Научная статья на тему 'AXBOROTLASHTIRISH MUHITIDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH'

AXBOROTLASHTIRISH MUHITIDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
113
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim / mustaqil ta’lim / axborot ta’lim muhiti / AKT / savodxonlik / kompetensiyalar / masofaviy ta’lim jarayoni.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ma’Muraxon Sirojiddinova, Azizaxon Abdug’Offor Qizi Arabova

Maqolada O’zbekiston Respublikasida axborot ta’lim muhiti sharoitida ta’lim tizimini takomillashtirish, masofaviy ta’lim texnologiyalari asosida o‘qitishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish orqali mustaqil ta’lim samaradorligini oshirish, takroriylik va paralellikka barham berish, o’qituvchilar funktsional vazifalarini bajarish samarasini oshirish, xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishni nazarda tutgan islohotlar va ularni amalga oshirish chora tadbirlari atroflicha tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AXBOROTLASHTIRISH MUHITIDA MASOFAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O‘QITISH»

AXBOROTLASHTIRISH MUHITIDA MASOFAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA O'QITISH

Ma'muraxon Sirojiddinova Azizaxon Abdug'offor qizi Arabova

Qo'qon davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Maqolada O'zbekiston Respublikasida axborot ta'lim muhiti sharoitida ta'lim tizimini takomillashtirish, masofaviy ta'lim texnologiyalari asosida o'qitishdagi ayrim kamchiliklarni bartaraf etish orqali mustaqil ta'lim samaradorligini oshirish, takroriylik va paralellikka barham berish, o'qituvchilar funktsional vazifalarini bajarish samarasini oshirish, xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etishni nazarda tutgan islohotlar va ularni amalga oshirish chora tadbirlari atroflicha tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: uzluksiz ta'lim, mustaqil ta'lim, axborot ta'lim muhiti, AKT, savodxonlik, kompetensiyalar, masofaviy ta'lim jarayoni.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-apreldagi "Ozbekiston Respublikasi xalq ta'limini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 5712-sonli farmonida 2030-yilga kelib Pisa xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ilg'or mamalakatlari qatoriga kirishga erishish hamda, xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o'quvchilarning o'qish, matematika va tabiiy yo'nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo'naltirilgan. Ta'lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifasi belgilangan [1.]. Shunday ekan, biz o'quvchilarni erkin, ijodiy tanqidiy fikrlay oladigan, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish kompitensiyalarini rivojlantirish uchun innovatsion g'oyalar ustida ishlashimiz kerak.

Ta'limning bugungi vazifasi o'quvchilarni kun sayin takomillashtirib b orayotgan axborot ta'lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko'rsata olish, faoliyati davomida bilimini mustaqil oshirish axborotlar oqimidan oqilona foydalanish, zarur ma'lumotlarni saralashga o'rgatishdan iborat.

Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyatini yaratish zarur.

Bugungi jadal rivojlanayotgan texnalogiya asrida xalqaro talablarga javob beradigan tadqiqotlarda vatanimizni kuchli 30 talik mamalakatlar qatoriga kirituvchi bolalarni tarbiyalash, ta'lim berish uchun darslarimizni, to'garak mashg'ulotlarini, repititorlikni yangicha yo'nalishga solishimiz, o'quvchilarning bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishimiz uchun eng sevimli narsalarni sinchkovlik bilan o'rganib,o'sha sevimli o'yini, mashg'uloti, qiziqishi tarkibiga ta'limni singdirishimiz zarur. Bular turli

multifilimlar, kompyuter o'yinlari, qiziqarli musobaqalardir. Kompyuter o'yinlariga turli misollar, savollar joylab yechimini to'g'ri bajarishga qarab onlayn baholash dasturini ishlab chiqishni yo'lga qo'ysak, ta'limni nafaqat maktabda, balki, bo'sh vaqtlarida mustaqil egallashiga erishamiz. Qolaversa bu ixtiyoriy va yoqimli ta'lim olishga sabab bo'ladi. Hozirgi kunda har bir xonadonda telefon, kompyuter bor. Telefondagi qiziqarli o'yinlarni nafaqat bolalar, balki, kattalar ham o'ynashga qiziqadi.

