Научная статья на тему 'O‘QITISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI, KREATIV FIKRLASH VA XALQARO BAHOLASH DASTURINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI'

O‘QITISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI, KREATIV FIKRLASH VA XALQARO BAHOLASH DASTURINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
185
449
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
yangilangan / rivojlantirilgan / yo’naltirilgan / ta’lim / davrda / pedagogic / texnalogiya / ijodkorlik / diagnostik / reyting / yaratuvchanlik / ijodkorlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kuttibekova Guljan Tulepbaevna

Ushbu maqolada, o‘qitishning zamonaviy shakllari, kreativ fikrlash va xalqaro baholash dasturini amalga oshirish yo‘llari bo‘yicha zamonaviy ta’lim texnologiyalari, metod, usullar va testlar haqida metodik tavsiyalar shu haqidagi batafsil ma’lumotlar, misollar bilan berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘QITISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI, KREATIV FIKRLASH VA XALQARO BAHOLASH DASTURINI AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

O'QITISHNING ZAMONAVIY SHAKLLARI, KREATIV FIKRLASH VA XALQARO BAHOLASH DASTURINI AMALGA OSHIRISH YO'LLARI Kuttibekova Guljan Tulepbaevna

A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti kuttibekova80@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7995443

Annotatsiya. Ushbu maqolada, o'qitishning zamonaviy shakllari, kreativ fikrlash va xalqaro baholash dasturini amalga oshirish yo'llari bo'yicha zamonaviy ta'lim texnologiyalari, metod, usullar va testlar haqida metodik tavsiyalar shu haqidagi batafsil ma'lumotlar, misollar bilan berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: yangilangan, rivojlantirilgan, yo'naltirilgan, ta'lim, davrda, pedagogic, texnalogiya, ijodkorlik, diagnostik, reyting, yaratuvchanlik, ijodkorlik.

Har qanday jamiyatda yosh avlod ta'lim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ta'lim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqiyoti, uning rivojlanish yo'nalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib belgilanadi. Bugungi kunda "Yangicha O'zbekiston yangicha dunyoqarash" shiori ostida faoliyat yuritar ekanmiz, bizning eng oliy maqsadimiz har tomonlama komil insonni tal'im-tarbiya berib voyaga yetkazishdan iborat. Hozirda ta'lim tarbiya-jarayoni har jabhada yangilangan, rivojlantirilgan, yo'naltirilgan, ta'lim texnalogiyalardan foydalanishni talab etmoqda. Ayniqsa oliy ta'lim sohasida kasbga tayyorlash jarayonida soha mutaxasislari uchun o'qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanib talabalarni kreativ fikrlashlarini, xalqaro baholash dasturini amalga oshirish yo'llarini shakllantirishdan iboratdir. Shuning uchun ham zamonaviy peadagigik texnalogiyalarining shaxsga yo'naltirilgan mazmunlarini bilish zarurdir.

Bugungi kunda butun dunyoda ro'y berayotgan globallashuv sharoitida mamlakatimiz barqaror taraqqiy etib borishi uchun har tomonlama modernizatsiyalashgan tizimli yondashuvni taqozo qilayotganligi munosabati bilan olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni amalga oshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatidan yangi darajaga ko'tarish, o'quv-tarbiya jarayoniga ta'limning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi "Xalq ta'limi boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5538-son Farmoniga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi tasdiqlandi, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosida o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish borasida bir qancha ishlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, xalq ta'limi

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish, ta'lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va byudjetdan tashqari mablag' bilan ta'minlashning samaradorligini oshirish, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta'minlashda maktabdan tashqari ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta'lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish, yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o'z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish masalasi bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.[1]

Umumta'lim maktablarida fanlarni o'qitish jarayonida fan-texnika taraqqiyoti, injeneriya, matematika va kundalik hayot bilan bog'lab o'rganishning STEAM (science, technology, engineering, art and mathematics) yondashuvi ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish dolzarb masaladir. STEAM zamon talablari asosida xalqaro miqyosida o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berishda umumta'lim fanlari bo'yicha fanlararo bog'lanish va amaliy yondashuvni kuchaytirishga qaratilgan umumiy reja. STEAM o'ziga tabiiy fanlar, texnologiya, injenerlik, san'at, ijodkorlik, matematika fanlarining amaliy jihatlarini umumlashtirib integratsiyalashni nazarda tutadi.

