MAKTABGAChA TA'LIM TAYYoRLOV GURUHDARIDA VA BOShLANG'ICh
TA'LIMDA O'QITIShDA MILLIY O'QUV DASURINING UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINING O'ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI Djumaev Mamanazar
p.f.n. professor, Nizomiy nomidagi TDPU https://doi.org/10.5281/zenodo.7927533
Annotatsiya. Maqolada uzluksiz ta'lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta'minlanmaganligi ta'lim sifati va samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ta'lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko'p soat ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar va Maktabgacha ta'limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga va ta'lim-tarbiya jarayonlarini talab darajasida tashkil xususiyatlari qaraladi.
Kalit so'zlar: Maktabgacha ta'lim, boshlang'ich ta'lim, uzluksiz ta'lim, kompetensiya, matematika, pedagogika, ta'lim va tarbiya.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "Ta'lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4884-sonli qarori ilovasining 4-bandiga ko'ra "Maktabgacha, umumiy o'rta, profes- sional va oliy ta'lim o'quv dasturlari va fanlarning uzluksizligini ta'minlash" vazifasi belgilangan.
Qaror ijrosiga binoan Uzluksiz ta'lim tizimida matematika fani uzviyligini ta'minlagan holda milliy o'quv dasturi majmuasini tayyorlashning maqsad va vazifalar belgilandi.
Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Maktabgacha ta'lim, Xalq ta'limi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'limi vazirliklari hamkorligida 32 nafar matematika fani mutaxassis olimlari, tajribali mutaxassislardan iborat ekspertlar guruhini tashkil etdi. Ular ko'magida matematika fanidan har bir ta'lim turi uchun konsepsiyalar va alohida o'quv dasturlari loyihalari tayyorlandi hamda Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi portaliga (http://www.uzviylik.tdi.uz) joylashtirildi. Portalga 100 ga yaqin taklif va mulohazalar kelib tushgan.
Uzluksiz ta'lim tizimida fan dasturlarining uzviyligi ta'minlanmaganligi ta'lim sifati va samaradorligiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ta'lim turlariaro mavzularning takrorlanishi, ayrim mavzularga haddan ziyod ko'p soat ajratilgani, fan mazmuni deyarli nazariy ma'lumotlarga asoslanganligi hamda xalqaro tadqiqotlar singdirilmaganligi kabi muammolar aniqlandi. Xususan,
Matematika fanidan mavjud o'quv dasturlari qiyosiy jadvallar asosida tahlil qilindi. Birlamchi tahlillarga ko'ra takrorlangan mavzular 9 ta, uzviyligi ta'minlanmagan mavzular 29 ta, yangilanishi zarur mavzular 94 ta, olib tashlanadigan mavzular 43 ta, xalqaro tadqiqotlar bo'yicha kiritiladigan mavzular soni 89 ta, boshqa ta'lim turiga o'tkaziladigani 20 ta ekanligi aniqlandi va dasturlar to'g'rilandi.
To'g'rilangan o'quv dasturlari ikkinchi marta ta'lim inspeksiyasi saytidagi (http:// www.uzviylik.tdi.uz) muhokama portaliga joylashtirildi va ularga 150 dan ortiq takliflar bildirildi.
Keyingi bosqichda matematika fani konsepsiyasi va 5 ta o'quv dasturi (MTM, umumiy o'rta ta'lim, AL, KHM va OTM uchun) O'zFA qoshidagi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika institutiga, Samarqand davlat universitetiga, Urganch davlat universitetiga hamda
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga ekspertizaga berildi hamda ushbu ta'lim muassasalarining tajribali mutaxassislari tomonidan 1 oy davomida ko'rib chiqilib xulosalar olindi.
Ekspertiza xulosalarida jami 97 ta (6 ta MTM, 69 ta maktab bo'yicha, AL 6 ta, KHM 5 ta, 11 ta OTMlar) kamchilik va takliflar aniqlanib, ular tegishli vazirliklarga taqdim etildi hamda mualliflar tomonidan muhokamalar qilindi. Ulardan 49 tasi dastur mazmuniga kiritildi, 38 tasi asoslantirildi. Shuningdek, o'quv va fan dasturlarini takomillashtirish jarayonida xalqaro tajribalar jumladan,
Finlyandiya tajribasi o'rganildi. Maktabgacha va umumiy o'rta ta'limning o'quv dasturlarini tahlil qilishda YuNISEF ko'magida Singapur, Koreya, Yaponiya, Gonkong dasturlari, Prezident maktablari bilan Kembrij tajribasi va o'quv dasturlari o'rganildi. O'zbekiston Respublikasida maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tizimlarida matematika fanini o'qitishni rivojlantirish konsepsiyasi O'zbekiston Respublikasining 2035-yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimining 2030-yilgacha konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-sonli Qarori, 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF- 5712-sonli Farmoni, 2019-yil 6-sentabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli Farmoni, 2019-yil 8-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmoni, 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4708-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni 2020-yil 23-sentabrda tasdiqlandi. Uning maqsadi fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o'rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarinibelgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iborat.