Bugungi dars o'qituvchidan islohatni o'zidan boshlashi talab qilinmoqda, chunki o'quvchilar o'qituvchining bilganini biladi, ko'rsatganini qiladi.

Darsni tashkil etishdan oldin pedagog oldiga aniq maqsadni qo'yishi juda muhim. Darsni tashkil etishda interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llash kundan kun rivojlanib bormoqda. Bu esa o'qituvchi izlanmasa davr talabiga javob berolmay qolishini anglatadi.

Bola televideniya, kompyuterlardagi innovatsilarni kuzatib bormoqda. Uni o'qituvchidan ham kutadi.

Agar ustozi shu yangiliklarni bolalardan ham ko'proq bilishini ko'rsatib bermasa,o'quvchi oldida no'noq va qoloq ko'rinadi. Bu - pedagogik o'limdir.

Avvalo,o'qituvchi bugungacha qo'llab kelgan samarali ta'lim usullarini, innovatsiyalarni puxta o'rganib AKTdan foydalanishni, ma'lumotlarni izlashni, saralashni bilishi,o'quv dasturi, darsliklar, metodik qo'llanmalarni, yaratilgan multimedia ilovalarni puxta bilishi lozim.

Bugungi kunda, o'quv-tarbiya jarayonlarini tashkil etishning an'anaviy va noan'anaviy shakllarini qo'llash, o'qitishga zamonaviy yondashuvlar asosida shiddat bilan o'zgarib borayotgan jamiyat talablariga mos ravishda ta'lim sifatini oshirish talab etilmoqda.

Tarixdan bilamizki, XX asr boshlarida aksariyat davlatlarda maktab ta'limining maqsadlari odamlarni savodga o'rgatish bo'lgan va mazkur davrning birinchi yarmida yuzbergan, misol uchun, birinchi va ikkinchi jahon urushi, tabiat katalizmlari va ommaviy kasalliklar ta'lim sohasi taraqqiyotiga salbiy ta'sir qilgan.

XXI asrda maktab ta'limi maqsadlari o'zgarib, o'quvchilarda savodxonlik, kompetensiyalar va shaxsiy sifatlar fazilatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Masofaviy ta'lim texnologiyalari o'ziga xos afzalliklarga ega [5. 238].

O'quvchiga qulay sharoit va muhitda ta'lim olish, mustaqil dars qilish vaqti va yo'nalishini tanlash (videodarslarni takror ko'rish mumkin) imkonini beradi.

Masalan, u kun bo'yi turli fanlarni yoki bittasini, masalan, ximiyani o'rganishi, darslikdagi ma'lumotlarni o'qishi, biror mavzu bo'yicha videotaqdimotlarni tomosha qilishi, topshiriqlarni bajarishi, hatto kichik tajriba yoki tajribalar o'tkazish, tajriba orqali o'qigan bilimlarini o'rganish bilan shug'ullanishi mumkin.

Dars qilishda ota-ona oila a'zolari ko'magidan foydalanish, o'zini erkin (noto'g'ri javob berib yoki vazifani noto'g'ri bajarib qo'yish xavotiri bo'lmaydi) his qilishi mumkin.

Maktabda bola o'z faoliyatini baholashiga o'rgangan, ya'ni u har doim uning natijalarini baholashini kutadi (o'qituvchidan maqtov, tengdoshlarning olqishikabi). Bunday fikrlash tarzini shakllantirish jarayonida bola o'z muvaffaqiyatsizliklarini mag'lubiyat deb biladi, agar vazifani bajara olmasa yoki dars mavzusini yaxshi tushunmasa, savodsiz ko'rinishdan qo'rqadi. Natijada,bola o'qishga qiziqmay qo'yadi, u o'qishni faqat yaxshi baho olish, o'qituvchi va ota onasi talabiga javob berish deb qabul qiladi.

Turli ta'lim resurslaridan onlayn va mustaqil foydalanishda o'zi uchun zarur sur'atni tanlaydi yoki ota-onasi bolaning shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiradi.

Masalan, o'quv materialini o'zlashtirish uchun ko'p vaqt talab qiladigan sekin harakatlanadigan bolalar maktabda umuman hech narsa qilaolmasliklari mumkin, ammo masofaviy ta'lim/maktabda ular to'liq namoyon bo'ladi. Axir, bu yerda hech kim ularni baholamaydi, darsning tez tugashidan qo'rqib, darslikdan yoki partadoshidan ko'chirishga hojat qolmaydi.

