Научная статья на тему 'SPORT SOHASIDA ILM -FAN TA’LIM MUAMMOLARI VA YECHIMLARI'

SPORT SOHASIDA ILM -FAN TA’LIM MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
4658
139
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sport faolyatida ta‘lim / sport ta’limining asosiy vazifalari va maqsadlarini belgilash / sport ta’lim dasturlarini tashkil etish / jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar bozorini shakllantirish / sportchilarga turli xil sharoitlarda ta’lim berish.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Narziyev Jalalitdin Paygamovich, Boyqobilov Akbar Panj O‘g‘li, Ubbiniyazov Madamin Ismailovich

Maqola jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan ta’lim muammo va yechimlari, sportchilarning jismoniy tarbiya va sport faolyatida professional ta’lim olish ko‘rasgichlarini o'rganish, sport tashkilotlari bilan sport federatsiyalarni professional sport ta’limi bo‘yicha faoliyatini chambarchas bog‘lash, kerakli yakuniy natijalarni olish uchun sport sohasida ta’limning muammoli vaziyatlar va sport tashkilotlari o‘rtasida turli sport ta’limi tadqiqotlarini shakllantirishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORT SOHASIDA ILM -FAN TA’LIM MUAMMOLARI VA YECHIMLARI»

^SPORTS^

YECHIMLARI

Narziyev Jalalitdin Paygamovich

O'zDJTSU

"Sport menejmenti va iqtisodiyot" kafedrasi i. f. n dotsenti "Sport menejmenti va iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Boyqobilov Akbar Panj o'g'li

O'zDJTSU

"Sport menejmenti va iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi Ubbiniyazov Madamin Ismailovich

O'zDJTSU akbarbovqobilov436@gmail, com O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Chirchiq shahri, O'zbekiston Respublikasi https://dolorg/10.5281/zenodo.7480537

Annotasiya: Maqola jismoniy tarbiya va sport sohasida ilm-fan ta'lim muammo va yechimlari, sportchilarning jismoniy tarbiya va sport faolyatida professional ta'lim olish ko'rasgichlarini o'rganish, sport tashkilotlari bilan sport federatsiyalarni professional sport ta'limi bo'yicha faoliyatini chambarchas bog'lash, kerakli yakuniy natijalarni olish uchun sport sohasida ta'limning muammoli vaziyatlar va sport tashkilotlari o'rtasida turli sport ta'limi tadqiqotlarini shakllantirishdir.

Kalit so'zlar; Sport faolyatida ta'lim, sport ta'limiting asosiy vazifalari va maqsadlarini belgilash, sport ta'lim dasturlarini tashkil etish, jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar bozorini shakllantirish, sportchilarga turli xil sharoitlarda ta'lim berish.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil ll-noyabrdagi 414-sonli qarorida ta'kidlab o'tilganidek, Jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta'lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg'or xorijiy sport-ta'lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish ko'zda tutilgan.

Ta'lim dasturlari xalqaro reytingda yuqori bo'lgan xorijiy oliy ta'lim muassasasining dasturiga ko'ra shakllantirilsin, jahondagi yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda talabalarning akademik almashinuvini ta'minlash hamda ta'lim olishiga keng sharoit yaratish uchun bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va

magistratura mutaxassisliklari akkreditatsiyadan o'tkazish hamda talabalarda sport mahoratini doimiy ravishda yuksaltirish hamda ularning personalini trayektoriyalar bo'yicha variativ (o'zgaruvchan) o'quv rejalari asosida ta'Iim olishlari uchun o'quv jarayonini kredit-modul tizimi asosida tashkil etish, iqtidorli (qoida tariqasida, a'lo baholarga bitirgan) bitimvchilarning bitiruv oldi amaliyotiiii ularni milliy terma jamoalarning xorijda o'tkaziladigan o'quv-yig'in mashg'ulotlari hamda xalqaro musobaqalar jarayoniga jalb etish orqali tashkil etish, talabalarning o'zlashtirgan bilimi, malaka va ko'nikmalariiii amaliyotda qo'llash darajasidan kelib chiqib, iqtidorli bitiruvchilarga sport bo'yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener malaka toifasini belgilovchi guvohnomalar berishni nazarda tutadi [1].

Sportni rivojlantirish, jamiyatimizda sog'lom turmush tarzini keng qaror toptirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o'rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan bin etib belgilandi.

O'tgan yillar davomida bu borada keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi va ulkan natijalarga erishildi. So'nggi besh yilda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun

1 trillion 230 milliard so'm byudjetdan ajratilgan hamda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasining mablag'lari ham sarflangan.

Bugungi kunda bolalarni sport bilan shug'ullanishga ommaviy jalb etishni yanada kengaytirish maqsadida 1700 ta bolalar sporti obyektida 114, 8 mingga yaqin sport seksiyalari faoliyat yuritayotgan bo'lib, bu 2020-yilgi ko'rsatkichlardan 30 foiz ko'p deganidir.

