Научная статья на тему 'MAHALLIY BYUDJETLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI'

MAHALLIY BYUDJETLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
594
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mahalliy byudjet / mahalliy byudjet daromadlari / mahalliy byudjet xarajatlari / byudjet transfertlari / mahalliy byudjet barqarorligi / byudjet barqarorlik darajasi. / local budget / local budget revenues / local budget expenditures / budget transfers / local budget sustainability / level of budget sustainability.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — U.Y. O‘Roqov, J.A. Yomg‘Irov

Maqolada mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligining mohiyati va uni aniqlash uslubiyoti yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article reveals the essence of the financial stability of local budgets and the methodology for its determination

Текст научной работы на тему «MAHALLIY BYUDJETLAR BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

MAHALLIY BYUDJETLAR BARQARORLIGINI TA'MINLASH

MASALALARI

U.Y. O'roqov

Toshkent moliya instituti dotsenti

J.A. Yomg'irov

Toshkent moliya instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligining mohiyati va uni aniqlash uslubiyoti yoritilgan.

Kalit so'zlar: mahalliy byudjet, mahalliy byudjet daromadlari, mahalliy byudjet xarajatlari, byudjet transfertlari, mahalliy byudjet barqarorligi, byudjet barqarorlik darajasi.

АННОТАЦИЯ

В статье раскрывается сущность финансовой устойчивости местных бюджетов и методика ее определения.

Ключевые слова: местный бюджет, доходы местного бюджета, расходы местного бюджета, бюджетные трансферты, устойчивость местного бюджета, уровень устойчивости бюджета.

ABSTRACT

The article reveals the essence of the financial stability of local budgets and the methodology for its determination.

Keywords: local budget, local budget revenues, local budget expenditures, budget transfers, local budget sustainability, level of budget sustainability.

KIRISH

Mahalliy byudjetning moliyaviy barqarorlgi bu shunday kompleks tushunchaki, unga ko'ra ma'lum bir mahalliy hududning barqaror rivojlanishi, shu bilan birga, byudjet riski mavjud vaqtda ham moliyaviy xavfsizligini saqlab tura olishi uchun zarur bo'lgan miqdorda pul fondiga egalik holatini aks ettiradi. Bunda mahalliy byudjetning moliyaviy barqarorligi shartlari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

- byudjet xarajatlari va daromadlarining balanslashtirilganligi;

- byudjetning moliyaviy mustaqilligi va to'lovga qobiliyatliligi, ya'ni mahalliy organlarning hech qanday moliyaviy yordamsiz, byudjetga moliyaviy resurslarni safarbar qila olish qobiliyati;

- o'z majburiyatlarini to'liq va o'z vaqtida bajara olishi.

Ko'pgina xorij adabiyotlarida, byudjet barqarorligini ta'minlashda uch indikator o'rganiladi:

1) Byudjet simmetriyasi;

2) Daromad potentsiali;

3) Byudjetning ta'minlanganligi.

Ko'rish mumkinki, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi ularning moliyaviy xavfsizligi bilan uzviy bog'liqlikda ifodalangan. Zero, shu orqali moliyaviy barqarorlikning turli darajalarini, ularni belgilovchi mezonlari va indikatorlarini aniqlash mumkin bo'ladi. Shunday qilib, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi etarli darajada o'z moliyaviy mablag'lariga ega bo'lishi, byudjetning balanslashtirilganligi hamda xarajatlarning aksariyat qismi aynan ijtimoiy-madaniy sohani moliyalashtirishga qaratilganligida namoyon bo'ladi.

