Научная статья на тему 'AGRAR SOHADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI'

AGRAR SOHADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

136
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar / innovatsion yondashuv / sun„iy intellekt / innovatsion rivojlantirish / dinamik / tabiiy ekologik. / digital technologies / innovative approach / artificial intelligence / innovative development / dynamic / natural ecological.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Mexroj Erkin O‘g‘li Raxmonov

Maqolada qishloq xo„jaligiga raqamli texnalogiyalarni joriy qilishning barqarorligini va samaradorligini oshirish masalalari ko‟rib chiqiladi. Shu bilan birga, global muammolardan biri oziq ovqat xavfsizligi bugungi kunda qishloq xo„jalik sohasiga bevosita bog„liq ekanligini inobatga olgan holda, qishloq xo„jaligini yangi bosqichga olib chiqish va tizimga yangiliklarni joriy qilish orqali muammolarga barham berish ko„riladi. Ta„kidlash joizki, bu sohani raqmlashtrish innovatsion rivojlantirish va qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishda dinamik o„zgarishlarga olib kelib, sohadagi tashkilotlarni uzoq muddatli istiqbolda ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va tabiiy ekologik tomonlarini hisobga olgan holda o„zgaruvchan tashqi muhitga moslatirish imkonini beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Maqolada qishloq xo„jaligiga raqamli texnalogiyalarni joriy qilishning barqarorligini va samaradorligini oshirish masalalari ko‟rib chiqiladi. Shu bilan birga, global muammolardan biri oziq ovqat xavfsizligi bugungi kunda qishloq xo„jalik sohasiga bevosita bog„liq ekanligini inobatga olgan holda, qishloq xo„jaligini yangi bosqichga olib chiqish va tizimga yangiliklarni joriy qilish orqali muammolarga barham berish ko„riladi. Ta„kidlash joizki, bu sohani raqmlashtrish innovatsion rivojlantirish va qishloq xo„jaligi ishlab chiqarishda dinamik o„zgarishlarga olib kelib, sohadagi tashkilotlarni uzoq muddatli istiqbolda ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va tabiiy ekologik tomonlarini hisobga olgan holda o„zgaruvchan tashqi muhitga moslatirish imkonini beradi.

Текст научной работы на тему «AGRAR SOHADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

AGRAR SOHADA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Mexroj Erkin o'g'li Raxmonov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, II kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Maqolada qishloq xo'jaligiga raqamli texnalogiyalarni joriy qilishning barqarorligini va samaradorligini oshirish masalalari ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, global muammolardan biri oziq ovqat xavfsizligi bugungi kunda qishloq xo'jalik sohasiga bevosita bog'liq ekanligini inobatga olgan holda, qishloq xo'jaligini yangi bosqichga olib chiqish va tizimga yangiliklarni joriy qilish orqali muammolarga barham berish ko'riladi. Ta'kidlash joizki, bu sohani raqmlashtrish innovatsion rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishda dinamik o'zgarishlarga olib kelib, sohadagi tashkilotlarni uzoq muddatli istiqbolda ularning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va tabiiy ekologik tomonlarini hisobga olgan holda o'zgaruvchan tashqi muhitga moslatirish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, innovatsion yondashuv, sun'iy intellekt, innovatsion rivojlantirish, dinamik, tabiiy ekologik.

ABSTRACT

The article examines issues of increasing the stability and effectiveness of the introduction of digital technologies in agriculture. At the same time, taking into account that one of the global problems, food security, is directly related to the agricultural sector today, it is seen to eliminate the problems by bringing agriculture to a new level and introducing innovations into the system. It is worth noting that the digitalization of this sector will lead to dynamic changes in innovative development and agricultural production, taking into account the socio-economic, production and natural ecological aspects of the organizations in the sector in the long term allows to adapt to the changing external environment.

Keywords: digital technologies, innovative approach, artificial intelligence, innovative development, dynamic, natural ecological.

Kirish. Iqtisodiyotda qishloq xo'jaligi sohasi muhim o'rin tutadi. U aholini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom-ashyo bilan ta'minlaydi. Aholini sog'lom oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va

May 12-13

252

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

uning tizimini rivojlantirish global rivojlanish dasturlarining asosiy maqsadi hisoblanadi1. Ushbu maqsadga erishishning asosiy vazifalaridan biri bu fan va texnologiyalarni rivojlantirish, sohaga yangi innovation texnologiyalarni olib kirish sanaladi . Bu sohani ustuvor yo'nalishlari innovatsion jarayonlar va ilmiy texnikaviy taraqqiyot bo'lib, bozor talablariga mos tovar mahsulotlarni uzluksiz, turg'un narxlarda ishlab chiqarishini doimiy sifat va miqdoriy jihatdan taminlash yo'lga qo'yildi.

