Научная статья на тему 'MODUL-KREDIT TIZIMIDA TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA MUSTAQIL TA’LIM IMKONIYATLARI VA XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

MODUL-KREDIT TIZIMIDA TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA MUSTAQIL TA’LIM IMKONIYATLARI VA XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
375
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Modul / kredit saoti / aktiv / qiymat / rejalashtirish. / module / credit hour / asset / value / planning.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N. Baxriddinov

Modul-kredit tizimi qisqacha tarixiy bosqichlari uning afzalliklari. O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari Modul-kredit tizimiga o’tishning qulay jixatlarini ko’rib chiqish. Talabalar uchun ilm olish jarayoni va ular uchun mustaqil ta’limni tashkil etishda e’tibor qarataydigan jihatlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF INDEPENDENT STUDY OPPORTUNITIES AND CHARACTERISTICS IN IMPROVING THE INFORMATION COMPETENCE OF STUDENTS IN THE MODULE-CREDIT SYSTEM

Brief historical stages of the module-credit system its advantages. Consideration of convenient features of the transition to the module-credit system of higher educational institutions of the Republic of Uzbekistan. The process of obtaining knowledge for students and the aspects that they focus on when organizing independent education for them.

Текст научной работы на тему «MODUL-KREDIT TIZIMIDA TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA MUSTAQIL TA’LIM IMKONIYATLARI VA XUSUSIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MODUL-KREDIT TIZIMIDA TALABALARNING AXBOROT KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA MUSTAQIL TA'LIM IMKONIYATLARI VA XUSUSIYATLARINI

RIVOJLANTIRISH Baxriddinov Nurali Bekmurodovich

Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7294553

Annotatsiya. Modul-kredit tizimi qisqacha tarixiy bosqichlari uning afzalliklari. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari Modul-kredit tizimiga o'tishning qulay jixatlarini ko'rib chiqish. Talabalar uchun ilm olish jarayoni va ular uchun mustaqil ta'limni tashkil etishda e 'tibor qarataydigan jihatlari.

Kalit so'zlar: Modul, kredit saoti, aktiv, qiymat, rejalashtirish.

РАЗВИТИЕ ВОЗМОЖНОСТЕЙ И ХАРАКТЕРИСТИК САМОСТОЯТЕЛЬНОЙ ОБУЧЕНИЯ В ПОВЫШЕНИИ ИНФОРМАЦИОННОЙ КОМПЕТЕНЦИИ СТУДЕНТОВ В МОДУЛЬНО-КРЕДИТНОЙ СИСТЕМЕ

Аннотация. Краткие исторические этапы модульно-кредитной системы и ее преимущества. Рассмотрение положительных сторон перехода на систему Модуль-кредит высших учебных заведений Республики Узбекистан. Аспекты процесса обучения студентов и организации самостоятельного обучения для них.

Ключевые слова: Модуль, кредитный час, актив, стоимость, планирование.

DEVELOPMENT OF INDEPENDENT STUDY OPPORTUNITIES AND CHARACTERISTICS IN IMPROVING THE INFORMATION COMPETENCE OF STUDENTS IN THE MODULE-CREDIT SYSTEM

Annotation. Brief historical stages of the module-credit system its advantages. Consideration of convenient features of the transition to the module-credit system of higher educational institutions of the Republic of Uzbekistan. The process of obtaining knowledge for students and the aspects that they focus on when organizing independent education for them.

Keywords: module, credit hour, asset, value, planning.

KIRISH

Bugungi kunda, mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida tub o'zgarishlar yuz berayapti jumladan oliy ta'limdagi islohotlar muhim ahamiyatga ega. Eng dolzarblari orasida modul-kredit tizimiga o'tishidir. Zero rivojlangan davlatlar ta'lim tizimiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular biz xozirda bosib o'tayotgan yo'llardan bosib o'tgani xech kimga sir emasdir. Kredit ilk marotaba XVIII va XIX asrlarda AQSh universitetlarida joriy etilgan bo'lib, o'quv jarayonlarini liberalizatsiya qilish, talabaning haftalik akademik yuklamasini belgilab berish maqsadida yaratilgan.

