Научная статья на тему 'SOLIQLARNI TURLI BYUDJETLAR O‘RTASIDA TAQSIMLASHNING TEXNIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI'

SOLIQLARNI TURLI BYUDJETLAR O‘RTASIDA TAQSIMLASHNING TEXNIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1797
199
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
byudjet jarayonlari / samaradorlik / retsessiya / munitsipal byudjet / dotatsiya / moliyaviy salohiyatni rivojlantirish / hududiy byudjet soliq siyosati / budgetary processes / efficiency / recession / municipal budget / subsidies / development of financial potential / tax policy of the regional budget.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jamalova G.B.

Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini istiqboldagi prognozlashtirish va rejalashtirish hududlar rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini asoslanishiga ta’sir etishi, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirish, ularni shakllantirishning samarali yo‘llarini izlab topish, shuningdek, ushbu muammolarni hal etishda, byudjet daromadlarini shakllantirish va bir maromda daromad tushumlarini ta’minlashda, samarali tartibga solish usullaridan amaliyotda keng foydalanish, hamda mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirib borish birinchi navbatda, byudjet xaraatlarini moliyalashtirishda davriy kassa uzilishlarini oldini olib, mahalliy byudjetning moliyaviy barqarorligini ta’minlasa, ikkinchi tarafdan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etiishi masalalari va echimlari keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNICAL AND ECONOMIC EFFICIENCY OF TAX DISTRIBUTION BETWEEN DIFFERENT BUDGETS

This article examines the impact of future forecasting and planning of local budget revenues on the justification of socio-economic indicators of regional development, an increase in the revenue base of local budgets, the search for effective ways of their formation, as well as effective in solving these problems. formation of budget revenues and provision of revenues. Of great importance is the widespread use of regulatory methods, as well as increasing local budget revenues, firstly, preventing periodic interruptions in the financing of budget expenditures and ensuring the financial stability of the local budget, on the other hand, issues and solutions for socio-economic development.

Текст научной работы на тему «SOLIQLARNI TURLI BYUDJETLAR O‘RTASIDA TAQSIMLASHNING TEXNIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

SOLIQLARNI TURLI BYUDJETLAR O'RTASIDA TAQSIMLASHNING TEXNIK VA IQTISODIY SAMARADORLIGI

Annotatsiya: Ushbu maqolada mahalliy byudjet daromadlarini istiqboldagi prognozlashtirish va rejalashtirish hududlar rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarini asoslanishiga ta'sir etishi, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini oshirish, ularni shakllantirishning samarali yo 'llarini izlab topish, shuningdek, ushbu muammolarni hal etishda, byudjet daromadlarini shakllantirish va bir maromda daromad tushumlarini ta'minlashda, samarali tartibga solish usullaridan amaliyotda keng foydalanish, hamda mahalliy byudjetlar daromadlarini oshirib borish birinchi navbatda, byudjet xaraatlarini moliyalashtirishda davriy kassa uzilishlarini oldini olib, mahalliy byudjetning moliyaviy barqarorligini ta'minlasa, ikkinchi tarafdan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etiishi masalalari va echimlari keltirilgan..

Kalitso'zlar: byudjetjarayonlari, samaradorlik, retsessiya, munitsipal byudjet, dotatsiya, moliyaviy salohiyatni rivojlantirish, hududiy byudjet soliq siyosati.

Аннотация: В данной статье рассматривается влияние будущего прогнозирования и планирования доходов местных бюджетов на обоснование социально-экономических показателей регионального развития, увеличение доходной базы местных бюджетов, поиск эффективных способов их формирования, а также эффективных в решении данных проблем. формирование доходов бюджета и обеспечение доходов. Важное значение имеет широкое использование методов регулирования, а также увеличение доходов местного бюджета, во-первых, предотвращение периодических перебоев в финансировании бюджетных расходов и обеспечение финансовой устойчивости местного бюджета, с другой стороны, вопросы и решения для социально-экономического развития.

Ключевые слова: бюджетные процессы, эффективность, рецессия, муниципальный бюджет, субсидия, развитие финансового потенциала, налоговая политика регионального бюджета.

