Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TARIXCHILARNI TAYYORLASHDA YANGICHA O„QITISH USULLARI'

ZAMONAVIY TARIXCHILARNI TAYYORLASHDA YANGICHA O„QITISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TARIXCHILARNI TAYYORLASHDA YANGICHA O„QITISH USULLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

ZAMONAVIY TARIXCHILARNI TAYYORLASHDA YANGICHA

O'QITISH USULLARI

J. N. Abduraxmanova

tarix fanlar nomzodi, Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani, O'zbekiston

Bugungi kunga kelib dunyoda ilm-fan va texnika taraqqiyoti juda tez sur'atlarda rivojlanmoqda. Natijada barcha sohalar takomillashib bormoqda. Mamlakatimizda iqtidorli va iste'dodli yoshlarni izlash, kamolga etkazish, kelajakda ularning aql-zakovatidan iqtisodiyot, ilm-fan, madaniyatning muammolarini echishda samarali foydalanish, yoshlarimizga hozirgi zamonning eng ilg' or bilimlarini berish, ularni davr talabiga mos mutaxassis qilib tarbiyalash borasida izchil ishlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan ushbu ishlar natijasini yurtimizda bugungi kunda ta'lim tizimida ham yangicha yondashuvlar asosida islohotlarning amalga oshirilishida ko'rishimiz mumkin. Ushbu islohotlar O'zbekiston ta'lim sohasini rivojlantirishda muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Bunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur'atlarda jadallik bila n rivojlanishiga mos holda ta'lim tizimi professor-o'qituvchilaridan ta'lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan zamon talablariga mos doimiy yangilab borish, O'zbekistonda ta'lim tizimining jahon talablariga mos rivojlanishi uchun dunyodagi etakchi davlatlardagi eng ilg'or ta'lim sohasidagi yutuqlari hamda tajribalarini o'rganish va bundan o'z milliy xususiyatlarimizga mos jihatlaridan foydalanishni talab etadi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev keyingi yillarda ta'lim tizimini isloh qilish, sifatli kadrlar tayyorlashni tubdan takomillashtirish, ta'lim tizimiga rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini tatbiq etishga katta e'tibor qarata boshladi. Bu boradagi islohotlarning aksini 2017-yil 14-martda "O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" [2] 2017-yil 20-aprelda "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" [3], 2017-yil 22-mayda "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida" [4], 2017-yil 8-avgustda "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida" [5], 2017-yil 30-sentabrda "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi [6] Prezident Farmon va Qarorlarida ko'rish mumkin. O'z navbatida "2017-2020- yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" [7] da ham ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirishga e'tibor qaratilgan. Mazkur hujjatlar ta'lim tizimini rivojlantirish va

82

takomillashtirish, sohaga innovatsiyalar kiritish, xorijiy tajribalarni o'zlashtirish, ilmiy-ijodiy yondashuvlarni qo'llab-quvvatlash, ta'lim tizimi o'rtasidagi o'zaro uzviylikni ya'ni integratsiya jarayonlarini kuchaytirishga qaratilgandir.

Jamiyatning barqaror rivojlanishida ta'limning ahamiyati kattadir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda zamonaviy talablar, tizimdagi muammolar hamda ularni hal qilishda fan va ta'lim bo'g'inlari o'rtasidagi aloqadorlikni ta'minlashda eng avvalo o'quv rejalar, fan dasturlarini qaytadan ko'rib chiqish, takomillashtirish zarur. Bundan tashqari ta'lim barcha bo'g'inlarida tarix fanini o'qitishda uzviylik va o'zaro bir-biri bilan bog'liqlik, aloqadorlikni ta'minlash zarurdir. Shu jarayonda ta'limning innovatsion klasteridan foydalanish o'zining samarali natijasini beradi.

"Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri uzluksiz ta'lim tizimidagi barcha ta'lim turlari, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlari, amaliyot bazalari, ilmiy va ilmiy-metodik tuzilmalarning bir butunligi bo'lib, ularning birgalikdagi vazifalar taqsimlangan faoliyati pedagogik ta'lim tizimini sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish imkonini beradi. Binobarin, klasterning asosiy maqsadi o'z tarkibiga kiruvchi ta'limiy-ilmiy-innovatsion salohiyatni nafaqat yuqori fuqarolik va kasbiy layoqatlilik darajasi bilan, balki raqobatbardoshligi, yangiliklarni qabul qila olish qobiliyati, yangi ta'lim dastur va texnologiyalarini loyihalash hamda amalga oshira olish qobiliyatiga ega zamonaviy ta'lim mutaxassislarini tayyorlash uchun birlashtirishdir" [8].

Jadal sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan davrda dunyodagi voqea va hodisalarni, sir-sinaotlarni o'rganishda ilm-fanning o'rni va ahamiyati juda kattadir. Fan tabiat va jamiyatni, butun borliqni anglashdagi muhim bir vosita hisoblanadi. Har bir fan o'ziga xos o'ringa va o'z maqsadiga egadir. Ta'lim tizimida barcha fanlar bilan bir qatorda bevosita tarix fani bo'yicha yaratilgan o'quv reja va fan dasturlarining o'rni kattadir. Chunki, bugungi globallashuv davrida ma'naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma'naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh alodning qalbi va ongini turli zararli g'oya va mafkuralar ta'siridan saqlash hamda himoya qilishda Vatanimiz tarixini bir lamchi manbalarga tayanib, har tomonlama chuqur tabqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o'qitish orqali ularni yuksak ma'naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tarix fanining barcha ta'lim tizimida o'qitilishi ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi. Mazkur fanni o'qitishning maqsad va vazifalaridan kelib chiqib yoshlarimizni fan bo'yicha bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishini ta'minlashdan iborat.

Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida tarix fani o'quv reja, fan dasturlari va darsliklarida bir qator kamchiliklar va mavzularda bir birini takrorlash hollari ham

83

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqtisodiyot^a^edagogikaj^

mavjudligi ko'rinib qolmoqda. Yuqorida keltirib o'tilgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun mazkur fan dasturlari, darsliklarni qayta ko'rib chiqish va takomillashtirish zarur deb o'ylaymiz. Chunki, ta'lim tizimining rivoji, ta'lim xizmatlari va mehnat bozorlarini samarali rivojlanishi pedagogik ta'limning innovatsion klasteri subektlari tomonidan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bilan bo g'liq.

"Klaster tizimi har biri alohida faoliyat olib boradigan subyektlarni umumiy maqsad atrofida birlashtiradi va ayni paytda har bir subyekt umumiy maqsaddan kelib chiqqan holda xususiy manfaatdorlik asosida ish yuritadi. Klaster tizimi subyektlari bir birini qo'llabquvvatlaydi va nazorat qiladi, har biri alohida klasterning ma'naviy va intellektual maydonini yaratadi, ijtimoiy ta'siri hamda ahamiyatini kengaytiradi"

[9].

Globallashuv jarayonida tarix fanining asosiy maqsadi mustaqil taraqqiyot va jahonshumul mafkuraviy jarayonlar sharoitida milliy g'oya va milliy mafkura asosida yoshlarimiz qalbi va ongida e'tiqod, dunyoqarash, tafakkur va insoniy fazilatlarni shakllantirishdan iborat.

Tarix fani o'z mavzusiga kiruvchi masalalar mohiyatini tegishli yondashuv usullari, ma'lum metod (usul)lar yordamida ochib beradi. Metod (bilish yoki tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot) - voqelikni amaliy va nazariy egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l - yo'riqlar, usullar majmuasi [10].

Quyida tarix fani o'z oldiga qo'ygan maqsadlarni amalga oshirishda qo'llaydigan metod (usul)lar haqida keltirib o'tamiz.

Mantiqiy metod - mavzularning asosiy mazmunini nazariy shaklda, mantiq qonunlari asosida o'rganish usulidir. U oqilona, asoslangan (isbotlangan) va izchil xulosa chiqarishni nazarda tutadi. Mantiq fikrning tuzulishini, turli fikrlar o'rtasidagi mantiqiy bog'lanishlarni, haqiqat bilimga erishishning shart - sharoitlari va qonun -qoidalarini o'rganadi.