1869-yilda Garvard universiteti prezidenti, Amerika ta'limining taniqli arbobi Charlz Uilyam Eliot "kredit soati" tushunchasini iste'molga kiritadi. Shunday qilib, 1870-1880-yillarda kredit soatlari bilan o'lchanadigan tizim joriy qilinadi. Kredit tizimi bilan o'qish va o'quv dasturlarini o'zlashtirish talabalarga o'quv jarayonini mustaqil ravishda rejalashtirish, uning sifatini nazorat qilish, ta'lim texnologiyalarini takomillashtirish uchun imkoniyat yaratib berdi.

Kredit to'plash o'lchovining kiritilishi talabaga katta erkinlik berish bilan bir qatorda, kelajakda tanlagan sohasining raqobatbardosh mutaxassisi bo'lib yetishishi uchun akademik jarayonni mustaqil rejalashtirish imkonini ham taqdim etdi. Ayni chog'da, baholash tizimi va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ta'lim texnologiyalarining takomillashishiga ham olib keldi. Ma'lumki, bizda axborot manbai va turli xildagi xalqaro ma'lumotlar bazalariga kirish, ulardan foydalanish ma'lum darajada cheklanib qolgandi. Oqibatda oliy ta'limda professor-o'qituvchilarning asosiy diqqati axborotni qidirib topish, uni o'zlashtirish hamda dastlabki qayta ishlagandan so'ng talabalarga tarqatishga qaratildi. Ya'ni o'qituvchilar shunchaki axborotni qabul qiluvchi va uzatuvchi subyekt edi, xolos. Bugungi kunda bu uslub, modul-kredit tizimida o'z samarasini berishi qiyinligini isbotlab berib turibdi. Sababi shiddatkor zamonda o'z fani bo'yicha talabaga berilgan mustaqil ta'lim mavzulari to'g'risida yetarlicha bilimlarga ega bo'lish va undan tashqari yangi zamonaviy bilimlarni xam o'zlashtirish lozimligini ko'rsatmoqda. Bunda talaba o'quv jarayonining obyekti sifatida axborotni qabul qiluvchi vazifasini bajarar, asosiy vaqtini auditoriyada ma'ruza mashg'ulotlarini tinglashga sarflar edi.

METOD VA METODOLOGIYA

Bugungi kunga kelib esa axborotlar olamidan bahramand bo'lishning tezlashgani, xalqaro ilmiy-texnik ma'lumotlar bazalaridan foydalanish imkoniyatlarining kengaygani, globallashuv jarayonlari jadallashgani bois talabalarning mustaqil ta'limini rivojlantirish masalasi kun tartibiga ko'tarildi.

modul-kredit tizimi bu- ta'limni tashkil etish jarayoni bo'lib, o'qitishning modul texnologiyalari jamlanmasi va kredit o'lchovi asosida baholash modeli hisoblanadi. Uni bir butunlikda olib borish serqirra hamda murakkab tizimli jarayondir. Modul- kredit tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi: talabalarning mustaqil ishlashini ta'minlash; talabalar bilimini reyting asosida baholash.

Talabalarning mustaqil ishi bu talabaning o'ziga xos o'quv faoliyati bo'lib, u didaktik topshiriqlarni mustaqil ravishda bajarishga, o'qishga qiziqtirishga va muayyan fan sohasida bilimlarni oshirishga yo'naltirilgan. Talabalarning mustaqil ishlari mazmuni mantiqiy fikrlashni, ijodiy faollikni, o'quv materialini o'zlashtirishda tadqiqotchilik yondashuvini shakllantirishga imkon beruvchi amaliy topshiriqlarni bajarish bilan bog'liq bo'ladi.

Odatda talabalarning mustaqil ishlari talabaning to'la mustaqil faoliyati bilan birgalikda auditoriyadan tashqarida bajariladigan o'qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishini ham o'z ichiga oladi. Kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriatda talabalarning mustaqil ishlarining umumiy soatlari fan hajmining yarmini tashkil etadi va uning ham deyarli yarmi o'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlariga ajratiladi. Sirtqi ta'limda talabalarning mustaqil ishlarini hajmi fan hajmining 4/5 qismini tashkil etishi maqsadga muvofiq.