O'rta ta'lim bo'yicha o'quv dasturi barcha maktablar uchun bir xil bo'lishiga qaramay, masofaviy o'qitish ancha kam vaqt talab etadi.

Maktabda dars belgilangan vaqt davom etadi (sizbilganingizdek, 45daqiqa), agar o'quvchi darsni o'rgangan bo'lsa va topshiriqni belgilangan muddatda noldan bajargan bo'lsa ham, u qo'ng'iroqni kutishga majbur bo'ladi. Shuningdek, agar biz maktabga borish va aksincha (ayniqsa maktab uzoqda bo'lsa) maktabdan qaytish uchun ketadigan vaqtni uyda boshqa mashg'ulotlarga sarflash mumkin.

O'quvchi mustaqil ta'lim olishda o'zini o'zi boshqarish va o'zini tarbiyalash ko'nikmalari rivojlanadi, bunday muvaffaqiyat nafaqat maktab davrida, balki keyingi kasbiy faoliyatida va hayot tarziga ijobiy ta'sir qiladi.

O'zini tartibga solish qobiliyati nafaqat o'qish va ishlashda, balki kelajakda oilada, bolalarni tarbiyalashda, sevimli mashg'ulotlarida, do'stlar va tanishlar bilan muloqotda ham zarurdir.

Masofaviy ta'lim jarayoni ishtirokchilarining AKTdan foydalanish ko'nikmalari rivojlanadi, axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash madaniyati oshadi.

Masofaviy mustaqil ta'lim maktab ta'limiga mutloq muqobil emas, balki to'ldiruvchi sifatida samarali bo'la oladi va ayrim kamchiliklardan ham holi emas.

Jumladan, ota-ona tomonidan berilgan ko'mak o'qituvchi ko'magidek professional bo'lmasligi mumkin (ammo, masofaviy ta'limda shaxsiy omil muhim emas, o'qituvchi bilan internetda aloqa o'rnatish mumkin).

O'quvchining tengdoshlari bilan jonli muloqotda bo'lishi, ya'ni ijtimoiy so'zlashuv imkoniyatlari cheklanib qoladi.

Maktab o'quvchilari uchun masofadan o'qitishning asosiy kamchiligi, shubhasiz, jamiyatning a'zosi sifatida bolaning shaxsiyati shakllanadigan ijtimoiy muhitning yo'qligi. Shu sababli, kelajakda, jamoada ishlashda qiyinchiliklar bo'lishi, raqobat muhitida harakat qilish va mavjud sharoitlarga moslashish qobiliyati yetishmasligi mumkin.

Ota-onalarning o'zlari ham turli emotsional holatlarni boshidan kechiradi. Farzandlarining ta'lim-tarbiyaviy ehtiyojlari, yutuqlari, kuchli va zaif tomonlari haqida bilib oladi.

Ular ayrim paytlarda kuchsizlikdan umidsizlikka tushish va muvaffaqiyatdan xursand bo'lish, zarur bo'lsa tasalli berish, hayotiy tajribasi asosida dars berish, tushuntirish, bardoshli bo'lish, qoyil qolish kabi psixologik holatlarni boshidan kechiradi. Bularsiz, afsuski, bolani o'qitish texnik harakat bo'lib qoladi, ya'ni tarbiyaviy ahamiyati yo'qoladi. Masofaviy ta'lim jarayonida ota-onalar nazorati oqilona bo'lishi, bolani majburlamaslik va unga bosim o'tkazmaslik kerak (oddiy dangasalik va itoatsizlik bundan mustasno). Uning fe'l-atvori xususiyatlarini hisobga olish (ya'ni psixolog bo'lish kerak), mustaqil ishlashga odatlantirish, u uchun vazifalarni bajarmaslik, aksincha, unga o'z kashfiyotlarini qilish va undan zavqlanish imkoniyatini beradigan eng zarur narsalarga yordam berish lozim.

