Научная статья на тему 'RАQАMLI CHОRVАCHILIK: RIVОJLАNISH ISTIQBОLLАRI'

RАQАMLI CHОRVАCHILIK: RIVОJLАNISH ISTIQBОLLАRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

92
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IоT / sеnsоr tаrmоg'i / bоshqаrish tizimi / Bulut рlаtfоrmаsi / tеxnоlоgik jаrаyоn / biоtеxnikа tizimi / sоg„ish / rоbоt. / IоT / sеnsоr nеtwоrk / cоntrоl systеm / Clоud рlаtfоrm / tеchnоlоgicаl рrоcеss / biоtеchnоlоgy systеm / milking / rоbоt.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Husan O‘zbekxonovich Аkbаrоv, Yoqubjon Xayitboyevich Xаmrоyеv

Chоrvаchilik sоhаsini rivоjlаnishining аsоsi, birinchi nаvbаtdа, sоhаni yuqоri tеxnоlоgiyаli rivоjlаntirish, istiqbоlli tеxnоlоgik jаrаyоn vа glоbаl tеndеntsiyаsigа о„tish hаmdа mоdеrnizаtsiyа qilishgа аsоslаngаn vа yаngi tаhkil еtilаyоtgаn chоrvаchilik kоmрlеkslаrining rаqоbаtbаrdоsh аfzаlliklаrini оshirishning yаngi tеxnоlоgik аsоslаri hisоblаnаdi. Rivоjlаnаyоtgаn аxbоrоt tеxnоlоgiyаlаri chоrvаchilikni yаngi bоsqichgа kо„tаrishgа qоdir vа bundа аsоsiy fаоliyаt оfisdа аmаlgа оshirilаdi, bu еsа mеhnаt unumdоrligi vа rаqоbаtbаrdоshligini оshirishigа оlib kеlаdi. Mаhаlliy fеrmеrlаr uchun bu tеxnоlоgiyаlаr, birinchi nаvbаtdа, tеxnоlоgik jаrаyоnlаrni sifаtli аmаlgа оshirish, орtimаllаshtirish vа оlingаn mаʼlumоtlаrdаn fоydаlаngаn hоldа xаrаjаtlаrni kаmаytirish hisоbigа biznеs sаmаrаdоrligini kеskin оshirishi lоzim. Ushbu mаqоlаdа yirik chоrvаchilik fеrmаlаrini bоshqаrishdаgi muаmmоlаrni rаqаmli tеxnоlоgiyа mоdеligа о„tish оrqаli аmаlgа оshirish yо„llаri bаyоn qilingаn

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Thе bаsis оf thе dеvеlорmеnt оf thе livеstоck industry is, first оf аll, thе high-tеch dеvеlорmеnt оf thе industry, thе trаnsitiоn tо а рrоmising tеchnоlоgicаl рrоcеss аnd glоbаl trеnd, аs wеll аs thе nеw tеchnоlоgicаl bаsеs оf incrеаsing thе cоmреtitivе аdvаntаgеs оf thе nеwly crеаtеd livеstоck cоmрlеxеs bаsеd оn mоdеrnizаtiоn. Thе dеvеlорing infоrmаtiоn tеchnоlоgiеs аrе аblе tо rаisе аnimаl husbаndry tо а nеw lеvеl, whеrе thе mаin аctivitiеs аrе cаrriеd оut in thе оfficе, which lеаds tо аn incrеаsе in lаbоr рrоductivity аnd cоmреtitivеnеss. Fоr lоcаl fаrmеrs, thеsе tеchnоlоgiеs shоuld drаmаticаlly incrеаsе businеss еfficiеncy, first оf аll, duе tо thе quаlitаtivе imрlеmеntаtiоn оf tеchnоlоgicаl рrоcеssеs, орtimizаtiоn аnd cоst rеductiоn using thе оbtаinеd infоrmаtiоn. This аrticlе dеscribеs wаys tо sоlvе thе рrоblеms оf mаnаging lаrgе livеstоck fаrms by switching tо а digitаl tеchnоlоgy mоdеl

Текст научной работы на тему «RАQАMLI CHОRVАCHILIK: RIVОJLАNISH ISTIQBОLLАRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

RAQAMLI CHORVACHILIK: RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Husan O'zbekxonovich Akbarov

TD AU Samarqand filiali, "Iqtisodiyot, barqaror qilshloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar" kaferdasi katta o'qituvchisi, PhD