Tarixiy metod - ijtimoiy fanlardagi mavzularni tarixiy rivojlanish shart-sharoitlariga bog'lab o'rganish usuli bo'lib, unda voqealar tasnifi va rivojlanish bosqichlari tarixiy xronologik izchillikda, ketma-ketlikda o'rganiladi. Ushbu o'rinda o'z oldimizga o'rganishni maqsad qilib qo'ygan masalalar tarixini, ularning tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanishi, o'zgarishi, shakllanishiga ta'sir etgan omillarni ko'rsatib borish hamda kelajakdagi rivojlanishini bashorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Qiyosiy metod - qiyoslash, taqqoslash, solishtirish orqali mavzularni o'rganish, ularning o'ziga xos jihatlari va xususiyatlarini aniqlab olish usuli. Yuqorida keltirib o'tilgan metodlardan ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida foydalanish mumkin. Ta'lim tizimida dars o'tish jarayonida olib borilgan ishlarning

84

muvaffaqiyoti ko'p jihatdan foydalaniladigan usullarning samaradorligiga bo g' liqdir. Hozirgi mafkuraviy, informatsion hurujlar, tahlikalar kuchaygan sharoitda yoshlarni g'oyaviy-mafkuraviy chiniqtirib, yuksak ma'naviyatli shaxs sifatida tarbiyalashda tarix fani va uni o'qitishdagi usul va uslublar orqali quyidagicha maqsad va vazifalarni amalga oshirish mumkin:

- umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslanib, yoshlarning dunyoqarashini boyitish va kelajakka ishonch ruhida tarbiyalash;

- yoshlarda burch degan mukammal tushunchaga ega bo'lishi, Vatan va uning buyuk kelajagi oldidagi burchi, majburiyat va ma'suliyatini his etib turishi kerakligini singdirish;

- mustaqillikning qadr-qimmatini, uning tarixiy ahamiyatini yoshlar ongiga etkazib, Konstitutsiya va qonunlarning jamiyat hayotida ustuvorligiga, Konstitutsiya va qonunlar mazmunida mujassam bo'lgan ilg'or g'oyalarga va ahloqiy-huquqiy qoidalarga amal qilib hayotda yashashni turmush tarzining ajralmas uzviy qismiga aylantirish ko'nikmasini shakllantirishga erishish;

- yoshlarga tarix o'tmish va kelajakni bog' lovchi ko'prik xalq ma'naviyatining asosi ekanligini, o'z tarixini bilgan, o'zligini anglagan, tarixiy merosning rang-barangligi, keng ko'lamliligi va chuqur ildizga ega ekanligini tushuntirish.

Ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta'lim talablaridan kelib chiqib, tarix fanlari orqali komil, yuksak ma'naviyatli, hozirgi kun talabiga javob beradigan etuk insonlarni tarbiyalashdir. Ta'lim tizimi rivojlanib borar ekan kelajakda jamiyatimizni eng oliy qadriyatlar va xalqimiz istaklari yo'lida taraqqiy etishini ta'minlaydi. Qolaversa, dunyo taraqqiyoti ham bir joyda to'xtab qolmaydi. Shuning uchun, ta'lim tizimini doimo isloh etish, o'qitish usul va vositalarini takomillashtirish, ta'lim mazmunini boyitish bugungi kunning muhim talabidir. Mazkur talablardan kelib chiqqan holda ta'limning barcha bo'g'inlarida tarix fanini o'qitishda ta'limning innovatsion klasteri asosida olib borish har tomonlama etuk kadrlarni etishtirishda o'z samarasini beradi.

References / Adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi PF4958-son Farmoni 2017-yil 16-fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2829-son Qarori 2017-yil 14-mart.

85

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^Il

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son Qarori 2017-yil 20-aprel.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida"gi PQ-3180-son Qarori 2017-yil 8-avgust.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi PQ3305-son Qarori 2017-yil 30-sentabr.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2020- yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni 2017 yil 7 fevral.

7. Muxamedov G'.I. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri: ehtiyoj, zarurat, natija. G'.G'. Xalq so'zi. 2019-yil, 19-fevral.

8. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. - Toshkent:" O'ME Davlat ilmiy nashriyoti". 2003. 613- bet

86

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.