Научная статья на тему 'MA’SOFAVIY TA’LIMMUSTAQIL TA’LIM OLISH VA UNI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION SHAKLI SIFATIDA'

MA’SOFAVIY TA’LIMMUSTAQIL TA’LIM OLISH VA UNI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION SHAKLI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1557
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ma’sofaviy ta’lim / innovatsiya / interaktiv vositalar / internet. / distance education / innovation / interactive tools / internet.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. Quvondiqova

O’quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ta’lim samaradorligiga erishishning birinchi shartidir. Ushbu maqolada ma’sofaviy -ta’lim bugungi kunda ta’lim jarayonida mustaqil ta’limni tashkil etish va mustaqil ta’lim olishning innovatsion shakli ekanligi to’g’risida fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTANCE EDUCATION IS AN INNOVATIVE FORM OF INDEPENDENT EDUCATION AND ITS ORGANIZATION

Organizing the educational process on the basis of modern pedagogical technologies is the first condition for achieving educational efficiency. This article presents ideas about how distance education is an innovative form of independent education and independent education in the educational process today.

Текст научной работы на тему «MA’SOFAVIY TA’LIMMUSTAQIL TA’LIM OLISH VA UNI TASHKIL ETISHNING INNOVATSION SHAKLI SIFATIDA»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MA'SOFAVIY TA'LIM- MUSTAQIL TA'LIM OLISH VA UNI TASHKIL ETISHNING

INNOVATSION SHAKLI SIFATIDA Quvondiqova Mohinur Ilhomiddin qizi

Andijon davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7342931 Annotatsiya. O'quv jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish ta'lim samaradorligiga erishishning birinchi shartidir. Ushbu maqolada ma'sofaviy -ta'lim bugungi kunda ta'lim jarayonida mustaqil ta'limni tashkil etish va mustaqil ta'lim olishning innovatsion shakli ekanligi to'g'risida fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ma'sofaviy ta'lim, innovatsiya,interaktiv vositalar,internet.

ДИСТАНЦИОННОЕ ОБУЧЕНИЕ - ИННОВАЦИОННАЯ ФОРМА САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ И ЕГО ОРГАНИЗАЦИИ Аннотация. Организация образовательного процесса на основе современных педагогических технологий является первым условием достижения эффективности образования. В данной статье представлены представления о том, как дистанционное образование является инновационной формой самостоятельного обучения и самообразования в образовательном процессе на сегодняшний день.

Ключевые слова: дистанционное образование, инновации, интерактивные инструменты, интернет.

DISTANCE EDUCATION IS AN INNOVATIVE FORM OF INDEPENDENT

EDUCATION AND ITS ORGANIZATION Abstract. Organizing the educational process on the basis of modern pedagogical technologies is the first condition for achieving educational efficiency. This article presents ideas about how distance education is an innovative form of independent education and independent education in the educational process today.

Keywords: distance education, innovation, interactive tools, internet.

KIRISH

Hozirgi kundagi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot nafaqat ishlab chiqarishning ko'p sonli tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy-gumanitar bilimlar, ta'lim sohasiga ham zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Ushbu talab ayniqsa, bugungi kunda dunyo hamjamiyatini, jumladan, O'zbekiston xalqini tashvishga solayotgan koronavirus pandemiyasining tarqalishi Respublikamizda karantin deb e'lon qilinishiga sabab bo'ldi. Ayniqsa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi "Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta'sirini yumshatish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5969-son Farrmoni va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi "Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 176-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo'yicha respublika maxsus komissiyasi qarorlarining qabul qilinishi oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari va talabalari oldiga dolzarb vazifalarni qo'ydi. Muhtaram Prezidentimiz "... uyda vaqtingizni bekor o'tkazmang! Onlayn darslarni qunt bilan o'zlashtiring. Kitob o'qing, bilimingizni oshiring, badantarbiya va jismoniy mashqlarni bir kun ham qoldirmang" - deb ta'kidlaganlaridek, talabalarimiz bugun uyda darslarni bir soatini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ham qoldirmay onlayn tarzda o'zlashtirishlari zarur. Darslarni onlayn o'zlashtirishning muhim shakllaridan biri - bu masofaviy ta'lim bo'lib hisoblanadi.

