Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM TIZIMIDA ARALASH TA’LIM TEXNOLOGIYALARI TAHLILI'

OLIY TA’LIM TIZIMIDA ARALASH TA’LIM TEXNOLOGIYALARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
421
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aralash ta’lim / online ta’lim / an’anaviy ta’lim / qo’shimcha model / emperiom modeli / masofaviy va elektron ta’lim. / смешанное обучение / онлайн-обучение / традиционное обучение / аддитивная модель / эмпериомная модель / дистанционное и электронное обучение

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Allamova Shohista Shavkat Qizi

Maqolada aralash ta’lim tushunchasi, xorijiy, MDH va mahalliy olimlarning aralash ta’lim tushunchasiga oid qarashlari, uning asosiy komponentalari, afzalliklari va imkoniyatlari keltirib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ ТЕХНОЛОГИЙ СМЕШАННОГО ОБУЧЕНИЯ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

В статье упоминается понятие смешанного образования, взгляды зарубежных учёных, а также учёных СНГ (Содружество Независимых Государств) и отечественных ученых на понятие смешанного образования, его основные составляющие, преимущества и возможности.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM TIZIMIDA ARALASH TA’LIM TEXNOLOGIYALARI TAHLILI»

Allamova Shohista Shavkat qizi,

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika universiteti "Informatika va axborot tekhnologiyalari" kafedrasi o'qituvchisi

OLIY TALIM TIZIMIDA ARALASH TALIM TEXNOLOGIYALARI TAHLILI

UDK: 37.022

ALLAMOVA SH.SH. OLIY TA LIM TIZIMIDA ARALASH TA LIM TEXNOLOGIYALARI TAHLILI

Maqolada aralash ta'lim tushunchasi, xorijiy, MDH va mahalliy olimlarning aralash ta'lim tushunchasiga oid qarashlari, uning asosiy komponentalari, afzalliklari va imkoniyatlari keltirib o'tilgan

Tayanch so'z va tushunchalar: aralash ta'lim, online ta'lim, an'anaviy ta'lim, qo'shimcha model, emperiom modeli, masofaviy va elektron ta'lim.

АЛЛАМОВА Ш.Ш. АНАЛИЗ ТЕХНОЛОГИЙ СМЕШАННОГО ОБУЧЕНИЯ В СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ОБРАЗОВАНИЯ

В статье упоминается понятие смешанного образования, взгляды зарубежных учёных, а также учёных СНГ (Содружество Независимых Государств) и отечественных ученых на понятие смешанного образования, его основные составляющие, преимущества и возможности.

Ключевые слова и понятия: смешанное обучение, онлайн-обучение, традиционное обучение, аддитивная модель, эмпериомная модель, дистанционное и электронное обучение.

ALLAMOVA SH.SH. ANALYSIS OF BLENDED LEARNING TECHNOLOGIES IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION

In the article, the concept of mixed education, views of foreign, CIS(Commonwealth of Independent States) and local scientists on the concept of mixed education, its main components, advantages and opportunities are mentioned.

Key words and concepts: blended learning, online learning, traditional learning, additive model, emperiome model, distance and electronic learning.

Kirish.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarin-ing jadal rivojlanishi olimlar va pedagoglarni ta'lim jarayonida ulardan samarali foydalan-ishning tobora ko'proq yangi imkoniyatlarini o'rganishga undamoqda. Axborot hajmi va talabalarning mustaqil ishi ulushining orti-shi, o'qituvchi yagona manba bo'lgan ta'lim jarayoni, shuningdek, talaba bilimning «passiv» ob'ekti sifatida ko'rib chiqilishi yangi ta'lim texnologiyalarini izlashni va talabalarga yo'naltirilgan ta'limga o'tish zaruratini talab qilmoqda.

Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomil-lashti rish maqsadida "ta'lim mazmuni va sifatini oshirish, raqobatbardosh, yuqori bilim va ko'nikmalarga ega bo'lgan oliy ma'lumotli pedagog kadrlarni tayyorlashda aralash ta'lim metodlaridan foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish, natijasida talabalarning qobiliyatlari, iqtidori, dunyoqarashini shak-llantirish shuningdek, jahon talablariga javob beruvchi raqobatbardosh talabalar sonini oshirish taqozo etiladi.

