Научная статья на тему 'PEDAGOGIK AMALIYOTDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI'

PEDAGOGIK AMALIYOTDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
549
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar / raqamli o‘qitish ta’lim tizimi / Internet tarmog‘i / masofaviy ta’lim / masofaviy platformalar / mobil qurilmalar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A. Umarov

Maqolada ta’lim-tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning zarurati, afzalliklari va masofaviy ta’lim sohasidan foydalanish bo‘yicha statistikalar berilgan. Raqamli texnologiyalardan foydalanish va masofaviy ta’limning yangi avlod tizimlarini joriy etish lozimligi, masofaviy ta’lim tizimi orqali yangi ko‘nikmalarni yoki mavzuga oid materiallarni o‘rganish tezroq, osonroq va arzonroq ekanligi atroflicha yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK AMALIYOTDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI»

PEDAGOGIK AMALIYOTDA TALABALARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHDA MASOFAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI

A.Yu. Umarov

Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8002028

Annotatsiya. Maqolada ta'lim-tarbiya jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanishning zarurati, afzalliklari va masofaviy ta'lim sohasidan foydalanish bo'yicha statistikalar berilgan. Raqamli texnologiyalardan foydalanish va masofaviy ta'limning yangi avlod tizimlarini joriy etish lozimligi, masofaviy ta'lim tizimi orqali yangi ko'nikmalarni yoki mavzuga oid materiallarni o'rganish tezroq, osonroq va arzonroq ekanligi atroflicha yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, raqamli o'qitish ta'lim tizimi, Internet tarmog'i, masofaviy ta'lim, masofaviyplatformalar, mobilqurilmalar.

Zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga sabab bo'ldi. Zamonaviy texnologiyalar masofaviy oliy pedagogik ta'limni yangicha tashkil qilinishiga asos yaratadi. Zamonaviy ta'lim tizimi o'qituvchidan masofaviy o'qitish tizimiga tayyor bo'lmog'ini, ya'ni ilg'or o'qitish texnologiyalarni (Internet, Keys, TV -texnologiyalar va h.k.) o'zlashtirgan bo'lishini taqozo etmoqda. Oliy ta'lim tashkilotini boshqarishni avtomatlashtirish, o'quv jarayoniga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan "2017 - 2021 yillarda oliy ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi"ning eng asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyada ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, «blended learning», «flipped classroom» texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish, ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarining o'ziga xosligidan kelib chiqib, ta'lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo'llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish, oliy ta'lim tashkilotlaridan olinadigan turli hisobot va ma'lumotlar sonini keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog'oz shaklidan voz kechish, boshqaruv tizimi va o'quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni ta'minlovchi "Elektron universitet" platformasiga bosqichma-bosqich o'tish, ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron tizimini joriy etish asosiy vazifa sifatida belgilangan.

Masofaviy ta'limda turli ta'lim modellari qo'llaniladi, ammo ularning barchasiga xos bir xususiyat mavjud, bu ham bo'lsa, unda barcha o'quvchi va o'qituvchilar masofa jihatidan ajratilishidir. Barcha ta'lim turlari kabi masofaviy ta'limning ham har xil modellari ishlab chiqilgan. Bu ta'lim jarayonining quyidagi asosiy tarkibiy qismlari:

- fan mazmunining bayoni;

- amaliy topshiriqlarning bajarilishi;

- o'qituvchilar bilan o'zaro bevosita va bilvosita muloqot;

- talaba bilimini nazorat qilish va baholash.