METODOLOGIYA

Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini aniqlashda muhim ko'rsatkichlar bo'lib, bu - daromadlarning shakllanishi, ularning manbalari hamda xarajatlar va ularning yo'nalishlaridir. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini baholash orqali mahalliy organlar kelasi moliyaviy yil uchun samarali mahalliy byudjetni rejalashtirishni amalga oshirishlari mumkin bo'ladi. Xususan, ko'pchilik davlatlarda yuqoridagi ko'rsatkichlarning me'yoriy qiymati belgilangan bo'lib, shu asosida munitsipal byudjetlar o'z moliyaviy holatini baholaydi va o'z faoliyatini yuritadi. Mazkur indikatorlar turli davlatlarda turlicha bo'lishi mumkin, chunki ularda byudjet siyosati va moliyaviy rivojlanish tentsiyalari turlichadir.

Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash orqali mahalliy hududiy birliklarning nafaqat moliyaviy holati yaxshilanadi, balki hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati oshadi. Shunisi ahamiyatliki, moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganligiga ham alohida e'tibor qaratiladi. Sababi, ijtimoiy xarajatlar jami mahalliy xarajatlarning kattagina qismini tashkil etadi va u o'z ichiga ta'lim, sog'liqni saqlash hamda madaniyat sohalarini qamrab oladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

Quyidjagi 1-jadvalda mahalliy byudjet barqarorligini aniqlash bo'yicha ko'rsatkichlarning o'ziga xos xususiyatlari keltirilgan.

1-jadval

Mahalliy byudjet barqarorligini aniqlash ko'rsatkichlari

Byudjet simmetriyasi ko'rsatkichlari Daromadlar potentsiali ko'rsatkichlari Byudjetning ta'minlanganligi ko'rsatkichlari

Mahalliy byudjetning joriy xarajatlarining byudjet daromadlari hajmiga mos bo'lishi Mahalliy byudjet jami daromadlari ichida o'z daromadlarining ulushi, % da Byudjetning balanslashtirilganligi -daromad va xarajatlarning muvofiqligi

Mahalliy byudjetning defitsitliligi Aholi jon boshiga mahalliy byudjetning o'z daromadlari hajmi, summada 1 ta aholiga nisbatan byudjetning ta'minlanganligi

Byudjet strukturasida ijtimoiy-iqtisodiy xarajatlarning katta ulushni tashkil etishi

Mahalliy byudjetning qarzdorligi hajmi Byudjet daromadlari o'zgarishiga qarab ijtimoiy xarajatlarning elastikligi

Mahalliy byudjetlaming moliyaviy barqarorligiga erishish murakkab masala hisoblanadi. Xususan, O'zbekistonda mahalliy byudjetlaming moliyaviy barqarorligini ta'minlash uchun ular moliyaviy imkoniyatlarini oshirish lozimdir. Buning uchun esa, avvalo, mahalliy byudjetlarning daromad bazalarini oshirish, qo'shimcha daromadlar zahiralarini shakllantirish hamda mahalliy byudjetlar xarajatlari majburiyatini optimallashtirish zurur bo'ladi. Mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligiga erishish hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hamda mahalliy byudjetlar mustaqilligini oshishiga xizmat qiladi.

Ma'lumki, mahalliy byudjetlarning daromadlari nobarqaror bo'lib, yaqin yillargacha uning daromad va xarajatlari turli xil usul va vositalar orqali muvozanatlashtirilib kelindi. Quyida keltirilayotgan jadval orqali biz mahalliy byudjetlarning 2016-2021 yillardagi miqdori, tarkibi va dinamikasi bilan tanishishimiz mumkin (2-jadval).

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

2-jadval.

2016-2021 yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarining tarkibi va uning o'zgarishi (mlrd.so'mda)

№ Ko'rsatkichlar Yillar

2G16 2G17 2G18 2G19 2G2G 2G21

Jami daromadlar 163G3,3 18536,3 22944,3 35134,2 27 7G3,G 35 173,G

1. Mahalliy soliqlar va yig'imlar 2667,2 4037,1 4523,2 5396,4 5 178,3 7 703,2

1.1. Mol-mulk solig'i 1035,6 2129,7 2606,1 2360,20 1 974,3 2 457,3

1.2. Yer solig'i 966,7 1091,8 1504,2 2313,2 2 386,7 4 082,8

1.3. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig'i 378,2 469,5 -0,7 0,6 x x