Mavzuning dolzarbligi.

O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrda qabul qilingan O'RQ-637-sonli "Ta'lim to'g'risida"gi qonunida maso-faviy ta'lim o'quv rejalari va o'quv dasturlar-iga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kom-munikatsiya texnologiyalaridan hamda internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan-ligi1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivo-jlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847-sonli farmonida ta'lim jarayonlarida "bulutli texnologiyalar"dan foydalanish, mil-liy elektron ta'lim resurslari yaratilishini jadal-lashtirish, ta'lim jarayonida elektron resurs-lar salmog'ini bosqichma-bosqich oshirish, talabalar, o'qituvchilar va yosh tadqiqotchi-

1 O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-sonli Qonuni. 2020 yil 23 sentabr. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son.

larning elektron ta'lim resurslari, zamon-aviy ilmiy adabiyotlarning elektron kata-loglari va ma'lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamon-aviy usullarni joriy etish, ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallash-tirish, masofaviy ta'lim xizmatlarini rivojlanti-rish, onlayn, "blended learning", "flipped classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish kabi vazifalar dolzarb vazifalar qatoriga kiradi2.

Mavzu bo'yicha boshqa ilmiy izlanish-larning qisqacha tahlili. "Aralash ta'lim" ata-masi 1990-yillarning oxiridan boshlab professional adabiyotda qo'llanila boshlandi.

Tomlinson (Brian Tomlinson) va C.Whittaker o'zining "Ingliz tilini o'qitishda aralash ta'lim: Kursni loyihalash va amalga oshirish"3 qo'llanmasida "aralash ta'lim" (blended lear-ining) tushunchasi biznesdan kelib chiqqan bo'lib, u "korporativ kadrlarni tayyorlash/ qayta tayyorlash jarayonini tavsiflash uchun ishlatilgan va shundan keyingina oliy ta'lim bilan bog'liq masalalarda qo'llanila boshlan-gan" degan fikrni ilgari surgan. Tadqiqotchi-lar aralash ta'limni mutlaqo yangi hodisa sifatida emas, balki o'zgaruvchan muhitda an'anaviy shakllarning mantiqiy, izchil rivojlanishi deb hisoblashadi. Bundan tashqari, mual-liflar masofaviy texnologiyalar qo'llaniladigan ta'lim shakllarining tasnifini taklif qilishadi. Bu onlayn faoliyatning davomiyligiga asoslanadi.

Oliy ta'limdagi ta'lim jarayoniga aralash ta'lim kiritilganda, aralash ta'lim turli resurslarni, xususan, yuzma-yuz o'quv mashg'ulotlari va elektron ta'lim element-larini o'zida mujassam etgan o'qitish usuli ekanligi tushuniladi.

Aralash ta'lim - bu rasmiy o'quv dasturi bo'lib, unda talabalar qisman bo'lsa ham elektron, onlayn formatda o'qitiladi va shu bilan

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni. - https://lex.uz/ docs/4545884

3 Tomlinson B., Whittaker C. Blended Learning in English Language Teaching: Course Design and Implementation. -London: © British Council 2013. - 25 c

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

birga o'rganish vaqti, kursi va tezligini nazorat qilishning ba'zi elementlari mavjud; qis-man o'qitish talabalarning uyidan tashqarida, ichkarida amalga oshiriladi. Bunday o'rganish natijasida integratsiyalashgan o'rganish tajri-basini ta'minlash uchun turli usullardan foy-dalaniladi.

S.Twigg aralash ta'limning quyidagi to'rtta modelini aniqlaydi:

- O'zgartirish modeli (almashtirish) -o'quv materialining katta qismi elektron for-matda o'zlashtiriladi.

- Qo'shimcha model (qo'llab-quvvat-lovchi) - ko'p vaqt an'anaviy sinfda o'qitishga bag'ishlangan bo'lib, u elektron resurslar bilan ishlash bilan to'ldiriladi;

- Emporiom modeli - model o'quv bo'limining maxsus veb-saytida va maxsus jihozlangan kompyuter sinflarida elektron ta'lim sharoitida o'quv dasturini o'zlashtirishni nazarda tutadi.

