Научная статья на тему 'CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI'

CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
406
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
VERTUAL TA'LIM / O'QUVCHI / MAKTAB / KOMPYUTER / MASOFAVIY TA'LIM / TAHLIL / LOYIHALASHTIRISH / ISHLAB CHIQISH / QO'LLASH / INTERNET / BAHOLASH / VIRTUAL BORLIQ

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Рахимов Ф. Б.

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning hozirgi holati, virtual ta’lim texnologiyalarni joriy etish metodikasini takomillashtirishni keng yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT STATUS OF USING VIRTUAL EDUCATION TECHNOLOGIES IN TEACHING PRIMARY PREPARATORY SUBJECTS

This article describes in detail the current state of the use of virtual learning technologies in the teaching of the subject of pre-primary education in general secondary schools, the improvement of methods of introduction of virtual learning technologies.

Текст научной работы на тему «CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK FANINI O‘QITISHDA VIRTUAL TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI»

CHAQIRUVGA QADAR BOSHLANG'ICH TAYYORGARLIK FANINI O'QITISHDA VIRTUAL TA'LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING

HOZIRGI HOLATI

DOI: https://doi.org/ 10.53885/edinres.2021.50.18.023

Аннотация: В статье подробно описано современное состояние использования технологий виртуального обучения при преподавании предмета дошкольного образования в общеобразовательных школах, совершенствование методов внедрения технологий виртуального обучения.

Ключевые слова: виртуальное образование, студент, школа, компьютер, дистанционное обучение, анализ, дизайн, разработка, приложение, интернет, оценка, виртуальное наличие.

Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitishda virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanishning hozirgi holati, virtual ta'lim texnologiyalarni joriy etish metodikasini takomillashtirishni keng yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: vertual ta'lim, o'quvchi, maktab, kompyuter, masofaviy ta'lim, tahlil, loyihalashtirish, ishlab chiqish, qo'llash, internet, baholash, virtual borliq.

Abstract: This article describes in detail the current state of the use of virtual learning technologies in the teaching of the subject of pre-primary education in general secondary schools, the improvement of methods of introduction of virtual learning technologies.

Keywords: virtual education, student, school, computer, distance learning, analysis, design, development, application, internet, assessment, virtual being.

Bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalarnngi jadallik bilan rivojlanishi tufayli o'rta ta'lim mauassasalarida ta'lim va tarbiya jarayoniga kompyuter texnologiyalari, ularning pedagogik dasturiy vositalarini keng ko'lamda joriy etish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bu borada,

Raximov Farrux Boltayevich,

Buxoro davlat universitetiHarbiy ta'lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli katta o'qituvchisi

-

O'zbekiston Respublikasi maktabgacha, umumiy o'rta, professional va oliy ta'lim tizimlarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitishni rivojlantirish konsepsiyasi, O'zbekiston Respublikasining 2035 yilgacha rivojlanish Strategiyasining konsepsiyasi, 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli hamda 2019 yil 6 sentyabrdagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5812-sonli va 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-sonli Farmonlari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi "Yoshlarni harbiy-vatanpavarlik ruhida tarbiyalash Konsepsiyasi to'g'risida"gi 140-sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan. Shu bois, Xalq ta'limi va oliy ta'lim muassasalarida Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik turkumiga kiruvchi fanlarni o'qitish metodikasini (vositalari, usullari, texnologiyalari va shakllarini) takomillashtirish, zamonaviy o'qitish vositalari yordamida fanni o'qitishni rivojlantirish, unga oid didaktik materiallarni ishlab chiqish va ularni imkoniyatlaridan foydalangan holda o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirish, o'quvchi va talabalarning kreativ sifatlarini rivojlantirish davr talabiga aylandi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, xalq ta'limi va oliy ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik turkumiga kiruvchi fanlarni o'qitish metodikasini takomillashtirishda innovatsion texnologiyalarini hamda kompyuter va uning pedagogik dasturiy vositalarini, jumladan virtual ta'lim texnologiyalarini kengroq tadbiq etish jiddiy zaruratga aylangan.

Ayni paytda, harbiy qismlarda kompyuter texnologiyalaridan foydalanib o'qitishga mo'ljallangan ko'plab pedagogik dasturiy vositalar yaratilgan. Bularga zamonaviy virtual jangovar trenajor sinf xonalari, kompyuter simulyatorlari, sinov va nazorat qilish dasturlari, o'yinli ta'lim resurslari, elektron o'quv uslubiy qo'llanmalar, video ma'ruzalar, 3-D formatli interfaol o'quv metodik qo'llanmalar, elektron trenajyorlar, elektron darsliklar, multimedia ilovalar, axborot ta'lim muhitlari, elektron kitoblar va entsiklopediya, axborotlarni izlash tizimlari, o'quv ma'lumotlar ba'zasi, aqlli repititorli tizimlarini misol sifatida aytish mumkin.