1.4. Mahalliy yig'imlar 64,9 79,6 112,6 341,3 817,3 1 163,2

1.5. Bozorlardan tushadigan daromadlar 221,8 266,5 301,0 381,1 x x

2. Biriktirilgan daromadlar 3917,7 4993,6 6422,7 5378,6 4 847,3 7 144,3

2.1. Yagona soliq to'lovidan Davlat byudjetiga ajratma 1647,3 2378,2 3790,9 1988,7 x x

Aylanmadan olinadigan soliq x x x x 1 353,93 1 649,4

2.2. Qat'iy belgilangan soliq 822,3 1042,8 1024,8 658,9 286,3 397,0

2.3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq 162,6 171,8 128,4 314,5 478,8 684,4

2.4 Yer osti boyliklaridan (norudaviy) foydalanganlik uchun soliq 63,4 126,4 145,9 298,2 560,4 868,2

2.5 Davlat bojlari 522,3 549,4 651,0 1075,0 968,1 1 614,9

2.6 Jarimalar 522,1 520,6 419,5 626,0 804,1 1 152,7

2.7 DAN yig'imlari 177,7 204,4 262,2 417,3 395,6 777,7

3. Tartibga soluvchi daromadlar (belgilangan normativlarga muvofiq) 8134,9 8754,3 11388,1 23853,4 16 947,7 19 279,1

3.1. Yuridik shaxslarning foyda solig'i 343,6 371,6 763,7 2 994,6 1 809,52 2 600,2

3.2. Jismoniy shaxslardan daromad solig'i 2266,7 2492,3 4067,8 9122,3 9 082,4 11 019,7

3.3. Qo'shilgan qiymat solig'i 2871,4 3200,7 4526,3 8105,1 1 266,4 0,0

3.4. Aksiz solig'i 2653,2 2689,7 2 030,3 3631,4 4 789,4 5 659,2

4. Boshqa daromadlar 1583,6 751,4 610,3 505,8 729,6 1 046,3

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

Ma'lumki, 2020 yildan boshlab mamlakatimizda byudjet mablag'larini taqsimlovchilarning mas'uliyatini yanada oshirish, mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirish va mablag'laridan foydalanishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining erkinligini ta'minlashga qaratilgan yangi byudjet tizimi joriy etildi. Xususan, 2020 yildan boshlab davlat byudjeti qonun bilan tasdiqlanmoqda. Soliq turlarini byudjet bo'g'inlari (respublika byudjeti; Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjeti; tuman va shaharlar byudjeti) o'rtasida taqsimlashning yangi tartibi amaliyotga kiritildi.

MUHOKAMA

Jumladan, 5 turdagi soliqlar tuman va shaharlar byudjetlarida; 13 turdagi soliqlar va yig'imlar Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetida, viloyatlarning viloyat byudjetlarida, Toshkent shahrining shahar byudjetlarida; 4 turdagi soliqlar esa respublika byudjetida to'liq qoldirilmoqda. 3 ta mahalliy byudjetda (Navoiy, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida) jismoniy shaxslarning daromad solig'i va yuridik shaxslarning foyda solig'idan tushadigan daromadlarning bir qismi qoldirilayotgan bo'lsa, qolgan hududlarda ushbu soliqlardan daromadlar to'liq hajmda tegishli mahalliy byudjetga yo'naltirilmoqda (3-jadval).