O'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlari yuklamasi o'qituvchining yuklamasiga to'laligicha kirmaydi, biroq kontakt mashg'ulotlar uchun o'qituvchiga alohida yuklama belgilanadi (hisob-chizma ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, bitiruv ishi, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy izlanuvchiga rahbarlik, tayanch doktorantga rahbarlik va h.k.). Talaba mustaqil ishlarini tashkil qilish oliy o'quv yurtining asosiy me'yoriy hujjatlari, jumladan ishchi o'quv dasturlari (sillabus), fan modullarini mustaqil o'rganish bo'yicha talablarga muvofiq tarzda amalga oshiriladi.

TADQIQOT NATIJASI

Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda joriy etilishi mumkin: talabaning bevosita o'zi tomonidan mobil qurilmasi orqali amalga oshiriladigan mustaqil ish turlari;

S axborot izlash - o'z qiziqishlaridan kelib chiqib taqdim qilingan dayjest_

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

S orqali internet materiallarini o'rganish;

S Forum - fan mavzulari bo'yicha telegram kanallari yoki masofaviy ta'lim platformalarida fikr almashish;

S Test yechish - o'rgatuvchi test dasturlarida mashq qilish orqali fan moduliga oid materiallarni mustahkamlash;

S Nazorat ishiga tayyorlanish - fan bo'yicha kutilayotgan oraliq va yakuniy nazoratlarga tayyorgarlik ko'rish masala yechish - amaliy mashg'ulot mavzusi bo'yicha berilgan masalalarni yechish va uni yozma tarzda taqdim qilish;

S referat - muammoning yozma bayoni, bunda adabiy manbalar sharhlanadi yoki ilmiy ish, kitoblar tahliliy bayon qilinadi;

S kollokvium - o'quv modulining nazariy qismining o'zlashtirilishini tekshirish maqsadida suhbat uyushtirish;

S esse - dolzarb mavzu bo'yicha shaxsiy fikrini tanqid, publitsistik va boshqa janrlarda yozma bayon qilish;

S taqdimot - berilgan mavzu bo'yicha slayd va video materiallar vositasida chiqish qilish;

S keys - stadi ishlab chiqarishdagi muammoli vaziyatlar bo'yicha belgilangan shakldagi topshiriqlar bo'yicha yechim izlash;

S ish o'yinlari - kasbiy faoliyat jarayonlarini immitatsiya qilish, sahnalashtirish, rollarni ijro qilish orqali kasbiy ko'nikmalar orttirish;

S kurs ishi - fan yoki fanlar majmuasi (korxonalar iqtisodiyoti, menejment asoslari, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, fuqaro himoyasi va h.k.) muammolari bo'yicha belgilangan uslubiy qo'llanmalar asosida bajariladigan belgilangan uslubiy qo'llanmalar asosida yoziladigan yozma va hisob ishlari;

S kurs loyihasi - fan yoki fanlar majmuasi (texnik mexanika, texnologik jarayon va qurilmalar, mutaxassislikka oid loyiha ishlari bajariladigan fanlar) muammolari bo'yicha belgilangan uslubiy qo'llanmalar asosida bajariladigan grafik chizmalar ilova qilinadigan belgilangan uslubiy qo'llanmalar asosida yoziladigan hisob ishlari;

S fan to'garaklarida ishtirok etish - talabaning fan to'garaklarida maket, slayd, namunalar kabi ko'rgazmali materiallarni tayyorlashi;

S tanlovlarda ishtirok etish - talabaning o'qituvchining ilmiy rahbarligi ostida turli tanlovlarda ishtirok etishi ("Yosh ixtirochi", talabalar startap loyihalari va h.k.);

S ilmiy anjumanlarda ma'ruza qilish - fanga oid ilmiy tadqiqot mavzusi bo'yicha OTM, Respublika va xalqaro miqyoslarda o'tkaziladigan ilmiy-texnikaviy anjumanlarda ma'ruza qilish;

S Ilmiy tezis va maqolalar chop etish - ilmiy anjumanlarning to'plamlarida tezislar va ilmiy jurnallarda ilmiy tadqiqot mavzusi bo'yicha maqolalar chop qilish;

S Elektron shakldagi o'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlari:

S Review - taqdim qilingan manbaga annotatsiya yozish.

