Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA FLIPPED CLASSROOM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH'

OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA FLIPPED CLASSROOM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

43
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mustaqil ta‟lim / axborot texnologiyalari / filliped classroom / blended learning / kredit-modul tizimi / masofaviy ta‟lim / individuallashtirish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh. A. Rustamova, M. U. Ubaydilloyeva

Ushbu maqolada oliy ta‟lim muasassalari talabalarining o‟quv jarayonlarini tashkil etishda flipped classroom texnologisiyadan foydalanish haqida fikrlar yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O’QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA FLIPPED CLASSROOM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH»

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUV JARAYONINI TASHKIL ETISHDA FLIPPED CLASSROOM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH

Sh. A. Rustamova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi rustamova3196@gmail .com

M. U. Ubaydilloyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3-bosqich talabasi ubaydullayevamunavvar4 @gmail .com

Ushbu maqolada oliy ta'lim muasassalari talabalarining o'quv jarayonlarini tashkil etishda flipped classroom texnologisiyadan foydalanish haqida fikrlar yuritildi.

Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim, axborot texnologiyalari, filliped classroom, blended learning, kredit-modul tizimi, masofaviy ta'lim, individuallashtirish

So'ngi yillarda mamlakatda ta'lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, o'quvchi va talaba yoshlarda zamonaviy bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ta'lim tizimi hamda ilm-fan sohasi o'rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta'limning uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash borasida tizi mli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishi sifatida dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish, darslik va o'quv qo'llanmalarni zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o'quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan holda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta'limni yanada rivojlantirish, ta'lim oluvchilar o'rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish" kabilar belgilab berildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining 3-bob 2-qismida ta'lim jarayonini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "blended learning", "flipped classroom"

ANNOTATSIYA

October 20, 2023

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilishga keng e'tibor qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.10.2020-yildagi PQ-4851-sonli "Axborot texnologiyalari sohasida ta'lim tizimini yanada takomillashtirish , ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT - industriya bilan integratsiya qilish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarorida oliy ta'lim tizimida axborot texnologiyalar sohasini rivojlantirish, fanlarni o'qitishda ta'lim jarayonini integratsiyalash kabi bir qancha masalalar ko'rib chiqilgan.

Biz ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mustaqil ishlarini tashkil etishda filliped classroom texnologiyalarining ahamiyati to'g'risida mulohaza yuritdik.

Ta'limning muammosi, shuningdek unga erishish yo'llari va usullari jamiyatning yangi texnologik tuzilmalarga o'tish davrida dolzarbdir. Hozirgi vaqtda ta'limdagi muqobil tajribalarning shakllantiruvchi salohiyatidan foydalanishga qaratilgan yondashuvlarni faol izlash davom etmoqda. Ba'zi yangi ta'lim texnologiyalari o'zlarining samaradorligini isbotlagan metodikalar, usullar va vositalardan foydalanishga asoslangan bo'lib, ular nafaqat turli formatdagi o'quv va o'quv matnlaridagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining ta'limning boshqa texnik vositalariga qaraganda asosiy ustunligi nozikligi, ta'limning turli modellari va algoritmlariga sozlash, shuningdek, har bir ta'lim oluvchining hatti-harakatlariga yakka tartibda reaksiya qilish imkoniyati sanaladi. Bunday vositalardan foydalanish ta'lim jarayonini yanada faollashtirish, unga tadqiqotchilik va izlanuvchanlik xarakterini bag'ishlash imkonini yaratadi. Darsliklar, televideniya va kinofilmlardan farqli o'laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim oluvchining xatti-harakatiga zudlik bilan javob berish, turli toifadagi ta'lim oluvchilar uchun materialni takrorlash, tushuntirish, puxtaroq tayyorgarlikka ega bo'lgan ta'lim oluvchilar uchun yanada murakkab va o'ta murakkab materialga o'tish imkoniyatini ta'minlaydi.