3-jadval

Soliqlarning byudjet bo'g'inlari o'rtasida taqsimlanishi (foiz hisobida)

Daromad turlari 2020 yil 2021 yil 2022 yil

Tumanlar va shaharlar byudjetlariga qoladigan soliqlar va yig'imlar

1. Jismoniy shaxlarning mol-mulk solig'i 100 100 100

2. Jismoniy shaxlardan olinadigan er solig'i 100 100 100

3. YaTT to'laydigan daromad solig'i (+ jismoniy shaxslarning ijaradan daromadi) 100 100 100

4. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stantsiyalaridan tashqari) 100 100 100

5. Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq (qurilish materiallari bo'yicha) 100 100 100

Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjetida, viloyatlarning viloyat byudjetlarida va Toshkent shahrining shahar byudjetlarida qoladigan soliq va yig'imlar

1. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 100 100 100

2. Yuridik shaxslardan olinadigan er solig'i 100 100 100

3. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (elektr stantsiyalariniki) 100 100 100

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Benzin, dizel yoqilg'isini va gazni yakuniy iste'molchilarga realizatsiya qilishdagi aktsiz solig'i 100 100 100

5. Aylanmadan olinadigan soliq 100 100 100

6. Davlat boji 100 100 100

7. Jarimalar 100 100 100

8. Chakana savdosiga doir huquq uchun yig'imlar (alkogol) 100 100 100

9. Boshqa yig'imlar 100 100 100

10. Avtotransport vositalarini sotib olganlik va O'zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirganlik uchun yig'imlar 100 100 100

11. Davlat daromadiga o'tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, xokimiyatlarning dividendlari va ajratmalar 100 100 100

12. Davlat aktivlarini joylashtirishdan, ijaradan va sotishdan normativlar bo' yicha olingan daromadlar 100 100 100

13. Mobil aloqa xizmatlari va alkogol mahsuloti, shu jumladan pivo uchun aktsiz solig'i 100 100 100

Respublika va mahalliy byudjetlar o'rtasida taqsim anadigan soliqlar

1. Jismoniy shaxslarning daromad solig'i, shu jumladan

Navoiy viloyati 70 62 63

Toshkent viloyati 34 45 42

Toshkent shahri 5 5 5

Qolgan hududlar 100 100 100

2. Yuridik shaxslarning foyda solig'i, shu jumladan

Toshkent viloyati 34 45 40

Toshkent shahri 5 5 5

Navoiy viloyati 100 100 63

Qolgan hududlar 100 100 100

Respublika byudjetida qoladigan soliqlar

1. QQS* 100 100 100

2. Aksiz 100 100 100

3. Bojxona boji 100 100 100

4. Yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq 100 100 100

* faqat 2020 yilda Qoraqalpog 'iston Respublikasi mahalliy byudjetida QQS to'liq qoldirilgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tegishli darajadagi mahalliy byudjetlarga ajratiladigan soliqlar va boshqa turdagi daromadlar hamda byudjetlararo transfertlarni taqsimlashlari, yoki hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

oshirish uchun daromadlarning prognozini oshirib bajarishdan olinadigan mablag'larning bir qismini tumanlar va shaharlar byudjetlariga yo'naltirishlari mumkin.

Hududlarning iqtisodiy salohiyati, tabiiy shart-sharoitlari, mehnat resurslari turlicha bo'lganligi, tabiiy ravishda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tafovutlarni keltirib chiqaradi. O'z navbatida, bu mahalliy byudjetlar daromadlarining shakllanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Yuqorida sanab o'tgan omillar natijasida hududlar byudjetida shakllanadigan daromadlar miqdori ham turlichadir (4-jadval).

4-jadval

2016-2021 yillarda mahalliy byudjetlar daromadlari tarkibida hududlar

byudjeti daromadlarining salmog'i (foiz hisobida)