Bufet modeli - o'quvchilarga o'z ta'lim ehti-yojlariga qarab sinf va elektron sinflarni mus-taqil ravishda birlashtirish imkoniyati beriladi1. C.Procter bizni qiziqtirgan hodisani pedagogik prizma orqali ko'rib chiqadi, uni ta'lim for-matlari, pedagogik usullar va texnologiyalar, texnikalar va boshqalar simbiozi sifatida tal-qin qiladi2. Tadqiqotchi "aralash ta'lim ta'lim mazmunini yetkazib berish usuli emas, balki ta'lim vositalarining samarali kombinatsiyasi" degan xulosaga keladi. Xorijiy adabiyotlarda aralash ta'lim muammosi turlicha ko'rib chiqi-ladi. Xorijiy mualliflar aralash ta'lim element-lariga va uni turli mamlakatlarda joriy etish tajribasiga e'tibor berishadi. Tadqiqotlar shuni ta'kidlaydiki, aralash ta'lim tarixan ikkita alo-hida ta'lim tizimidan kelib chiqadi: an'anaviy (yuzma-yuz ta'lim tizimi) va taqsimlangan (tarqatilgan ta'lim tizimi), ularning markazida texnologiya turadi.

T.V.Dolgova aralash ta'lim texnologiyasini kunduzgi va elektron ta'limning afzalliklari-

1 Twigg C.A. Improving Learning and Reducing Costs: New Models for Online Learning // EDUCAUSE Review. -2003. №(5) 38. - P. 29-38

2 Procter C. Blended Learning in Practice // "Education in a Changing Environment" Conference Proceedings. E.: Salford, 2003. - URL: https://www.researchgate.net/ publication/277177316

dan samaraliroq foydalanish hamda ularning har birining kamchiliklarini o'zaro qoplash imkonini beruvchi sinergik texnologiya sifatida qaraydi3.

B.E.Starichenko, I.M.Semenova,

A.V.Slepuxin4 ta'kidlaganidek, aralash ta'lim o'zgarmas komponentlarini turli vaqtlarda kunduzgi (sinfda) va masofaviy ta'lim kabi komponentlarning simbiozi, shuningdek, turli vositalardan foydalanish, ta'lim jarayoni va uni boshqarish kabi komponentalarni o'z ich-iga oladi. Ushbu komponentlarining nisbatiga ta'lim jarayonining barcha sub'ektlari (tala-balar, o'qituvchilar, ta'lim natijalaridan man-faatdor shaxslar) ta'sir qiladi.

Maqolaning ilmiy mohiyati shundan iboratki, oliy ta'lim tizimida o'quv jarayoni samaradorligini takomillashtirish masalasi shu bilan bir qatorda sifatli, raqobatbardosh, jahon talablariga javob beradigan mutaxas-sislarni tayyorlar masalasi har doim va bar-cha davrlarda o'z dolzarbligini yo'qotmasdan kelayotgan mavzu sanaladi. Negaki, Yangi O'zbekistonning taraqqiyoti va uning istiqboli bevosita bugungi kunda oliy ta'lim tizimida tahsil olib kelayotgan kasb egalarining bilim, malaka va ko'nikmalariga bog'liqligi bilan bayon etiladi.

Maqolaning maqsadi.

Aralash ta'lim tushunchasining mohiyat-ini yoritish va mavzuga oid asosiy ilmiy man-balarni tahliliy sharhini keltirish.

Tadqiqotning ob'ekti - Aralash ta'lim tushunchasining mohiyatini yoritish va mavzuga oid asosiy ilmiy manbalarni tahliliy jarayoni.

Tadqiqotda - huquqiy-me'yoriy hujjatlar, ilmiy kuzatishlar (bevosita va bilvosita) asosida jamlangan ma'lumotlar, qiyosiy va kontekstli tahliliy manbalardan foydalanildi.

3 Долгова Т.В. Смешанное обучение - инновация XXI века // Интерактивное образование: информационно-публицистический жур-нал. - 2017. - № 5. - С. 2-8.