Shu bois, ayni paytda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda virtual ta'lim texnologiyalarini qo'llash metodikasini takomillashtirish zarurati mavjud.

Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'quv jarayoniga

http://interscience.uz

167

TabßUM ea umoea^on madK,uK,omnap (2021 üun №4) ISSN 2181-1709 (P)

If*!----

virtual ta'lim texnologiyalarni joriy etish metodikasini takomillashtirish uchun, dastlab elektron ta'limni joriy etishga oid tadqiqotchilarning ilmiy-uslubiy adabiyotlarini tahlil qilish va ular ko'rsatib o'tgan pedagogik va psixologik muammolar o'rganildi. Olib borilgan izlanishlar natijasida quyidagi muammolar borligi aniqlandi:

□ yaratiladigan dasturiy vositalarga pedagogik va psixologik jihatdan yondashilmayotganligi;

□ professor-o'qituvchilarda kompyuter savodxonligi yetarli darajada emasligi;

□ zamon talabiga moslashtirilgan elektron o'quv-metodik majmualarni yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi;

□ professor-o'qituvchilarda pedagogik dasturiy vositlarni qo'llash tajribasi yetishmasligi;

□ masofaviy ta'limdan foydalanish uchun zamonaviy dasturiy vositalar hamda ularni qo'llashga oid ilmiy ishlanmalar yetishmasligi;

□ yagona metodologik o'qitish talablar va tizim mavjud emasligi;

□ kompyuterning pedagogik dasturiy vositalarini o'quv jarayoniga qo'llash metodikasi to'lig'icha ilmiy asoslanmagani.

Yuqorida keltirib o'tilgan muammolarning yechimi, bir qator o'ziga xos talab va sharoitlarga bog'liq.

Virtual ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirishdan asosiy maqsad o'quvchilarni bor e'tiborini o'qitish jarayoniga qaratish, o'quv materiali va ob'ektlarini virtual ta'lim modellari bilan birga yaqqol namoyon qilish, shu asnosida faol tushunishni, eslab qolishni yanada yengillashtirish, o'quv jarayoniga oddiy kitob o'rniga inson hissiy xotirasini kuchaytiruvchi kompyuter vositalarini ishlatishdan iborat. Shuning uchun virtual ta'limni loyihalashtirishda, ilmiy jihatdan asoslangan talablar, tamoyillar hamda yaratish bosqichlariga tayanish zarur hisoblanadi.

Yaratilayotgan virtual ta'lim texnologiyalari, o'quv jarayoni samaradorligini oshirilishiga qaratilgan bo'lib, faqat shu sohaga zarur bo'lgan va talab etilgan qismi kompyuterlashtirish jarayoniga kiritiladi. Zarur bo'lgan qismlarda ma'lum bir sohaga yo'naltirilishga alohida e'tibor qaratish lozim bo'lib, o'quv ma'lumotni aynan belgilangan qismini virtual shaklga keltirishni talab etadi. Bunga o'quv ma'lumotni taqsimlash: barcha berilgan matnda muhim qismlarini belgilab chiqish - modullarini (yoki bloklarini), qismlarini (yoki bo'limlarini), boblarini (yoki mavzularini), paragraflari, paragraf keyingi qismlarga ajratish lozim.

Bu borada, A.Yu.Uvarov elektron ta'lim resurslarini va virtual ta'lim texnologiyalarini yaratish, uning ta'lim tizimiga joriy etish uchun quyidagi bosqichlarni ishlab chiqgan:

□ tahlil (o'quvchilarni o'qitishning qay darajada nazorat qilinishi,

o'qitishni maqsadlari);

□ loyihalashtirish (rejaning tayyorlanishi, asosiy yechimlarni tanlovi, senariy tuzish);

□ ishlab chiqish (reja, senariy);

□ qo'llash (o'quv materiallaridan o'quv jarayonida foydalanish);

□ baholash (o'quv resursining natijalari baholanadi va elektron ta'lim resurslarning kamchiliklari aniqlanadi).