Abstract: This article examines the impact of future forecasting and planning of local budget revenues on the justification of socio-economic indicators of regional development, an increase in the revenue base of local budgets, the search for

Jamalova G.B. Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti Axborot texnologiyalari kafedrasi o 'qituvchisi

Scientific Journal Impact Factor

effective ways of their formation, as well as effective in solving these problems. formation of budget revenues and provision of revenues. Of great importance is the widespread use of regulatory methods, as well as increasing local budget revenues, firstly, preventing periodic interruptions in the financing of budget expenditures and ensuring the financial stability of the local budget, on the other hand, issues and solutions for socio-economic development.

Key words: budgetary processes, efficiency, recession, municipal budget, subsidies, development offinancial potential, tax policy of the regional budget.

Byudjet daromadlar qismini shakllantirish sohasidagi byudjet siyosati ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning amaldagi vositasi bo'lib hisoblanadi. Byudjet daromadlari, iqtisodiy, huquqiy va moddiy kategoriya sifatida, shuningdek, ijtimoiy va tarixiy jihatlar pozitsiyasidan aniqlanishi lozim.

Byudjet daromadlarini tartibga solish yo'nalishlarini iqtisodiyotni o'rta muddatli rivojlantirishning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib belgilash muhim hisoblanadi. Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

Byudjet daromadlari byudjet siyosatining muhim vositasi sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etib, birinchi navbatda, iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ta'minlaydi [1].

Bunda soliq siyosati ichki talab hajmini kengaytirishga va hududdagi tadbirkorlik sub'ektlarining faoliyatini rag'batlantirishga yo'naltirilishi lozim. Evropa Ittifoqida davlat boshqaruvidagi sektorning 1995-2012 yillar davomidagi daromadlarini o'rtacha ulushi YAIM ning 44,7 foizini tashkil etgan [2].

Rivojlangan mamlakatlardagi soliq tushumlarining elastikligini tahlili, ularning turli soliq qobiliyatini ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi, ishsizlik va to'lov balansi qoldig'i bilan korrektirovka qilinishi to'g'risida dalolat bermoqda. Byudjetni tartibga solish tizimida byudjet daromadlarini bashoratlash muhim tarkibiy qism hisoblanib, kelgusidagi byudjet davriga va o'rta muddatli davriga byudjet ko'rsatkichlarini shakllanishini belgilab berishda, byudjet jarayonlarini samaradorligi va shafoffligini oshirilishini ta'minlaydi.

Ctiglits (1997) ta'kidlashicha, retsessiya boshlanishida moliyaviy tartibga solishning roli kuchayib, fiskal vositalarning faol qo'llanishi kuzatilgan. Byudjet daromadlari va soliq tushumlarini dinamikasi umumiy holda rag'batlantiruvchi

KIRISH

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

moliyaviy siyosatni amalga oshirish bilan bog'liq. Byudjet daromadlarini makroiqtisodiy tartibga solishda foydalanish imkoniyatlari ishlab chiqarish sharoitlari va natijalari hamda iqtisodiy munosabatlarni rivojlanish darajasi bilan bog'liqdir [3].

Fedorova va boshqalar (2006) ta'kidlashicha, munitsipal byudjet daromadlarining tushumi hajmiga alohida soliqlar bo'yicha soliq bazasi, soliq stavkasi va hududiy byudjetlarga meyoriy ajratmalar ta'sir etadi. Mahalliy boshqaruvning daromadlar bazasini mustahkamlash ikki yo'nalishda, ya'ni byudjet va soliq qonunchiligini takomillashtirish yo'li bilan bazaviy ta'minlash va mahalliy soliqlar darajasini oshirish orqali amalga oshirilishi lozim. Soliqlarni markaziy va mahalliy byudjetlar o'rtasida taqsimlanish bilan bog'liq muammolarni echimida quyidagi prinsipial yondashuvlarni ajratib ko'rsatish mumkin: birinchisi, soliq va soliq vakolatlarini taqsimlanishi;

ikkinchisi, soliq bazasidan birgalikda foydalanish (soliq to'lovchilar bitta soliqni turli darajadagi byudjetlarga to'lashi);

uchinchisi, soliq tushumlaridan daromadlarni taqsimlanish ulushi (meyorlar asosida soliqlarning turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi) [4].