Mazkur Konsepsiya maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tizimlarida matematika ta'limini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi, jumladan:
- matematika ta'limi me'yoriy hujjatlarini ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo'yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash;
- matematika ta'limi bo'yicha maktabgacha, umumiy o'rta va o'rta maxsus, professional va oliy ta'lim tizimlari bitiruvchilariga qo'yiladigan malaka talablarini uzviyligini ta'minlash hamda amaliyotga tatbiq etish;
- matematika ta'limi mazmuni va mohiyatini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, o'qitishning yangi metodikalarini ishlab chiqish;
- matematika ta'limi mazmuni, mustaqil hayotda qo'llash imkoniyati bo'lgan matematik savodxonlikni, tanqidiy fikrlash va ijodkorlik kompetensiyalarini shakl- lantirish;
- rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni va mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda takomillashtirish;
- matematika ta'limini tashkil etishning zamonaviy shakl, metod va vositalari asosida
o'quv modullarini ishlab chiqish;
- ta'lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida bitiruvchilarni tarbiyalashning samarali metodikasini keng joriy etish;
- matematika ta'limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy
etish;
- o'quv-tarbiya jarayoni samaradorligini va natijaviyligini ta'minlashda innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish;
- matematika ta'limining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag' bilan ta'minlashning samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Maktabgacha ta'lim tizimida. Davlat talablari tug'ilgandan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning bilim-ko'nikmalari beshta asosiy rivojlanish sohalari asosida belgilanadi. O'z navbatida har bir rivojlanish sohasi kichik sohalarga bo'lingan bo'lib, ular har bir yosh guruhiga mos bir nechta kutilayotgan rivojlanish ko'rsatkichlaridan (talablardan) iborat.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv o'sib borayotgan bola shaxsini hayotga tayyorlash, unda hayotiy muhim masalalarni hal qilish uchun zarur bo'lgan, axloqiy me'yor va qadriyatlarni o'zlashtirish, boshqa insonlar bilan muloqot qilish, "Men" obrazini qurish bilan bog'liq bo'lgan faoliyat usullarini shakllantirishga tayyorgarlikni ko'zda tutadi.
Maktabgacha ta'limni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini muvaffaqiyatli yuritishga va ta'lim-tarbiya jarayonlarini talab darajasida tashkil etishga to'sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolar va kamchiliklar mavjud. Bular quyidagilar:
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim samaradorligini baholash va takomillashtirish bo'yicha ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish asosida ishlarning to'laqonli yo'lga qo'yilmaganligi;
- ta'lim-tarbiya usullarining ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiluvchi mexa-nizmlarning yo'qligi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilar uchun zamonaviy sharoit va ehtiyojlar asosida ishlab chiqilgan o'quv-metodik adabiyotlar etarli darajada ta'minlanmaganligi; -mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ta'limiy islohotlarga hamohang tarzda maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun matematik tasavvurlarni shakllantirish bo'yicha zamonaviy mazmun-mohiyatini kasb etuvchi metodik ishlanmalar yetarli darajada yaratilmaganligi;
- maktabgacha ta'lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan to'liq ta'minlanmaganligi;
- matematika mashg'ulotlarini tashkil etish uchun multimedia va didaktik materiallarning etishmasligi;
- maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim o'rtasidagi uzviylikning mavjud emasligi;
- zamonaviy o'quv metodik materiallar va ko'rgazmali qurollarning etishmasligi; - ilg'or ish tajribalarni o'rganish, ularni ommalashtirish ishlari talab darajasida tashkil etilmaganligidir.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli Farmoni asosida qa 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", 2019-yil 9-iyuldagi "Matematika ta'limi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, 2020-yil 7-maydagi "Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy- tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4708-sonli qarori, 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida matematika fani va ta'limini har tomonlama takomillashtirish va rivojlantirish yuzasidan qator salmoqli vazifalar belgilangan.
