Научная статья на тему 'AMALIY SAN’AT DARSLARIDA TALABALARNI INNAVATSION FAOLIYATIGA TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH VA O’STIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

AMALIY SAN’AT DARSLARIDA TALABALARNI INNAVATSION FAOLIYATIGA TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH VA O’STIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
633
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / dars / talaba / amaliy san’at / naqqoshlik / badiiy bezak san’ati / qadryat / an’ana / milliy g’oya / innovatsiya / innavatsio texnalogiya / pedagogik texnalogiya / metod / go’zallik / nafaosat / estetik did

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Gulasal Mutalibovna Dushabayeva

Maqola o’zbek xalq amaliy san’ati va amaliy san’at darslarida innavatsion texnalogiyalarning ro’li va ahamyati, shuningdek bo’lajak o’qituvchilarni innavatsio faoliyatga tayyorlash haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMALIY SAN’AT DARSLARIDA TALABALARNI INNAVATSION FAOLIYATIGA TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH VA O’STIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

AMALIY SAN'AT DARSLARIDA TALABALARNI INNAVATSION FAOLIYATIGA TAYYORGARLIKNI TAKOMILLASHTIRISH VA O'STIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Gulasal Mutalibovna Dushabayeva

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tasviriy san'at va amaliy bezak san'ati mutahasisligi magistratura talabasi

Maqola o'zbek xalq amaliy san'ati va amaliy san'at darslarida innavatsion texnalogiyalarning ro'li va ahamyati, shuningdek bo'lajak o'qituvchilarni innavatsio faoliyatga tayyorlash haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, dars, talaba, amaliy san'at, naqqoshlik, badiiy bezak san'ati, qadryat, an'ana, milliy g'oya, innovatsiya, innavatsio texnalogiya, pedagogik texnalogiya, metod, go'zallik, nafaosat, estetik did,

"Ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim."1

Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini olmaylik, ta'lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san'at, xususan, tasviriy va amaliy san'at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o'rta ta'limning yana o'n bir yillik bo'lishi va unda kasbga yo'naltirish maqsadida o'quv markazlarining tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga katta e'tibor berilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zlarining Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag'ishlangan ma'ruzalarida "farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta'lim-tarbiya, madaniyat, san'at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo'yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga"2 ko'tarish zarurligini aytib o'tadilar.

Darhaqiqat, inson ijodiy faolligi uning har tomonlama kamol topishida muhim omil bo'lib, uni estetik to'laqonliksiz tasavvur etib bo'lmaydi. Inson hayoti jism va

1 Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! -T.: TASVIR nashryot uyi, 2021, -10 b.

2 O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi ma'ruzasi. //Xalq so'zi, 2016-yil, 8-dekabr.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

buyumlar qurshovida kechadi. Rang-barang buyum va jismlar borliqqa go'zallik va nafosat baxsh etadi, insonga shu qonuniyatlar orqali qarashga undaydi. O'sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda amaliy va badiiy bezak san'ati fani alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga badiiy ma'lumot berishda tabiat unsurlarini stillashtirish mashg'ulotlarining ahamiyati benihoya katta bo'lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o'stirishda muhim.

Amaliy va badiiy bezak san'ati fanini o'zlashtirish jarayonida talabalar:

- o'zbek milliy san'atida badiiy naqqoshlikning roli;

- badiiy naqqoshlikning o'ziga xosligi va estetik mohiyati;

- amaliy va badiiy bezak san'atida kompozitsiya masalalari haqida tasavvurga ega bo'lishlari;

- tasviriy san'atda amaliy san'atning o'rni va roli;

- naqsh turlari, badiiy naqqoshlikda zamonaviy ramzlar va milliy qadriyatlar;

- amaliy-dekorativ san'atda kompozitsiya;

- amaliy bezak san'atida kompozitsiyaning qo'llanilishini o'rganadi va ulardan foydalanadi;

- kompozitsion markaz, konstruksiya, mavzu, harakat, yaxlitlik, kolorit, nisbatlar, me'yor, mutanosib va nomutanosiblik;

- dekorativ san'at turlarida janrli kompozitsiya;

- o'quv va tarbiya jarayonida badiiy bezak san'atining o'rni;

- amaliy bezak san'atida kompozitsiya, rang masalalari, shriftlar va materiallarda ishlash texnikasi;

- interer va ekstererda badiiy bezash;

- kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlari, frontal kompozitsiya elementlari, zamonaviy ekspozitsiya va konstruksiyalar;

