Научная статья на тему 'ZAMONAVIY KIBERMAKONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN EHTIYOJNING OSHIB BORISHI'

ZAMONAVIY KIBERMAKONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN EHTIYOJNING OSHIB BORISHI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

79
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / aqlli qishloq xo„jaligi / sunʼiy intellekt / agrar sohani raqamlashtirish / geofazoviy texnologiya / agrar ta‟lim. / цифровые технологии / интеллектуальное сельское хозяйство / искусственный интеллект / оцифровка аграрного сектора / геопространственные технологии / аграрное образование.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Soxiba Kurbanovna Yazdonova

Maqolada zamonaviy kibermakonda inson omilini cheklanishi, sun‟iy intelektning oshib borishi, ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni jаdal kirib kelishi tahlil etilib, uning sohalar kesimidagi rivoji qishloq xo„jaligi misolida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье анализируется ограничение человеческого фактора в современном киберпространстве, рост искусственного интеллекта, ускоренное внедрение цифровых технологий на всех этапах общественной жизни, раскрывается его развитие в разрезе отраслей на примере сельского хозяйства.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY KIBERMAKONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN EHTIYOJNING OSHIB BORISHI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ZAMONAVIY KIBERMAKONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHGA BO'LGAN EHTIYOJNING OSHIB BORISHI

Soxiba Kurbanovna Yazdonova

Samarqand davlat universiteti dotsenti [email protected]

ANNOTATSIYA

Maqolada zamonaviy kibermakonda inson omilini cheklanishi, sun'iy intelektning oshib borishi, ijtimoiy hayotning barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni jadal kirib kelishi tahlil etilib, uning sohalar kesimidagi rivoji qishloq xo'jaligi misolida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, aqlli qishloq xo'jaligi, sun'iy intellekt, agrar sohani raqamlashtirish, geofazoviy texnologiya, agrar ta'lim.

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется ограничение человеческого фактора в современном киберпространстве, рост искусственного интеллекта, ускоренное внедрение цифровых технологий на всех этапах общественной жизни, раскрывается его развитие в разрезе отраслей на примере сельского хозяйства.

Ключевые слова: цифровые технологии, интеллектуальное сельское хозяйство, искусственный интеллект, оцифровка аграрного сектора, геопространственные технологии, аграрное образование.

ABSTRACT

The article analyzes the limitations of the human factor in modern cyberspace, the growth of artificial intelligence, and the rapid penetration of digital technologies in all stages of social life. Its development in a cross-section of sectors is revealed on the example of agriculture.

Keywords: digital technology, smart agriculture, artificial intelligence, digitization of the agricultural sector, geospatial technology, agricultural education.

Kirish. XXI-asr o'zining shiddatkorligi, jilovlanmasligi, o'zgaruvchanligi va shu bilan birga, jadal sur'atlarda axborotlashish tendensiyasiga ko'ra alohida ajralib qolmoqda. Boshqacha aytganda, "globallashuv jarayonlari bashariyat uchun beqiyos yangi

May 12-13

216

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda"[1,296]. Demak, har bir davlatning o'zligini saqlab qolishda yagona yo'l, bu - yangi zamonga moslashish, uning taraqqiyot omillarini o'zlashtirish, muvozanatli murosa qilish strategiyasini ishlab chiqishda ko'rinadi. Chunki, jahonda "tengsizlik", "o'zga davlat ichki ishlariga aralashish", "millatlararo nizolarni tashkillashtirish", "yagona demokratlashgan jamiyat" niqobi ostida - qo'shni davlatlar iqtisodiyotiga zarar yetkazish (iqtisodiy sanksiyalarni kiritish) avj olmoqda[2,855-860]. Bunday jarayon ortidan ijtimoiy hayotning barcha yo'nalishlari jabr ko'rmoqda.

