Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISH'

TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

14
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta‟lim / fan / texnalogiya / vazifa / uslub / daraja / modernizatsiya

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Feruza Inoyat Qizi Userbayeva

Ushbu maqolada, ta‟lim tizimida raqamli texnalogiyalardan foydalanish va buni amaliyotga joriy etishning axamiyati hususidagi fikr va mulohazalarimizni bayon ettik. Ta‟lim olishda zamonaviy texnalogiyalar roli, bugungi zamon talablarini hisobga olgan holda texnalogiyalar orqali zamonaviy tendekslarga asoslanga ta‟lim tizimini joriy etish hamda ta‟lim jarayonida texnalogiyalarini keng qo‟llanilishining natijalari haqidagi o‟z fikr va mulohazalarimiz ham ushbu maqolada o‟rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIGA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISH»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

TA'LIM JARAYONIGA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI JORIY ETISH

Feruza Inoyat qizi Userbayeva

Chirchiq davlat pedagogika unversiteti tarix yo'nalishi talabasi feruzauserbayeva@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, ta'lim tizimida raqamli texnalogiyalardan foydalanish va buni amaliyotga joriy etishning axamiyati hususidagi fikr va mulohazalarimizni bayon ettik. Ta'lim olishda zamonaviy texnalogiyalar roli, bugungi zamon talablarini hisobga olgan holda texnalogiyalar orqali zamonaviy tendekslarga asoslanga ta'lim tizimini joriy etish hamda ta'lim jarayonida texnalogiyalarini keng qo'llanilishining natijalari haqidagi o'z fikr va mulohazalarimiz ham ushbu maqolada o'rin olgan.

Kalit so'zlar:Ta'lim, fan, texnalogiya, vazifa, uslub, daraja, modernizatsi

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha sohalarida bo'lgani singari ta'lim tizimida ham o'ziga hos yangiliklar qaror topmoqda.Ayniqsa ta'lim tizimini texnaloglashtirish, ta'lim samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy hayotimizga kirib kelayotgan yangi pedagogik texnalogiyanarni o'quv jarayonlariga qo'llash asosiy vazifalarimizdan biri bo'lib qolmoqda. Chunki yangi pedagogik va axborot texnalogiyalarni tezda qabul qilish, ularni tahlil etib, nazariy jihatdan umumlashtirish, xulosa chiqarish hamda talabalarga yetkazib berish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Pedagogik texnalogiyalarning rivojlanish istiqbollari uning nazariy asoslarini tanqidiy ravishda tahlil qilish, ta'lim jarayoniga nisbatan samarali yondoshuvning qaror topishi hisobiga ta'minlanadi. Ya'ni ma'lum bir vaqt oralig'ida pedagogik texnalogiyalarning nazariy asoslarini o'zgartirish bilan birga uning 'muammo maydoni' ni ham o'zgartirish mumkin bo'ladi.Ta'lim jarayonida texnalogik yondoshuv asosida tashkil etish bir qator didaktik vazifalarni ijobiy hal etishni taqozo qiladi [1].

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma'naviy jihatdan yetuk insonlar bo'lib voyaga yetishlarini ta'minlash, ularning qobiliyat va iste'dodi, intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg'ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1017

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

oshirilmoqda.Prezidentimizning 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta'lim va ilm-fan sohalarini rivojlantirish borasida bir qator vazifalar belgilangan.Madaniy-ma'naviy rivojlanishning eng muhim poydevori ta'lim tizimidir. Chunki zamon talablariga javob beradigan, ilg'or fan-texnika, texnologiya yutuqlarini egallab olgan kadrlarni yetishtirmasdan jamiyatni yuksaltirib bo'lmaydi.Bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo'lib, uning maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.Mazkur Qonunga asosan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar, ta'lim tizimi, turlari va shakllari aniq belgilab qo'yildi, unda belgilangan masofaviy ta'lim haqidagi qoidalar o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan.Shuningdek, Qonunga ko'ra, davlat oliy ta'lim, o'rta maxsus, professional ta'lim muassasalari va ularning filiallari, shuningdek davlat ishtirokidagi oliy, o'rta maxsus, professional ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari Prezident yoki Hukumat qarorlari bilan tashkil etiladigan bo'ldi. Nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish ularning ta'sischilari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi[2].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnalogiyalarni egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo'lidan boorish imkoniyatini berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnalogiyalardan nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkinligini asoslab beradi. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnalogiyalar asosida yangilashni nazaarda tutadigan "Raqamli O'zbekiston-2030" dasturini ishlab chiqish va joriy etish vazifalari belgilandi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobardoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg'or texnalogiyalarni joriy etish, yuqori texnalogiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga keng imkoniyatlar yaratadi [3]. Axborot jadallik bilan integratsiyalashib borayotgan hozirgi davrda zamonaviy ta'limning asosiy vazifalaridan biri atrof-olam voqea-hodisalarni mustaqil tahlil qila oladigan shaxsni kamol toptirishda namoyon