2011-yilda Clintondale High School da Michigan shtatida katta eksperimental tadqiqotlar o'tkazildi. Tadqiqotni o'qituvchi Andy Scheel tashkil etdi. Talabalar bir xil mazmunga ega bo'lgan materialni oldilar ammo ta'lim jarayonini tashkil etish shakli sezilarli darajada farq qildi, chunki bir gurux talabalar flipped learning texnologiyasi mantig'ida ishladi. Tajriba 20 hafta davomida amalga oshirildi va an'anaviy texnologiya bo'yicha talabalarning 13% o'quv materiallarini qoniqarli darajada o'zlashtirmagan. Flipped learning texnologiyasidagi talabalarning xech biri salbiy natija ko'rsatmagan. Ularning bilimlarini C+darajasidan kamroq baholagan. Tajriba shuni

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

637

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

ko'rsatdiki ta'lim tasirining eng yaxshi omili ko'p vaqt davom etadigan barcha o'quv mashg'ulotlarining yozuvlari emas, balki davomiyliga 3-6 daqiqadan oshmaydigan kichik video kliplardir. Flipped learningning muvaffaqqiyatlari universitet ta'lim tizimida ham amalga oshirilmoqda. Bunda Turkiyaning xususiy MEF universiteti yetakchi o'rinni egallaydi. Bu Flipped learning modelini amalga oshiradigan va ushbu muqobil texnologiya bo'yicha umumiy tajribani amalga oshiradigan birinchi universitetdir. Xodimlar tomonidan o'tkazilgan MEF universitetida Flipped learning modelini amalga oshirish amaliyotini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, ushbu metod juda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Flipped learning texnologiyasi oliy o'quv yurtlari talabalarining o'ziga xos xususiyatlari va ta'lim ehtiyojlariga mos ravishda o'zgartirildi. Talabalar uchun qulay tarzda ishlab chiqilgan raqamli o'quv materiallarini o'rganish bilan bir qatorda, o'qituvchi bilan auditoriyadan oldindan savollar berish, sharh va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Texnologiyani amalga oshirish natijasida pedogogik va ijtimoiy ta'sir tahlili ostida ta'lim oluvchilar va tadqiqotchi talabalar o'quv materiallarini chuqur o'rganadilar, professional mahorat, muloqat ko'nikmalari, o'z-o'zini aks ettirish, o'z bilim faolioyatini rejalashtirish qobilyati rivojlanadi.

Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida aralash ta'limning Flipped learning modeli asosida tashkil etilgan darslar talabalarning ijodiy qobiliyatlarini o'stirishda, bilim, ko'nikma, malakalarini mustahkamlashda, talabalarda fanga bo'lgan qiziqishni oshirishda yordam beradi. Talabalar uchun qulay tarzda ishlab chiqilgan raqamli o'quv materiallarini o'rganish bilan bir qatorda, o'qituvchi bilan auditoriyadan oldindan savollar berish, sharh va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Texnologiyani amalga oshirish natijasida pedogogik va ijtimoiy ta'sir tahlili ostida ta'lim oluvchilar va tadqiqotchi talabalar o'quv materiallarini chuqur o'rganadilar, professional mahorat, muloqat ko'nikmalari, o'z-o'zini aks ettirish, o'z bilim faolioyatini rejalashtirish qobilyati rivojlanadi

Shunday qilib, mazkur ta'lim texnologiyasining o'quv jarayonida qo'llanilishi oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalashning zamonaviy bosqichida mavjud pedagogik tizim funksiyalarini tubdan o'zgartirish, jumladan,o'qituvchi rolini bir shakldan boshqa shaklga o'tkazish, innovatsion va kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy qilish, aralash va masofaviy ta'lim shakllarini keng yoyish, talabaning mustaqil o'quv faoliyatini oshirish va uzluksiz ta'limga yo'naltirish, talabaning individual psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim berish yo'llarini izlab topishga imkon beradi.

October 20, 2023

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, ta'limda Flipped learning texnologiyasidan foydalanish ham iqtisodiy, ham ijtimoiy foyda beradi. Shuning uchun ham bu boradagi nazariy, uslubiy va va boshqa jihatlar davr talablari asosida takomillashtirilishi bugungi kunning dolzarb vazifalardan biri ekanligini unutmasligimiz lozim.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora tadbirlari" to'g'risidagi farmoni.2020.

2. Is'hoqova Z., Mustaqil ish qanday yoziladi Toshkent " Yangi nashr " 2014

3. O.D.Fedotova, E.A.Nikolayeva "Alternativnaya obrazovatelnaya texnologiya Flipped"-2017

4. Rustamova, Sh. A. (2022). INTERFAOL METODLAR ORQALI TALABALAR FAOLLIGINI OSHIRISH. INTERNATIONAL CONFERENCES, 1(11), 41-46.

5. Rustamova, S. A. (2022). MATEMATIKANI O'QITISHDA YANGI PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI. Uzbek Scholar Journal, 10, 169173.

6. www.ziyonet.uz

7. https: //mitc.uz/uz/pages/Documents/623/

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.