Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI TARMOG‘IDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI'

O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI TARMOG‘IDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

592
116
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qishloq xo‗jaligi / raqamli texnologiyalar / aqlli qishloq xo‗jaligi / mobil telefonlar / buyumlar interneti. / agriculture / digital technologies / smart agriculture / mobile phones / internet of things.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Baxtinur Sherali O‘g‘li Ilashov, Baxtinur Sherali O‘g‘li Ilashov

Hozirgi paytda axborot va kommunikatsion texnologiyalar qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim o‗rin tutmoqda. Ushbu texnologiyalarning kirib kelishi qishloq xo‗jalik mahsulotlari sifatini oshiribgina qolmay, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining eksportining oshishiga ham ijobiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Mavjud qishloq xo‗jaligi raqamli texnologiyalari yordamida katta miqdordagi ma‘lumotlarini tahlil qilish hamda qayta ishlash, turli xil axborotlarni bir platformada jamlash, ishlab chiqarish risklarini nazorat qilish va kamaytirish hamda ko‗p sonli qishloq xo‗jaligi subyektlarini kerakli ma‘lumot bilan ta‘minlash mumkin bo‗ldi. Mazkur maqolada jahon qishloq xo‗jaligini raqamlashtirishning umumiy holati hamda ushbu tendensiyaning O‗zbekiston qishloq xo‗jaligidagi holati tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Currently, information and communication technologies play an important role in the development of agricultural production. The introduction of these technologies not only improves the quality of agricultural products, but also has a positive effect on the increase in the export of food and other agricultural products. With the help of existing agricultural digital technologies it is possible to analyze and process a large amount of data gathering various information on one platform,to control and reduce production risks, and to provide a large number of agricultural subjects with the necessary information. This article analyzed the general state of digitalization in world agriculture and the state of this trend in the agriculture of Uzbekistan

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI TARMOG‘IDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

O'ZBEKISTON QISHLOQ XO'JALIGI TARMOG'IDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING HOZIRGI HOLATI VA

KELAJAKDAGI ISTIQBOLLARI

Baxtinur Sherali o'g'li Ilashov, Bekzod Toshpo'lat o'g'li Qudratov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali, Iqtisodiyot, barqaror qishloq xo'jaligi va raqamli texnologiyalar kafedrasi assistenti

Hozirgi paytda axborot va kommunikatsion texnologiyalar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirishda muhim o'rin tutmoqda. Ushbu texnologiyalarning kirib kelishi qishloq xo'jalik mahsulotlari sifatini oshiribgina qolmay, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarining eksportining oshishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Mavjud qishloq xo'jaligi raqamli texnologiyalari yordamida katta miqdordagi ma'lumotlarini tahlil qilish hamda qayta ishlash, turli xil axborotlarni bir platformada jamlash, ishlab chiqarish risklarini nazorat qilish va kamaytirish hamda ko'p sonli qishloq xo'jaligi subyektlarini kerakli ma'lumot bilan ta'minlash mumkin bo'ldi. Mazkur maqolada jahon qishloq xo'jaligini raqamlashtirishning umumiy holati hamda ushbu tendensiyaning O'zbekiston qishloq xo'jaligidagi holati tahlil qilindi.

Kalit so'zlar: qishloq xo'jaligi, raqamli texnologiyalar, aqlli qishloq xo'jaligi, mobil telefonlar, buyumlar interneti.

Currently, information and communication technologies play an important role in the development of agricultural production. The introduction of these technologies not only improves the quality of agricultural products, but also has a positive effect on the increase in the export of food and other agricultural products. With the help of existing agricultural digital technologies it is possible to analyze and process a large amount of data gathering various information on one platform,to control and reduce production risks, and to provide a large number of agricultural subjects with the necessary information. This article analyzed the general state of digitalization in world agriculture and the state of this trend in the agriculture of Uzbekistan.

