Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023
Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
TA'LIMDA RAQAMLI TEXNALOGIYALARNI QO'LLASH AHAMIYATI
Barchinoy Fayzulla qizi Tursunboyeva Madina Murotali qizi Jo'rayeva
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada muallif ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb jihatlari va ahamiyatini nazariy asosda yoritib, o„z tavsiyalarini bergan.
Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, dars, internet, farmon, qaror, ta'lim tizimi.
ABSTRACT
In this article, the author gave his recommendations, highlighting on a theoretical basis the actual aspects and importance of using digital technologies in education.
Keywords: digital technology, lesson, internet, decree, decision, education system.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi bevosita ta'lim tizimiga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham ta'limning barcha bo'g'inlarida yanada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida sohada keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish, xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi Yangi O'zbekiston sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir sohaning taraqqiyoti aynan, shu soha vakillari yoki mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri va malakasi hamda shu yo'nalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini qanchalik o'zlashtirganligi bilan belgilanadi.
Shuning uchun ham Vatanimizning ertangi kuni va uning mustahkam poydevorini yaratuvchisi bo'lgan yosh avlodning ta'lim va tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlaridagi tarbiyaviy jihatlarni yoshlarning ma'naviyatiga singdirib borish va Yangi O'zbekistonning ertangi kunini egalari bo'lgan yoshlarning tarbiyasi bugungi zamonaviy ta'lim tizimini qay darajada rivojlanganligiga bog'liq. Shu sababdan ham milliy ta'lim tizimini tubdan yangilashning muqobil yechimlarini topish va amaliy faoliyatga joriy etish har birimizning asosiy maqsadimiz ekanligini unutmasligimiz darkor.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalarida faol qo'llanilmoqda. iqtisodiyot, bank, xizmat sektori shuningdek ta'lim jarayonini ham tez suratlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxo'rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
990
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni
etish samaradorli
jort^
shakllantirmoqda. Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar o'rtasidagi raqobat masalasi ham ko'tarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so'zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy malumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari o'rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog'liq masalalar tobora ko'proq e tiborga olinmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev takidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi [1].
Ta'lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan ko'plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda talimni "raqamlashtirish" muammolari, uning shakllanishiga ta'siri bo'yicha birorbir davlat loyihasi yoki so'rovnoma asosida tadqiqotlar o'tkazilmaganligi ham muhimdir [2].
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni barcha sohalarda, ya'ni, sanoat, iqtisodiyot, bank va boshqa sohalarda joriy etish bilan cheklanib qolgan edik. Bugungi kunda esa raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e'tiborga olib, raqamli rivojlanish bo'yicha barcha soha rahbarlarining o'rinbosarlari lavozim tarkibiga kiritilmoqda [3].
Haqiqatdan ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish raqamli texnologiyalardan samarali va unimli foydalanishni talab etadi. Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun bunday texnologiyalar borasida mutaxassis kadrlardan kuchli bilim va tajribalarga ega bo'lishni taqoza etadi. Sohalararo zarur bo'lgan yetuk mutaxassis kadrlar ta'lim dargohlarida tayyorlanadi. Shunday ekan, ta'lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, biz ko'zlayotgan maqsadlarimizni ro'yobga chiqarishning zaruriy omili bo'lib xizmat qiladi[4]. Mamlakatimizni yuksaltirishga qaratilga ushbu maqsadlarimizni nazarda tutib, ta'lim tizimining barcha yo'nalishlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan faoliyatni yanada takomillashtirishda davlat tomonidan quyidagi:
birinchidan, mamlakatimizda Internet tezligini yanada oshirish va aloqa sifatini yuqori darajaga ko'tarish, bir so'z bilan aytganda, Internet ijtimoiy tarmog'i tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarning yuqori darajada ta'minlanganligi;
ikinchidan, raqamli texnologiyalar va ta'lim texnologiyalari hamda IT-sohasi o'rtasida mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishga qaratilgan faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish;
uchinchidan, IT-sohasi va raqamli texnologiyalarning ahamiyati va foydali jihatlari hamda ulardan foydalanish tartiblarini mujassamlashtiruvchi mavzularga oid ma'ruza yoki seminar darslari uchun mo'ljallangan interfaol - multimediali taqdimotlarni yaratish bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan kurslarni muntazam tashkil etish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etmog'i lozim[5]. Shundagina, biz ta'lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish hamda amaliyotda qo'llash orqali yoshlarga bugungi kun talablari darajasida bilim berishga erishishimiz mumkin.
Xulosa qilib aytganda ta'lim tizimida axborot texnologiyalarini ta'lim tizimida qo'llashni umumlashtirib shuni takidlab o'tish mumkunki , bugungi
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
991
Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital
^echnoogieS^g^^iEaUmiiomaiPrSCmm
Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni ^^i
kun auditoriyalari o'n yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, iPad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi ta'lim texnologiyalari bilan jihozlangan. Dunyoning boshqa joylarida bo'lgani kabi O'zbekistonda ham raqamli avlodning yangi ekranli avlodi -televizor, kompyuter, planshet,fablet, smartfon va smartsoatlari paydo bo'lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega bo'lish va u bilan doimiy o'zaro munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Raqamli avlod ota-onalarimiz o'rgangan uslubda o'qitilishi mumkin emas va bo'lmasligi ham kerak. Bu avlodni o'qitishda qora doska va oq bo'rdan foydalanish ham mumkin emas. Qora doskani oqiga va bo'rni markerga o'zgartirish hech narsani o'zgartirmaydi, ya'ni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish ko'nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo'la olmaydi. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, o'qituvchilar talabalarning ehtiyojlariga yo'naltirilgan interfaol o'quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi. O'qituvchining obro'si va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas,balki muayyan o'quv materialini to'plash, qayta ishlash va o'qitishda o'qituvchining qanchalik zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash darajasiga bog'liq bo'ladi. Boshqacha qilib aytganda, raqamli asrda ta'lim qayta ko'rib chiqilishi va ta'lim paradigmasi o'zgartirilishi shart,sababi talabalar ortiq an'anaviy uslubda o'qishni xohlamaydilar va o'qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o'qitishni davom ettirishlari kerak emas,balki yang innovatsiyalarni darsda qo'llay bilishi kerak.
REFERENCES
l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.
2. Abdullayev M., Saidahror, G., & Ayupov, R. Raqamli iqtisodiyot - kadrlar tayyorlashning dolzarb yo'nalishlari. 2020 y.
3.Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital economy in the development of information and communication technologies // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 10 (3), 25-31
4. Sh.A.Abduraxmanova, & X. Jo'rayev. (2022). MODERN WEB TECHNOLOGIES USED IN PROFESSIONAL EDUCATION. Conference Zone, 178-179. Retrieved from http://conferencezone.org/index.php/cz/arti cle/view/248
5. Shaxnoza Abduhakimovna Abduraxmanova. (2022). INDIVIDUALIZATION OF PROFESSIONAL EDUCATION PROCESS ON THE BASIS OF DIGITAL TECHNOLOGIES. World Bulletin of Social Sciences, 8, 65-67. Retrieved from https://scholarexpress.net/index.php/wbss/article/view/721
October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
992