Научная статья на тему 'TA`LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR'

TA`LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

185
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnologiya / sun`iy intellekt / PISA / «Learning passport» / «EDU LINK» / PF-5712-sonli Farmon / BMT / YUNISEF

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Madina Komiljon Qizi Usmonaliyeva

Ushbu maqolada ta`lim tizimida raqamli texnologiyalarning o`rni, uning ta`limni rivojlantirishdagi ahamiyati, ta`limda raqamli texnologiyalardan foydalanish qanday ijobiy samara berishi, bugungi kunda yurtimizda ushbu sohada amalga oshirilayotdan ishlar haqida qisqacha ma`lumot beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA`LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR»

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

TA LIM TIZIMIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA SOHADA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR

Madina Komiljon qizi Usmonaliyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 1-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim tizimida raqamli texnologiyalarning o'rni, uning ta'limni rivojlantirishdagi ahamiyati, ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish qanday ijobiy samara berishi, bugungi kunda yurtimizda ushbu sohada amalga oshirilayotdan ishlar haqida qisqacha ma'lumot beriladi.

Kalit so'zlar. Raqamli texnologiya, sun'iy intellekt, PISA, «Learning passport», «EDU LINK», PF-5712-sonli Farmon, BMT, YUNISEF

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha barqaror rivojlanish kun tartibining asosiy tarkibiy qismlaridan biri - sifatli ta'lim. Bu barqaror rivojlanish barcha uchun teng bo'lgan sifatli ta'limni ta'minlashga qaratilgan. Raqamli texnologiyalar esa bu maqsadga erishish uchun muhim vosita sanaladi. Raqamli texnologiya ta'lim samaradorligini oshirish bilan bir qatorda sohaga yangiliklarni olib kirish uchun zarur. So'nggi yillarda dunyoda yuz bergan vaziyat ya'ni COVID-19 pandemiyasi ta'limda raqamli texnologiyalarni qo'llash qanchalik muhim ekanligini ko'rsatdi. Ushbu raqamli texnologiyalar butun ta'lim tizimida paradigmani o'zgartirdi. U nafaqat bilim yetkazib beruvchi, balki axborotning hammuallifi, maslahatchisi va baholovchisi hamdir. Ta'limga raqamli texnologiyalarning kirib kelishi talabalar hayotini qulaylashtirib, vaqtni yanada tejash imkoniyatini yaratdi.

Bugungi kunda raqamli texnologiya va sun'iy intellektlar hayotning barcha jabhalarida faol qo'llanilmoqda. Davlat boshqaruvi, iqtisod, bank, xizmat ko'rsatish sohalarida bo'lganidek, ta'lim tizimining ham tez sur'atlarda rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Yurtimizdagi barcha fuqarolar, erkag-u ayol, yosh-u qari, hammaning ongida raqamli texnologiyalar orqali barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikr shakllanmoqda. Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek: "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi". [1] Bularni inobatga olgan holda bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda zamonaviy texnologiyalardan, ayniqsa ta'limda sun'iy intellekt va raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishga katta e'tibor

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

913

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

gL

berilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-sonli Farmonida "PISA" (The Programme for International Student Assessment) o'quvchilarni baholash xalqaro dasturi reytingida O'zbekistonning 2021 yilda birinchi 70 talikka, 2025 yilda esa 60 talikka, 2030 yilga kelib esa, birinchi 30 ta ilg'or mamlakatlar qatoriga kiritish ko'zda tutilgan[2].

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta"lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi qoshida "Ta'lim sifatini baholash bo'yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish Milliy markazi" tashkil etildi

[3].

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Raqamli texnologiyalar va suniy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorlari ham qabul qilindi.

O'zbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish dasturida ta'lim tizimi uchun kadrlar tayyorlash masalasi asosiy omillardan biri sifatida kiritilgan. U inson resurslari va ta'limning quyidagi asosiy yo'nalishlarini belgilaydi:

- texnologiya bo'yicha shaxsan ta'lim berish;

- mazkur yo'nalishlar bo'yicha chuqur bilimga ega mutaxassislar tayyorlanishi mumkin bo'lgan ta'lim tizimini yaratish;

- oliy ta'lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash;

- raqamli iqtisodiyotni har tomonlama o'rganish uchun zarur bo'lgan zamonaviy ilmiy va amaliy adabiyotlarni yaratish;

- mehnat bozori mexanizmlarini ishlab chiqish;

- elektron platforma texnologiyalaridan foydalangan holda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida milliy ekotizimlarni yaratish [4].