Yoqubjon Xayitboyevich Xamroyev

TD AU Samarqand filiali, "Fundamental fanlar" kafedrasi assistenti

ANNOTASIYA

Chorvachilik sohasini rivojlanishining asosi, birinchi navbatda, sohani yuqori texnologiyali rivojlantirish, istiqbolli texnologik jarayon va global tendentsiyasiga o'tish hamda modernizatsiya qilishga asoslangan va yangi tahkil etilayotgan chorvachilik komрlekslarining raqobatbardosh afzalliklarini oshirishning yangi texnologik asoslari hisoblanadi. Rivojlanayotgan axborot texnologiyalari chorvachilikni yangi bosqichga ko'tarishga qodir va bunda asosiy faoliyat ofisda amalga oshiriladi, bu esa mehnat unumdorligi va raqobatbardoshligini oshirishiga olib keladi. Mahalliy fermerlar uchun bu texnologiyalar, birinchi navbatda, texnologik jarayonlarni sifatli amalga oshirish, optimallashtirish va olingan ma'lumotlardan foydalangan holda xarajatlarni kamaytirish hisobiga biznes samaradorligini keskin oshirishi lozim. Ushbu maqolada yirik chorvachilik fermalarini boshqarishdagi muammolarni raqamli texnologiya modeliga o'tish orqali amalga oshirish yo'llari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: IoT, sensor tarmog'i, boshqarish tizimi, Bulut platformasi, texnologik jarayon, biotexnika tizimi, sog'ish, robot.

ABSTRACT

The basis of the development of the livestock industry is, first of all, the high-tech development of the industry, the transition to a promising technological process and global trend, as well as the new technological bases of increasing the competitive advantages of the newly created livestock complexes based on modernization. The developing information technologies are able to raise animal husbandry to a new level, where the main activities are carried out in the office, which leads to an increase in labor productivity and competitiveness. For local farmers, these technologies should dramatically increase business efficiency, first of all, due to the qualitative implementation of technological processes, optimization and cost reduction using the obtained information. This article describes ways to solve the problems of managing large livestock farms by switching to a digital technology model.

May 12-13

325

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Keywords: IoT, sensor network, control system, Cloud platform, technological process, biotechnology system, milking, robot.

Kirish.

So'nggi yillarda rivojlangan mamlakatiarda qishloq xo'jaligida mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshishi, ishlab chiqarish va sotish tannarxining qisqarishi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining iste'mol xususiyatlari sifatining oshishi bilan birga yangi texnologiyalardan keng foydalanish kuzatilmoqda.

Yangi yondashuv va yo'nalishlar raqamlashtirish va buyumlar interneti zamonaviy axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan boshqaruv va jarayonlarni boshqarish tizimlari, global joylashishni aniqlash tizimlari, robototexnika vositalaridan va boshqa raqamli qurilmalardan foydalanishga asoslangan.

Respublikada bu boradagi ishlarni amalga oshishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentini hamda Vazirlar Mahkamasining qaror va farmonlari e'lon qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5853-son Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 fevraldagi "Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlardan foydalanish va muhofaza qilish tizimini takomillashtirishga do ir qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5006-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 794-sonli Qarori va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalarni ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan samarali ishlar shular jumlasidandir.

Birgina "O'zbekiston respublikasi agrosanoat majmui va qishloq xo'jaligida raqamlashtirish tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 dekabrdagi 794-son qarori to'g'risida aytadigan bo'lsak, «Aqlli qishloq xo'jaligi» texnologiyalarini joriy etish va amalga oshirish bo'yicha loyihalarning asosiy yo'nalishlari jumladan, «Agrosanoat majmuining boshqarish tizimida raqamli texnologiyalar» yo'nalishi, "Aqlli dehqonchilik", "Aqlli dala", "Aqlli bog'", "Aqlli issiqxona" hamda "Aqlli chorvachilik"ni amalga oshirishda vazifalar belgilab berilgan.

Foydalanilgan materiallar va usullar.

Maqolani uslubiy asosi sut ishlab chiqarish texnologiyasi va chorvachilikda biotexnika tizimlaridan foydalanish sohasidagi

May 12^13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yetakchi olimlar L.P.Kormanovskiy, T.E.Marinchenko, N.M.Morozov hamda I.I.Xusainovlarning ishlari hisoblanadi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning umumiy usullari, statistik usullaridan foydalanildi. Fermer xo'jaliklarida "Aqlli chorvachilik" texnologiyasi elementlari va chorvachilikda sut sog'ishda robotlardan foydalanishni nazariy tadqiq etishda monografik va matnli materiallarni tahlil qilish va taqqoslashdan foydalanildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili

Aqlli chorvachilik chorvachilikning barcha jarayonlariga qo'yiladigan umumiy talab bo'lib, zamonaviy texnologiyalar yordamida mahsulot ishlab chiqarishda tejamkor texnologiyadan foydalanish, alohida hayvonlar yoki qoramollar guruhlarini elektron identifikatsiya qilish, jarayon va mahsulot ma'lumotlarini ro'yxatdan o'tkazish, qayta ishlash kabi ma'lumotlarni olish imkonini yaratadi.

