Научная статья на тему 'O‘RTA ASRLAR SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINING METODLARI'

O‘RTA ASRLAR SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINING METODLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
482
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
badiiy pedagogik ta’lim va estetik tarbiya / rassom – pedagog / estetik did va ehtiyoj / naqsh kompozitsiyasi / ustoz va shog`ird odobi / oddiy naqsh namuna / sodda va murakkab uslub / binolarni badiiy loyihalash va badiiy bezash / badiiy did va ijodiy qobiliyat / borliqni idrok etish / rasmda kompozitsion yechim / xalq ustalarini maqomi / ma`naviy / moddiy va nomoddiy meroslar / naqqoshlik / kulolchilik / minatyura kabi ilmiy bilim asoslari / g‘oya / joylashtirish / oltin kesma qoidasi / mutanosiblik / simmetriya / assimmetriya / nisbiylik marom / harakat turlari / ranglar uyg‘unligi / kompozitsiya markazi / hajmi / stilizatsiya. / art pedagogical education and aesthetic education / artist-pedagogue / aesthetic taste and need / pattern composition / teacher and student etiquette / simple pattern / simple and complex style / artistic design and artistic decoration of buildings / art taste and creative ability / perception of being / compositional solution in painting / the status of folk masters / spiritual / material and intangible heritage / painting / basics of scientific knowledge such as pottery / miniature / idea / placement / golden rule / proportion / symmetry / asymmetry / relativity rhythm / types of movement / color harmony / composition center / size / stylization.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Soli Tolibovich Sadiyev

Mazkur maqolada Xalq amaliy bezak san`atining o‘qitishda poydevori bo‘lgan naqqoshlik, ganchkorlik, kulolchilik, kashtado`zlik va badiiy bezakni nazariy va amaliy asoslariga bag‘ishlangan. Unda Xalq amaliy bezak san`ati tarixidan lavhalar, tasvirlashning asosiy qonun qoidalari: konstruktiv tuzilish, nisbatlar, perspektiva, kompozitsiya masalalari hamda ish jarayonidan lavhalar, turli yo`nalishda ijod qilayotgan ustalar ishlaridan namoishlar ko`rsatilgan. Shu bilan birgalikda maktab o‘qituvchisi oldida o‘quvchilarning estetik tarbiyasi, badiiy didi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga borliqni tasvirlash uchun tasviriy san’at asoslarini chuqur egallash, haqqoniy rasm chizish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirish vazifasi turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF MEDIEVAL ORIENTAL MINIATURE SCHOOLS

This article is devoted to the theoretical and practical foundations of painting, pottery, ceramics, embroidery and artistic decoration, which are the foundations of the teaching of folk arts and crafts. It includes excerpts from the history of folk decorative arts, the basic rules of description: constructive structure, proportions, perspectives, compositional issues and excerpts from the work process, demonstrations of the work of masters working in various fields. The task of the school teacher is to educate students in aesthetics, to develop their artistic taste and creative abilities, to give them a deep understanding of the basics of fine arts to depict beings, to develop skills and abilities to draw realistically

Текст научной работы на тему «O‘RTA ASRLAR SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINING METODLARI»

O'RTA ASRLAR SHARQ MINIATYURA MAKTABLARINING METODLARI

Soli Tolibovich Sa'diyev

Navoiy davlat pedagogika instituti "Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi" kafedrasi dotsent v.b. https://doi.org/10.5281/zenodo.6590401 Annotasiya. Mazkur maqolada Xalq amaliy bezak san'atining o'qitishda poydevori bo'lgan naqqoshlik, ganchkorlik, kulolchilik, kashtado"zlik va badiiy bezakni nazariy va amaliy asoslariga bag'ishlangan. Unda Xalq amaliy bezak san'ati tarixidan lavhalar, tasvirlashning asosiy qonun qoidalari: konstruktiv tuzilish, nisbatlar, perspektiva, kompozitsiya masalalari hamda ish jarayonidan lavhalar, turli yo 'nalishda ijod qilayotgan ustalar ishlaridan namoishlar ko rsatilgan. Shu bilan birgalikda maktab o'qituvchisi oldida o'quvchilarning estetik tarbiyasi, badiiy didi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga borliqni tasvirlash uchun tasviriy san'at asoslarini chuqur egallash, haqqoniy rasm chizish bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirish vazifasi turadi.

