Научная статья на тему 'INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI MA’NAVIY AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH'

INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI MA’NAVIY AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2444
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion ta’lim / interaktiv metodlar / AKT / intellektual rivojlanish / didaktik texnologiya / faol pozitsiya / qaror daraxti / aqliy hujum / psixologik stress / axborot-tahliliy metodologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.E. Ergasheva

Maqaloda innovatsion ta′lim texnologiyalar muhitini samarali shakilllantirish omillari keltirib o’tilgan. Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida bo’lajak o’qituvchilarni ma’naviy axloqiy sifatlarini rivojlantirish. Zamonaviy ta’limning mohiyatini ochib berish, pedagog faoliyatini keng qamrovli yoritish. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy mahorat va darsga ijodiy yondoshib, unda o’qitishning yangi shakl usullarini qo’llash. O’quv jarayoni va maktab o’quvchilarining sifatini boshqarishning axborot-tahliliy ta’minoti. Ta’lim sifatini boshqarishning axborot-tahliliy metodologiyasi kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish har bir bolaning individual ravishda, sinfda, parallel ravishda, umuman maktabda rivojlanishini batafsil yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO’LAJAK O’QITUVCHILARNI MA’NAVIY AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH»

INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI MA'NAVIY AXLOQIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH

M.E. Ergasheva,

TDPU magitfri

Annotаtsiyа: Maqaloda innovatsion ta'lim texnologiyalar muhitini samarali shakilllantirish omillari keltirib o'tilgan. Innovatsion ta'lim texnologiyalari asosida bo'lajak o'qituvchilarni ma'naviy axloqiy sifatlarini rivojlantirish. Zamonaviy ta'limning mohiyatini ochib berish, pedagog faoliyatini keng qamrovli yoritish. Bo'lajak o'qituvchilardakasbiy mahorat va darsga ijodiyyondoshib, unda o'qitishningyangi shakl usullarini qo'llash. O'quv jarayoni va maktab o'quvchilarining sifatini boshqarishning axborot-tahliliy ta'minoti. Ta'lim sifatini boshqarishning axborot-tahliliy metodologiyasi kabi innovatsion texnologiyalardan foydalanish har bir bolaning individual ravishda, sinfda, parallel ravishda, umuman maktabda rivojlanishini batafsil yoritilgan.

Mlitso^z^r: innovatsion ta'lim, interaktivmetodlar, AKT, intellektualrivojlanish, didaktik texnologiya, faol pozitsiya, qaror daraxti, aqliy hujum, psixologik tfress, axborot-tahliliy metodologiya.

Annotation: The video shows the factors of effective formation of the environment of innovative educational technologies. Development of spiritual and moral qualities of future teachers on the basis of innovative educational technologies. To reveal the essence of modern education, comprehensive coverage of the teacher's activities. Professional skills of future teachers and a creative approach to the lesson, the use of new forms of teaching methods in it. Information and analytical support for the management of the educational process and the quality of education of schoolchildren. The use of such innovative technologies as information and analytical methods of education quality management details the development of each child individually, in the classroom, in parallel, at school as a whole.

Keywords: innovative learning, interactive methods, ICT, intellectual development, didactic technology, active position, decision tree, brain&orming, psychological tfress, information and analytical methodology.

Аннотация: В видео приведены факторы эффективного формирования среды инновационных образовательных технологий. Развитие духовно-нравственных качеств будущих педагогов на основе инновационных образовательных технологий. Раскрыть сущность современного образования, всестороннее освещение деятельности педагога. Профессиональное мастерство у будущих педагогов и творческий подход к уроку, применение в нем новых форм методов обучения. Информационно-аналитическое обеспечение управления образовательным процессом и качеством обучения школьников. Использование таких инновационных технологий, как информационно-аналитическая методика управления качеством образования, детализирует развитие каждого ребенка индивидуально, на занятиях, параллельно, в школе в целом.

Ключевые слова: инновационное обучение, интерактивные методы, ИКТ, интеллектуальное развитие, дидактическая технология, активная позиция, дерево решений, мозговой штурм, психологический стресс, информационно-аналитическая методология.

Innovatsiya so'zi yangilik lotin tilida XVII asr o'rtalarida paydo bo'ldi va ma'lum bir sohaga yangi sohaning kirib borishi va unga ushbu sohada bir qator o'zgarishlarning paydo bo'lishi demakdir. Shuni anglatadiki, innovatsiya, bir tomondan, innovatsiyani amalga oshirish jarayoni emas, balki innovatsiyani muayyan ijtimoiy amaliyotga aylantirish faoliyatidir. Innovatsion faoliyat o'zining to'liq rivojlanishida o'zaro bog'liq bo'lgan ish turlarini o'z ichiga oladi, ularning umumiyligi real innovatsiyalarning paydo bo'lishini ta'minlaydi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida intiraktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi talabalarni faqat tayyor bilimlarini egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mu^aqil o'rganib, taxlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakillanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchlik funksiyasini bajaradi.