4 Стариченко Б.Е., Семенова И. М., Слепухин А. В. // Педагогический журнал Башкортостана. - 2014. - № 6(55). - С. 49-65.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

Asosiy qism.

Zamonaviy oliy ta'lim tizimida eng samarali innovatsion usullar va texnologiyalarni tanlash muammosi dolzarb bo'lib qolmoqda. Innovatsion usullar fan va axborot texnologiyalarin-ing zamonaviy yutuqlaridan foydalanishga asoslangan usullardir. Innovatsion usullar, eng avvalo, ta'lim jarayonini optimallashti-rish, o'quv materialini o'zlashtirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan bo'lib, bu pirovardida ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. O'quv jarayoniga innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi o'qituvchi va talabalar uchun aralash ta'lim kabi ta'lim shak-lining paydo bo'lishiga olib keldi.

Aralashtirilgan ta'lim haqida gapirganda, "raqamli ta'lim muhiti" tushunchasini va uning tarkibiy qismlarini chetlab o'tib bo'lmaydi.

Ta'limda o'zgaruvchanlik tamoyilini amalga oshirish, o'quv jarayonining moslashuvchan-ligi, uning moslashuvchanligi raqamli ta'lim resurslarining (vazifalarning xilma-xilligi va o'quv ma'lumotlarini taqdim etish shakllarin-ing xilma-xilligi, kontent darajalarini taqsim-lash) asosiy xususiyatlari tufayli bo'lishi mum-kin. Shu munosabat bilan talaba o'z qiziqishlari va shaxsiy imtiyozlariga muvofiq ta'lim faoliy-ati elementlarini tanlash holatiga duch keladi. Raqamli ta'lim resurslari aralash ta'limning eng muhim elementi sifatida o'quvchilarning shax-siy xususiyatlarini hisobga olgan holda o'quv materialini chiziqli bo'lmagan tarzda ishlab chiqishni tashkil etish imkonini beradi. Shu munosabat bilan, bizning fikrimizcha, ayrim hollarda "aralashtirilgan ta'lim" tushunchasin-ing "masofaviy ta'lim" tushunchasiga kengayi-shi ko'rib chiqiladi.

Shu bilan birga, biz oliy ta'lim tizimida aralash ta'lim texnologiyasidan foydalanish muammosining katta rivojlanishini qayd eta-miz.

Shuni ta'kidlash kerakki, "aralash ta'lim" tushunchasi rus tilidagi nutqqa yaqinda kirdi, ammo bu hodisaning o'zi ham bir muncha vaqt davomida ham ilmiy jamoatchilik, ham amaliyotchi o'qituvchilar uchun katta qiziqish uyg'otdi.

G.V. Kravchenko o'qituvchini aralash ta'lim usuli doirasida "tyutor" - o'quv materiali va

talaba o'rtasida muhim vositachi bo'lgan murabbiy, yetakchi sifatida ko'rib chiqishni taklif qiladi1. Tyutorning vazifalariga quyid-agilar kiradi: talabalarning mustaqil ishlarini tuzatish va qo'llab-quvvatlash, AKTdan foydalanish, hamkorlik, kognitiv faoliyatni "maso-fadan" boshqarish va h.k.

Aralash ta'limda kursni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun quyidagi parametrlarni hisobga olish taklif etiladi:

• ish rejimi (an'anaviy va kompyuter vosi-tachiligida);

• rejimlar kombinatsiyasi modeli (ish rejimlarining o'qitishning maqsad va vazifalariga hamda talabalar va o'qituvchilarning AKTdan foydalanish bo'yicha tayyorgarlik darajas-iga nisbati);

• mashg'ulot maqsadiga qarab, an'anaviy va onlayn ish rejimlari o'rtasida vazifalar va kurs mazmunini taqsimlash(ko'nikma va malakalar parallel ravishda (an'anaviy shaklda va onlayn) yoki rejimlardan birida alohida amalga oshiriladi);

• Fan o'qitish metodikasi (an'anaviy va onlayn rejimlarning keng ko'lamli usullari: yuzma-yuz uchrashuvlar, telekonferentsiyalar, bloglar, internet testlari)

• o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar modellari (individual, juftlik, guruh);

• mashg'ulot o'tkaziladigan joy (mashqda harakatchanlikni hisobga olish).