O'zbekiston muvozanatli murosa tamoyiliga amal qilgan holda, dunyo davlatlari bilan har tomonlama hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini olib bormoqda. Jumladan, respublikada agrar sohaga oid islohotlar keng qamrovda kechmoqda. Ya'ni hududlarni barqaror rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan unumli foydalanishga alohida urg'u berilmoqda.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida raqamlashtirishning turli shakllari: kengaytirilgan reallik, robototexnika, sensorlar, 3D bosib chiqarish, tizim integratsiyasi, sun'iy intellekt, raqamli egizaklar bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Ayniqsa, fermer xo'jaliklaridagi ishlab chiqarish tizimlari, qiymat zanjirlari va oziq-ovqat tizimlari bilan bog'liq masalalarni yuritishda raqamli iqtisodiyotning o'rni borasidagi ilmiy izlanishlar (Klerkx, L., Jakku, E., & Labarthe, P. (2019). Global oziq-ovqat tizimida yanada barqarorlikka erishishda raqamli qishloq xo'jaligining o'rni, ya'ni tuproq, iqlim va genetik resurslarni kuzatish, baholash va boshqarish uchun raqamli va geofazoviy texnologiyalarga qaratilgan tadqiqotlar (Basso, B., & Antle, J. (2020), raqamli qishloq xo'jaligining iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy o'lchamlarini qanchalik zarurligini ko'rsatmoqda.

Shuningdek, tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. O'zbekistonda agrar sohani rivojlantirish, uni yangi texnologiyalar bilan "qurollantirish" haqida fikr yuritganda 2020 yil 15 dekabrda qabul qilingan "Agrar ta'lim tizimining 2030 yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori muhim voqelik bo'ldi. Chunki, qarorda:

- qishloq xo'jaligida innovatsion resurs tejaydigan texnologiyalarni qo'llash;

- "Aqlli qishloq xo'jaligi" (Smart agriculture) va raqamli texnologiyalarni joriy qilish;

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

startap-loyihalarni amalga oshirish orqali qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish;

- ilmiy tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng joriy etish uchun amaldagi ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi mexanizmini takomillashtirish;

- qishloq xo'jaligi yo'nalishida xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur sharoitlar yaratish[10] kabi vazifalarning belgilab olinishi, agrar sohani yaqin kelajakda texnologik jihatdan takomillashuviga olib kelishi muqarrar. Albatta, bunga qadar ham mamlakatimizda agrar sohani rivojlantirish, uni texnologik jihatdan zamonaviylashtirish borasida ko'plab ishlar qilindi. Buning natijasida, 2000 yilda 1999 yilga nisbatan jami qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmi 3,1 foizga, dehqonchilik mahsulotlari 3,1 va 3,0 foizga o'sgan bo'lsa ushbu ko'rsatkichlar 2000 yildan 2106 yilgacha bo'lgan davrlarda mos holda o'rtacha o'sishi 5,8 foiz, 6,0 foiz va 5,5 foizga teng bo'ldi[3,4].

Jamiyatning agrar yo'nalishi doimiy o'sish dinamikasiga asoslangan bo'lishi shart. Chunki, tabiatning bugungi o'zgarishlari, inson omili ta'sirida yuzaga kelayotgan "tabiat tahdid"lari shuni ko'rsatmoqda. Shu sababli, Davlatimiz agrar islohatlarni olib borishda kechiktirib bo'lmas masalalarga alohida urg'u berishni maqsad qilib oldi. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin:

1. Qishloq yo'jaligini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etgan holda suv tejovchi yangi sug'orish tizimini joriy qilish va buni bosqichma-bosqich oshirib borish. Chunki, bugungi kunda qishloq xo'jaligida suvdan to'g'ri foydalanish ham juda muhim masala hisoblanadi. Tahlillarga ko'ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo'naltirilsa-da, uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug'orish tizimlarida va sug'orish jarayonida yo'qotiladi. Jahon suv resurslari instituti taxminlariga ko'ra, 2040 yilga borib O'zbekiston suv o'ta tanqis bo'lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin. Shu bois, davlatimiz rahbari bu masalaga alohida e'tibor qaratib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va uning hisobini yuritish, har yili 200 ming gektar maydonda suvtejovchi texnologiyalarni joriy qilib borish[4,104] zarurligini ta'kidladi.