№ Hududlar Yillar

2016 2017 2018 2019 2020 2021

1. Andijon viloyati 6,4 6,8 7,4 7,5 7,6 6,9

2. Buxoro viloyati 7,3 7,2 6,0 6,9 6,4 6,7

3. Jizzax viloyati 2,9 3,9 4,1 3,5 3,8 4,2

4. Qashqadaryo viloyati 10,8 9,6 10,2 10,8 8,9 7,7

5. Navoiy viloyati 4,8 4,0 5,3 5,3 5,6 5,5

6. Namangan viloyati 5,2 5,6 5,9 6,4 6,4 6,5

7. Samarqand viloyati 8,0 8,4 8,6 7,3 8,6 9,0

8. Surxondaryo viloyati 5,0 5,6 6,0 5,3 5,8 5,7

9. Sirdaryo viloyati 2,8 3,1 3,1 2,3 2,6 2,5

10. Toshkent shahri 14,3 13,2 12,2 10,7 11,4 14,0

11. Toshkent viloyati 11,1 9,6 8,5 10,6 8,6 10,6

12. Farg'ona viloyati 10,9 11,4 8,0 10,9 9,7 10,4

13. Xorazm viloyati 4,5 4,8 4,8 4,2 4,7 5,0

14. Qoraqalpog'iston Respublikasi 5,8 7,0 9,8 8,4 9,9 5,3

Jami 100 100 100 100 100 100

Xususan, 2016-2021 yillarda hududlar mahalliy byudjetlarining jami daromadlari tarkibida Toshkent shahri (o'rtacha 12,6%), Qashqadaryo (o'rtacha 9,7%), Toshkent (o'rtacha 9,8%), Farg'ona (o'rtacha 10,2%), viloyatlari byudjetlari daromadlari boshqa hududlar daromadlariga nisbatan yuqori bo'lgan. Bunday holatni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

mazkur hududlarning iqtisodiy salohiyati yuqoriligi va sanoatining nisbatan rivojlanganligi, tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyoti va hududiy infratuzilmaning yaxshiligi natijasida soliq to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslar sonining boshqa hududlarga nisbatan ko'pligi bilan izohlash mumkin.

5-jadval

201б-2021 yillarda mahalliy byudjetlar xarajatlarining tarkibi va miqdori (mlrd. so'mda)

№ Xarajatlar yo'nalishlari Yillar

201б 2017 2018 2019 2020 2021

1. Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlari 1S 600,0 18 646,4 27 837,3 40 535,1 28 182,0 36 547,2

2. Iqtisodiyot xarajatlari 1 294,8 1 612,1 3 189,8 4 156,6 8 937,8 11 617,9

3. Markazlashgan investitsiya xarajatlarini moliyalashtirish 780,1 1 474,4 2 456,3 3 054,3 4 417,5 9 793,8

4. Davlat boshqaruvi, adliya va prokuratura organlarini saqlash xarajatlari 273,1 591,8 1 342,4 2 588,8 3 341,8 4278,3

5. O'zini o'zi boshqarish organlarini saqlash xarajatlari 459,1 498,6 603,5 701,1 817,7 1 023,4

6. Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar zaxira jamg'armalari 37,0 137,5 320,0 450,3 970,9 611,5

7. Davlat qarzlariga xizmat ko'rsatish va qoplash xarajatlari 4,3 27,4 16,7 86,2 89,2 58,8

S. Boshqa xarajatlar 54,9 101,0 269,9 477,3 433,9 1 663,5

Jami 21 503,2 23 089,1 3б 035,8 52 049,7 47 190,8 б5 534,4

2016-2021 yillarda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash xarajatlarining mahalliy byudjetlar xarajatlaridagi salmog'i sezilarli darajada yuqori bo'lib, yillik o'rtacha 79,6 foizni tashkil qilgan (8-jadval). Bu esa mahalliy byudjetlar xarajatlari tarkibida ijtimoiy xarajatlarning ustuvorligi saqlanib qolingan holda 20162021 yillarda ushbu sohaga yo'naltirilgan mablag'lar miqdori yiliga o'rtacha 17603,1 mlrd. so'mni tashkil etgan. Bunday holat mahalliy byudjetlar mablag'lari hisobidan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

maorif, sog'liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, aholining ehtiyojmand qatlamlariga ijtimoiy nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to'lovlari faol moliyalashtirilayotganligini ko'rsatadi va aholini ijtimoiy himoya qilish nuqtai nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.