Kalit so^zlar: badiiypedagogik ta'lim va estetik tarbiya, rassom -pedagog, estetik did va ehtiyoj, naqsh kompozitsiyasi, ustoz va shog ird odobi, oddiy naqsh namuna, sodda va murakkab uslub, binolarni badiiy loyihalash va badiiy bezash, badiiy did va ijodiy qobiliyat, borliqni idrok etish, rasmda kompozitsion yechim, xalq ustalarini maqomi, ma'naviy, moddiy va nomoddiy meroslar, naqqoshlik, kulolchilik, minatyura kabi ilmiy bilim asoslari, g'oya, joylashtirish, oltin kesma qoidasi, mutanosiblik, simmetriya, assimmetriya, nisbiylik marom, harakat turlari, ranglar uyg'unligi, kompozitsiya markazi, hajmi, stilizatsiya.

ПРИЕМЫ СРЕДНЕВЕКОВЫХ ШКОЛ ВОСТОЧНОЙ МИНИАТЮРЫ Аннотация. Данная статья посвящена теоретическим и практическим основам живописи, гончарного дела, керамики, вышивки и художественного оформления, которые являются основой преподавания народного декоративно-прикладного искусства. В него включены выдержки из истории народного декоративно-прикладного искусства, основные правила описания: конструктивная структура, пропорции, перспективы, композиционные вопросы и выдержки из рабочего процесса, демонстрации работы мастеров, работающих в различных областях. Задача школьного учителя - воспитывать учащихся в области эстетики, развивать у них художественный вкус и творческие способности, дать им глубокое понимание основ изобразительного искусства изображения существ, развить навыки и умения реалистично рисовать.

Ключевые слова: художественно-педагогическое образование и эстетическое воспитание, художник-педагог, эстетический вкус и потребность, узорообразование, педагогический и студенческий этикет, простой узор, простой и сложный стиль, художественное оформление и художественное оформление зданий, художественный вкус и творческие способности, восприятие бытие, композиционное решение в живописи, статус народных мастеров, духовность, материальное и нематериальное наследие, основы научных знаний, такие как живопись, гончарство, миниатюра, идея, размещение, золотое правило, пропорция, симметрия, асимметрия, относительность, ритм, виды движения, цветовая гармония, композиционный центр, размер, стилизация.

METHODS OF MEDIEVAL ORIENTAL MINIATURE SCHOOLS

Abstract. This article is devoted to the theoretical and practical foundations ofpainting, pottery, ceramics, embroidery and artistic decoration, which are the foundations of the teaching of folk arts and crafts. It includes excerpts from the history of folk decorative arts, the basic rules of description: constructive structure, proportions, perspectives, compositional issues and excerpts from the work process, demonstrations of the work of masters working in various fields. The task of the school teacher is to educate students in aesthetics, to develop their artistic taste and creative abilities, to give them a deep understanding of the basics of fine arts to depict beings, to develop skills and abilities to draw realistically.

Keywords: art pedagogical education and aesthetic education, artist-pedagogue, aesthetic taste and need, pattern composition, teacher and student etiquette, simple pattern, simple and complex style, artistic design and artistic decoration of buildings, art taste and creative ability, perception of being, compositional solution in painting, the status of folk masters, spiritual, material and intangible heritage, painting, basics of scientific knowledge such as pottery, miniature, idea, placement, golden rule, proportion, symmetry, asymmetry, relativity rhythm, types of movement, color harmony, composition center, size, stylization.