2. Qishloq xo'jaligini yuritishda raqamli agrotexnik texnologiyalarni joriy etish. Bu borada jahon tajribasiga qaraydigan bo'lsak, agrar sohada uchuvchisiz transport vositalaridan foydalanish amaliyoti Yevropa davlatlarida keng yo'lga qo'yilgan. Xususan,

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

haydovchisiz traktorlar va uchish apparatlari; moddiy resurslarni boshqarish; qishloq xo'jaligi vegetatsiyasi avtomatlashtirilgan tizimlari; o'rmon va yer osti boshqaruvi; qoramol fermalarini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari shular jumlasidandir.

Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, intellektual fermalarda nafaqat haydovchisiz transport vositalari, balki kamera va yuqori sezuvchi sensorlar bilan ta'minlangan uchuvchisiz uchish apparatlaridan ham foydalanish mumkin[5]. Ular bir necha soat davomida qishloq xo'jaligi uchastkalarida tadqiqot olib borish, kamera va sensorlar yordamida yiqqan ma'lumotlarni fermerga yetkazish, maydonlar elektron xaritasini 3D formatda yaratish, ekinlarni samarali o'g'itlash maqsadida me'yorlashtirilgan vegetatsiya indeksini hisoblash, olib borilayotgan ishlarni xatlash, yerni himoyalash va boshqa imkoniyatlarga ega[6,939-940]. Bu kabi imkoniyatlardan hozirda AQSh, Xitoy, Yaponiya, Braziliya va YeI mamlakatlari qishloq xo'jaliklarida keng foydalanilmoqda.

3. Qishloq xo'jaligi sohasini texnik va texnologik bazasini oshirish ko'p jihatdan agrosanoat majmuasining umumiy rivojlanish tendensiyalariga bog'liq bo'lganligi sababli, keyingi yillarda hukumatimiz tomonidan chorvachilik va o'simliklarni yetishtirishni texnologik takomillashtirish, yer unumdorligini oshirish va qo'l mehnatini mexanizatsiyalashgan faoliyat bilan almashtirishga qaratilgan islohotlar olib borilmoqda. Xususan, ekin maydonlari holatini tezkor monitoring qilish, agrotexnik tadbirlarni rejalashtirish, dalalarda ishlaydigan texnikalarni nazorat qilish va dala jurnallarini yuritish imkonini beradigan qishloq xo'jaligi sektorini raqamlashtirish, buxgalteriya jarayonlarini avtomatlashtirish, inson omilining ta'sirini kamaytirish asosida dastlabki hisob ma'lumotlarni shakllantirish uchun yerni masofaviy kuzatish tizimini joriy qilish ustida amaliy ishlar olib borilmoqda.

4. Agrar sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan malakali kadrlarni tayyorlash tizimiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Aniqroq aytganda, "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligining 2020-2030 yillarda rivojlanish strategiyasi" asosida qishloq xo'jaligida ilm-fan, ta'lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimlarini rivojlantirishga va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan islohotlar jadallashdi. Chunki, tadqiqotlarda keltirilishicha hozirgi kunda qishloq xo'jalik ilmiy-tadqiqot ishlanmalariga davlat sarmoyalari miqdori yalpi qishloq xo'jalik byudjetining 0,2% ni tashkil qilar ekan[7]. Shu sababli, hukumatimiz tomonidan "Agrar ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi qaror qabul qilinib, agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etish belgilandi hamda Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yo'nalishlarinmg sirtqi ta'lim shakli bo'yicha masofaviy ta'lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo'lga qo'yilish strategiyasi ishlab chiqildi.