Bugungi kunda biror davlatning barqaror rivojlanishi o'sha davlatda ta'lim tizimining yuqori darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Axborot texnologiyalari umumiy bilimlarni tarqatish uchun paydo bo'ldi va bugun ta'lim islohotlarining asosiy harakatlantiruvchi kuchiga aylandi. Mobil qurilmalar, aqlli doskalar, planshetlar, noutbuklar, simulyatsiyalar, dinamik vizualizatsiya va virtual laboratoriyalar kabi yangi texnologiyalar yordamida o'qitish vositalarining joriy etilishi ta'lim muassasalarda ta'lim sifatiga

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

914

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Hozirgi kunda talabalari darslarga tayyorgarlik va mustaqil tadqiqot ishlarini amalga oshirish davomida qog'oz va qalamdan foydalanish o'rniga, har xil turdagi taqdimot va loyihalarni yaratish orqali ta'lim jarayoniga yangiliklar olib kirishlari, og'ir kitoblarni doimiy ravishda o'zlari bilan olib yurmasdan, elektron kitoblardan foydalanishlari mumkin. Bu orqali ular qulaylikka erishlari va oz vaqt davomida ko'plab bilimlarni egallashlari mumkin. Sinf jadvallari, topshiriqlar jadvallari, ekskursiyalar, ma'ruzachilar tadbirlari, imtihonlar jadvallari yoki semestr tanaffuslarini ko'rsatishimiz mumkin bo'lgan onlayn sinf taqvimi talabalarga shunga mos ravishda vaqtlarini to'g'ri rejalashtirishga yordam beradi.

Maktablarda an'anaviy darslar bugungi kun o'uvchilarini o'ziga jalb eta olmaydi, ularni tezroq baholashni va ko'proq ishtirok etishlarini ta'minlay olmaydi. Raqamli ta'lim vositalari va texnologiyalari bu bo'shliqni to'ldiradi. Bu texnologiyalarning imkoniyatlari an'anaviy ta'lim metodologiyalari bilan qiyoslaganda tengsizdir. Smartfonlar va boshqa simsiz texnolo-giya qurilmalari keng omma orasida ommalashib borayotgan bir vaqtda, maktablar va ta'lim muassasalari texnologiyani sinfga joylashtirish orqali ulardan samarali foydalanishlari mantiqan. Darhaqiqat, bugungi texnologiyaning moslashuvchanligi, ularni o'rganishning osonligi, juda ko'p vaqt tejash imkonini berishi uning ommalashishiga sabab bo'lmoqda.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida raqamlashtirish borasida YUNISEF tomonidan O"zbekistondagi maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirish uchun «Learning passport» nomli raqamli ta'lim platformasini yaratish, O'zbekistondagi Yaponiya JICA vakolatxonasi tomonidan «O'zbekistonda alohida parvarishga muhtoj bolalar bilan ishlaydigan pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo'yicha» loyihasi, Koreya-O'zbekiston biznes assosiyasi tomonidan maktabgacha ta'lim tizimi uchun yaratilayotgan «EDU LINK» axborot tizimi loyihasi kabi ishlar amalga oshirildi [5]. Bu esa raqamli texnologiyalardan faqat oliy o'quv yurtlarida emas balki ta'lim tizimining istalgan bosqichida foydalanish mumkin ekanligining isbotidir.

Darslarda raqamli texnologiyalardan foydalanish tarqatma materiallar va kitoblar uchun kamroq qog'ozdan foydalanishning atrof-muhitga ta'siridan tortib, vaqtni tejash va tadqiqot qulayligigacha, raqamli o'rganish xarajatlarni kamaytirish, resurslardan yaxshiroq foydalanish, barqarorlikni rag'batlantirish orqali o'qituvchilar uchun ta'sir doirasini kengaytirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Bugungi kunda texnologiya zamonaviy hayot va jamiyatning ko'plab jabhalarida keng tarqalgan va o'zaro bog'liqdir. Dunyoni qamrab olgan raqamli inqilob ta'lim sohasiga ham singib keta boshladi. U

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

915

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligi

g

я

o'quvchilaming o'rganish usullarini tez o'zgartiradi va natijada texnologiya ta'limni yanada arzonroq va qulayroq qilish orqali uni yana yaxshilashi rejalashtirilmoqda.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hamma narsaning ijobiy va salbiy tomonlari bo'lganligi kabi, ta'limning barcha bosqichlarida raqamli texnologiya va sun'iy intellektlardan foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar keltirib chiqarib, ba'zi kamchiliklari bo'lsada (masalan, doimiy ravishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish o'quvchi talabalarning kitobga bo'lgan qiziqishini kamaytirishi, oson usullardan foydalanishga o'rganib qolish kabi), boshqa tomondan esa turli yutuqlarni qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Raqamli texnologiyalar tadqiqotchilarning mushkullarini oson qilib, istalgan malumotlarini oson qo'lga kiritishlariga, vaqtlarini tejashlariga yordam beradi. Maktabda tarix darslarida sun'iy intellektlardan foydalanish esa o'quvchilarni mavzuga yanada qiziqishlariga, o'sha davr muhitini ularning ko'z oldida gavdalanishiga yordam beradi. Bu esa ularning mavzuni yanada oson usulda tushunishlariga yordam beradi. Buday vositalardan dars davomida foydalanish induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada rivojlanishi holatida yaqqol namoyon bo'ladi.

REFERENCES

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni. 2018-yil 5-sentabr. PF-5538

[3] O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarori. 2018-yil 8-dekabr.

[4] Пашкова А.Ф., Абдурасулова Н. А. (2022). Цифровизация образования: проблемы и перспективы. Вестник Мининского университета, 8-31, 75.

[5] Maktabgacha ta'lim vazirligining Mdo.uz saytidan olingan.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.