TA'LIM TIZIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN
O'RNI
D. D. Egamberganova
Urganch davlat universiteti Sport faoliyati kafedrasi o'qituvchisi dilnoza.egamberganova21 @gmail.com
Ushbu maqolada bugungi kunda boshqa soxalar katorida ta'lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keldi va bu ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda va har tamonlama intellektual salohiyatni oshirishda muxim o'rin tutadi. Bugungi kunda hayotni axborot vositalarsiz, jumladan, internetsiz ta'savvur qilib bo'lmaydi.O'zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta'lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta'lim va tarbiya tizimiga ilg'or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog'liq. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o'ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-kommunikasiya texnologiyalari uch yo'nalishda ilgari bo'lmagan juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to'siqlarni yengib o'tish imkon berishi xaqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalar,
mikroelektronika,leptoplar,pedagogik texnologiyalar,Internet,optik-tolali
kabellar,kognitiv ko'nikmalar, elektron pochta, elektron kutubxonalar, saytlar, ta'lim tizimi,elektron tarmoqlar, innovatsiyalar, an'anaviy usullar.
In this article, along with other areas, computer technology has become widely used in education, and it plays an important role in improving the efficiency of the educational process and the development of all-round intellectual potential. Today, life is unimaginable without the media, and the Internet. The reform of the education system in the context of Uzbekistan's independence is primarily associated with the introduction of advanced information technologies in the education system. The novelty and uniqueness of information and communication technologies is that in terms of human development, they can
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
penetrate into almost all areas of human activity, and can be used
April, 2022
for an unlimited number of purposes. It has been reported that similar information and communication technologies can overcome obstacles in the process of human development with unprecedented efficiency in three areas.
Keywords: information and communication technologies, microelectronics, laptops, pedagogical technologies, Internet, fiber-optic cables, cognitive skills, email, e-libraries, sites, education system, electronic networks, innovations, traditional methods.
Hozirgi davrda ta'limni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi, mana shu sababli barchamiz «yangi pedagogik texnologiyalar» atamasini ishlata boshladik. Bir misol, shaxsiy kompyuter ta'limning imkoniyatlarini butunlay o'zgartirib yubordi. Internet leptoplar ta'lim tizimiga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bo'yicha yanada kattaroq imkoniyatlar yaratib berdi. O'zbekistonning mustaqilligi sharoitlarida ta'lim tizimini isloh qilish birinchi navbatda ta'lim va tarbiya tizimiga ilg'or axborot texnologiyalarning tatbiq etish bilan bog'liq.
Ma'lumki, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mikroelektronika, hisoblash texnikasi (apparatli vositalar va dasturiy ta'minotlar), elektroaloqa va antoelektronika-mikroprosessorlar, yarimo'tkazgichlar va optik-tolali kabellar sohalaridagi kashfiyotlar bilan bog'liq.
Bu kashfiyotlar ulkan axborotlarni ishlab chiqish va saqlashga hamda ularni kommunikasiya tarmoqlari orqali tez tarqatish imkonini beradi. Kompyuterlarni bir-biriga ulash va ularni bir-biri bilan aloqa qilishga sozlash yangi kuchli texnologik tizimni umumiy protokoldan foydalanuvchi tarmoq axborot sistemalarini yaratishga imkon beradi. Ular odamlarni, ularning uylarini va idoralarni birlashtiradi hamda juda qisqa vaqt ichida ulkan topshiriqlar sonini ishlab chiqadi va bajaradi. Bu axborotlardan foydalanish xususiyatini va kommunikasiya tuzilishini tubdan o'zgartiradi. Shu bilan birga kompyuter tarmoqlari Yer sharining barcha nuqtalari bilan aloqa qilish imkonini beradi. Ta'lim tizimi uchun bu o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida kommunikasiya uchun yangi imkoniyatlar yaratib beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning yangiligi va o'ziga xosligi insoniyat rivojlanishi nuqtai nazaridan ular deyarli insoniyat faoliyati barcha sohalariga kirib borishi, ulardan cheklanmagan joylar va maqsadlarda foydalanish mumkinligidan iborat. Shu kabi axborot-
KIRISH
kommunikasiya texnologiyalari uch yo'nalishda ilgari bo'lmagan
April, 2022
juda katta samara bilan insoniyat rivojlanishi jarayonidagi to'siqlarni yengib o'tish imkon beradi:
1) Bilimlarni egallash yo'lidagi to'siqlarni yengish. Axborotlardan foydalanish natijasida ta'lim olish yo'lidagi inson imkoniyatlarini shakllantirish uchun katta ahamiyatga ega. Agar ta'lim kognitiv ko'nikmalarini rivojlantirishga olib kelsa, axborotlar bilimlar to'plash jarayonining mazmunli jihatini ta'minlash uchun kerak b'ladi. Internet va «Butun jahon tarmog'i» barcha ijtimoiy qatlamdagi insonlar uchun birdek axborot izlash kanali bo'lib xizmat qiladi.