Har bir model shu kabi tarkibni hamda uni amalga oshiruvchi texnologiyalarni qo'llaydi. Masofaviy ta'limning turli modellari nafaqat qo'llaniladigan texnologiyalar, balki o'qituvchi va o'quvchilarning mas'uliyati, boshqarilish darajasi bilan ham farqlanadi. Ayrim modellarda o'qituvchilar va ta'lim muassasasi, huddi an'anaviy ta'lim tizimi auditoriyalarida o'qitilganidek, ta'lim jarayonini boshqarish funksiyasini to'liq saqlab qoladi. Boshqa turlarida esa, ta'limni boshqarish ta'lim oluvchilarga o'tadi. Ilmiy manbalarning tarixiy analitik tadqiqoti shuni ko'rsatdiki, ko'plab mualliflar masofaviy o'qitish modellarini tuzishga o'z e'tiborlarini qaratishgan, jumladan, E.S.Polat rahbarligidagi jamoa o'z monografiyalarida 6 ta modelni ko'rsatgan[1] .

Hozirgi davrda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim muassasalarida masofaviy usulda ta'lim berishning ana shu modellari qo'llanib kelinmoqda.

O'quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash ta'lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o'qituvchilar mehnat faoliyatining o'zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomillashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o'zgarishiga samarali ta'sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o'ziga xos vazifalarni qo'yadi. Pedagogik ta'lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish masofaviy o'quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa, o'qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgaliqda faoliyat olib borishini, ta'lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni takomillashtirish imkoniyatini yaratadi.

Bir nechta oliy ta'lim tashkilotlarining hamkorligiga asoslangan masofaviy ta'lim modelida yaratilgan elektron kitoblar va qo'llanmalar birinchidan, ilmiy jihatdan mukammal va sifatliroq bo'lsa, ikkinchi tomondan, ularga iqtisodiy jihatdan bir muncha kam xarajat qilinadi. Bunday shakldagi masofaviy ta'limni Yevropa qit'asidagi ingliz tilida so'zlashuvchi davlatlar, Buyuk Britaniya hamkorligida "Ta'limda hamkorlik" (Commonwealth of education- 1997 yil) dasturi bo'yicha ishlab chiqildi. Buning natijasida Yevropadagi inglizcha so'zlashuvchi mamlakatlar fuqarolari o'z uylarida turib, maxsus tashkil etilgan masofaviy ta'lim telekommunikasiya tizimi orqali shu mamlakatlarning universitet va kollejlarida tahsil olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari hamkorligida tashkil qilingan masofaviy ta'lim modellarida maxsus tashkil etilgan tizimlar sirtqi va masofaviy shaklda ta'lim oluvchilarga mo'ljallangan bo'lib, yangi ta'lim texnologiyalarining keng qamrovli qo'llanishi natijasida faoliyat yuritadi. Mazkur shaklda telekommunikasiya tizimidan tashqari, multimedia kurslari keng qo'llaniladi va buning natijasida talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda, ularning bilimini baholash va attestasiyadan o'tkazish imkoniyatlari kengayadi. Ushbu shaklning iqtisodiy tomondan qulayliklari quyidagilardan iborat:

- yagona dastur asosida tayyorlangan elektron darsliklardan bir necha hamkorlikda faoliyat yuritayotgan ta'lim muassasalarida foydalaniladi;

- yagona dastur asosida ta'limning turli shakllarida (kunduzgi, sirtqi, masofaviy) tahsil oluvchi talabalarga tegishli fanlardan tayyorlagan elektron kitoblardan foydalanish imkonini beradi;

- talabalar bilimini baholash va attestasiya qilishning dasturda umumlashtirilganligi o'quv soatlari va ortiqcha xarajatlarni iqtisod qiladi.

Masofaviy ta'lim dasturlari va elektron kitoblar yaratish xarajatlari hamkorlikda faoliyat yuritayotgan bir necha ta'lim muassasalari o'rtasida taqsimlanadi. Bu jihat, albatta, masofaviy shaklda ta'lim olish shartnoma qiymatlari kamayishiga xizmat qiladi. Bu kabi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari hamkorligida tashkil etilgan masofaviy ta'lim shakli keng qo'llangan o'quv yurtlariga AQShning Kolorado shtatida joylashgan Milliy texnologiya universiteti, Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti, Londondagi ochiq universiteti, Ispaniyaning Milliy masofaviy o'qitish universiteti, Hindistonning Indira Gandi nomli ochiq universitetini misol sifatida keltirish mumkin.