5. Qishloq xo'jaligini yuritishda raqamli iqtisodiyotga o'tish bo'yicha istiqbolli rejalar ishlab chiqilmoqda. Bularga:

- mamlakatimizda aholi eng ko'p to'qnash kelayotgan sohalarni raqamlashtirish, jumladan, sog'liqni saqlash, kadastr, ijtimoiy himoya, qishloq xo'jaligi, ta'lim yo'nalishlarini raqamlashtirish bo'yicha amaliy jarayonlar boshlandi;

- agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;

- aholi va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish;

- raqamli texnologiyalarini joriy etish orqali qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish unumdorligini oshirish, mahsulotlar tannarxini kamaytirish va eksport salohiyatini oshirish tizimini tashkil etish, qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bilan bevosita bog'liq ustuvor yo'nalishlari jahon tajribasiga asoslanib qayta ko'rib chiqish tizimi yaratilmoqda.

Tadqiqotdan olingan xulosalar:

Birinchidan, raqamli texnologiyalar iqtisodiyot tarmoqlarini barchasini singari qishloq xo'jaligini ham kompleks rivojlantirishda birlamchi omil hisoblanadi. Chunki, iqtisodiy o'sish darajasini raqamli texnologiyalar bilan bog'laganda kutilgan natijalarni berishi jahonning yetakchi ilmiy tadqiqot markazlari tadqiqotlarida isbotlangan.

Ikkinchidan, zamonaviy yondashuv bo'yicha qishloq xo'jaligini yuritishda tejamkorlik, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, mahsulot sifati hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda raqamli texnologiyalar muhim rol o'ynaydi. Bu boradagi yutuqlarga erishgan davlatlarga Singapur, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Estoniya, Gonkong, Yaponiya va Isroil mamlakatlarini kiritish mumkin. Demak, biz ham qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish va uni boshqarishda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishga o'tishimiz, bu sohani moddiy texnika ta'minotini talab darajasida yaratishimiz, ularni zamonaviy raqamli texnologiya bilan qurollantirishimiz zarur hisoblanadi.

Uchinchidan, qishloq xo'jaligini yuritishda sog'lom raqobat tizimini vujudga keltirish, ya'ni ishlab chiqarish samaradorligini, mahsulot sifatini, xo'jalik yuritishning yakuniy bosqichini, uni iqtisodiy moliyaviy ko'rsatkichlarini shunga bog'lash mexanizmini kuchaytirish, ta'bir joiz bo'lsa - ishlab chiqish zarur.

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -T.: O'zbekiston, 2021.

2. Yazdonov, U. B. T. (2022). QISHLOQ XO 'JALIGI TA'LIM YO 'NALISHLARIDA O 'TILADIGAN IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR (MUAMMO VA YECHIMLAR). Academic research in educational sciences, (Conference), 855-860.

3. Dadaboyev T.Yu. O'zbekiston qishloq xo'jaligi iqtisodiyotida olib borilgan islohot natijalari//"Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" № 1. 2018. -B. 4.

4. Altmishov B. Qishloq xo'jaligi yangilanayotgan standartlar bilan// AGRO ILM -O'ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO'JALIGI. № 1. 2023. -B.104.

5. Yazdanov, U. (2017). Jamoatchilik fikrini transformatsiya qilish imkoniyatlari. Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari.

6. N. Karimov va bosh. Qishloq xo'jaligida raqamli texnologiyalarning joriy etish masalalari// ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES. VOLUME 2. 2021. -P. 939-940.

7. O'zbekistonda ilm-fan va innovatsion faoliyat//O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi. -Toshkent, 2020.

8. Klerkx, L., Jakku, E., & Labarthe, P. (2019). A review of social science on digital agriculture, smart farming and agriculture 4.0: New contributions and a future research agenda. NJAS-Wageningen journal of life sciences, 90, 100315.

9. Basso, B., & Antle, J. (2020). Digital agriculture to design sustainable agricultural systems. Nature Sustainability, 3(4), 254-256.

10. https://lex.uz/docs/5169543

B.296.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.