2) Ijtimoiy hayotda ishtirok etish yo'lidagi to'siqlarni yo'qotadi. Internet tarmog'i orqali butun dunyo bilan aloqa qilish imkoniyati oxirgi yillarda ko'plab global fuqarolik tashabbuslarini tarqatishga imkon berdi. Misol uchun, ta'lim tizimida qayta aloqani ta'minlash harakati.
3) Iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yo'lidagi to'siqlarni yo'qotadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va ular bilan bog'liq sohalar hamda ta'lim tizimi eng jadal rivojlanayotgan sektorlar hisoblanadi. Yangi axborot texnologiyalari axborotlar va aloqadan foydalanish imkoniyatini keskin kengaytiradi. Elektron pochta, elektron kutubxonalar -saytlar ta'lim tizimi uchun cheksiz imkoniyatlar beradi, har qanday chegaralarni yo'qotadi, dunyoning har qanday nuqtasidan o'quv va ilmiy axborotlarni olish imkonini yaratadi.
Axborot-tarbiyaviy faoliyat. Ta'lim muammosini globalizasiyalashtirish -seminarlar o'tkazishdan tortib terrorizm va diniy ekstremizim mohiyatini ochib berishgacha - elektron tarmoqlar axborot-tarbiyaviy imkoniyatlarini ahamiyatini oshiradi. Yangi axborot texnologiyalari fan va ta'limni to'plangan bilimlarni yetkazish, ularni to'ldirish va qayta baholash kabi yanada yaqin va samarali kanallari bilan bog'lashga imkon beradi. Bugungi kunda fan - bu ta'lim tizimini rivojlantirish asosiy, ustun turuvchi vositasidir. Bu har doim ham bo'lmagan, ilg'or axborot texnologiyasi ta'lim tizimida fanning ahamiyatini o'zgarti rdi. Jamiyat faqat fanning o'zi rivojlanishi bilan emas, balki ta'lim va o'qitish tizimi bilan ham bog'liq yangi ilmiy tuzilishni yaratadi. Ta'limning kelajagi. Hozirgi kunda Internetda taxminan 2,5 mlrd noyob barcha foydalanadigan veb-sahifalar mavjud bo'lib har kuni ular qatoriga yana 7,3 mln yangilari qo'shilmoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
XXI asr - axborot texnologiyalari asri. Bugungi kunda boshqa soxalar katorida ta'lim soxasida ham kompyuter texnologiyalari keng kirib keldi
va bu ta'lim tarbiya jarayonini samaradorligini oshirishda va har
April, 2022
tamonlama intellektual salohiyatni oshirishda muxim o'rin tutadi. Bugungi kunda hayotni axborot vositalarsiz, jumladan, internetsiz ta'savvur qilib bo'lmaydi.
Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilarning aqliy mehnati, faollik va ijodiy fikrlashidan iborat bo'lgan ko'pqirrali va murakkab jarayon hisoblanadi. Dars samaradorligini oshirish ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda yo'lga qo'yish va yangi pedagogik texnologiyalarni amalda qo'llash bilan uzviy bog'liq. Oliy ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etishdan asosiy maqsad o'qituvchilar va talabalar jamoasi hamkorligi izchilligini ta'minlash hamda uni aniq maqsadga yo'naltirilgan holda yo'lga qo'yishdan iboratdir. Bu ishda ham pedagogik, ham boshqaruv masalalari hal etiladi. Shuni qayd etish lozimki, pedagogik innovatsiyalar ishtirokchilari innovatsiyalarning yuzaga kelish, namoyon bo'lish va boshqarish jarayoni qonuniyatlari haqida metodologik, psixologik, pedagogik, texnologik bilimlarni puxta egallashi lozim. Aks holda pedagogik innovatsiyalar samarali natija bermaydi.
Bizning fikrimizcha ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tiayyorlash sifati pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta'limning an'anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo'llashga bog'liq. Ayrim hollarda samarali bo'lgan an'anaviy usullardan voz kechish holatlari sodir bo'lmoqda. Bu innovatsiyalarni tajribada sinalgan va ijobiy natija berib kelayotgan o'qitishga qarshi qo'yishdek sezilmoqda. Shuning uchun ham an'anaviy ta'lim tizimidagi ijobiy tajribalar innovatsiyalarga uyg'unlashtirilsa ma'qul bo'lar edi.
