Научная статья на тему 'NAQQOSHLIK FANINI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

NAQQOSHLIK FANINI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
140
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
amaliy san`at / naqsh elementlari / o`ymakorlik san`ati ganjkorlik san`ati va keramika san`at turlariga namoyon bo`ladi.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Navroza Hoshim Qizi Aslonova

Ushbu maqolada naqqoshlik fanini faoliyatini takomillashtirish va unda beriladigan bilim va malakalar samaradorligini oshirishning asosiy vositasi o‘quv fanlarini o‘rganishda predmetlararo va fanlararo bog‘lanish sistemasidan foydalanishdir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAQQOSHLIK FANINI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

NAQQOSHLIK FANINI O'QITISH JARAYONIDA TALABALARNING IJODKORLIK FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Navro'za Hoshim qizi Aslonova

Tasviriy san'at va amaliy bezak san'ati mutaxassisligi 1 kurs magistri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada naqqoshlik fanini faoliyatini takomillashtirish va unda beriladigan bilim va malakalar samaradorligini oshirishning asosiy vositasi o'quv fanlarini o'rganishda predmetlararo va fanlararo bog'lanish sistemasidan foydalanishdir Kalit so'zi: amaliy san'at,naqsh elementlari ,o'ymakorlik san'ati ganjkorlik san'ati va keramika san'at turlariga namoyon bo'ladi.

Professor-o'qituvchilarning eng muhim vazifasi - yosh avlodga puxta ta'lim berish, ularni jismoniy va ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.

SH.M.Mirziyoyev

Naqsh - arabcha tasvir, gul degan ma'noni anglatadi. qush, xayvon, o'simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma'lum tartibda takrorlanishidan xosil qilgan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlikda, zardo'zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to'qish, yog'och o'ymakorlik va xokazolarda xar xil yo'llar bilan naqshlar ishlanadi. Masalan: o'yib, chizib, chok yordamida zarb bilan qadab va boshqa usullarda naqsh solinadi

O'zbek xalq amaliy bezak san'atining tarkibiy qismini tashkil etuvchi naqqoshlik o'zining qadimiyligi, go'zalligi bilan kishilar qalbidan chuqur joy olgan. Naqsh elementlarining o'zaro joylashuvidan hosil bo'luvchi naqsh kompozitsiyalari amaliy san'at asarlariga chiroy bag'ishlaydi. Naqqoshlikda kompozitsiya tuzishning o'ziga hos usullari mavjud bo'lib, ushbu naqsh bezaklari ustalarning go'zallik xaqidagi tasavvurlarini namoyon etadi.

Xalq amaliy san'ati asarlari nafaqat bugunimiz, balki kelajak avlodlarimizning ham boy ma'naviy merosi va qadriyatlari hamdir. Yoshlarimizni har tamonlama yetuk, xozirgi zamon talab darajasiga javob bera oladigan qilib tarbiyalash bugungi kunimizning dolzarb vazifalaridan biridir. Hozirda bu sohada yangi o'quv rejalari, dasturlar, o'quv qo'llanma va darsliklarni yaratish muhim axamiyatga ega

Naqqoshlik san'atida kompozitsiyanipg tutgan o'rini. O'zbek xalq amaliy bezak sana'tining turlaridan biri bo'lgan naqqoshlik halqimizning kundalik hayotidan yanada chuqurroq o'rin egallab kelmoqda. Naqqoshlik san'ati ham boshqa san'at turlari kabi o'zining kompozitsiya qonuniyatlariga, bajarilish usullariga va albatta ranglar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

garmoniyasining o'ziga hos yo'naltirilishiga ega Naqqoshlikda naqsh elementlari, bezaklar va turli tuman shakllar, kompozitsiya qonuniyatlaridan tashqari uni bo'yahda qo'llaniladigan bo'yoq turlari va ularning o'ziga xos xususiyatlari, rang koloriti. ranglarning xamoxangligi va shu kabilar muhim ahamiyatga ega. Agarda biz xalq xunarmand ustlari tomonidan ishlangan naqsh namunalarini kuzatadigan bo'lsak, ularnipg u yoki bu rang tuslari ta'siriga. ya'ni rang koloritiga bo'ysundirilganligini ko'ramiz, Shunga ko'ra jigar rang, xavo rang, yashil rang va shu kabi ranglar muhitiga o'ralgan naqsh va naqsh kompozitsiyalapi yaratiladi

