Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
860
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim tizimi / xalqaro baholash tadqiqotlari / baholash mazmuni / kompetensiya / TIMSS / PISA / PIRLS / TALIS / modern education system / international assessment studies / assessment content / competence / TIMSS / PISA / PIRLS / TALIS.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxfurat Jabborovna Sattorova

Mazkur maqola bugungi kunda Xalq ta’limi tizimida va asosan, umumiy o‘rta ta’limning boshlnag‘ich bo‘g‘inida xalqaro baholash tadqiqotlarining ahamiyati hamda ta’lim tizimidagi afzalliklariga bag‘ishlanadi. Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlarining zamonaviy ta’lim tizimida egallayotgan o‘rni to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is devoted to the importance and advantages of international evaluation studies in the public education system today, and mainly in the elementary level of general secondary education. It also reviews the role of international evaluation studies in the modern education system.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI»

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING BILIMINI BAHOLASHDA XALQARO BAHOLASH TADQIQOTLARING AHAMIYATI VA AFZALLIKLARI Maxfurat Jabborovna Sattorova

Surxondaryo viloyati Denov tumani 81-umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7361296

Annotatsiya. Mazkur maqola bugungi kunda Xalq ta'limi tizimida va asosan, umumiy o'rta ta'limning boshlnag'ich bo'g'inida xalqaro baholash tadqiqotlarining ahamiyati hamda ta'lim tizimidagi afzalliklariga bag'ishlanadi. Shuningdek, xalqaro baholash tadqiqotlarining zamonaviy ta'lim tizimida egallayotgan o'rni to'g'risidafikr-mulohazayuritadi

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim tizimi, xalqaro baholash tadqiqotlari, baholash mazmuni, kompetensiya, TIMSS, PISA, PIRLS, TALIS.

Аннотация. Данная статья посвящена важности и преимуществам международных оценочных исследований в системе народного образования на сегодняшний день, и в основном на начальном уровне общего среднего образования. В нем также рассматривается роль международных оценочных исследований в современной системе образования.

Ключевые слова: современная система образования, международные оценочные исследования, содержание оценивания, компетентность, TIMSS, PISA, PIRLS, TALIS.

Abstract. This article is devoted to the importance and advantages of international evaluation studies in the public education system today, and mainly in the elementary level of general secondary education. It also reviews the role of international evaluation studies in the modern education system.

Key words: modern education system, international assessment studies, assessment content, competence, TIMSS, PISA, PIRLS, TALIS.

KIRISH. Bugungi zamonaviy va tezkor taraqqiyot sari initilayotgan har bir jamiyatda har bir insonning kasbiy faoliyati va hayoti davomida texnogen komponentning rivoj topishi kuzatilmoqda. Shu boisdan ham nafaqat kelajak yillardagi yetuk mutaxassislarni, balki hozirgi vaqtdagi umumiy o'rta ta'limda tahsil olayotgan har bir maktab o'quvchisini bir necha fanlar bo'yicha o'tkir savodxon etib tayyorlashning ahamiyati yuksalib bormoqda. Ayni shundan kelib chiqib, respublikaning Xalq ta'limi tizimida o'qitishning maqsadlarini kuchaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilyapti.

Mamlakat bo'ylab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan maktab o'quvchilarining darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim- tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Mamlakat o'quvchilari xalqaro baholash

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

dasturlarida ishtirok etishi ham respublikada mavjud ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim jarayon hisoblanadi.

Kelajak egalarining zamonaviy bilim, intellektual salohiyat, ilmu ma'rifat, erkin fikr, ilg'or texnologiyalarni tadbiq etish, jahonda e'tirof etilgan uslub va an'analarni qo'llash malakasiga ega bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Ta'lim tizimidagi islohotlar ana shu maqsadga qaratilgan bo'lib, xalqaro mezonlar asosida dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida qo'llanayotgan va katta samara berayotgan ta'lim texnologiyalari, baholashning xalqaro talablariga muvofiq bo'lishiga qaratilmoqda.