Talabalar tomonidan aralash ta'limning muhim tarkibiy qismi bu ongdir. Bu fazilat tal-abaning o'z ta'limini boshqarish, rejalashtirish qobiliyatidir. Ushbu qobiliyatni rivojlantirish uchun quyidagi omillarning o'zaro ta'siri zarur: o'z-o'zini kuzatish, o'zini o'zi baholash va o'zini o'zi boshqarish (o'z ta'limi natijalariga javob berish). Muhimi, o'rganish statik jarayon sifatida emas, balki insonning o'z sa'y-har-akatlari bilan ta'sirlanishi va takomillashtirilishi mumkin bo'lgan narsa sifatida qaralishi kerak. Shunga ko'ra, talabaga o'z-o'zini boshqarish ko'nikmalarini (vaqtni boshqarish, kuchlarni taqsimlash, tanqidiy fikrlash) o'rgatish zarur.

1 Кравченко Г.В. Использование модели смешанного обучения в системе высшего образования // Педагогика и психология. - 2014. - № 2(82). - С. 22-24.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

1-rasm. Aralash ta'lim modellari.

Offlayn

onlayn

Mustaqil

ARALASH TA'LIM

Almashtirish modeli

Egiluvchan model

Г

Manzilli

almashtirish

ч у

Almashtirish lobaratoriyasi

1 Малинина И.А. Применение технологий смешанного обучения иностранному языку в высшей школе // Современные научные исследования и инновации. -2013. - № 10. - С. 42.

A-La-Cart

Virtual boyitilgan model

O'girilgan sinf

Xususiy almashtirish

I.A.Malinina oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tilda aralash ta'lim texnologiyalaridan foydalanish tajribasiga asoslanib, aralash ta'limni "jonli" ta'limni internet resurslaridan foydalan-gan holda, birinchi navbatda, ikkinchi avlod vakillarining birgalikdagi faoliyatini amalga oshirish imkonini beruvchi "jonli" ta'lim bilan uyg'unlashtirish sifatida belgilaydi. Agar o'qish vaqti 3O% dan 79% gacha onlayn rejimda o'tkazilsa bu aralash ta'lim deb tan olinadi" degan fikrni ilgari suradi1. Shu bilan birga, muallif aralash ta'limni masofaviy ta'limning bir qismi sifatida yoki uning evolyutsiyasi sifatida ko'rib chiqish mumkin deb hisob-laydi. Biroq, asosiy element - o'qituvchilar va talabalar o'rtasida yuzma-yuz muloqotning mavjudligi deb hisoblaydi.

Turli talqinlarning yuqoridagi tahliliga asoslanib, biz aralash ta'limni o'qitishni tashkil etish shakli sifatida ko'rib chiqishni taklif qil-amiz.

Adabiyotlarni tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, olimlar va tadqiqotchilar aralash ta'lim modelini turli yo'llar bilan tavsiflaydilar. Aralash-tirilgan ta'lim tadqiqotchilari uni ta'lim jaray-oniga tatbiq etishning turli modellari va yon-dashuvlarini taklif qilishadi.

Mahalliy tadqiqotchilardan

L.G.Babakhodjayeva aralash ta'limga quyidag-icha ta'rif beradi. Aralash ta'lim-an'anaviy kun-duzgi, masofaviy va mustaqil ta'limni birlash-tiruvchi o'qitish tizimi bo'lib, u o'qituvchilar,

ta'lim oluvchilar va axborotning interfaol man-balarining o'zaro ta'sirlashishini qamrab oladi, doimo o'zaro aloqada bo'lgan va bir butunli-kni tashkil etgan o'quv jarayoniga xos barcha komponentlar (o'qitishning maqsadi, maz-muni, metodlari, tashkiliy shakllari, vositalari) ni aks ettiradi2. U aralash ta'lim modellarini quyidagicha ajratadi (1-rasm).