Hozirda fanlarni kompyuterlardan foydalanib o'qitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlaridan o'quvchilarni shaxsga yo'naltirilgan rivojlanishini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali foydalanish mumkin. Pedagoglar kompyuterdan darsga metodik materiallarni tayyorlashdagina emas, balki fanni o'qitishda zarur kompyuter dasturlaridan foydalanishda, o'quvchilar bilan individual ishlash jarayonida ham foydalanadilar. Yana shuni aytib o'tish kerakki, videokonferensiya texnologiya asosidagi masofaviy o'qitish usuli yuqori sifatli kanal, maxsus qurilmalarni talab qilganligi sababli masofaviy o'qitishning boshqa usullariga nisbatan moliyaviy jihatdan birmuncha ko'proq mablag' talab etadigan usullardan hisoblanadi.

Masofaviy ta'lim texnologiyalari hozirgi yoshlarning, ya'ni yangi avlodning ko'pchiligi shaxsiy kompyuterdan erkin foydalana olishi va hozirgi kunda har bir ta'lim muassasasi, har bir shaxs Internet tarmog'i va undagi ma'lumotlardan mohirlik bilan foydalanishiga bog'liqdir. Ushbu mavzuga kirishish jarayonida avval, masofaviy ta'lim bo'yicha xalqaro mavjud tajribalarga to'xtalib o'tish va uning asosiy didaktik tushunchalarini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Jumladan, ko'pincha elektron o'qitish, masofaviy ta'lim texnologiyalari va shular kabi tushunchalar sanab o'tilishini uchratamiz. Bu tushunchalar o'xshashmi, ular orasida farqlar bormi, ular bir birining o'rnini bosadimi, ularni birlashtirish mumkinmi degan savollarga atroflicha javob topishga harakat qilamiz.

"Masofaviy o'qitish" atamasi Viskonsin shtati Universiteti tomonidan 1892 yildan boshlab sirtqi (korrespondentlik) kurslarda qo'llanilgan. Masofaviy deb masofadan turib tashkil qilingan ta'lim tushunilgan. Unga "korrespondentlik o'qitish", "uyda o'qish" va boshqalar sinonim hisoblangan.

Xorijiy davlatlarda masofaviy o'qitish bo'yicha bir qator muassasalar va olimlar tomonidan izlanishlar olib borilgan va masofaviy o'qitish haqida turlicha fikrlarni bildirishgan. Amerikaning masofaviy o'qitish assosiasiyasi mutaxassislari masofaviy o'qitish deganda - ta'lim oluvchi va tyutorning turli geografik makonda bo'lganlari holda, o'quv jarayonini tashkil etish uchun elektron vositalar va nashr qilingan qo'llanmalardan foydalanib o'qitishni tushunishgan. Masofaviy o'qitish sohasi bo'yicha xorijlik mutaxassislardan biri "distance education" atamasini tushuntirish borasida masofaviy o'qitish jarayonining ikki asosiy belgisini ko'rsatadi: ta'lim berishning nashr shaklida va video yoki audio-yozma usulda bo'lishini, shu bilan birga, kommunikasiyaning tashkil etilishi masofaviy turib turli xil zamonaviy texnika vositalari bilan aloqa qilish ekanini ta'kidlaydi. Shuningdek, MDH davlatlari olimlari va yetakchi mutaxassislari A.A.Andreyev[2], Ye.S.Polat, A.M.Bershadskiy, V.M.Monaxov, V.A.Slastenin[3], V.P.Tixomirov, I.K.Shalayev, A.V.Xutorskaya, M.V.Moiseyeva kabi mutaxassislar tomonidan masofaviy o'qitish tushunchasi va u bilan bog'liq boshqa atamalar keng tahlil qilingan. Ye.S.Polat masofaviy o'qitishni tyutor va ta'lim oluvchilarning hamda ta'lim oluvchilarning bir-birlari bilan o'zaro faoliyatlari masofaviy amalga oshiriladigan va internet-texnologiyalar yoki boshqa

