko'rsatkich tabbiy xo'jalik rayonlarida turlicha farqlanadi [5-89 b].

2009-yilda O'zbekiston Respublikasi hududi bo'yicha yangi qo'shilgan shaharchalar hisobiga respublika bo'yicha mingdan ortiq shaharchalar vujudga keldi. Shaharchalar soni bo'yicha eng yuqori hududlar Farg'ona viloyatida 197 ta, Qashqadaryo viloyatida 117 ta, Namangan viloyati 115 ta, Surxandaryo viloyatida esa 112 ta tashkil etgan bo'lsa, shaharchalar soni bo'yicha eng kam ko'rsatkich Navoiy viloyatida 46 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasida 26 ta, Sirdaryo viloyatida esa 25 tani tashkil etmoqda [6-54 b]. O'zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari mamlakat mintaqalari bo'yicha notekkis taqsimlangan.

2-jadval

O'zbekiston Respublikasining shahar va shaharchalarining hududlar bo'yicha

taqsimlanishi (2021-yil 1-yanvar holatiga)

Hudu nomi Jami shaharlar shu jumladan, respublika va viloyat bo'ysunuvidagi Shaharchalar

O'zbekiston Respublikasi 120 32 1067

Qoraqalpog'iston 12 1 26

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Respublikasi

Andijon viloyati 11 2 79

Buxoro viloyati 11 2 68

Jizzax viloyati 6 1 42

Qashqadaryo viloyati 12 2 117

Navoiy viloyati 7 3 46

Namangan viloyati 8 1 115

Sam arqand viloyati 11 2 88

0 Surxondaryo viloyati 8 1 112

i Sirdaryo viloyati 5 3 25

2 Toshkent viloyati 16 7 95

3 Farg'ona viloyati 9 4 197

4 Xorazm viloyati 3 2 56

5 Toshkent shahri 1 1 1

Manba: Jadval muallif tomonidan statistika qo'mitasi ma'lumotlar asosida tuzildi

Demografik salohiyat yuqori, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo'lgan iqtisodiy rayonlarda shaharlar to'ri ham yaxshi rivojlangan. Shaharlar va shaharchalar sonining eng ko'p miqdori Farg'ona(423 ta) mintaqasiga tegishli bo'lib, unda O'zbekiston shahar manzilgohlarining 35,1% joylashgan. Shuningdek, shaharlar soni bilan Janubiy, Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlari ham nisbatan yaxshi ta'minlangan. Ayni paytda iqtisodiyoti agrar-industiryal yo'nalishga ega bo'lgan Quyi Amudaryo va Mirzacho'l mintaqasida shaharlar to'ri sust bo'lib, respublika Urbanistik tizimining mos ravishda 8,2 va 6,8% tashkil etadi.

Mamlakatimizdagi shaharlar orasida faqat 1 ta millioner shahar Toshkent shahri, 2 ta 500 mingdan ortiq aholiga ega bo'lgan juda yirik shaharlar Namangan va Samarqand shaharlari va 5 ta yirik shaharlar, Andijon, Buxoro, Nukus, Farg'ona va Qarshi shaharlari, 10 ta katta shaharlar Qo'qon, Marg'ilon, Termiz, Jizzax, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Urganch va Shahrisabz shaharlari mavjud. Shunungdek 20 ta o'rta shaharlar va 50 ta yarim o'rta shaharlar, qolgan 32 tasi esa kichik shaharlar hisoblanadi. 1078 ta shaharchalarni ichida aholi soniga ko'ra yarim o'rta shahar va kichik shaharlar guruhiga kiruvchi shaharchalar ham mavjud bo'lib, ularning aksariyati Farg'ona vodiysi mintaqasiga to'g'ri keladi. Jumladan bunday shaharchalar Andijon viloyatida mintaqning boshqa shaharlarida ko'proqni tashkil qiladi. Buloqboshi, Baliqchi, Chinobod, To'rtko'l, Izboskan shaharchalarida aholi soni 20 mingdan ortiq.

Mintaqa shaharlarining urbanistik tarkibini aholi soniga ko'ra turlarining ulushini quyida ko'rib chiqamiz [5-4 b].

Umumiy shaharlar sonidan "juda yirik shaharlar" 3,6 % ni, "yirik shaharlar" 7,2 % ni, "katta shaharlar" 7,2 % ni, o'rta shaharlar 21,4 % ni, "yarim o'rta shaharlar" 50 % ni, "kichik shaharlar" esa 7,2 % ni tashkil qiladi.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

MUHOKAMA

Mamlakatlar va mintaqalarda shaharlarni rivojlanishi uchun shaharlar soni mos ravishda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 1 mln aholiga ega shahar yonida 2 ta 500 minglik shahar bo'lishi, keyingi o'rinlarda 4 ta 250 mingdan ortiq aholiga ega shaharlar va shu tartibda davom etishi talab etiladi. Demak mintaqada ushbu qoidaga mos ravishda shaharlar tarkib topmagan. Bu jarayon Respublikamiz va boshqa mintaqalar uchun ham xosdir.