Mahalliy byudjetlar xarajatlarining O'zbekiston hududlari bo'yicha tahlili shuni ko'rsatadiki, Andijon (yillik o'rtacha 8,3%), Qashqadaryo (yillik o'rtacha 8,5%), Samarqand (yillik o'rtacha 10,1%), Toshkent (yillik o'rtacha 8,1%), Farg'ona (yillik o'rtacha 9,7%) viloyatlari va Toshkent shahri (yillik o'rtacha 9,9%) byudjetlari xarajatlarining mahalliy byudjetlar jami xarajatlari tarkibidagi ulushining yuqoriligi ushbu hududlarda aholi zichligi bilan birgalikda byudjet tashkilotlari, byudjetdan mablag' oluvchilar va davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlanadigan aholi sonining boshqa hududlarga nisbatan yuqoriligi bilan izohlanadi (6-jadval).

6-jadval

2016-2021 yillarda mahalliy byudjetlar xarajatlari tarkibida hududlar byudjeti

xarajatlarining ulushi (foiz hisobida)

№ Hududlar Yillar

2016 2017 2018 2019 2020 2021

1. Andijon viloyati 8,3 8,0 8,1 8,7 7,9 7,5

2. Buxoro viloyati 5,9 5,8 6,1 6,0 6,6 6,2

3. Jizzax viloyati 4,6 4,7 5,1 4,9 4,4 4,5

4. Qashqadaryo viloyati 8,8 8,4 8,3 8,5 9,8 9,3

5. Navoiy viloyati 4,0 3,8 4,4 4,4 3,9 4,0

6. Namangan viloyati 7,6 7,4 7,2 7,5 8,0 7,6

7. Samarqand viloyati 10,4 10,4 9,7 9,9 8,1 8,7

8. Surxondaryo viloyati 7,6 7,6 7,2 7,1 6,9 7,3

9. Sirdaryo viloyati 3,1 3,4 3,3 3,3 5,0 3,3

10. Toshkent shahri 9,1 10,5 10,5 9,4 11,3 13,5

11. Toshkent viloyati 8,0 7,9 8,4 8,1 7,2 7,4

12. Farg'ona viloyati 10,1 9,8 9,2 9,5 8,8 9,0

13. Xorazm viloyati 5,4 5,3 5,1 5,2 4,8 5,1

14. Qoraqalpog'iston Respublikasi 6,9 7,0 7,4 7,5 7,5 6,7

Jami 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0

Mahalliy byudjetlarning hududlar bo'yicha xarajatlari o'rtasidagi tafovutlar tegishli mahalliy byudjetlarining xarajat yo'nalishlari miqdoriga ham bevosita bog'liqdir. Mamlakatimizdagi har bir viloyat, tuman va shaharlarning iqtisodiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

rivojlanishi, iqtisodiy salohiyati, tabiiy iqlim shart-sharoitlari va demografik ko'rsatkichlari, geografik joylashuvi bir-biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqib, hududlarning daromadlari va xarajatlari o'zaro mutanosib bo'lmasligi, tabiiydir. Masalan, ba'zi bir hududlarda aholi soni yuqori hamda tabiiy resurslari turlicha, ijtimoiy, ishlab chiqarish va bozor infratuzulmalarining rivojlanish darajasi ham farqlanadi. Shuning uchun mahalliy byudjetlar o'z daromadlari hisobidan xarajatlarini to'liq moliyalashtirish imkoniyatiga ega emas.

Shu sababli mahalliy byudjetlarga yuqori turuvchi byudjetdan daromadlari va xarajatlari o'rtasidagi farqni qoplash maqsadida turli ko'rinishlardagi moliyaviy transfertlar ajratiladi. Chunki, Byudjet Kodeksining 142-moddasiga muvofiq, Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari balanslashtirilgan daromadlar va xarajatlarga ega bo'lishi lozim.