Shuni esda tutish lozimki, ayrim bo'yoqlarni bir-birlari bilan aralashtirishda ba'zi bir - ehtiyot chorasini ko'rish lozim bo'ladi. Chunki to'q rang tusiga ega bo'lgan bo'yoq tarkibiga boshqa rang aralashtirilsa uning tusi ham to'qlashadi. Bu esa o'z navbatida rang tusining darajasiga ta'sir etadi. Ayniqsa moy bo'yoqlarida ishlangan naqshlarning tuslari keyinchalik to'qlashib, qorayib ketishiga moyil bo'ladi. Agarda naqshlar uzoq vaqt saqlash uchun mo'ljallangan bo'lsa ularni iloji boricha ochiq rang tuslarda bo'yash tavsiya etiladi

Naqqoshlikda kompozitsiyani o'z o'rni va ularni tuzish bosqichlari mavjud. Xar bir tuzilgan kompozitsiya mazmuni, ramziy ma'nolari ma'lum bir shakllarga egaligi va ranglar jilosi bilan ajralib turadi (rasm).

Naqsh kompozitsiyasini tuzishda nimalarga e'tibor berish kerak? -naqsh elementlarini o'zaro nisbatini saqlash;

-tanlangan shaklga mos naqsh kompozitsiyasini tuzish;

- tanob shaklini asosiy o'rinda bo'rttirib tasvirlash;

- kompozitsiyadagi gul, novda, barg, bofta kabi elementlarni novda xarakatiga mos ravishda tasvirlash;

Kompozitsiya naqqoshlik san'atida asosiy o'rinni egallaydi. Naqshning mazmuni, ma'no va mohiyatlarini bir so'z bilan aytganda go'zalligi kompozitsiyaning qanday va qay yusinda chizilganligiga bog'liq Naqsh va naqsh elementlari nomlanishi aloxida diqqatga sazovor bo'lib, ular tabiiy o'simlik va predmetlar, usta va ularning yaratilgan joylarining nomlari bilan ham ataladi. Ulardan: novda, lola, gul qalampir, shobarg, madoxil, oygul, bofta, sebarg, turunj, «mashxadiy», «arabiy», «isfaxoniy» va xokazolar. Naqsh kompozitsiyalari tuzishda kompanovka, simmetriya, assimetriya, ritmik takrorlanish, markaz topish, bezakning dinamikligi, tabiiylik chiroylilik va ranglarning uygunligi kabi koidalarga rioyat qilinadi.

Naqqoshlik xalq-amaliy bezak san'atning bir typi sifatida qadimdan o'zbek madaniyatining muhim bo'lagi hisoblanadi. Ko'p asrlar mobaynida uning badiiy an'analari vujudga keldi. Naqshlarda san'atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog'liqligini, an'analarning davomiyligini

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ko'rish mumkin. Naqqoshlik an'analari san'atning ana shu turini o'rganish metodlari sifatida ham bobodan otaga, otadan bolaga o'tib kelgan. Ana shu daiomiylik tufayli naqsh san'ati hozirgacha saqlanib kelmoqda. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning maqsadga muvofikligi va go'zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof muhitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chizgilar o'yini musiqadagi oxang singari, qo'shiq va ertak kabi «halq hayotiy tajribasining kata umumlashmasidan» iborat bo'ladi

REFERENCES

1. Avedova .N.A. Toshkent uymakorligi T.-1961y.

2. Azimov .I. Uzbekiston nakshu-nigorlari T. 1987y.

3. Baginskiy N.M. Reznoye derevo v arxitekture Sredney Azii.M.1948y.

4. Baginskiy N.M. Reznoye derevo Uzbekistana, M.1949y.

5. Veymaran B.V. Arxitekturno-dekorativnoye iskusstvo Uzbekistana M,1948y

6. Jalolov Sh Ch The Role of Composition in Increasing the Spatial Imagination of Students and Students Central Asian Journal of Arts and Design (CAJAD) To view a copy of this license, visit https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.