KIRISH. Ushbu maqolada Xalq amaliy bezak san'ati fani badiiy, badiiy pedagogik ta'lim va estetik tarbiyada bo'lajak rassom, rassom - pedagoglarni tarbiyalashda asosiy o'quv fanlaridan hisoblanishi keng yoritildi. Xalq amaliy bezak san'ati, mustaqil o'quv predmeti sifatida borliqni haqqoniy tasvirlash, o'quvchi - talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, estetik did va ehtiyojlarini tarbiyalashda cheksiz imkoniyatlarga ega.

Talabalarga naqsh kompozitsiyalarini ishlash texnologiyasi haqida ma'lumotlar berish, ustoz va shog'ird odobi nazariyasini o'rgatish, naqsh elementlari, oddiy naqsh namunalari va ulardan kompozitsiyalar tuzish, sodda va murakkab uslubda, xalq amaliy bezak san'ati ishlarini amalda bajarish; binolarni badiiy loyihalash va badiiy bezashgacha bo'lgan nazariy va amaliy tomonlarini o'rgatishdan iborat.

Maktab o'qituvchisi oldida o'quvchilarning estetik tarbiyasi, badiiy didi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularga borliqni tasvirlash uchun tasviriy san'at asoslarini chuqur egallash, haqqoniy rasm chizish bo'yicha ko'nikma va malakalarni shakllantirish vazifasi turadi. Bu vazifani hal etish faqatgina talabada ko'rib - kuzatib tasvirlash, borliqni idrok etish, qo'l, ong va sezgi organlarini shakllantirish, tasvirlash malakalarini egallash orqali yechiladi. Tasviriy san'at o'qituvchisi, tasvirlash san'atining nafaqat amaliy bilimlarini, balki, tasviriy san'atning nazariy asoslarini puxta egallashlari kerak. Zeroki, dunyo tan olgan, o'zidan o'lmas asarlar qoldirib ketgan buyuk musavvir Leonardo da Vinchi "Amaliyotga ilmsiz mehr qo'yadigan kishilar, rulsiz yoki kompassiz suzishga kirishayotgan daholarga o'xshaydilar, chunki ular qayoqqa ketayotganlarini hech mahal bilmaydilar, shu sababli oldin ilmni o'rgan, so'ngra esa shu ilm orqasidan tug'ilgan amaliyotga murojat qil" deb bejiz ta'kidlamagan edi.

Shu sababli bu maqolamni yozishdan oldin, tasviriy san'atning nazariy asoslariga ham e'tiborni qaratdim. bu asosan rasmda kompozitsion yechim, chiziqli - asos tuzilishi, nisbatlar, ishni bajarish ketma - ketligi kabi mavzularda o'z aksini topgan.

Ma'lumki, rassom, rassom - pedagog tayyorlash jarayonida bezakli yasalgan geometrik jismlarda tushirilgan naqshlar, yog'ochdan yasalgan turli buymlardagi naqshlar kabi o'quv

topshiriqlari muhim o'rinni egallaydi. yuqorida keltirilgan mavzular bo'lajak o'qituvchilarning tasviriy san'atning qaysi turida faoliyat ko'rsatmasin, pedagogik faoliyatlarida juda qo'l keladi.

Bu sohani hadisini olgan har bir inson borki, o'z ishining ustasidir. qilayotgan har bir ishi, san'at asari darajasiga ko'tarilib, butun dunyoda o'zbek san'atini, xalq ustalarini maqomini yuqorilashda o'z hissasini qoshib kelmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI. Xalq amaliy bezak san'ati jamiyatning barcha sohasida asosiy, yetakchi fan bo'lib hisoblanadi. qalam yordamida borliqni idrok etish jarayonida, chizuvchilar ma'lum texnik ko'nikmalarga ega bo'ladilar, chunonchi, xotira, tasavvur asosida rasm bajarish jarayonida ularning fazoviy va badiiy fikrlarini rivojlantirish vazifalari bajariladi. badiiy idrok etish barobarida bezak ishlari, jamiyat va uning hayoti, turmush tarzi mana shu tasvirlarga muhirlangan. shu bois dunyodagi barcha xalqlar, bizning ma'naviy, moddiy va nomoddiy meroslarimiz orqali biz haqimizda ma'lumotga ega bo'ladilar.

