"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
TA'LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH
YO'NALISHLARI 1Babadjanov K.R. , 2Raximov A.S.
1Urganch davlat universiteti "Axborot texnologiyalari" kafedrasi katta o'qituvchisi 2Urganch davlat universiteti "Axborot texnologiyalari" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7927368
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimiz ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan raqamli texnologiyalarni qo'llash afzalliklari va yo'nalishlari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Ta'lim tizimi, ta'lim sohasi, texnologiya, raqamli texnologiyalar, raqamli ta'lim resurslari, o'quvjarayoni.
Bugungi kunda ta'lim tizimini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirishga muhim e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim tizimi mamlakatni kelajagini belgilovchi omil sifatida bu borada yoshlarni ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mamlakatimizda ta'lim tizimini keng taraqqiy qildirishga qaratilgan me'yoriy-huquqiy asoslari takomillashib, shu orqali ta'lim jarayonini barcha ishtirokchilarining huquqiy maqomi ham mustahkamlandi. Darhaqiqat, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish asosiy ustuvor vazifa sifatida qaralib, ushbu eng ezgu maqsadlarga erishish va keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirishda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", g'oyasi muhim o'rinni egalladi. Chunki, ta'lim tizimini isloh qilish - mamlakat modernizatsiyasining o'zagi hisoblanadi.
Ta'lim - ta'lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko'nikma hamda malakalarni shakllantirishdagi ikki yoqlama (ya'ni, o'qituvchi va o'quvchi faoliyati) jarayon bo'lib, u kishini shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasidir [1]. Ta'lim sohasini tubdan takomillashtirishni bugun hayotning o'zi taqozo etmoqda. Chunki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari har bir sohada keng joriy etilib, jamiyat hayotida transformatsiya jarayonlari jadallashmoqda. Ta'lim sohasida yangi fanlar va zamonaviy pedagogik texnologiyalari ham yaratilmoqda. Ushbu texnologiya bilan birga zamonaviy ahamiyatga ega bo'lgan raqamli texnologiyalar ta'lim tizimida keng qo'llanilmoqda. Raqamli texnologiyalarni qo'llash uchun ta'lim resurslari mavjud bo'lishi lozim. Ya'ni, ta'lim tizimida raqamli ta'lim resurslarining bo'lishi ushbu texnologiyalarni amalga oshirishning muhim sharti bo'lib xizmat qiladi.
Raqamli ta'lim resurslari - o'quv jarayonini tashkil etish uchun zarur bo'lgan va raqamli shaklda taqdim etiladigan fotosuratlar, videofilmlar, modellar, rolli o'yinlar, kartografik materiallar, darslik mazmuniga muvofiq tanlangan, darsni rejalashtirish bilan bog'langan va zarur ko'rsatmalar bilan ta'minlangan resurslardir. Ushbu resurslar zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalarning amaliy natijasi sifatida kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va ta'lim muassasalari tomonidan ular o'quv jarayoniga faol ravishda keng tatbiq etilmoqda. Uning qismi va asosi bo'lgan texnologiya o'quv jarayonining turli jihatlarida, ya'ni ma'muriy vazifalarni hal qilish bilan birga uy vazifalarini onlayn shaklda bajarishgacha qo'llanilmoqda.
O'quv jarayoniga yangi axborot texnologiyalari, aloqa va axborot vositalarini joriy etish o'quv jarayonini faollashtirish va dars o'tish samaradorligi va tezligini oshirish talabalarning mustaqil va individual ishlari hajmini yanada oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda o'quv
"UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHNING PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY
ANJUMANI, MAY 15-16, 2023
jarayoni to'liq amalda bo'lishi uchun har bir o'qituvchi turli elektron ta'lim resurslaridan foydalangan holda darsga tayyorlanib, uni samarali o'tkazishi lozim. Chunki, ulardan foydalanish darsni yanada jonli, qiziqarli, boy va samaraliroq qilib o'tishga imkon beradi. Turli fan darslarida aloqa va axborot vositalaridan foydalanish o'quvchi va talabalar faoliyatini diversifikatsiya qilish, ularning darsga bo'lgan e'tiborini faollashtirish va foydanuvchilarning ijodiy salohiyatini yanada oshirishga imkon beradi. Ushbu texnologiyalarga asoslangan diagramma, jadval va taqdimotlarni tayyorlash vaqtni tejash va materialni estetik jihatdan bezatishga imkon beradi. Hamda krossvord, rasm, chizma, jumboq, vazifa va testlardan foydalanish ularning darsga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Shular bilan bir qatorda har bir o'qituvchi ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarga asoslangan innovatsion kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda yangi usulda dars mashg'ulotlarini olib boradi. Ushbu texnologiyalar ta'limning barcha bosqichlarida ishlatiladi. Ya'ni, o'qituvchi yangi materialni tushuntirish va yanada mustahkamlash, shuningdek o'rganuvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini nazorat qilishda keng foydalanish mumkin. Guruhlarda raqamli ta'lim texnologiyalaridan foydalanish o'qituvchilarga o'quv jarayoniga qiziquvchilarni ko'proq jalb qilishga yordam beradi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, aynan shu turdagi darslar o'quvchi va talabalarning mavzuga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Umuman olganda, ta'lim tizimida raqamli ta'lim texnologiyalardan foydalanish quyidagi yo'nalishlardan iborat bo'ladi:
- vizual ma'lumotlar bilan ta'minlash;
- interfaol namoyish materiallarini yaratish;
- kompyuter yordamida dars jarayonini boshqarish;
- talabalarning bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish;
- talabalarning mustaqil izlanishlari va ijodiy ishlarini kuzatish.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar ta'lim resurslarini yaratishga xizmat qiladi. Bular elektron o'quv qo'llanmalari, interaktiv to'plamlar, lug'atlar va ma'lumotnomalar shaklida o'qituvchiga darsni qiziqarli olib borish va o'quvchi va talabalarga materialni muvaffaqiyatli o'rganishga yordam beradi.
REFERENCES
1. Hasanboyev J. va boshqalar. Pedagogika. Darslik. - T.: NOSHIR, 2011. - 23-24 b.
2. www.uza.uz - O'zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy veb-sayti