Keywords: agriculture, digital technologies, smart agriculture, mobile phones, internet of things.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Qishloq xo'jaligi dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va barqaror rivojlanishga erishishda muhim o'rin tutadi [1] hamda ushbu tarmoqning barqarorligi ko'p jihatdan axborot va kommunikatsion texnologiylarning joriy etilishiga bog'liqdir. Raqamli texnologiyalar yordamida jamiyat va davlatning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarida barqaror rivojlanishiga erishish kutilyapti. Mavjud adabiyotlarga ko'ra, qishloq xo'jaligida innovatsion qishloq xo'jaligi tizimini joriy etish hisobiga 2050 yilgacha qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga bo'lgan talabning 90% dan ko'proq qismini ta'minlay olish mumkin [2]. Raqamli qishloq xo'jaligi bu raqamli texnologiyalarning qishloq xo'jaligi qiymat zanjirlarida qo'llanilishidir deb ta'rif berish mumkin [3, 4]. Qishloq xo'jaligi tizimida buyumlar interneti, sensorlar, dronlar, robototexnika, bulutli hisoblash, blokcheyn, sun'iy ong, qaror qabul qilishni qo'llab-quvvatlash dasturlari kabi raqamli texnologiyalar qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda [5], qiymat zanjirlarida [6], qishloq xo'jalik tizimlarida [7] va boshqaruv tizimlarida [8] qo'llanilyapti. Umuman olganda, raqamli qishloq xo'jaligi muntazam oshib borayotgan dunyo aholisini oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning istiqbolli sohasi sifatida ko'rilyapti [9, 10]. Raqamli texnologiyalar qishloq xo'jaligida faqatgina hosildorlikni oshiribgina qolmasdan, balki ekologik va ijtimoiy muammolarni yechimini topishda ham foydali jihatlari ko'pdir. Misol uchun, raqamli qishloq xo'jaligi taqchil resurslarga bo'lgan ulkan talab muammosini hal qilishda [4], oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda [4], shuningdek iqlim o'zgarishi bilan kurashishda muhim o'rin tutadi.

Qishloq xo'jaligi tarmog'ida raqamli texnologiyalar qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilardan tortib iste'molchilargacha bo'lgan qiymat zanjirining barcha iste'molchilariga ta'sir o'tkazadi [11] hamda boshqa tarmoqlar bilan yaqin aloqalar innovatsion, moslashuvchan va raqobatbardosh biznes yuritish tizimini yaratishni taqozo etadi [12]. Qishloq xo'jaligidagi hozirgi amaliyot "aniq" va "aqlli" ekanligi bilan ajralib turadi va ushbu amaliyotlarning qo'llanilishining to'rtta shakli ajratib ko'rsatilishi mumkin [12, 13]. Bular ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirish va robototexnika, qishloq xo'jaligi ilovalari va axborot tizimlari, kiber-fizik tizimlar, u bilan bog'liq mashina va vositalar hamda katta hajmdagi ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilish. Kelajakda qishloq xo'jaligining raqamli transformatsiyasi bugungi kunning barcha muammolariga yechim topishga yordam berishi va qarshi kurashni osonlashtirishda muhim o'rin tutishi kutilyapti.

Material va uslublar. Mazkur maqolani tayyorlashda google scholar web platformasidagi maqolalardan foydalanildi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Bunda quyidagicha kalit so'zlar orqali qidiruv amalga oshirildi: "agriculture" and "digitalisation" or "digital transformation" or "digital technologies" and "smart farming" and "precise agriculture". Yuqoridagi murakkab so'rov asosida maqolalar mavzusi, annotatsiyasi, kalit so'zlari bo'yicha qidirildi. Maqolalar so'rovida nashr yili yoki maqola turi bo'yicha hech qanday cheklov qo'yilmadi. So'rov orqali maqolalar izlashdan maqsad raqamli qishloq xo'jaligi, "aqlli" qishloq xo'jaligining rivojlanish tendensiyasi haqida ma'lumotlar va tadqiqot natijalari bilan tanishish bo'ldi. Tadqiqotning maqsadi raqamli qishloq xo'jaligi sohasidagi joriy tendensiyani aniqlash va ta'riflash, shuningdek qishloq xo'jaligida raqamli transformatsiyaning muhim omillarini aniqlab olishdir. Tadqiqot natijalari va ularning tahlili quyida keltirilgan.

Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. Yuqoridagi so'rov orqali maqolalar izlash orqali 63 ta maqola tanlab olindi. Shundan 21 tasi Scopus bazasidagi, 19 tasi Web of Science bazasidagi, 23 tasi esa google sholar platformasida indeksatsiya qilingan jurnallardagi maqolalar bo'ldi. Quyida ushbu maqolalar bo'yicha tahlil keltirilgan.