Dunyoning yuksak taraqqiy etgan davlatlarida ta'lim sohasida baholashning PIRLS, TIMSS, PISA, TALIS kabi xalqaro baholash dasturlari amaliyotga muvaffaqiyatli tadbiq etilmoqda. Taraqqiyot odimlari bilan jahonga yuz tutayotgan O'zbekiston Respublikasida ham ta'lim sohasida baholashning xalqaro mezonlari qo'llanilmoqda. Ma'lumki, ta'lim sifatini xalqaro standartlar asosida baholash orqali dunyo mamlakatlari bilan qiyosiy tahlillar olib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 8-dekabrda «Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaror qabul qilingan. Qarorda ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi huzurida ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi tashkil etilib, ta'lim sifatini belgilash bo'yicha qator xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etishi belgilangan. Qolaversa, O'zbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi farmonida inson kapitalini shakllantirishning asosiy bo'g'ini bo'lgan tizimda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar va ularni hayotga tadbiq etish yo'llari atroflicha belgilab berildi. Jumladan, unda mamlakatning 2030-yilga borib PISA (The Programme for International Student Assessment) — o'quvchilarning ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur reytingida jahonning 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish vazifasi qo'yilgan. Xalq ta'limida sodir bo'layotgan mazkur o'zgarishlar bevosita Oliy ta'lim muassasalari bilan ham bog'liq bo'lib, maktab va Oliy ta'lim muassasalari hamkorlik aloqalari yuksalishiga sabab bo'lmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi kunda dunyoning ko'pgina davlatlari ta'lim tizimida o'z o'rnini mustahkam egallab kelayotgan xalqaro datsurlarda ishtirok etish yosh avlodning intellektual-ma'naviy darajasini aniqlash, shu orqali natija va samaradorlikning yangi yo'nalishlarini belgilab olishga imkoniyat yaratsa, milliy baholash tizimining yanada takomillashtirish xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish etishini ta'minlash bilan birga, ularning kreativligini va komponentligini va o'z navbatida ta'lim sifatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Ayni shundan kelib chiqib aytish mumkinki, ushbu xalqaro baholash dasturlari boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'ylantirishga, fikrlay olish doirasini kengaytirishga, ya'ni intellektual-ma'naviy salohiyatini rivoj toptirishga yo'naltirilar ekan, boshlang'ich sinflarda bu dasturni kengroq ko'lamda tadbiq etish muhim ahamiyatga egaligini ko'rsatadi. Buni namuna tariqasida xalqaro baholash dasturining PIRLS dasturi bo'yicha qaralsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarining intellektual-ma'naviy darajasini rivoj toptirishda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish masalasi mazkur xalqaro baholash dasturini (PIRSLni) amaliyotga qo'llash va yuqori samaradorlikka erishsihning asosiy omili deyish mumkin.

xalqaro ilmiy-amaliy anjumani

2022 yil 30 noyabr | scientists.uz

MUHOKAMA

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining intellektual darajasini rivojlantirishda zamonaviy axborot resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanish, xalqaro baholash dasturlaridan kerkalicha foydalanish o'quvchilarning muammolarni hal etish qobiliyatini rivojlantirish, komponentlar, tushunchalar, ko'nikmalar, jarayonlarni o'rganish va baholash singari yo'nalishlarni ta'minlab berishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kelgusida ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o'rganilib, O'zbekiston Respublikasiga xos xususiyatlar, qadriyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan modernizatsiya qilish lozim. Hozir Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan malaka oshirish, chet el professorlarini O'zbekistonga olib kelib ma'ruza o'qitish, bakalavr va magistr dasturlarini rivojlangan mamlakatlardagi o'quv dasturlariga yaqinlashtirish ishlari olib borilmoqda. Xuddi shu tizim asosida Oliy ta'lim tizimida ishlayotgan tajribali o'qituvchilarni maktablarga biriktirish, kafedralarning hududiy filiallarini ochish orqali maktab o'qituvchilari salohiyatini rivojlantirish ishlari ham jadal olib borilmoqda. Bugungi kunda hamkorlikni boshlagan Oliy va xalq ta'limi tizimlari oldida turgan asosiy maqsad ham shu — boshlang'ich sinf o'qituvchilariga amaliy yordam berish.

XULOSA. Xulosa qilib aytganda, mamlakat innovatsion taraqqiyot yo'lida shiddat bilan rivojlanib borayotgan bir davrda kelajak davomchilari bo'lgan yoshlarning ijodiy g'oyalari va ijodkorligini har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish hamda ilg'or xorijiy tajribalar, xalqaro mezon va talablar asosida baholash tizimini takomillashtirish, shu yo'lda xalqaro tajribalarni o'rganish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil qilish, tegishli yo'nalishdagi xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy tadqiqot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik qilish muhim ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Х,амдамова М. Ёшларнинг интеллектуал салох,иятини ривожлантириш механизмининг педагогик-психологик асослари (услубий тавсиялар), 2007.

2. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020 ISSN 2181-063X 237

http://oac.dsmi-qf.uz

3. "PISA-2018 Kompyuter format xalqaro tadqiqot vositalari": To'plam " -Axborot-tahlil markazi" AQ. Astana. 2016-126 bet.

4. PISA 2012 Assessment and Analytical Framework (mathematics, reading, science, problem solving and financial literacy.

5. "PISA-2018 Kompyuter format xalqaro tadqiqot vositalari": To'plam " -Axborot-tahlil markazi" AQ. Astana. 2016-126 bet.

6. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

7. O'zbekiston Pespublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmoni, 29.04.2019 yildagi PF-5712-son

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.