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1018

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

bo'ladi. Boshqa umumta'limiy fanlar singari Tarix fani ham o'quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirish uchun juda katta imkoniyatlarga ega.Demak jamiyatda erkin fikrlay oladigan shaxslar qadr-qimmatga ega bo'ladilar. O'z navbatida ular boshqalarning intilish va fikrlarini qadrlay oladilar. Qadr-qimmat shaxsning ijtimoiy va ma'naviy erkinligining muhim tomoni sifatida yuzaga chiqadi. Erkinlik-mustaqil fikrlash uchun qo'yilgan birinchi qadamdir [4]. Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lgani xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda.Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar,olim-u ulamolar,siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani,umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning,ayniqsa,islom dini bilan bog'liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko'tarilishida ona yurtimizda tug'ilib kamolga yetgan ulug' allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g'urur va iftixor bag'ishlaydi[5].

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta'sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi haqiqatdir. Shu tufayli ham rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta'minlashga ajratilayotgan mablag' miqdori yildan-yilga oshib bormoqda [6].So'nggi yillarda yurtimizda ta'lim tizimini isloh qilish borasida o'nlab qaror va farmonlar, istiqbolli dasturlar hayotga tatbiq etildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi qabul qilganligi ham buning tasdig'idir. Oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini shakllantirish borasida hozirgi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar ham e'tiborga sazovordir.Bugungi kunda ta'lim tizimini isloh qilish, yangilash shular orqali zamonaviy ta'limni tashkil etish istiqbollari yaratish yaxshi natija va meva berishi tabiiy holdir. Yurtimizda bugungi kunda innovatsion fikr va g'oyalarni ilgari suruvchi yangi avlod va kadrlariga ehtiyoj kundan-kunga ehtiyoj ortib bormoqda. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi ta'lim va ilmiy faoliyatni rivojlantirish, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni sifat oshirish hamda barqarorlikni ta'minlash va buni yangi bosqichga olib chiqish, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keskin tatbiq etilganligi yaxshi natijalarga olib kelinganligini ko'rishimiz mumkin.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak ta'lim tizimiga raqamli texnalogiyalarni joriy qilish samaradorligini oshirishimiz, har bir

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

1019

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

m

o'sib kelayotgan yosh-avlod texnalogiyalardan habardor bo'lishi uchun imkoniyatlar yaratishimiz, ta'lim sohasini zamonaviy texnalogiyalar bilan boyitishimiz zarur. Shu orqali zamonaviy ta'lim tizimi tashkil etishimiz joizdir!

REFERENCES

[1].G'afforov Ya "Mahsus fanlarni o'qitishda yangi pedagogik tehnalogiyanardan foydalanish usullari" Toshkent „Shafoat Nur Fayz' nashriyoti, 2021-yil 4-bet

[2]. http://kompy.info/mundarija-tr.html?page=46

[3].O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

[4]. Shonazarov Q. Bo'lajak tarix o'qituvchilarini maktab o'quvchilarining tarixiy tafakkurini shakllantirishga tayyorlash.Pedagogika fanlar nomzodi.. ..diss. -Toshkent, 2002-yil

[5]. Islom Karimov "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch".Toshkent-2008, 30-bet

[6].Xodjaev B.X. Umumiy pedagogika. Darslik, Toshkent "Sano-standart, 2017-yil. 306-308-bet

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.