Qishloq xo'jaligini raqamlashtirish qishloq xo'jaligining ishlab chiqarish jarayonlarida samaradorlikni oshirishga olib keladi, bu esa hosildorlikni oshirishga va qishloq joylarida qashshoqlikni yengishga yordam beradi [14]. Foydali bozor ma'lumotlarining to'siqlarsiz oqimi va ta'minot zanjiri ishtirokchilarining faol roli qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshirishi mumkin va uni mobil telefonlar yordamida olish mumkin [14]. Aholi o'rtasida ilmiy-tadqiqot, axborot-maslahat xizmatlari va elektron savodxonlikni oshirish ekinlar unumdorligini oshiradi, shuningdek, innovatsion texnologiyalar va texnika, o'g'itlar kabi zamonaviy investitsiyalarni joriy etishning kalitidir [15]. Ushbu axborot davrida mobil telefoniya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) fermerlarga axborot-maslahat xizmatlari va boshqa ma'lumotlarni yetkazib berish uchun qulay vositadir. Rivojlangan mamlakatlarda, xususan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida uchuvchisiz havo vositalari (UAVs), avtomatlashgan yer usti mashinalari (UGV), bulutli hisoblash, tasvirni qayta ishlash, katta ma'lumotlar, simsiz sensorli tarmoqlar (WSN) kabi ilg'or raqamli texnologiyalar mavjud hamda so'nggi yillarda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida joriy etilmoqda [16]. Misol uchun, Ispaniya makkajo'xori dalalarida begona o'tlarni xaritalashda uchuvchisiz havo vositalarini qo'llash gerbitsidlar va pestitsidlarni kamroq ishlatishga, shuningdek, mehnat xarajatlarini kamaytirishga yordam bergan [17]. Yana bir

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

misol, kimyoviy moddalarni purkash uchun uchuvchisiz havo vositalaridan foydalanishdir. Uchuvchisiz havo vositalarini qo'llash iqtisodiy va ekologik jihatdan foydali bo'lgan pestitsidlar va o'g'itlarning isrof qilinishini sezilarli darajada kamaytiradi [18]. Ayim va b.,[19] ma'lumotlariga ko'ra, Vashington shtatida olma mevasini yig'ish jarayonida avtomatlashgan yer usti mashinalaridan foydalanish operatsiyaning aniqligini oshirishga va mehnat sarfini kamaytirishga yordam beradi. Biroq, rivojlanayotgan mamlakatlarda raqamlashtirish darajasi rivojlangan davlatlardagi holatdan farqlidir. [20] ma'lumotlariga ko'ra, Afrikada mobil telefonlar, radio, televizor va kompyuter kabi raqamli texnologiyalar keng qo'llaniladi. Bu texnologiyalar fermerlarga mahsulotlarning bozor narxlari, ob-havo prognozi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini samarali qo'llash va ekin yetishtirishning innovatsion usullari kabi qishloq xo'jaligiga oid keng ma'lumotlarga ega xizmatlar va ilovalar bilan ta'minlaydi. Aker va Fafchamps (2010)[21] fermerlar o'rtasida mobil telefon qamrovining ko'payishi natijasida Nigerda mahsulotlar narxining katta farqlanishi pasayganligini aniqladilar. AKTni (mobil telefonlar, veb-platformalar, radio va ommaviy axborot vositalari) qo'llash Keniyada qishloq xo'jaligida samaradorlikni oshirgan va qishloq xo'jaligi mahsulotlari bozorlarini kengaytirgan [22]. Boshqa bir misolda, SMS matnli eslatmalardan foydalanish Shimoliy Nigeriyadagi kichik fermerlar o'rtasida fermer xo'jaliklarining unumdorligini oshirishga yordam bergan [23]. Osiyo mamlakatlari haqida gap ketganda, [24] smartfondan foydalanish Xitoyda fermer xo'jaliklari daromadi va qishloq xo'jaligidan tashqari daromadlarni oshirishga hissa qo'shishini aniqladilar. Gautam va b., [25] qishloq xo'jaligidagi raqamlashtirishning fermer xo'jaliklari daromadiga, shuningdek, iqtisodiy rivojlanishga ta'sirini o'rgandi va ular o'rtasida ijobiy munosabatni topdilar. Mobil telefonga asoslangan xizmatlardan foydalanish fermerlarni qimmatli bozor ma'lumotlari bilan ta'minlashni yaxshilagan va Bangladeshdagi vositachilarning ta'sirini kamaytirgan [26]. Boshqa holatda, mobil telefonga asoslangan axborot xizmatlari Pokistondagi fermerlarning farovonlik darajasiga ijobiy ta'sir ko'rsatib, ularga qishloq xo'jaligi amaliyoti haqida muhim ma'lumotlarni taqdim etdi. Biroq, qishloq xo'jaligini raqamlashtirish Markaziy Osiyoga so'nggi paytlarda qishloq xo'jaligi sohasiga ta'sir kirib kelmoqda, shuning uchun materiallar kam. Jumaxanova va b., [27] ta'kidlashicha, Qozog'istonda so'nggi paytlarda raqamli texnologiyalar sifatida qishloq xo'jaligi texnikasi uchun GPS-navigatsiya, dalaning elektron xaritalari, va uchuvchisiz uchar vositalar joriy etilgan. Sinitsa va b., [2] ma'lumotlariga ko'ra, Qozog'iston qishloq xo'jaligini