Vatanimizni dunyoda mavqeyini oshirish maqsadida, dunyo xalqlarini o'zbekistonga kelishi uchun, asosli ma'lumotlar orqali ularni jalb qilishimiz kerak.

Ma'naviy sog'lom yosh avlodni, bo'lajak vatanparvarlarni tarbiyalash o'qituvchi zimmasiga yuklanadi. u nafaqat bilimdon yoshlarni tarbiyalashi, balki eng avvalo, ana shu bilimlarni o'zi mukammal egallab olgan shaxs bo'lishi zarur. shu jumladan, tasviriy san'at sohasida bilim olayotgan talabaning ham eng asosiy vazifasi o'qituvchi - rassom uchun zarur bo'lgan bilim va malakalarni puxta egallashdir. shuningdek, ijodkor o'qituvchi oldiga o'sib kelayotgan avlodni badiiy barkamol, yuksak didli, olam va san'at go'zalliklarini to'g'ri tushuna oladigan tarzda tarbiyalash asosiy vazifa qilib qo'yiladi.

Birinchi bosqichdan boshlanadigan xalq amaliy bezak san'ati bo'yicha, o'quv topshiriqlari naqqoshlik, kulolchilik, minatyura kabi ilmiy bilim asoslari bilan chambarchas bog'liqdir. shu bilan birgalikda talabalar o'qituvchi rahbarligida va mustaqil ravishda, xalq amaliy bezak san'ati bo'yicha o'quv adabiyotlarini o'rganishlari maqsadga muvofiqdir. talabalarni rasm bajarish jarayonida didaktik prinsipning asosiy qoidalaridan biri bo'lgan ketma - ketlik usulini qo'llashga o'rgatish zarur. bu haqda xix-asrning buyuk rus rassom - pedagogi p.chistyakov shunday degan edi: "har qanday ish doimiy tartibini talab etadiki, ish o'rtasidan yoki oxiridan emas, balki eng boshidan, asosidan boshlanadi... ishda tartib buzilishi zarar yetkazadi, adashtiradi va ishni buzadi..."

O'zbek xalqining ko'p asrlik tarixida, Xalq amaliy bezak san'ati boy va rang-barang madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil etadi. O'zbek diyorida vujudga kelib gullab-yashnagan san'at turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak, o'zbek amaliy bezak san'ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya'ni ibtidoiy jamiyatga borib taqalishining guvohi bo'lamiz.

O'lkamiz zaminidagi tarix qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning jismga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati tosh asridayoq boshlangan bo'lib, asrlar osha hozirgacha uzluksiz davom etib kelmoqda.

Maqolada Xalq amaliy bezak san'atining naqqoshlik, yog'och o'ymakorligi, ganch o'ymakorligi, kashtachilik, kulolchilik ishlarini bajarish ustida ma'lumotlar to'plangan.

Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab boy tarixiy, madaniy merosimiz keng ko'lamda o'rganila boshlandi. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek: "Jamiyatimizdagi yangilanish va islohotlar tufayli dunyo sivilizatsiyasiga munosib hissa qo'shgan, buyuk ajdodlarimizdan bizga meros bo'lib qolgan yuksak ma'naviyat, axloqiy madaniyat, chiroyli milliy an'analarimizdan foydalanish imkoniyati ochildi". Buyuk vatandoshlarimiz - Imom al-Buxoriy, Hakim at-Termiziy, Xoja Bahovuddin Naqshbandiy, Imom Motrudiy, Burxoniddin Al-Marg'iloniylarning nomlari qayta tiklandi. O'tmishning buyuk mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Farg'oniy, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Muhammad Murod Samarqandiy hamda jadidchilik harakati vakillarining nomlari g'urur bilan tilga olinmoqda. Ularning sharafiga yodgorlik majmualari qurilib, kitoblar chop etilib, faoliyatlari keng targ'ib qilinmoqda. Vatanimizning yorqin kelajagi bo'lgan ardoqli farzandlarini baodob, xushfe'l, oliyjanob, komil inson darajasidagi shaxs qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. O'zimizning milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz chetda qolib Yevropa mamlakatlari madaniyatiga ko'r-ko'rona ergashib, sal bo'lmasa o'zimizning o'zligimizni, tilimizni ham unitayozdik. Shoyad, bugungi kun sharofati bilan milliy madaniyatimizni qayta tiklab, ularga yangicha ma'no, mazmun berib, tarbiya ishiga sharqona ruh bera olsak ajab emas.