TAHLIL NATIJALARI

Ta'kidlash o'rinliki, mamlakatimiz byudjet tizimida yuqori byudjetdan quyi byudjetlarga (ya'ni, respublika byudjetidan viloyat byudjetiga yoki viloyat byudjetidan tuman va shaharlar byudjetiga) trasfertlar 2020 yilga qadar ta'lim va tibbiyot muassasalari xodimlarining ish haqi va yagona ijtimoiy to'lovlarni to'lash maqsadida ajratilgan. Bunday transfertlar faqat shu maqsad yo'lida sarflanishi belgilanganligi bois ular maqsadli transfertlar deyilgan.

Yuqorida ta'kidlanimizdek, 2020 yildan boshlab mamlakatimizda yangi byudjet tizimi joriy etildi, byudjet daromadlari va xarajatlari byudjet tizimi bo'g'inlari o'rtasida qayta taqsimlandi. Yangi tartibga ko'ra, endilikda quyi byudjetlarga maqsadli transfertlar emas, balki daromad va xarajatlari miqdorini muvozanatlash uchun tartibga soluvchi (daromad va xarajatlar miqdorini tenglashtiruvchi) transfertlar ajratilmoqda.

Moliyaviy transfertlar byudjetlararo o'zaro hisob-kitoblarni ham o'zida mujassamlashtiradi. Ushbu transfertlar moliya yili mobaynida byudjetlar parametrlari o'zgarganda yuqori va quyi turuvchi byudjetlar o'rtasida yuzaga keladigan o'zaro pul munosabatlaridir. O'zaro hisob-kitoblar, asosan, byudjet sohasi xodimlarining ish haqlari miqdorining oshirilishi bilan bog'liq indeksatsiya qilish xarajatlarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi. Bundan tashqari, o'zaro hisob-kitoblar byudjetda nazarda tutilmagan boshqa turdagi xarajatlarga qo'shimcha maqsadli yordam tarzida amalga oshirilishi mumkin.

Har yili tasdiqlanadigan O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

to'g'risidagi Qonunda respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika byudjetiga va viloyatlarning viloyat byudjetlariga ajratiladigan tartibga soluvchi byudjetlararo transfertlar miqdorlari tasdiqlanadi.

7-jadval

Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga 2020-2021 yillarda ajratilgan hamda 2022 yilda rejalashtirilgan

tartibga soluvchi transfertlar miqdori (mlrd.so'mda)

T/r Hududlar nomi Jami Tartibga soluvchi transfertlar

2020 yil 2021 yil 2022 yil (prognoz)

10 170,9 10 443,0 14 115,6

1. Qoraqalpog'iston Respublikasi 318,9 1 301 1 518

2. Andijon viloyati 1 057,7 877 1 682

3. Buxoro viloyati 459,9 440 442

4. Jizzax viloyati 733,1 490 825

5. Qashqadaryo viloyati 1 237,4 1 577 2 051

6. Navoiy viloyati 129,7 0 0

7. Namangan viloyati 1 365,6 1 284 1 705

8. Samarqand viloyati 748,2 1 103 1 008

9. Surxondaryo viloyati 1 139,7 1 294 1 987

10. Sirdaryo viloyati 500,0 534 673

11. Toshkent viloyati 289,1 0 0

12. Farg'ona viloyati 702,6 910 1 377

13. Xorazm viloyati 753,2 633 847

14. Toshkent shahri 735,8 0 0

7-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, 2020 yilda respublika byudjetidan Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga ajratilgan tartibga soluvchi transfertlarning miqdori 10 170,9 mlrd. so'm, 2021 yilda esa 10 443,0 mlrd. so'mni tashkil etgan. 2022 yilda esa hududlar mahalliy byudjetlariga 14 115,6 mlrd. so'm tartibga soluvchi transfertlar byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan. 2020-2022 yillarda mahalliy byudjetlarga ajratilgan tartibga soluvchi transfertlarning o'rtacha 14,0 foizi Qashqadaryo viloyatiga, 12,7 foizi Surxondaryo viloyatiga, 12,5 foizi Namangan viloyatiga, 10,4 foizi Andijon viloyatiga to'g'ri kelmoqda.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