S Interview - muammoni tadqiq qilish bo'yicha suhbat uyushtirish va uni masofaviy ta'lim platformasiga yuklash;

O'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlari ularning bayoni, mavzulari, topshiriqlari, o'tkazish shakllari, soatlar hajmini ham ko'rsatgan holda fanning sillabusida fan modullari bo'yicha keltiriladi. Talabalarning mustaqil ishlari mazmuni fanning xususiyatidan, oliy o'quv yurtining texnik imkoniyatlaridan va kutubxonaning o'quv-uslubiy ta'minlanganidan kelib

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chiqib aniqlanadi. Talabalarning mustaqil ishlari innovatsion texnologiyalarga asoslangan bo'lishi kerak. O'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlarining auditoriyadagi shakli berilgan topshiriq doirasida talabalarning darslik va birlamchi manbalar, guruhli topshiriqlarni bajarish, yakka tartibdagi tahliliy faoliyatlarni ko'zda tutadi. O'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlari har bir fan bo'yicha butun akademik o'qish davrida sana, vaqti, auditoriyasi ko'rsatgan holda grafik bo'yicha o'tkaziladi.

O'qituvchi raxbarligida talabalarning mustaqil ishlari doirasidagi mashg'ulotlar maslahat va interfaol shakllarda bo'lishi mumkin, ularning nisbati o'rganilayotgan fanning murakkabligi, ularni o'rganishga ajratilgan audtoriya soatlari hajmi, talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan aniqlanadi. Yakka tartibda maslahat olgan talaba, o'qituvchilarning mehnatini hisobga olish bo'yicha jurnalga imzo qo'yadi. Talabalarning mustaqil ishlarining sifatini kafedra nazorat qiladi, bunda talabalarning mustaqil ishlarining hajmi, mazmuni va hisobot turini tasdiqlaydi, ish hajmini, ketma-ketligini va topshirish muddatlarini aniqlaydi, talabalarning mustaqil ishlari natijalari bo'yicha talabalar va o'qituvchilarning hisobotlarini ko'rib chiqadi. MUHOKAMA

Yuqoridagilar dars mashg'ulotlarini nafaqat o'qitishni innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida olib borish, balki talabadan mustaqil o'qib-o'rganish, ta'limga yangicha munosabatda bo'lish, mehnat bozori talabidan kelib chiqib, zaruriy va chuqur nazariy bilimlarni egallash, amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga o'rgatishdan iboratdir. Bir so'z bilan aytganda, mazkur tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va kamolotiga yo'naltirilgandir. Ilm sohibining butun hayoti davomida bilim olishini ta'minlashga hamda mehnat bozori va zamonaviy talablarga javob bera oladigan inson kapitalini shakllantirishga qaratilgandir.

Keling, shu o'rinda modul va kredit tushunchalari mohiyatiga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o'rganiladigan o'quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma'ruzalar o'qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi .

Talaba esa mavzuni mustaqil o'rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Xorijiy tajribaga ko'ra, kredit-modul tizimida o'quv jarayoni har semestrda 2-4 tagacha moduldan iborat bo'ladi. Modulda jamlangan fanlar osondan murakkablik sari, nazariy-uslubiy fanlardan amaliy fanlarga qarab hamda mantiqiy jihatdan bir-birini o'zaro uzviy to'ldirish prinsipi asosida shakllantiriladi. Talaba mutaxassis bo'lib shakllanishi uchun nafaqat axborotlar, balki ularni qayta ishlash, amaliyotga joriy qila olish malakasiga ega bo'lishi talab etiladi.

Modulga asoslangan o'quv dasturlari maxsus sxema asosida ishlab chiqiladi va quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi:

S o'quv maqsadi hamda vazifalarning to'liq ochib berilishi;

S talabaning fanni (kursni) boshlashi va tugatishidan keyingi orttirishi lozim bo'ladigan malakasiga qo'yiladigan talablar;

S modul tarkibiga kirgan har bir fanning qisqacha mazmuni (sillabus), ya'ni ma'ruzalar mavzulari, seminar va amaliy mashg'ulotlarning rejasi, mustaqil ta'limni baholash uchun mo'ljallangan topshiriqlar;

S o'qitishning qisqacha bayoni: ta'lim berish usul hamda vositalari; bilimlarni baholashning usul va shakllaridan iborat.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ushbu vazifalarni samarali bajarish uchun oliy o'quv yurtlariga akademik va tashkiliy boshqaruv bo'yicha mustaqil qarorlar qabul qilish huquqi beriladi. Boshqacha qilib aytganda, bundan buyon universitet kengashi o'quv dasturi va adabiyoti, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o'qituvchilar va o'qituvchilarning ish yuki va o'qitish shakllarini aniqlash bo'yicha qarorlariga amal qiladi. Har bir bo'lim faoliyati uning salohiyati va yoshlarning ilmiy ishlarga jalb etilishi asosida baholanishi ko'rsatilgan.