STEAM-kundalik hayotning ilmiy-tadqiqot, texnika taraqqiyoti konsepsiyalari bilan ta'limning integrativ yondashuvini taqazo etadi. Bunday yondashuvdan maqsad - ta'lim berish orqali butun dunyo taraqqiyoti va iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlashda maktab, jamoatchilikni jalb qilib, ilmiy savodxonlik, raqobatbardoshlikni targ'ib qilishga qaratilgan.

Xalqaro tajribalar asosida STEAMning joriy etilishi bugungi kunda ta'lim tizimiga yondashuvni o'rganish va ta'limga bo'lgan munosabatini o'zgartiradi. O'quvchilar amaliy ko'nikmalarga e'tibor qaratish orqali irodani, jodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o'rganadi.

Texnologiya darslarida o'quvchilarning texnik ijodkorligini, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o'rgatish orqali kasb-hunarga yo'naltirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro'zg'orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo'llash bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo'llay olish layoqatini shakllantirish ko'zda tutilgan.[6]

Pedagogikaga oid adabiyotlar shuni ko'rsatadiki, hozirgi davrda, pedagogik texnalogiya tushinchasi ta'lim amalyoti va nazaryasi ilmidan mustahkam o'rin egallaydi. Binobarin, pedagogik texnalogiya jarayonini anglagan, bolaga chuqur hurmatda bo'lmagan shaxs, shaxs ta'lim tarbiya samaradorligi va inson kamolatini ta'minlovchi fikrga ega bo'lmaydi. Ular pedagogik madaniyatlari negizini talabani tushuna olishini, unga nisbatan insonparvar munosabatda bo'lish, vaziyatni bartaraf etish, pedagogik faolyatning insoniyligi, jamiyat tarraqiyoti hamda pedagogik jarayonida talabalar ongiga singdirilayotgan, ezgu-g'oyalarning hayot barqarorliginini ta'minlashda qudratli vosita ekanligiga ishonch hosil qilish bilan tashkil etadi. Hozirgi kunda texnalogiyalar mohiyatini yoritish uchun pedagogik- didaktikachilar tomonidan berilgan ta'riflarga to'xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.

Ta'lim sifatida monitorning asosiy vositalari, standartlarini o'zlashtirish darajasi, o'qituvchi mahoratiga baho berish, boshqaruvning maqsadga to'g'ri yo'naltirilganligini aniqlashga yordam beradi.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

Aynan talabalar bilimini baholash uchun Xalqaro baholash dasturiga muvofiq yuqoridagi testlardan foydalanish talabalarning ta'lim sifati darajasini yaxshilanishiga, individual xususiyatlarini ochilishiga, muvaffaqiyatli natijalarga erishishlariga yordam beradi.

Umuman olganda, Xalqaro baholash tizimini tashkil etish o'qituvchining pedagogik mahoratiga talabalarning bilim darajasini pirovard natija sifatida qarashga imkon beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29 apreldagi PF - 5712-son "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.// https: lex.uz/ru/docs/4312785.

2. Сафин Д.В. Мусина Интерактивные методы преподавания и учения - Тошкент 2007-yil

3. Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov. "Ta'lim sifatini boshqarish. Toshkent "Turon-Iqbol" 2006

4. Журнал "Инновация - и образоввание". Москва. 2006. №3-4 сонлар

5. Снапская Ю.П. - К разработке модели системы проблемного обучения в вузе. Сайт проета Интернет - конференции 2020й

6. Kuttibekova G.T. The essence and possibilities of application of art pedagogy and art therapy in a secondary educational school // European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Research. Vol. 8, Ш.5, 2020, Part III. ISSN 2056-5852. - рр.151-154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.