XULOSA

Afsuski, bu holat o'z navbatida, tuman mahalliy byudjetining yuqori byudjet, ya'ni viloyat byudjetiga qaramligini oshiradi. Moliyaviy transfertlarga bo'lgan ehtiyojni kamaytirish va tuman mahalliy byudjeti mustaqilligini oshirishda mahalliy davlat hokimiyati va moliya organlari o'z vakolatlari doirasida mahalliy byudjet daromadlaridan oqilona foydalanishlari, mavjud mablag'larning maqsadli sarflanishi uchun shaxsiy javobgarlik va mas'uliyatlarini oshirishlari, shuningdek, xarajatlarning maqsadliligini, manzilligini ta'minlashi va ulardan oqilona foydalanilishini nazorat qilishlari talab etiladi. Mazkur tadbirlarning samarali amalga oshirilishi, pirovardida, yalpi hududiy mahsulot va ishlab chiqarish hajmlarining ko'payishiga, hudud aholisining turmush farovonligining yanada yaxshilanishiga, hududlar moliyaviy imkoniyatlarining kengayishiga hamda tuman mahalliy byudjet daromadlari barqarorlashuviga olib keladi.

REFERENCES

1. Б.К.Гайибназаров, Н.Х.Хайдаров. ОБЪЕКТИВНАЯ СТАТИСТИКА-БАРОМЕТР ОТРАЖЕНИЯ СОЦИАЛЬНО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ СТРАНЫ. 2019

2. G.G.Nazarova, N.X.Xaydarov, M.Akbarov. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - T.: MChJ "RAM-S", 2007

3. G.G.Nazarova, N.X.Haydarov. International economic relations. Educational Manual. TDIU, 2005

4. T.Malikov, N. Xaydarov. Byudjet: tizimi, tuzilmasi, jarayoni. 2007

5. T.Malikov, N.Xaydarov. Davlat byudjeti. T.: "IQTISOD-MOLIYA, 2007

6. N.Xaydarov. Soliqlar va soliqqa tortish masalalari. O'quv qo'llanma. Toshkent: Akademiya, 2007

7. Xaydarov N.X. Moliya: umumdavlat moliyasi. T.: Iqtisod-moliya, 2009

8. Nizamiddin Khaydarov. Agricultural Development in Uzbekistan: Agricultural Reforms versus Transboundary Water Issues. Developing Country Studies. ISSN 2224-607X (Paper) ISSN 2225-0565 (Online) Vol.5, No.10, 2015

9. Uroqov Uchqun, Yuldasheva Nadira, Nuritdinova Vasila, Tukhtabayeva Sogdiana. Budgetary methods for local budgets. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. DOI: 10.5373/JARDCS/V12I6/ S20201165

10. У.Ю. Уроков. Пути повышения независимости местных бюджетов. Автореферат доктора философских наук, 2020

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-230-242

11. Uroqov Uchqun. Increasing the independence of local budgets in the social and economic development of the regions. // International Journal of Economics, Commerce and Management. United Kingdom ISSN 2348 0386 Vol.VII, Issue12, December 2019

12. Urokov Uchkun Yunusovich, Toshmatova Rano Gaipovna, Sharapova Mashhura Azadovna, Ismailova Nasiba Komiljonovna, Isaev Husan Mansurovich. Matters of revenue generation and cost optimization while increasing the efficiency of the state budget. Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol. 48. No. 12. December 2021

13. Уроков У.Ю., Юлдашева Н.В. Пути повышения финансовой самостоятельности местных бюджетов Республики Узбекистан // Интернаука: электрон. научн. журн. 2022. № 3(226).

14. U.Yu. O'roqov, N.M.Anvarov. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda byudjet-soliq siyosatining ahamiyati.

15. U.Yu. O'roqov, N.M.Anvarov. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda byudjet -soliq siyosatining ahamiyati Barqarorlik va Yetakchi Tadqiqotlar onlayn ilmiy jurnali (ISSN - 2181-2608). 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.