Innovotsion texnologiyalarning o'rni va ro'li benihoya kattadir. Pedogogik texnologiya va pedogog maxoratiga oid bilim, tajriba va intiraktiv metodlar o'quvchi-talabalarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. INNOVATSIYA - (inglizcha) yangilik kiritish, yangilik degan ma'noni ifodalaydi, texnologiya esa yunoncha "texnos" - san'at, mahorat va "logos" — fan so'zlaridan olinib innovatsion texnologiya ta'lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha yondoshish degan ma'noni bildiradi. Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar-bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig oziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lb, ularga quyidagilar kiradi:

- O'quvch-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mu^aqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- O'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

- O'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mu^aqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi;

- Pedogok va O'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.

Pedagogik texnologiyalar masalalari, muammolarini o'rganayotgan o'qituvchilar,

ilmiy-tadqiqodchilar, amaliyotchilarning fikricha, pedogogik texnologiya bu faqat

axborot texnologiyasi bilan bog'lq, hamda o'qitish jarayonida qo'llanlshi zarur bo'lgan TSO, kompyuter, masofali o'qish yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb belgilanadi. Bizning fikrimizcha, pedogogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o'qituvchi va O'quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishshlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq deb xisoblaymiz, ya'ni o'qitish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o'quv jarayonida O'quvchi-talabalar mu^aqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqa xolda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogk jarayondir.

Bugungi kunda "innovatsion ta'lim" bu o'z-o'zini rivojlantirishga qodir bo'lgan va uning barcha ishtirokchilarining har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratadigan ta'lim va innovatsion ta'lim-bu rivojlanayotgan ta'limdir. Talabalarga yetkaziladigan zamonaviy tarkib zamonaviy bilim amaliyotiga mos keladigan kompetentsiyalarni rivojlantirish kabi fan bilimlarini rivojlantirishni o'z ichiga olmaydi. Ushbu tarkib yaxshi tuzilgan va zamonaviy aloqa vositalari yordamida uzatiladigan multimedia o'quv materiallari shaklida taqdim etilishi kerak. O'qitishning zamonaviy usullari bu nafaqat materialni passiv idrok etish asosida, balki o'quvchilarning o'zaro munosabatlari va ularning o'quv jarayoniga jalb qilinishiga asoslangan vakolatlarni shakllantirishning faol usullari.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritishdir. Innovatsion texnologiyalardan foydalanishda o'qituvchiga quyidagi bilimlarni bilish taqazo etiladi:

- AKT bo'yicha bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lish;

- YaPT (yangi pedagogic texnologiya) bo'yicha xorijiy tajribalardan boxabar bo'lish;

- Ta'lim jarayonini tashkil etishda didaktik o'yinlardan, interfaol usullardan foydalanish mahorati;

- Ilg'or pedagogik texnologiya bo'yicha bilimlarni o'zlashtirib boorish;

- Bilimlarni ko'nikma va malakalarga aylantirish texnologiyasi shakllangan bo'lishi;

- Dars jarayonida harakatli o'yinlardan unumli foydalana bilishi;

- Imkoni bo'lsa darsni internet tarmog'iga bog'lab o'ta bilishi;

- O'z u^ida tinmay ishlashi, har soxaga oid yangiliklarni kuzatib borishi va boshqalar.

- O'qituvchi innovatsion texnologiyalarga asoslanib darsni tashkil etar ekan, turli texnik vositalardan ham (kampyuter, proyektor, elektron doska va hokazo) foydalanishi mumkin. O'qituvchining faoliyatida innovatsiyalar qanchalik ko'p bo'lsa, mazmun