O'zbekistonda jami shaharlardan viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar soni 25 ta, tumanlarga bo'ysunuvchi shaharlar soni 93 ta bo'lib, yagona poytaxt shahar respublikaga bo'ysunadi. Eng ko'p shaharlarga ega bo'lgan viloyat Toshkent viloyati (16 ta shahar), eng kam shaharlar esa Xorazm viloyatida 3 ta. 2009-yilda bo'lgan tarkibiy o'zgarishlardan so'ng, jami shaharc halar soni 1079 taga teng bo'ldi. Eng ko'p shaharchalarga ega bo'lgan viloyatlar: Farg'onada 197 ta, Qashqadaryoda 123 ta va Namanganda 120 ta. Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida shaharchalar soni eng kam.

O'zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari mamlakat mintaqalari bo'yicha notekis taqsimlangan. Demografik salohiyati yuqori, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo'lgan iqtisodiy rayonlar to'ri ham yaxshi rivojlangan. O'zbekiston Respublikasida shaharlar salmog'ini hisobga olgan holda urbanizatsiyalashgan hududlarni darajasini aniqlash mumkin bo'ladi. Shaharlar salmogi eng ko'p Farg'ona (423 ta) mintaqasiga tegishli bo'lib, unda O'zbekiston shaharlar manzilgohlarini 35,1% joylashgan. Shuningdek, shaharlar soni bilan Janubiy, Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlari ham nisbatan yaxshi ta'minlangan. Ayni paytda iqtisodiyoti agrar -industryal yo'nalishga ega bo'lgan Quyi Amudaryo va Mirzacho'l mintaqalarida shaharlar to'ri sust ekanligini ko'rish mumkin. O'zbekiston shaharlarining salmog'ini 2-rasm orqali aniqlangan bo'lib, shaharlarning ulishi hududlar kesimida tahlil qilingan [6-12 b].

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shahar aholisining hududlardagi ko'rsatkichi yuqoridagi jadvalda berilgan bo'lib, har bir hududlarda bu ko'rsatkich turlicha ekanligini ko'rish mumkin. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha shahar aholisi salmog'i 32,9% tashkil etmoqda. Shahar aholisining ulishi viloyatlar kesimda tahlil qilinganda Navoiy viloyati 40,2%, Qoraqalpog'iston Respublikasi 40,1%, Toshkent viloyati 39,2%, Namangan viloyati 34,1% tashkil etib Respublika ko'rsatkichidan yuqori ekanligini ko'rish mumkin(2-rasm).

Shahar aholisi salmog'ida shaharchalar aholisi kiritilmagan bo'lib, shahar maqomiga ega bo'lgan shaharlar asosida tuzilgan. Respublika ko'rsatkichini 32,9% bo'lgan shahar aholisi, ushbu ko'rsatkichan past ko'rsatkicha ega bo'lgan Qashqadaryo viloyati 31,2%, Andijon viloyati 27,8%, Farg'ona viloyati 26,9%, Buxoro viloyati 25%, Sirdaryo viloyati 23,1%, Samarqand viloyati 22,4%, Jizzax viloyati 22,3%, Surxandaryo viloyati 16,3% va Xorazm viloyati 13,6% ko'rsatkichga ega ekanligini ko'rish mumkin.

XULOSA

Xulosa shuni ko'rsatadiki hududlarning taraqqiy etishida shaharlarning o'rni va rivojlanish imkoniyatlari juda keng ekanligini ko'rsatmoqda. Urbanizatsiya darajasi yuqorilasa hududlar ham asta sekinlik bilan rivojlanadi va taraqqiy etib boraveradi.

REFERENCES

1. Soliev A. Nazarov M. Qurbonov SH. O'zbekiston hududlari ijlimoiy - iqtisodiy rivojlanishi.

T ."Mumtoz so'z". 2010.

2. «Sosialnoye razvitiye i uroven jizni naseleniya v Uzbekistane» Stat, sb., 2000, 2010, 2020.

2022

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

3. Soliyev A.S., Tashtayeva S.K, Egamberdieva M.M. Shaharlar geografiyasi. O'quv

qo'llanma.- T.,"Vneshinvedtprom", 2019.

4. Tashtayeva S.K., Qosimov X.S. Farg'ona mintaqasi turistik koridori shaharlarining rivojlantirish imkoniyatlari //"Zamonaviy geografik tadqiqotlarda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanishi, tabiatdan oqilona foydalanish va turizm masalalari". Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Nukus, 2021. 113-116 b.

5. Qosimov X.S. Farg'ona mintaqasi shaharlari funksiyalarini takomillashtirish masalalari

//"Kompleks geografik tadqiqotlar: innovatsiya va amaliyot" Respublika ilmiy-amaliy konserinseyasi materiallari. Andijon 2022-yil 82-87 bet.

6. Qosimov X.S Shaharlar taraqqiyotida turistik karidorlarning ahamiyati //"Geografik tadqiqotlar: innovatsiyon g'oyalar va rivojlanish istiqbollari" Xalqaro ilmiy amaiy konfirensiya materiallari Toshkent 2022-yil 392-396 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.