Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI O’RGATISHDA INNOVATSION KLASTER USULINING AHAMIYATI'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI O’RGATISHDA INNOVATSION KLASTER USULINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
66
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MAKTAB / MATEMATIKA / KLISTER / MATNLI MASALA / TA'LIM-TARBIYA / YECHISH / TEXNALOGIYA / O'QUVCHI / USUL / INNOVATSIYA / O'RGATISH / O'QITISH

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Kuzmanova G.B.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablari matematika darslarida o’quvchilarga matnli masalalarni o’rgatishda innovatsion klaster usulidan samarali foydalangan holda ta’limni tashkil etish, masala mohiyatini o’quvchilarga yetkazishda yangi innovatsion ta’lim texnalogiyalari vositasida farzandlarinizni milliy, ummuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash ko’zda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARI MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI O’RGATISHDA INNOVATSION KLASTER USULINING AHAMIYATI»

Kuzmanova G.B.

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti

O'zbekiston Respublikasi

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARI MATEMATIKA DARSLARIDA MATNLI MASALALARNI O'RGATISHDA INNOVATSION KLASTER USULINING AHAMIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari matematika darslarida o'quvchilarga matnli masalalarni o'rgatishda innovatsion klaster usulidan samarali foydalangan holda ta'limni tashkil etish, masala mohiyatini o'quvchilarga yetkazishda yangi innovatsion ta'lim texnalogiyalari vositasida farzandlarinizni milliy, ummuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash ko'zda tutilgan.

Kalit so'zlar: maktab, matematika, klister, matnli masala, ta'lim-tarbiya, yechish, texnalogiya, o'quvchi, usul, innovatsiya, o'rgatish, o'qitish.

O'zbekiston Respublikasida hozirgi paytda umumiy o'rta ta'limni modernizatsiyalash, professional kadrlarni tayyorlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash orqali yoshlarga ta'lim-tarbiya berish hamda "Umumiy o'rta ta'lim" maktab matematika darslarida matnli masalalarni ko'rinishlari yechish uslublarini innovatsion takomillashtirish yollarini ishlab chiqishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida «o'qitish usullarini takomillashtirish, ta'lim-tarbiya jarayoniga klaster usuli asosida shalklantirish va uni amalga oshirish jarayonini tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish, muqobil yondashuvlarni o'rganishga va ilmiy asoslashga yo'naltirilgan amaliy xarakterdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish, zamonaviy ta'lim texnalogiyalaridan foydalanishni kengaytirish» kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirish, jumladan Uchunchi Renesans jarayonida umumiy o'rta ta'limni innovatsion rivojlantirish, ta'lim sifatiga erishish va ta'lim oluvchilarning bilimdonlik darajasini xalqora talablarga yetkazishda "Klaster" usulidan samarali foydalangan holda matematika darslarida mantli masalalarni yechish uslublarini innovatsion takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar amalga oshrilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-martdagi 258-sonli "Toshkent viloyati Chirchiq davlar pedagogika institutining faolyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qaroriga binoan. Chirchiq davlat pedagogika institutida pedagogik innavatsion klasteri tashkil etilgan. Shuningdek matematika darslari yangi innovatsion ta'lim texnalogiyalaridan foydalangan holda tashkil etish, farzandlarinizni milliy, ummuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash borasida ta'lim tizimi sohasida ko'plab ishlar olib borilmoqda.

Klaster - bu "tutam", "bog'lam" degan ma'noni anglatib, u malum bir mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikrlashning notekis shaklidir. Bunda, o'rganilayotgan mavzu yoki obyekt to'g'risidagi asosiy tushunchalarga tayangan holda ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan g'oyalar nomlanadi.

Masalan umumiy o'rta ta'lim maktablarida matematika fanini o'qitish jarayonida "Klaster" metodidan foydalanish ta'lim oluvchilarda ijodiy va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda muhim o'rin tutib, u ta'lim oluvchilarga o'rganilayotgan mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikr yuritishga yordam beradi. Klasterga bo'lish quyidagicha amalga oshiriladi.

/--\

Mavzu bo'yicha yoki berilgan muhim so'z bo'yicha esga kelgan o'zaro mantiqiy bog'liq bo'lgan fikr yoki g'oyalar so'z bilan yozilib ketma-ket joylashtiriladi.

V_/

Ta'lim va tarbiya jarayonida klasterlardan o'rinli va to'g'ri foydalanish nazariy va amaliy materiallar bo'yicha egallagan bilimlarni erkin namoyon etishga yordam beradi.

