Научная статья на тему 'TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB JIHATLARI VA AHAMIYATI'

TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB JIHATLARI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1890
220
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / dars / internet / farmon / qaror / ta’lim tizimi. / digital technology / lesson / internet / decree / decision / education system.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — J. Oripov, O To‘xtayev

Mazkur maqolada muallif ta’limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb jihatlari va ahamiyatini nazariy asosda yoritib, o‘z tavsiyalarini bergan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT ASPECTS AND IMPORTANCE OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION

In this article, the author gave his recommendations, highlighting on a theoretical basis the actual aspects and importance of using digital technologies in education.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB JIHATLARI VA AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TA'LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING DOLZARB

JIHATLARI VA AHAMIYATI J.Oripov

Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi o'qituvchisi

O.To'xtayev

Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7150010

Annotatsiya. Mazkur maqolada muallif ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanishning dolzarb jihatlari va ahamiyatini nazariy asosda yoritib, o'z tavsiyalarini bergan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, dars, internet, farmon, qaror, ta'lim tizimi.

АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ И ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ

ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация. В данной статье автор на теоретической основе рассмотрел актуальные аспекты и значение использования цифровых технологий в образовании и дал свои рекомендации.

Ключевые слова: цифровые технологии, урок, интернет, указ, постановление, система образования.

CURRENT ASPECTS AND IMPORTANCE OF USING DIGITAL TECHNOLOGIES IN

EDUCATION

Abstract. In this article, the author gave his recommendations, highlighting on a theoretical basis the actual aspects and importance of using digital technologies in education.

Keywords: digital technology, lesson, internet, decree, decision, education system.

KIRISH

Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning borishi bevosita ta'lim tizimiga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham ta'limning barcha bo'g'inlarida yanada yuqori samaradorlikka erishish maqsadida sohada keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish, xalqaro tajribalar va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bugungi Yangi O'zbekiston sharoitida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, har bir sohaning taraqqiyoti aynan, shu soha vakillari yoki mutaxassislarining bilimi, idroki, tafakkuri va malakasi hamda shu yo'nalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalarini qanchalik o'zlashtirganligi bilan belgilanadi.

Shuning uchun ham Vatanimizning ertangi kuni va uning mustahkam poydevorini yaratuvchisi bo'lgan yosh avlodning ta'lim va tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlaridagi tarbiyaviy jihatlarni yoshlarning ma'naviyatiga singdirib borish va Yangi O'zbekistonning ertangi kunini egalari bo'lgan yoshlarning tarbiyasi bugungi zamonaviy ta'lim tizimini qay darajada rivojlanganligiga bog'liq. Shu sababdan ham milliy ta'lim tizimini tubdan yangilashning muqobil yechimlarini topish va amaliy faoliyatga joriy etish har birimizning asosiy maqsadimiz ekanligini unutmasligimiz darkor.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Yuqorida ta'kidlagan maqsadlarimizga qay darajada erishilganligi jamiyatda ta'limning izchilligini ta'minlash, sohaga innavatsion texnologiyalar hamda milliy va xalqaro pedagogik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tajribalarni qo'llash orqali yoshlarimizda teran fasafiy tafakkur, ilmiy mushohadalarga chorlovchi g'oyalar asosida mustaqil fikr va keng dunyoqarashni shakllanishiga xizmat qiladigan shart-sharoitlarni yaratib berilganligi bilan bog'liqdir. Buning uchun, ta'lim tizimida o'zaro aloqadorlik, integratsiyani ta'minlash va tizimining barcha sohalarida nazariy hamda amaliy ahamiyat kasb etadigan jarayonlarga yanada kengroq e'tibor qaratish lozim bo'ladi.

Darhaqiqat, mustahkam va sifatli zamonaviy ta'lim — bu barqaror iqtisodiy o'sish, fan, texnika va texnologiyalarning rivoji, ijtimoiy xizmatlar sifatini ta'minlashning garovi bo'lib kelgan. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta'limga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida e'tibor qaratish kundan-kun kuchayib bormoqda. Ayniqsa, bugungi kunda ta'lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali sohani rivojlantirish davlatimiz siyosatining bosh maqsadi sifatida qaralmoqda.

Hozirgi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimini yangilash va takomillashtirishga qaratilgan izchil islohotlar olib borilayotgan ekan, bunday islohotlar zamirida rivojlanayotgan ta'limning oldiga ham muhim vazifalarni yuklash taabiiy albatda. Bu borada pedagog olim M.M.Xolmuxammedov o'zining "Professional ta'lim tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida modernizatsiya qilish" mavzusidagi maqolasida: "Tizim o'z oldiga hududlar va sohalar kesimida iqtisodiy yuksalishga munosib hissa qo'sha oladigan o'rta bo'g'in kadrlarini tayyorlash, yoshlarni malakali mehnat orqali o'z hayot farovonligini ta'minlashga o'rgatish, o'z mehnat faoliyatiga innovatsion va keriativ yondashish, yaratuvchanlik, intelektual, ma'naviy potensialni rivojlantirish kabi vazifalarni qo'yadi",-deb yozadi[1].