interfaol texnologiyalarga xos maxsus vositalar orqali amalga oshiriladigan o'quv jarayoniga xos bo'lgan barcha komponentlarni (maqsadlar, mazmun, metodlar, tashkiliy shakllar, ta'lim vositalari)ni aks ettiradigan mustaqil ta'lim shakli sifatida ta'kidlaydi. A.A.Andreyev[2] turli ta'riflarni tahlil qilib, masofaviy o'qitish ta'lim beruvchilar va ta'lim oluvchilarning o'zaro va ta'lim vositalari bilan birgalikdagi faoliyati ularning makon va zamonda joylashishlariga invariant bo'lgan o'ziga xos maxsus didaktik tizimda amalga oshiriladigan interfaol faoliyatlarining maqsadga yo'naltirilgan, tashkil qilingan jarayoni, degan xulosaga keladi. V.P.Tixomirov[4] va boshqalar tomonidan masofaviy o'qitish deganda shunday ta'lim texnologiyasi tushuniladiki, bunda tyutor va ta'lim oluvchi turli joylarda joylashgan bo'ladi hamda o'qitish vositasi sifatida keys-texnologiya, TV-texnologiya va tarmoq texnologiyalaridan foydalaniladi. M.V.Moiseyevaning[5] ishida masofaviy o'qitish sirtdan o'qishning bir turi, ya'ni kompyuter telekommunikasiyalari, zamonaviy yangi axborot texnologiyalari vositalaridan maksimal darajada foydalanish va o'quv jarayonining barcha qatnashuvchilari orasida faol axborot almashish nazarda tutilishi kerakligi tushuntiriladi. Mazkur fikrlarni umumlashtirilgan holda mutaxassislar masofaviy o'qitishni tyutor bilan ta'lim oluvchilar orasidagi munosabatlar masofadan turib amalga oshiriladigan va o'quv jarayoniga xos bo'lgan internet texnologiyalarining spesifik vositalari yoki interfaollikni ko'zda tutadigan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladigan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, shakl, vositalari)ni o'zida aks ettiradigan ta'lim shakli sifatida ta'kidlaydilar.

Elektron o'qitish - ma'lumotlar bazasida mavjud bo'lgan va ta'lim dasturlarini amalga oshirishda foydalaniladigan axborot va unga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari, texnik vositalar hamda ko'rsatilgan axborotni aloqa liniyalari bo'yicha uzatishni, ta'lim oluvchilar va pedagog xodimlarning o'zaro faoliyatini ta'minlaydigan axborot-telekommunikasion tarmoqlarni qo'llab ta'lim faoliyatini tashkil qilishdan iborat.

Elektron o'qitish muayyan elektron axborot-ta'lim muhitida o'qish va o'qitish faoliyatini, ta'limning barcha jarayonini nazarda tutadi. Elektron o'qitish bilimlar bazasi mavjud bo'lishini taqozo qiladi. Elektron o'qitishni amalga oshirish uchun elektron ta'lim resurslariga kirishni va ta'lim oluvchilarning pedagog xodim bilan birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishga yordam ko'rsatuvchi virtual muhit yaratilishi lozim. Demak, "masofaviy ta'lim texnologiyalari" va "elektron o'qitish" tushunchalari bir xil narsani bildirmaydi va alohida qo'llanilishi mumkin. Faqat aynan elektron o'qitishni amalga oshirishda masofaviy ta'lim texnologiyalari zarur va shart hisoblanadi. Mazkur sohada ancha vaqtdan beri rasmiy bo'lmasa ham o'rnashgan yana bir atama - e-learning (electronic learning dan qisqartma) hisoblanadi. Xorijiy ta'lim tizimida bu atama XX asrning oxirida paydo bo'lib, masofaviy va an'anaviy ta'lim integrasiyasining natijasi sifatida qo'llaniladi. Hozirda bu atama zamonaviy axborot texnologiyalari va Internetdan foydalanib o'qitishni bildiradi. Ye-learning ochiq ta'limni rivojlantirishning eng istiqbolli yo'nalishi hisoblanadi. Uning shiori - "istalgan joyda, istalgan vaqtda". Ko'rinib turibdiki, "e-learning" va "elektron o'qitish" bir xil tushunchalar emas. Shu bilan birga, "e-learning" umum qabul qilingan, lekin rasmiy manbalarda hyech qayerda uchramaydigan atamadir. Shunday qilib, mavjud adabiyotlardan masofaviy ta'lim texnologiyalari, masofaviy o'qitish, elektron o'qitish bo'yicha turli xil tushunchalarni o'rgatish mumkin. Ushbu tadqiqot ishida masofaviy o'qitish ya'ni tyutor bilan ta'lim oluvchilar orasidagi munosabatlarni masofadan turib amalga oshiriladigan va o'quv jarayoniga xos bo'lgan internet texnologiyalarining spesifik vositalari yoki interfaollikni ko'zda tutadigan boshqa vositalar bilan amalga oshiriladigan barcha komponentlar (maqsad, mazmun, metod, shakl, vositalari)ni o'zida aks ettiradigan ta'lim shakli sifatida ko'rib chiqiladi.