«Innovatsion texnologiya» tushunchasi ta'lim samaradorligini oshiruvchi omillardan foydalanish, turli pedagogik jarayonlarni loyihalash va amalda qo'llash orqali bilim egallashni takomillashtirish usullarini qamrab oladi.
«Oliy ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalar» deyilganda turli pedagogik yangiliklarni yaratish, qabul qilish, baholash, o'zlashtirish va amalda tatbiq etish jarayonini boshqarish tushuniladi. Oliy ta'lim muassasalarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar eng so'nggi innovatsiya namunalarini joriy etish uchun moslashrtirilgani o'qituvchi va talabalarning ijodiy faolligini kuchaytirish uchun xizmat qilmoqda.
NATIJALAR
Hozirgi kunda ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarni
qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib
April, 2022
bormoqda. Bunday bo'lishning sabablaridan biri shu vaqtgacha ta'lim maqsadlari o'quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni o'zlashtirib olishga qaratilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi.
Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. O'quvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba-sinovlar o'tkazish asosida o'zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta'lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo'lingan holda ishlashadi. O'quv topshiriqlari alohida bir o'quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga beriladi. Mikroguruhlarning har bir a'zosi topshiriqni bajarishda o'z hissasini qo'shishga harakat qiladi. Bu holat o'quvchilarda jamoa tuyg'usini shakllantiradi va ularning tashabbuskorligini orttiradi. Ta'lim jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Hozirgi paytda darsning xilma-xil noan'anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o'quvchining ijodiy qobiliyatini o'stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to'la qabul qila olish ko'nikma va malakalarini tarkib toptiradi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llash o'quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg'otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko'nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o'zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun o'qituvchi mahoratli bo'lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to'g'ri rejalashtirishi, mashg'ulot davomida barcha o'quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog'i lozim.
MUHOKAMA
Shunday qilib, innovatsion faoliyat ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchi va o'qituvchini hamkorga aylantiradi. Darsni qiziqarli va samarali bo'lishini ta'minlaydi. Innovatsiyalarning samaradorligini aniqlashda o'quvchilarning fan asoslarini o'zlashtirish natijalariga qarab fikr yuritish zarur. Hozirgi paytda talabalarning bilim egallashlarida axborot kommunikatsiya vositalaridan keng ko'lamda foydalanilmoqda.
April, 2022
1151
Ayniqsa, kompyuterda ishlash, tuгli tarmoqlardan keгakli ma'lumotlarni izlab topish va o'zlashtirib olish o'quvchilaming qiziqaгli mashg'ulotlariga aylanib boгmoqda. Faqat bunda kompyuter savodxonligi mukammal bo'lishi talab etiladi. Bu ham innovatsion faoliyat bo'lib o'quvchilarda maxsus bilim, ko'nikma va malakalaming tarkib topishini taqozo etadi.
Talabalarga kompyuteгda ishlash ko'nikma va malakalarini o'гgatish bilan biгga shu yo'nalishdagi madaniyatni ham taгkib toptirilsa ma'qul bo'laг edi. Kompyuteг tarmog'idagi innovatsiyalarni ta'lim-taгbiya olish uchun yo'naltirish oliy ta'lim pedagoglar jamoasining diqqat markazida turishi zarur.
Pedagogik innovatsiyalar ma'lum miqdoгdagi vazifalarni hal etish uchun xizmat qilishga yo'naltirilgan bo'ladi. Agar talabada mustahkam bilim bilan birga, uni amaliy faolitda qo'llashning ko'nikma va malakalari taгkib topsa, tajribada sinab ko'rilganda samaгadoгlikka erishsa, mavjud holatlaг ijobiy tomonga o'zgartirilsa, yangi g'oyalaг ustida ish olib borilsa, haг qanday muammoning echimini atroflicha tasavvur qilinsa, global masshtabda fikr yuritilsa innovatsiya kafolatlangan natijani bergan bo'ladi. Xuddi shunday pedagogik innovatsiyalar har tomonlama kamol topgan, barkamol avlodni tarbiyalab berish vazifasini hal etadi.
Yuqorida sanab o'tilgan muammolarning har biri global ko'lamga ega va zamonaviy didaktikada qisman o'z aksini topgan. Bunga qaramay umumiy, «mavzudan tashqari» va obyektiv ko'rinishdagi savollarni ajratsa bo'ladi. Shunday qilib, yangi axborot texnologiyalari yordamida darsni ma'lum didaktik shaгtlaгni va an'anaviy didaktika va axborot texnologiyalari yordamida to'ldiгib turiladigan ilmiy-metodik holatlarni inobatga olgan holda loyihalash kerak. Ularda eng muhimi muammoli makro- va mikro yondashuv yordamida yecha oladigan tizimlilik shartidir.
