Научная статья на тему 'ADABIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

ADABIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

118
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy talab / raqamli texnologiyalar / adabiy ta‘lim / axborotkommunikatsiya texnologiyalari / ta‘lim tizimi / zamonaviy ta‘lim / raqamli bilimlar / Internet tizimi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — R. B. Rasulova

Ushbu maqolada umumta‘lim maktablari adabiy ta‘limida raqamli texnologiyalarni qo‗llash asosida o‗quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo‗nalishlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ADABIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

g

ADABIY TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

ISTIQBOLLARI

R. B. Rasulova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, gumanitar fanlar fakulteti, o'zbek adabiyotshunosligi kafedrasi katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada umumta'lim maktablari adabiy ta'limida raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida o'quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy talab, raqamli texnologiyalar, adabiy ta'lim, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta'lim tizimi, zamonaviy ta'lim, raqamli bilimlar, Internet tizimi.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalar ta'limning barcha tizimlarida faol qo'llanilmoqda, shuningdek ta'lim jarayonini tez sur'atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatda barcha ta'lim tizimlarida, jumladan, maktabgacha ta'lim bosqichlaridan oliy ta'limgacha ham raqamli texnologiyalar orqali darslarni tashkil etish jamiyatda munosib baholanmoqda. Bundan tashqari, dars jarayonlarining samaradorligini oshirish hamda yoshlar o'rtasidagi raqobat masalasi ham ko'tarilmoqda. Yurtimizda amalga oshirilayotgan ta'limiy islohotlar fan va texnika, sport va intellektual salohiyat, kreativlik tafakkur va ijtimoiy-madaniy muloqot sohalarida dunyo miqyosida o'z tengdoshlari orasida raqobatlasha oladigan o'quvchi shaxsini tarbiyalashga qaratilgan. Iqtisodiyotda ro'y berayotgan jarayonlar dinamikasi iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasida ta'limini rivojlantirish bo'yicha takliflarni tahlil qilish va ishlab chiqishda ta'lim hamjamiyatining faol pozitsiyasini talab qilmoqda. Bugungi kunda raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning so'zsiz foydasi bilan yoshlar o'rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlariga bog'liq masalalar tobora ko'proq e'tiborga olinmoqda. Taraqqiyotga erishishimizda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish zarur va shart. Bugun barcha sohalarga axborot texnologiyalari shiddatli kirib bormoqdaki, pedagoglarimizdan ham bu jarayonda faollikni oshirishlari talab etiladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, oldin raqamli texnologiyalarni ba'zi sohalarda

ANNOTATSIYA

joriy etish bilan cheklanib qolingan edi. Bugungi kunda esa

October 20, 2023

g

raqamli iqtisodiyot shiddat bilan rivojlanib borayotganini e'tiborga olib, raqamli rivojlanish bo'yicha barcha soha vakillarining faolligini ta'minlash vazifasi kiritilmoqda. Respublikamiz ta'lim tizimi zimmasiga raqamli texnologiyalarni qo'llash, ularning imkoniyatlaridan foydalanib o'quv jarayonini rivojlantirishning zarur yo'nalishlarini aniqlash maqsadi qo'yilgan ekan, bundan adabiy ta'limda ham samarali foydalanisni zarur. Raqamlashtirish yo'nalishi bo'yicha faollashtirish, ayniqsa, badiiy asarlar tahlilida, adabiyot darslarida amalga oshirilsa yoshlar tarbiyasiga ham sezilarli ta'sir etishi mumkin. Chunki, bugungi kunda raqamli texnologiyalar barcha sohalarda "faol", ayniqsa, ta'lim - tarbiyada ham foydalanish yuqori darajalarda qo'llab-quvvatlanmoqda. Barcha soha o'qituvchilari, ayniqsa, borliqni bilish vositasi hisoblanmish adabiyotni o'qitishda ham raqamli texnologiyalarni qo'llash zamon talabidir. Bu fanning bosh vazifasi o'quvchilarning ma'naviy boyligini, insoniyligini o'stirish va adabiy boyliklarimizni to'liq o'zlashtirib olishlarini ta'minlashdir. Ma'lumki, jamiyatda muloqot aloqaning zaruriy vositasidir. Adabiyotning olamni tanish vositasi sifatidagi ahamiyati uzluksiz ortib bormoqda. Adabiyot borliqni oqilona, mantiqiy bilish vositasi bo'lib, u yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog'lash amalga oshadi. Adabiyot va nutq tafakkur bilan uzviy bog'lanadi. Shu sababli adabiyotni raqamli texnologiyalardan unumli foydalangan holda egallash, tafakkurni o'stirishga xizmat qiladi, tafakkurni o'stirish bilan o'quvchining fikrlash qobiliyati ham o'sib boradi. Qanchalik qiyin bo'lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, keyin kech qolishimiz mumkin. Raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish bilan, qisqa vaqt ichida ta'lim jarayonlari sifatini keskin yaxshilash mumkin. Avvalo, raqamli texnologiyalarning qanday shaklda joriy etilishi bo'yicha tahlillar amalga oshirilishi shart. Raqamli texnologiyalarni joriy etishga ilmiy asoslangan yondashuvni shakllantirishga jiddiy tayyorgarlik ko'rilmog'i hamda mavjud bo'lgan amaliyotni o'rganish, tizimlashtirish va umumlashtirish talab etiladi. Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta'sirining sifatini yaxshilash va adabiyot fanidan taklif etilayotgan ko'plab asarlarni jiddiy tahlil qilish mumkin. Shu bilan birga, darsning qiziqarliligini ta'minlashda va bilishdan zavqlanish hissini paydo qilishda ham raqamli texnologiyalarning o'rni katta. Hissiyot o'quvchini muammoning ichiga kirishga undaydi. Ko'ngil ochish hislari bilan bi lim olishdagi hislarning farqi shunda.