shunchalik oshadi. Ta'limda innovatsion texnologiyalar va interfaol metodlar haqidagi tasavvurlar barqaror va mukammal shaklga ega emasligini ham e'tirof etish kerak. Har bir o'qituvchi ta'limga individual tarzda yangilik kiritishi mumkin. Innovatsion texnologiyalar o'qituvchi o'z faoliyatidan qoniqmaslikdan kelib chiqadi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh mezoni o'sib kelayotgan avlodni yuksak ma'naviyatli, intelektual salohiyati baland, har tomonlama yetuk shaxsni tarbiyalash hamda mamlakatimiz kelajagini yanada yuksaltiradigan, o'zbek elining dong'ini jahonga taratadigan, g'oyatda intelektual, manan barqaror yosh malakali kadrlarni yetishtirib borishdir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati, uzluksiz ta'lim tizimi orqali shaxsning har tomonlama barkamol bo'lib yetishini ko'zda tutadi. Bunda shaxs uzluksiz ta'limda va kadrlar tayyorlashda ta'lim xizmatlarining i^e'molchisi hamda ishlab chiqaruvchisi sifatida namoyon bo'ladi. Shunday ekan bu i^e'molchi hamda ishlab chiqaruvchisi bo'lmish yosh avlodning ertangi kunini belgilab beruvchi bilim va ko'nikmalari, o'z navbatida malakali pedagog-o'qituvchilar tomonidan qiziqarli dars mashg'ulotlari, dunyo bilim va ko'nikmalariga javob bera oladigan oliy ta'lim sifati yanada intelektual bilimlar bilan boyitilib borishi hamda ijtimoiy-gumanitar fanlar orqali mu^ahkamlanib bormog'i lozimdir. Avvalombor, qiziqarli dars mashg'ulotlari bo'lajak pedagog yoshlarda o'z faniga hamda kasbiga bo'lgan qiziqishni uyg'otadi va dars mashg'ulotlariga bo'lgan faol tushunchalar, tajribalar hamda salohiyatni kuchaytiradi. Bu esa ular kelajagiga qo'yilgan ilk qadamlari bo'ladi desak mubolag'a bo'lmas edi. O'sib kelayotgan yosh avlodga bugungi kunda qanchalik e'tibor va ahamiyat qaratadigan bo'lsak mamlakatimizda shu darajada ilmiy yuksalish kuzatiladiki, biz buni hozirgi rivojlanib borayotgan fan-texnika jarayonlarida va barcha sohalarda yaqqol namoyon bo'lganligini ko'ra olamiz desak, fikrimizning yorqin dalili bo'lar edi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, yanada ilg'or va manan barqaror yosh avlodimiz ertangi kuni yuksak ma'naviyatini salmoqli darajada boyituvchi pedagog-o'qituvchilarning bilim, ko'nikma va salohiyatlari yanada zamonga xos va mos holda ijtimoiy-gumanitar fanlar uyg'unligida olib bormog'i maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu borada birgalikdagi harakat yoshlarimizning barkamol inson bo'lib voyaga yetishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mu^aqil davlatda ta'lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish, millatning taqdiri va i^iqbolini ta'minlash kabi jiddiy muammolarni hal qilishning ilmiy asoslari va amaliy yo'llarini yaratishda buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlari, ta'limotlarini hayotimizga tadbiq etish taqozo etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. -T.: TDPU. 2006 y.

2. Madyarova S. A. va boshq. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat.- T.: IQTISOD-MOLIYA, 2009, 240 b.

3. Sayidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: "Moliya " nashriyoti, 2003 y. - 171 b.

4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi. "Nasaf", 2000 y.-80b

5. Tolipov U., Usmanbayeva M. Pedagogik texnologiya:nazariya va amaliyot.-T.: "Fan". 2005.

6. Farberman. B.L. Ilg'or pedagogik texnologiyalar.- T.:2001

7. Dadamirzaev G'. Pedogogik texnologiyalar bo'yicha izohli tayanch so'z va iboralar. Metodik qo'llanma. - Namangan, NamMPI, 2008 yil, 30 bet.

8. www. ziyonet.uz

9. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari talabalarning kreativlik qobiliyatlapini rivojlantirish. I Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -77-b.

10. Mochalova N.M. Maktabning metodik ishini tashkil etishning innovatsion yondashuvlari: O'quv qo'llanma. - Ufa, 2002. - 86 bet Sla^enin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: innovatsion faoliyat. - M., 1997

11. Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o'rganish: Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.P. Panfilov. - M., Akademiya, 2009

BIOLOGIYANI O'QITISHDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Jo'rayevaDildora Yunusovna

NavDPI, doktarant

Annotatsiya: Ushbu tezisda axborot kommunikatsion texnolohiyalarining, xususan, bulutli texnologiyalarni biologik talimdagi ahamiyati haqidafikryuritilgan.

Tayanch so\lar: raqamli pedagogika, AKT, zamonaviy internet texnologiyalar, bulutli texnologiyalar

XXI asr - yuqori texnologiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar asri. Hozir hayotimizni elektron qurilmalarsiz tasavvur qilish qiyin. Kompyuter, noutbuk, planshet yoki hatto uyali telefon. Ushbu qurilmalar ko'plab odamlarning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirib yubormoqda.

Shu o'rinda ta'lim jarayoniga ham Axborot kommunikatsion texnologiyalarining (AKT) shiddat bilan kirib kelishi bilan birga, ta'lim samaradorligida ham eng qulay vositalardan bo'lib hisoblanmoqda. Sababi, ta'lim tizimida ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan raqamli o'qitish platformalari, axborot texnologiyalariga asoslangan ta'lim da^urlarining kundan kunga ko'plab yaratilishidir.

O'zbeki^on ta'limiga ham shiddat bilan kirib kelayotgan shunday texnologiyalardan biri bulutli texnologiyalar ham zamonaviy bilim oluvchini bilim va ko'nikmalarni to'plabgina emas, balki mu^aqil ravishda boshqa odamlar bilan birgalikda mazmunli maqsadlarni qo'yishi, o'z o'zini tarbiyalash vaziyatlarini yaratishi, vositalarini izlash va ishlab chiqarish muammolarini hal qilish usullaridan hisoblanadi

Bulut texnologiyasi bu ommabop texnologiya bo'lib, unda foydalanuvchilar Internet-platformada IT-resurslarda ma'lumotlar va resurslarni onlayn-serverda saqlaydigan va foydalanuvchi to'g'ridan-to'g'ri kompyuterning qattiq diskida saqlash o'rniga xavfsiz foydalanish uchun ishlatiladi. Bulutli texnologiyalarining yana bir yaxshi tarafi bu online serverlardan dunyonining xohlagan nuqtasida turib ma'lumotlarni kiritish yoki qabul

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.