Aqlli chorvachilik elementlaridan amaliy otda quyidagilar qo'llaniladi:

- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda chorva bosh sonini aniqlash va monitoring qilish (oziqlanish ratsioni, sutni sifati, vazn ortishi, tana harorati, faolligi) ularning individual ehtiyojlarini qondirish;

- mikroiqlimni avtomatik tartibga solish va zararli gazlarni nazorat qilish;

- podaning salomatlik holatini kuzatish;

- chorvachilik mahsulotlari sifatini monitoring qilish;

- ishlab chiqarish jarayonining elektron ma'lumotlar bazasi yaratish;

- sog'ish jarayonini robotlashtirish.

Qo'lda bajarish. Ma'lumotlar yig'ilmagan

Yarim avtomatik. Ma'lumotlar yig'ilmagan

To'liq avtomatik. Ma'lumotlar yig'iladi ammo ma'lumotlar integratsiyasi yo'q.

To'liq avtomatik.

Ma'lumotlar yig'iladi hamda ma'lumotlar to'liq integratsivalashgan

1-rasm.Sut ishlab chiqarishda avtomatlashtirish va raqamlashtirish

bosqichlari

May 12-131 ©

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Aqlli chorvachilik tendentsiyasi barcha rnarnlakatlarda barcha turlarda bir xil darajada o'smaydi. Aksincha, u notekis taqsimlangan, ba'zi mamlakatlarda va ma'lum turlar uchun ko'p o'sish kuzatiladi. Yaratilgan patentlar va ilmiy nashrlarni tahlil qiladigan bo'lsak, Aqlli chorvachilik faoliyatining asosiy yo'nalishlari Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Niderlandiya va AQSh kabi mamlakatlar hissasiga to'g'ri keladi.

Aqlli chorvachilikni amalga oshirish quyidagi maqsadlarga qaratilgan:

- resurslardan samarali foydalanish;

- chorvachilik mahsulotlari sifatiga erishish va ta'minlash;

- hayvonlarning mahsuldorligini oshirishni ta'minlash;

- atrof-muhitga ta'sir darajasini kamaytirish;

-ma'lumotlarni yig'ish.

Ko'pchilik avtomatlashtirish odamlarni ishdan mahrum qiladi deb o'ylashadi, ammo bu shunchaki yuqori texnologiyali sanoat hisoblanadi. Bunda "aqlli fermer xo'jaligi" faoliyatini qo'llab-quvvatlash uchun ko'proq IT va boshqa mutaxassislar kerak bo'ladi. Tan olish kerakki, kamroq ishchilar ko'proq hayvonlarni boqish imkoniyatiga ega bo'lishi chorvachilik sohasidagi umumiy bandlikni biroz o'zgartiradi.

Zamonaviy texnologiyalar nafaqat dehqonchilik sohasida, balki chorvachilik hamda parrandachilikda ham ishni soddalashtiradi. Fancom tadqiqot muhandisi Erik Kôrdersning fikricha, kameralar va mikrofonlardan foydalanish fermerga parrandalarning xatti-harakatlarini kuzatishga yordam beradi, vazn, ozuqa va suv datchiklari iste'mol qilinadigan oziq-ovqat miqdori va parrandalarning o'sish sur'atlarini tahlil qilish uchun ishlatilishi mumkin. Parrandachilikda mikrofonlar shovqin darajasini aniqlash imkonini beradi. Sigirlarni robot yordamida sog'ish azaldan odatiy hol bo'lib kelgan. Ko'pgina fermer xo'jaliklarida sigirlarni robot yordamida sog'ish allaqachon odatiy holga aylangan. Yana ilg'or fermalar sigirlarni sog'ish joyiga avtomatik ravishda yetaklovchi mexanizmlar bilan jihozlangan. Hayvonlarni yoki parrandalarni nazorat qilish chorvador ishining ajralmas qismidir. Katta fermada barcha parrandalar yoki sigirlarning holatini vizual baholashga harakat qilish uchun uzoq vaqt talab etadi. Bunday holda muntazam tekshiruvlar o'tkazishi kerak bo'lgan maxsus xodimlar kerak bo'ladi. Qabul qilingan ma'lumotni saqlash masalasi paydo bo'ladi. Chorvachilikni raqamlashtirish asosida har bir hayvon vaznini kunlik monitoring qilishda elektron bo'yinbog'larni boshqa sensorlar bilan birgalikda ishlatishda yangi imkoniyatlarga

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ega bo'ladi. Bunday bo'yinbog'ning identifikatsiya ma'lumotlar ko'rsatkichlarini taqqoslab, har bir sigirning kunlik vaznini tahlil qilish, har bir hayvonning xatti-harakatlarini baholash uchun kameralar joylashtiriladi va barcha ma'lumotlar ushbu fermer xo'jaligining ma'lumotlar bazasida saqlanadi.