Matematika olamni, dunyoni bilishning asosi bo'lib, tevarak-atrofimizdagi voqea va hodisalarning o'ziga xos qonuniyatlarini ochib berishda juda katta ahamiyatga egaki, matematik bilimlarsiz ishlab chiqarish va fanning rivojlanishini tasavvur qilib bo'lmaydi. Shuning uchun ham matematik madaniyat - umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi va va matematika jamiyatimizning barcha jabhalariga juda katta madaniy qiymat qo'shadi.
STEAM (S - science - tabiiy fanlar T - technology - texnologiya, E - enginee ring -muhandislik, A - art -san'at, M - mathematics -matematika) ta'lim texnologiyasi aniq fanlar blok-modulida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, tajribalarni bajarish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan. Bu texnologiyani amalga oshirishda o'quvchilar tomonidan turli texnik qurilmalarni yasash uchun loyihalar yaratish, loyiha asosida qurilmaning maketini yaratish va uni amaliyotda ishlatib ko'rish, kamchiliklarini topish hamda uni bartaraf etish kabi vazifalar bajariladi.
Matematik ta'limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko'rinishdagi malakalarni o'quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta'limning asosini amaliy, tatbiqiy yo'nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.
Matematika fanini o'qitishning asosiy maqsadi:
- o'quvchilarda kundalik faoliyatda qo'llash, fanlarni o'rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
- jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy, tizimli hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
- jamiyatlarning barcha darajalarda o'z kelajagi to'g'risida asosli qaror qabul qilishlari uchun zarur bo'lgan modellashtirish va bashorat qiluvchi ma'lumotlarga hissa qo'shish uchun matematik bilim va ko'nikmalarni qo'llay oladigan shaxsni shakllantirish;
- o'z fuqarolarining rivojlanishiga qodir bo'lishini ta'minlash uchun jamiyatlar olib boradigan barcha rivojlanishlarni maqsadga muvofiqligi, amaliyligi, xavf omillari va iqtisodiy oqibatlarini baholash va maslahat berish uchun birgalikda ishlashga qodir bo'lgan shaxsni shakllantirish;
- milliy va global jamiyatlar barcha fanlar bo'yicha duch keladigan muammolar va qiyinchiliklarni ko'rib chiqish va hal qilishga yordam berish uchun matematik tushunchalar va strategik yondashuvlarni qo'llay oladigan shaxsni shakllantirish;
- har kuni duch keladigan ma'lumotni hazm qilish uchun o'zlarining matematik bilimlari va tavakkalchilik tushunchalaridan foydalana oladigan va shu bilan hayotning barcha sohalarida o'zlari va boshqalar manfaati uchun oqilona qaror qabul qila oladigan shaxsni shakllantirish;
- milliy, ma'naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalash;
- matematikani tushunish va matematik dunyoda ishlash qobiliyati orqali hayot davomida o'qitishning samarali yo'nalishlariga ega bo'lgan shaxsni shakllantirish; ya'ni - ijodkorlik, qiziquvchanlik, hamkorlik, strategik ong, mustaqillik, chidamlilik va topqirlik.
- o'quvchilarning kuzatuvlar orqali amaliy faoliyatlarini bog'lagan holda
loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, kreativ, tanqidiy fikrlash va mantiqiy tahlil, qiziquvchanlik, muammolarni hal qilish, yangiliklar yaratishga bo'lgan ko'nikmalarini namoyon qilish va rivojlantirishdan iborat.
Matematika fanini o'qitishning asosiy vazifalari:
- o'quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko'nikmalar egallanishini ta'minlash;
- inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko'nikmalarni muvaffaqiyatli qo'llashga o'rgatish;
- o'quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta'lim olish ko'nikmalarini shakllantirish;
- fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o'quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, ijodkorlik (kreativlik) ni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo'naltirish;
- hozirda matematika fanini nazariylashtirgan holda o'qitishga, o'quvchilarga tayyor o'quv materiallarini berishga asoslangan yondashishdan ma'lum darajada voz kechib, o'quvchining kundalik hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va uni rivojlantirishga erishish, o'quvchilarning mustaqil fikrlash ko'nikmalarini namoyon qilish va faollashtirish.
Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, xalq ta'limi tizimida matematika fanini
o'qitishni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat bo'lishi maqsadga muvofiq:
- matematika fani davlat ta'lim standarti talablarining avvalo kelajakdagi zamonaviy davlat va jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqib, XXI asr ko'nikmalariga mos ta'lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo'yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash;
- maktabgacha, umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar, oliy ta'lim muassasalari hamda ilmiy-uslubiy tadqiqot tuzilmalari o'rtasidagi yaqin hamkorlikni, uzluksizlikni va uzviylikni ta'minlovchi yaxlit tizimni shakllantirish;
- umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida matematika fanlarini o'qitish sifatini oshirish, hududlarda matematika faniga ixtisoslashtirilgan maktablar tizimini tashkil qilish va faoliyatini rivojlantirish;
- matematika fani bo'yicha kadrlarni, xususan qishloq joylardagi maktablarning kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
- matematika fani bo'yicha darsliklar va o'quv qo'llanmalarni takomillashtirish;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularning matematika fani bo'yicha mahalliy va xalqaro fan olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini hamda sovrinli o'rinlarni egallashini ta'minlash;
- matematika fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek, o'qitish metodikasini takomillashtirish, ta'lim tarbiya jarayonini individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
- matematika fanining mazmunini takomillashtirish, optimallashtirish va uni boshqa umumta'lim fanlari bilan o'zaro integratsiyasini kuchaytirish;
- o'quvchilarda o'zlashtirgan bilim va ko'nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo'llash, matematik savodxonlik, tanqidiy, kreativ va ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish;
- matematikani o'qitish jarayoni samaradoriligini va natijaviyligini ta'minlashda
zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni joriy etish;
- o'quvchilar yutuqlarini baholashning ilg'or xorijiy tajribalari va bu boradagi xalqaro tadqiqotlar natijalariga tayanib, yangi baholash tizimini yaratish hamda u asosida matematika fanini bilish darajasini baholash bo'yicha milliy sertifikatlash tizimini joriy qilish;
- matematika fanini o'qitishning yangi sifat bosqichiga ko'tarish, jumladan zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalaridan, elektron darslik hamda zamonaviy laboratoriya jihozlaridan foydalangan holda o'quv jarayonini tashkil etishning yangi ilmiy yo'nalishlari va tamoyillarini tatbiq etish;
- ta'lim va tarbiyani uyg'un olib borish, o'quvchilarni nafaqat bilimli, balki ma'naviy, axloqiy etuk shaxs sifatida shakllantirish;
- matematika darslarida sog'lom ijodiy muhitni yaratish, ta'lim va tarbiya jarayoniga ilg'or innovatsion zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali o'qitish sifatini yangi bosqichga ko'tarish, o'quvchilar dunyoqarashini, tafakkuri, mantiqiy mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish;
- matematika o'qitishda sinfdan va maktabdan tashqari tashkil etiladigan to'garaklar, fakultativ va ellektiv kurslar mazmunini tubdan yangilash;
- matematika fanini o'qitishning ilmiy metodik ta'minotini rivojlantirish;
- xalqaro fan olimpiadalarida g'olib bo'lgan yoshlar va ularning murabbiy ustozlari mehnatini rag'batlantirish tizimini takomillashtirib borish;
- ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali innovatsion infratuzilmani shakllantirish;
- matematika fani yo'nalishida o'quvchilarning egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishda dars va sinfdan tashqari mashg'ulotlarda o'quv tadqiqotlarini o'tkazish, loyihalashtirishga yo'naltirilgan ijodkorligini tarbiyalash, yangiliklar yaratishga bo'lgan qiziqishlarini rivojlantirish.
MATEMATIK AMALIYOT STANDARTLARI. Qisqacha tavsifi: Amaliy standartlar barcha darajadagi matematika fani o'qituvchilaridan o'quvchilar mustaqil ijodiy fikrlashni rivojlantirishga intilishi lozim bo'lgan bilim va ko'nikmalar turlarini belgilaydi.
Mazkur standartlar o'quvchilarning quyidagi aqliy faoliyati sohalarini qamrab oladi (kelgusida ishlatish qulay bo'lsin uchun aqliy faoliyat sohalari, mos ravishda M1, M2, M3, M4 va M5 bilan kodlanadi):
1. Matematik amaliyot standartlar har bir sinf kesimida mazmun standartlar bilan uzviy bog'liq bo'lib, tegishli mazmun standartlarida o'z aksini topgan. Tegishli yosh fiziologik imkoniyatlari va aqliy faoliyat sohalaridan kelib chiqib singdirilgan.
Shu bois, amaliyot standartlarini har bir sinf kesimida yana alohida aniqlashtirib o'tirmaymiz. 2. Mulohaza yuritish (M1); matematikaga oid fikrni asoslash, isbotlash yoki o'zgalar fikriga
munosabat bildirish uchun mantiqan asosli va tushunarli dalillarni keltirish;
3. Modellashtirish (M2): o'quv va hayotiy muammolarni matematika tilida ifodalash, ularning matematik modelini qurish;
4. Muammoni echish (M3): matematikani qo'llab muammoni hal qilish;
5. Muloqot qilish (M4): matematik tushuncha, belgi va timsollar asosida matematika tilida o'zaro muloqot qilish;
6. Ma'lumotlar bilan ishlash (M5): ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish va turli shakllarda tasvirlash.