- badiiy bezak san'atida xalq amaliy san'ati turlaridan foydalanish

"5

ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Yozuv kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o'rganish, oddiy naqsh namunalarini chizish, bo'yash va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Mavjud ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash O'zbekiston Respublikasi prezidentining barkamol avlodni voyaga yetkazish to'g'risidagi farmonlari hamda harakatlar strategiyasi negizini tashkil qiladi. Bu dolzarb vazifalar prezidentimiz va

3 Murotov X.X, Jabborov R.R. "Amali va ba'diiy bezak san'ati" -T.: Ijod-Print nashiryoti,-2020.-7-8 b.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

hukumatimizning doimiy e'tiborida bo'lib, boshqa farmon va qarorlarda o'z aksini topmoqda.4

Ta'lim sifati mazkur tizimning holati va samaradorligini belgilaydigan mezon hisoblanib, ta'lim jarayonida erishilgan natijalarning me'yoriy talablar, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga muvofiqligi bilan belgilanadi. Ta'lim sifati nafaqat o'quv jarayoni natijalari, balki mazkur natijalarni shakllantiruvchi omillarni ham ifodalaydi. Bu omillar ta'lim maqsadi, ta'limni tashkil etish shakli, metod vositalari, o'qituvchilar tarkibi, salohiyati, pedagogik faoliyati, ta'limiy dasturlar va ta'lim texnologiyalari, resurslar va ulardan foydalanish shart-sharoitlari, ta'limning tashkiliy-huquqiy, moddiy texnik ta'minoti, axborot va uslubiy ta'minot, shuningdek, tarbiyaviy ishlar sifatidan iborat. Ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish esa ta'lim natijalari hamda mazkur omillar sifatini oshirish imkonini beradi. Shu jihatdan, innovatsion texnologiyalar asosida ta'lim sifati va samaradorligini oshirish muammosi shaxsni rivojlantirish hamda uni hayotga tayyorlashga yo'naltirilgan kompleks vazifalarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lib, ta'lim siyosatining bugungi kundagi muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.

Dars - ta'lim beruvchi tomonidan yoshi va ma'lumoti jihatidan bir xil bo'lgan ta'lim oluvchilar guruhiga o'quv rejasi, o'quv dasturi talablari va qat'iy dars jadvali asosida muayyan vaqt ichida bilim berish, malaka hosil qilish bo'yicha muayyan mashg'ulotdir.

"Dars bu - o'qituvchining umumiy va pedagogik madaniyatining ko'zgusi, intellektual boyligining o'lchovi, uning bilim doirasining ko'rsatkichidirll. O'qituvchi o'quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida mashg'ulotlarga jiddiy tayyorlangan, yangiliklardan boxabar bo'lgani holda dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Dars berayotgan faniga taalluqli didaktik materiallarni, darsliklarni, uslubiy qo'llanmalarni va elektron o'quv vositalarini ham mukammal o'rganishi, shuningdek, ularni darslarida qo'llay olish, faoliyatini muntazam yangilab borishi davr talabidir.

Innovatsiya- (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir. Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi.

Interaktiv metodlar-bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat

4 Murotov X.X, Jabborov R.R. "Amali va ba'diiy bezak san'ati" -T.: Ijod-Print nashiryoti,-2020.-5 b.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lb, ularga quyidagilar kiradi:

- O'quvchi-talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- O'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

- O'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi;

- Pedogok va o'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.

Pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o'qituvchi va o'quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq deb xisoblaymiz, ya'ni o'qitish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir ta'lm texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o'quv jarayonida o'quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa qila olsalar, o'zlariga, guruhga , guruh esa ularga baxo bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, ya'ni o'quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.

Amaliy san'atni o'qitishda innovatsion texnologiyalarni qo'llashning zaruriyati mavjud. Innovatsion ta'lim texnologiyasida darsni tashkil etishga doir qator umumpedagogik-didaktik talablar qo'yiladi. Bular:

- har bir dars texnologik jihatdan mukammal darajada loyihalashtirilishi;

- dars maqsad va vazifalarining aniq belgilanishi;

- darsda ta'lim vazifalarining tarbiya vazifalari bilan bog'liq bo'lishi;

- darsni o'quv dasturi, o'quv rejasi talabiga muvofiq tashkil etish;

- dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;

- darsning tashkiliy jihatdan puxta belgilangan bo'lishi;

- darsning jonli, samarali va ta'lim oluvchilarga emotsional ta'sirli bo'lishi uchun ta'lim beruvchining turli xil zamonaviy va ilg'or ta'lim usullari, vositalari va ko'rgazmali qurollardan, texnika vositalaridan mohirlik bilan foydalana olishi;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