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

to'liq raqamlashtirish va ekin maydonlarini raqamlashtiradigan va tuproqning agrokimyoviy holati xaritalarini yaratadigan "Elektron qishloq xo'jaligi" dasturini qo'llash niyatida. O'zbekistonda esa blokcheyn, qishloq xo'jaligida sun'iy intellekt texnologiyalari va elektron davlat xizmatlari jadal rivojlantirilmoqda. Toshkent viloyatida lazerli tekislash texnologiyasi fermerlarga nafaqat yerni tekislash, balki suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini beradi, bu esa, ayniqsa, suv resurslari qisqarib borayotgan davrda juda muhim [28]. Muzafarov va Eshmurodovlar [29] Namangan viloyati Chust tumanidagi paxta dalalariga datchiklar o'rnatish orqali fermer xo'jaliklarining hosildorligini oshirish va fermerlarning vaqt yo'qotishlarini kamaytirish maqsadida o'zlarining "Ekspert maslahat tizimi"ni taklif qilmoqdalar. Ammo, ushbu texnologiyaning qishloq xo'jaligi samaradorligi yoki fermerlar daromadiga ta'siri hali o'rganilmagan.

Qishloq xo'jaligi O'zbekiston milliy iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo'lib, unda ishchi kuchining 33,2 foizi ishlaydi va yalpi ichki mahsulotning 28,7 foizini tashkil etadi [31]. Bundan tashqari, qishloq xo'jaligida qishloq aholisining qariyb 26 foizi ishlaydi va fuqarolarning 49 foizi qishloq joylarida yashaydigan O'zbekiston uchun bu juda muhim [30, 31]. Asosiy qishloq xo'jaligi ekinlari paxta, bug'doy, kartoshka, meva va sabzavotlardir. Ammo, so'nggi yillarda iqlim o'zgarishi oqibatlari, suv tanqisligi, ko'payib borayotgan ekinlar kasalliklari va boshqa qishloq xo'jaligi bilan bog'liq muammolar qishloq xo'jaligi hosildorligiga jiddiy tahdid solmoqda va fermerlarning daromadlarini sezilarli darajada qisqartirmoqda. Demak, raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati haqiqatdan ham dolzarbdir. O'zbekistonda mobil aloqa tarmog'ining kirib borishi va smartfonlardan foydalanish sur'atlarining oshishi natijasida axborot oqimi oshdi va telekommunikatsiya xarajatlari pasaydi. Natijada, raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning yangi yo'llari kengaymoqda. Statista.com [32] ma'lumotlariga ko'ra O'zbekistonda, har 100 aholiga mobil aloqa obunalari soni 2019-yildagi 101,2 dan 2022-yilda 117 taga ko'tarildi va 2025-yilda 131,8 ga yetishi prognoz qilinmoqda, internetga kirish darajasi esa 2020-yildagi 60,5 foizdan 2022-yilda 64,5 foizga oshgan. 2025 yilda 67,7 foizga ortishi prognoz qilinngan. O'zbekistonda mobil telefonlardan bank, energetika va agrotexnika sohalarida turli xizmatlar ko'rsatish va ma'lumotlarni yetkazib berishda foydalanish jadal sur'atlar bilan o'sib bormoqda. Ushbu ma'lumotlar asosida xulosa qilish mumkinki, qishloq xo'jaligi va butun iqtisodiyotni raqamlashtirish uchun O'zbekistonda katta potensial imkoniyat vujudga kelmoqda.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Xulosa. Raqamli transformatsiya iqtisodiyotning barcha jabhalarini o'zgartirdi va natijada yangi biznes modellari, yangi mahsulot va xizmatlar kabi yangi biznes tashabbuslari paydo bo'ldi. Bu barcha tarmoqlarda biznes jarayonlarining ishlashi va boshqaruviga ta'sir ko'rsatdi. Shubhasiz, raqamli texnologiyalarni qo'llashning afzalliklari barchaga ma'lum va asosan Big Data, buyumlar interneti, sun'iy intellekt, blokcheyn uchuvchisiz uchish apparatlari, GPS, axborot-maslahat mobil ilovalari keng qo'llanilmoqda. Raqamli texnologiyalar tomonidan qo'llab-quvvatlangan agrobiznesning takomillashtirilgan shakllari qishloq xo'jaligi vazifalarini tezroq va oson bajarish, vaqt va mablag'ni tejash, ishlab chiqarish jarayonlarida moslashuvchanlik va samaradorlikni oshirish imkonini berdi. Raqamli texnologiyalarning yangi, ilg'or imkoniyatlarini o'rganish uchun aynan shu muhim sababdir. Albatta, O'zbekistonda ham raqamli qishloq xo'jaligini joriy etishning afzalliklari ko'p bo'lib, bu orqali taqchil resurslardan oqilona foydalanish, mehnat unumdorligini oshirish va ekinlar hosildorligini oshirishda foydalanish mumkin.