Talabani tarbiyalashda avvalo uning ruhiyati bilan bog'liq holda, ichki kechinmalar sodir bo'ladi. Shunday ekan, amaliyotchi va nazariyotchilar oldida mashaqqatli, ammo sharafli bo'lgan ishlar turibdiki, ularga o'quv qo'llanma va darsliklarni milliy ruhda yaratish, mutafakkirlarimiz-ning go'zal xulqlilik tarbiyasi haqidagi meroslaridan, ko'pini ko'rgan buva va buvilarimizning o'git, pand va nasihatlaridan oqilona foydalanib ish yuritsakkina ko'zlangan maqsadga erishamiz. Hozirda eng muhim masalalardan biri o'sib kelayotgan yosh avlod ma'naviyatini shakllantirish va kamol toptirishdir. Tayyorlayotgan mutaxassislarimizni yuksak insoniy fazilatlar egasi, oliyjanob, axloqiy e'tiqod sohibi qilib tarbiyalash, o'ta muhim vazifalardan biridir. Markaziy Osiyo xalqlari amaliy san'at va hunarmandchiligida yuksak darajaga etishganligining sabablaridan biri ajdodlarimiz usta-shog'ird an'analari asosida yoshlarga hunar o'rgatganlar va ular nihoyatda boy tajribaga ega bo'lganlar. (1-rasm). Shu jihatdan olib qaraganda, O'zbekistonda amaliy san'at ta'lim va tarbiyani olib boruvchi pedagog murabbiylarni kasbiy malakalarini takomillashtirish, ularni ilg'or pedagogik texnologiyalar g'oyalari bilan boyitilgan yangi o'quv adabiyotlar bilan ta'minlash dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi.

Asar yaratishda kompozitsiyaning orni ozgacha. Kompozitsiya so'zi lotincha "compozito" so'zidan olingan bo'lib, tuzish, birlashtirish, bog'lash, turli xil unsurlarni bir butun yaxlitlikka birlashtirish va biron-bir g'oyani madh etish ma'nosini bildiradi. Kompozitsiya - san'atning barcha yo'nalishida qo'llaniladi. Dizayn va amaliy san'atning barcha turlarida loyihalash deb ataladi. Musavvir turli shakl va manzaralarni bir-biriga nisbatan solishtirib va joylashtirib nafis san'at asari yaratadi. Bunday holni biz boshqa san'at turlarida ham ko'rishimiz mumkin. Sportda, musiqada, adabiyotda bunday misollarni ko'plab

1-rasm.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

keltirishimiz mumkin. Kompozitsiya so'zi tasviriy san'at yo'nalishlarida termin sifatida uyg'onish davridan boshlab uzluksiz ishlatilib kelinmoqda.

Ko'pincha asarning tomoshabin tomonida qabul qilinishi, uning kompozitsion yechimiga bog'liq ekanligini yodda tutmoq kerak. Kompozitsiyani o'simliklar dunyosidan boshlab o'rganishga harakat qilib ko'raylik. Daraxt misolida ko'rilganda unib chiqayotgan ildiz, shox, barg, novdalarning tanasiga uzviy bog'liq ekanligini nazarda tutmoq lozim. Tasviriy shakl orqali bo'laklarni bir-biriga bog'laydi va umumlashtiradi.

