Научная статья на тему 'PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALRNING O‘RNI'

PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALRNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
89
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogika / ta’lim / raqamli texnologiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muminova Gulnozaxon Sulton Qizi

Ushbu maqolada O’zbekiston sharoitida raqamli texnologiyalarni ta’lim sohasida qo’llash orqali ta’lim sifatini oshirish masalasi ko’rib chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALRNING O‘RNI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

PEDAGOGIK IJODKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALRNING O'RNI Muminova Gulnozaxon Sulton qizi

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7993877

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston sharoitida raqamli texnologiyalarni ta'lim sohasida qo'llash orqali ta'lim sifatini oshirish masalasi ko'rib chiqilgan.

Kalitso'zlar:pedagogika, ta'lim, raqamli texnologiya.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996- sonli Qarori Sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida "Raqamli O'zbekiston — 2030" Strategiyasiga muvofiq hamda sun'iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish va ularni mamlakatimizda keng qo'llash, raqamli ma'lumotlardan foydalanish imkoniyatini va ularning yuqori sifatini taminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida: "Raqamli O'zbekiston — 2030" Strategiyasini har tomonlama amalga oshirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimida sun'iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish bo'yicha quyidagilar belgilandi:

• Sun'iy intellekt sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib borish, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning ilmiy ekotizimini shakllantirish;

• Sun'iy intellekt texnologiyalari asosida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha innovatsion mahsulotlarni hamda ularning modellari, algoritmlari va dasturiy ta'minotini ishlab chiqish;

• sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo'yicha yetakchi xorijiy innovatsion va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish;

• Sanoat va jamiyat asoslarini qurish bilan bir qatorda, reja "kelajak poydevori sifatida ta'limni isloh qilish va ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar tizimini qayta qurishni talab qiladi.

Ta'lim islohotiga kelsak, boshlang'ich va o'rta ta'limdan tashqari, shuningdek, ta'limda sun'iy intellekt bilan bog'liq bo'lgan ta'lim, boshqacha aytganda, "matematika, ma'lumotlar fanlari va AI" ta'limi qanday bo'lishi kerakligi ko'rsatilgan.

Raqamli texnologiyani o'zi nima degan savolga quyidagicha javob beramiz: bu - xo'jalik yuritishning bir zamonaviy shakli bo'lib, unda ishlab chiqarish va boshqarishning asosiy faktori sifatida raqamli ko'rinishdagi katta ma'lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi. Olingan natijalarni amaliyotda ishlatish esa an'anaviy xo'jalik yuritish shakllariga nisbatan ancha katta samaradorlikka erishishga imkon beradi[2. 28]. Misol sifatida turli xildagi avtomatik ishlab chiqarish jarayonlarini, 3D-texnologiyasini, bulutli texnologiyalarni. masofaviy meditsina xizmatlari ko'rsatishni, aqlli texnologiyalar yordamida mahsulot yetishtirish va uni yetkazib berishni, turli xildagi tovarlarni saqlash va ularni sotish jarayonlarini keltirish mumkin.

Raqamli texnologiyalar orqali ta'lim berilsa ta'lim oluvchilarga ta'lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta'lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta'lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg'ulotlar o'tkazish ta'lim sifatini oshirishni ta'minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo llanilishi yaxshi samara

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

berishi hammamizga ma'lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta'lim olishning bir turi deb olsak bo'ladi.

Ta'lmda raqamli texnologiyalarni o'qitish sifatini saqlab qolgan holda samarali qo'llash uchun nimalar qilish kerak? [3. 5].

Birinchidan, albatta mamlakatimizda Internet infratuzilmasini yaxshilashimiz, mobil operatorlar tomonidan ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishimiz va eng muhimi aholining, ayniqsa talaba yoshlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining so'ngi yutuqlarini o'zlashtirishga shart-sharoitlar hamda imtiyozlar yaratib berishimiz lozim.

Ikkinchidan, o'quv jarayonini tashkil etishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko'lamini kengaytirish va axborot resurslari, o'qitish vositalari va masofaviy o'qitish texnologiyalarini rivojlantirish, ijodkor talabalarni universitetni raqamlashtirish loyihalariga jalb qilish bilan oliy ta'lim muassasalari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bo'yicha vakolatli organlarga takliflar berish, yuqori samaradorlikka ega raqamli qurilmalar bilan jihozlangan tuzilmalar, o'quv xonalari, laboratoriyalar, mediastudiyalar va boshqalarni o'z ichiga olgan markazlarni tashkil etish hamda unda orttirilgan tajribani O'zbekistonning barcha oliy ta'lim muassasalarida qo'llash.

Uchinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish.

To'rtinchidan, interfaol taqdimot tizimlaridan foydalanish, ma'ruza va seminar darslari uchun internet bilan bog'liq holda interfaol va multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish kabi mavzular bo'yicha o'qituvchilarning malakasini oshirish uchun kurslarni tashkil qilish va o'tkazish.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, bugungi kunda hayotimiz har jihatdan texnika va texnologiyalar bilan bog'liq, Biz ta'lim sifatini oshirish va rivojlantirish uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik. Va bu orqali talaba yoshlarni manfaatli bilim olishlarini va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishlarini tarafdorimiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. https://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliy-2501-2020.

2. Abdullayev, M., Guiyamov S. & Ayupov, R. (2020). Raqamli iqtisodiyot - kadrlar tayyorlashning dolzarb yo'nalishlari. Arxiv nauchnbix issledovaniy, 1(23). izvlecheno ot https://journal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/2702.

3. I.Majidova., Ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish istiqbollari.: current issues of bio economics and digitalization in the sustainable development of regions. International scientific - practical conference

4. Ibragimov, X., & Sh, A. (2008). Pedagogika nazariyasi (darslik). T.: Fan va texnologiya, 288.

5. Ибраимов, Х. И. (2018). Креативность как одна из характеристик личности будущего педагога. Наука, образование и культура, (3 (27)), 44-46.

6. Хонимкулова, М. Х. К., & Ибраимов, Х. И. (2018). Необходимость изучения иностранных языков: теория и практика. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 8083.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

7. Ibragimovich, I. K. (2020). Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system. International journal of discourse on innovation, integration and education, 1, 6-15.

8. Ибраимов, Х. И. (2019). Теоретические аспекты социально-психологической адаптации студентов-первокурсников к обучению в вузе. Вопросы науки и образования, (26 (75)), 12-16.

9. Ибраимов, Х. И. (2018). Коммуникативная компетентность как механизм профессионального саморазвития будущего педагога. Проблемы педагогики, (2 (34)), 7-10.

10. Ibragimov, X., & Abdullaeva, S. H. (2008). Theory of pedagogy. Science and Technology.

11. Ибрагимов, Х. И. (2020). Организация самостоятельной работы студентов в условиях цифровизации вузовского образования. Наука и образование сегодня, (7 (54)), 74-75.

12. Ibragimovich, X. I. (2021). O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 209-214.

13. Ibragimov, X. I., Yo'ldoshev, U. A., & Bobomirzayev, X. (2009). " Pedagogik Psixologiya" O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent.

14. Ибраимов, Х. И. (2019). Педагогические и психологические особенности обучения взрослых. Academy, (10 (49)), 39-41.

15. Атауллаев, Ф. Ф. У., & Ибраимов, Х. И. (2019). Понятие профессионально-коммуникативной компетентности будущих учителей в психолого-педагогических исследованиях. Вопросы науки и образования, (1 (42)), 70-74.

16. Ibragimovich, I. K. (2018). Intensive methods of teaching foreign languages at university. Вопросы науки и образования, (27 (39)), 78-80.

17. Ibragimovich, I. K., Kholboevna, I. F., Amrilloevich, I. A., & Rakhmonovich, U. S. (2021). PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND

DEVELOPMENT. (48(12).

18. Ибрагимов, Х. И. (2021). ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ. Экономика и социум, (1-1 (80)), 608-611.

19. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Relevance of english language science and teaching structure. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 883887.

20. Ibragimov, X. I., & Salimova, Z. K. (2021). Intensive in teaching english characteristics of application of methods. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(4), 1588-1594.

21. Rahmanovich, O. A., Yusufovich, E. H., Dilshodqizi, S. S., Almasovna, S. A., & Ibragimovich, H. I. (2020). Linguistic features of compound words in english and Uzbek languages. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(2), 925-932.

22. Bahtiyorova, F. Н. USING FOLK LITERATURE IN THE PRIMARY ENGLISH AS A FOREIGN LANGUAGE CLASSROOMS.

23. Ибраимов, Х. И. (2018). НЕЙРОПЕДАГОГИКА КАК НОВОЕ ПРИКЛАДНОЕ НАПРАВЛЕНИЕ В ПЕДАГОГИКЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILISOPHY, PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY (pp. 6-10).

24. Ibragimovich, I. H., & Ghazzali, I. Increasing the Classical Activity of Future Teachers as a Pedagogical and Psychological Problem. JournalNX, 98-102.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI _2023-yil 2-iyun_

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.