REFERENCES

1. Anshari, M.; Almunawar, M.N.; Masri, M.; Hamdan, M. Digital Marketplace and FinTech to Support Agriculture Sustainability. Energy Proc. 2019, 156, 234-238.

2. Yulia Sinitsa, Olga Borodina, Olga Gvozdeva, Elena Kolbneva. Trends in the development of digital agriculture: a review of international practices. BIO Web of Conferences 37, 00172 (2021)

3. Tomas Daum et al., Mechanization, digitalization, and rural youth - Stakeholder perceptions on three mega-topics for agricultural transformation in four African countries. Global food security. Volume 32. March 2022

4. Wolfert S, Ge L, Verdouw C, Bogaardt JM. Big data in smart farming—a review. Agric Syst. 2017;153:69-80.

5. Walter A, Finger R, Huber R, Buchmann N (2017) Smart farming is key to developing sustainable agriculture. Proceedings of the National Academy of Sciences USA 114(24):6148-6150. https://doi.org/10. 1073/pnas.1707462114

6. Poppe K, Wolfert S, Verdouw C, Verwaart T (2013) Information and communication technology as a driver for change in agri-food chains. EuroChoices 12(1):60-65.

7. Basso B, Antle J (2020) Digital agriculture to design sustainable agricultural systems. Nat Sustain 3:254-256. https://doi.org/10.1038/ s41893-

020-0510-0

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

8. Ehlers M, Huber R, Finger R (2021) Agricultural policy in the era of digitalisation. Food Policy 100:102019.

9. Foley J, Ramankutty N, Brauman K et al (2011) Solutions for a cultivated planet. Nature 478:337-342.

10. Shepherd M, Turner J, Small B, Wheeler D (2020) Priorities for science to overcome hurdles thwarting the full promise of the 'digital agriculture' revolution. Journal of the Science of Food and Agriculture 100:5083-5092.

11. Quayson, M.; Bai, C.; Osei, V. Digital Inclusion for Resilient Post-COVID-19 Supply Chains: Smallholder Farmer Perspectives. IEEE Eng. Manag. Rev. 2020, 1.

12. Knierima, A.; Kerneckerb, M.; Erdlec, K.; Krausb, K.; Borgesb, F.; Wurbsb, A. Smart farming technology innovations—Insights and reflections from the German Smart-AKIS hub. NJAS Wagening J. Life Sci. 2019, 90-91, 1-10.