Xususiyatlari bo'yicha soha mutaxassislari fikrlari turlicha bo'lishiga qaramasdan, deyarli barcha mualliflar masofaviy o'qitishning quyidagi asosiy xususiyatlari moslashuvchanlik, modullilik, qulaylik, iqtisodiy samaradorlik, aloqaning tezkorligi, qamrovning kengligi, texnologiklik, ijtimoiy tenglik, tyutorning yangicha roli, sifatning o'ziga xos nazorati haqida quyidagi fikrlarni bildiradi:

1. Moslashuvchanlik - o'quv jarayonini vaqtga, joyga va o'qish muddatiga muvofiq tanlash, amalga oshirish mumkinligi. Masofaviy o'qitish tizimida ta'lim oluvchilar asosan ma'ruza va seminar ko'rinishidagi uzluksiz mashg'ulotlarga qatnashmaydilar, balki o'zlariga qulay bo'lgan vaqtda, joyda va qulay tezlikda ishlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

2. Modullilik - modullarda taqdim etilgan masofaviy o'qitishning mazmuni, ta'lim oluvchiga shaxsiy bilim olish ehtiyojiga mos ravishda individual ta'lim trayektoriyasini yaratish imkonini beradi.

3. Qulaylik - ta'lim oluvchilarning yashash joyiga va iqtisodiy imkoniyatlariga bog'liq emasligi;

4. Iqtisodiy samaradorlik - iqtisodiy samaradorlik, ta'lim muassasa xarajatlari (kommunal xarajatlar, egallagan maydon to'lovi va hokazo) hamda ta'lim oluvchi xarajatlari kabi (yo'l haqi, turar joy xarajatlari va hokazo) qisqaradi. Ta'lim xizmatlariga qilinadigan sarf-xarajat an'anaviydagiga nisbatan taxminan 50-60 % ga qisqarishi mumkin.

5. Aloqaning tezkorligi - tyutor va ta'lim oluvchi orasidagi tezkor o'zaro qayta aloqaning mavjudligi.

6. Qamrovning kengligi - ya'ni masofaviy o'qish ma'lum sondagi ta'lim oluvchilarga mo'ljallanadigan auditoriya, xona talab qilmasligi sababli istalgan sondagi ta'lim oluvchilarni masofaviy o'qitish bilan qamrab olish imkoni mavjudligi.

7. Texnologiklik - o'qish jarayonida yangi axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanish.

8. Ijtimoiy tenglik - sog'ligi va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitidan qat'iy nazar, masofaviy shakl orqali o'qishda hamma uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatning bir xilligi.

9. Internasionallik - ta'limiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda ta'lim xizmati bozoridagi jahon yutuqlarini eksport va import qilishda qulay va tezkor imkoniyatlar mavjudligi.