Respublikadagi barcha umuta'lim maktablari, bolalar va o'smirlar sport maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport zallarida hamda sport klublarida tashkil etilgan sport seksiyalari va guruhlariga 3, 6 milliondan ziyod aholi jalb etilgan. Ulardan 2, 1 milliondan ziyodini umumta'lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning o'quvchi - yoshlari tashkil etadi.

Respublika bo'yicha sport inshootlarida bugungi kunda 10 ming 75 nafar o4qituvchi-murabbiylar faoliyat yuritayotgan bo'lsa, ulardan 4 ming 667 nafari oliy ma'lumotli (43, 4 foiz, 5 ming 599 nafari o'rta-maxsus ma'lumotli (56, 6 foiz) hisoblanadi [2].

Bugun mamlakatimiz torn ma'noda sport mamlakatiga aylanmoqda. Yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi keng qaror topib, sportning ommaviyligi ta'minlanmoqda. O'zbekiston sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g'alabalarni qo'lga kiritib, mamlakatimiz sport salohiyatini butun dunyoga namoyon qilmoqda. Birgina 2016-yili Braziliyada o'tgan Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida sportchilarimiz erishgan natijalari jahon sport jamoatchiligiga mamlakatimizni sporti jadal rivojlanayotgan davlat sifatida tanitdi. Bu bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Lekin erishilgan natijalar, qo'lga kiritilgan yutuqlarni e'tirof etgan holda jismoniy tarbiya va sport sohasini tashkil etish va boshqarish tizimini takomillashtirish, sohaning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, hududlarda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularga yetarlicha sharoitlar yaratish, sohada malakali kadrlar tayyorlash, sport tadbirlaiitii tashkil etish borasida jiddiy kamchilik va muammolar mavjud ekanini ham aytish zarur. Masalan, bugungi kunda Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi 9 698 ta umumta'lim maktabining 67, 6 foizida sport zallan mavjud bo'lsa, 32, 4 foizida sport zallari yo'q. Maktablarda jami 25 ming 603 nafar jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'qituvchi faoliyat ko'rsatadi. Ularning 17 ming 735 nafari (69, 2 foiz) oliy ma'lumotli, 7 ming 868 nafari (30,8 foiz) o'rta maxsus ma'lumotga ega [3].

Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'rta maxsus ma'lumotli o'qituvchilar soni Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Xorazm viloyatlarida ko'pchilikni tashkil etadi. Jismoniy tarbiya fani bo'yicha o'qituvchilar uchun o'quv- metodik qo'llanma 2003-yilda yaratilgan bo'lib, hozirga qadar mazkur qo'llanma chop etilmagan. Respublika hududida 225 ta sport maktabi mavjud bo'lib, bulardan 53 tasi sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabidir. Mazkur maktablarda jami 318 693 nafar, shundan 97 ming nafari qiz bolalar sport turlari bilan muntazam shug'ullanadi, bu umumiy maktab o'quvcMlarining faqatgina 7,1 foizi deganidir [3].

Shuningdek, mahoratli sportchilar kasb-hunar kollejlari, ayniqsa, olimpiya zaxiralari kollejlarini bitirgandan so'ng, bitiruvchi-sportchilarni ishga joylashishi yoki oilani moddiy tomondan ta'minlash muammosiga duch kelishi bois, endigina yuqori natijalar ko'rsatadigan vaqtda katta sportni tashlab ketishi yoki chet davlatlariga ketib qolish holatlari eng dolzarb muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Awalgi yillarda topshirilgan sport inshootlarini talab darajasida saqlash, ulardan samarali foydalanish borasida nuqsonlar mavjud [4].

Ushbu farmonga binoan O'zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tashkil qilinib, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tuzilmasidagi barcha sport inshoatlari shulardan, 225 ta sport maktablari, 37 ta sport yo'nalishidagi maktab-internatlari, sportni rivojlantirish vazirligi tasarrufiga o'tkazildi[4]. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad - O'zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish orqali Olimpiya harakatini kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar safini yanada kengaytirish, bolalarning jismoniy tayyorgarligi va sog'lig'ini yaxshilash, o'zbek sportchilarming Osiyo va Olimpiya o'yinlari, turli nufuzli xalqaro musobaqalardagi samarali ishtirokini ta'minlashdan iborat.

Shu bilan birga, qo'mitaning asosiy vazifa va yo'nalishlari - bolalarning sport bilan shug'ullanishlari uchun sharoit yaratish, ayniqsa, bu ishlarni qishloq joylarda takomillashtirish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzi bo'yicha ko'nikmalar hosil qilish, bu boradagi tajribasi va bilim darajasini oshirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismoniy tarbiya va ta'lim jarayonining sifatini tubdan yaxshilash, yuqori

malakali sportchilarni samarali tayyorlashning yaxlit tizimini yaratish, trener-o'qituvchilarni, ayniqsa, ayol trener-o ' qituvchilarni tayyorlash tizimini yanada mustahkamlash, zamonaviy ixtisoslashtirilgan sport inshootlarini qurish, mashg'ulotlar va musobaqalarni o'tkazish uchun zamonaviy sport uskuna va jihozlar bilan ta'minlash kabi muhim vazifalar belgilab qo'yildi [5].