Istomina (2011), (Mishina, 2010) tomonidan soliq tushumlarini turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi yondashuvi yuzasidan bahs-munozaralar mavjudligi ko'rsatib o'tilgan. Jumladan, turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlanishi, hududlarning o'z daromadlar bazasini oshirishga rag'batlantirmaydi, hududlar o'z byudjetlarini daromadlar bazasiga ta'sir ko'rsatish uchun tegishli vositalarga ega bo'lmaydi, hududiy organlar soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar tufayli mahalliy byudjetlardagi yo'qotishlarni kompensatsiya qilish bo'yicha chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishlari lozim. Qoidaga ko'ra, byudjetni tartibga solishda ikki tarkibiy qismni ajratib ko'rsatadi, ya'ni tartibga soluvchi soliqlar (vaqtlar asosida yuqori byudjetlardan meyoriy ajratmalar) va yuqori turuvchi byudjetlardan moliyaviy yordamlar. Byudjetni tartibga solishni soliqlar hisobiga amalga oshirishda, mahalliy boshqaruv organlarining hududiy soliqlarni to'liq va o'z muddatida yig'ib olinishiga bo'lgan manfaatdorligi saqlanib qolinadi [5-6].

Igudin (2003) ta'kidlashicha, byudjetni tartibga solishning tarkibiy qismi bo'lgan dotatsiya rag'batlantirish xususiyatiga ega emas va mahalliy boshqaruv organlarida qaramlik kayfiyatni keltirib chiqaradi hamda ularning xo'jalik tashabbuskorligini bo'g'ishga olib keladi. Mahalliy organlarning o'z hududidan yig'ilgan soliq resurslarini hajmini solishtirish mavjud bo'lganda, munitsipal byudjetlarga dotatsiyani maqsadli ajratilishi to'g'risidagi savol tug'ilishi tabiiy holatdir. Mazkur savol noaniq qarshi moliyaviy oqimlarning muammosi bilan uzviy bog'liq: munitsipal byudjetlar dastlab soliqlarni ajratma sifatida hududiy byudjetlarga

Scientific Journal Impact Factor

yo'naltiradi, keyin dotatsiya ko'rinishida qaytarib oladi. Bu a sun'iy ravishda o'zini moliyaviy resurslar bilan ta'minlash imkoniyati bo'lgan hududlar h isobiga, dotatsion hududlar sonini oshiradi. SHu munosabat bilan, hududlar etarli darajada soliq salohiyatiga ega bo'lmaganda, mahalliy byudjetlarni soliqlardan ajratmalar hisobiga tartibga solish imkoniyati yo'qligi sababli, dotatsiya usulidan foydalaniladi (Polyak, 2009) [7].

SHunday qilib, byudjetni tartibga solishda soliqni tarkibiy qismlariga ustuvor yo'nalishlar berilishi lozim bo'lib, dotatsiyalarga oxirgi navbatda murojaat etilishi kerak.

Govorushina (2014) fikricha, mahalliy byudjetlarning o'z daromadlarini pasayib ketishiga nafaqat byudjet va soliq qonunchiligidagi o'zgarishlar, balki olinayotgan moliyaviy yordamni qisqarishidan munitsipalitetlar manfaatdor emas. Moliyani samarasiz tashkil etish qaramlikning tendensiyalarini keltirib chiqaradi. Byudjet tizimining zvenolari o'rtasida umumdavlat pul resurslarini taqsimlanishi asosida mahalliy byudjetlarning mustaqillik tamoyili yotadi [8].

Dorjdeev (2000) fikriga ko'ra, tartibga soluvchi soliqlardan ajratmalar bir xil yoki differensial meyorlarda belgilanishi masalasi bo'yicha, barcha hududlarga bir xil miqdordagi ajratmalar emas, balki ularni hisoblanishidagi yagona usulda amalga oshirilishi lozim. Tartibga soluvchi daromadlardan barcha hududlar uchun bir xil miqdordagi ajratmalarni o'rnatilishi, to'liq tartibga solish funksiyasini to'la qonli bajarishga to'sqinlik qiladi. Differensiyalangan meyorlar har bir hududni xususiyatlarini hisobga olish va nafaqat vertikal, balki gorizontal tenglashtirishni ta'minlash imkoniyatini beradi. Biroq, tartibga soluvchi soliqlarning differensial meyorlarni ob'ektiv asoslarda amalga oshiradigan usul zarur [9].