10. O'qituvchining yangicha roli - tyutor maxsus psixologik-pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari muhitida ta'lim oluvchilarning mustaqil o'quv-bilish faoliyatlarini tashkil etuvchi, ularning shaxsiy-kasbiy rivojlanishlaridagi maslahatchi-ustoz ekanligi.

11. Ta'lim sifatining o'ziga xos nazorati - masofaviy o'qitishda nazorat shakli sifatida masofaviy imtihonlar, suhbatlar, amaliy, kurs va loyiha ishlari, eksternat, kompyuterli intellektual test o'tkazuvchi tizimlar qo'llaniladi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, masofaviy o'qitish sifatining nazorati muammolar yechimi, ta'lim standartiga mosligi ta'limning barcha tizimi muvaffaqiyati uchun ahamiyatga ega. Shunday qilib, masofaviy o'qitish ta'lim jarayonining asosini ta'lim oluvchining maqsadga yo'naltirilgan va nazorat qilinadigan intensiv mustaqil ishi tashkil etadi. U belgilangan jadval bo'yicha o'zi uchun qulay joyda mustaqil o'qishi, tyutorlar bilan telefon, faks, elektron pochta orqali aloqa o'rnatishi mumkin. Masofadan o'qitishning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ta'lim oluvchining pedagogsiz kompyuter bilan faol mustaqil ishlashi, bu o'z navbatida, ta'lim oluvchi zamonaviy telekommunikasiya vositalaridan foydalanishi kerakligidir. Olimlarning fikricha, yangi termin "masofaviy o'qitish" telekommunikasiya va

zamonaviy axborot texnologiyalaridan pedagogik jarayonlarda maqsadga muvofiq samarali foydalanish bilan bog'liq, bu esa o'quv jarayonini samaraliroq boshqarish imkoniyatini beradi.

Afzalliklari haqida fikr yuritilganida, albatta, masofaviy o'qitishning an'anaviy o'qitishga nisbatan tashkiliy-pedagogik, mazmun, texnologik, moliyaviy hamda ta'limni individuallashtirish va differensiyallashtirish tomonlaridan bir qator afzalliklari, ustunliklari mavjud hisoblanadi.

Yuqoridagi ta'kidlangan barcha fikrlardan kelib chiqib, masofaviy o'qitishning ta'lim tizimida ustunliklari quyidagilardan iborat:

• masofaviy o'qitish ochiq hisoblanadi, hamma xohlaganlarga ta'lim olish imkoniyatlarini yaratadi;

• masofaviy o'qitish ta'lim oluvchining bilim olishga bo'lgan ehtiyojini qondirishga, ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi;

• masofaviy o'qitish turli xil darajadagi o'quv dasturlaridan foydalanish imkonini beradi;

• masofaviy o'qitish individuallashgan va differensiasiyalashgan o'qitishning vazifalarini yechishga imkoniyat yaratadi;

• masofaviy o'qitish ta'lim oluvchiga yashash joyini o'zgartirmasdan, ishdan ajralmagan holda o'qish imkoniyatini yaratadi;

• masofaviy o'qitish kadrlarni tayyorlashdagi ustunligi, tyutorning kasbiy mahorati darajasini oshirishga imkoniyat yaratadi, xodimlarning yetishmasligini kompensasiya qilish va o'quv kursining davrli takrorlanishini qisqartirish imkonini beradi.