Bizning fikrimizcha, «Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik» fanidan zamon talablariga mos virtual ta'lim texnologiyalarini yaratish quyidagi tartibda amalga oshirilishi lozim:

1. Virtual ta'lim texnologiyalari yaratiladigan mavzularni aniqlash;

2. Zamonaviy pedagogik dasturiy vositalarini tanlash;

3. Virtual ta'limning maqsadi va mavzusiga loyiq qamrovini tanlash;

4. Virtual ta'limning senariysi va tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish;

6. O'quv materialini tanlash;

7. O'quv materiallarining tuzilmasini ishlab chiqish;

8. Multimedia komponentini ishlab chiqish;

9. Aprobatsiyadan o'tkazish;

10. Hujjatlashtirish (inetellektual mulk agentligidan rasmiy ro'yxatdan o'tkazish, mualliflik huquqini belgilash).

Ushbu bosqichlarda asosida o'quv ma'lumotni tayyorlash, qabul qilish va taqdim etish uchun zamonaviy o'quv ilmiy kurslariga yo'nalishni namoyon qiladi. Bu yerda o'quv faoliyatini yanada kengroq yoritilish, tuzilishini oldindan bilish talab etiladi. «Ko'plab holatlarda virtual ta'lim texnologiyalari pedagogik talablarga amal qilmagan holda yaratilishi tufayli asosiy maqsadga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun virtual ta'lim texnologiyalari matnini yaratish vaqtida asosiy qismlarni belgilab, asosiy tushunchalarini ajratgan holda yaratish talab etiladi».

Shu o'rinda savol tug'iladi, ta'lim jarayonida virtual ta'lim texnologiyani qo'llash zarurmi? Ko'pchilik hollarni e'tiborga olmagan holda «ha» deb javob berishimiz mumkin. Bu javobni xorijiy mamlakatlarning ta'lim tizimida o'z samarasini ko'rsatayotganligi tufayli samarali o'qitish vosita hisoblanishi aytishimiz mumkin.

Oliy ta'lim muassalarining o'z oldiga qo'ygan eng muhim ko'rib chiqiladigan masalalari ham kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlarini inobatga olgan holda, fanlarni o'qitishning usul va shakllarini takomillashtirishdan iborat. Bu borada, soha olimlari tomonidan taklif va tavsiyalar berib o'tgan. Jumladan J.Rittinghouse, J.Ransomelarning fikriga ko'ra, virtual ta'lim texnologiyalarini o'quv jarayoniga samarali tadbiq etish uchun Internet tarmog'ida bulutli xizmatli o'quv muhitini yaratish va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish lozim.

Aynti paytda, virtual ta'lim texnologiyalari bilan bog'liq tushunchalarni

http://interscience.uz

TabMUM ea umoea^on madK,UK,omnap (2021 uum №4) ISSN 2181-1709 (P)

h----

aniqlashda sinonimlarning ko'pligi va ularni talqin etishda ba'zi bir tushunmovchiliklar mavjud. Bu borada, T.T.Shoymardonov, V.S.Xamidov, M.Fayzievalarning fikriga ko'ra, bugungi ta'lim tizimida "virtual borliq" va "virtual ta'lim" atamalari paydo bo'lgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog'liq. Immersivlik deganda insonning virtual borliqda o'zini faraz qilishini tushunish lozim bo'lsa, interfaollik foydalanuvchi aniq vaqtda virtual borliqdagi ob'ektlar bilan o'zaro muloqotda bo'lib, ularga ta'sir ko'rsatishga ega bo'ladi.

E.M.Kravchenya virtual borliq tushunchasiga quyidagicha ta'rif bergan: foydalanuvchini suniy olamga sho'ng'ishiga imkon beruvchi va harakatlarni audiovizual natijalariga bog'laydigan maxsus sensorli qurilmalar yordamida bevosita harakat qilishga imkon beradigan kompyuterli modellashtirishning yuqori darajali rivojlangan shakli.

P.X.Jo'raev, P.F.Safarovalarning fikriga ko'ra, virtual ta'lim - o'quv jarayoni subektlarining axborot-kommunikatsion texnologiyalari yordamida vjudga kelgan hamkorlikdir.

Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikrlarini tahlil natijalariga ko'ra, «virtual ta'lim» tushunchasiga oydinlik kiritish hamda uning virtuallik sifatlarini belgilash imkonini beradi. Fikrimizcha virtual ta'lim imitatsion dasturiy va texnik vositalar yordamida o'quv materialini vizual shaklida taqdim etishga, murakkab bo'lgan jarayon va hodisalarni virtual obrazini tashkil etishga, tajriba o'tkazish murakkab jarayonlarni virtual shaklda o'tkazishga hamda mustaqil tayyorgarlikning didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga, o'quv faoliyatiga nisbatan motivatsiyani shakllantirishga, fan bo'yicha asosiy bilimlarni egallashga, ularni tizimlashtirishga, talabalarning mustaqil ishida o'quv materiallari bo'yicha uslubiy yordamlashishga undaydigan hamda kreativ fikrlashini oshirishga mo'ljallangan zamonaviy o'quv muhitidir.