Matematika ta'limining ahamiyati uning fan-texnika taraqqiyotida, axborot-kommunikatsion texnologiyalarning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi. Iqtisodiy talablarni bajarish uchun bunyodkor va ijodkor kadrlarni tayyorlash bilan bir qatorda, bu yutuqlardan iste'molchi sifatida foydalanuvchilarga ham sifatli ta'lim berilishi lozim.
Fan texnikaning keskin rivojlanishi, olamning globallashuvi hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarning taraqqiy etishi insonlarning dunyoqarashini, muvaffaqiyatga erishish usullarini, inson salohiyati, qobiliyati hamda yaratuvchanlik faoliyati jamiyatning asosiy kapitali bo'lib xizmat qiladi. Bu holatda jamiyatdagi har bir o'quvchi shaxsining jamiyatda raqobatbardosh bo'lib shakllanishi, o'zgaruvchan ijtimoiy- iqtisodiy muhitga moslashuvchan, faol, ijtimoiy etuk salohiyatli, yuqori darajadagi bilim egasi, ruhan va qalban chiniqqan komil insonni shakllantirish davlatimiz oldidagi vazifalardan biridir.
Fan sohasidagi yangi ma'lumotlarni tahlil qilish, talimda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, oquv faoliyatining zamonaviy yo'nalishlari bo'yicha amalga tadqiqotlar sifatini tushunishni namoyon qilishga qobiliyatlilik;
Boshlangich ta'lim fan sohasiga doir zamonaviy texnologiya, metod, vositalarni qo'llay olishga qobiliyatlilik;
Butun hayot davomida ilmiy-pedagogik va amaliy faoliyat sohasida o'z-o'zini takomillashtirishga qobiliyatlilik.
Matematik ta'limga kompetensiyaviy yondashuv kasbiy, shaxsiy va jamiyatdagi kundalik hayotda uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan turli ko'rinishdagi malakalarni o'quvchilar tomonidan egallashni nazarda tutadi. Shunday qilib, kompetensiyaviy yondashuvda matematik ta'limning asosini amaliy, tadbiqiy yo'nalishlarini kuchaytirishga qaratiladi.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi O'RQ-595-son Qonuni. 2019 yil 16 dekabr. www.lex.uz.
2. O'zbekicton Recpublikaci Prezidentining 2020 yil 29 oktabrdagi "Ilm fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyacini tacdiqlash to'g'ricida"gi PF-6097-con Farmoni. www.lex.uz.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi PQ-4312 - sonli Qarori, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi. www.lex.uz.
4. Matematika sohasidagi ta'lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora tabirlari to'g'risida. Uzbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4708-son 07.05.2020 Qarori
5. Djumayev M.I. The development of mathematical abilities in younger students. Science And Innovation International Scientific Journal Volume 2 Issue 1 January 2023 Uif-2022: 8.2 | Issn: 2181-3337 | Scientists.Uz/ 424-434
6. Djumayev M.I Formation of mathematical competence in future primary school teachers in the. Educational process science and innovation international scientific journal volume 2 issue 3 march 2023 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337 | scientists.uz 165-173
7. Djumayev M.I The transformation of Te english language's variants in contemporary great Britain. Educational process science and innovation international scientific journal volume 2 Issue 4 April 2023 Uif-2022: 8.2 | Issn: 2181-3337 | Scientists.Uz 19-27
https://doi.org/10.5281/zenodo.7818607
8. Djumaev M.I.. Matematika o'qitishda kombinatorika masallarini o'rganishning o'ziga xos xususiyatlari Fizika, matematika, informatika jurnali. 2023 yil 2/1 son. 19-27
9. Djumaev M.I. Matematika o'qitishda milliy o'quv dasurining uzviyligi va uzluksizligining o'ziga xos xususiyatlari. МУ^АЛЛИМ НЭМ YЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИУ Илимий-методикальщ журнал. ISSN 2181-7138 2023 1-сан 314-324 Некие
10. Djumaev M.I. (2023) Some Considerations of Teaching Mathematics Inuzbek Primary School. Journal of Mathematical & Computer Applications. SRC/JMCA-123. J Mathe & Comp Appli, 2023 Volume 2(2): 1-5 ISSN: 2754-6705