Shunday qilib, zamonaviy ta'lim muhit-ida qo'llaniladigan aralash ta'lim modelin-ing uchta asosiy komponenti mavjud:

• kunduzgi ta'lim (yuzma-yuz) o'qituvchi-talabaning sinfdagi an'anaviy for-matidir;

• mustaqil ta'lim - talabalarning mustaqil ishlarini o'z ichiga oladi: resurs xaritasi yor-damida materiallarni qidirish, tarmoqda ish-lash va h.k.;

• onlayn ta'lim (onlayn hamkorlikda o'rganish) - talabalar va o'qituvchilarning onlayn ishi, masalan, Internet konferentsiya-lari, Skype yoki wiki va boshqalar3.

Adabiyotlarni tahlil qilib, uning tabiatining murakkabligi va ko'p qirraliligini ko'rishimiz mumkin.

Mutaxassislar aralash ta'limning quyid-agi afzalliklarini aniqlaydilar:

• ham sinxron, ham asinxron interaktivlik va aloqa imkoniyati;

2 Babaxodjaeva L.G. Talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida aralash ta'lim modelini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari. -Aftoreferat_dis.dok.ped.nauk. - T.:CHDPU, 2021. - 16 b.

3 Костина, Е. В. Модель смешанного обучения (Blended Learning) и ее использование в преподавании иностранных языков // Известия высших учебных заведений. -2010. - № 2(1). - C. 141

• vaqtinchalik va cheksiz foydalanish;

• moslashuvchanlik va qulaylik;

• ta'lim mazmunining arzonligi;

• o'quvchilarning o'qishga bo'lgan ishtiy-oqini oshirish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• o'quvchilarning individual xususiyat-larini hisobga olish1.

Shunday qilib, aralash ta'lim kontseptsiya-sining mohiyati bilim olishning an'anaviy va elektron formatlarini muvofiqlashtirish, texnik xizmat ko'rsatishdan iborat.

Biz aralash ta'limning asosiy maqsadi an'anaviy ta'lim va elektron ta'limning afzal-liklarini uyg'unlashtirishga harakat qilish deb hisoblaymiz. Aralashtirilgan ta'lim modelida elektron komponent an'anaviy sinf komponen-tining mantiqiy davomidir va aksincha.

Aralash ta'limning elektron komponenti axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan tizimli va uzluksiz foydalanish orqali ta'lim jarayonini faollashtiradi, bu esa ta'lim faoli-yatini ongli va mustaqil amalga oshirish va boshqarish qobiliyatini rivojlantirishga hamda ta'lim jarayoni ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni faollashtirishga, yagona o'quv hamjamiyatini yaratishga yordam beradi.

Darsda mustaqil ravishda olingan bilimlar tizimlashtiriladi, tahlil qilinadi va amaliyotda ijodiy qo'llaniladi.

Aralash ta'limda foydalanuvchilarga maso-faviy ta'lim tizimidan va o'quv materiallaridan foydalanishga to'liq ruxsat beriladi. Bu tiz-imda online kutubxonalar va manbalar mavjud bo'ladi.

Foydalanuvchilar bir qism nazorat ishlarini onlayn tizimda topshirishadi. Shuningdek, tiz-imda guruhli muloqotlar uyushtiriladi va to'liq loyihalar amalga oshiriladi.

Aralash ta'lim modeli foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

• online rejimida o'quv materiali bilan xohlagan vaqtda tanishish.

• sinov testini topshirib bilimini sinash;

• nazorat testini topshirish;

1 Graham C. R. Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In: Bonk C. J., Graham C. R. The handbook of blended learning: Global perspectives, local designs. San Francisco, CA: Pfeiffer Publishing; 2006. p. 3-21.

• o'tilgan mashg'ulotlarga mos qo'shimcha manbalar bilan tanishish;

• audio va video yozuvlardan, animatsiya va simulyatsiyalardan foydalanish;

• E-mail dan foydalanish va forumlarda ishtirok etish;

• ma'ruzadan tashqari o'qituvchi-talaba va talabalar o'rtasida muloqot tashkil etish.

Xulosa.