Virtual ta'lim asosida modul printsipi yotadi. Butun o'quv kursi dasturining tarkibi alohida har hil mustaqil kurslardan (modullardan) tashkil topgan. Professor-o'qituvchilar ta'limning har bir bosqichida o'quvchilarga samarali sinovlarini o'tkazishlari mumkin. Bu esa chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik ta'limida muhim rol o'ynaydi, ya'ni, mustaqil bilim oluvchi o'rta ta'lim o'quvchilarini fanga oid egallagan bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishda zamonaviy pedagogik dasturiy vosita hisoblanadi.

Tadqiqotimizga oid normativ-huquqiy hujjatlarni, ilmiy-metodik manbaalarni hamda pedagogika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud o'qitish holatining tahlil natijasiga ko'ra, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitish samaradorligini oshirishga oid pedagogik muammoning yechimi quyidagi asosiy vazifalarni bajarilishiga bog'liq ekanligi ma'lum bo'ldi:

□ Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fani professor-

-Xer

o'qituvchilarda AKT sohasida yetarli darajada malakasini shakllantirish;

□ Chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitishda an'anaviy usullardan voz kechib, yangi zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish (elektron ta'lim resurslari, virtual ta'lim texnologiyalari, interfaol o'quv-uslubiy majmualar, elektron darsliklar, bulutli texnologiyalar, elektron trenajyorlar);

□ ayrim murakkab jarayon va hodisalarni namoyish etishda virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanish;

□ o'quvchilarda fanga nisbatan motivatsiyani rivojlantirishga mo'ljallangan o'quv topshiriqlarini tadbiq etish;

□ o'quvchilar mustaqil ravishda amaliy mashg'ulotlarni olib borishi uchun virtual laboratoriyalarni yaratish;

□ o'quvchilarni Internet texnologiyalari hamda tarmoqda joylashtirilgan ta'lim portallari, virtual ta'lim platformalaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish.

Xulosa qilib aytganda, chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik fanini o'qitishda virtual ta'lim texnologiyalaridan foydalanib (virtual video ma'ruzalar, amaliy mashg'ulotlar, stendlar, ko'rgazmali qurollar), o'qitishning shakl va usullarini yanada takomillashtirish lozim. Bunda o'quvchilar fanga oid o'quv materiallarni vizual shaklda o'rganish va amaliy mashg'ulot topshiriqlarini virtual laboratoriyalar yordamida bir necha bor tajribalar o'tkazish imkoniyatiga hamda o'quvchilar fanga oid hodisa va jarayonlarni virtual shaklda ko'rishga, kuzatishga ega bo'ladi. Natijada, ushbu fanga nisbata yanada qiziqishi va motivatsiyasi oshadi. Shu bilan birga, o'quvchilarni bo'sh vaqtini unumli o'tkazishga, fikrlash doirasini yanada kengaytirishga hamda taffakurini rivojlantirishga yordam beradi.

Foydalanilgan manbalar ro'yxati

1. Abulxanova-Slavskaya, KA, faoliyat va shaxsiyat psixologiyasi KA Abulxanova-Slavskaya. - M. Fan, 1980. - 335 p.

2. Agaponov, S. V. Masofaviy ta'lim uchun platformani tanlash: muammolar va echimlar S.V. Agaponov // Ta'lim telekommunikatsiya va axborotlashtirish. - 2005. - № 1. - 48-55.

3. Adolf, V. A. Professional rivojlanish jarayonida o'qituvchining innovatsion faoliyati V.Adolf, N. F. Il'ina. - Krasnoyarsk: Polikom, 2007. -190 p.

4. Astlyayner, G. masofadan o'qitish WWW orqali: Ijtimoiy va hissiy jihatlar G. Astlyayner // Internetda gumanitar tadqiqotlar; tomonidan. A.E. Voyskunsky. - M.: Mozhaisk-Terra, 2000. - S. 333-367.

5. Atanov, G. A. O'quv va sun'iy intellekt yoki Oliy maktabning zamonaviy o'qitish asoslari G.Atanov, I.Pustinnikov. - Donetsk: DOU nashriyoti, 2002. - 504 p.

http://interscience.uz

171

Таълим ва инновацион тадцицотлар (2021 йил №4) ISSN 2181-1709 (P)

ER I---

6. Bobayeva, Yu.P. Axborotlashtirishning psixologik oqibatlari: muammoli bayon Yu.Babayeva, A.E. Voyskunskiy // Ilmiy kengash. - 2005. - № 8. - 83-91.

7.Носов Н. Образование и виртуальнаya реальность / Н. Носов // Дистанционное и виртуальное обуЛени: Дайджест рос. и зарубеж. прессы. - 2000. - № 11. - С. 31-35.

8.Хуторской А.В. О виртуальном образовании / А.В. Хуторской // Дистанционное и виртуальное обучение: Дайджест рос. и зарубеж. прессы. - 2000. - № 1. - С. 25-27.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.