Maktab o'quvchilari uchun masofadan o'qitish usullarining o'ziga xosligi, innovatsionligi va dolzarbligini ta'kidlaydigan bir qator jihatlar mavjud, ayniqsa karantin davrida: a) o'quv jarayonining o'qituvchi va o'quvchining bevosita o'zaro muloqotini talab qilmaydi; asosan axborot almashinuvining electron vositalari (videodarslar, electron resurslar, o'quv filmlari, virtual laboratoriyalar qo'llaniladi; va b) muntazam interfaol ta'lim olish, epizodik emas va o'quv faoliyati natijalari samaradorligi uchun katta mas'uliyat o'quvchilar va ularning ota-onalariga yuklatiladi.

Hozirda, masofadan o'qitish zarur chora sifatida qabul qilindi, ammo kelajakda u turli yoshdagi o'quvchilar uchun qulay, rivojlantiruvchi va mustaqil masofaviy ta'lim olishning qo'shimcha shakli bo'lib qolishi shubhasiz.

Xulosa qilinganda, masofaviy ta'lim quyidagi hollarda samarali natija beradi:

> nogiron bolalar uchun;

> ayrim ilg'or maktablarda ta'lim olishni istaganlar, ammo hududning uzoqligi sababli yuqori malakali pedagogik yordamdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lmaganlar;

> qo'shimcha ta'lim olish;

> ta'lim faoliyatining individual sur'atlariga mos ravishda iqtidorli bolalar bilan ishlash;

> kasallik va sabablar tufayli vaqtincha uyda ta'limolish ehtiyoji mavjud bolalar uchun.

O'z o'rnida, masofaviy ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish o'qituvchi va ta'lim mutaxassislariga ham bir qator zamonaviy talablarni qo'yadi:

• o'z ustida mustaqil ishlash orqali kompetentlikni oshirishning eski chayondashuvidan yangi, innovatsion yechimlariga o'tish;

• o'qituvchi o'zining electron kutubxonasini shakllantirishi, ya'ni raqamli axborot ta'lim resruslarini to'plash, saqlash, yangilash va o'quvchilariga yetkazishga o'rganish; kompyuter texnikasi, mahalliy tarmoq va internetga ulanish va ishlash imkoniyatlarini yaratish;

• didaktik, metodik va electron ta'lim resurslardan (rasmiy ta'lim portallari va vebsaytlar) samarali foydalanish;

• ota onalar.

Hamkorlar va hamkasblar bilan electron tarmoqdagi hamkorlikni yo'lga qo'yish ko'nikmalariga ega bo'lishlari zarur. Shuningdek, aynipaytda, o'qituvchilarning AKT sohasidagi bilim va kompetensiyalarini rivojlantirish uchun qulay sharoityaratish, ularda media savodxonlik va media madaniyatni oshirish zarurati oshmoqda. O'quv-tarbiya jarayonini o'quv-metodikta'minlash (virtual laboratoriya ishlari, ta'lim dasturlari, o'quv-uslubiy materiallar va h.k.)

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, masofaviy ta'lim muhiti zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va vebtexnologiyalar imkoniyatlariga ko'ra rang-barangligi, kontentningbarcha yoshdagi iste'molchilarga moslashtirilganligi bilan o'ziga jalb etadi. Natijada, o'quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta'lim olishga ko'maklashish, electron ta'lim resurslaridan samarali foydalanish, ularga yangiliklarni tezkor ravishda yetkazish imkonini berishi jarayon ishtirokchilarida qiziqishni kuchaytiradi. Foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat'I nazar barcha o'quvchilar va ota-onalarga masofadan turib yordam berish imkonini ta 'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son Farmoni. - T. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. 06/19/5712/3034-son, 29.04.2019 y.

2. M.Pardaeva. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etishning metodik tizimi boshqarish. Ped. fan. dok. (PhD) ...diss. - T. : 2020.

3. M.Yuldashev. Xalq ta'limi xodimlarining malakasini oshirishda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish. Ped. fan. dok. ... diss. - T.: 2016.

4. Internet materiallari: https://ziyo.uz

5. Раджабова Г. У., Маматхожиева И. К. Сущность, причины и основные виды экономических кризисов //ТРЕНДЫ РАЗВИТИЯ СОВРЕМЕННОГО ОБЩЕСТВА: УПРАВЛЕНЧЕСКИЕ, ПРАВОВЫЕ, ЭКОНОМИЧЕСКИЕ И СОЦИАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ. - 2014. - С. 237-239.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.