Bunday chora tadbirlar kelajakda kutilashi mumkun bo'lgan muammolarni oldini olish maqsadida rejalashtirilgan. Bunday muammolarga, iqlimning o'zgarishi, qurg'oqchilikning ortishi, ekologiyaning yomonlashuvi, tuproqning tabiiy unumdorligini pasayishi kabi bir qator tahlikalar kiritiladi. Yuqorida keltirib o'tilgan global darajadagi muammolar insoniyatni oziq ovqat xavfsizliga bilan bog'liq. Yuqoridagilarni inobatga olib, mamlakatda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish zanjiriga raqamli texnologiyalarining dolzarbligini nazariy jihatdan asoslash va uning rivojlantirish bosqichlari bo'yicha ilmiy taklif va tavsiyalar berishgan iborat. Maqolada quyidagi savollarga javoblar izlangan: Raqamli texnologiyalarni agrar sohaga kirib kelishi va uning rivojlanish bosqichlari qay darajada? O'zbekiston agrar sohasidagi raqamli texnologiyalarni urni va joriy etilishi tamoillari?

Agrar sohada raqamli texnologiyalarning kirib kelishi. Bugungi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning sog'liqni saqlash, transport, mudofaa va milliy xavfsizlik kabi ko'plab sohalarda sun'iy intellekt afzlliklaridan foydalanib kelmoqda. Price water house Cooopers (PwC) konsalting kompaniyasi tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, global sun'niy aql 2030-yilga kelib jahon iqtisodiyotiga 15,7 trillion AQSh dollori miqdorida hissa qo 'shishi kutilmoqda. Bu jahon yalpi ichki mahsulotini 26 foizga o'sishiga olib keladi. Shuningdek, o'z soliq tizimida sun'iy intellek texnologiyasini qo'llayotgan mamlakatlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Misol uchun, Daniya 2018-yil malakatining soliq hisoboti bo'yicha, soliq to'lashdan bo'yin tovlagan holatlari sabab davlat budjetiga 325 millon AQSH dollor zarar yetkazgan. Bunday hollatlarni oldini olish maqsadida sohaga sun'iy intellekt tizimini kiritgan holda bo'yin tovlashlarning har 100 holatidan 85 tasini muvuffaqiyatli aniqlanib kerakli chora tadbirlar ko'rilgan. Bunday ko'rsatkich bo'yicha hozirgi kunda dunyoda Hindiston davlati yetakchilik qilmoqda. Negaki, soliq ma'murchiligiga sun'iy aqlni joriy etilishi qo'ydagi afzalliklarga ega bo'lish imkoniyatini beradi. Jumladan, ayni kunda soliq to'lashdan bo'yin tovlash holatlarini aniqlash soliq

May 12-13

253

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

idoralari soliq auditi jarayonida firibgarlikni aniqlashga harakat qilishadi. Hujjatlar to'plamidan aniq ma'limotlar topish bu pichan ichidan igna qidirish kabi zahmatni talab qiladi. Aslida algoritmlaridan foydalanib, katta miqdordagi ma'lumotlarda noodatiy yozuvlarni aniqlay oladigan, sun'iy aqlni qo'llab-quvvatlaydigan tizimlarni yaratish mumkin.