Masofaviy o'qitishning tashkiliy shakllari va dasturiy ta'minoti haqida so'z yuritganda zamonaviy axborot va kommunikasiya texnologiyalari vositalarining ta'lim jarayoniga kirib kelishi an'anaviy o'qitish usullariga qo'shimcha ravishda yangi o'qitish shakli - masofaviy o'qitish yaratilishiga omil bo'lganligini ta'kidlash lozim. Masofaviy ta'limda talaba va o'qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o'zaro maxsus yaratilgan o'quv kurslari, nazorat shakllari, elektron aloqa va Internetning boshqa texnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo'ladilar. Internet texnologiyasini qo'llashga asoslangan masofaviy o'qitish jahon axborot ta'lim tarmog'iga kirish imkonini beradi, integrasiya va o'zaro aloqa tamoyiliga ega bo'lgan muhim bir turkum yangi funksiyalarni bajaradi. Masofaviy o'qitish barcha ta'lim olish istagida bo'lganlarga o'z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o'qitish jarayonida talaba interaktiv rejimda mustaqil o'quv-uslubiy materiallarni o'zlashtiradi, nazoratdan o'tadi, o'qituvchining bevosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vertikal o'quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo'ladi. Masofaviy o'qitishda turli xil axborot va kommunikasiya texnologiyalaridan foydalaniladi, ya'ni har bir texnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog'liq. Masalan, an'anaviy bosma usuliga asoslangan o'qitish vositalari (o'quv qo'llanma, darsliklar) talabalarni yangi material bilan tanishtirishga asoslansa, interaktiv audio va video konferensiyalar ma'lum vaqt orasida o'zaro muloqotda bo'lishga, elektron pochta orqali to'g'ri va teskari aloqa o'rnatishga, ya'ni xabarlarni jo'natish va qabul qilishga mo'ljallangan. Oldindan tayyorlangan videoma'ruzalar talabalarga ma'ruzalarni tinglash va ko'rish imkonini bersa, faksimal aloqa, xabarlar, topshiriqlarni tarmoq orqali tezkor almashinish talabalarga o'zaro teskari aloqa orqali o'qitish imkonini beradi. Yuqoridagilarga asoslanib, ta'lim jarayonida ayni vaqtda qayta-qayta tilga olinayotgan ayrim terminlar tavsifi va ta'riflarni keltirib o'tamiz.

Masofaviy o'qitish - eng yaxshi an'anaviy va innovasion metodlar, o'qitish vositalari va formalarini o'z ichiga olgan sirtqi va kunduzgi ta'lim singari axborot va telekommunikasiya texnologiyalariga asoslangan ta'lim formasidir. Masofaviy o'qish - bu yangi axborot texnologiyalari, telekommunikasiya texnologiyalari va texnik vositalariga asoslangan ta'lim

tizimidir. U ta'lim oluvchiga ma'lum standartlar va ta'lim qonun-qoidalari asosida o'quv shart-sharoitlari va o'qituvchi bilan muloqotni ta'minlab berib, o'quvchidan ko'proq mustaqil ravishda shug'ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o'qish jarayoni ta'lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo'lishiga bog'liq emas. Masofaviy ta'lim - masofadan turib o'quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o'qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta'lim oluvchilarga ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi ta'lim majmuidir. Masofaviy o'qitish tizimi - masofaviy o'qitish shartlari asosida tashkil etiladigan o'qitish tizimi. Barcha ta'lim tizimlari singari masofaviy o'qitish tizimi o'zining tarkibiy maqsadi, mazmuni, usullari, vositalari va tashkiliy shakllariga ega.

REFERENCES

1.Абдукадиров, Абдукаххор Абдувакилевич. Масофали укитиш назарияси ва амалиёти. Монография / А. А. Абдукадиров, А. Х. Пардаев; ред. М. Содикова. - Т. Узбекистан республикаси фанлар Академияси. ФАН , 2009. - 145 с.

2. Андреев А.А. Дистанционное обучение в системе непрерывного профессионального образования. Автореферат. диссер. на соис. уч. ст. доктора педагогических наук. http://www.iet.mesi.ru/dis/oglo.htm

3. Сластенин В.А., Исаев И.Ф., Мищенко А.И., Шиянов Е.Н.. Педагогика: Учебное пособие для студентов педагогических учебных заведений -М.: Педагогика, 1997, С60.

4. Тихомиров В. П. От электронного обучения к Smart-Университету. — Сборник трудов VII Международной научно-практической конференции «Современные информационные технологии и ИТ-образование», ноябрь, 2012 г.

5. Моисеева М.В., Полат Е.С., Бухаркина М.Ю., Нежурина М. Интернет-обучение: технологии педагогического дизайна М.: Издательский дом «Камерон», 2004. -216 с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.