Ta'lmda raqamli texnologiyalarni o'qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo'llash uchun barcha chora-tadbirlardan

foydalanmoq shart. Ayniqsa, ijodkor yoshlarni raqamlashtirish

October 20, 2023

g

g

loyihalariga jalb qilish bilan ularning AKT sohasidagi savodxonliklarini oshirib borish zarur. Raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, mediastudiyalarga o'quvchilarni a'zo qilish ham yaxshi samara beradi, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasi ta'minlanishi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratiladi. Axborot texnologiyalari bugungi ta'limda o'quv jarayoni sifatini oshirishning zamonaviy va samarali vositasi bo'lib bormoqda. Adabiyot darslarida interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, internet bilan bog'liq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi jarayonlarni ko'paytirmoq zarur. AKTlardan foydalanish va oldindan loyihalashtirish, dars zamon talablariga javob beradigan tarzda tashkil etilishiga, samaradorlik oshishiga yordam beradi. Materialning ekranda ko'rsatilishi, muammoli vaziyatlarning namoyishi jarayonni faollashtiradi, dars yutug'ini kuchaytiradi. Bu o'qituvchilarni o'z ustida ishlashlari, materiallarni tayyorlashda shartlarni o'zlari DTS asosida tanlab olish, ya'ni bir xillikdan qochishni ta'minlaydi. O'qituvchi o'quvchilar bilimlari xususiyatidan va dastur talablaridan kelib chiqib, matnni tanlash imkoniyatiga ega. Dars o'tkazish jarayonida o'qituvchi quyidagi ish shakllaridan foydalanadi:

• CRC va ESD bilan ishlash;

• multimédia ko'magidagi topshiriqlar;

• multimédia prezentatsiyalarini yaratish;

• sinfda va sinfdan tashqari ishlarda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish, kitobxonlik tadbirlari o'tkazish, o'quvchilar tadqiqotlari to'g'risida hisobotlarini namoyish etish;

• ma'lumot izlash, tarmoqdan topilgan manbaga sharhlar yozish, berilgan mavzu bo'yicha Internet-resurslarning izohli ro'yxatlarini yaratish;

• kompyuterda ishlashni o'rgatish;

• interfaol test yordamida mashg'ulotlarni boshqarish.

Real vaqt rejimida interfaol taqdimot tizimlari, videotopishmoqlardan foydalanib istalgan vaqtda darslarda zamonaviy o'qitish jarayonini amalga oshirish mumkin. Buning uchun avvalo, bulutli texnologiyalar, virtual voqelik, kengaytirilgan voqelikdan foydalanish hamda didaktik materiallar va tajriba dizaynlarini ishlab chiqishda 3D printerini qo'llash, raqamli didaktika va raqamli ta'lim modellarini qo'llash, o'qituvchilar va o'quvchilar uchun loyihalar, ijodiy ishlari, ilmiy izlanishlar va boshqalarini muhokama qilish uchun ilmiy veb-saytlar ishlab chiqish lozim. Shundagina, biz raqamli texnologiyalardan