Takroriy vazifalarni avtomatlashtirish uchun sun'iy intellektni qo'llab-quvvatlaydigan robotlarning qo'lanilishi mutaxassislarga hujjatlar ustida ishlashni kamaytirishga xizmat qilsa, shaffoflikni oshirish esa, soliqqa tortishning avtomatlashtirilgan jarayonida korrupsiyada korrupsiyani kamaytirishga yordam beradi. Sun'iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan kompyuterlar soliq ma'lumotlarini prognoz va tahlil qilish uchun sarf-xarajatlarni kamaytirishda ham katta imkoniyatlarga ega. Bunday ma'lumotlardan foydalanib yillik o'zgarishlarni kuzatib borish va mablag'larni tejash mumkun. Raqamli texnologiyalar taraqqiy etgan asrda eng muhim omil bu ma'lumotlar hisoblanib, ularni to'lash, o'rganishlar asosida xulosalar chiqarishda Big Data texnologiyalasining ahamiyati katta. Undan ko'pincha salmoqli ma'lumotlarning prognozli tahlillariga yoki ma'lumotlardan qiymat chiqarib olishning boshqa usullariga murojaat qilishda ham foydalaniladi. Big Data texnologiyalaridan olinadigan daromadlar yildan yilga o'sib bormoqda. U 2019-yilda 189,1 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, 2022-yilda 274,3 milliard dollarga etishi kutilmoqda. AQSH, Avstraliya kabi mamlakatlarda katta hajmli ma'lumotlar texnologiyalarini rivojlantirish va moliyalashtirish bo'yicha maxsus davlat dasturlari ishlab chiqilgan.

O'zbekiston agrar sohasidagi raqamli texnologiyalar.

O'zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e'tibor q aratilmoqda. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro'yobga chiqarish mo'ljallangan.

Axborot texnologiyalari qishloq xo'jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo'l keladi. Bu borada yurtimizda ham keng kulamli islohat olib borilmoqda sohani yanada rivojlantirish maqsadida. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o'rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi. 2022-yil 28 aprel kuni Prezidentimizning "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

qilindi1. Unga ko'ra, 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 millon AQSh dollorga yetkazish nazarda tutilgan. Qishloq xo'jaligi respublikamizning istemol bozoriga oziq-ovqat mahsulotiga xomashyo yetkazib berish bilan birga, qishloq xo'jaligi mashinasozlik, kimyo sanoati kabi bir qator tarmoqlar mahsulotlari uchun kafolatli bozor bo'lib ham hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimiz perezidenti tomonidan ,,Aqlli qishloq xo'jaligi" Konsepsiyasi doirasida qishloq xo'jaligiga raqamli texlogiyalarni foal tadbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo'lash orqali O'zbekiston yer maydonlari va ekinlarini obyetiv xaritalashga doir ishlarni amalga oshirish nazarda tutadi.

O'zbekistonda ,, Aqlli qishloq xo'jaligi" Konsepsiyasini joriy etish orqali quyidagi natijalarga erishish mumkin:

Boshqaruv samaradorligini oshirish;

Suv resurslari, o'e'itlardan samarali fovdalanishni nazarda tutuvchi suvteiovchi sue'orish texnoloeivalaridan fovdanlanish;

Qishloq xo'jalik hayvonlarni parvarishlash va sut sog 'ib olish jarayonlarni robototexnikalarni qo'lash;

Qishloq xo'jaligiga yangi zamonaviy kasb egalari bo'lgan hodimlarni jalb etish;

Raqobatbardosh, bozor va eksportga yo'naltirgan qishloq xo'jaligini shakllantirish;

-boshqaruv samaradorligini oshirish qishloq xo'jaligida muhim va zaruriy vazifa hisoblanadi. Boshqarish tizimini tubdan yangilash, uni isloh qilish orqali qul mehnati kamayib, aqlliy mehnat foaliyati ancha tejalmoqda va shuningdek ish samaradorligi avvalgidan ancha yaxshi natija bermoqda.

- suv resurslari, o'g'itlardan samarali foydalanish bugungi kundagi asosiy mavzularidan biri. Bunga sabab bizda sug'oriladigan suv zaxirasi kamligi, unumsiz yerlarimizni bioo'g'itlar bilan ishlash unchalik yaxshi yulga quyilmaganligi.

-qishloq xo'jalik hayvonlarini parvarishlarda asosan kattadan-katta fermer xo'jaligidagi qora molar, yelqilar, qo'y va parandalarni yetishtirishda texnika va avtomatlashgan ish jarayonlarni qulash orqali daromatlarni bir necha marta oshishiga olib keldi.

May 12-13

255

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

-qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun eng avvalo zamanoviy bilimlar, kunikmalar va texnologiyalarni yaxshi tushuna oladigan kasb egalari zarur. Bizdagi mavjud kasb egalarini malakasini oshirish va ularni sohaga jalb qilish hisoblanadi.

-bozor tizimida raqabatbardosh sifatli mahsulot ishlab chiqarish bugungi kunda raqamli texnologiyalarsiz tassavvur qilib bo'lmaydi. Shu sababli eksportga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligini shakillantirish jarayonini raqamli texnologiyalar bilan bog'lash zarur.