Bizning fikrimizga ko'ra, hududlardagi byudjet daromadlarini tartibga solishdagi asosiy vazifa, joylardagi boshqaruv faoliyatining samaradorligi uchun sharoit va rag'batlar yaratish, byudjetdan ko'rsatiladigan asosiy xizmatlarga fuqarolar uchun kafolat va imkoniyatlarni ta'minlash uchun munitsipal byudjetlar o'rtasidagi aholi jon boshiga to'g'ri keladigan soliqli daromadlarni solishtirma nisbatini tenglashtirishga olib keladigan optimal yo'lini topishdan iborat.

Hududiy iqtisodiyot taraqqiyoti, mahalliy byudjetlar daromad va harajatlarini tartibga solish va barqarorligini ta'minlashning nazariy, ilmiy va amaliy jihatlari bir qator iqtisodchi-olimlar tomonidan o'rganilgan va tadqiq qilingan. Xususan, Vahobov, Malikov (2012) mamlakat moliya tizimining sohalari va bo'g'inlarining guruhlanishi va davlat moliyasining tarkibiy qismi sifatida mahalliy moliyani ko'rsatib bergan, mahalliy moliyaning asosi sifatida mahalliy byudjetlar maydonga chiqishini ta'kidlagan [10]. Qiyosov (2009) mahalliy byudjetlar moliyaviy

440

Scientific Journal Impact Factor

imkoniyatlarini oshirish uchun mahalliy ahamiyatga ega bo'lgan va byudjet tushumlari hisobidan qoplashga asoslangan qimmatli qog'ozlarni chiqarish, mahalliy hokimiyatlarga qarz majburiyatlarini jalb qilishning qonuniy asoslarini yaratish bilan bog'liq tavsiyalarni bergan bo'lsa [11], Xayriddinov (2018) har bir mahalliy ma'muriy hududdagi soliq tizimi tomonidan undirilishi lozim bo'lgan umumdavlat soliqlari bo'yicha soliq summalarining ma'lum bir qismini bevosita mahalliy byudjetlarning ixtiyorlariga biriktirilgan daromadlar ko'rinishida qat'iy hissada va doimiy asosda qoldirilishi oldindan belgilanib qo'yilishi kerakligini, bunda asosiy urg'u daromadlarni byudjet tizimi bo'g'inlari o'rtasida qayta taqsimlashning asosiy kombinatsion variantlaridan biri bo'lgan me'yoriy ajratmalar tizimini takomillashtirishga qaratilmoqda, bozor iqtisodiyotining talablaridan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlar daromad bazalari barqarorligini ta'minlashda ularning biriktirilgan daromadlariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligini ta'kidlaydi [12]. SHuningdek muallif iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlarini ko'paytirish va ularni mahalliy byudjetlar harajatlarining taxminan 50 foizini ta'minlash imkoniyatlarini shakllantirish uchun davlat byudjeti daromadlarini byudjet o'rtasida taqsimlanish mexanizmini restrukturizatsiya qilish lozim, xorijiy mamlakatlar tajribalariga asoslangan xolda soliqqa tortiladigan bazadan hamkorlikda foydalanish amaliyotini milliy iqtisodiyot shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda joriy etish lozim, bunda barcha viloyatlar uchun barqaror tushumga ega bo'lgan ayrim tovarlarga nisbatan aksiz solig'idan xamkorlikda foydalanish tizimini joriy qilinishi, shuningdek, suv resurslaridan foydalanganlik soliq mahalliy byudjet uchun biriktirilgan daromad manbai sifatida berilishi maqsadga muvofiqdir, deb ta'kidlaydi. Sirojiddinova (2010) moliyaviy ko'mak berish mexanizmlarining qayta ko'rib chiqilishi va takomillashtirilishi moliyaviy ko'makni o'z mablag'i bo'lmagan mintaqalarga ularning barqaror moliyaviy holatini qo'llab-quvvatlash uchun yo'naltirish imkonini beradi, degan fikrlarni bergan [13].