Bundan tashqari, oliy ma'lumotga ega bo'lishni talab qiladigan kasblar ro'yxatini optimallashtirish va iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan talab qilinadigan yangi mutaxassisliklarni joriy etish vazifasi qo'yilishi kasblar bozoridan kelib chiqib mutaxassislarni tayyorlash vazifasini xam qo'ydi. Zero iqtisodiyotning oltin qoidasi sifatida biz bilamizki sog'lom raqobat bo'lsagini o'sha jamiyatda rivojlanish bo'ladi. XULOSA

Bu tizim talabaning kasbiy rivojlanishi va yetukligiga, shuningdek uzluksiz ta'limni ta'minlashga qaratilganligi muhimdir. Bu modul-kredit tizimi bizning yangi O'zbekiston oliy ta'limi uchun muxim va samarali qadamdir. Zero rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti albatta ta'limda bo'lgan tub isloxotlar samarasi ekanligi xech kimga sir emas. Bugungi kunda biz ushbu yo'lda dadil qadamlar tashlab xarakatlansak albatta maqsadimizga erishamiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.06.2018 dagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayaotgan keng qamrovli isloxotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risi" da PQ -3775-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 08.10.2019.y dagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-5847-son Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24- yanvardagi oliy Majlisga Murojatnomasi.

4. Usmonov B.Sh,Xabibullayev R.A.Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini kredit-modul tizimida tashkil qilish.O;quv qo'llanma Toshkent, 2020 yil [ 4 34-37 betlar.

5. Ishmuxammedov R Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari .T.;Nizomiy nomidagi TDPU, 2005

6. Ismailovich S. A. Socio-Psychological Problems of Educating an Independent-Minded, Creative Person in the Educational Process //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE. - 2021. - Т. 2. - №. 12. - С. 4-7.

7. Саидов А., Джураев Р. Баркамол авлодни тарбиялаш-соглом турмуш тарзини шакллантиришда спортнинг урни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 2. -С. 203-208.

8. Саидов А. pedagogik mahorat: ёшлар уртасида соглом турмуш тарзини шакллантириш устувор вазифа сифатида //центр научных публикаций (buxdu. uz). -2020. - Т. 2. - №. 2.

9. Sharifjon To'lqin o'g A. et al. TA'LIM-TARBIYA TIZIMI VA O'QITUVCHILAR FAOLIYATIDA PSIXOLOGIK XIZMATNING AHAMIYATI //MODELS AND

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF INNOVATIVE RESEARCH. - 2022. - Т. 1. - №. 11. - С. 57-60.

10. Саидов А. СОГЛОМ ВА БАРКАМОЛ ШАХСНИ ТАРБИЯЛАШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ПСИХОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2021. - Т. 1. - №. Special issue. - С. 262-266.

11. Саидов А., Джураев Р. Воспитание гармоничного поколения-роль спорта в формировании здорового образа жизни //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. -№. 2. - С. 203-208.

12. Saidov A. Historical roots of formation of healthy lifestyle culture psychology in the family //International Journal of Pharmaceutical Research. - 2020. - Т. 12. - №. 4. - С. 628-630.

13. Ismailovich A. S. PROBLEMS OF IMPROVING PSYCHOLOGY OF HEALTHY LIFESTYLE OF UZBEK FAMILY //Scientific reports of Bukhara State University. -2020. - Т. 4. - №. 1. - С. 313-318.

14. Ismoilovich S. A. SOCIO-PSYCHOLOGICAL PROBLEMS OF THE FORMATION OF THE PSYCHOLOGY OF A HEALTHY LIFESTYLE OF FAMILIES.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.