Bu Konsepsiyani ham joriy etishda quydagi muammolar mavjud:

Tahlil va natijalar. Agrar sohaga raqamli texnalogiyalarni joriy qilinishi ushbu sekterdagi rivojlanmay qolgan barcha tizimlar va usullarni yangilash bilan birga, sohadagi bor resurslardan maksimal darajada foydalagan holda dehqon va fermer xo'jaliklarni real daromadini oshirib, aholini ish bilan band qilish kuzda tutilgan1. Bu jarayonlar mamlakatni oziq ovqat xavfsizligi, ishlab chiqarish hajmi va aholini turmush darajasi bilan bevosita bog'likligini inobatga olgan holda, sohani rivojlantirish uchun qilinayotgan investitsiyalar kelajakda albatta o'zini oqlaydi. Bu borada qishloq xo'jaligi tashkilotlarini innovatsion rivojlanishga o'tish davrida boshqarish algoritmi ishlab chiqildi, u birinchi marta ishlab chiqarish va resurs, innovatsion, innovatsion rivojlanishni hisobga olgan holda innovatsion rivojlanishni shakllantirish, amalga oshirish va boshqarish bosqichlarini belgilashdan iborat. qishloq xo'jaligi tashkilotlarini boshqarish samaradorligini bosqichma-bosqich tahlil qilishdan foydalanishga asoslangan qishloq xo'jaligi tashkilotlarining intellektual, infratuzilmaviy, institutsional va iste'molchi salohiyati kutilayotgan samaralarni tekshirish: hosildorlikni,

May 12-13

256

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hosildorlikni oshirish, mahsulotning sifat xususiyatlarini yaxshilash, samaradorlikni oshirish, foydalaniladigan resurslar, rentabellik.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani Ilm, Ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o'rni va rolini, ularning yurtimiz bo'ylab qamrovini jadal sur'atda oshiradi.

Tizim muntazam rivojlanyapti, keng ko'lamli va kompleks loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Zamonaviy sharoitda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini innovatsiyalarga yo'naltirilgan rivojlantirish zarurligini aks ettiruvchi ushbu holatlar mavzuning dolzarbligi va ahamiyatini belgilab beradi. Shu bilan birga, hali oldimizda bajaralishi zarur bo'lgan muhim vazifalar turibdi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "RAQAMLI O'ZBEKISTON — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risi" dagi 2020-yil 5-oktabr, PF-6079-sonli farmoni.

2. Qudbiyev, N. T. (2021). Xalqaro moliyaviy hisob standartlariga o'tish dolzarbligiRelevance of the transition to international financial accounting standards. SJ international journal of theoretical and practical research, 1(2), 56-64.

3. Durdona Adashboy Qizi Razzaqova (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2 (8), 243-249.

4. Gulizahro, T., Sarvinoz, B., Husniddin, M., Shahzod, S., & Muyassar, I. (2022). BOZOR AGRO IQTISODIYOTIDAGI O'ZGARISHLAR SHAROITIDA HAMKORLIK TAMOYILLARINI TAKOMILLASHTIRISH. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 804-807.

5. Turayeva, G., Ortiqboyeva, S., Qo„ziyev, I., Rasulov, A., Tojiboyeva, T., Turdibekov, U. B., ... & Yangiboyeva, M. (2022). MADE IN UZBEKISTAN BRENDI BILAN SOTILAYOTGAN EKSPORT MAXSULOTLARINING STATISTIK KO"RSATKICHLARI. Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot, 1(28), 240-243.

6. Pulatovich, I. Y., & Kidirbaevich, A. M. (2021). ON THE INFLUENCE OF ROCK MASS FRACTURING ON THE DEVELOPMENT OF

MINING AND GEOLOGICAL PROCESSES IN THE

Xulosa:

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ALMALYK ORE REGION (ON THE EXAMPLE OF THE KURGASHINKAN, SARY-CHEKU, KALMAKYR AND YOSHLIK DEPOSITS. International Engineering Journal For Research & Development, 6(3), 5-5.

7. Pulatovich, I. Y., & Kidirbaevich, A. M. (2020). Features of the hydrogeological conditions of the development of the sary-cheku field. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 449454

8. Xusanov R. X Qishloq xo „jalikda islohatlar va agrar iqtisodiyot. -T. yangi asr alodi, 2004 -256 b

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.