O'tkazilgan ilmiy adabiyotlar tahlili quyidagi xulosalarga kelish imkonini berdi:

1. Oliy ta'lim muassasalarida aralash ta'lim tushunchasining kirib kelishi o'quv jarayonin-ing mazmuni va tashkiliy shakllari o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, o'quv jarayo-nida yangi shakllarning paydo bo'lishiga olib keladi, o'quv faoliyati mazmunining tuzil-ishini, o'qituvchi va talaba faoliyati xarakterini o'zgartiradi.

2. Aralash ta'limning didaktik imkoniyatlari oliy ta'lim muassasalarda fanlarni o'zlashtirish jarayonini tezlashtiradi, shu bilan birga tala-balarni ijodiy va bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan LMS va boshqa ta'lim platformalaridan foydalanaish, o'quv mehnati samarasini, mustaqil o'zlashtirish samarador-ligini oshirish imkoniyatini beradi.

Takliflar. Ilmiy maqola yuzasidan quyidagi amaliy takliflarni beramiz:

- OTM larda aralash ta'limni qo'llash bo'yicha strategiya ishlab chiqish lozim;

- oliy ta'lim muassasalarining barcha yo'nalishlarida aralash ta'lim texnologiyalarini qo'llash va joriy etish lozim; Ushbu texnologi-yani qo'llash o'quv mashg'ulotlarida qatnashu-vchi talabaning passiv rolini faol rolga aylanti-rishga qaratilgan.

- OTMlarda aralash ta'lim muhitida talabalar mustaqil bilim olishlari uchun fan-lardan sifatli o'quv-uslubiy materiallarni yara-tish. Sifatli elektron resurslar bilan ishlash o'quv jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Talabalar qaror qabul qilishni, ongli ravishda tan-lashni va mas'uliyatni o'z zimmalariga olishni o'rganadilar. Ularda axborot makonida ishlash, mustaqil ravishda axborot izlash, tanlash va tahlil qilish, turli zamonaviy texnologiya-lar yordamida olingan natijani taqdim etish ko'nikma va malakalari shakllanadi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2022, 11 (120)

с 28 ОЛИЙ ТАЪЛИМ / ВЫСШЕЕ ОБРАЗОВАНИЕ у

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi O'RQ-637-sonli Qonuni. 2020 yil 23 sentabr. - Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 24.09.2020 y., 03/20/637/1313-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021 y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021 y., 03/21/721/0952-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni. - https://lex.uz/docs/4545884

3. Tomlinson B., Whittaker C. Blended Learning in English Language Teaching: Course Design and Implementation. - London: © British Council 2013. - 25 c

4. Twigg C.A. Improving Learning and Reducing Costs: New Models for Online Learning // EDUCAUSE Review. - 2003. №(5) 38. - P. 29-38

5. Procter C. Blended Learning in Practice // "Education in a Changing Environment" Conference Proceedings. E.: Salford, 2003. - URL: https://www.researchgate.net/ publication/277177316

6. Долгова, Т. В. Смешанное обучение - инновация XXI века // Интерактивное образование: информационно-публицистический жур-нал. - 2017. - № 5. - С. 2-8.

7. Стариченко Б.Е., Семенова И. М., Слепухин А. В. // Педагогический журнал Башкортостана. - 2014. - № 6(55). - С. 49-65.

8. Кравченко Г.В. Использование модели смешанного обучения в системе высшего образования // Педагогика и психология. - 2014. - № 2(82). - С. 22-24.

9. Малинина И.А. Применение технологий смешанного обучения иностранному языку в высшей школе // Современные научные исследования и инновации. - 2013. -№ 10. - С. 42.

10. Babaxodjaeva L.G. Talabalarning pedagogik kompetentligini rivojlantirish jarayonida aralash ta'lim modelini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari. - Aftoreferat_dis.dok.ped. nauk. - T.:CHDPU, 2021. - 16 b.

11. Костина, Е. В. Модель смешанного обучения (Blended Learning) и ее использование в преподавании иностранных языков // Известия высших учебных заведений. -2010. - № 2(1). - C. 141

12. Graham C. R. Blended learning systems: Definition, current trends, and future directions. In: Bonk C. J., Graham C. R. The handbook of blended learning: Global perspectives, local designs. San Francisco, CA: Pfeiffer Publishing; 2006. p. 3-21.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.