Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDAGI ASOSIY JIHATLAR'

TA’LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDAGI ASOSIY JIHATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

18
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnologiyalar / axborot asri / masofaviy ta‟lim / pedagogik texnologiyalar / COVID-19 / E.V.Ustyujanina / S.G.Evsyukov

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sevinch Akmal Qizi Mirzaqobilova

Ushbu maqolada bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning tobora ortib boraytgan muhim ahamiyatlari haqida so„z boradi. Bundan tashqari maqolada oliy ta‟limda raqamli texnologiyalarga bo„lgan ehtiyoj haqida qisqacha ma‟lumot berib o„tiladi va ta‟limdagi asosiy dasturlar va muammolar muhokama qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHDAGI ASOSIY JIHATLAR»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

m

TA'LIM TIZIMLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHDAGI ASOSIY JIHATLAR

Sevinch Akmal qizi Mirzaqobilova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3-bosqich talabasi [email protected]

Ushbu maqolada bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning tobora ortib boraytgan muhim ahamiyatlari haqida so'z boradi. Bundan tashqari maqolada oliy ta'limda raqamli texnologiyalarga bo'lgan ehtiyoj haqida qisqacha ma'lumot berib o'tiladi va ta'limdagi asosiy dasturlar va muammolar muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Raqamli texnologiyalar, axborot asri, masofaviy ta'lim, pedagogik texnologiyalar, COVID-19, E.V.Ustyujanina, S.G.Evsyukov

Bugungi kunda deyarli har kuni turli texnologiyalar zamonamizga kirib kelmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari esa, o'z navbatida hozirgi zamonda har bir davlat va jamiyat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Raqamli texnologiyalar tarmoqlar orqali, masofaviy ta'lim, telekommunikatsiya, xavfsizlik, ma'lumot omborlari, dasturiy taminot va boshqa ko'plab sohalar uchun xizmat qilish imkonini yaratadi desak adashmagan bo'lamiz. Mavjud raqamli texnologiyalar, yuqori sifatli ma'lumot omborlarini, yuqori tezlikdagi internet ulanishini, barcha sohalar uchun xavfsizlik qidiruvlarini va ko'pgina texnologiyalar to'plamini o'z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalar jamiyatimiz uchun katta imkoniyatlar yaratishiga qodir va bizning hayotimizga katta ta'sir qilishi mumkin. An'anaviy sinf ko'rsatmalari o'qitish muhitini, tezroq baho berish va ko'proq ishtirok etish kabilarni ta'minlashi kerak. Bundan farqli o'laroq, raqamli o'quv vositalari va texnologiyalari bu bo'shliqni to'ldirishi mumkin.Bunday texnologiyalarning ba'zi samaradorligi an'anaviy o'rganish metodologiyalari bilan ajralib turadi[1].

Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ta'lim muassasalarida har bir fan bo'yicha zamonaviy pedagogik texnologiya asosida ishlab chiqilgan dars rejalari ma'lum darajada o'qitish sifati va

ANNOTATSIYA

samaradorligini oshirishda alohida o'rin tutadi. Bu, birinchi navbatda, o'qituvchi va professor-o'qituvchilarning

October 20, 2023

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

professionalligi va ijodkorligi, ikkinchidan, o'z ishlarida turli xil texnik va axborot texnologiyalari vositalarini qo'llash bilan bog'liq. Zamonaviy raqamli texnologiyalar butun dunyo bo'ylab barcha ta'lim muassasalarini rivojlantirish uchun yangi vositalarni taqdim etadi. Raqamlashtirish, o'rganilgan saboq va bilimlarni almashish uchun imkoniyatlar yaratib, odamlarga ko'proq ma'lumot olish va kundalik hayotlarida yaxshi qarorlar qabul qilish imkoniyatini beradi. Yaqin kelajakda ta'lim muhitida raqamlashtirish bilan bog'liq katta o'zgarishlar yuz beradi[2]

Ma'lumki, texnologiyani o'quv jarayoniga qo'llash, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalanish XX asrning 70-80-yillarida boshlangan. Bir qator texnikalar alohida muvaffaqiyat bilan ishlatilgan. Ularning yordami bilan o'quvchilarga fanlarning mazmunini tavsiflovchi, ovozli, harakatchan tarzda yetkazish, shuningdek, ularga chuqurroq bilim berish mumkin edi. Fan va texnikaning uzluksiz rivojlanishi natijasida yuqorida sanab o'tilgan texnik vositalar o'rniga zamonaviy ko'rinishga ega yuqori texnologiyali qurilmalar yaratildi. Shuningdek, kompyuter texnologiyalarining takomillashishi ta'lim tizimiga, ayniqsa oliy ta'lim tizimiga yangi texnik vositalarni kiritilishiga olib keldi. Raqamli texnologiyalar hayotimizga shunchalik singib ketdiki, bugungi kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ta'limning globallashuvi allaqachon raqamli texnologiyalarni qo'llashni taqozo etdi. Darslarni o'tkazish, resurslarni almashish, baholash va akademik muassasalarning kundalik faoliyatini boshqarish uchun onlayn platformalar ham mavjud.

Uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida bo'lgani kabi OTMda ham raqamli ta'lim muhitini shakllantirish turli shakllarda kechadi. Bu o'rinda E.V.Ustyujanina, S.G.Evsyukov quyidagi shakllarni keltirib o'tadi: mavjud o'quv materiallari, shu jumladan, ma'ruza, taqdimot, darslik, mustaqil ish topshiriqlari hamda bilimlarni nazorat qilish vositalarini elektron variantga o'tkazish; pedagog va talabalarning o'zaro hamkorligiga asoslangan interfaol elektron muhitni, xususan, pedagoglarning elektron kabinetlarini, vebinar, bahs-munozara, forumlar o'tkaziladigan auditoriyalarni shakllantirish; o'quv vositalari: elektron darsliklar, elektron masalalar to'plami, video ma'ruza, kvestlar, kompyuter o'yinlari kabi yangi tiplarini yaratish; elektron ta'lim muhitining imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga o'qitishning mutlaqo yangi shakllarini yaratish - obrazli axborotlarni uzatish spektrini kengaytirish, rolli o'yinlarni tashkil etish orqali turli vaziyatlari modellashtirish, bellashuv o'yinlarini imitatsiyalash va hokazolar; sun'iy intellekt imkoniyatlarini o'qitish jarayoniga kiritish ham

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

971

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

я

muhim ahamiyat kasb etadi[3]. Bugungi kunda esa ta'lim muhiti innovatsion harakter kasb etmoqda. Ta'lim muhitining innovatsion harakterga ega bo'lishi tabiiy ravishda uni mazmunan yangilanishiga olib keldi. Shu sababli zamonaviy sharoitda axborot-kommunikatsion va raqamli texnologiyalarga asoslanishi ta'lim muhitini mazmunan yangilanishini ta'minladi.

Xulosa qilib aytganda, so'nggi o'n yillik davomida iqtisodiy jihatdan rivojlangan xorijiy davlatlarda raqamli ta'lim muhitini yaratish muammosi bo'yicha turli xil tadqiqotlar amalga oshirildi. Oxirgi besh yilda esa O'zbekistonda ham raqamli ta'lim muhitini yaratish muammosi dolzarblashdi. COVID-19 sharoitida mazkur muammo yanada dolzarblik kasb etdi. Shu bois O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida ham onlayn ta'limni tashkil etish bo'yicha dastlabki amaliy tajriba to'plandi. Shunga qaramay, respublikada hozirga qadar raqamli ta'limni yaratishning puxta asoslangan mexanizmi ishlab chiqilmadi, tizim yaratilmadi. Bu holat o'z navbatida OTMda raqamli ta'lim muhitini yaratish muammosini jiddiy tadqiq qilish va maxsus metodikani yaratishni taqozo qiladi.

REFERENCES

1. Noraliyeva Gavhar Murodqulovna "Ta'limda raqamli texnologiyalarning roli"., JOURNAL OF UNIVERSAL SCIENCE RESEARCH.,165-b. 2023-y.

2. Begijonov Nurmuxammad Baxtiyojon o'g'li "Oliy ta'lim muassalarida raqamli texnologiyalar tadbiqi", O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI xalqaro ilmiy-amaliy anjumani., 2022 yil 30-noyabr scientists.uz.,

3. Xonqulov Sherali Xursanaliyevich., "Oliy ta'lim muassasalarida raqamli ta'lim muhitini yaratishning nazariya va amaliyotdagi holati", ORIENTAL RENAISSANCE: INNOVATIVE, EDUCATIONAL, NATURAL AND SOCIAL SCIENCES xalqaro jurnali., 2023-yil 3-iyul., 26-b.4.

4. Саъдуллаева, М. Х. (2022). IJTIMOIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA: https://doi. org/10.53885/edinres. 2022.10. 10.021 Sa'dullaeva Mahfuza Husenovna Chirchiq davlat pedagogika universiteti "O 'zbekiston tarixi" kafedrasi o 'qituvchisi. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (10), 189-195.

241-b.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.