foydalanib ta'lim sifatini tushirmagan holda yoshlarga bugungi

October 20, 2023

g

g

kun talabi darajasida bilim olishlariga erishamiz. Dunyoning boshqa joylarida bo'lgani kabi O'zbekistonda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo bo'lmoqda. Bunday zich raqamli muhitga ega bo'lish va u bilan doimiy o'zaro munosabat natijasida bugungi kun yoshlarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qilmoqda. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari va didaktik modellarni qo'llash orqali ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zarur. Yangilik - bu pedagogika fani yutuqlarini amaliyotga joriy etish, ilg'or pedagogik tajribalardan foydalanish jarayonida o'quv-tarbiya kechimining yangi sifatga ega bo'lishini ta'minlaydigan vositalardan iborat. Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari - ta'lim tizimidagi barcha muammolarga yechim emas, balki raqamli avlod uchun darslarni ma'lumotlarga boy va interaktiv qilib amalga oshirish vositasidir. Shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, o'qituvchilar o'quvchilarning ehtiyojlariga yo'naltirilgan interfaol o'quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi. O'qituvchining obro'si va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina fan mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan o'quv materialini to'plash, qayta ishlash va o'qitishda o'qituvchining qanchalik zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash darajasiga bog'liq bo'ladi. O'quvchilarning kitobxonlik darajalarini oshirishda ham AKT vositalaridan foydalanishni yo'lga qo'yish kutilgan natijalarni berishi mumkin. Axborot-kommunikatsiya (elektron ta'lim resurslari; kompyuter darsliklari; o'tgan materialni avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish, no'ananaviy-mantiqiy test) singari nazoratni amalga oshirish bilan birga o'quvchilarda kommunikativ kompetentlikni rivojlantirish, mediasavodxonlik darajasini shakllantirishda asos bo'ladi. Taqdimotlar, ya'ni "Video topishmoqlar", animatsiyalar, audio va video lavhalar, diafilmlar bilan ishlash, musiqiy toshiriqlar, QR-kodli topshiriqlar, ijodiy va amaliy ishlar o'tkazilishi barcha o'quvchilarni qamrab olinishida ahamiyatlidir. O'quvchilarning badiiy asarlarga qiziqishlarinini oshirishga yo'naltirilgan "Pochta o'yini" metodini fikrlarimizning isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Bu o'yin bilan klassik ta'limni birlashtirishga tengdir. Quyida ushbu metod bilan ishlash jarayonlari bilan tanishtiramiz. Ushbu o'yin jami 14 ta taqdimotdan iborat bo'lib, asar tahliliga mo'ljallangan savol va topshiriqlardan iborat.

October 20, 2023

jort^

gi

1. O'yin boshlanishdan oldin:

Ko'zlarni harakatlantirish orqali konvertlarni ochamiz:

2. Pochtadan kelgan xatdagi savollar oynasi ochiladi:

Savollarni navbat bilan tanlab, ustiga bosiladi va savollar ochiladi.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

345

gi

Savollar ekranda namoyon bo'ladi.

QR-kodli topshiriqlar ham asarlarni jonli tarzda namoyish etishda muhim ahamiyatga ega:

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

346

gi

Musiqiy toshiriqlar esa o'quvchilarni yanada asar qahramonlariga yaqmlashtiradi.

Biz ta'lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istasak, avvalo, planshet ta'lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o'qish jarayoniga katta qiziqish bilan kirishadi. Natijada o'qish jarayoni yaxshilanadi, o'zlashtirish, ta'lim darajasi va yoshlarni hayotga tayyorlash samaradorligi oshadi. Ma'naviyatli avlod — bu jamiyatning har jabhada rivojlanishi garovidir. Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kun yoshlari o'n yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va hayotimizga tezkor axborot oqimi shiddat bilan kirib kelayotgan bir paytda eskicha ta'lim berish zamonga mutlaqo to'g'ri kelmaydigan holatdir.

REFERENCES

1. Rasulova Raykhon Bahritdinovna Importance of the characters of classical literature in the formation of text-creation skills //

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

347

g

g

European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Available Online at: https://www.scholarzest.com Vol. 4 No.6, June 2023 ISSN: 2660-5589

2. R.B.Rasulova Importance of enhancement of creation text via claster integration approach in terms of literacy // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Vol. 12, Issue 05, May 2022 SJIF 2022 = 8.252 A peer reviewed journal

3. XamHMOBa ^.n. napnneBa P.A. 3aMOHaBHH TatnHMga pa^aMnn TexHonoraanapgaH ^onganaHHrn HCTH^Sonnapn // "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.