Научная статья на тему 'TA’LIMDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI QOʻLLASH AHAMIYATI'

TA’LIMDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI QOʻLLASH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

51
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnalogiyalar / “Raqamli – Oʻzbekiston” / axborotkamunikatsiya / kasbiypedagogik / infratuzilma

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mahfuza Qayimjon Qizi Eshquvvatova, Shahnoza Shuhratjon Qizi Orifova

Ushbu maqolada Raqami texnalogiyalardan foydalanishning ahamiyati shuningdek raqamli texnalogiyalarga oid qarorlar, ta‟lim tizimida raqamli texnalogiyalarning oʻrni va ahamiyati haqida soʻz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI QOʻLLASH AHAMIYATI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

m

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI QO'LLASH AHAMIYATI

Mahfuza Qayimjon qizi Eshquvvatova Shahnoza Shuhratjon qizi Orifova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Tarix yo'nalishi 3-bosqich talabalari

Ushbu maqolada Raqami texnalogiyalardan foydalanishning ahamiyati shuningdek raqamli texnalogiyalarga oid qarorlar, ta'lim tizimida raqamli texnalogiyalaming o'rni va ahamiyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: raqamli texnalogiyalar, "Raqamli - O'zbekiston", axborot-kamunikatsiya, kasbiy- pedagogik, infratuzilma

Hozigi kunda O'zbekistonda dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlarda bo'lgani kabi postindustrial information jamiyatning shakllanishi davom etmoqda, uning o'ziga xos belgisi ijtimoiy mehnat taqsimotida og'irlik markazining moddiy ishlab chiqarish sohasidan axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT)ni qo'llash asosida axborotni olish, qayta ishlash, yetkazish, saqlash,taqdim,etish shuningdek foydalanish sohasiga o'tishidan iborat. Raqamli texnologiyalar yurtimizda ta'lim tizimiga ham joriy qilinmoqda.

Raqamlardan foydalanishga asoslangan shuningdek joriy etilayotgan texnalogiyalarning so'zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish, robotlar va tashkilot xodimlari o'rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog'liq bo'lgan masalalar ko'proq e'tiborga olinmoqda.

Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek , "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi [1].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroqda ekanligi alohida ta'kidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, shuningdek ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi,

ANNOTATSIYA

natijadorlikni oshirishi, bir so'z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkinligi asoslab berildi.

October 20, 2023

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan "Raqamli O'zbekiston - 2030" dasturini ishlab chiqish va joriy etish vaziflari belgilandi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg'or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga yanada keng imkoniyatlar yaratadi [2].

Hozirgi kunda oliy ta'lim tizimida texnologik ta'lim yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarda sanoatlashgan mamlakatlarda ta'lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko'nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni o'zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma'lumot olish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, inson kapitali va imijiga zarur miqdordagi investitsiyalarning sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o'rta bo'g'in rahbar va xodimlarning past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag'batning yo'qligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro'sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o'z yechimini kutmoqda [3].

Pedagogika oliy ta'lim muassalarida raqamli texnologiyalar asosida o'quv jarayonlarini tashkil etishga qo'yilayotgan talablar mazkur jarayonni texnologiyalashni, ya'ni butun ta'lim jarayonining har bir bosqichini alohida loyihalash, o'qituvchining maqsadi va talabalarning vazifalarini oydinlashtirish, ta'lim metodlarini to'g'ri tanlash, mashg'ulotdan kutiladigan natijalarni oldindan belgilashni shart qilib qo'ymoqda.

Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqligi ta'kidlanadi:

o'qituvchi-talabalar hamkorligida o'qitish shakllari, ta'lim texnologiyalari hamda metodlarini takomillashtirish;

-o'qituvchining kasbiy-pedagogik bilimdonligi va kasbiy madaniyatini rivojlantirish;

hamkorlikka asoslangan o'quv-biluv jarayonida qulay didaktik vaziyatlarni vujudga keltirish;

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

974

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

я

hamkorlikka asoslangan o'quv-biluv jarayonida o'qituvchining pedagogik jarayonni loyihalashtirish imkoniyatlarini rivojlantirish;

o'qituvchida loyihalashga asoslangan o'quv-biluv jarayonini tashkil etish va boshqarish [4].

Alohida takidlash joizki, bugungi kunda hayotimiz raqamli texnologiyalar bilan uzluksiz bog'liq.yani ertalab soat bongidan to kun rejasini tuzish, o'qiah bilan yakunlangincha.

Xulosa o'rnida aytish joizki, ta'limda raqamli texnalogiyalardan foydalanish bir tomondan muommo va qiyinchiliklarni keltirib chiqarsa boshqa tomondan samarali va turli yutuqlarni qo'lga kiritishga imkon beradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shu.M. Mirziyoev ning 2020-yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yoldaman Murojaatnomasi. 202 y.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947 -son Farmoni.

3. Orishev J.B. Bo'lajak texnologik ta'lim o'qituvchilarini tayyorlashda axborot texnologiyalarining o'rni // Tafakkur ziyosi. Ilmiy metodik jurnal. 2020.№2, B.216-

4. Orishev J.B. Paqamli texnologiyalarning ta'lim jarayonini tashkil etishdagi o'rni // Ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalari" mavzusida Xalqaro ilmiyamaliy anjuman materiallari. Jizzax 23 aprel. 2021 y

5. Саъдуллаева, М. Х. (2022). IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.021 Sa'dullaeva Mahfuza Husenovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti "O „zbekiston tarixi" kafedrasi o „qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (10), 189-195.

6. Sa'Dullaeva, M. H. (2022). MNEMONIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TARIXIY BILIMLARGA XOS KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH. Academic research in educational sciences, 3(10), 206-212.

218

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.