Makrotahlilda loyihalashtiгilayotgan darsni umumiy ta'limning bir qismi sifatida ko'rish keгak. Uning maqsad va vazifalari aynan shundan kelib chiqqan holda aniqlanadi, ya'ni biгinchi o'ringa fanning asosiy vazifalaгi (asosan maktab dasturidan kelib chiqqan holda) chiqadi.
Mikrotahlil esa loyihalashtirilayotgan darsni ta'lim jarayonining ko'plab komponentalaгidan (o'qituvchi, talaba, ta'lim axborot vositasi) va bu komponentalarni bog'lovchi hilma-hillikdan tashkil topgan Ыг butundek qa'bul qilishni talab qiladi (aynan shuning uchun darsni «rejalashtirish» emas, «loyihalashtiгish» deymiz). Shu bilan birga bu bog'liqliklar an'anaviy ta'limdagiga nisbatan ancha murakkab ko'rinish oladi.
April, 2022
Shuni unutmaslik kerakki, dars o'zining maqsadi va didaktik tuzilishiga ko'ra ta'limni tashkillashtirishning judayam harakatchan va egiluvchan turidir, u doimiy rivojda bo'lib, tashqi (moddiy bazaning borligi, yangi vositalar) va ichki (ta'lim jarayonining asosiy komponentalari holati) shartlardan kelib chiqqan holda o'zgarib turadi. Shuning uchun rivojlanishni inobatga olgan holda, loyihalashtirilayotgan dars kengayish va yangilanish imkoniga ega bo'lishi kerak.
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki axborotlilik prinsipining dolzarbligi bir nechta omillar bilan tushuntiriladi. Axborotni qidirish, yig'ish, saqlash, qayta ishlash, o'zgartirish, taqsimlash va foydalanish prinsiplarini, uni qonunlarini o'rganadigan fan - informatika nuqtai-nazaridan qaraydigan bo'lsak, ixtiyoriy pedogogik texnologiyani axborot texnologiyalariga o'xshatishimiz mumkin, chunki, unda manbaa (pedagog), va axborot qa'bul qiluvchi (o'rganuvchi) bor. Ta'lim jarayonida yangi axborot texnologiyalarining qo'llanilishi o'qituvchilarning yaqin vaqtlargacha faqatgina axborotni o'quvchiga etkazib berish qobiliyati bilan o'lchangan baholash tizimini tubdan o'zgartirib yubordi. Bugunda o'qituvchining ma'lumotliligi, uning faqatgina kommunikatsion qobiliyatlari bilangina emas, balki kompyuterni axborot manbaasi sifatidsa ishlata olish qobiliyati bilan ham belgilanadi. Bu nuqtai nazardan o'qituvchining ta'lim elektron resurslari (TER) sifati va ta'lim jarayonida qo'llashning samaradorligini baholashga qaratilgan analitik, proyektiv va prognostik qobilliyatlarining shakllanganligi juda muhimdir. TERda taqdim etilgan axborot ilmiyligi va taqdim etishga qulayligi, o'quvchining o'rganishga qulayligi va hokazalar umumiy didaktik prinsiplardan kelib chiqqan holda baholanishi kerak. Ta'limda zamonaviy axborot hamda pedagogik texnologiyalarni qo'llash o'quvchi eshitish, ko'rish, ko'rganlari asosida mustaqil fikrlash qiziquvchanlik, odob-ahloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni rivojlantiradi.
Bizning fikrimizcha ta'lim tizimida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligi hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlash sifati pedagogik innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish shart-sharoitlariga, ta'limning an'anaviy usullari bilan maqsadga muvofiq ravishda uzviy qo'llashga bog'liq.
XULOSA
REFERENCES
1. Абдуллаев Ш., Амиров Д. Узбекистонда ахборот-коммуникация технологияларининг ривожланиши шархи за
April, 20221 ©
2006-2008: сборник научных трудов Координаторы: - Т. : ИСТП, 2008й.
2. Tolipov U., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiya nazariya va amaliyot. T. Fan, 2005. 205 b.
3.Малинина Л. А. Основы информационных технологий: учебник для Вузов. М. : Издательский дом «Феникс», 2012.
4. Аниськин В.Н., Замара Е.В. Организационнопедагогические условия формирования информационной компетентности сервис менеджеров туризма в системе среднего профессионального образования // Самарский научный вестник. 2013. No 1 (2).
5 .http://uz.infocom.uz/2006/10/04/axborot-texnologiyalarining-talimdagi-orni/
April, 2022