YUldashev (2018)ning fikriga axamiyat beradigan bo'lsak, u hududlarning o'z moliyaviy salohiyati rivojlanishi, mahalliy byudjetlarning imkoniyatlari, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalari va kafolatlari bilan bog'liq majburiyatlarning ijrosi to'liq, o'z vaqtida hamda manzilli ta'minlanishi eng mustahkam va ishonchli moliyaviy baza bo'lib xizmat qilishini, shuningdek, hududlar salohiyatini nazarda tutgan holda, mahalliy byudjetlar daromadlarining qo'shimcha manbalarini shakllantirishni, byudjetlar daromadlarini oshirishni, aniqlangan zaxiralardan oqilona foydalanishni taqozo etishini hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi ham mahalliy

Scientific Journal Impact Factor

boshqaruv organlari ixtiyorida mustahkam moliyaviy manbalar mavjudligiga asoslanishini ta'kidlab o'tgan [14].

Burxanov (2018) byudjet tizimining turli bo'g'inlari o'rtasida daromadlarni qayta taqsimlash tizimining negizini hududlar ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanish darajasidagi assimetrik tafovut tashkil qiladi, deb hisoblaydi, shuning uchun mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashda, birinchi navbatda, hududlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni taklif qiladi [15].

Elliott R.Morss ta'kidlashicha: Soliqlarni turli darajadagi byudjetlar o'rtasida taqsimlash mexanizmlaridan turlicha mezonlardan foydalangan holda daromadlarni hududlar o'rtasida qayta taqsimlashda foydalanish mumkin, asosiy mezon daromadlarning katta qismini daromadlari past bo'lgan hududlarga qaytarishni nazarda tutishi zarur. Soliq taqsimoti ushbu maqsadga erishish uchun juda mos bo'lsa-da, daromadni kambag'al davlatlar foydasiga umumiy qayta taqsimlash hududiy siyosatning maqsadi bo'lishi shubhali. Sanoati rivojlangan o'lka va mintaqalarda soliqlarni taqsimlash emas, balki loyihalar taqdim etish maqsadga muvofiq bo'ladi [16]. Uning aytishicha: "Hududiy hukumat tomonidan to'plangan soliq tushumining bir qismi o'lka va munitsipal davlat hokimiyati organlariga ishlatilish yo'nalishini ko'rsatmasdan berilishi mexanizmini ilgari surgan".

Fikrimizcha, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'ini to'lig'icha mahalliy byudjetlarga biriktirib berish, qo'shilgan qiymat solig'ini turli darajadagi byudjet bo'g'inlari o'rtasida ulushli tarzda taqsimlash maqsadga muvofiq.

Kelgusida respublikada byudjetlararo mutanosiblikni ta'minlash, mahalliy byudjetning daromadlarini oshirishda sanoat ishlab chiqarishni oshirish hisobiga soliq solinadigan bazani kengaytirish, hududlar soliq salohiyati tushunchasini soliq qonunchiligiga kiritgan holda har bir hududning soliq salohiyatini hisoblab chiqish, uni orttirish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining tashabbusini rag'batlantirish mexanizmini yaratish lozim [17].

Yuqoridagi iqtisodchilar jamoasi va boshqa iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida ilgari surilayotgan fikr-mulohazalarda mahalliy byudjetlar daromadlari bazasini kengaytirishning xozirgi sharoitdagi dolzarb masalalari, hududlar darajasida davlat byudjeti mablag'larining qayta taqsimlanishi, mahalliy byudjetlarni samarali boshqarishning moliyaviy omillari tadqiq etilgan. Ushbu omillar kontekstidagi islohatlar "markaz - hudud" masshtabida moliyaviy oqimlarni barqarorlashtirish bilan birga, mahalliy davlat hokimiyati organlariiing hududlar iqtisodiy salohiyatidan

Scientific Journal Impact Factor

oqilona foydalanishni rag'batlantiruvchi moliyaviy mexanizmni shakllantirish va takomillashtirish zarurligini ko'rsatadi.