"Masala" atamasidan hayotda turli sohalarda va turli o'quv fanlarida ya'ni matematika, psixologiya, mantiq, pedagogika, fizika kabi fanlarda keng foydalaniladi. Ushbu atama bilan turli tushunchalar beriladi. O'zbek matematik -pedagog olimlaridan G.Izatayevaning "matematik fanlarni modulli texnalogiya asosida o'qitishning nazaryasi va amalyoti" monografiyasida matnli masalalarning ta'rifi keltirilgan. Unga ko'ra , matnli masalala -bu matematik muommolarni matnlar asosida ifodalash va matnda uning yechimiga ishora qilishdir. Har bir matnli masalada uning yechimi xususiyatlari ifodalangan bo'ladi . Matnli masala o'qilganda uning yechimini topish uchun matn mazmuniga, qo'yilayotgan muommo mohiyatiga va matnda aks etgan yechim ishoralariga diqqat qilinadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matnli masalalarni yechishga o'quvchilarni o'rgatishning innovatsion klister usuli asoslari quyidagilardan iborat:

- Matematika fani mavzularini va o'quv materiallarini mudom yangilab borish, unda ilg'or tajribalarni aks ettirish;

- matnli masalalarning turli variantlarini ishlab chiqish va ularning Matematika fanlari usullari asosida turlicha yechish uslublarini ishlab chiqish;

- o'quvchilarni matnli masalalar yechishga o'rgatishda matematik mutaxasislar, institutlar va ilmiy labaratoriyalarning vakillari yordamidan foydalanish;

- matnli masalalar yechimlarini o'rgatishda umum ta'lim o'rta maktablarining ilmiy va ta'limiy patensiallaridan foydalanish;

- Matematik fanlar bo'yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalarini maktab ta'limiga joriy etish;

- umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Maktab labaratorya" tajriba maydonchalarini tashkil etish va ular yordamida o'quvchilarning matnli masalalarni yechish ko'nikmasini tezkor shakllantirish;

- o'quvchilarda mustaqil fikrlash va matnli masalalarni ijodiy yechimini topish qobilyatlarini tarkib toptirish.

Mazkur asoslar maktab matematika darslarida innovatsion klasterdan oqilona foydalanish imkonyatlarini beradi. Chunki innovatsion klaster usuli pedagogika fanlari doktori U.Xodjamqulovning asoslab ko'rsatishiga ko'ra quyidagi xususiyatlarga ega:

1. Innovatsion klaster subyektlari:

- maktabgacha ta'lim muassasasida;

- umumiy o'rta ta'lim muassasi;

- oliy ta'lim muassasii

- ilmiy tadqiqot institutlari.

2. Innovatsion klaster yo' nalishlari:

- ta'lim;

- ta'lim vositalari;

- ta'lim va fan;

- ta'lim va ishlab chiqarish;

- ta'limni bishqarish.

3. Innovatsion klaster tamoyillari:

- tabiiy aloqadorlik;

- uzviylik va uzluksizlik;

- izchillik;

- vorisiylik;

- yo'naltirilganlik;

- zamonaviylik;

- maqsadni umumiyligi;

- manfatdorlik;

- o'zoro nazorat [3, 27 b.]

Innovatsion klaster usulining maskur asosolari umumiy o'rta ta'lim maktablari matematika darslarida matnli masalalarni yechishga o'rgatish tizimini klasterlash imkonini beradi. Unda o'qituvchilar, o'quvchilar va ta'limdan manfatdor shaxslarning o'zoro hamkorligi, bog'liqligi hamda manfatdorligi yuzaga chiqadi.

Shunday qilib umumiy o'rta ta'lim maktablari matematika darslarida matnli masalalarni o'rgatishda innovatsion klaster usulidan foydalanish yangicha yondashuv hisoblanadi. Bunda ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchilarning teng faolligi asosiy masalasi hisoblanib, uning vositasida maqsadga hamkorlik asosida yetish turadi.

ADABIYOTLAR:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Toshket viloyati Chirchiq davlar pedagogika institutuning faolyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi Qarori.//www.ziyonrt.uz.2019 yil 29-mart.

2. Tojiyev M va bosh. Zamonaviy ta'lim va tarbiya texnalogiyalari.- T.,2017

3.Xodjamqulov U. Pedagogik ta'lim innovatsion klasterining ilmiy- nazariy asoslari.Ped.. .dok... dess.. .Avtoreferati.-Chirchiq.,2020

4. Gulhayo Bakhodirovna Kuzmanova, Nurseit Alijan Ogli Beketov (2020). Use Of Historical Materials In Teaching Mathematics In Continuous Education. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(09), 531537.

5. Kuzmanova G. B. (2021) Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matnli masalalarning ta'limiy ahamiyati. Academic Research in Educational Sciences, 2(3), 1154-1159.

6. Narimbetova Z. A. (2021) Matematika fanida ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilar tafakkurining rivojlantiruvchi omili. Academic research in educational sciences, 2(3), 1253-1261.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.