Pedagog olim M.M.Xolmuxammedov tomonidan ilgari surilgan yuqoridagi vazifalarga tayangan xolda, ta'lim tizimining asosiy maqsadlarini belgilab olish maqsadga muvofiqdir. Darhaqiqat, bugungi Yangi O'zbekiston sharoitida ta'lim tizimining asosiy vazifalari mazmunan boyib borishi, ijtimoiy vazifalarining takomillashib borishi taabiiy xolatdir. Ana shunday ijtimoiy vazifalardan biri, ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llash va ulardan foydalanish bo'yicha o'quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishning barcha komponentlarini o'zida mujassamlashtiruvchi strategiyalarni ishlab chiqish, bugungi axborot asrida tizimining bosh maqsadini tashkil etmog'i zarur. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, mamlakatimizda bir qator qonun hujjatlari va davlatimiz rahbarining farmon va qarorlari qabul qilinib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev tomonidan: "...mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g'oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bo'lgan, intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur ko'nikma va bilimlarni shakllantirish;

dunyo miqyosidagi bugungi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yo'lga qo'yish, darslik va o'quv qo'llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, ularning yangi avlodini yaratish, o'quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish;

ta'lim-tarbiya muassasalarining rahbar xodimlari, pedagog va murabbiylari, professor-o'qituvchilari va ilm-fan sohalari vakillarining jamiyatimizdagi o'rni va maqomini oshirish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash va faoliyat samaradorligiga qarab moddiy rag'batlantirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini "hayot davomida o'qish" tamoyili asosida takomillashtirib borish;

ilmiy-tadqiqot va ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha xususiy sektorning salmog'ini kengaytirish, hududlarda nodavlat ta'lim tashkilotlarini tashkil etish orqali raqobat muhitini shakllantirish, ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llagan xolda ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish va har tomonlama tahlil qilib borish tizimini yaratish, elektron resurslar va masofaviy ta'limni yanada rivojlantirish, ta'lim oluvchilar o'rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirish;

ilm-fanni iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylantirish, ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirish, iqtidorli yosh olimlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, mavjud ilmiy tashkilotlar salohiyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

ta'lim tizimiga yuqori samarali xalqaro amaliyotni joriy etish, respublika ta'lim tashkilotlarini nufuzli xalqaro reytinglarga kiritish bo'yicha tizimli ishlarni amalga oshirish",[2] kabi O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari belgilab berildi. TADQIQOT NATIJALARI

Mamlakatimizning yangi taraqqiyoti davrida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash orqali ta'limni boshqarishni avtomatlashtirish, elektron resurslar va masofaviy ta'limni yanada rivojlantirish, ta'lim oluvchilar o'rtasida IT-sohasidagi kasblarni ommalashtirishga davlatimiz rahbari tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganligi, ta'lim tizimida ham raqamli texnologiyalarning o'rni va ahamiyati qanchalik yuqori ekanligini ko'rsatib bermoqda.

Bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan davrda, kundalik hayotimizni axborot-komunikatsion texnologiyalari, kompyuterlar va Internetsiz tasavvur qilish mushkuldir. Shuning uchun ham bugungi kunda raqamli texnologiyalar asta sekin kundalik hayotimizning barcha sohalariga kirib, ijtimoiy hayotning ajralmas bir qismiga aylanib bormoqda. Aynan, ana shu muhim jihatni hisobga olgan xolda mamlkatimizda 10 dan ortiq texnika va raqamli texnologiyalar yo'nalishidagi mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlari faoliyatini yo'lga qo'yilganligi ham raqamli texnologiyalarning nafaqat iqtisodiyot, siyosat kabi sohalarda balki, ta'lim tizimida ham katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolatdir.

Ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishning ommalashuvini asosiy sababi sifatida nafaqat pedagoglar uchun, balki, o'quvchilar uchun ham qulay bo'lgan tomonlarining mavjudligini ko'rsatishimiz mumkin. Masalan, o'quvchilar o'zlari istagan xolda va xohlagan vaqtda ta'lim olish imkoniga ega bo'ladi. Bundan tashqari ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali biz quyidagi:

birinchidan, pedagog kadrlar yetishmaydigan hududlarda ham o'quvchilarni onlayn yoki masofaviy shaklda ta'lim olishlari;

ikkinchidan, o'qituvchi va o'quvchilarning internet tarmog'idan o'zlari istagan fanga oid ma'lumotlarni olish, izlash, tarqatish va undan foydalanish;

uchinchidan, tizimda raqamli texnologiyalardan foydalanish asosida ta'lim samaradorligini oshirish, vaqt va mablag' sarfini kamaytirish;

to'rtinchidan, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni qo'llash orqali o'quvchilarning shunchaki, fanlarni o'zlashtirishlari emas, balki ularning bilimlarni qay darajada

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'zlashtirayotganligi va muammoli vaziyatlarga tayyorligi hamda ularda tanqidiy tafakkurni shakllanganligi, shuningdek, o'quvchilaming mustaqil o'z ustida ishlay olish qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirish kabi imkoniyatlarga ega bo'lamiz.

Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni ta'lim jarayoniga faol kirib borayotganligining bosh omili bu darslarning sifatini ijobiy tomonga o'zgartirishdagi samaradorligi bilan alohida ahamiyat kasb etayotganligidir. Bunday sifat darajasini yanada yuksalirishda o'qitishning turli vositalari va raqamli texnologiyalarni qo'llashning yangi strategik loyihalarini ishlab chiqish hamda sohaga joriy etishning normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan o'quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalarni o'z ichiga olgan markazlarni tashkil etish muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida: "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur vas hart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi",[3]-deya ta'kidlaganlari mamlakatimizda faqat raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda tub burulish yasash, balki raqamli texnologiyalarni ijtimoiy hayotning barcha sohalariga, jumladan, ta'lim tizimiga ham joriy etishni nazarda tutgan bo'lsalar ajab emas. MUHOKAMA

Haqiqatdan ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish raqamli texnologiyalardan samarali va unimli foydalanishni talab etadi. Raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish uchun bunday texnologiyalar borasida mutaxassis kadrlardan kuchli bilim va tajribalarga ega bo'lishni taqoza etadi. Sohalararo zarur bo'lgan yetuk mutaxassis kadrlar ta'lim dargohlarida tayyorlanadi. Shunday ekan, ta'lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish, biz ko'zlayotgan maqsadlarimizni ro'yobga chiqarishning zaruriy omili bo'lib xizmat qiladi. Mamlakatimizni yuksaltirishga qaratilga ushbu maqsadlarimizni nazarda tutib, ta'lim tizimining barcha yo'nalishlariga raqamli texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan faoliyatni yanada takomillashtirishda davlat tomonidan quyidagi:

birinchidan, mamlakatimizda Internet tezligini yanada oshirish va aloqa sifatini yuqori darajaga ko'tarish, bir so'z bilan aytganda, Internet ijtimoiy tarmog'i tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlarning yuqori darajada ta'minlanganligi;

ikinchidan, raqamli texnologiyalar va ta'lim texnologiyalari hamda IT-sohasi o'rtasida mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borishga qaratilgan faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish;

uchinchidan, IT-sohasi va raqamli texnologiyalarning ahamiyati va foydali jihatlari hamda ulardan foydalanish tartiblarini mujassamlashtiruvchi mavzularga oid ma'ruza yoki seminar darslari uchun mo'ljallangan interfaol - multimediali taqdimotlarni yaratish bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan kurslarni muntazam tashkil etish kabi vazifalarni muvaffaqiyatli hal etmog'i lozim. Shundagina, biz ta'lim tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va ulardan foydalanish hamda amaliyotda qo'llash orqali yoshlarga bugungi kun talablari darajasida bilim berishga erishishimiz mumkin. XULOSA

Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib xulosa qilib aytish mumkinki, ta'lim tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanish, birinchidan, o'qitishning samaradorligini taminlash, ikkinchidan, dars jarayonlariga oid turli ilyutratsiya, video roliklar, ko'rgazmali qurollar,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tarqatma materiallar tayyorlash, uchinchidan, o'qituvchi-pedagoglarning multimedia maxsulotlari, kompiyuter texnikasi, Internet vositalaridan foydalanish va ularni dars jarayonida qo'llash malakalarini oshirishga xizmat qiladi.

Yuqoridagi xulosalarimizdan kelib chiqib quyidagi:

birinchidan, o'qituvchilarni raqamli texnologiyalardan foydalanish malakalarini shakllantirishga qaratilgan uzluksiz metodik xizmat tizimini yaratish;

ikkinchidan, raqamli texnologiyalardan oqilona va maqsadli foydalanish hamda ta'lim jarayoni ishtirokchilarining raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilayotgan darslarga moslashuvchalik qobiliyatini shakllantirish kabi zarur tavsiyalarga amal qilish talab etiladi.

REFERENCES

1. M.M.Xolmuxammedov. "Professional ta'lim tizimini zamonaviy yondashuvlar asosida modernizatsiya qilish". Uzluksiz ta'lim ilmiy-uslubiy jurnal. 2021. 6-son. 3-4-betlar.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son Farmoni.

3. Y3ÖeKHCTOH Pecnyö^HKacH npe3HgeHTH fflaBKaT MHp3HeeBHHHr O^HH Ma^^Hcra Mypo^aaTHOMacH, Xa^K cy3H 2020 hh^ 25 AHBapb.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.