O'z navbatida, Sportni rivojlantirish vazirligi oldida turgan asosiy vazifalardan biri -sport sohasidagi qonunlar, me'yoriy-huquqiy hujjatlarni zamon talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqish, takomillashtirish va tatbiq etish ekanini alohida ta'kidlab o'tishjoiz.

Qisqa vaqt mobaynida O'zbekiston sportchilarini 2021-yil Tokio shahrida (Yaponiya) boiib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashga oid, «Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ehora-tadbirlari to'g'risida», "O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida", "Nuiuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida"gi qarorlar ishlab chiqildi va prezidentimiz tomonidan imzolandi[2]. Taklif va mulohazlar. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida»gi qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, sport klublarini tashkil etish, sport sohasidagi faoliyatni baholash tizimini yaratish, sport turlari va sport turining tarmoqlarini e'tirof etish, ularni sport turlari reestriga kiritish hamda ushbu reestrni yuritish tartibi to'g'risidagi nizom, sport hakamlari va sport hakamlarining malaka toifalarini berish tartibi to'g'risidagi nizomi hamda, O'zbekiston Respublikasi yagona sport tasnifî to'g'risidagi nizomni tasdiqlash yuzasidan tegishli hujjatlar tayyorlash va amaldagi hujjatlarni takomillashtirish bo'yicha takliflar ustida ish olib borilmoqda. Ta'kidlab o'tilgan hujjatlar mamlakatimizda sport sohasini taraqqiy toptirishning o'ziga xos poydevori bo'lib xizmat qilishi shubhasiz. O'zbekiston Respublikasi PrezidenlMng "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda ushbu qarorga muvofîq "O'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturi"ning qabul qilingani bu boradagi yechimini kutayotgan masalalarni ijobiy hal qilishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 9-martdagi O'zbekiston sportchilarini 2021-yil Tokio shahrida (Yaponiya) bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorlashga oid qarori ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi, sport tashkilotlari bilan birga iqtidorli sportchilarni saralash va terma jamoalarni shakllantirish, sportchilarning mahaliy va xorijiy o'quv-mashg'ulot yig'inlarini tashkil etish, ularning nufuzli musobaqalardagi munosib ishtirokini ta'minlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ularning nufiizli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etadigan sportchilar zaxirasini tayyorlashda munosib bissa qo'shishlariga imkoniyat yaratadi.

So'nggi davrda Osiyo va jahon chempionatiarida sportchilarimiz erishayotgan yutuqlar soni va salmog'i sezilarli darajada o'sdi. Jumladan, joriy yilning yetti oyi mobaynida mamlakatimiz vakillari xorijda o'tkazilgan 120dan ziyod nufuzli musobaqada vatanimiz sharafmi munosib himoya qilishdi. O'zbekistonlik sportchilar jami 773 marotaba shohsupaga ko'tarilishdi: 292 ta oltin, 221 ta kumush, 261 ta bronza medali qoiga kiritildi. May oyida Toshkentda boks bo'yicha o'tkazilgan Osiyo chempionatida sportchilarimiz o'nta vazn toifasidan to'qqiztasida oltin medallarga sazovor bo'lishgani xalqimizning kayfíyatini ko'tardi, ajoyib quvonchli lahzalarni hadya etdi. Sportni rivojlantirish vazirligi tizimidagi mutaxassislar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama sog'lom va barkamol voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, xalqaro sport maydonlarida Vatanimiz sharaûni munosib himoya qilishga qodir sportchilarning iste'dodini yuzaga chiqarish uchun barcha ishlarni amalga oshirishni ustuvor vazifalar bo'lib xisoblanadi.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 noyabrdagi «jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlami tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PQ- 414-sonli qarori.

2. O'zbekistonda sportni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqishning o'ziga xos-xususiyatlari. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent A. A. Tillyaxodjaev Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent J. P. Narziev FAN-SPORTGA, 2022/lson

3. K. Ziyodullayev, K. Yarashev, Babajanov R. Jismoniy atrbiya va sport menejmenti. 2020 Darslik 281 b

4. Nabiullin R. X, Jismoniy tarbiya va sport menejmenti 2016 yil 294 b Darslik

5. Qosimova M. S, Menejment nazariyasi T: TDIU 2011 Darslik

6. Nabiullin R. X, Jismoniy tarbiya va sport menejmenti T: O'qituvchi 2008 Darslik

7. Qosimova D. S. Menejment nazariyasi: Darslik - Toshkent, «Tafakkur-bo'stoni». 2011.336 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.