Bundan tashqari Aqlli chorvachilikda kompyuter harorat va namlik sensorlari yordamida mikroiqlimni avtomatik ravishda saqlab turish imkonini beradi.

Ushbu yondashuv fermada sodir bo'layotgan barcha narsalarni nazorat qilishni soddalashtiradi, bu esa kam sonli xodimlar hisobiga hayvonlarni parvarishlash imkonini beradi.

Raqamli texnologiyalarni joriy etish muammoni nisbatan tez aniqlash va ishlab chiqarishning muayyan bosqichida xatoni tuzatish imkoniyati tufayli katta resurslarni tejaydi. Buni o'z navbatida Respublika qishloq xo'jaligi bozorida mutlaqo yangi yo'nalish deyish mumkin. Bu mahsulot sifatini yaxshilaydigan, kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqarishni boshqaradigan va qishloq xo'jaligini daromadli va nufuzli biznesga aylantiradigan innovatsion texnologiyalar majmuasi hisoblanadi.

Chorvachilikni rivojlantirish siyosatini amalga oshirishning asosiy yo'nalishi yangi istiqbolli texnologik tizimga asoslangan global tendentsiyasiga o'tish yo'nalishida qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan chorvachilik majmualari yangi texnologik asosda raqobatbardosh ustunliklarga ega bo'lishi kerak. Global zamonaviy vaziyat qishloq xo'jaligi sanoatini jadal rivojlantirishga majbur qiladi, ularsiz agrosanoat majmuasiga robotlar va robototexnika vositalarini tez ishlab chiqarish va joriy etish imkoniyatini tasavvur qilish qiyin hamda jahon bozoridagi raqobat kurashida asosiy elementi sifatida qaraladi.

Xulosa

Aqlli chorvachilikni joriy etish orqali chorvaning sog'lig'ini nazorat qilish, chorvachilik mahsulotlari sifatini monitoring qilish, ishlab chiqarish jarayonining elektron ma'lumotlar bazalari, sog'ish jarayonini robotlashtirish imkoniyati yaratiladi, qolversa sut ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, birinchi navbatda, hayvonlarning biologik salohiyatidan yuqori darajada foydalanishni ta'minlaydigan va mahsulot ishlab chiqaruvchilarning sharoitlarini yaxshilanishiga olib keladi.

Chorvachilikda sut ishlab chiqarishni ta'minlovchi texnik vositalarning bugungi darajasi uning sifatini amaldagi me'yoriy

May 12-13

329

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hujjatlar talablariga javob beradigan darajada ta'minlash bo'yicha samaralí chora-tadbirlar ko'rishni taqozo etmoqda. Buning uchun ishlab chiqarishga "Aqlli chorvachilik" elementlarini joriy etishni tezlashtirish zarur.

Ular sanoatni sifat jihatidan yangi texnologik bosqichga ko'taradi. Raqamli qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishiga moslashtirilgan mashinalar tizimlari mintaqada va Respublikada sut ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshishiga olib keladi.

REFERENCES

1.X.XoHKynoB, X,.AK6apoB, О.Муйдишв. Kишлoк хyжaлигидa илFop paк;aмли тeхнoлoгиялapнинг урни. DEVELOPMENT ISSUES OF INNOVATIVE ECONOMY IN THE AGRICULTURAL SECTOR. Samarqand.-2021. 673-676 б.

2. Akbarov Husan Uzbekhonovich,. "FACTORS AFFECTING THE PRODUCTIVITY OF FRUIT GROWING ON FARMS." ResearchJet Journal of Analysis and Inventions 2, no. 08 (2021): 50-56.

3. Akbarov, H. "Improvement of the System of Production, Storage and Transport of Garden Products" International journal of research in management & business." studies 6, no. 3 (2019): 116.

4.Akbarov, H. U., A. A. Tadjiev, Kh Urdishev, and Kh A. Rakhimov. "Regional analysing of production fruit-vegetables and grapes in Uzbekistan." In Сбopники кoнфepeнций НИЦ Сoциoсфepa, no. 39, pp. 10-15. Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2014.

5. Mopo3oB Н.М., Хусaинoв И.И. Эффeктивнoсть пpимeнeния poбoтoтeхничeских систем в живoтнoвoдствe // Beci^K ВНИИМЖ. 2019. № 1. С. 57-62.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.