Masofaviy ta'lim - o'qitishning o'ziga xos, mukammallashgan shakli bo'lib, u o'zida yangi axborot texnologiyalar va multimedia tizimiga asoslanilgan ta'limdir. Telekommunikatsiyalar va elektron nashrlarning zamonaviy vositalari an'anaviy o'qitish shakllari kamchiliklarini bartaraf etish imkonini beradi va bunda ularning barcha afzalliklarini o'zida saqlab qoladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Masofaviy ta'lim - talabaning mustaqil bilim olish tamoyiliga tayanuvchi ta'lim jarayonining tuzilmasi hisoblanadi. Ta'lim muhiti shu bilan xarakterlanadiki, ta'lim oluvchilar ko'pincha yoki doimo fazo (yoki vaqt) jihatdan o'qituvchidan uzoqda bo'lishadi. Ayni vaqtda ular istagan paytda telekommunikatsiya vositalari yordamida muloqot qilish imkoniga ega bo'ladilar.

Masofaviy ta'lim - bu o'qitishning universal gumanistik shakli. Bunda ta'limning an'anaviy texnologiyalari, yangi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari hamda texnik vositalardan keng foydalaniladi. Bu vositalar ta'lim oluvchiga standartlarga mos ta'lim fanlarini erkin tanlashi, o'qituvchi bilan muloqotga kirishishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. Bunda o'qish talabaning ta'lim olish joyi va vaqtiga bog'liq bo'lmaydi. Chunki talaba ixtiyoriy paytda o'qishni boshlaydi, materiallarni o'qituvchi nazoratida o'zlashtiradi. O'zlashtirish talabaning topshiriqlarni, testlarni bajarishiga qarab, aniqlanadi. Ta'lim oluvchi berilgan dasturni qanchalik tez o'zlashtirsa, shunchalik ma'lumotga ega bo'ladi. Masofaviy ta'limga mikroto'lqinli televidenie, audiografik, siqilgan video, telekonferensiya, audikonferensiya kabi turli interaktiv vositalar kirib keldi. Ular qatorida masofaviy ta'limda so'nggi paytda yanada yangi raqamlashtirilgan texnologiyalar qo'llanila boshlandi. U o'zida gipermedia programmalarini mujassamlashtirib, talabaga o'quv-uslubiy materiallarni qay darajada o'zlashtirganligining nazoratini bevosita o'zi amalga oshirish imkonini beradi. Shu bilan birga, o'ziga qulay, uyi yoki ish joyidan turib INTERNET yoki boshqa tarmoqlar orqali umumiy ma'lumotlar bazasiga, videokurslarga, audiomateriallarga va boshqa dasturiy ta'minotlarga ulanishi va foydalanishi mumkin.

Masofaviy ta'limning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

1. Masofaviy ta'limning yuzaga kelishi jamiyatning ehtiyojlari va ijtimoiy buyurtmalar bilan belgilanadi.

2. Masofaviy ta'lim kommunikatsiya vositalarining texnik taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq, binobarin, u bu vositalarning evolyusiyasi bilan moslashadi.

3. Ta'lim jarayonida masofadan o'qitishdan foydalanish natijasida ta'lim tizimida o'qitishning sinxron jarayonidan asinxron jarayoniga o'tiladi.

4. Nofaol o'qitishdan faol o'qitishga, o'quv materialini statistik taqdim etishdan video va animatsiyalardan dinamik foydalanishga asoslanadi.

5. Real ob'ektlardan foydalanishdan virtual ob'ektlardan foydalanishga, o'quv materialini umumiy tarzda taqdim etishdan individual faoliyatga hamda o'quv materialini bir yo'nalishda taqdim etishdan hamkorlikda (interfoal) taqdim etishga imkoniyat tug'iladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Bugungi kunda tyutorlar quyidagi masofaviy o'qitishning tamoyillariga e'tibor qaratadilar:

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

boshlang'ich bilimlar tamoyili; o'qitishda individuallik tamoyili; interfaollik tamoyili; indentifikatsiya tamoyili; o'qitishning reglamentlik tamoyili;

yangi axborot texnologiyalari vositalarini qo'llashning pedagogik jihatdan muvofiqlik tamoyili;

o'qitishning ochiqligi va moslashuvchanligini ta'minlash tamoyili. Masofaviy ta'limni amalga oshirishda o'qituvchining pedagogika va psixologiya sohasidagi umumiy bilim va ko'nikmalari zarur bo'ladi. Masofaviy ta'lim tizimining an'anaviy ta'lim shaklidan farqi uning egiluvchanligiga bog'liq ravishda yuqori harakatchanligi, talabalarning mustaqil ishlash imkoniyatining kattaligi, o'quv-metodik ta'minotning rang-barang shaklda bo'lishidir. U talabalar qaysi hududda bo'lishidan qat'i nazar, ta'lim jarayonining samaradorligini ko'tarishga imkon beradi.

Masofaviy o'qitish uslubining afzalliklari quyidagilardan iborat: o'qitishning ijodiy muhiti;

an'anaviy uslublar asosida ta'lim berishda tinglovchi faqat berilgan materialni o'qiydi, masofadan turib o'qitish uslubi asosida esa talabalarning o'zlari axborotlar omboridan kerak bo'lgan ma'lumotlarni qidirib topish va o'zlarining tajribalarini boshqa talabalar bilan elektron tarmoqlar orqali almashish imkoniyatlariga ega bo'ladilar;

ish joyidagi katta o'zgarishlarning mavjudligi; masofaviy ta'lim uslubi asosida ta'lim berish turi talabalarga keng sharoit yaratib beradi;

o'qitish hamda ta'lim olishning yangi va unumli vositasi ekanligi.

Statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatmoqdaki, masofaviy ta'lim uslubida tashkil etilgan ta'lim statsionar o'qitishdan iborat. Bunday uslubda ta'lim olayotgan talabalarning ustunligi shundan iboratki, ular eng yaxshi va sifatli didaktik materiallar, ma'ruzalar bilan ta'minlanadilar. Ushbu uslubda talabalar internet tarmog'i orqali «jahon bo'ylab sayohat» qilishlari mumkin. MUHOKAMA

Masofaviy ta'limda teskari aloqa - masofaviy talaba faoliyatini o'qituvchi tomonidan baholash natijasiga ko'ra pedagog tomonidan talabaga yuborilayotgan axborot oqimidir. Bu jarayonda pedagog talabaning o'zlashtirishga o'z munosabatini bildiradi va uning faoliyatini baholaydi. O'z vaqtida va ratsional tashkil qilingan teskari aloqa o'qitish faoliyatini barqaror rag'batlantirish pozitsiyasini shakllanishiga olib keladi. An'anaviy o'qitishda teskari aloqa o'qituvchi tomonidan ovoz intonatsiyasi, turli mimika harakatlari orqali osonlik bilan o'rnatilishi mumkin. Masofaviy ta'limda o'qituvchi va talabaning ko'pgina verbal imkoniyatlari cheklanganligi sababli ham teskari aloqa masofaviy ta'limni tashkil qilish va rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega.

XULOSA

Xulosa hozirgi kun ta'lim tizimida bosh va asosiy maqsad ham ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni hamda yuksak darajada fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash va tayyorlashdan iborat. Mamlakat taraqqiyotida xom ashyo, jihozlar, energiya resurslari, ekologik o'zgarishlarga oid muammolarning borgan sari globallashib borishi boshqaruvchi shaxsdan yuksak mahorat egasi bo'lishni talab etmoqda. Umuman, ta'lim tizimida ham ta'lim dasturlari, mazmuni, standartlari takomillashib bormoqda. Bunday tezkor o'zgarishlar bilim olishning yangi texnologiyalari,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

masofaviy, loyihalangan ta'lim, mediata'limni, ya'ni shaxsiy ijodkorlikka asoslangan ta'lim usullarini joriy qilish ehtiyojini keltirib chiqarmoqda.

REFERENCES

1. Азизхужаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик махорат. - Тошкент: Низомий номидаги ТДПУ, 2006.

2. Педагогик махорат ва педагогик технологиялар / Маърузалар матни. Тузувчилар: А.ХДосимов, Ф.АДоликова. - Тошкент: ТАТУ, 2004.

3. Инновационное обучение // http://msk.treko.ru/show_dict_1234.

4. www.ziyouz.com

5. www.edu.uz

6. www.tdpu.uz

7. www.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.