- ta'lim beruvchining rahbarlik roli bilan ta'lim oluvchilarning faol bilish faoliyatini birga olib borish;

- darslarning o'zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo'lishiga erishish;

- ta'lim oluvchilarning yosh va psixologik, shuningdek, mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olish;

- darsda ta'lim oluvchi erkinligini ta'minlashga erishish;

- darsda ta'lim oluvchilarni mustaqil fikrlash hamda o'z fikrini bayon etishiga undash va imkon yaratish;

- dars davomida ta'lim oluvchilar faoliyatini to'g'ri tashkillashtirish, muammoli izlanuvchanlik layoqatlarini rivojlantirish;

- dars jarayonida o'qitishning jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini mos ravishda qo'shib olib borish;

Asrlar davomida ortirilgan madaniy boyligimiz, xususan, o'zbek milliy xalq amaliy bezak san'atining ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, zardo'zlik, kashtachilik, kandakorlik, pichoqchilik, bo'yrachilik kabi turlarining o'ziga xos bajarish texnalogiyasi, xaqiqiy asl nomlari, o'ziga xos maktablari, uslublari, yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin yo'qolib ketish xavfi ostida qoldi. Shuning uchun xalqning asrlar bo'yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan va yaratib kelinayotkan o'zbek xalq amaliy bezak san'atini ko'z qorachig'idek saqlash, qadrlash, ulardan amalda foydalanish, yoshlarga o'rgatish orqali ularning estetik didini o'stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning muhim vazifalaridan biridir.5 Bu muhim vazifani bajarishda innavatsion texnalogiyalarning o'rni va ahamtayi muhimdir. Chunki bu bugungi kunning talabidir. Zamondan kelib chiqqan holda amaliy san'at va badiiy bezak fannini ham aslini saqlagan holda rivojlantirmoq, zamonga hamohang tarzda olib bormoq kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! -T.: TASVIR nashryot uyi, 2021, -52 b.

2. O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi «Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash — yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi» mavzusidagi ma'ruzasi. //Xalq so'zi, 2016-yil, 8-dekabr.

5 Bo'latov S.S. Rangshunoslik.-T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti.-2009.-135-136 b.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223P

3.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. -Toshkent: TDPU, 2003 - 174 b.

4.Bo'latov S.S. Rangshunoslik.-T.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashryoti.-2009.-135-158 b.

5.Murotov X.X, Jabborov R.R. "Amali va ba'diiy bezak san'ati" -T.: Ijod-Print nashiryoti,-2020.- 160 b.

6.Нуртаев, У. Н., & Махкамова, С. Б. (2016). Вопросы подготовки студентов к художественно-творческой деятельности. Молодой ученый, (7), 687-691.

7.Jabbarov, R., & Rasulov, M. (2021). FURTHER FORMATION OF STUDENTS' CREATIVE ABILITIES BY DRAWING LANDSCAPES IN PAINTING. Зб1рник наукових праць АЮЮЕ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.09

8.Rasulov Murad Absamatovich, & Abdurashidkhonova Muslimahon Bahodirhon Kizi. (2021). Methodological Basis Of Creation, Organization And Decoration Of Platter's Artistic Composition In Applied Art . The American Journal of Applied Sciences, 3(04), 298-310. https://doi.org/10.37547/tajas/Volume03Issue04-42

9.Абдирасилов, С. Ф., & Назирбекова, Ш. Б. (2017). Компьютеризация и информатизация художественно-практические занятия в обучении студентов. Инновации в науке, (12 (73)), 21-23.

10.Абдусаломходжаев, Н. (2021). Исторические личности в творчестве малика набиева. Збгрник наукових праць AOrOE.

11.Fayzullaevich, A. S. (2021). The use of the artistic traditions of uzbek folk art in the lessons of fine art. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 54-61.

12.Абдирасилов, С. (2021). Изобразительное искусство узбекистана в патриотическом и эстетическом воспитании школьников. Збгрник наукових праць

13.Yusubali o'g'li, Y. S. (2021). Xvi-Xvii Asrlar GArbiy Yevropa Tasviriy San'atida Maishiy Janrning Rivojlanishi. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 191-197.

14.Muratov, H. (2021). THE IMPORTANCE OF ORGANIZATION AND MANAGEMENT INDEPENDENT EDUCATION IN THE LEARNING PROCESS. Збгрник наукових праць AörOE. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.40

15.Kholmuratovich, M. K., Mardanaqulovich, A. S., Ravshanovich, J. R., Sharifovna, K. U., & Shodiyevna, B. O. (2020). Methodology of Improving Independent Learning Skills of Future Fine Art Teachers (On the Example of Still Life in Colorful Paintings). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05).