Tasvirlash: asar bo'laklarini o'zaro aloqalarini o'rganish, ularni umumiy yaxlitlikka bog'lash, umumlashtirish orqali ko'zlangan maqsadga erishishdan iborat. Tasviriy san'at asari kompozitsiya so'zi bilan atalganda, asarning umumiy ko'rinishi, mazmuni, maqsadi yorqin bir maromda ifodali tasvirlanishi, chizmatasvir, rangtasvir shakl ko'rinishlarining birlashishlari nazarda tutiladi. Tasviriy san'at asari qaysi janrga mansub ekanligi va ifodalash uslubidan qat'iy nazar kompozitsiya termini bilan atalishi, asarning tugallangan san'at asari ekanligini bildiradi. Boshqa bir holatda bu termin tasviriy san'atda ustivor yo'nalish, biror asosiy unsur hamda asar tuzilmasini baholash me'zoni sifatida tushuniladi.

Mukammal bilimlar asosidagina haqqoniy mahoratga ega bo'lish va erkinlik bilan ijodiy yutuqlarga erishish mumkin. Musavvirlar asrlar davomida o'z asarlarining tasviriy yechimini aniq, ravshan, tiniq namoyon etish maqsadida, kompozitsiyaning yangi tuzilmalarini qidirishgan. Natijada asarlarda shakl elementlarining joylashuvi tartibsiz emasligi, mantiq mavzuning ahamiyatga molik unsurlari oddiy geometrik ko'rinishlarda uchburchak piramida, doira, oval, kvadrat, to'g'ri to'rtburchaklardan tashkil topadi. Yangi zamonaviy kompozitsiyalar yaratish uchun albatta, g'oya, joylashtirish, oltin kesma qoidasi, mutanosiblik, simmetriya, assimmetriya, nisbiylik marom, harakat turlari, ranglar uyg'unligi, kompozitsiya markazi, hajmi, stilizatsiya, shakllarni to'g'ri va teng qismlarga bo'lish, rangshunoslik qonunlariga to'liq rioya qilish lozim (2-rasm).

2-rasm.

NAQQOSHLIK SAN'ATINING RIVOJLANISH TARIXI. O'zbek xalqining ko'p asrlik tarixida, Xalq amaliy bezak san'ati boy va rang-barang madaniy-merosimizning eng ajoyib va

ommaviy qismini tashkil etadi. O'zbek diyorida vujudga kelib gullab-yashnagan san'at turlari bemisl va betakrorligi bilan dunyoga mashhur. Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari haqida fikr yuritadigan bo'lsak o'zbek amaliy bezak san'ati turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya'ni ibtidoiy jamiyatga borib taqalishining guvohi bо'lamiz.

О'lkamiz zaminidagi tarix qatlamlarini qazishlar natijasida topilgan yodgorliklarning guvohlik berishicha, insonning jismiga badiiy ishlov berish usulida buyum yaratish faoliyati, tosh asridayoq boshlangan bо'lib, asrlar osha hozirgacha uzluksiz davom etib kelmoqda.

3-rasm

TADQIQOT NATIJALARI. Inson ongli faoliyatining ajralmas qismi bo'lmish badiiy tafakkur va shunga muvofiq badiiy-ijodiy faoliyat, insoniyatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida juda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Bunday faoliyat natijasida kelib chiqadigan estetik-badiiy idrok qobiliyati kishilarda olamni, undagi mavjudotlar, narsalar va voqea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarni turfa shakl-shamoilda qaytadan aks ettirishga havas uyg'otadi. Shakl va ranglarning real hamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa kelib chiqdi va u o'z navbatida, odamlarning kundalik turmushlaridan o'rin ola boshladi. Natijada badiiy bezaklarning xilma-xil shakllari va turlari paydo bo'ldi. Boshqa san'atlarga nisbatan bunday naqshli bezaklar ko'pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari bor. Ma'lumki, Islom mamlakatlarida mavjudotlar tasvirini ishlash keng odat tusiga kirmagan, zero, mavjudotni yarata olish faqatgina qodir Tangrigagina xosdir, insonlar esa bunday ishni bajarishga ojizdirlar, inchunin, bordiyu biror ishni yuqori takomil darajasida ijro etish imkoni yo'qligi avvaldan ma'lum ekan, bunday ishga kirishmoqlikning o'zi aqldan emasdur.