Xulosa o'rnida, soliqlarning byudjet tizimi byudjetlari o'rtasida taqsimlanishi bo'yicha dunyo tendensiyasida muntazam ravishda ushbu yo'nalishda, ushbu mavzuda tadqiqotlar olib borilmoqda, lekin yagona bir tizim mavjud emas. Respublikada soliqlarni byudjet tizimi byudjetlari o'rtasida taqsimlanishi etarli darajada o'rganilmagan. Fikrimizcha, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirish sharoitida mahalliy byudjetlarning moliyaviy mustaqilligi, quyi turuvchi byudjetlarning yuqori turuvchi byudjetlarga qaramligini pasaytirish vazifalarining to'liq bajaralishida ushbu masala yanada dolzarblashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

1. Якубов М.С., Жамалова Г.Б. Интеллектуальные модели и методы поддержки принятия управленческих решений в налоговой службе. Современные концепции научных исследований. 72я Международная научная конференция. «Евразийское Научное Объединение» • № 2 (72) • Февраль,

2. Жамалова Г.Б. «Налоговая политика на макро и микроэкономическом уровнях, ее сущность и принципы разработки». International scientific and technical journal. Innovation technical and technology Vol.1, №.4. 2020.

3. Стиглиц Дж. Экономика государственного сектора/Дж. Стиглиц; пер. с англ. - М.: МГУ, 1997 - с. 73.

4. Федорова Е.А., Левина В.В., Печникова Т.В. Межбюджетные трансферты как инструмент Финансового регулирования доходов муниципальных бюджетов в Тульской области. Финансы и кредит. 29 (233) - 2006. ст. 18-25.

5. Мишина С.В. Налоговое регулирование доходов местных бюджетов. Бухгалтерский учет в бюджетных и некоммерческих организациях. 4(244)-2010. Ст.35-40.

6. Н.А.Истомина. Налоговое регулирование финансовой базы местных бюджетов как элемент межбюджетных отношений и бюджетного планирования а регионе. Финансы и кредит 44 (476) - 2011. Ст. 66- 70.

7. Игудин А.Г Некоторые проблемы межбюджетных отношений // Финансы. -№ 5. - 2003. - С. 11.

8. Т. К. Говорушина. Формирование доходов бюджетов муниципальных образований.

XULOSA VA TAKLIFLAR

2021

Scientific Journal Impact Factor

9. Дорждеев А. Межбюджетные отношения в РФ: обеспечение единства интересов центра и регионов // Проблемы теории и практики управления. -№ 4. - 2000. - С. 75.

10.Alimov I, Xalqaro amaliyotda byudjet federalizmi modellarining o'ziga xos xususiyatlari. http://www.biznes-daily.uz 30.07.2018 yil №7

11.Mamanazarov A.B., Mahalliy byudjet va soliq. Monografiya, Marifat-madadkor; Toshkent 2004 yil, 79-80 bet

12.Xayriddinov A.B. Mahalliy byudjetlar daromad bazalarining barqarorligini ta'minlash yo'llari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan diss. avtoreferati. -T.: 2011. -b. 13.

13.Sirojiddinova Z.X., Byudjetlararo munosabatlar. O'quv qo'llanma. Toshkent -2010. "infoCOM.UZ"

14.YUldashev A, Hududlar rivojlanishida soliq-byudjet potensialini mustahkamlash omillari. http://www.biznes-daily.uz 30.04.2018 yil №4

15.Burxanov A, Hududlarda mahalliy byudjet daromadlari manbaini kengaytirish yo'llari (Qashqadaryo viloyati misolida) "iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali №1, YAnvar-fevral.

16.Elliott R. Morss TAX SHARING: GOOD AND BAD REASONS FOR ITS ADOPTION. National Tax Journal, Vol. 20, No. 4 (December 1967), pp. 424-431. National Tax Association. https://www.jstor.org/stable/41791569

17.Islamkulov A.X. Mahalliy byudjetlar daromadlarini shakllantirishda soliq potensialidan foydalanish masalalari // Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. №2, 2017 yil 9-b.

http://iqtisodiyot.uz/sites/default/files/maqolalar/4_Islamkulov.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.