13. Bucci, G.; Bentivoglio, D.; Finco, A.; Belletti, M.; Bentivoglio, D. Exploring the impact of innovation adoption in agriculture: How and where Precision Agriculture Technologies can be suitable for the Italian farm system? IOP Conf. Series Earth Environ. Sci. 2019, 275, 012004.

14. Osadebamwen Anthony Ogbeide, Ideba Ele. An Analysis of Mobile Phone Use in Nigerian Agricultural Development. International Journal of ICT Research in Africa and the Middle East Volume 6 • Issue 2 • July-December 2017

15. MITTAL, S. and P. KUMAR (2000): Literacy, Technology Adoption, Factor Demand and Productivity: An Econometric Analysis. In: Indian Journal of Agricultural Economics 55 (3): 490-499.

16. Moysiadis, V., Sarigiannidis, P., Vitsas, V., & Khelifi, A. (2021). Smart farming in Europe. Computer science review, 39, 100345.

17. J.M. Peña, J. Torres-Sánchez, A.I. de Castro, M. Kelly, F. López-Granados, Weed mapping in early-season maize fields using object-based analysis of unmanned aerial vehicle (UAV) images, PLoS One 8 (10) (2013).

18. B.S. Fai?al, F.G. Costa, G. Pessin, J. Ueyama, H. Freitas, A. Colombo, P.H. Fini, L. Villas, F.S. Osório, P.A. Vargas, et al., The use of unmanned aeri al vehicles and wireless sensor networks for spraying pesticides, J. Syst. Archit. 60 (4) (2014) 393404

19. A. Silwal, J.R. Davidson, M. Karkee, C. Mo, Q. Zhang, K. Lewis, Design, integration, and field evaluation of a robotic apple harvester, J. Field Robotics 34 (6) (2017) 1140-1159.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

20. Ayim, C., Kassahun, A., Addison, C., & Tekinerdogan, B. (2022). Adoption of ICT innovations in the agriculture sector in Africa: a review of the literature. Agriculture & Food Security, 11(1), 1-16.

21. AKER, J.C. and M. FAFCHAMPS (2010): How Does Mobile Phone Coverage Affect Farm-Gate Prices? Evidence from West Africa. University of California, Berkeley.

22. Kiambi D. The use of information communication and technology in advancement of African agriculture. Air J Agric Res. 2018;13(39):2025-36.

23. Sennuga, Samson Olayemi. Impact of information and communication technologies (ICTs) on agricultural productivity among smallholder farmers: evidence from sub-saharan african communities. International Journal of Agricultural Extension and Rural Development Studies Vol.7, No.1, pp.27-43, February 2020

24. Ma, S.; He, G.; Guo, J. Welfare effects of digital agriculture—A deconstruction based on the perspective of value recreation and redistribution. Issn. Agric. Econ. 2022,

25. Gautam, R. S., Bhimavarapu, V. M., & Rastogi, D. (2021). Impact of Digitalization on the Farmers in India: Evidence Using Panel Data Analysis. International Journal of Management and Humanities, 6(1), 5-12.

26. Chowhan, S., & Ghosh, S. R. (2020). Role of ICT on agriculture and its future scope in Bangladesh. Journal of Scientific Research and Reports, 26(5), 20-35.

27. Zhumaxanova, K. M., Yessymkhanova, Z. K., Yessenzhigitova, R. G., & Kaydarova, A. T. (2019). The current state of agriculture digitalization: problems and ways of solution. Central Asian Economic Review, 5(128), 145.

28. Narinbaeva, G., Menglikulov, B., Siddikov, Z., Bustonov, K., & Davlatov, S. (2021). Application of innovative technologies in agriculture of Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 284, p. 02009). EDP Sciences.

29 Muzafarov, F., & Eshmuradov, A. (2019). Wireless sensor network based monitoring system for precision agriculture in Uzbekistan. TELKOMNIKA (Telecommunication Computing Electronics and Control), 17(3), 1071-1080.

30. SCRUz, 2018. The State Committee of the Republic of Uzbekistan on Statistics. Tashkent.

31. Babakholov, Sherzod, Ihtiyor Bobojonov, Shavkat Hasanov, and Thomas Glauben. "An empirical assessment of the interactive impacts of irrigation and climate on farm productivity in Samarkand region, Uzbekistan." Environmental Challenges 7 (2022):

10-26.

100502. 32.

https://www .statista.com/ outlook/co/digital-

economy/uzbekistan

May 12-131 ©

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.