4-rasm

Tasviriy san'atga bu qadar chuqur, falsafiy yondoshish natijasida shartlilik, stillashtirish, ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchaygan. Ushbu tarixiy omil o'zbek milliy bezak san'atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo'lganki, hozirda jahonga mashhur me'morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, hattotlik, toshtaroshlik va boshqa turdagi san'atlarning ajoyib darajada uyg'unlashgan mujassamligidan iboratdir.

Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo'qon va boshqa shaharlardagi me'morchilik va Xalq amaliy bezak san'ati yodgorliklari, o'tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol, takrorlanmas va tarixan bebaho san'at asarlarining namunalari bo'lib, xalqimizning va shu bilan birga jahon madaniyati durdonalaridan bo'lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi (5-rasm).

Xalq amaliy bezak san'ati kishilarning man'aviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o'zbek xalq amaliy san'ati kishilarni axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ular ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini

yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi. Diyorimizning qadimy tarixida bezak san'atining xilma-xil turlari mavjud bo'lib, shulardan biri ganchkorlik san'atridir (5-6-rasmlar).

Ganchkorlik qadimiy san'at turlaridan biri bo'lib, o'z aksi husn-jamolini dunyo me'morchiligida, shu jumladan O'rta Osiyo, Eron, Turkiya, Arabiston, Afg'oniston va boshqa Sharq mamlakatlari me'morchiligida namoyon etib kelmoqda. Ayniqsa, O'rta Osiyoda yaratilgan asarlar o'ziga xos badiiyligi kompozitsiyasi va ishlanish uslubi bilan farq qiladi.

5-rasm.

O'rta osiyoda n;np$hlik sanat qadimdari dûnyoga rita^ihur O'tmishda ota bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha ynaftunkor jilosini yo'qotmag^n.

Ijd^bilan ishlangan naqshlarni la-bosqich tuzganUir,

6-rasm

O'rta Osiyo naqqoshlik san'ati ham qadimdan dunyoga mashhur. O'tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo'qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.

Naqsh - arabcha tasvir, guldegan ma'noni anglatadi. Qush, hayvon, o'simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlik, zardo'zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to'qish, to'qimachilik, inkurustatsiya, panjaralar va hokazolarda har xil yo'llar bilan naqshlar ishlanadi.

O'zbekiston hududidagi arxeologik qazilmalardan Xorazm, So'g'd, Baqtriya va boshqa viloyatlarda naqsh san'atining rivojlanganligi ma'lum. Olimlarimiz Surxondaryo viloyatidagi Fayoztepa (I-II asr), Dalvarzintepa (I asr) budda ibodatxonalari qazilmalaridan topilgan rasm, naqsh qoldiqlari orqali isbotlab berganlar. Xorazmdagi Tuproqqal'a zallari monumental naqshlar bilan bezatilganligi bizga ma'lum. VI-VII asrlarda ibodatxonalar, qasrlar va boylarning uylari o'yma naqshlar hamda tasvirlar bilan bezatilgan. Tantanali marosimlarga mo'ljallangan xonalardagi dabdabali ajoyib naqsh, rasmlarni ko'rib hayron bo'ladi kishi.