Л0ГОЕ.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

16.Akhmedov, M.-U., & Kholmatova, F. (2021). FORMATION OF CREATIVE PROCESSES IN STUDENTS THROUGH TEACHING COMPOSITION IN FINE ARTS. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-09.04.2021.v2.03

17.Ahmedov, M.-U., & Xolmatova, F. (2021). TEACHING STUDENTS TO DRAW ELEMENTS OF PATTERNS IN WOOD CARVING CIRCLES. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-30.04.2021.v2.17

18.Talipov, N., & Talipov, N. (2021). CREATIVE TECHNOLOGIES FOR THE DEVELOPMENT OF STUDENTS' CREATIVE ACTIVITY THROUGH ART EDUCATION. 36ipHUK HayKoeux npa^ AOrOZ. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v3.12

19.Talipov, N. X., & Aliev, N. S. (2021). The importance of perspective in teaching art to future fine arts teachers. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(2),

20.Талипов, Н.., & Талипов, Н. (2021). Проблема исторического жанра в изобразительном искусстве: взгляд на творческую школу художника Малика Набиева. Общество и инновации, 2(4/S), 607-613. https://doi.org/10.54274/2181-1415-vol2-iss4/S-pp607-613

21.Muratov, K. K., & Tadjieva, F. M. (2021). Issues of Improving the Technology of Organization and Management of Independent Learning Activities of Students in the Fine Arts. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 5(11), 521-525.

22.Saodat Makhkamova Bakhtiyarovna. (2021). QUESTIONS OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR ARTISTIC GAFUR ABDURAKHMANOV ANALYSIS OF WORKS OF FINE ART IN SCHOOL. Euro-Asia Conferences, 5(1), 13-18. Retrieved from http://papers.euroasiaconference.com/index.php/eac/article/view/437

23.Valiev, A. (2021). ABOUT THE FEATURES OF THE PERSPECTIVE OF SIMPLE GEOMETRIC SHAPES AND PROBLEMS IN ITS TRAINING. ЗШрник наукових працъ SCIENTIA. вилучено Í3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/scientia/article/view/10540

24.Ravshanovich, J. R. (2021). Rangtasvir Taraqqiyotining Ustuvor Yo'nalishlari. Бошцарув ва Этика Цоидалари онлайн илмий журнали, 1(6), 137-148.

25.Jabbarov, R. (2021). Sharq uyg'onish davri yetuk san'atkori buyuk miniatyurachi musavvir Kamoliddin Behzod ijodi ta'sirida yuzaga kelgan o'ziga xos yo'nalish. Жамият ва инновациялар, 2(5/S), 59-67. https://doi.org/10.54274/2181-1415-vol2-iss5/S-pp59-67

97-103.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

26.Jabbarov, R. (2019). Formation of Fine Art Skills by Teaching Students the Basics of Composition in Miniature Lessons. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 17(1), 285-288. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v17.1.1424

27.Nazirbekova, S., Talipov, N., & Jabbarov, R. (2019). Described the Educational, Scientific, and Educational Institutions of the Miniature. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(2), 364-367. doi:http://dx.doi.org/10.52155/iipsat.v15.2.1192

28.Абдирасилов, С. Ф., Назирбекова, Ш. Б., & Махкамова, С. Б. (2016). Художественно-культурные традиции узбекского народного искусства на уроках изобразительного искусства. Личность, семья и общество: вопросы педагогики и психологии, (11 (68)), 32-42.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

29.Nazirbekova, S. (2021). THE IMPORTANCE OF FIELD PRACTICE IN FINE ARTS. Збгрник наукових праць AOrOE. https://doi.org/10.36074/logos-19.03.2021.v4.35

30.Akhmedov Mukhomod-Umar Bakhridinovich. (2022). THE IMPORTANCE OF FOLK APPLIED ART IN THE FORMATION OF YOUTH CREATIVE ACTIVITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 142-156. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-02-23

31.Kholmatova Feruza Muhammad Umar Kizi. (2022). METHODOLOGY OF TEACHING STUDENTS TO ARTISTIC PERCEPTION OF PAINTING WORKS IN FINE ARTS CLASSES. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(02), 125-135. https://doi.org/10.37547/pedagogics-crip-03-02-21

32.Xalilov, R. (2021). Роль карандашного рисунка в будущей профориентации учителей изобразительного искусства. Общество и инновации, 2(4/S), 585-590. https://doi. org/10.47689/2181 -1415-vol2-iss4/S-pp585-590

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.