Научная статья на тему 'XALQ AMALIY SAN’ATI ORQALI O‘QUVCHILARDA MILLIY IFTIXOR TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH'

XALQ AMALIY SAN’ATI ORQALI O‘QUVCHILARDA MILLIY IFTIXOR TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
391
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shakl / rang / o‘lcham / tuzilish / erkin / yengil / ravon chiziqlar

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Nafisa Valijonovna Doliyeva

Ushbu maqolada xalq amaliy san`ati va boshqa ko`plab mamlakatlarda tasviriy san’at fanlarini o‘qitish metodikasini rivojlanish tarixi hamda barkamol avlodni tarbiyalash g’oyat nozik san’at bo’lib, unga juda jiddiy yondashish kerak va boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uning kelajak avlod tarbiyasida tutgan urni haqida suz boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ AMALIY SAN’ATI ORQALI O‘QUVCHILARDA MILLIY IFTIXOR TUYG‘USINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

XALQ AMALIY SAN'ATI ORQALI O'QUVCHILARDA MILLIY IFTIXOR TUYG'USINI SHAKLLANTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH

Nafisa Valijonovna Doliyeva

Tasviriy san'at va amaliy bezak san'ati mutaxassisligi 1 kurs magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada xalq amaliy san'ati va boshqa ko'plab mamlakatlarda tasviriy san'at fanlarini o'qitish metodikasini rivojlanish tarixi hamda barkamol avlodni tarbiyalash g'oyat nozik san'at bo'lib, unga juda jiddiy yondashish kerak va boshqa fanlar bilan bog'liqligi va uning kelajak avlod tarbiyasida tutgan urni haqida suz boradi.

Kalit so'zi: shakl, rang, o'lcham, tuzilish, erkin, yengil, ravon chiziqlar

Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlar va milliy madaniyatimizni asoslarini e'tiborga olib ta'lim-tarbiya mazmunini va milliy mafkurani shakllantirib borish imkoniyatlari yaratilmoqda. Bunga xalq og'zaki ijodi, pedogogikasi, mutafakkir, ma'rifatparvar pedagog va olimlarning tarbiyaga axloq-odobga doir g'oyalarini o'rgatib komil insonni ishlari amalga oshmoqda."Kelajak bugundan boshlanadi"deydi dono xalqimiz. Yosh avlodni kelgusi hayotiuni inson qilib ko'rsatuvchi ruhiy va ma'naviy jarayonning mezonini belgilaydi. Bu borada ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish va dunyo talablari darajasiga olib chiqish ta'limni ilg'or tajribalar asosida boyitib borish, yangi pedagogik tajribalar asosida olib borish ayniqsa muhimdir.

Amaliy san'at, amaliy bezak san'ati - bezak san'ati sohasi; ijtimoiy va shaxsiy turmushda amaliy ahamiyatga ega bo'lgan badiiy buyumlar tayyorlash va kundalik turmush ashyolari (asbob-anjomlar, mebel, mato, mehnat qurollari, kiyim-kechaklar, taqinchoqlar, o'yinchoqlar va boshqalar)ni badiiy ishlash bilan bog'liq ijodiy mehnat sohalarini o'z ichiga oladi. Amaliy san'at asarlari ko'z bilan ko'rish, his etish va anglashga mo'ljallangan. Amaliy san'at asarlari va buyumlari insonning moddiy muhitini go'zallashtirishga, estetik boyitishga xizmat qiladi, ayni paytda o'zining ko'rinishi, tuzilishi, xususiyatlari bilan insonning ruhiy holati, kayfiyatiga ta'sir etadi, bezatilgan narsalar hayotda foydalanilishidan tashqari badiiy qimmati bo'lgani uchun ham qadrlanadi. Shuning uchun xom ashyoning go'zalligi va nafis xususiyatlarini namoyish etish, unga ishlov berish mahorati va usullarining ko'pligi Amaliy san'atda estetik ta'sirni oshiruvchi ahamiyatga ega faol vositalardir. Amaliy san'atda narsalarning nafisliligiga ikki usul bilan erishiladi: 1) shakli oddiy, jo'n buyumlarga bezak ishlab badiiy qimmati oshiriladi; 2) shakli chiroyli qilib ishlanadi

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 4 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Buyumda hosil bo'layotgan bezak uning obraz tuzilishiga ham sezilarli ta'sir etadi. Bezagi tufayli buyum Amaliy san'at asariga aylanadi. Amaliy san'atda bezak yaratishda naqsh bilan tasviriy san'at (haykaltaroshlik, rangtasvir, ayrim hollarda grafika) qismlari (alohida yoki turlicha birikuvlari) keng qo'llaniladi. Ba'zan naqsh yoki tasvir bu-yumlarni shakllantiruvchi asosga aylanadi (panjara guli, to'r; gilam, mato gullari va hokazo). Amaliy san'at asarining uyg'unligi avvalo badiiy buyumning badiiy va amaliy vazifasining yagonaligida, shakl va bezakning o'zaro birikuvida, tasvir va buyum tuzilishida namoyon bo'ladi.XX-asr boshlarida O'zbekiston amaliy bezak san'ati qadimgi an'analarga asoslangan holda, yangi zamonaviy mavzular bilan boyitib rivojlantirildi Amaliy san'atning hamma sohalarida professional rassom, haykaltaroshlar o'rtasida hamkorlik mavjud. Amaliy san'atning shakllanishi, taraqqiyoti jarayonida badiiy uslublar almashinuvi san'atning boshqa turlari bilan bog'liq ravishda davom etadi.

Talabalarga Markaziy Osiyo mamlakatlarining tasviriy san'atini o'qitish tarixi va nazariyalari xaqidagi bilimlarni bermay turib, bolajak rassom-pedagoglarda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi bo'yicha chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish mumkin emas Faqat shu san'atda o'rta asarlarning mazmuni va shakli oz ifodasini topgan

REFERENCES

1. Avedova .N.A. Toshkent uymakorligi T.-1961y.

2. Azimov .I. Uzbekiston nakshu-nigorlari T. 1987y.

3. Baginskiy N.M. Reznoye derevo v arxitekture Sredney Azii.M.1948y.

4. Baginskiy N.M. Reznoye derevo Uzbekistana, M.1949y.

5.Veymaran B.V. Arxitekturno-dekorativnoye iskusstvo Uzbekistana M,1948y

5. Jalolov Sh Ch Methods of Writing Composition on the Basis of the Theme Pindus Journal Of Culture, Literature, and ELT To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.