IX-X asrlarda O'rta Osiyoda naqqoshlik san'ati avj olib rivojlandi. Arxitekturada g'isht qalab naqsh solish yuksak darajada rivojlandi, binolarning ichki tomoniga ganch, yog'och o'ymakorligini qo'llash yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maqbaralarning peshtoqlari devor va ravoqlar ganch-naqshlar bilan juda nafis bezatilgan va bezatilmoqda. Naqshlar murakkablashib bordi, ularning yangi nusxalarida ramz, tasvirlar, timsol, duo afsunlar, tasbih va boshqalar naqadar mo'lligini ko'ramiz. Ramziy naqshlar dunyoda sodir bo'layotgan voqeyliklar, tilaklarni aks ettirgan. Har bir chizilgan naqshda, o'ziga xos ma'no bo'lgan. Chunonchi, o'simliksimon naqsh gulsapsarni olaylik u osoyishtalik va uzoq- umr timsoli, «pechak islimiy» naqshi boylik va farovonlikni, novda va yaproqlar esa to'kinchilik hamda bahor chog'ida uyg'onishni bildiradi. Musavvirning tasvirlari bu uning ona tabiatga bo'lgan muhabbatini bildiradi. Uning ranglari o'ziga xos ma'no va xarakterga ega. Har bir naqsh negizida ma'lum ramziy ma'no singdirilgan. XI-XII asrlarda O'zbekiston hududida arxeologik topilmalar shuni ko'rsatadiki, naqshlar ichida geometrik naqsh ko'p ishlatilgan (8-rasm).

7-rasm.

8-rasm.

XULOSA. Xalq amaliy bezak san'ati jamiyatning barcha sohasida asosiy, yetakchi fan bo'lib hisoblanadi. qalam yordamida borliqni idrok etish jarayonida, chizuvchilar ma'lum texnik ko'nikmalarga ega bo'ladilar, chunonchi, xotira, tasavvur asosida rasm bajarish jarayonida ularning fazoviy va badiiy fikrlarini rivojlantirish vazifalari bajariladi. badiiy idrok etish barobarida bezak ishlari, jamiyat va uning hayoti, turmush tarzi mana shu tasvirlarga muhirlangan. Shu bois dunyodagi barcha xalqlar, bizning ma'naviy, moddiy va nomaddiy meroslarimiz orqali biz haqimizda malumotga ega bo'ladilar.

Vatanimizni dunyoda mavqeyini oshirish maqsadida, dunyo xalqlarini o'zbekistonga kelishi uchun, asosli malumotlar orqali ularni jalb qilishimiz kerak.

Adabiyotlar

1. Qodirxo'jayev P. T. Badiiy bezak san'ati. -T: "Iqtisod moliya" 2007.

2. Xolmatov B.Q. Kompozisiya. -T: "Iqtisod-moliya", 2007.

3. Bulatov S.S, Dadashev L. Naqsh alifbosi.-T: Cho'lpon, 1999.

4. S. Bo'latov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent, Mehnat, 1994 yil.

5. Boymetov B. Qalamtasvir. Pedagogika institutlari va universitetlari uchun o'quv qo'llanma. Toshkent, 1977.

6. Abdirasilov S, Boymetov B, Tolipov N. Tasviriy san'at. Toshkent. 2006.

7. С.Т.Саъдиев З.С.Очилов XLIII Международная научно-практическая конфренция "Международное научное обозрение проблем и перспектив соврименной науки и образования" 2018 г 25-26 Март (Америка Бостон).

8. С.Т.Саъдиев ACADEMICIA An International Multidisciplinary Research Journal "TASVIRLASHNING ASOSIY QONUN - QOIDALARI" Vol. 11, Issue 5, May 2021

9. A.X,.Aбдуллаев "Нравстиенное и эстетическое воспитание учеников через изобразительное искусство" ACADEMY № 4 (67), Российский импакт-фактор: 0,19 НАУЧНО -МЕТОДИЧЕСКИЙ ЖУРНАЛ. https://cyberleninka.ru/article/n7nravstvennoe-i-esteticheskoe-vospitanie-uchenikov-cherez-izobrazitelnoe-iskusstvo

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.